Yangiliklar
O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Maktabgacha ta'lim agentligi tomonidan Birlashgan Millatlar Tashkilotining Xalqaro bolalar jamg‘armasi (UNICEF) hamkorligida Yevropa ittifoqining moliyaviy ko‘magi asosida "Surxondaryo viloyatida inklyuziv ta'lim, ijtimoiy xizmatlar va huquqiy yordamdan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish" loyihasini amalga oshirish yuzasidan 10-14-sentyabr kunlari Termiz shahrida "Ko'p tilli muqobil guruhlarda pedagogik yondashuvlar" mavzusidagi o'quv-amaliy treningga start berildi. Ushbu treninglar UNICEF hamda Yevropa ittifoqi hamkorligida viloyatdagi afg'on bolalari va ehtiyojmand oilalar farzandlariga maktabgacha ta'lim uchun keng imkoniyatlar yaratish maqsadida inklyuziv ko'p tilli ta'limga yo'naltirilgan muqobil guruhlarda ta'lim-tarbiya jarayonini tashkil etishda maktabgacha ta'lim tashkilotlari pedagoglarining kasbiy salohiyatini oshirishga qaratilgan bo'lib, Yevropa Ittifoqining moliyaviy ko‘magida amalga oshirilmoqda. 5 kun davom etadigan trening jarayonlarida viloyatdagi inklyuziv ko'p tilli ta'limga yo'naltirilgan muqobil guruhlar mavjud bo'lgan maktabgacha ta'lim tashkilotlarining pedagoglari ishtirok etib, malakali xorijlik trenerdan yangi bilimlarni o'rganish barobarida qizg'in va noodatiy tarzda kechgan mashg'ulotlar orqali o'zaro tajriba almashishmoqda. Eslatib o'tamiz: Ushbu loyiha 2022-yilning sentyabr oyida o'z faoliyatini boshlagan edi. Loyiha haqida batafsil ma'lumotlar - bu yerda: https://t.me/mdokanal/9178
BatafsilAvvalroq xabar berganimizdek, yurtimizdagi barcha maktabgacha ta’lim tashkilotlarida yangi 2023-2024-o‘quv yili boshlangan. O‘quv yili davomida Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tashkil etilgan ta’limiy-tarbiyaviy faoliyat “Ilk qadam” davlat oʻquv dasturiga mufoviq olib boriladi. Shunga ko‘ra, sentyabr oyi “O‘zbekiston– mening Vatanim” deb nomlanib, oy davomida yosh kesimida hafta mavzulariga bo‘lingan: 1-hafta 3-4 yoshli guruhlarga - Men va bolalar bog‘chasi mavzusi 4-5 yoshli guruhlarga - Men va bolalar bog‘chasi mavzusi 5-6 yoshli guruhlarga - Mening jonajon O‘zbekistonim mavzusi 6-7 yoshli guruhlarga - Mening jonajon O‘zbekistonim mavzusi 2-hafta 3-4 yoshli guruhlarga - Mening shahrim mavzusi 4-5 yoshli guruhlarga - Mening shahrim – mening mahallam mavzusi 5-6 yoshli guruhlarga - Mening shahrim – mening mahallam mavzusi 6-7 yoshli guruhlarga - Mening shahrim – mening mahallam mavzusi 3-hafta 3-4 yoshli guruhlarga - Men va bizning oilamiz mavzusi 4-5 yoshli guruhlarga - Men va bizning oilamiz mavzusi 5-6 yoshli guruhlarga - Men va bizning oilamiz mavzusi 6-7 yoshli guruhlarga - Men va bizning oilamiz mavzusi 4-hafta 3-4 yoshli guruhlarga - Men va mening do‘stlarim mavzusi 4-5 yoshli guruhlarga - Men va mening do‘stlarim mavzusi 5-6 yoshli guruhlarga - Men va mening do‘stlarim mavzusi 6-7 yoshli guruhlarga - Men va mening do‘stlarim mavzusi Eslatma: Pedagoglarimiz barcha mavzularga oid yordamchi ta’lim resursi sifatida "Bolalik akademiyasi" ta’lim platformasidan foydalanishlari mumkin.
