Sayt test rejimida ishlamoqda

Yangiliklar
Maktabgacha ta'lim agentligi
YUNESKO "Toshkent+1" shtab-kvartirasi bilan onlayn uchrashuv bo'lib o'tdi

Bugun O’zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligida vazir Hilola Umarova ishtirokida YUNESKOning "Toshkent+1" shtab-kvartirasi a’zolari bilan onlayn uchrashuv bo’lib o’tdi. Uchrashuvda bundan bir yil muqaddam mamlakatimizda YUNESKO bilan hamkorlikda 147 ta davlat ishtirokida o’tkazilgan katta masshtabdagi “Kichik yoshdagi bolalarga ta’lim-tarbiya berish” II Butunjahon konferensiyasining ta’lim tizimidagi ahamiyati e’tirof etildi. Shuningdek, 2030-yilga qadar butun jahon miqyosida rivojlanishning 4 asosiy yo’nalishini belgilab bergan Toshkent deklaratsiyasi qabul qilinganiga 1 yil to‘lishi munosabati bilan vazir barchani samimiy qutladi. Mazkur yo’nalishlar quyidagilar: 1. Hamma uchun teng inklyuziv va sifatli xizmatlar; 2. Kichik yoshdagi bolalarga ta’lim-tarbiya beruvchi kadrlar; 3. Ta’limda innovatsiyalar va raqamlashtirish; 4. Siyosat, moliyalashtirish va boshqaruv. “Bolaning sog‘lom va har tomonlama rivojlangan shaxsini shakllantirishda poydevor bo‘lgan maktabgacha ta’limning muhim ahamiyatini anglagan holda, maktabgacha yoshdagi bolalarga alohida e’tibor qaratilmoqda va bu borada joriy yilning 11 sentabr kuni O‘zbekiston Prezidenti tomonidan “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi tasdiqlandi”, - deydi vazir H.Umarova . Ta’kidlash joizki, maktabgacha ta’lim tizimini yangi bosqichga ko‘tarish va bolalarni to‘liq qamrab olishni ta’minlash ushbu strategiyada ustuvor vazifalar sifatida belgilangan. Uchrashuv davomida Maktabgacha ta’lim va maktab ta’limi vazirining birinchi o‘rinbosari – Maktabgacha ta’lim agentligi direktori Agrippina Shin 1 yil mobaynida amalga oshirilgan ishlar, erishilgan ijobiy ko'rsatkichlar haqida ma’lumot berib o'tdi.

Batafsil
Maktabgacha ta'lim agentligi
"O'zbekistonda sifatli maktabgacha ta'lim olish imkoniyatini kengaytirish" loyihasi samaradorligini e'lon qilish munosabati doirasida Islom taraqqiyot banki delegatsiyasi bilan bo'lib o'tgan uchrashuv

29-noyabr kuni Maktabgacha va maktab ta'limi vazirining birinchi o'rinbosari - Maktabgacha ta'lim agentligi direktori A. V. Shinning ITB ekspluatatsiya guruhi rahbari, janob Muhammad Kagah Mirzai boshchiligidagi Islom taraqqiyot banki missiyasi bilan uchrashuvi bo'lib o'tdi. Ma'lumot uchun: 2023-yil 26-aprelda O'zbekiston Respublikasi va Islom taraqqiyot banki o'rtasida 30 mln.dollar miqdorda qarz bitimi imzolandi. (№UZN-1018). "O'zbekistonda sifatli maktabgacha ta'limdan foydalanish imkoniyatini kengaytirish" loyihasi O'zbekiston Respublikasi davlat budjeti resurslari cheklanganligi va aholi o'sish dinamikasini hisobga olgan holda davlat-xususiy sheriklik asosida nodavlat maktabgacha ta'lim tashkilotlari tarmog'ini 200 taga kengaytirishni nazarda tutadi. Nodavlat maktabgacha ta'lim tashkilotlarini tashkil etish natijasida respublika bo'ylab 30 ming  nafar bolalar maktabgacha ta'lim bilan qamrab olinadi va 2,5 mingga yaqin ish o'rni yaratiladi. Kun tartibida loyihaning tashkiliy va texnik jihatlariga qaratilgan keyingi tadbirlarni amalga oshirish vazifasi qo'yildi. Uchrashuv yakunida tomonlar ushbu loyiha yuzasidan amalga oshiriladigan barcha zarur tadbirlar to'g'risida o'zaro kelishuvga erishdilar.

Maktabgacha ta'lim agentligi
"O'zbekistonda sifatli maktabgacha ta'lim olish imkoniyatini kengaytirish" loyihasi samaradorligini e'lon qilish munosabati doirasida Islom taraqqiyot banki delegatsiyasi bilan bo'lib o'tgan uchrashuv

29-noyabr kuni Maktabgacha va maktab ta'limi vazirining birinchi o'rinbosari - Maktabgacha ta'lim agentligi direktori A. V. Shinning ITB ekspluatatsiya guruhi rahbari, janob Muhammad Kagah Mirzai boshchiligidagi Islom taraqqiyot banki missiyasi bilan uchrashuvi bo'lib o'tdi. Ma'lumot uchun: 2023-yil 26-aprelda O'zbekiston Respublikasi va Islom taraqqiyot banki o'rtasida 30 mln.dollar miqdorda qarz bitimi imzolandi. (№UZN-1018). "O'zbekistonda sifatli maktabgacha ta'limdan foydalanish imkoniyatini kengaytirish" loyihasi O'zbekiston Respublikasi davlat budjeti resurslari cheklanganligi va aholi o'sish dinamikasini hisobga olgan holda davlat-xususiy sheriklik asosida nodavlat maktabgacha ta'lim tashkilotlari tarmog'ini 200 taga kengaytirishni nazarda tutadi. Nodavlat maktabgacha ta'lim tashkilotlarini tashkil etish natijasida respublika bo'ylab 30 ming  nafar bolalar maktabgacha ta'lim bilan qamrab olinadi va 2,5 mingga yaqin ish o'rni yaratiladi. Kun tartibida loyihaning tashkiliy va texnik jihatlariga qaratilgan keyingi tadbirlarni amalga oshirish vazifasi qo'yildi. Uchrashuv yakunida tomonlar ushbu loyiha yuzasidan amalga oshiriladigan barcha zarur tadbirlar to'g'risida o'zaro kelishuvga erishdilar.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Fransiyaning O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi ko'magida "Hachette FLE" fransuz nashriyotining sotuv bo'yicha direktori Adelin Risher xonim bilan uchrashuv

