Yangiliklar
Maktabgacha ta'lim agentligi
Tarbiyada durustmisiz yoki sust?

“Tezroq kiyinsang-chi, eee” – bolasini bog‘chaga tayyorlayotgan onaning asabi tarang. Axir, kech qolishsa onani tarbiyachining e’tirozli nigohlari, ishxonada boshliqning zardasi kutadi. Bolakay esa bu shoshilish sababini hech tushunmaydi, nega uni onasi har kuni shunday olib ketadi, nega nuqul dakki eshitadi… Yon atrofimiz, yaqinlarimiz va do'stlarimizning oilasida bu kabi holatlarni ko‘rgandirmiz, shunda ularni muhokama qilib, o‘z bolamizga baqirmaslikka qasam ichamiz. Vaqtlar o’tib qanday qilib farzandlarimizga ovozimizni ko'tarayotganimizni va hatto kamsitayotganimizni sezmay qolamiz. Buning o'rniga sizga quyidagi iboralarni ishlatishni taklif qilamiz. Ehtimol, siz nafaqat bola uchun, balki o'zingiz uchun ham yaxshi ish qilasiz:  “Ovqatingni yesang, syurprizim bor” Bolalar do‘q-po‘pisalarni emas, balki o'yinlarni, kutilmagan sovg‘alarni yaxshi ko'radilar. "Ovqatni ye, aks holda bo‘ying o‘smaydi!" yoki "Agar shuni yemasang konfet yo‘q senga!" kabi mashhur tahdidlar vaqtincha yordam berishi mumkin, lekin siz farzandingiz bilan munosabatlarni murakkablashtirasiz, bola hamma vaziyatda do‘q kutadi, biror narsani qilmaslik ortida faqat jazo bor deb ongiga singdiradi. “Bunday qilish kerak emas, chunki…” Bolaga yuz marotaba suvni, chiroqni o‘chir deyishdan ko‘ra bir baqirganingiz afzal a? Ikki-uch marta qattiq urishsangiz bola aytganingizni qilishni boshlar, lekin tabiat resurslarini tejash kerakligini bola tushunmaydi, shunchaki suv va chiroq yoniq qolsa ota-onasidan gap eshitadi. Lekin sodda tilda bolaga tushuntirsangiz u yaxshiroq eslab qoladi.Masalan, suvni isrof qilsak u tugab qoladi, keyin nima ichamiz, qanday yuvinamiz degan mazmunda suhbatlashish ancha yaxshiroq. “Orzular ushalganda…” 2-3 yoshdan katta bolalarni o'yin bilan aldab uxlatish qiyin. Farzandingiz nimaga qiziqishini bilsangiz, u bilan bog‘liq orzulari haqida gaplashing, hikoya to‘qib aytib bering, u qanchalik hayoliy narsa bo‘lsa ham. Bu bilan siz bolani dam olishga tayyorlaysiz va uni yoqimli tushlar ko‘rishiga sababchi bo‘lasiz. Bolalar hikoyalarni yaxshi ko'radilar va albatta onasining hikoyasiga ishonadilar.  

Batafsil
Maktabgacha ta'lim agentligi
TA’LIM TURIZMI RIVOJI MAMLAKAT TARAQQIYOTINING MUHIM BO‘G‘INLARIDAN BIRIDIR

Ayni kunlarda Samarqand shahrida bo‘lib o‘tayotgan BMTning Butunjahon sayyohlik tashkiloti (UNWTO) 25-Bosh assambleyasi doirasida qator masalalarga doir uchrashuv va muloqotlar tashkil etilmoqda. Bugun o‘tkazilgan “Global ta’lim forumi turizmni rivojlantirish asosi” Forumi ham dunyo davlatlari mutaxassislarining mavzuga doir fikrlari va takliflariga boy o‘tdi. Eng muhimi, soha yetakchilari va ekspertlarining tahliliy ma’lumotlari tinglovchilar tomonidan katta qiziqish bilan qabul qilindi. Tadbirda ishtirok etgan Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova yaqin yillarda O‘zbekistonda maktabgacha va maktab ta’limi sohasida amalga oshirilgan va rejalashtirilayotgan ishlarga to‘xtalar ekan, “O‘zbekiston — 2030” strategiyasida ta’lim sohasiga eng birinchi masala sifatida e’tibor berilayotganligini alohida qayd etib o‘tdi. Xususan, ta’lim sifatini oshirish orqali yaqin yillarda “Ta’lim uchun qulay muhit” dasturini amalga oshirish, umumiy o‘rta ta’lim tizimini yangi bosqichga olib chiqish, O‘zbekiston Global Innovasion Indeksda Top-50 talik mamlakatlar ro‘yxatiga kirishi uchun O‘zbekistonning muhim rejalari bilan o‘rtoqlashdi. Qizg‘in muloqotlar shaklida o‘tkazilgan Forumda ta’lim, fan va turizm sohasidagi innovatsiyalarga doir dolzarb masalalar jonli muhokama qilindi, sohaga doir samarali takliflar o‘rtaga tashlandi. Bu borada BMTning Butunjahon sayyohlik tashkiloti (UNWTO) tomonidan ko‘zlangan rejalar aytilib, turizm industriyasi kelajagini shakllantirishda ta’lim dasturlarining strategiyasi va roli, shuningdek, bu boradagi maqsadlar, qarashlar va amalga oshirilgan ishlar xususida ma’lumotlar berildi. UNWTO bosh kotibi Zurab Pololikashvili o‘z so‘zi davomida ushbu muhim forum bugungi kunda turizm ta’limi sohasida duch kelayotgan dolzarb muammolarga bag‘ishlanganligi bilan alohida katta ahamiyatga ega ekanligiga urg‘u berib o‘tdi. Xususan, ayni vaqtda butun dunyoda yangi texnologiyalar, jumladan, sun’iy intellekt imkoniyatlari ko‘plab qulayliklar yaratayotgan bo‘lsa-da, boshqa qator muammolarni ham keltirib chiqarayotgani, ularni samarali hal etish uchun turizmning yangi avlodlarini yaratishda ta’limning o‘rni muhim ekanligini ta’kidladi. Forum davomida ishtirokchi davlatlar o‘rtasida ta’lim turizmini hamkorlikda rivojlantirish borasidagi boshqa muhim masalalar atroflicha muhokama etildi.      

Maktabgacha ta'lim agentligi
QORAQALPOG'ISTON RESPUBLIKASIDA TRENING KURSLARI O'TKAZILMOQDA

2023-yilning 16-21 oktabr kunlari Nukus shahrida AQSh Qishloq xo‘jaligi vazirligining O‘zbekistonda “Bolalar ta’limi va ovqatlanishi” uchun MakGovern-Doul xalqaro oziq-ovqat dasturi doirasida “Mehribonlik korpusi” (Mercy Corps) xalqaro nodavlat notijorat tashkiloti Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi bilan hamkorlikda Qoraqalpog‘iston Respublikasining Xo‘jayli va Taxiatosh tumanlaridagi maqsadli DMMTidan jamlangan 75 nafar pedagoglar uchun “O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim tizimida bolalarning ilk yoshidan savodxonlik, ratsional ovqatlanish, gigiyena va sog‘lom turmush tarzi ko‘nikmalarini shakllantirishda kompetensiyaviy yondashuvni joriy etish” mavzusida besh kunlik trening kursini o‘tkazdi.    Ushbu o‘quv kursining asosiy maqsadi maktabgacha yoshda bo‘lgan bolalarning nutq, muloqot, o‘qish va yozish malakalarini rivojlantirish bo‘yicha pedagogik metodikalarni, bola shaxsiga yo‘naltirilgan differensial yondashuv asosida ta’lim-tarbiya berish, bolalarda ratsional, xilma-xil ovqatlanish va sog‘lom turmush tarzi ko‘nikmalarini oshirish bo‘yicha yondashuvlarni, shuningdek, maktabgacha yoshdagi bolalarga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha DMTT pedagoglarining nazariy va amaliy ko‘nikmalarini oshirish hisoblanadi.  O‘zbekistonda “Bolalar ta’limi va ovqatlanishi” uchun MakGovern-Doul xalqaro oziq-ovqat dasturi Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Surxondaryo viloyatidagi 100 ta maqsatli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida amalga oshirilayotgan bo‘lib, ushbu dastur maktabgacha ta'lim tashkilotlarining moddiy-texnik bazasi va infratuzilmasini yaxshilash, bolalarning ilk yoshidan savodxonligini, sog‘lom turmush tarzi va gigiyena ko‘nikmalarini rivojlantirish bo‘yicha DMTT pedagoglari, tibbiyot hamshiralari, oshpazlarni malakasini oshirish va pedagoglar uchun murabbiylik yoki mentorlikni amalga oshirish singari qator maqsadlarga erishishni nazarda tutadi.  

