
Maktabgacha ta’lim agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari Farrux Boboyev va bir guruh Agentlik xodimlari Navoiy viloyatiga xizmat safari davomida bolalarni maktabgacha ta’lim bilan qamrab olinishi, ta’lim-tarbiya jarayoni sifati, ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar va mavjud muammolar bilan tanishdi.
Tashrif davomida bolalarni maktabgacha ta’lim bilan qamrov darajasi kamaygan 42 ta tumanlardan biri bo‘lgan Uchquduq tumanida qamrov ko‘rsatkichining 93,9 foizdan 92,9 foizga tushib ketish sabablari tuman hokimi S.F.Hamroyev bilan birgalikda o‘rganilib, maktabgacha ta’lim tashkilotlarida olib borilayotgan ta’lim-tarbiya va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bilan tanishildi hamda amalga oshirilishi zarur bo‘lgan masalalar birgalikda muhokama qilindi.
Tumandagi mavjud muammolarni o‘z vaqtida bartaraf etish maqsadida “Navoiy viloyati Uchquduq tumanida 2024-yilda maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini samarali tashkil etish hamda qamrov darajasini oshirish yuzasidan yo‘l xaritasi” ishlab chiqilib, bir qator vazifalar belgilab olindi.
Shuningdek, tashrif davomida maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini samarali tashkil etish yuzasidan uslubiy ko‘rsatma va tavsiyalar berildi.