Fransiya Hukumati bilan ilgari erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish maqsadida 2023-yil 29-noyabr kuni Fransiyaning O'zbekistondagi elchixonasi ko'magida Maktabgacha va maktab ta'limi vazirining birinchi o'rinbosari - Maktabgacha ta'lim agentligi direktori A. V. Shinning "Hachette FLE" fransuz nashriyotining sotuv bo'yicha direktori Adelin Risher xonim bilan uchrashuvi bo'lib o'tdi. Ma'lumot uchun: Hachette FLE — fransuz tilining turli darajalarini o'rganish uchun o'quv adabiyotlarini nashr etishda tan olingan yetakchi bo'lib hisoblanadi. 1953-yilda Hachette FLE o'zining ilk nashri: Gaston Mogerning "Курс языка и французской цивилизации" ni taqdim etdi. Tez orada Le Mauger nomiga sazovor bo'lgan ushbu kurs fransuz tilini chet tili sifatida nashr etish ishida yangi sarguzashtning debyutini belgiladi. Bugun nashriyot o'zining 70 yilligini nishonlamoqda. Uchrashuv doirasida maktabgacha yoshdagi bolalar uchun "Les Loustics" (tarjimada "Qiziqchilar") nomli kitoblar to'plamining taqdimoti bo'lib o'tdi. Ushbu kitoblarning maqsadi - qiziqarli va interaktiv tarzdagi mashg'ulotlar orqali bolalarning fransuz tilini o'rganishga bo'lgan qiziqishlarini rivojlantirishdan iborat. Rangli illyustratsiyalar va do'stona qahramonlar yosh o'quvchilarning e'tiborini jalb qiladi hamda ularda fransuz tilini o'rganishga bo'lgan qiziqishni uyg'otadi. Unda har bir o'quvchining rivojlanishiga, uning muvaffaqiyatiga alohida e'tibor qaratiladi, bu esa o'quv jarayonida motivatsiyani saqlab qolishga ijobiy ta'sir ko'rsatadi. Fransiya tomoni qo'llanmani rolli o'yinlar, qo'shiqlar, qo'l mehnati, hikoyalar va yozma nutqni tushunish va takrorlash asosidagi mashqlar kabi turli xil va qiziqarli misollar yordamida taqdim etdi. Butun seriya bolalarni o'qitishning turli bosqichlariga mos keluvchi 3 darajaga (CECRL A1-A2) bo'lingan. Har bir daraja darslik, ish daftarchasi va o'qituvchilar uchun qo'llanmani o'z ichiga oladi. Eslatib o'tamiz, Fransiya Prezidenti E.Makron janoblarining O'zbekistonga tashrifi chog'ida ta'lim sohasida davlatlararo munosabatlarni rivojlantirish, xususan, maktabgacha yoshdagi bolalarni o'qitish uchun fransuz tili o'quv dasturini ishlab chiqishda fransuz tomonidan ko'mak olish to'g'risida shartnoma imzolangan edi.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Maktabgacha ta'lim agentligi va Saudiya taraqqiyot jamg'armasi o'rtasida uchrashuv bo'lib o'tdi

Bugun Maktabgacha ta'lim agentligida agentlik direktori o'rinbosari O. Z. Rahmatillayevning Toshkent shahriga biznes tashrifi bilan kelgan Markaziy Osiyodagi operatsiyalar bo'yicha direktor Muhammad Almasud boshchiligida Saudiya taraqqiyot jamg'armasi (STJ) missiyasi bilan uchrashuvi bo'lib o'tdi. 28-noyabr kuni Maktabgacha ta'lim agentligi direktorining o'rinbosari O. Z. Rahmatillayevning Toshkent shahriga "Maktabgacha ta'lim sohasida davlat-xususiy sheriklikni qo'llab-quvvatlash" qo'shma loyihasini amalga oshirish masalalarini muhokama qilish uchun ish tashrifi bilan kelgan Markaziy Osiyodagi operatsiyalar bo'yicha direktor Muhammad Almasud boshchiligidagi Saudiya taraqqiyot jamg'armasi (STJ) missiyasi bilan ishchi uchrashuvi o'tkazildi. Ma'lumot uchun: "Maktabgacha ta'lim sohasida davlat-xususiy sheriklikni qo'llab-quvvatlash" loyihasi 2021-yildan boshlab Saudiya taraqqiyot jamg 'armasi (STR) mablag'lari hisobidan amalga oshirilmoqda, uning doirasida kredit mablag'lari maktabgacha ta'lim tashkilotlarini qurish bo'yicha mahalliy loyihalarni DXSH shaklida qo'llab-quvvatlashga yo'naltiriladi. Loyiha summasi 41 million Saudiya rialini tashkil etadi (10,9 mln AQSH dollariga teng). Loyihani amalga oshirish muddati - 2021-2024 yillarga mo'ljallangan. Uchrashuv davomida belgilangan maqsadlarni yo'lga qo'yish samaradorligini oshirishga qaratilgan loyihaning texnik jihatlari yanada batafsil muhokama qilindi. Uchrashuv yakunida tomonlar ilgari erishilgan kelishuvlar shartlarini bajarish yuzasidan fikr almashdilar.

Maktabgacha ta'lim agentligi
"Maktabdagi ovqatlantirish - umumiy rivojlanish vektori" xalqaro forumi o'tkazildi

