Joriy yilning 23-24-iyul kunlari Namangan viloyati Namangan shahrida World karate Federation turi boʻyicha Respublika ochiq turniri boʻlib oʻtdi.
Unda Termiz shahar 31- sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti tarbiyalanuvchisi Shuhratov Muhammadbilol Surxondaryo viloyati sharafini himoya qildi. U 20 kg vaznda barcha raqiblaridan ustun kelib, faxrli 1-oʻrinni egalladi hamda oltin medalni qoʻlga kiritdi.