Maktabgacha ta'lim agentligi
BOLALAR TA'LIMI PEDAGOG MALAKASIGA BOG'LIQ

2023-yilning 16 oktyabr – 3 noyabr kunlari Termiz shahrida AQSh qishloq xo‘jaligi vazirligining “Bolalar ta’limi va ovqatlanishi uchun MakGovern-Doul xalqaro oziq-ovqat dasturi” doirasida Mehribonlik Korpusi (Mercy Corps) xalqaro nodavlat notijorat tashkiloti tominidan Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Maktabgacha ta’lim agentligi bilan hamkorlikda Surxondaryo viloyatining Jarqo’rg’on, Qumqo’rg’on, Sho’rchi, Denov va Oltinsoy tumanlardagi 56 ta maqsadli maktabgacha ta’lim tashkilotlaridan taklif etilgan 168 nafar pedagog xodimlar uchun “O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim tizimida bolalarning ilk yoshidan savodxonlik, ratsional ovqatlanish, gigiyena va sog‘lom turmush tarzi ko‘nikmalarini shakllantirishda kompetensiyaviy yondashuvni joriy etish” mavzusida uch haftalik trening kursi tashkil etilmoqda.    Ushbu treningdan ko’zlangan asosiy maqsad - maktabgacha yoshdagi bo‘lgan bolalarning nutq, muloqot, o‘qish va yozish malakalarini rivojlantirish, pedagogik metodikalarni, bolalarning ratsional ovqatlanish va sog‘lom turmush tarzi ko‘nikmalarini oshirish, bola shaxsiga yo‘naltirilgan  differentsial yondashuv asosida ta’lim-tarbiya berish, shuningdek, ko’ngilsiz vaziyatlar sodir bo’lganda bolalarga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha MTT pedagoglarining nazariy va amaliy kompetensiyalarini oshirishdan iborat.  Ma’lumot o'rnida,“Bolalar ta’limi va ovqatlanishi” uchun MakGovern-Doul xalqaro oziq-ovqat dasturi ikki hududda Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Surxondaryo viloyatidagi davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida amalga oshirilayotgan bo‘lib, ushbu dastur maktabgacha ta’lim tashkilotlarining moddiy-texnik bazasi va infratuzilmasini yaxshilash, bolalarning ilk yoshidan savodxonligini oshirish, hamda sog‘lom turmush tarzi va gigiyena ko‘nikmalarini rivojlantirish bo‘yicha MTT pedagoglari, hamshiralari, oshpazlari malakasini oshirish va pedagoglar uchun murabbiylik(mentorlik)ni amalga oshirish singari qator maqsadlarga erishishni nazarda tutadi.

Maktabgacha ta'lim agentligi
#Xalqaro_hamkorlik #MELQO

Ilk bor O‘zbekistonning barcha hududlarida 2023-yil 9-oktabr kunidan boshlab “MELQO” xalqaro vositasi asosida maktabgacha ta’lim sifatini baholashning birinchi bosqichi boshlandi.  Tasodifiy tanlash usuli yordamida respublika bo‘yicha 100 ta maktabgacha ta’lim tashkiloti tanlab olindi, baholash va ma’lumotlarni to‘plash sertifikatlangan mutaxassislar tomonidan amalga oshiriladi. Ikkinchi bosqich 2024-yilda boshlanadi, bunda 250 ta maktabgacha ta’lim tashkiloti tanlab olinadi. MELQO xalqaro vositasi butun dunyoda erta yoshdagi bolalarni parvarish qilish va ta’lim sifatini o‘lchash uchun ishlatiladi.  Ushbu tadqiqot bolalarning qanchalik yaxshi rivojlanganligi va bolalarning ta’lim muhitining sifati haqida ma’lumot beradi.    

Maktabgacha ta'lim agentligi
Bog‘chada bolalar ta’minoti uchun ota-onalar to‘lovi qancha?

Ushbu to‘lov O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 29.04.2021-yildagi 256-sonli “2021-yildan amalga kiritiladigan davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalar ta’minoti uchun ota-onalar to‘lovi miqdorlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq tasdiqlangan. 2021-yildan amalga kiritilgan davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalar ta’minoti uchun ota-onalar to‘lovi MIQDORLARI   (2021-yil 1-maydan amal qilmoqda)   T/r Tashkilot joylashgan hudud va unda bolalarning kunlik bo‘lish vaqti Bir oylik to‘lov miqdori tashkilotga qatnovchi oiladagi bitta bolaga oiladagi har bir bolaga, agar tashkilotga bittadan ortiq bola qatnasa 1. Toshkent shahri 1.1 4-5 soat 38 000 26 000 1.2 9 soat 206 000 147 000 1.3 10,5 soat 246 000 175 000 1.4 12 soat 278 000 197 000 1.5 24 soat 293 000 209 000 2. viloyat markazlari 2.1 4-5 soat 36 000 25 000 2.2 9 soat 199 000 141 000 2.3 10,5 soat 238 000 169 000 2.4 12 soat 263 000 186 000 2.5 24 soat 279 000 199 000 3. viloyat bo‘ysunuvidagi shaharlar 3.1 4-5 soat 32 000 23 000 3.2 9 soat 183 000 130 000 3.3 10,5 soat 206 000 147 000 3.4 12 soat 237 000 168 000 3.5 24 soat 248 000 176 000 4. tuman markazlari 4.1 4-5 soat 29 000 20 000 4.2 9 soat 135 000 102 000 4.3 10,5 soat 183 000 138 000 4.4 12 soat 208 000 156 000 4.5 24 soat 221 000 166 000 5. boshqa joylar (olis va chekka hududlar) 5.1 4-5 soat 26 000 18 000 5.2 9 soat 95 000 77 000 5.3 10,5 soat 167 000 133 000 5.4 12 soat 196 000 147 000 5.5 24 soat 206 000 155 000              

Maktabgacha ta'lim agentligi
Toshkent shahridagi fransuz litseyi faoliyati bilan tanishildi