Avval xabar berilganidek, hududlarda “Yilning eng yaxshi tarbiyachisi” kasbiy ko‘rik-tanlovi bo‘lib o‘tmoqda. Ayni kunlarda hududlarda ushbu tanlovning ikkinchi sharti – video-portfolio tayyorlash bo‘yicha bahslar olib borilmoqda. Ushbu shart 20 ballik mezonda baholanib, unda quyidagi talablar yetakchi o‘rin tutadi: metodist faoliyati va tarbiyachi nominatsiyasiga moslik; rasm va lavhalarning mazmundorligi; mavzuni ochishda o‘ziga xos bo‘lgan yangi g‘oyani qo‘llash; vaqt taqsimotiga rioya etish va uzviylikni ta’minlash; axborot mazmuni, ovoz hamda vidoeffektlarning o‘zaro monandligi alohida e’tiborga olinadi. Hozirga qadar 40 yoki undan ortiq ball to‘plagan ishtirokchi bosqichning kelgusi shartida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritadi.
Mustaqillik tantanalari arafasida Karmana tumanida Investisiya dasturi asosida qayta rekonstruksiya qilingan 120 o‘rinli 20-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda ishtirok etgan mahalla faollari, keng jamoatchilik vakillari, nuroniylar ta’lim dargohida bolajonlarning sifatli ta’lim-tarbiya olishlari uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishishdi. Tarbiyalanuvchilar tomonidan ijro etilgan kuy va qo‘shiqlar ishtirokchilarga a’lo kayfiyat baxsh etdi.
Quyida joriy yilning avgust oyi davomida maktabgacha ta’lim tizimiga oid OAVda e'lon qilingan materiallar bilan tanishing: TV O'zbekiston 24 tv - Studiya 24 |Farrux Boboyev - Maktabgacha ta’lim agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari bilan suhbat (https://t.me/mtrkuzofficial/161887)O'zbekiston 24 tv - Studiya 24 | Abdug‘ulom Hakimov - Maktabgacha ta’lim agentligi bo‘lim boshlig‘i bilan suhbat (https://t.me/mtrkuzofficial/161959)O'zbekiston 24 tv - Maxsus_reportaj/ https://t.me/mdokanal/9155 O'zbekiston 24 tv - https://t.me/mdokanal/9165 O'zbekiston 24 tv - https://t.me/mtrkuzofficial/162204 O'zbekiston 24 tv - https://t.me/mtrkuzofficial/162057 O'zbekiston 24 tv - https://t.me/mtrkuzofficial/162059 O'zbekiston 24 tv - https://t.me/mtrkuzofficial/164060 O'zbekiston 24 tv - https://t.me/mtrkuzofficial/163014 O'zbekiston 24 tv - https://t.me/mtrkuzofficial/162952 O'zbekiston 24 tv - https://t.me/mtrkuzofficial/160095 O'zbekiston 24 tv - https://t.me/mtrkuzofficial/15980 O'zbekiston 24 tv - https://t.me/mtrkuzofficial/160796 Sevimli - Zamon tv| Bog'chaga boradigan bola boshqacha bo'ladi (https://t.me/zamon_lavhalar/16266)Sevimli - Zamon tv|https://t.me/zamon_lavhalar/16113 Mening yurtim - Hudud tv| Maktabgacha ta’lim qamrovi kengaydi (https://t.me/hududtv/23112)Mening yurtim - Hudud tv|https://t.me/hududtv/23018 Renessans - tv / Qancha bolalar MTTlarga qamrab olingan? (https://t.me/sayyor1/1404)Renessans - tv / https://t.me/ovoza_news/6988 Uzreport tv - https://youtu.be/LiI7ftgLapI?si=DGMD3cKw9lXlTSw7 Uzreport tv - https://www.youtube.com/live/PWFLrEwUXHI?feature=share Yoshlar tv - https://t.me/Yangidavr_rasmiy/14595 Dunyo bo'ylab tv - https://youtu.be/JaTxJbdaCj0 SAYTLAR Kun.uz sayti - Bog‘cha puli: ota-onalar to‘laydigan “badal” xarajatlarni