Osiyo taraqqiyot bankining Oʻzbekistonda DXSh boʻyicha mamlakat (aloqalar o‘rnatish va maslahatchilar bilan tanishish) missiyasi doirasida kelgan hamkorlar va Maktabgacha ta’lim agentligi direktori o‘rinbosari N.Muslitdinov bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuv bo‘yicha 

news-detail

2024-yil 13-fevral kuni Maktabgacha ta’lim agentligida Maktabgacha ta’lim agentligi direktori o‘rinbosari N.Muslitdinov va Osiyo taraqqiyot bankining Oʻzbekistonda DXSh boʻyicha mamlakat (aloqalar o‘rnatish va maslaxatchilar bilan tanishish) missiyasi doirasida kelgan hamkorlar o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. 

 

photo_2024-02-14_12-17-41.jpg

photo_2024-02-14_12-17-44.jpg


Missiyaning maqsadi – Iqtisodiyot va Moliya vazirligining davlat-xususiy sheriklik (DXSh) loyihalari yuzasidan maslahat xizmatlarini ko‘rsatishga qaratilgan vakolatlarini Iqtisodiyot va Moliya vazirligining DXShni rivojlantirish boshqarmasi va tegishli soha vazirliklari bilan muhokama qilishdan iborat. Bundan tashqari, mamlakatdagi davlat sektori institutlari bilan barqaror moliya amaliyoti va ESG tamoyillarini amalga oshirishda rejalashtirilgan yordamni muhokama qilish.

photo_2024-02-14_12-17-46.jpg

photo_2024-02-14_12-17-49.jpg

photo_2024-02-14_12-17-51.jpg

Mazkur uchrashuvda tomonlar hamkorlikda "O‘zbekistonda maktabgacha taʼlim muassasalari DXSh asosida qurish va rekonstruksiya qilish" loyihasini amalga oshirishga oid ishlar bo‘yicha muhokama qildilar.


Shuningdek, Loyiha direktori (missiya rahbari) janob Muhammad Azim Hoshimiy Osiyo taraqqiyot banki tomonidan tender hujjatlari shakllantirilayotganini va loyiha guruhi mutaxassislariga tegishli ma’lumotlarni taqdim qilishda amaliy yordam berishni so‘radi. Agentlik tomonidan mazkur xafta oxiriga ma’lumotlar o‘rnatilgan tartib va shaklda berilishi ma’lum qilindi.   


Shu bilan birga, Dhaval Jamb tomonidan O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan DXSh asosida shunga o'xshash bo‘lgan loyiha bo‘yicha ma’lumotlar berildi va u loyihada uchragan qiyinchiliklarni qaytarmaslik uchun choralar ko‘rilishini ta’kidladi.   


Uchrashuv so‘ngida tomonlar tender e’lon qilishga yaqin qolganda xalqaro investorlarni jalb qilish maqsadida Buyuk Britaniyada maxsus  “Road Show” tashkil qilishga kelishishdi. 


Uchrashuvda Osiyo taraqqiyot banki tomonidan Muhammad Azim Hoshimiy, Bozorni rivojlantirish bo‘yicha maslahat departamenti direktori ishtirok etdi.  


Vazirlik tomonidan Maktabgacha ta’lim agentligi direktori oʻrinbosari N. Muslitdinov ishtirok etdi.  


Umuman olganda, uchrashuv samarali o‘tdi va tomonlarga O‘zbekistonda ta’limni rivojlantirish sohasidagi hamkorlik istiqbollarini belgilash imkonini berdi. Ikkala tomon ham kelgusida tezkor ravishda ishlarni tashkil qilishga kelishdi.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Mavzuga doir
Maktabgacha ta'lim agentligi
Kitob tumanidagi chekka hududlardan birida zamonaviy maktabgacha ta'lim tashkiloti ochildi

  Kitob tumanining chekka hududlaridan biri hisoblangan "Zarafshon" MFYda davlat xususiy sherikchilik asosida yana bir nodavlat maktabgacha ta'lim tashkiloti faoliyat boshladi.     40 yillik mehnat tajribasiga ega, "Sog‘lom turmush" medali sohibasi Munavvar Tursunova tomonidan tashkil etilgan "Boychechak" nomli 100 o'ringa mo'ljallangan mazkur muassasada bolajonlarning ta'lim-tarbiya olishi uchun barcha sharoitlar yaratilgan.        Bino ochilish marosimida Kitob tumani hokimligi, tuman prokuraturasi, mahalla faollari, nuroniylar, bolajonlar hamda ularning ota-onalari ishtirok etdi.       Tadbir qatnashchilari tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishishdi.        

Maktabgacha ta'lim agentligi
Bog'cha bolalariga quvonch ulashildi

  Davlatobod tumanida joylashgan sog'ligida nuqsoni bor bolalar tarbiyalanuvchi maxsus maktabgacha taʼlim tashkilotida "Xayr bog'cham" tadbiri o'tkazildi.       Tadbirda Namangan viloyati Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi va Davlatobod tumani YHXG xodimlari ishtirok etib, bolajonlarning quvonchiga quvonch qoʻshishdi.       Tarbiyalanuvchilar tomonidan ijro etilgan kuy va qo'shiqlar barchaga ko'tarinkilik bagʻishladi.        Tadbir yakunida YPX inspektorlari tomonidan bolajonlarga esdalik sovgʻalari topshirildi.    

Maktabgacha ta'lim agentligi
Agrippina Shin Yashnobod tumanidagi maktabgacha taʼlim tashkilotlari holatini oʻrgandi

  Shu kunlarda Davlatimiz rahbarining Yashnobod tumaniga kutilayotgan tashrifiga tayyorgarlik yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab taʻlimi vazirining birinchi oʻrinbosari, Maktabgacha taʻlim agentligi direktori Agrippina Shin tumandagi maktabgacha taʼlim tashkilotlarida boʻlib, ish jarayonlari holatini koʻzdan kechirdi.       Jumladan, tumanning “Dilbogʻ” mahallasida joylashgan 86-, 93- hamda 306-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida bolalarga berilayotgan taʼlim-tarbiya va muassasa holatini oʻrgandi.       Shuningdek, tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, yozgi sogʻlomlashtirish mavsumiga tayyorgarlik, moddiy-texnik baza kabi bir qancha yoʻnalishlarda ayni kundagi vaziyat bilan yaqindan tanishdi.       Oʻrganishlar davomida aniqlangan kamchiliklar yuzasidan tegishli mutasaddilarga aniq koʻrsatma va metodik tavsiyalar berildi.      

Вид сайта
Размер шрифта