2022-yil 22-noyabrda Fransiya Respublikasi Milliy taʼlim va yoshlar vazirligi bilan imzolangan “Maktabgacha taʼlim sohasida hamkorlik qilish toʻgʻrisida”gi deklaratsiyaga ko‘ra, joriy yilning 6-oktyabrda O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim va maktab taʼlimi vazirining birinchi oʻrinbosari –Maktabgacha ta’lim agentligi direktori A.Shin Fransiya Respublikasining O‘zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va muxtor elchisi Oreliya Bushes xonim taklifiga binoan Toshkent shahrining Mirzo-Ulug‘bek tumanidagi Fransiya Toshkent litseyiga (Lycee Français de Tachkent) tashrif buyurdi. O‘zbekiston tomoni 3 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan bolalar va o‘smirlarni o‘qitishga qaratilgan litsey faoliyati bilan tanishdi.  Ma’lumot uchun: Bugungi kunda Markaziy Osiyodagi yagona fransuz litseyi bo‘lmish Toshkent fransuz litseyi 1997-yilda fransiyalik muhojir ota-onalarning tashabbusi bilan tashkil etilgan bo‘lib, ular bir tomondan farzandlarining ta’lim-tarbiyasida hech qanday uzilish bo‘lmasligini orzu qilgan. ikkinchi tomondan, fransuz tilini sevuvchilar va biluvchilar uchun O‘zbekistonda yuqori sifatli ta'lim imkoniyati paydo bo'ldi. Fransiyaning O‘zbekistondagi elchisi homiyligida litsey Fransiyaning xorijdagi xalq ta’limi negizida faoliyat yuritadi.  Mazkur ta’lim dargohida 100 dan ortiq o‘quvchi tahsil olmoqda, ularning 70 foizi O‘zbekiston fuqarolari va o‘nga yaqin turli millat vakillaridir. 20 dan ortiq o'qituvchilar bolalar bog'chasidan yuqori sinfgacha yuqori darajadagi fransuz ta'limini hamda maktab boshlanganidan beri BAC va Brevet diplomlari uchun 99% muvaffaqiyat darajasini ta'minlaydilar.  Boshlang'ich maktabdan boshlab ingliz va rus tillari o'rganiladi; butun o'qish davrida fransuz tilidan tashqari 4 ta chet tili ham taklif etiladi. 2001-yildan buyon Toshkent fransuz litseyi AEFEning rasman tan olingan hamkori hisoblanadi.  Tashrif davomida O‘zbekiston delegatsiyasi o‘quv jarayonini tashkil etish, ovqatlanish, sport mashg‘ulotlari bilan tanishdi, shuningdek, maktabgacha yoshdagi bolalar uchun mo‘ljallangan dasturni atroflicha o‘rgandi. Shuni ta’kidlash kerakki, Frantsiya maktabgacha ta'lim dasturining asosiy maqsadi bolalarning maktab dasturlariga muammosiz o'tishini ta'minlashdir.  A.Shin ushbu litsey bilan maktabgacha yoshdagi bolalar uchun fransuz tili o‘quv dasturlarini ishlab chiqish kabi dolzarb yo‘nalishlarda fransuz o‘qituvchilari tajribasini almashish borasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish zarurligini ta’kidladi.  

Maktabgacha ta'lim agentligi
#E’tirof

1-oktabr – Oʻqituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan oʻrta maxsus va professional taʼlim sohasida fidokorona faoliyat yuritib, yoshlarning sifatli taʼlim olishi va kasb-hunar egallashida oʻzining samarali mehnati bilan namuna boʻlayotgan, tizim rivoji uchun oʻzining munosib hissasini qoʻshib kelayotgan bir guruh soha fidoyilari “O‘rta maxsus va professional ta’lim a’lochisi” koʻkrak nishoni bilan taqdirlandi. Quvonarlisi shundaki, Maktabgacha ta’lim agentligi tasarrufidagi pedagogika kollejlarining 42 nafar rahbar va pedagog kadrlari ham taqdirlanganlar qatorida.   Ma'lumot uchun: Ushbu koʻkrak nishoni bilan taqdirlanganlarning har biri bazaviy hisoblash miqdorining toʻrt baravaridagi pul mablagʻi bilan mukofotlanadi. Ular bilan tanishing: Maktabgacha ta’lim agentligi tasarrufidagi pedagogika kollejlarining “O‘rta maxsus va professional ta’lim a’lochisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan rahbar va pedagog kadrlari RO‘YXATI Abduraxmanov Ravshan Raimjanovich   –   Namangan pedagogika kolleji maxsus fan o‘qituvchisi Abdurazzakova Rayxon Musayevna    –   Sirdaryo pedagogika kolleji maxsus fan o‘qituvchisi Adizova Dilrabo G‘aybulloyevna   –    Buxoro pedagogika kolleji direktori Aripova Muxabbatxon Ibragimjonovna   –    Qo‘rg‘ontepa pedagogika kolleji maxsus fan o‘qituvchisi Ashirov Abdurashid Ravshanovich     –       Shahrisabz pedagogika kolleji direktori Axmadjanova Ra’noxon Miraximovna         –       Marg‘ilon pedagogika kolleji psixologi Azizova Nafisa Abdurashidovna        –       Chust pedagogika kolleji o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari Begaliyeva Mavjuda Davlyatovna  –       Zomin pedagogika kolleji psixologi Bobojonova Shorafat Polvonnozirovna    –       Xiva pedagogika kolleji maxsus fan o‘qituvchisi Boymurodov Sanjar Safaraliyevich   –       Shahrisabz tumani Miroki pedagogika kollejida Kasbiy talim ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari Gafurova Feruza Maxmudjonovna       –       Mingbuloq pedagogika kolleji direktori Ikromova Nilufarxon Axmadjonovna    –       Buloqboshi pedagogika kolleji maxsus fan o‘qituvchisi Ishanbabayeva Gulnora Rustamovna   –       Qo‘qon pedagogika kolleji kasbiy ta’lim bo‘yicha direktor o‘rinbosari Kallibekov Temirbek Alimuratovich        –       Taxiatosh pedagogika kolleji, direktorning o‘quv va tarbiyaviy ishlari bo‘yicha o‘rinbosari Karimov Karimboy Yakubbayevich     –       Xonqa pedagogika kolleji direktorining o‘quv ishlari bo‘yicha o‘rinbosari Kenjayev G‘anisher Yuldashevich        –       Sirdaryo pedagogika kolleji direktori Mamadaliyeva Ra’noxon Erkinovna    –       Asaka pedagogika kolleji o‘quv tarbiyaviy ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari Mardonova Guljaxon Djummaboyevna   –       Oltinsoy pedagogika kolleji maxsus fan o‘qituvchisi Mavrulov Olimjon Nematjonovich         –       Uchqo‘rg‘on pedagogika kolleji direktor Mengnorova Nurjamol Toshpulatovna       –       Oltinsoy pedagogika kolleji direktori Mirzayeva Tabassum Jo‘rayevna  –       Bo‘ka tuman pedagogika kolleji direktori Musayeva Gulnoraxon Muydinboyevna  –   Uychi tumani pedagogika kolleji maxsus fan o‘qituvchisi Nurmatova Tojixon Axmadaliyevna         –       Mingbuloq pedagogika kolleji maxsus fan o‘qituvchisi Qosimova Dilorom Narmaxammadovna –       Shahrixon pedagogika kolleji umumkasbiy fan o‘qituvchisi Qurbanbayev Daribay Jambulovich    –       Xo‘jayli pedagogika kolleji, jismoniy tarbiya fani o‘qituvchisi Razzakova Sayyora Toshpo‘latovna        –       O‘rtachirchiq tuman pedagogika kolleji ishlab chiqarish ta’limi bo‘yicha direktor o‘rinbosari Saidraxmonova Adolat Marufovna        –       Bo‘ka tuman pedagogika kolleji maxsus fan o‘qituvchisi Salayev Jasurbek Komilovich    –       Xiva pedagogika kolleji direktori Shodmonov Zoir Xolmurot o‘g‘li       –       Paxtakor pedagogika kolleji direktori Shomurotov G‘olib Davronovich      –       Ko‘kdala pedagogika kolleji Ishlab chiqarish ta’lim bo‘yicha direktor o‘rinbosari Shukrullayeva Zulfiyaxon Nasrullayevna     –       Buxoro pedagogika kolleji o‘qituvchisi Suleymanova Elnara Maksudovna    –       Shahrisabz pedagogika kolleji maxsus fan o‘qituvchisi Sultonova Maloxatxon Ma’rufxonovna  –       Kosonsoy pedagogika kolleji maxsus fan o‘qituvchisi Tajiyazova Go‘zalxon Egamberganovna –       Yangibozor pedagogika kolleji maxsus fan o‘qituvchisi Tilovov Shukurali Qurbonovich –       Muzrabot pedagogika kolleji sirtqi bo‘lim boshlig‘i Toshbekov Shuhrat Xamidovich    –       Baxmal 2-son pedagogika kolleji o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari Tursunova Umidaxon Abdugapirovna    –       Uchqo‘rg‘on pedagogika kolleji uslubchisi Umerova Dilfuza Abduraximovna         –       Yangier pedagogika kolleji direktori Umirova Oygul O‘nimboyevna   –       Koson pedagogika kolleji psixologi Urinbayeva Tursunoy Madaminovna       –       Jalaquduq pedagogika kolleji maxsus fan o‘qituvchisi Xamrayeva Aysha Kasimovna        –       Paxtakor pedagogika kolleji maxsus fan o‘qituvchisi Xaydarov Abdurashid Kuchkarovich     –       Yangier pedagogika kolleji pedagogika va boshlang‘ich ta’lim fani o‘qituvchisi      

Batafsil
Maktabgacha ta'lim agentligi
#Bilasizmi?

