Barchaga maʼlumki, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori asosida Maktabgacha taʼlim vazirligi tomonidan bolalarni maktabgacha taʼlim tashkilotlariga qabul qilish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatilmoqda.
Bugungi kunda Qoraqalpogʻiston Respublikasi hududida internetga ulanishda kuzatilayotgan ayrim nosozliklar va uzilishlar tufayli maktabgacha taʼlim tashkilotlariga joylashtirish uchun shakllangan yoʻllanmalarni elektron tizim orqali rasmiylashtirishda muammolar kuzatilmoqda.
Shularni inobatga olgan holda joriy yilning 13-iyunidan boshlab Qoraqalpogʻiston Respublikasidagi maktabgacha taʼlim tashkilotlariga shakllangan yoʻllanmalarning amal qilish muddatlari hisobi internetga ulanishda muammolar bartaraf etilgunga qadar toʻxtatib turiladi hamda internet tarmogʻining barqaror ishlashi taʼminlangan kundan boshlab amaldagi tartibga koʻra amal qilish muddati hisoblanadi.