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi delegatsiyasi, Vazirning birinchi o'rinbosari – Maktabgacha ta'lim agentligi direktori A.Shin boshchiligida, MDH mamlakatlarida maktablarda sog’lom ovqatlantirish bo'yicha "Maktabdagi ovqatlantirish - umumiy rivojlanish vektori" xalqaro forumida ishtirok etish maqsadida hozirda Bishkek shahrida bo'lib turishibdi.Ushbu forumning maqsadi maktabda sog’lom ovqatlantirish sohasidagi milliy muammolarni hal qilish, ushbu soha samaradorligini oshirish uchun zamonaviy yechim va vositalarni izlash bo'yicha tajriba va fikr almashishdan iborat.Forumning ochilish marosimida Qirg'iziston Respublikasi ta'lim va fan vaziri D. Kendirbayeva, Bishkek shahri meri A. Junushaliyev va boshqa yuqori martabali shaxslar ishtirok etdilar.Tadbir davomida Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi delegatlari keng jamoatchilik oldida O'zbekiston Respublikasi maktab va maktabgacha ta’lim tashkilotlaridagi ovqatlantirish dasturlarining asosiy yutuqlari va rivojlanish yo'nalishlari to'g'risida taqdimot materiallari bilan chiqish qildilar, davra suhbatlarida qatnashdilar, shuningdek Bishkek shahridagi umumta'lim maktablariga tashrif buyurdilar.Shu bilan birga, Qirg'iziston tomonining taklifiga binoan A.Shin tomonidan delegatsiya bilan birgalikda Qirg'iziston maktabgacha ta'lim tizimi xodimlari uchun "O'zbekistonning 2017-2023 yillarda maktabgacha ta'lim tizimini rivojlantirishdagi yutuqlari" mavzusida seminar o'tkazildi. Xususan, maktabgacha ta'lim sifatini va pedagog kadrlarning malakasini oshirish, maktabgacha ta'limning nodavlat sektorini kengaytirish, DXSH asosida MTTlarni tashkil etish, maktabgacha ta'limni boshqarish jarayonlarini raqamlashtirish, shu jumladan oilaviy MTT larni tashkil etish mexanizmlarini avtomatlashtirish va nodavlat sektorga subsidiyalar ajratish, shuningdek, belgilangan davr davomidagi Maktabgacha ta'lim agentligining xalqaro hamkorlik natijalari kabi dolzarb yo'nalishlar bo'yicha ma'lumotlar taqdim etildi. Forum yakunlari bo'yicha MDHga a'zo davlatlarning ta'lim sohasidagi hamkorlik Kengashi doirasida har yili "MDH mamlakatlarida maktablarda ovqatlantirish masalalari bo'yicha xalqaro forum" o'tkazish to'g'risida Bishkek deklaratsiyasini qabul qilish rejalashtirildi.  

Maktabgacha ta'lim agentligi
Metodistlari uchun o‘quv-amaliy seminar

Bugun Maktabgacha ta’lim agentligi tasarrufiga o‘tkazilgan eksperimental davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari metodistlari uchun o‘quv-amaliy seminar tashkil etildi. O‘quv-amaliy seminarda Toshkent shahar va Toshkent viloyatidagi eksperimental davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarining 20 nafar metodistlari ishtirok etdilar. O‘quv-amaliy seminar jarayonida eksperimental davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari oldida turgan asosiy maqsad va vazifalar, ularning faoliyatini tashkil etishga oid me’yoriy ish hujjatlari bilan ishlash, pedagogning kasbiy standarti, Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘yiladigan davlat talablari hamda “Ilk qadam” davlat o‘quv dasturi asosida bolalarni barcha rivojlanish sohalari bo‘yicha kompetensiyalarini o‘zaro bog‘liq holda rivojlantirish yo‘llari”, shuningdek, tanlangan tumanlarda yagona uzluksiz metodik xizmatni tashkil etishda kelgusidagi vazifalar muhokama qilindi. Seminar yakunida ishtirokchilar uchun Agentlikda tashkil etilgan laboratoriyada maktabgacha yoshdagi bolalarga ta’lim berishda kompetensiyaviy yondashuvlar bo‘yicha master klas o‘tkazildi. Ma’lumot uchun: O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining  2023 yil 3 noyabrdagi 532-sonli buyrug‘iga ko‘ra, uzluksiz yagona metodik xizmatni yo‘lga qo‘yish maqsadida Respublikadagi moddiy-texnik holati, metodik xizmat yaxshi yo‘lga qo‘yilgan va kadrlar salohiyati yuqori darajada bo‘lgan 26 ta davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari tanlab olinib, Maktabgacha ta’lim agentligi tasarrufidagi eksperimental davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari sifatida tashkil etildi.

Maktabgacha ta'lim agentligi
"Jaseng Medical Foundation" tadbiri bo'lib o'tdi

Bugun 23-noyabr kuni Toshkent shahri Yangihayot tumanidagi 122-son DMTT da Koreya tibbiyot jamg'armasining "Jaseng Medical Foundation" tadbiri bo'lib o'tdi. Tadbir boshida bolalarimiz mehmonlarni engil ta'zim, chiroyli tabassum va milliy an'analar bilan kutib olishdi.  Muhokama davomida O'zbekiston va Koreya o'rtasidagi o'zaro tushunish va tadbirlarni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi. Jamg'arma vakillari birgalikda bolalarni sog'lomlashtirish gimnastikasi bilan shug'ullanishga faol o'rgatishdi, chunki gimnastika chidamlilikni tarbiyalaydi va harakatlarning aniqligini shakllantiradi, shuningdek, mashg'ulotlar moslashuvchanlikni, epchillikni mukammal rivojlantiradi va o'rgatadi. Shuningdek, delegatsiya rahbari ushbu forumlar nafaqat poytaxtda, balki boshqa viloyatlarda ham o'tkazilishini ta'kidladi. Tadbir yakunida bolalar sevimli va mashhur televizion musiqaga raqsga tushishdi  Mehmonlar juda ko'p his-tuyg'ular va xotiralar bergan bolalarimizning aktivini ko'rishdan juda xursand bo'lishdi.

Batafsil
Maktabgacha ta'lim agentligi
Bola kulgusi dunyodagi eng baxtiyor kulgudir

Bugun Maktabgacha ta’lim agentligi tomonidan 20-noyabr – Butunjahon bolalar kuniga bag‘ishlangan bog‘cha tarbiyalanuvchilari ishtirokida tadbir tashkil etildi. Ushbu tadbirga 34, 389-sonli MTTlari tarbiyalanuvchilari va tarbiyachilari shu bilan birga, Puchon, A.I.Gersen nomidagi RDPU universiteti Toshkent shahridagi filiallari qoshidagi bog‘cha bolalari va talabalari bilan taklif etildi. Barchaga ma’lumki, ushbu sanada butun yer yuzida bolalarni huquqlarini himoya qilish Konvensiyasi va Deklaratsiyasi qabul qilingan. Tadbirning ahamiyatga molik jihati shundan iborat bo‘ldiki, barcha bolajonlar uchun ularning huquqlari va erkinliklari haqida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining birinchi o‘rinbosari – Maktabgacha ta’lim agentligi direktorining shaxsan o‘zi tomonidan ertaknamo tarzda tushuntirib berildi. Bolajonlar bilan mavzu yuzasidan o‘yin tarzida savol-javoblar o‘tkazildi. Shuningdek, Toshkent davlat sirkining mutaxassislari tomonidan bolajonlarga qiziqarli tomoshalar hamda bola huquqlari haqida multfilm namoyish etildi. Bolajonlar agentlik xodimlarini faoliyatlari bilan tanishishdi, ularning kun davomida maktabgacha ta’lim  sohasini rivojlantirish uchun olib borayotgan ishlarini o‘z ko‘zlari bilan ko‘rib, turli savollarga tutishdi. Tadbir yakunida barcha bolajonlar o‘z qo‘llari bilan rangli dastxatlarini devorga esdalik uchun tushirishdi va sharlarga ismlarini yozib osmon-u falakka uchirishdi.      