 MTT guruhlarining namunaviy kun tartiblari haqida bilasizmi? Bolalar to‘liq kun davomida bo‘ladigan guruhning namunaviy kun tartibi Маktabgacha ta’lim va tarbiya muqobil shakllarining namunaviy kun tartibi

Maktabgacha ta'lim agentligi
Ko‘krak nishonlari o'z egalariga topshirildi

Kuni-kecha yurtimiz bo‘ylab, 1-oktyabr "O‘qituvchi va murabbiylar" kuni keng nishonlanib, O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Maktabgacha ta’lim agentligi hamda maktabgacha ta’lim tizimi va tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan bir qator xodimlarga  «Xalq ta’limi fidoyisi» hamda  «Xalq ta’limi a’lochisi» kabi ko‘krak nishonlari topshirilgan edi.  Faxr bilan aytish kerakki, soha xodimlari barkamol avlodni tarbiyalash yo‘lidagi mashaqqatli, ammo sharafli ishlarida sadoqat bilan faoliyat yuritishmoqda. Ayni kunlarda yurtimizda bayram shukuhi hamon davom etmoqda, xuddi shu kabi ko‘krak nishonlardan bir nechtasi maktabgacha ta’lim sohasida faoliyat yuritayotgan yana bir qator xodimlarga ham topshirildi.

Maktabgacha ta'lim agentligi
#Xalqaro_hamkorlik

5-oktabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining birinchi oʻrinbosari – Maktabgacha taʼlim agentligi direktori A.Shin hamda Fransiya Respublikasining Oʻzbekiston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor elchisi Oreliya Bushes xonim o‘rtasida uchrashuv boʻlib oʻtdi.  Uchrashuvdan ko‘zlangan maqsad Fransiya tomoni bilan avval erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar ko‘rish masalalarini muhokama qilishdan iborat edi. Xususan, Frantsiya tajribasi doirasida Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha taʼlim tizimida kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini takomillashtirish, innovatsion oʻyin texnikasiga oʻrgatish, raqamli texnologiyalar va boshqa oʻqitish usullaridan foydalanishni nazarda tutuvchi yoʻnalishlar haqida soʻz yuritildi. Uchrashuvda fransuz tomonining maktabgacha yoshdagi bolalarni rus, ingliz, koreys va xitoy kabi mavjud chet tillari bilan bir qatorda fransuz tili o‘quv dasturini ishlab chiqishda ko‘maklashish masalalari ham muhokama qilindi. Bundan tashqari, kun tartibida inklyuziv ta’lim uchun kadrlar tayyorlash sohasida Fransiyaning muvaffaqiyatli tajribasini birgalikda joriy etish masalasi ko‘tarildi. Tomonlar bu yo‘nalishda o‘zaro ishni boshlashga kelishib oldilar. Tomonlar tegishli fransuz tashkilotlarini jalb qilgan holda uch tomonlama formatda keyingi uchrashuvlarni tashkil etishga kelishib oldilar.

Maktabgacha ta'lim agentligi
TVOROGDAN TAYYORLANGAN MAYIZLI SIRNIKLAR

TAYYORLASH TЕXNOLOGIYASI  Tuxumni avval 1%li, so‘ngra 0,5%li iliq (harorati 30°С gacha) bo‘lgan kalsiyli yoki osh soda eritmasida yuviladi, keyin oqar suvda chayiladi. Tvorog elangan bug‘doy uni bilan uqalab olinadi (⅔ normada). Mayiz qaynoq suvga ivitilib qo‘yiladi, yumshagandan so‘ng yaxshilab yuviladi. Alohida idishda uqalangan tvorog, tuxum, shakar, mayiz, tuz, vanilin va manniy yormasi aralashtiriladi. Tayyor massadan unchalik katta bo‘lmagan sharsimon sirniklar yasab olinadi, shundan so‘ng, sirniklar unga (me'yordagi unning ⅓ qismi) bulg‘alanib, oz miqdordagi o‘simlik yog‘ida har ikki tomoni qovurib olinadi. Keyin ularni yog‘langan qovurish shkafi tovaga terib chiqib, 180-200°С haroratda 8-10 daqiqa davomida qovurish shkafida pishiriladi. Tarqatilishida smetanali sous yoki murabbo bilan berish mumkin. Tarqatishdagi maqbul harorati +50°C.  SIFATIGA QO‘YILADIGAN TALABLAR Tashqi ko‘rinishi: tvorogdan tayyorlangan mayizli taom, dumaloq, yassi shaklda, ustidan smetanali sous yoki murabbo quyilgan bo‘lishi mumkin. Rangi: sirtlari – och jigarrangdan, jigarrang-tillarang tusli, kеsilganda – och rangli dog‘lari bilan. Ta’m va hidi: tvorogga xos, biroz shirin va nordonroq, mayiz ta’mli va hidli. Tarkibi: bir xil, yumshoq, qovurilgan sirti biroz qattiqroq. Bir bolaga mo‘ljallangan tayyor taom vazni:1-3 yoshga 50 gr, 3-7 yoshga 60 gr.ni tashkil etadi.  MASALLIQLAR  Mahsulotlar va yarim tayyor mahsulotlar nomi gr hisobida: (1-3 yoshga / 3-7 yoshga) Tvorog 35,7/43 Tovuq tuxumi 4,1/ 3,6 /5/ 4,3 Shakar 2,1/2,6 Manniy yormasi 2,5/3 Tuz 0,36/0,43 Vanilin 0,07/0,09 Mayiz 2,9/3,4 Bug‘doy uni (1-navli) 3,6/4,3 O‘simlik yog‘i 2,9/3,4  

Maktabgacha ta'lim agentligi
MTTlari uchun oktabr oyi yagona mavsumiy taomnoma menyusi ("Aqlvoy oshpaz" retseptlar kitobi asosida)

