Huquqiy savodxonlik darsi oʻtkazildi

news-detail

Maktabgacha taʼlim vazirligi markaziy apparati xodimlari uchun navbatdagi huquqiy savodxonlik darsi oʻtkazildi.

Unda Maktabgacha taʼlim vazirining oʻrinbosari Nodir Muslitdinov hamda Yuridik boshqarma boshligʻi Xurshid Boʻriyev oʻtayotgan haftada qabul qilingan qonunchilik hujjatlari haqida maʼlumot berishdi.

Xususan, Maktabgacha taʼlim vazirining oʻrinbosari Nodir Muslitdinov vazirlikning markaziy apparat xodimlariga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2022-yil 14-iyul kuni imzolangan "Maktabgacha taʼlim sohasida davlat-xususiy sheriklikni yanada rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida"gi qarorining mazmun-mohiyati haqida maʼlumot berdi.

Qayd etilishicha, 2022-yil 25-iyul kuniga qadar qarorda belgilangan vazifalarni oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini nazarda tutuvchi chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish boʻyicha Vazirlar Mahkamasining topshirigʻi kelib tushdi. Masʼul boshqarma tomonidan ishlar olib borilmoqda.

Shundan soʻng "Oliy, oʻrta maxsus va professional taʼlim tashkilotlarida xotin-qizlarning taʼlim olishlarini qoʻllab-quvvatlashga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida"gi Prezident qarori yuzasidan Yuridik boshqarma boshligʻi maʼlumot berdi.

Qonunchilikka koʻra, 2022/2023 oʻquv yilidan respublikadagi barcha xususiy, xorijiy va davlat oliy, oʻrta maxsus va professional taʼlim tashkilotlarida kunduzgi, sirtqi va kechki taʼlim shaklida xotin-qizlarning toʻlov-kontrakt asosida tahsil olishi uchun imtiyozli shartlarda taʼlim kreditlarini moliyalashtirish maqsadida banklarga Davlat byudjetidan mablagʻ ajratishning
yangi tizimi joriy etilgan.

Qarorga koʻra:

taʼlim kreditlari 14 foiz stavkada ajratiladi;

taʼlim kreditining asosiy qismi talabaning rasmiy
oʻqish muddati tugagandan soʻng yettinchi oydan boshlab 7 yil davomida qaytariladi;

taʼlim kreditini rasmiylashtirishda va uning qaytarilishida talabaning doimiy daromad manbaiga
ega boʻlgan oila aʼzolari va boshqa uchinchi shaxs birgalikda qarz oluvchi sifatida qatnashishiga ruxsat etiladi;

“Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kirgan oilalarning xotin-qizlariga ajratiladigan taʼlim kreditlari
uchun garov va kafilliklar talab etilmaydi.

Shuningdek, darsda qayd etilishicha, Navbatdagi huquqiy savodxonlik darsimizni boshlimiz. Barchangizni xabaringiz bor 2022-yilning 14-iyun kundan
to 14-iyul kuniga qadar Vazirlik tomonidan “Huquqiy savodxonlik oyligi” oʻtkazilmoqda. Uning doirasida Fargʻona, Buxoro va Urganch shaharlarida davra suhbatlari tashkil etildi. Bugungi kunda hududiy boshqarmalar tomonidan davra suhbatlari va seminarlar koʻrinishida tadbirlar davom ettirilmoqda.

 

Maktabgacha ta'lim agentligi
Mavzuga doir
Maktabgacha ta'lim agentligi
Kitob tumanidagi chekka hududlardan birida zamonaviy maktabgacha ta'lim tashkiloti ochildi

  Kitob tumanining chekka hududlaridan biri hisoblangan "Zarafshon" MFYda davlat xususiy sherikchilik asosida yana bir nodavlat maktabgacha ta'lim tashkiloti faoliyat boshladi.     40 yillik mehnat tajribasiga ega, "Sog‘lom turmush" medali sohibasi Munavvar Tursunova tomonidan tashkil etilgan "Boychechak" nomli 100 o'ringa mo'ljallangan mazkur muassasada bolajonlarning ta'lim-tarbiya olishi uchun barcha sharoitlar yaratilgan.        Bino ochilish marosimida Kitob tumani hokimligi, tuman prokuraturasi, mahalla faollari, nuroniylar, bolajonlar hamda ularning ota-onalari ishtirok etdi.       Tadbir qatnashchilari tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishishdi.        

Maktabgacha ta'lim agentligi
Bog'cha bolalariga quvonch ulashildi

  Davlatobod tumanida joylashgan sog'ligida nuqsoni bor bolalar tarbiyalanuvchi maxsus maktabgacha taʼlim tashkilotida "Xayr bog'cham" tadbiri o'tkazildi.       Tadbirda Namangan viloyati Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi va Davlatobod tumani YHXG xodimlari ishtirok etib, bolajonlarning quvonchiga quvonch qoʻshishdi.       Tarbiyalanuvchilar tomonidan ijro etilgan kuy va qo'shiqlar barchaga ko'tarinkilik bagʻishladi.        Tadbir yakunida YPX inspektorlari tomonidan bolajonlarga esdalik sovgʻalari topshirildi.    

Maktabgacha ta'lim agentligi
Agrippina Shin Yashnobod tumanidagi maktabgacha taʼlim tashkilotlari holatini oʻrgandi

  Shu kunlarda Davlatimiz rahbarining Yashnobod tumaniga kutilayotgan tashrifiga tayyorgarlik yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab taʻlimi vazirining birinchi oʻrinbosari, Maktabgacha taʻlim agentligi direktori Agrippina Shin tumandagi maktabgacha taʼlim tashkilotlarida boʻlib, ish jarayonlari holatini koʻzdan kechirdi.       Jumladan, tumanning “Dilbogʻ” mahallasida joylashgan 86-, 93- hamda 306-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida bolalarga berilayotgan taʼlim-tarbiya va muassasa holatini oʻrgandi.       Shuningdek, tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, yozgi sogʻlomlashtirish mavsumiga tayyorgarlik, moddiy-texnik baza kabi bir qancha yoʻnalishlarda ayni kundagi vaziyat bilan yaqindan tanishdi.       Oʻrganishlar davomida aniqlangan kamchiliklar yuzasidan tegishli mutasaddilarga aniq koʻrsatma va metodik tavsiyalar berildi.      

Вид сайта
Размер шрифта