Bugun Maktabgacha ta’lim agentligida O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining birinchi o‘rinbosari – Maktabgacha ta’lim agentligi direktori A.Shin hamda Xitoy Xalq Respublikasining Favqulodda va Muxtor Elchisi janob Yu Jun o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv davomida Xitoy elchisiga 2017-yildan buyon O‘zbekistonda maktabgacha ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar haqida shuningdek, ushbu jarayonlarda Maktabgacha ta’lim agentligining roli va o‘rni borasida ma’lumot berildi.
Shuningdek, Xitoy tomoni bilan avval erishilgan kelishuvlarni yangilash, xususan, Toshkent shahridagi 2 ta davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida xitoy tilini ikkinchi chet tili sifatida o‘qitish, ta'lim jarayoniga raqamli kontentni joriy etish, didaktik materiallarni ishlab chiqishda innovatsion yechimlardan foydalanish va bu boradagi masalalar muhokama qilindi.
Xitoy tomoni bilan uchrashuv anʼanaviy tarzda ochiq va doʻstona ruhda oʻtdi.
Muzokaralar yakunida tomonlar maktabgacha ta’lim sohasidagi O‘zbekiston-Xitoy hamkorligini davom ettirish va mustahkamlashga kelishib olishdi.