03.10.2023      ERTALABKI NONUSHTA  Tariq yormasidan boʻtqa Pishloqli omlet Bugʻdoy noni TUSHLIK      Goʻsht qaynatmasida rassolnik Sabzavot qoʻshilgan goʻshtli ragu Olmali vinegret Behi kompoti Bugʻdoy noni IKKINCHI TUSHLIK          Plyushka bulochka Kefir   04.10.2023      ERTALABKI NONUSHTA  Suli yormasidan murabboli boʻtqa Sutli kakao Pishloqli buterbrod TUSHLIK      Mampar Karam doʻlma “Vitamin” salati Naʼmatak kompoti Bugʻdoy noni IKKINCHI TUSHLIK          Kartoshka  somsa Mavsumiy meva Asal choy   05.10.2023      ERTALABKI NONUSHTA  Manniy  yormasidan olma va mayizli boʻtqa Sutli kakao Sariyogʻli buterbrod TUSHLIK      Qaynatma shoʻrva Bayram palovi Achchik-chuchuk salati Quruq mevalar aralashmasidan kompot Bugʻdoy noni IKKINCHI TUSHLIK          Tvorogli keks Murabbo  choy   06.10.2023      ERTALABKI NONUSHTA  Grechka yormasidan boʻtqa Sutli choy Pishloqli buterbrod Mavsumiy meva TUSHLIK      Mastava (Sup risoviy) Mol goʻshtidan gulyash Bodiring (porsiyali) Olma kompoti Bugʻdoy noni IKKINCHI TUSHLIK          Baliq goʻshtidan kotlet Sariyogʻli buterbrod Shakar choy   09.10.2023      ERTALABKI NONUSHTA  Manniy yormasidan boʻtqa Pishloqli omlet Sutli kakao Bugʻdoy noni TUSHLIK      Borsh Dimlangan mol goʻshtidan befstrogan Garnir qaynatilgan grechka yormasi “Vitamin” salati Behi kompoti Bugʻdoy noni IKKINCHI TUSHLIK          Povidloli vatrushka Kefir   10.10.2023      ERTALABKI NONUSHTA  Shirqovoq (oshqovoqli guruch boʻtqasi) Qaynatilgan sut Pishloqli buterbrod TUSHLIK      Ugra oshi Baliq goʻshtidan bitochki Kartoshka pyuresi Shakarob salati Naʼmatak kompoti Bugʻdoy noni IKKINCHI TUSHLIK          Shokoladli keks Mavsumiy meva Choy   11.10.2023      ERTALABKI NONUSHTA  Grechka yormasidan boʻtqa Tvorogli sufle Asal choy Bugʻdoy noni TUSHLIK      Qovurma shoʻrva Shavla “Vitamin” salati Olma kompoti Bugʻdoy noni IKKINCHI TUSHLIK          Kartoshka va piyozli gumma (duxovkada pishirilgan) Kefir   12.10.2023      ERTALABKI NONUSHTA  Suli yormasidan murabboli boʻtqa Sutli kakao Sariyogʻli buterbrod TUSHLIK      Moshxoʻrda Mol goʻshtidan kotlet Garnir qaynatilgan grechka yormasi Shakarob salati Quruq mevalar aralashmasidan kompot Bugʻdoy noni IKKINCHI TUSHLIK          Pishloqli rogalik Mavsumiy meva Asal choy   13.10.2023      ERTALABKI NONUSHTA  Tariq boʻtqa Sutli kakao Sariyogʻli buterbrod TUSHLIK      Tovuq goʻshtida ugrali shoʻrva Mayizli palov Achchik-chuchuk salati Olma kompoti Bugʻdoy noni IKKINCHI TUSHLIK          Qoʻlbola-xonaki somsa (domashnaya samsa) Murabbo  choy   16.10.2023      ERTALABKI NONUSHTA  Shirqovoq (oshqovoqli guruch boʻtqasi) Pishloqli omlet Sutli kakao Pishloqli buterbrot TUSHLIK      Yumoloq qiymali (frikadelki) vermeshel shoʻrva Baliq goʻshtidan bitochki Kartoshka pyuresi Shakarob salati Quruq mevalar aralashmasidan kompot Bugʻdoy noni IKKINCHI TUSHLIK          Plyushka bulochka Kefir   17.10.2023      ERTALABKI NONUSHTA  Tariq yormasidan boʻtqa Pishloqli omlet Bugʻdoy noni TUSHLIK      Goʻsht qaynatmasida rassolnik Sabzavot qoʻshilgan goʻshtli ragu Olmali vinegret Behi kompoti Bugʻdoy noni IKKINCHI TUSHLIK          Plyushka bulochka Kefir   18.10.2023      ERTALABKI NONUSHTA  Suli yormasidan murabboli boʻtqa Sutli kakao Pishloqli buterbrod TUSHLIK      Mampar Karam doʻlma “Vitamin” salati Naʼmatak kompoti Bugʻdoy noni IKKINCHI TUSHLIK          Kartoshka  somsa Mavsumiy meva Asal choy   19.10.2023      ERTALABKI NONUSHTA  Manniy  yormasidan olma va mayizli boʻtqa Sutli kakao Sariyogʻli buterbrod TUSHLIK      Qaynatma shoʻrva Bayram palovi Achchik-chuchuk salati Quruq mevalar aralashmasidan kompot Bugʻdoy noni IKKINCHI TUSHLIK          Tvorogli keks Murabbo  choy   20.10.2023      ERTALABKI NONUSHTA  Grechka yormasidan boʻtqa Sutli choy Pishloqli buterbrod Mavsumiy meva TUSHLIK      Mastava (Sup risoviy) Mol goʻshtidan gulyash Bodiring (porsiyali) Olma kompoti Bugʻdoy noni IKKINCHI TUSHLIK          Baliq goʻshtidan kotlet Sariyogʻli buterbrod Shakar choy   23.10.2023      ERTALABKI NONUSHTA  Manniy yormasidan boʻtqa Pishloqli omlet Sutli kakao Bugʻdoy noni TUSHLIK      Borsh Dimlangan mol goʻshtidan befstrogan Garnir qaynatilgan grechka yormasi “Vitamin” salati Behi kompoti Bugʻdoy noni IKKINCHI TUSHLIK          Povidloli vatrushka Kefir   24.10.2023      ERTALABKI NONUSHTA  Shirqovoq (oshqovoqli guruch boʻtqasi) Qaynatilgan sut Pishloqli buterbrod TUSHLIK      Ugra oshi Baliq goʻshtidan bitochki Kartoshka pyuresi Shakarob salati Naʼmatak kompoti Bugʻdoy noni IKKINCHI TUSHLIK          Shokoladli keks Mavsumiy meva Choy   25.10.2023      ERTALABKI NONUSHTA  Grechka yormasidan boʻtqa Tvorogli sufle Asal choy Bugʻdoy noni TUSHLIK      Qovurma shoʻrva Shavla “Vitamin” salati Olma kompoti Bugʻdoy noni IKKINCHI TUSHLIK          Kartoshka va piyozli gumma (duxovkada pishirilgan) Kefir   26.10.2023      ERTALABKI NONUSHTA  Suli yormasidan murabboli boʻtqa Sutli kakao Sariyogʻli buterbrod TUSHLIK      Moshxoʻrda Mol goʻshtidan kotlet Garnir qaynatilgan grechka yormasi Shakarob salati Quruq mevalar aralashmasidan kompot Bugʻdoy noni IKKINCHI TUSHLIK          Pishloqli rogalik Mavsumiy meva Asal choy   27.10.2023      ERTALABKI NONUSHTA  Tariq boʻtqa Sutli kakao Sariyogʻli buterbrod TUSHLIK      Tovuq goʻshtida ugrali shoʻrva Mayizli palov Achchik-chuchuk salati Olma kompoti Bugʻdoy noni IKKINCHI TUSHLIK          Qoʻlbola-xonaki somsa (domashnaya samsa) Murabbo  choy   30.10.2023      ERTALABKI NONUSHTA  Shirqovoq (oshqovoqli guruch boʻtqasi) Pishloqli omlet Sutli kakao Pishloqli buterbrot TUSHLIK      Yumoloq qiymali (frikadelki) vermeshel shoʻrva Baliq goʻshtidan bitochki Kartoshka pyuresi Shakarob salati Quruq mevalar aralashmasidan kompot Bugʻdoy noni IKKINCHI TUSHLIK          Plyushka bulochka Kefir   31.10.2023      ERTALABKI NONUSHTA  Tariq yormasidan boʻtqa Pishloqli omlet Bugʻdoy noni TUSHLIK      Goʻsht qaynatmasida rassolnik Sabzavot qoʻshilgan goʻshtli ragu Olmali vinegret Behi kompoti Bugʻdoy noni IKKINCHI TUSHLIK          Plyushka bulochka Kefir  