qoplaydimi? (https://t.me/kunuzofficial/138267)Uza.uz sayti - https://uza.uz/uz/posts/puchon-universitetida-ozbekiston-bilan-ozaro-hamkorlikni-mustahkamlash-boyicha-global-forum-otkazildi_514176 Uza.uz sayti - https://uza.uz/posts/508793 Daryo.uz sayti - O‘zbekistonda xususiy va davlat bog‘chalari soni maʼlum qilindi (https://daryo.uz/2023/08/16/davlat-bogchalari-kopmi-yoki-xususiy-ozbekistondagi-mttlar-soni-malum-qilindi)Daryo.uz sayti - https://t.me/Daryo/94938 https://t.me/qalampir/106580 Bolalarolami.uz sayti - https://t.me/bolalarolamiuz/1756 Plov.press sayti - https://plov.press/news/nauka_obrazovanie/bolee_polumilliona_detey_poydut_v_shkolu_v_predstoyashchem_uchebnom_godu/ RADIO Radioeshittirish - https://t.me/mdokanal/9141 Radioeshittirish - https://t.me/mdokanal/9153 BOSMA NASHR "Правда востока" gazetasi - https://yuz.uz/ru/newspaper, "Правда востока" gazetasi - https://t.me/mdokanal/9152 "Правда востока" gazetasi - https://yuz.uz/ru/news/podveden-itogi-deyatelnosti-sistem-doshkolnogo-obrazovaniya-v-uzbekistane-za-pervoe-polugodie-2023-goda- "Yangi O'zbekiston" gazetasi - https://t.me/yuz_official/38900 "Ташкентская правда" gazetasi - https://t.me/mdokanal/9059
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Maktabgacha ta’lim agentligining tegishli buyrug‘iga ko‘ra, “Yilning eng yaxshi tarbiyachisi-2023” kasbiy ko‘rik-tanlovini avgust-sentyabr oylarida o‘tkazish rejalashtirilgan. Shunga ko‘ra avgust oyi davomida kasbiy ko‘rik-tanlovning tuman (shahar) bosqichi o‘tkazilib, unda jami 9 146 nafar davlat maktabgacha talim tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan yuqori malakali metodist va tarbiyachilar ishtirok etishib, shundan 912 nafari viloyat bosqichiga yo‘llanma olishdi. Tanlov jarayonida ishtirokchilar quyidagi 3 ta: 1-shart: test 2-shart: video-portfolio tayyorlash 3-shart: ochiq mashg‘ulot ishlanmasini tayyorlash shartlar asosida o‘z mahoratlarini sinovdan o‘tkazishmoqda. Yakuniy natijalarga ko‘ra, belgilangan quyidagi 6 ta: Eng yaxshi metodist Eng yaxshi fidokor tarbiyachi Eng yaxshi ijodkor-ixtirochi tarbiyachi Innovasion va axborot texnologiyalarini qo‘llaydigan eng yaxshi tarbiyachi Eng yaxshi eko-targ‘ibotchi tarbiyachi Eng yaxshi ma’naviy kamolotga yetaklovchi tarbiyachi nominatsiyalarida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan metodist va tarbiyachilarga tanlovning respublika bosqichida ishtirok etishlari uchun yo‘llanma beriladi. Davlat maktabgacha talim tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan yuqori malakali metodist va tarbiyachilarning pedagogik mahoratini va ijodiy qobilyatini rivojlantirish, ilg‘or tajribalarini keng ommalashtirish, kasbiy faoliyatlarida ijodkorlik va sog‘lom raqobat muhitini yaratish maqsadida tashkil etilgan mazkur tanlov barcha hududlarda yuqori saviyada bo‘lib o‘tmoqda. Ma'lumot uchun: “Yilning eng yaxshi tarbiyachisi-2023” kasbiy ko‘rik-tanlovining respublika bosqichi joriy yil sentyabr oyining so'nggi o'n kunligida o'tkazilishi rejalashtirilgan bo‘lib, g‘oliblar 1-oktyabr "Ustoz va murabbiylar kuni" bayrami arafasida taqdirlanadi.
Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumanidagi "Mevazor", “Tepar”, "Bog‘ishamol" MFYlarda mamlakatimiz mustaqilligining 32 yilligi bayrami munosabati bilan yangi maktabgacha ta’lim tashkilotlari qurib bitkazildi va zamonaviy jihozlar bilan ta’minlanib, ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. "Mevazor" MFYdagi tashkilot 120 o‘rindan iborat bo‘lib, 3 milliard 357 million so‘m evaziga barpo etilgan. “Tepar” MFY hududidagi bolalar bog‘chasida olib borilgan kapital ta’mirlash ishlari natijasida MTT binosi zamonaviy ko‘rinish kasb etdi. Qurilish-ta’mirlash ishlariga 3 milliard 756 million so‘m mablag‘ sarflandi. Shuningdek, "Bog‘ishamol" MFYda qurilgan 90 o‘rinli bog‘cha ham foydalanishga topshirildi.
Bugun, 4-sentabr kuni viloyatimizdagi mavjud maktabgacha ta’lim tashkilotlarida “Yangi hayot uchun, yangi O‘zbekiston uchun!” shiori ostida “Salom bog‘cha” tadbirlari ham bo‘lib o‘tdi. Mustaqilligimizning 32 yillik sanasi uyg‘unligida bayromana tarzda tashkil etilgan ushbu tadbirlarda maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilari keng jalb etilishiga alohida ahamiyat qaratildi. Shuningdek, "O‘zbekiston - mening Vatanim" mavzusida ochiq mashg‘ulotlar ham tashkil etilmoqda. Ma’lumot uchun: Ayni paytda viloyatda 1 912 ta maktabgacha ta’lim tashkiloti bo‘lib, ularga 125 675 nafar 3-7 yoshli bolalar qamrab olingan. Bu maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarning 82,2 foizini tashkil etadi.
BatafsilMaktabgacha ta’lim tashkiloti – bolalarga ta’lim-tarbiya berish bilan birga, milliy va umumbashariy bayramlarni tashkil etish orqali ular ongida milliy-an’anaviy qadriyatlarni shakllantirish imkonini ham beradi. Shu kabi tadbirlardan biri - mustaqillik bayramidir. Bugun Toshkent shahridagi maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tashkil etilgan ta’limiy-tarbiyaviy faoliyat va “Salom bogʻcha” tadbirlarida Maktabgacha ta’lim agentligi rahbarlari bilan bir qatorda xodimlar ham ishtirok etdi. Mustaqillik saboqlari “Ilk qadam” davlat oʻquv dasturiga mufoviq, sentabr oyida belgilangan “Oʻzbekiston – mening vatanim” mavzusidan kelib chiqqan holda tashkil etildi.
Mamlakatimizdagi barcha ta’lim tashkilotlarida bo‘lgani kabi maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ham yozgi sog‘lomlashtirish davri o‘z nihoyasiga yetib, yangi o‘quv yili boshlandi. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida davlatimiz mustaqilligining 32 yilligi munosabati bilan "Yangi hayot uchun, Yangi O‘zbekiston uchun!" degan bosh g‘oyani o‘zida mujassam etgan ta’limiy-tarbiyaviy faoliyat va “Salom bog‘cha” tadbirlari tashkil etildi. Yurtimizda yil sayin mustahkamlanib borayotgan bir ajoyib an’anaga ko‘ra, tizim rahbarlarining shaxsan o‘zlari ta’lim maskanlariga yangi o‘quv yilining birinchi mehmoni sifatida tashrif buyurib, mustaqillik haqidagi saboqlarni berishadi. An’anaga muvofiq O‘zbekiston Respublikasining Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining birinchi o‘rinbosari – Maktabgacha ta’lim agentligi direktori A.Shin avval Toshkent shahar Mirobod tumanidagi 389-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotiga, so‘ngra Toshkent shahridagi A.I. Gersen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universiteti filialiga tashrif buyurdi. Mustaqillik saboqlari yakunida tinglovchilarga yurtimizda hukm surayotgan tinch va osuda hayotni asrash, uning mustaqilligi va barqarorligiga munosib hissamizni qo‘shish – har birimizning, shu aziz Vatanda yashayotgan barcha fuqarolarning eng asosiy vazifalaridan bo‘lib qolmog‘i lozimligi ta’kidlandi.
