Bugun Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi rahbariyati Bosh Ijrochi direktor Chungrim Xon boshchiligidagi Koreyaning EduLink Global kompaniyasi vakillari bilan uchrashdi.
Uchrashuv davomida Koreya tomoni tomonidan begʻaraz asosda ishlab chiqilgan va yosh bolalarni tarbiyalash va oʻqitish masalalari boʻyicha oʻqituvchilar, ota-onalar, davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari uchun maʼlumot almashish uchun yagona axborot makonini ifodalovchi “S-Board” taʼlim platformasini yanada takomillashtirish masalalari muhokama qilindi.
Bundan tashqari, ushbu uchrashuv doirasida pilot loyihalarni amalga oshirishga qaratilgan oʻzaro anglashuv memorandumi imzolandi.
Memorandum doirasida Maktabgacha taʼlim vazirligi xodimlariga ingliz tilini oʻqitish boʻyicha zamonaviy innovatsion oʻquv dasturlarini joriy etish va respublika maktabgacha taʼlim tashkilotlari bolalari uchun ingliz tilida 10 000ta darslik ishlab chiqish va Maktabgacha taʼlim vazirligiga taqdim etish.
Ushbu pilot loyihalar Koreya tomonidan begʻaraz yordam doirasida amalga oshirilishi rejalashtirilgan.