Maktabgacha ta'lim agentligi
#Xalqaro_hamkorlik

Kuni-kecha "Mersy Corps" (Mehribonlik Korpusi)ning  “Bolalar ta’limi va ovqatlanishi uchun MakGovern-Doul xalqaro oziq ovqat dasturi” doirasida mahsulotlar saqlanayotgan omborxonasini Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Maktabgacha ta'lim agentligining birinchi o'rinbosari F.Boboyev ko‘zdan kechirdi. Tashrif jarayonida Maktabgacha va maktab ta’limi vaziriligi hamda Mehribonlik Korpusi bilan hamkorlikda  amalga oshirilayotgan “Bolalar ta’limi va ovqatlanishi uchun MakGovern-Doul xalqaro oziq ovqat dasturi” doirasida Mehribonlik Korpusining Surxondaryo viloyatidagi filliali direktori D.Yangiboyev hamda Surxondaryo viloyati maktabgacha va maktab ta‘limi boshqarmasining oziq-ovqat bo'limi boshlig’i A.Ashurovlar bilan birgalikda davlat maktabgacha ta‘lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilari uchun mo’ljallangan oziq-ovqat mahsulotlarini ko'zdan kechirishdi.  Birinchi o'rinbosar tomonidan omborxonada saqlanayotgan 3 turdagi (o'simlik yog'i, guruch, un) mahsulotlarini ko'zdan kechirish jarayonida, mazkur mahsulotlarning tegishli tashkilotlar tomonidan sertifikatlanganligi va  ularning saqlanishi to'liq davlat standartlari asosida ekanligini ta'kidlab o'tdi. Ma'lumot o'rnida, Xalqaro Mehribonlik Korpusi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Maktabgacha ta’lim agentligi hamda O'zbekiston Respublikasi sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo'mitasi hamkorligida 27-iyul 2021-yilda imzolangan memorandum asosida ish yuritib kelmoqda.

Maktabgacha ta'lim agentligi
#Mukofot_muborak

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan ta’lim-tarbiya tizimida alohida o‘rnak ko‘rsatgan xodimlardan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida"gi Farmoniga ko‘ra, quyidagi bir qator maktabgacha ta’lim tizimi xodimlari ham mukofotlandilar: II darajali «Sog‘lom avlod uchun» ordeni bilan Rustamova Mavlyuda Erkinovna - Maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish institutining kafedra katta o‘qituvchisi Tajimova Muxabbat Abdukadirovna - Beruniy tumanidagi 7-maktabgacha ta’lim tashkiloti mudiri, Qoraqalpog‘iston Respublikasi «Sog‘lom turmush» medali bilan Tursunova Marhabo Teshayevna - Vobkent tumanidagi 1-maktabgacha ta’lim tashkiloti defektologi, Buxoro viloyati Tursunova Munavar Ergashevna - Kitob tumanidagi «Zvyozdochki kosmosa» nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti rahbari, Qashqadaryo viloyati «Shuhrat» medali bilan Dushayeva Zamira Pirnazarovna - Jomboy tumanidagi 17-maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachisi, Samarqand viloyati Soataliyeva Matluba Murodovna - Chortoq tumanidagi 4-maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachisi, Namangan viloyati Kim Vitaliy Nikolayevich - Mirobod tumanidagi «Mates» nodavlat ta’lim muassasasi ta’sischisi, ingliz tili fani o‘qituvchisi, Toshkent shahri.  

Batafsil
Maktabgacha ta'lim agentligi
Agentlikda 1-oktabr "O‘qituvchi va murabbiylar" kuni nishonlandi

Ayni kunlarda yurtimiz uzra 1-oktabr "O‘qituvchi va murabbiylar" kuni keng nishonlanmoqda. Ushbu bayram Maktabgacha ta’lim agentligida ham keng nishonlandi.   Tadbir avvalida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining birinchi o‘rinbosari – Maktabgacha ta’lim agentligi direktori A. Shin so‘zga chiqib, "Jamiyatning buguni va ertasi uning madaniy-ma’rifiy-ma’naviy salohiyati ta’lim tizimining qay darajada rivojlanganligi bilan belgilanadi. Pedagog kasbining ko‘p qirrali, murakkab faoliyati zamirida yosh avlodni barkamol shaxs sifatida tarbiyalash, ilm-u fan sirlaridan boxabar etish kabi muhim vazifalar yotadi"-deya ta’kidladi. Shuningdek, tadbir davomida  “O‘qituvchi va murabbiylar" kuni munosabati bilan ta’lim-tarbiya tizimida alohida o‘rnak ko‘rsatgan O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Maktabgacha ta’lim agentligi hamda maktabgacha ta’lim tizimi va tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan bir qator xodimlarga  «Xalq ta’limi fidoyisi» hamda  «Xalq ta’limi a’lochisi» kabi ko‘krak nishonlarini topshirdi.   Tadbir yakunida A. Shin barcha agentlik xodimlarini yana bir bor bayram bilan tabriklab, ularga barkamol avlodni tarbiyalash yo‘lidagi mashaqqatli, ammo sharafli ishlarida ulkan zafarlar, oilaviy  tinchlik, omonlik va shodu xurramlik tiladi.

Maktabgacha ta'lim agentligi
#Aqlvoy_oshpaz TVOROGDAN TAYYORLANGAN MAYIZLI PUDING

TAYYORLASH TЕXNOLOGIYASI Tuxumni avval 1% li, so‘ngra 0,5% li iliq (harorati 30°C gacha) bo‘lgan kalsiyli yoki osh soda eritmasida yuviladi, keyin oqar suvda chayiladi. Qaynoq suvda (porsiyaga 10 ml hisobida) manniy yormasi dimlab qo‘yiladi, keyin esa sovitiladi. Mayiz saralanadi, yaxshilab yuviladi, so‘ngra ustiga suv quyib to‘lishib shishgunga qadar ivitib qo‘yiladi va oxirida yaxshilab quritiladi. Tvorog uqalanadi, shakar bilan aralashtirilgan tuxum sarig‘i, tayyorlab olingan manniy yormasi, yumshatib olingan yog‘ning bir qismi, tuz hamda ivitilib yaxshilab quritilgan mayiz qo‘shiladi. Barcha masalliqlar aralashtiriladi. Tuxumning oqi yumshoq va chidamli ko‘pik holatiga kelgunga qadar ko‘pirtiriladi hamda tayyorlangan tvorogli massaga qo‘shib ehtiyotkorlik bilan aralashtiriladi. Hosil bo‘lgan massani 3-4 sm qalinlikda, yog‘langan hamda talqon sepilgan qovurish shkafi tovasi yoki maxsus qolipli idishga joylashtiriladi. Ustini tekislab, smetana surtiladi va harorati 200°C bo‘lgan qovurish shkafida 25-30 daqiqa davomida qizg‘ish qatlam hosil bo‘lgunga qadar pishirib olinadi. Tayyor puding porsiyalab kesib chiqiladi. Tarqatilishida smetanali sous, yoki murabbo bilan beriladi. Tarqatishdagi maqbul harorati +50°C. SIFATIGA QO‘YILADIGAN TALABLAR Tashqi ko‘rinishi: qovurish shkafida tayyorlangan taom to‘rtburchak, uchburchak yoki boshqa shaklda bo‘lishi mumkin, bir xilda qizargan, tayyorlanish usuliga ko‘ra ustidan sous, yoki murabbo quyilgan. Rangi: puding sirti – och jigarrang, kеsilganda – och sariq yoki mayizli och qaymoq rangda. Ta’m va hidi: tvorogli taomlarga xos. Tarkibi: bir xil, yumshoq, zich, manniy yormasi qumoqlarisiz, qizartirib pishirilgan sirti biroz qattiqroq. Bir bolaga mo‘ljallangan tayyor taom vazni:1-3 yoshga 75 gr, 3-7 yoshga 100 gr.ni tashkil etadi. MASALLIQLAR Mahsulotlar va yarim tayyor mahsulotlar nomi gramm hisobida: (1-3 yoshga / 3-7 yoshga) Tvorog 45/60 Manniy yormasi 6/8 Shakar 5/6,7 Tovuq tuxumi 22,1-19/29,5-25,3 Mayiz 4/5,3 Smеtana 2/2,7 Vanilin 0,1/0,13 Qabartma kukuni 1/1,3 Sariyog‘ 4,9/6,6 Murabbo yoki jеm bilan 75/10 100/15 Quyultirilgan sut bilan 75/10 100/15 Smеtanali sous bilan 75/7,5 100/10 Sutli shirin sous bilan 75/30 100/40

Maktabgacha ta'lim agentligi
MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARGA TA’LIM BERISHDA KOMPETENSIYAVIY YONDASHUVLAR HAQIDA BILASIZMI?