Maktabgacha ta'lim agentligi
Yangibozorda yana bir yangi maktabgacha ta'lim tashkiloti ish boshladi

Yangibozor tumanining Bog‘olon mahallasida 29-son maktabgacha ta’lim tashkiloti  mukammal ta’mirlanib, foydalanishga topshirildi. Tadbirning ochilish marosimida  tuman hokimi Ruslan Jumaniyazov, sektor rahbarlari, faxriylar, mahalla faollari, maktabgacha ta’lim tashkilotlari mudiralari qatnashdi.  90  o‘ringa mo‘ljallangan mazkur maktabgacha ta’lim  tashkiloti zamonaviy davlat  talablari  asosida jihozlangan bo‘lib, tarbiyalanuvchilarni  sifatli! ta’lim  tarbiya olishlari  uchun  barcha qulay shart  sharoitlar yaratilgan. Eng quvonarlisi, bog‘chaning ishga tushishi bilan mahalladagi bog‘cha yoshidagi bolalarning 100 foiz qamroviga erishildi.  20 nafar fuqaroning ish bandligi ta’minlandi.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Yuksaklarda hilpira, bayrog'im!

Bugun mamlakatimizda «O’zbekiston Respublikasining Davlat bayrog’i to’g’risida» gi Qonun qabul qilinganiga 32 yil to’ldi. Ma’lumki, davlat bayrog’i mamlakitimizning suvereniteti va mustaqilligini ifodalovchi ramz. Shu munosabat bilan Maktabgacha ta’lim agentligida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi. Bugun bayrog‘imiz xalqaro maydonda, jumladan, O‘zbekiston Respublikasi rasmiy delegatsiyalarining xorijiy mamlakatlarga safarlari chog‘ida, xalqaro tashkilotlarda, konferensiyalarda, jahon ko‘rgazmalarida, sport musobaqalarida mustaqil vatanimizni ifodalamoqda. Tarixiy qadriyatlar asosida yaratilgan va o’tmishimiz, bugungi kunimiz va kelajagimiz ramzi bo’lgan Davlatimiz bayrog’ida biz ona suti, uning beshik kuylari va buyuk ajdodlar ta’limoti bilan singdirgan ulkan milliy kuch, yuksak aql va iroda mavjud. Maktabgacha ta’lim agentligi jamoasi barcha vatandoshlarimizni O’zbekiston Respublikasining Davlat bayrog’i qabul qilingan kuni bilan chin qalbdan tabriklaydi. Bayrog’imiz mustaqil va tinch O’zbekistonimizni tanitib, yuksaklarda hilpirashda davom etsin!  

Maktabgacha ta'lim agentligi
"Mittivoy" qo'shma loyihasi doirasida uchrashuv bo'lib o'tdi

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirining birinchi o'rinbosari – Maktabgacha ta'lim agentligi direktori A.Shin A.I.Gersen nomidagi RDPU  rektorining baynalminallashtirish bo'yicha maslahatchisi, pedagogika fanlari doktori,  professor Y.A.Komarova bilan uchrashdi. Tomonlar 2020-yil dekabr oyida tegishli "Yo'l xaritasi" imzolanishi bilan boshlangan "Mittivoy"  qo'shma loyihasining hozirgi holati va istiqbollarini muhokama qildilar. Eslatib o'tamiz, loyihaning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: - O'zbekiston Respublikasi maktabgacha ta'lim tashkilotlari mutaxassislarining vakolatlari darajasini o'rganish bo'yicha nazorat-o'lchov tadbirlarini o'tkazish; - O'zbekiston Respublikasi maktabgacha ta'lim tashkilotlari mutaxassislari uchun qayta tayyorlash dasturlarini ishlab chiqish; - O'zbekiston Respublikasi maktabgacha ta'lim tashkilotlari tarbiyachilari va pedagoglari uchun metodik qo'llanmalar ishlab chiqish. A.I.Gersen nomidagi RDPU vakillari bilan uchrashuv an'anaviy tarzda ishonchli, ochiq va do'stona muhitda o'tdi. Muzokaralar yakunida tomonlar yana bir bor maktabgacha ta'lim sohasida hamkorlikni rivojlantirish va mustahkamlashni davom ettirish bo'yicha o'z majburiyatlarini bayon qilishdi. Ma'lumot uchun: 2020-yil 26-dekabrda "Mittivoy" qo'shma loyihasini amalga oshirish bo'yicha "Yo'l xaritasi" tasdiqlandi, unda A.I.Gersen nomidagi RDPU mutaxassislari tomonidan O'zbekiston Respublikasi maktabgacha ta'lim tashkilotlari uchun pedagog kadrlar tayyorlash bo'yicha tomonlar faoliyatining asosiy yo'nalishlari belgilandi. 2021-yildan 2023-yilgacha maktabgacha ta'lim tashkilotlarining 1500 dan ortiq pedagog kadrlari ushbu loyiha doirasida tashkil etilgan turli o'quv dasturlari bo'yicha o'qitildi.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Qirg'iziston Respublikasi ta'lim va fan vazirining MTTga tashrifi

