Sayt test rejimida ishlamoqda

Tarbiyada durustmisiz yoki sust?

news-detail

“Tezroq kiyinsang-chi, eee” – bolasini bog‘chaga tayyorlayotgan onaning asabi tarang. Axir, kech qolishsa onani tarbiyachining e’tirozli nigohlari, ishxonada boshliqning zardasi kutadi. Bolakay esa bu shoshilish sababini hech tushunmaydi, nega uni onasi har kuni shunday olib ketadi, nega nuqul dakki eshitadi…

Yon atrofimiz, yaqinlarimiz va do'stlarimizning oilasida bu kabi holatlarni ko‘rgandirmiz, shunda ularni muhokama qilib, o‘z bolamizga baqirmaslikka qasam ichamiz. Vaqtlar o’tib qanday qilib farzandlarimizga ovozimizni ko'tarayotganimizni va hatto kamsitayotganimizni sezmay qolamiz. Buning o'rniga sizga quyidagi iboralarni ishlatishni taklif qilamiz. Ehtimol, siz nafaqat bola uchun, balki o'zingiz uchun ham yaxshi ish qilasiz:

 “Ovqatingni yesang, syurprizim bor”

Bolalar do‘q-po‘pisalarni emas, balki o'yinlarni, kutilmagan sovg‘alarni yaxshi ko'radilar. "Ovqatni ye, aks holda bo‘ying o‘smaydi!" yoki "Agar shuni yemasang konfet yo‘q senga!" kabi mashhur tahdidlar vaqtincha yordam berishi mumkin, lekin siz farzandingiz bilan munosabatlarni murakkablashtirasiz, bola hamma vaziyatda do‘q kutadi, biror narsani qilmaslik ortida faqat jazo bor deb ongiga singdiradi.

“Bunday qilish kerak emas, chunki…”

Bolaga yuz marotaba suvni, chiroqni o‘chir deyishdan ko‘ra bir baqirganingiz afzal a? Ikki-uch marta qattiq urishsangiz bola aytganingizni qilishni boshlar, lekin tabiat resurslarini tejash kerakligini bola tushunmaydi, shunchaki suv va chiroq yoniq qolsa ota-onasidan gap eshitadi. Lekin sodda tilda bolaga tushuntirsangiz u yaxshiroq eslab qoladi.Masalan, suvni isrof qilsak u tugab qoladi, keyin nima ichamiz, qanday yuvinamiz degan mazmunda suhbatlashish ancha yaxshiroq.

“Orzular ushalganda

2-3 yoshdan katta bolalarni o'yin bilan aldab uxlatish qiyin. Farzandingiz nimaga qiziqishini bilsangiz, u bilan bog‘liq orzulari haqida gaplashing, hikoya to‘qib aytib bering, u qanchalik hayoliy narsa bo‘lsa ham. Bu bilan siz bolani dam olishga tayyorlaysiz va uni yoqimli tushlar ko‘rishiga sababchi bo‘lasiz. Bolalar hikoyalarni yaxshi ko'radilar va albatta onasining hikoyasiga ishonadilar.

 

Maktabgacha ta'lim agentligi
Mavzuga doir
Maktabgacha ta'lim agentligi
"Mittivoy" qo'shma loyihasi doirasida uchrashuv bo'lib o'tdi