Maktabgacha ta’lim bolaning tayanch kompetensiyalarini rivojlantirish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.  U ta’limning keyingi bosqichlarida, shuningdek, butun hayoti davomida rivojlanib boradi. Davlat o‘quv dasturi kompetensiyaviy yondashuvga asoslangan. Bu maktabgacha ta’lim va tarbiya jarayonida bolalar faoliyatining turli-tuman turlarida shakllanadigan kompetensiyalarni rivojlantirishga qaratilgan. Kompetensiya – bolaning bilim, ko‘nikma, malaka va qadriyatlari majmuidir. Kompetentli bola o‘z bilim, ko‘nikma va malakalarini muayyan vaziyatda safarbar qilishi va qo‘llashi, o‘z maqsadiga erishishi va rivojlanishning har bir bosqichida yoshiga mos keladigan vazifalarni hal qilishi mumkin. Maktabgacha yoshdagi bolalarga ta’lim berishda kompetensiyaviy yondashuv bolalarning bilish bilan bog‘liq bo‘lgan ehtiyojlari, muammolar va imkoniyatlarga samarali javob berish qobiliyatini shakllantirish, axloqiy me'yorlar va qadriyatlarni rivojlantirish, boshqa insonlar bilan muloqot qilish, shaxsiy ("Men" konsepsiyasi) ni shakllantirishni o‘z ichiga oladi.  

Maktabgacha ta'lim agentligi
#Aqlvoy_oshpaz SULI YORMASIDAN MAYIZLI BO‘TQA

TAYYORLASH TЕXNOLOGIYASI Mayiz qaynoq suvda yumshatiladi va yuviladi. Suli yormasi qaynab turgan suvga solinadi va yarim tayyor holga kelgunga qadar aralashtirilib pishiriladi. So‘ngra sut, tuz, shakar, qo‘shiladi va past olovda miltillatib qaynatiladi. Me’yorida tayyorlangan mayiz, sariyog‘ solinib, quyuqlashgunga qadar aralashtirib turgan holda pishiriladi.  Shundan so‘ng qozonning qopqog‘ini yopib, past olovda bug‘lanib pishguncha qoldiriladi. Bo‘tqaning tarqatishdagi maqbul harorati +50°C. SIFATIGA QO‘YILADIGAN TALABLAR Tashqi ko‘rinishi: yorma donalari to‘lishib pishgan, yaxshi qaynatilgan, bo‘tqaga yog‘ va mayiz qo‘shilgan. Rangi: qaymoqrang. Ta’m va hidi: ishlatilgan masalliqlarga xos, bеgona ta’m va hidsiz. Tarkibi: bir xil, yopishqoq, yormalari va mayizi – yumshoq. Bir bolaga mo‘ljallangan tayyor taom vazni:1-3 yoshga 150 gr, 3-7 yoshga 180 gr.ni tashkil etadi. MASALLIQLAR Mahsulotlar va yarim tayyor mahsulotlar nomi 1-3 yoshga / 3-7 yoshga Suli yormasi 17/20 Suv 48/64 Sut 75/100 Sariyog‘ 1,7/2,2 Mayiz 7,5/9 Shakar 3/4 Tuz 0,75/0,9

Maktabgacha ta'lim agentligi
#Aqlvoy_oshpaz QURITILGAN MЕVALAR BILAN GURUCHLI BO‘TQA

TAYYORLASH  TЕXNOLOGIYASI Mayiz yoki bargaklar saralanadi, yuvilib, qaynoq suv bilan chayiladi va 20-30 daqiqa davomida to‘liq shishib chiqqunga qadar suvda qoldiriladi va sovitiladi. Guruchni saralab, avval iliq, keyin issiq suvda yuviladi. Tayyorlangan guruchni qaynab turgan tuzli suvga solib, yarim tayyor bo‘lguncha pishiriladi, ortiqcha suvi to‘kib tashlanadi va me’yordagi qaynatilgan sut qo‘shiladi. Tuz va shakar hamda tayyorlangan mayiz yoki bargak qo‘shiladi va vaqti-vaqti bilan aralashtirib turgan holda quyuqlashguncha qaynatiladi. So‘ngra qozonning qopqog‘i yopilib, taom maromiga yetilib pishgunga qadar past olovda ushlab turiladi. Tarqatilishidan oldin sariyog‘ qo‘shiladi. Taom likopchada tortiladi. Bo‘tqaning tarqatishdagi maqbul harorati +50°C. SIFATIGA QO‘YILADIGAN TALABLAR  Tashqi ko‘rinishi: yorma donalari to‘lishib pishgan, yaxshi qaynatilgan. Rangi: mayiz yoki bargak bilan aralashtirilgan och qaymoqrang yoki kulrang – oq rangda. Ta’m va hidi: mayiz yoki bargak bilan birga qaynatilgan guruchga xos. Tarkibi: bir xil, yopishqoq, donlari yumshoq. Bir bolaga mo‘ljallangan tayyor taom vazni:1-3 yoshga 150 gr, 3-7 yoshga 180 gr.ni tashkil etadi.  MASALLIQLAR  Mahsulotlar va yarim tayyor mahsulotlar nomi 1-3 yoshga / 3-7 yoshga  Guruch 22,5/27 Suv 56/68 Sut 56/68 Mayiz yoki bargak 7,5/99 Sariyog‘ 3,8/4,5 Shakar 3,8/4,5 Tuz 0,8/0,9

Maktabgacha ta'lim agentligi
#Ustozlar_ardoqda

Ayni kunlarda 1-oktabr "O'qituvchi va murabbiylar" kuni munosabati bilan hududlarda tadbirlar bo'lib o'tmoqda.  Xuddi shunday tadbirlardan biri Surxondaryo viloyatining Termiz shahridagi 16-sonli davlat maktabgacha ta'lim tashkilotida bo'lib o'tdi. 1-oktabr "O'qituvchi va murabbiylar" kuni munosabati bilan Termiz davlat pedagogika instituti, Maktabgacha ta'lim  fakulteti hamda Termiz shahar 16-sonli davlat maktabgacha ta'lim tashkiloti hamkorligida "Muallim-qalb me'mori" mavzusida tadbir tashkil etildi. Tadbirda bolajonlar tomonidan tayyorlangan bayram dasturi namoyish etildi va yig'ilganlarga xushkayfiyat bag'ishladi.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Respublikadagi 100 ta davlat MTTlarining taʼlim-tarbiya jarayonidagi sifati baholanadi

Ayni kunlarda Toshkent shahrida Maktabgacha ta’lim agentligi hamda Jahon banki bilan hamkorlikda erta yoshdagi bolalarning taʼlim sifati va natijalarini baholash boʻyicha xalqaro MELQO (measuring early learning quality outcomes) baholash tizimi asosida joriy etilgan “Bolalarni erta yoshdan rivojlanishi va maktabgacha taʼlim sifatini baholash tizimi” orqali respublikaning 100 ta davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida taʼlim-tarbiya jarayoni sifatini baholash hamda ma’lumotlarni jamlash va ularni tahlil qilish bo‘ycha trenerlarni tayyorlashga qaratilgan seminar-trening bo‘lib o‘tmoqda. Seminar-treningda xorijiy trenerlar o'z ma'ruzalari bilan ishtirok etishmoqda. Seminar-trening yakunlangach ishtirokchilar joriy yilning oktabr oyida maʼlumot yigʻish uchun hududlarga xizmat safariga yuborilib, olingan bilimlarning amaliyotga qo‘llanilishi rejalashtirilmoqda.

