Bugun Maktabgacha taʼlim agentligida “Oʻzbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 34 yilligi hamda 21 - oktabr – Oʻzbek tili bayrami kuni munosabati bilan “Oʻzbek tili – milliy oʻzligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli!” nomli ma’naviyat soati oʻtkazildi.
Unda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti professori, Maktabgacha taʼlim agentligi Jamoatchilik kengashi oʻrinbosari E.Sultanova hamda Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universiteti dotsenti, filologiya fanlari bo'yicha falsafa doktori R.Tulaboyevalar o'z nutqlari bilan ishtirok etishdi.
Uchrashuv davomida birinchi navbatda oʻzbek tiliga boʻlgan eʼtiborni har birimiz oilamizdan boshlashimiz kerakligi ta'kidlandi, chunki oʻzbek tili bu har bir insonning haqiqiy madaniyatini, maʼnaviyatini koʻrsatib turuvchi omil bo'lib, aholi oʻrtasida nutq madaniyatining oshirilishiga olib kelinishi haqida so'zlandi.
Shuningdek, oʻzbek tiliga bo'lgan e'tiborni maktabgacha ta'lim yoshidanoq boshlash maqsadga muvofiqligi haqida uchrashuv davomida ma'lum qilindi.