 "Bolalar va yoshlar harakatda — Markaziy Osiyoda iqlim o'zgarishi" Xalqaro forumi doirasida Qirg'iziston Respublikasi ta'lim va fan vaziri Dogdurkul Kendirboyeva Toshkent shahri Mirobod tumanidagi 34-sonli DMTTga tashrif buyurdi. Ma'lumot uchun: "Bolalar va yoshlar harakatda — Markaziy Osiyoda iqlim o'zgarishi" Xalqaro forumi 9-noyabr kuni Toshkentda bo'lib o'tdi. U Butunjahon bolalar kuni va BMTning 2023-yilgi iqlim o'zgarishi bo'yicha konferensiyasiga (COP 28) bag'ishlangan. Forum bolalar va yoshlarning iqlim o'zgarishining salbiy ta'siriga qarshi kurashdagi roli, shu jumladan ekologik ta'limni targ'ib qilishning ahamiyatiga bag'ishlangan. Tashrif doirasida Qirg'iziston tomoni maktabgacha ta'lim tashkiloti faoliyati bilan tanishdi, xususan, maktabgacha yoshdagi bolalarni o'qitish dasturlari, bolalar taomlanishini tashkil etish, shuningdek, tizimda kadrlar tayyorlash bo'yicha ma'lumotlar taqdim etildi. Maktabgacha va maktab ta'limi vazirining birinchi o'rinbosari - O'zbekiston Respublikasi maktabgacha ta'lim agentligi direktori A.V.Shin bilan uchrashuv davomida tomonlar idoralar o'rtasida tajriba almashish bo'yicha keyingi chora-tadbirlarni muhokama qildilar. Vazir D.Kendirboyeva O'zbekistonning maktabgacha ta'lim tizimini qamrab olish, kadrlar tayyorlash, raqamlashtirish borasidagi tajribasini Qirg'izistonda eng yaxshi amaliyotlar namunasi sifatida o'rganish va joriy etish zarurligini ta'kidlab o'tdi. Tashrif yakunida tomonlar yuqoridagi yo'nalishlar bo'yicha hamkorlikni yanada oshirishga kelishib oldilar.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Rasmiy munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda Gʻazalkent shahrining “Tosh” mahallasidagi tadbirkor Tulebay Ashirov tomonidan amalda bunyod etilgan bolalar bog‘chasi kimoshdi savdosiga qo‘yilgani, uning va’da qilingan imtiyozli kredit uchun hokimiyat bilan kurashi shu tariqa tugagani bayon etilgan murojaat e’lon qilindi. Ushbu murojaat yuzasidan Maktabgacha ta’lim agentligi quyidagilarni ma’lum qiladi: Murojaatda ko‘rsatilgan vajda binoni auksionga qo‘yilishi Maktabgacha ta’lim agentligiga bog‘liq emasligi, balki tuzilgan kredit shartnoma tijorat banki bilan tuzilganligi, kredit shartlarini bajarmaganligi, olingan kredit foizlarini vaqtida to‘lamaganligi, ushbu bino kredit olish uchun garov ta’minoti sifatida rasmiylashtirilganligi sababli TIJORAT BANK tomonidan auksionga qo‘yilgan bo‘lishi mumkin. Shu munosabat bilan fuqaro  tomonidan kredit shartnomasi tuzilgan tijorat bankiga murojaat qilinsa maqsadga muvofiq bo‘ladi.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Qisqa muddatli malaka oshirish kurslari davom etmoqda

Ayni kunlarda respublika bo'ylab maktabgacha taʼlim tashkilotlarining pedagog xodimlari uchun qisqa muddatli malaka oshirish kurslarining navbatdagi bosqichi davom etmoqda. Eslatib o'tamiz, maktabgacha taʼlim tashkilotlarining pedagog xodimlari uchun qisqa muddatli malaka oshirish kursining 2-bosqichida respublika bo‘ylab 700 nafar master-trenerlarning o‘qitilishi rejalashtirilgan. Ushbu qisqa muddatli malaka oshirish kursining 1-bosqichida 30 nafar master-trenerlar o‘qitilgan edi.

Batafsil
Maktabgacha ta'lim agentligi
Agentlikda navbatdagi huquqiy savodxonlik soati oʻtkazildi

2023-yil 3-noyabr kuni Maktabgacha taʼlim agentligi markaziy apparati xodimlari uchun navbatdagi huquqiy savodxonlik soati oʻtkazildi. Huquqiy savodxonlik soati yakunida Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi tomonidan tayyorlangan haftaning muhim voqealari hamda davlat xizmatchilari uchun dolzarb mavzular haqida maʻlumot berib boruvchi  "Siyosiy ma'rifat soati" namoyish etildi.  

Maktabgacha ta'lim agentligi
Мaktabgacha ta’lim tashkilotlarida “Mehrjon “ bayrami keng nishonlanmoqda

Kuz fasli – to‘kinlik, qut-baraka, pishiqchilik fasli hisoblanadi.  Mehrgon esa  — kuzgi teng kunlikda nishonlanadigan hosil bayramidir. Bu bayram o‘zida kuz faslining butun tarovati, ziynati, fazilatini namoyon etadi.   Ayni kunlarda hududlardagi barcha maktabgacha ta’lim tashkilotlarida “Mehrjon “ bayrami keng nishonlanmoqda.  Bunda bolajonlar  o‘z tarbiyachilari boshchiligida jannatmakon yurtimiz, ona zaminimiz, mehnatkash xalqimizni madh etuvchi kuy-qo‘shiqlar ijro etish, milliy xalq o‘yinlari va sahna ko‘rinishlarini  namoyish etish,  mevalar, sabzavotlarning rasmlarini chizish, maketlarini tayyorlash, ulardan bejirim shakllar yaratish orqali Ona tabiatning moʻjizalari va Oltin kuz faslining fazilati haqida aniq tasavvur va bilimlarga ega bo‘lib boryaptilar Tadbirlar davomida tashkilot tarbiyalanuvchilari tomonidan ijro etilgan ona-diyorimizni, oltin kuzni taʼriflovchi sheʼrlar, kuy-qoʼshiq va hikmatli soʼzlar, raqslar tadbir ishtirokchilariga manzur boʼldi. Xalqimizdagi bag‘rikenglik, mehmondo‘stlik, mehr-shafqat, saxovatlilik kabi go‘zal fazilatlarning davom etishida ushbu bayramning hissasi katta.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Pedagog xodimlar uchun qisqa muddatli malaka oshirish kurslarining navbatdagi kuni boshlandi

Avval xabar berganimizdek, maktabgacha taʼlim tashkilotlarining pedagog xodimlari uchun 40 soatga moʻljallangan qisqa muddatli malaka oshirish kursining 2-bosqichi o'z ishini boshlagan edi. Bugun joylarda qisqa muddatli malaka oshirish kursining navbatdagi kun  treninglari o'z ishini davom ettirmoqda. Sessiyalar davomida,   Muzyorar (icebreaker)ni amalda qoʻllash va bugungi kun maqsadlarini belgilash;  Taʼlimda zinama-zina (skaffolding) metodi; Ilk Qadam va oʻyin pedagogikasi;  Oʻyinga asoslangan taʼlim madaniyatini ijobiy shakllantirish; Oʻyinga asoslangan taʼlim uchun zamin yaratish;  Modellashtirilgan ta’lim. (Men qilaman, biz qilamiz, siz qilasiz);  Ta’limdagi fikr-mulohazalar va yakuniy xulosalar kabi mavzular o'tilmoqda.    Eslatib o'tamiz, maktabgacha taʼlim tashkilotlarining pedagog xodimlari uchun 40 soatga moʻljallangan qisqa muddatli malaka oshirish kursining 2-bosqichida respublika bo‘ylab 700 nafar master-trenerlarning o‘qitilishi rejalashtirilgan.  