Batafsil
Maktabgacha ta'lim agentligi
#OAV_biz_haqimizda #Bosma_nashr

«Yangi O‘zbekiston» va «Правда Востока» gazetalarida maktabgacha ta’lim tizimi haqida Tanishing: Yangi O'zbekiston №191 2023 йил 19-сентябрь Тошкент декларацияси.pdfПравда_Востока № 190 2023-йил 18-сентябрь.pdf

Maktabgacha ta'lim agentligi
“Yagona mavsumiy taomnoma”ning kuz mavsumiga kiritilgan taomlar ro'yxati bilan tanishing

Hurmatli kuzatuvchilari bugun sizga #Aqlvoy_oshpaz rukni orqali maktabgacha ta'lim tashkilotlari uchun “Yagona mavsumiy taomnoma”ning kuz mavsumiga kiritilgan taomlar ro'yxatini taqdim etamiz. Куз_таомнома.xlsx

Maktabgacha ta'lim agentligi
“Yilning eng yaxshi tarbiyachisi-2023” kasbiy ko‘rik-tanlovi g‘oliblari taqdirlandi

Toshkent shahridagi Maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti binosida O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Maktabgacha ta’lim agentligi tomonidan tashkil etilgan “Yilning eng yaxshi tarbiyachisi-2023” kasbiy ko‘rik-tanlovining respublika bosqichida g‘olib bo‘lgan ishtirokchilarni e’lon qilish va taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Tanlov oltita nominatsiya, “Eng yaxshi metodist”, “Eng yaxshi fidokor tarbiyachi”,“Eng yaxshi ijodkor-ixtirochi tarbiyachi”, “Innovasion va axborot texnologiyalarini qo‘llaydigan eng yaxshi tarbiyachi”, “Eng yaxshi eko-targ‘ibotchi tarbiyachi”, “Eng yaxshi ma’naviy kamolotga yetaklovchi tarbiyachi” bo‘yicha tashkil etildi. Shunga ko‘ra avgust oyi davomida kasbiy ko‘rik-tanlovning tuman (shahar) bosqichi o‘tkazilib, unda jami 9 146 nafar davlat maktabgacha talim tashkilotlarida  faoliyat yuritayotgan  yuqori malakali metodist va tarbiyachilar ishtirok etishib, shundan 912 nafari viloyat bosqichiga yo‘llanma olishgan edi. Hududiy bosqichdan tanlovning respublika bosqichiga jami 82 nafar ishtirokchi yo‘llanma olishib, g‘oliblikni qo‘lga kiritish uchun o‘zaro bellashishdi. Shundan, 6 ta nominatsiya bo‘yicha 18 nafar ishtirokchi I, II, III o‘rinlarni egallashdi. I, II, III o‘rinlarni egallagan g‘oliblarga Maktabgacha ta’lim agentligining diplom va qimmatbaho sovg‘alari berilib, shu bilan birga: I o‘rinni egallagan ishtirokchilarga 12 mln. so‘m; II o‘rinni egallagan ishtirokchilarga 8 mln. so‘m III o‘rinni egallagan ishtirokchilarga 5 mln. so‘m miqdorida pul mukofotlari taqdim etildi. Shuningdek, “Eng yaxshi ijodkor-ixtirochi tarbiyachi”, “Innovasion va axborot texnologiyalarini qo‘llaydigan eng yaxshi tarbiyachi”, “Eng yaxshi eko-targ‘ibotchi tarbiyachi”, “Eng yaxshi ma’naviy kamolotga yetaklovchi tarbiyachi” nominatsiyalarida I, II, III o‘rinlarni egallagan ishtirokchilarga  davlat granti asosida  oliy ta’lim muassasalarida tahsil olish uchun yo‘llanma berildi. Tanlovning qolgan ishtirokchilariga Maktabgacha ta’lim agentligining faxriy yorliqlari va qimmatbaho sovg‘alari topshirildi.

Maktabgacha ta'lim agentligi
#Xalqaro_hamkorlik

Kuni-kecha Xitoy Xalq Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Moliya boshqarmasi maslahatchisi janob Xan Vansyan boshchiligidagi Xitoy delegatsiyasining Toshkent shahar, Sergeli tumanidagi 42-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotiga tashrifi bo‘lib o‘tdi.  Tashrifdan maqsad davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyati bilan tanishish, bolajonlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, shuningdek, Xitoy elchixonasi tomonidan qo‘shma loyihasi doirasida maktabgacha ta’lim tashkilotiga taqdim etilgan texnik uskunalardan foydalanish jarayonining bolajonlar uchun muhim jihatlarini kuzatishdan iborat edi. Xitoy tomoni o‘zaro tajriba almashish bo‘yicha hamkorlik yo‘nalishlarini oshirish, innovatsion yechimlar sonini ko‘paytirishni ko‘rib chiqish hamda maktabgacha ta’lim tizimini raqamlashtirishga qaratilgan keyingi dasturlarni amalga oshirishda yordam ko‘rsatishga tayyorligini ma’lum qildi. Ma’lumot uchun: 2021-yilda Xitoy elchixonasi va Maktabgacha ta’lim vazirligi (hozirgi Agentlik) hamkorligida “Toshkent shahar, Sergeli tumanidagi 42-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotini innovatsion uskunalar bilan ta’minlash” loyihasi amalga oshirilgan edi.

Maktabgacha ta'lim agentligi
KOICAning O‘zbekistondagi vakolatxonasi direktori bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA) O‘zbekistondagi vakolatxonasi direktori bilan uchrashuvda qo‘shma loyihalarni amalga oshirish jarayoni muhokama qilindi. 19-sentabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining birinchi oʻrinbosari – Maktabgacha taʼlim agentligi direktori A.Shinning Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA) vakolatxonasi direktori janob Shin Myong Sop bilan uchrashuvi boʻlib oʻtdi. Uchrashuvda tomonlar qo‘shma loyihalarni amalga oshirishning jarayonlarini muhokama qildilar. Koreya tomoni “Toshkent shahrida Pedagogik kadrlarni tayyorlash, o‘qitish va malakasini oshirish integratsiyalashgan markazi va Koreya modeli bo‘yicha innovatsion maktabgacha ta’lim tashkilotini qurish” loyihasi doirasida binolarni loyihalash yakunlanganini ma’lum qildi. Shuningdek, maktabgacha ta’lim sifatini oshirish yo‘lida qo‘shma loyihani muvaffaqiyatli amalga oshirish yo‘lidagi hamkorlikni yangi jihatlarda yanada rivojlantirish zarurligi ham muhokama qilindi. Uchrashuv yakunida O‘zbekiston tomoni loyihaning har ikki davlat uchun muhimligini qayd etib, KOICA vakolatxonasiga o‘z majburiyatlarini sifatli va o‘z vaqtida bajarganligi uchun minnatdorchilik bildirdi.    

Maktabgacha ta'lim agentligi
#Xalqaro_hamkorlik

Ayni kunlarda maktabgacha ta’lim agentligi va Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA) bilan birgalikda “O‘zbekistonda maktabgacha ta’lim tashkilotlari pedagoglarining malakasini oshirish” (2023-2025 yillar) dasturi bo‘yicha maktabgacha ta’lim sohasi xodimlari malaka oshirish kurslari tashkil etilgan bo‘lib, O‘zbekistonning barcha hududlaridan jami 18 nafar maktabgacha ta’lim sohasi xodimlari malaka oshirish kurslarida o‘qimoqda.  Mazkur o‘quv tadbirlari davomida mahalliy mutaxassislar maktabgacha ta’lim sohasida Koreya modelining zamonaviy tendensiyalari bilan yaqindan tanishadilar, shuningdek, mamlakatimizdagi davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida  tarbiyalanuvchilarga yo‘naltirilgan muhitni yaratish bo‘yicha bilimlarini oshiradilar. Ta’kidlash joizki, O‘zbekistonda ushbu dastur so‘nggi 3 yil davomida Koreya tomonidan amalga oshirilib, buning natijasida respublikamizning 90 nafarga yaqin maktabgacha ta’lim xodimlari qamrab olindi.

Вид сайта
Размер шрифта