Xayriya o‘yinidan tushgan o‘yinchoqlarni o‘z egalariga tarqatish ishlari davom etmoqda

news-detail

O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim agentligi hamda Humo hokkey klubi xodimlari, Respublika va shahar bolalar onkologiya markaziga tashrif buyurib, 9-fevralda o‘tkazilgan “O‘yinchoqlar yomg‘iri” hayriya o‘yinidan tushgan o‘yinchoqlarni o‘z egalariga topshirish jarayonini  boshlashgan edi.
Bugun ham jarayonlar davom etmoqda. Ushbu xayrli ishlarninig davomi maktabgacha ta’lim tashkilotlarida amalga oshiriladi. Xususan, hayriya o‘yinidan tushgan o‘yinchoqlarning qolgan qismi Qoraqalpog‘iston Respublikasi hamda Toshkent viloyatidagi maktabgacha ta'lim tashkilotlariga yuborilishi ko‘zda tutilgan edi.
Umumiy hisobda “O‘yinchoqlar yomg‘iri” hayriya o‘yinidan 1300 dona o‘yinchoqlar yig‘ilgan bo‘lib, shundanToshkent viloyatidagi maktabgacha ta’lim tashkilotlariga 1000 dona o‘yinchoqlar ajratilgan, qolgan qismi 300 donasi esa Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi maktabgacha ta’lim tashkilotlariga jo‘natilishi ko‘zda tutilgan. O‘yinchoqlardan bir qismi Toshkent viloyati Qibray tumanidagi Imkon hamda 34-sonli ko‘p tarmoqli maktabgacha ta’lim tashkilotlariga, Chirchiq shahridagi 20- va 30- sonli maktabgacha ta’lim tashkilotlaridagi bolajonlarga yetkazildi. Ushbu maktabgacha ta’lim tashkilotlarida imkoniyati cheklangan bolajonlar ta’lim-tarbiya olishadi
         Bugungi kunda Toshkent viloyati Qibray tumanidagi Imkon ko‘p tarmoqli maktabgacha ta’lim tashkilotida 132 ta,  34- ko‘p tarmoqli maktabgacha ta’lim tashkilotida 53 ta, hamda Chirchiq shahridagi 30- ko‘p tarmoqli MTTda 72 ta,
20- ko‘p tarmoqli MTTda 80 ta tarbiyalanuvchilar ta’lim-tarbiya olishadi.

photo_2024-02-23_12-13-07.jpg

photo_2024-02-23_12-13-42.jpg

photo_2024-02-23_12-20-29.jpg

photo_2024-02-23_12-20-34.jpg

photo_2024-02-23_12-20-48.jpg

photo_2024-02-23_12-21-42.jpg

photo_2024-02-23_12-21-38.jpg

photo_2024-02-23_12-21-33.jpg

photo_2024-02-23_12-21-30.jpg

photo_2024-02-23_12-21-23.jpg

photo_2024-02-23_12-21-19.jpg

photo_2024-02-23_12-21-07.jpg

 

Maktabgacha ta'lim agentligi
Mavzuga doir
Maktabgacha ta'lim agentligi
Kitob tumanidagi chekka hududlardan birida zamonaviy maktabgacha ta'lim tashkiloti ochildi

  Kitob tumanining chekka hududlaridan biri hisoblangan "Zarafshon" MFYda davlat xususiy sherikchilik asosida yana bir nodavlat maktabgacha ta'lim tashkiloti faoliyat boshladi.     40 yillik mehnat tajribasiga ega, "Sog‘lom turmush" medali sohibasi Munavvar Tursunova tomonidan tashkil etilgan "Boychechak" nomli 100 o'ringa mo'ljallangan mazkur muassasada bolajonlarning ta'lim-tarbiya olishi uchun barcha sharoitlar yaratilgan.        Bino ochilish marosimida Kitob tumani hokimligi, tuman prokuraturasi, mahalla faollari, nuroniylar, bolajonlar hamda ularning ota-onalari ishtirok etdi.       Tadbir qatnashchilari tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishishdi.        

Maktabgacha ta'lim agentligi
Bog'cha bolalariga quvonch ulashildi

  Davlatobod tumanida joylashgan sog'ligida nuqsoni bor bolalar tarbiyalanuvchi maxsus maktabgacha taʼlim tashkilotida "Xayr bog'cham" tadbiri o'tkazildi.       Tadbirda Namangan viloyati Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi va Davlatobod tumani YHXG xodimlari ishtirok etib, bolajonlarning quvonchiga quvonch qoʻshishdi.       Tarbiyalanuvchilar tomonidan ijro etilgan kuy va qo'shiqlar barchaga ko'tarinkilik bagʻishladi.        Tadbir yakunida YPX inspektorlari tomonidan bolajonlarga esdalik sovgʻalari topshirildi.    

Maktabgacha ta'lim agentligi
Agrippina Shin Yashnobod tumanidagi maktabgacha taʼlim tashkilotlari holatini oʻrgandi

  Shu kunlarda Davlatimiz rahbarining Yashnobod tumaniga kutilayotgan tashrifiga tayyorgarlik yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab taʻlimi vazirining birinchi oʻrinbosari, Maktabgacha taʻlim agentligi direktori Agrippina Shin tumandagi maktabgacha taʼlim tashkilotlarida boʻlib, ish jarayonlari holatini koʻzdan kechirdi.       Jumladan, tumanning “Dilbogʻ” mahallasida joylashgan 86-, 93- hamda 306-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida bolalarga berilayotgan taʼlim-tarbiya va muassasa holatini oʻrgandi.       Shuningdek, tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, yozgi sogʻlomlashtirish mavsumiga tayyorgarlik, moddiy-texnik baza kabi bir qancha yoʻnalishlarda ayni kundagi vaziyat bilan yaqindan tanishdi.       Oʻrganishlar davomida aniqlangan kamchiliklar yuzasidan tegishli mutasaddilarga aniq koʻrsatma va metodik tavsiyalar berildi.      

Вид сайта
Размер шрифта