Maktabgacha ta'lim agentligi
#Xalqaro hamkorlik

Bugun Maktabgacha ta’lim agentligida O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining birinchi o‘rinbosari – Maktabgacha ta’lim agentligi direktori A.Shin hamda Xitoy Xalq Respublikasining Favqulodda va Muxtor Elchisi janob Yu Jun o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv davomida Xitoy elchisiga 2017-yildan buyon O‘zbekistonda maktabgacha ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar haqida shuningdek, ushbu jarayonlarda Maktabgacha ta’lim agentligining roli va o‘rni borasida  ma’lumot berildi. Shuningdek, Xitoy tomoni bilan avval erishilgan kelishuvlarni yangilash, xususan, Toshkent shahridagi 2 ta davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida xitoy tilini ikkinchi chet tili sifatida o‘qitish, ta'lim jarayoniga raqamli kontentni joriy etish, didaktik materiallarni ishlab chiqishda innovatsion yechimlardan foydalanish va bu boradagi masalalar muhokama qilindi. Xitoy tomoni bilan uchrashuv anʼanaviy tarzda ochiq va doʻstona ruhda oʻtdi. Muzokaralar yakunida tomonlar maktabgacha ta’lim sohasidagi O‘zbekiston-Xitoy hamkorligini davom ettirish va mustahkamlashga kelishib olishdi.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Maktabgacha taʼlim tashkilotlarining pedagog xodimlari uchun qisqa muddatli malaka oshirish kurslariga start berildi

Maktabgacha taʼlim agentligining xalqaro loyihalar doirasida xorijiy mutaxassislarni jalb etgan holda maktabgacha taʼlim tashkilotlarining 14 000 nafar pedagog xodimlarini 3 bosqichli qisqa muddatli malaka oshirish kurslarida bosqichma-bosqich  kaskad usulida oʻqitilishi rejalashtirilgan bo‘lib, kuni-kecha 5 kunlik qisqa muddatli malaka oshirish kursining 2-bosqichiga start berildi.  Eslatib o‘tamiz, qisqa muddatli oʻquv kurslari 3 bosqichda tashkil etilishi belgilangan bo‘lib, joriy yilning 7-11-avgust kunlari qisqa muddatli oʻquv kursining 1-bosqichi doirasida xalqaro konsultant – Kler Nandu hamda Jahon bankining ta’lim bo‘yicha maslahatchisi Sherrily Le Mottilar tomonidan 30 nafar master-trenerlar o‘qitilgan edi. Ayni kunlarda Maktabgacha taʼlim agentligining Jahon Banki bilan hamkorlikda “Bolalarni erta yoshdan rivojlantirishni takomillashtirish” loyihasini amalga oshirish guruhi bilan birgalikda 2023-yilning 30-oktabr kunidan 3-noyabr kuniga qadar davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarining pedagog xodimlari uchun 40 soatga moʻljallangan qisqa muddatli malaka oshirish kursining 2-bosqichi o‘tkazilmoqda. Ushbu  oʻquv kursi davomida esa respublika bo‘ylab 700 nafar master-trenerlar o‘qitilishi rejalashtirilgan.   Yil yakuniga qadar Jahon Banki bilan hamkorlikdagi “Bolalarni erta yoshdan rivojlantirishni takomillashtirish” loyihasining 3-bosqichi doirasida  bosqichma-bosqich  kaskad usulida jami 14 ming nafardan ziyod pedagog kadrlar qisqa muddatli malaka oshirish kurslarida o‘qitilishi ko‘zda tutilmoqda. Ushbu qisqa muddatli oʻquv kurslari xorijiy mutaxassislarni jalb etgan holda Qisqa muddatli malaka oshirish kurslarini tashkil etish maqsadida maktabgacha taʼlim tashkilotlari pedagoglarini tayyorlashni rejalashtirish va muvofiqlashtirish boʻyicha Jahon banki, PIU, UNICEF, Maktabgacha taʼlim agentligi hamda Maktabgacha taʼlim tashkilotlari rahbar va xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti bilan hamkorlikda rejalashtirilgan bo‘lib, xalqaro konsultantlar ishtirokida pedagog xodimlarini 40 soatga moʻljallangan qisqa muddatli malaka oshirish kursining oʻquv dasturi ishlab chiqilgan.    Ma'lumot uchun: 5 kun davomida quyidagi asosiy mavzular bo'yicha malaka oshirish kursi o'taladi:    Sifatli erta taʼlim va maktabgacha taʼlim pedagoglarining roli Oʻyinga asoslangan pedagogika tamoyillari bilan tanishtirish Oʻyinga asoslangan taʼlimni tushinish Oʻyinga asoslangan taʼlim pedagogikasidan foydlanib “Ilk Qadam”ni amalga oshirish Aralash ta’limni qoʻllab-quvvatlash

Maktabgacha ta'lim agentligi
Maktabgacha ta’lim agentligi delegatsiyasi “QARLYGASH-2023” – “Maktabgacha yoshdagi bolalarni tarbiyalash va o‘qitishning zamonaviy tendensiyalari” II Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasida ishtirok etdi

Joriy yilning 27-oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari boshchiligidagi delegatsiya Qozog‘iston Respublikasining Ostona shahrida bo‘lib “QARLYGASH-2023” – “Maktabgacha yoshdagi bolalarni tarbiyalash va o‘qitishning zamonaviy tendensiyalari” II Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasida “O‘zbekistonda maktabgacha ta’lim: sifatni oshirish tajribasi va istiqbolli yo‘nalishlari” mavzusidagi taqdimot  bilan ishtirok etdi.  Konferensiya doirasida Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi tasarrufidagi “QARLYGASH” bolalar bog‘chasiga ish tajribasi bilan tanishish maqsadida tashrif uyushtirilib, ushbu muassasa direktori bilan ham uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv davomida bolalar markazi hamda yosh bolalarni tarbiyalash va o‘qitishning zamonaviy pedagogik texnologiyalarini boshqarish va joriy etish masalalari muhokama qilindi.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Sport: “Gimnastikaga ilk qadam” musobaqasining final bosqichi bo‘lib o‘tdi