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirining birinchi o'rinbosari – Maktabgacha ta'lim agentligi direktori A.Shin A.I.Gersen nomidagi RDPU  rektorining baynalminallashtirish bo'yicha maslahatchisi, pedagogika fanlari doktori,  professor Y.A.Komarova bilan uchrashdi. Tomonlar 2020-yil dekabr oyida tegishli "Yo'l xaritasi" imzolanishi bilan boshlangan "Mittivoy"  qo'shma loyihasining hozirgi holati va istiqbollarini muhokama qildilar. Eslatib o'tamiz, loyihaning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: - O'zbekiston Respublikasi maktabgacha ta'lim tashkilotlari mutaxassislarining vakolatlari darajasini o'rganish bo'yicha nazorat-o'lchov tadbirlarini o'tkazish; - O'zbekiston Respublikasi maktabgacha ta'lim tashkilotlari mutaxassislari uchun qayta tayyorlash dasturlarini ishlab chiqish; - O'zbekiston Respublikasi maktabgacha ta'lim tashkilotlari tarbiyachilari va pedagoglari uchun metodik qo'llanmalar ishlab chiqish. A.I.Gersen nomidagi RDPU vakillari bilan uchrashuv an'anaviy tarzda ishonchli, ochiq va do'stona muhitda o'tdi. Muzokaralar yakunida tomonlar yana bir bor maktabgacha ta'lim sohasida hamkorlikni rivojlantirish va mustahkamlashni davom ettirish bo'yicha o'z majburiyatlarini bayon qilishdi. Ma'lumot uchun: 2020-yil 26-dekabrda "Mittivoy" qo'shma loyihasini amalga oshirish bo'yicha "Yo'l xaritasi" tasdiqlandi, unda A.I.Gersen nomidagi RDPU mutaxassislari tomonidan O'zbekiston Respublikasi maktabgacha ta'lim tashkilotlari uchun pedagog kadrlar tayyorlash bo'yicha tomonlar faoliyatining asosiy yo'nalishlari belgilandi. 2021-yildan 2023-yilgacha maktabgacha ta'lim tashkilotlarining 1500 dan ortiq pedagog kadrlari ushbu loyiha doirasida tashkil etilgan turli o'quv dasturlari bo'yicha o'qitildi.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Qirg'iziston Respublikasi ta'lim va fan vazirining MTTga tashrifi

 "Bolalar va yoshlar harakatda — Markaziy Osiyoda iqlim o'zgarishi" Xalqaro forumi doirasida Qirg'iziston Respublikasi ta'lim va fan vaziri Dogdurkul Kendirboyeva Toshkent shahri Mirobod tumanidagi 34-sonli DMTTga tashrif buyurdi. Ma'lumot uchun: "Bolalar va yoshlar harakatda — Markaziy Osiyoda iqlim o'zgarishi" Xalqaro forumi 9-noyabr kuni Toshkentda bo'lib o'tdi. U Butunjahon bolalar kuni va BMTning 2023-yilgi iqlim o'zgarishi bo'yicha konferensiyasiga (COP 28) bag'ishlangan. Forum bolalar va yoshlarning iqlim o'zgarishining salbiy ta'siriga qarshi kurashdagi roli, shu jumladan ekologik ta'limni targ'ib qilishning ahamiyatiga bag'ishlangan. Tashrif doirasida Qirg'iziston tomoni maktabgacha ta'lim tashkiloti faoliyati bilan tanishdi, xususan, maktabgacha yoshdagi bolalarni o'qitish dasturlari, bolalar taomlanishini tashkil etish, shuningdek, tizimda kadrlar tayyorlash bo'yicha ma'lumotlar taqdim etildi. Maktabgacha va maktab ta'limi vazirining birinchi o'rinbosari - O'zbekiston Respublikasi maktabgacha ta'lim agentligi direktori A.V.Shin bilan uchrashuv davomida tomonlar idoralar o'rtasida tajriba almashish bo'yicha keyingi chora-tadbirlarni muhokama qildilar. Vazir D.Kendirboyeva O'zbekistonning maktabgacha ta'lim tizimini qamrab olish, kadrlar tayyorlash, raqamlashtirish borasidagi tajribasini Qirg'izistonda eng yaxshi amaliyotlar namunasi sifatida o'rganish va joriy etish zarurligini ta'kidlab o'tdi. Tashrif yakunida tomonlar yuqoridagi yo'nalishlar bo'yicha hamkorlikni yanada oshirishga kelishib oldilar.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Qisqa muddatli malaka oshirish kurslari davom etmoqda

Ayni kunlarda respublika bo'ylab maktabgacha taʼlim tashkilotlarining pedagog xodimlari uchun qisqa muddatli malaka oshirish kurslarining navbatdagi bosqichi davom etmoqda. Eslatib o'tamiz, maktabgacha taʼlim tashkilotlarining pedagog xodimlari uchun qisqa muddatli malaka oshirish kursining 2-bosqichida respublika bo‘ylab 700 nafar master-trenerlarning o‘qitilishi rejalashtirilgan. Ushbu qisqa muddatli malaka oshirish kursining 1-bosqichida 30 nafar master-trenerlar o‘qitilgan edi.

Вид сайта
Размер шрифта