Bugun Maktabgacha ta’lim agentligi hamda Oʻzbekiston Gimnastika Federatsiyasi bilan hamkorlikda Toshkent shahrida joylashgan davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarining tarbiyalanuvchilari oʻrtasida “Gimnastikaga ilk qadam” musobaqasining final bosqichi o‘tkazildi.  Musobaqada Toshkent shahrining tuman bosqichlarida gʻolib boʻlgan 12 ta jamoadan jami 134 nafar  tarbiyalanuvchilar ishtirok etdi.  Musobaqa yakuniga koʻra: -“Eng yaxshi kompozitsiya” – Yunusobod tumanidagi 500-son DMTTning “Kamalak”; -“Eng yaxshi dinamika” – Shayxontoxur tumanidagi 448-son DMTTning “Toʻmaris ajdodlari”; -“Eng yaxshi obraz”- Sergeli tumanidagi 565-son DMTTning “Istiqlol”; -“Eng yaxshi xoreografiya” – M.Ulugʻbek tumanidagi 403-son DMTTning “Sharq goʻzali”; -“Takrorlanmas kompozitsiya” - Yakkasaroy tumanidagi 150-son DMTTning “Gʻoliblar”; -“Eng uygʻun jamoa” - Yashnobod tumanidagi 165-son DMTTning “Doʻstlik”; -“Gimnastika elementlaridan eng yaxshi foydalangan jamoa” - Bektemir tumanidagi 578-son DMTTning “Zilola”; -“Eng jozibador libos” -  Uchtepa tumanidagi 244-son DMTTning “Samo yulduzchalari”; -“Eng hissiyotli jamoa” -  Yangihayot tumanidagi 121-son DMTTning “Kuz malikalari”; -“Eng ahil jamoa” – Chilonzor tumanidagi 284-son DMTTning “Tong yulduzi”; -“Eng shijoatkor jamoa” - Mirobod tumanidagi 66-son DMTTning “Uchqunchalar”; -“Gʻalabaga ishtiyoqmand jamoa” - Olmazor tumanidagi 478-son DMTTning “Quvnoq qizchalar” jamoalari nominatsiyalari bilan taqdirlanib, g‘oliblarga qimmatbaho sovg‘alar taqdim etildi. Ma’lumot uchun: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Gimnastika sport turlarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2022-yil 23-dekabrdagi PQ-449-son qaroriga muvofiq, Oʻzbekiston Gimnastika Federatsiyasi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasi davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarining tarbiyalanuvchilari oʻrtasida “Gimnastikaga ilk qadam” musobaqasini tashkil etish va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida nizom”ga asosan, ushbu musobaqa joriy yilning 16-oktabridan 30-oktabriga qadar respublikaning barcha hududlarida oʻtkazildi.

Batafsil
Maktabgacha ta'lim agentligi
BUXORODA “GIMNASTIKAGA ILK QADAM” MUSOBAQASI BO‘LIB O‘TDI

Kuni-kecha Buxoroda maktabgacha taʼlim tashkilotlari tarbiyalanuvchilari oʻrtasida “Gimnastikaga ilk qadam” musobaqasining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi.  Yakuniy natijalarga ko‘ra,  - Buxoro tumanidagi 51-MTTning “Yulduzcha” jamoasi faxrli 1-o‘rinni;  - Buxoro shahridagi 27-MTTning “Ya smogu”, Qorako‘l tumanidagi “Megamed” nodavlat MTTning “Mogu” jamoalari 2-o‘rinni; - Vobkent tumanidagi 4-MTTning “Jajji yulduzchalar” hamda Peshku tumanidagi 5-MTTning “Yulduzlar” jamoalariga esa 3-o‘rinni egallashdi.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Surxondaryoda maktabgacha ta’lim tashkilotlari soni oshmoqda

Kuni-kecha viloyatning Denov, Sherobod, Jarqo‘rg‘on tumanlarida jami 6 ta maktabgacha ta’lim tashkilotlari foydalanishga topshirilib, jami 575 o'ringa ega quvvat yaratildi.  Jumladan,  Denov tumanidagi Surxondiyor va Lag‘monota mahallalarida 150, Sina va Chorgul mahallalarida 90 o‘rinli maktabgacha ta’lim tashkilotlari; Sherobod tumanidagi Bahor mahallasidagi 90 o‘rinli, Do‘stlik mahallasidagi 75 o‘rinli, Istiqbol mahallasidagi 100 o‘rinli maktabgacha ta’lim tashkilotlari; Jarqo’rgon tumani "Yangi turmush" mahallasida 70 o‘rinli maktabgacha ta’lim tashkiloti foydalanishga topshirildi. Ochilish marosimi tadbiriga tashrif buyurgan mehmonlar bolajonlar uchun yaratilgan barcha zamonaviy shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishtirildi. Zamonaviy maxsus mebellar, yangi to‘shaklar bilan jihozlangan yotoqxonalar, maxsus kutubxona bolajonlarning doimiy xizmatida bo‘ladi. Ma’lumotlarga ko‘ra, Surxondaryo viloyatda 452 ta davlat, 164 ta davlat-xususiy sheriklik asosidagi, 1 ming 979 ta oilaviy va 10 ta xususiy maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyat yuritmoqda.  

Maktabgacha ta'lim agentligi
Huquqiy axborotni o‘zingizga qulay formatlarda oling!

Huquqiy masalalarda foydali maʼlumotlar bilan @huquqiyaxborot telegram kanalining quyidagi tillarda yuritilayotgan versiyalari orqali ham tanishib borishingiz mumkin: - @pravoinf (rus tilida) - @leginf (ingliz tilida) - @huquqiyaxborot_lotin (lotin alifbosida) Shuningdek, ijtimoiy-siyosiy hayotdagi, qonunchilikdagi eng muhim yangiliklar, hayotiy zaruratga aylangan huquqiy bilimlar, eng sara tahliliy materiallarni hudud24.uz sayti hamda @hudud24official telegram kanalida kuzatib borishni tavsiya etamiz.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Toshkent shahridagi Puchon universitetida “2+2” ta’lim dasturi doirasida qo‘shma loyihani amalga oshirish bo'yicha muzokara olib borildi

O‘zbekistan Respublikasida maktabgacha ta’lim tizimini takomillashtirish, qo‘shma ta’lim dasturlarini amalga oshirish, maktabgacha ta’limda innovatsion yondashuvlarni joriy etish, ta’lim-tarbiya jarayoni sifatini yaxshilash va O‘zbekiston Respublikasida yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash asosida ko‘maklashish maqsadida Koreya Respublikasining Seul shahrida Puchon Universiteti va “Toshkent shahridagi Puchon Universiteti” nodavlat ta’lim tashkiloti qo‘shma korxonasi bilan “O‘zaro anglashuv Memorandumi” imzolangan bo‘lib, mazkur Memorandumdagi hamkorlik yo‘nalishlaridan biri agentlik tasarrufidagi pedagogika kollejlari bitiruvchilarini Toshkent shahridagi Puchon universitetining 2-bosqichida o‘qishini davom ettirishni nazarda tutuvchi “2+2” ta’lim dasturi doirasida qo‘shma loyihani amalga oshirishdir.      Maktabgacha ta’lim agentligi tomonidan maktabgacha ta’lim tizimi uchun yuqori malakali, zamonaviy fikrlaydigan, ta’lim va tarbiyaning ilg‘or texnologiyalarini o‘zlashtirgan pedagog kadrlar va mutaxassislar tayyorlash hamda ular bilan maktabgacha ta’lim tashkilotlarini ta’minlashga qaratilgan bir qator amaliy ishlar davomi sifatida agentlik tasarrufidagi pedagogika kollejlarda joriy etilgan dual ta’lim tizimi o‘zining ijobiy samarasi berayotganligi sababali, maktabgacha ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bitiruvchilarni Toshkent shahridagi Puchon universiteti bilan qo‘shma ta’lim dasturlari asosida o‘qitish bo‘yicha muzokaralar olib borildi. Natijaga ko‘ra, pedagogika kollejlarida ta’limni o‘z yo‘nalishiga mos tashkilotda mehnat qilish bilan birgalikda olib borish imkoniyatini beruvchi hamda ta’limning uzviyligini ta’minlaydigan, o‘quv-tarbiyaviy jarayonni tashkil etadigan ilg‘or xorijiy tajribani joriy etish va oliy ma’lumotli yuqori malakali raqobatbardosh kadrlar tayyorlashdan iborat. Shu bilan birga, pedagogika kollejlarida faoliyat olib borayotgan maxsus fan o‘qituvchilari xorijiy mutaxassislarni jalb etgan holda ularning kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirish maqsadida malaka oshirish kurslarini tashkil etishga kelishib olindi.  

Maktabgacha ta'lim agentligi
Xanti-Mansiysk avtonom okrugi delegatsiyasining sayyor qabuli bo‘lib o‘tdi

  Bugun Maktabgacha ta’lim agentligida Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan loyiha doirasida Xanti-Mansiysk avtonom okrugi (Rossiya Federatsiyasi) viloyat rahbariyati va ishbilarmon doiralar vakillaridan (zaxiradagi kadrlar) iborat delegatsiya uchun sayyor qabul bo‘lib o‘tdi. Mazkur tadbirdan ko‘zlangan maqsad maktabgacha ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, jumladan, Maktabgacha ta’lim agentligi erishayotgan yutuqlarni o‘rganish va ular bilan yaqindan tanishish edi. Tadbir davomida Rossiya tomoni 2017-2023 yillarga mo‘ljallangan sohadagi asosiy ko‘rsatkichlar bilan tanishdi. Shundan so‘ng maktabgacha ta’lim sifatini, pedagog kadrlar malakasini oshirish kabi yo‘nalishlar hamda xalqaro hamkorlik to‘g‘risida ma’lumotlar berildi. Shuningdek, “Maktabgacha ta’lim tizimini raqamlashtirish” mavzusida taqdimot bo‘lib o‘tdi, unda mehmonlar yangi “Nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarini boshqarish” axborot tizimi bilan tanishdilar. Tadbirning yakuniy qismida Rossiya tomoni o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarni berib, ularga javob olishga muvaffaq bo‘ldi.  

Maktabgacha ta'lim agentligi
“IMKON” VA YANA BIR MTTGA TASHRIF

Qoraqalpog‘istonga tashrif davomida A.Shin “Imkon” Orolbo‘yi mintaqasi bolalari uchun reabilitatsiya markaziga ega davlat ko‘p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkilotiga tashrif buyurdi. Barcha guruhlarga kirib, bolalarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar, reabilitatsiya kurslari bilan yaqindan tanishdi. Hozirgi kunda maktabgacha ta’lim tashkilotida 10 ta guruh: 6 ta guruhda tayanch-harakat tizimi, 1 ta guruhda psixik rivojlanishi va 2 ta guruhda eshitishida, 1 ta guruhda ko‘rishida nuqsonlari bo‘lgan 123 nafar bola ta’lim-tarbiya olib sog‘lomlashtirilmoqda. Hozirgi kungacha jami 625 nafar bola bog‘chada ta’lim-tarbiya oldi va shu vaqtgacha 69815 muolaja (reabilitatsiya kurslari) qilindi. Ulardan 121 bolada ijobiy o‘zgarishlar qayd etildi. Bitiruvchilardan 41 nafari maktab-internatlarga, 59 nafar bola umumta’lim maktablariga, 44 nafari uy ta’limiga olinib, 71 nafari davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga o‘tkazildi. Shuningdek, reabilitatsiya markaziga 2 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan bolalar tibbiy-psixologik-pedagogik komissiya yo‘llanmasi asosida qatnab davolanadi, shu vaqtgacha 3355 nafar bolalar va o‘smirlar reabilitatsiya markaziga mazkur yo‘llanma bilan ro‘yxatdan o‘tgan, 78160 muolaja (reabilitatsiya kurslarini) olishgan. O‘tgan davr mobaynida jami 97 nafar qatnab davolanuvchi bolalarda ijobiy o‘zgarishlar qayd etilgan. Tashrif mobaynida, A.Shin shuningdek tarbiyalanuvchilar ishtirokida musiqiy-ko‘ngilochar dasturning ham mehmoni bo‘ldi.   Navbatdagi tashrif obyekti Qoraqalpog’iston davlat universiteti qoshida tashkil etilayotgan 120 o‘rinli maktabgacha ta’lim tashkiloti bo‘ldi. A.Shin mazkur MTT bo‘yicha o‘z tavsiyalarini berib o‘tdi. Xususan, bino devorlarini milliy an’analarimizni aks ettiradigan dizaynda bezash, MTTning har bir burchagi bola uchun xavfsiz qilish, uning faolligini hisobga olgan holda yumshoq yostiqchalarni ko‘paytirish bo‘yicha mas’ullarga topshiriqlar berdi. Televizorlar tepada ekanligi ham agentlik direktorining e’tiboridan chetda qolmadi, ularni bolalar ko‘ra oladigan darajada pastga tushirish lozimligini aytdi. Shuningdek, bola o‘tiradigan o‘rindiq uning yoshiga mos ravishda bo‘lishi kerakligi ham e’tirof etildi.  

Вид сайта
Размер шрифта