O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Maktabgacha ta’lim agentligi tomonidan Birlashgan Millatlar Tashkilotining Xalqaro bolalar fondi (YUNISEF) hamda Yevropa Ittifoqi hamkorligida “Surxondaryo viloyatida inklyuziv ta'lim, ijtimoiy xizmatlar va huquqiy yordamdan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish” loyihasi amalga oshirilib kelinmoqda. Loyihani amalga oshirishda tashkil etiladigan 10 ta innovatsion inklyuziv koʻp tilli taʼlimga yoʻnaltirilgan muqobil qisqa muddatli maktabgacha taʼlim guruhlarning faoliyati uchun hududiy hokimiyat organlari tomonidan joylar bilan taʼminlash va xodimlarga mahalliy byudjet hisobidan ish haqini toʻlash hamda Xalqaro bolalar fondi (YUNISEF) tomonidan ajratilgan mablagʻlar hisobidan ushbu guruhlarni tashkil etish uchun ajratilgan boʻsh xonalarni taʼmirlash, ularni kerakli boʻlgan jihozlar, oʻquv-didaktik material va oʻyinchoqlar bilan taʼminlash hamda ushbu guruhlarda faoliyat yuritadigan pedagog xodimlarini oʻqitish koʻzda tutilgan. Shuningdek, loyiha Birlashgan Millatlar Tashkilotining Xalqaro bolalar fondi (YUNISEF) hamda Yevropa Ittifoqi hamkorligida Surxondaryo viloyatidagi afg‘on bolalari va ehtiyojmand oilalar farzandlariga maktabgacha ta’lim uchun teng imkoniyatlar yaratish maqsadida inklyuziv ko‘p tilli ta’limga yo‘naltirilgan muqobil guruhlarda ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etishda maktabgacha ta'lim tashkilotlari pedagoglarining kasbiy salohiyatini oshirishga qaratilgan bo‘lib, loyihada belgilangan mezonlar asosida Termiz shahri, Termiz va Muzrabot tumanlardagi maktabgacha taʼlim tashkilotlarida Innovatsion inklyuziv koʻp tilli taʼlimga yoʻnaltirilgan muqobil qisqa muddatli maktabgacha taʼlim guruhlari tashkil etilgan. O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Maktabgacha ta’lim agentligi tomonidan Birlashgan Millatlar Tashkilotining Xalqaro bolalar fondi (YUNISEF) hamda Yevropa Ittifoqi hamkorligida “Surxondaryo viloyatida inklyuziv ta'lim, ijtimoiy xizmatlar va huquqiy yordamdan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish” loyihasini amalga oshirish yuzasidan 2023-yilning 10 -14-sentyabr kunlari Termiz shahrida “Ko‘p tilli muqobil guruhlarda pedagogik yondashuvlar” mavzusida o‘quv-amaliy trening o'tkazilishi rejalashtirilgan. Eslatib o‘tamiz, joriy yilning aprel-may oyi davomida UNICEFning Oʻzbekistondagi vakolatxonasi ta’lim bo‘limi xodimlari, xalqaro ekspert Tereza Gonsales va Maktabgacha taʼlim agentligi vakili ishtirokida Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasida hamkorlik uchrashuvi bo‘lib o‘tgan edi. Uchrashuv davomida viloyatda loyiha bo‘yicha tanlangan maktabgacha ta’lim tashkilotlarida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan amaliy ishlar muhokama qilinib, istiqboldagi rejalar kelishib olinib, xalqaro ekspert Tereza Gonsales va Maktabgacha taʼlim agentligi vakili ishtirokida Surxondaryo viloyatidagi maktabgacha ta'lim tashklilotlariga tashrif buyurilib ko‘zdan kechirildi. Tashrif doirasida loyiha bo‘yicha tanlangan maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktor va metodistlari, hamda tarbiyachilari bilan suhbat o'tkazilib, ota-onalar va mahalla vakillari, jumladan afg‘on jamoatchiligi vakillari bilan uchrashuvlar bo'lib o'tgan edi. Shiningdek, uchrashuvda yig’ilganlarga viloyatda Afg‘onistonlik maktabgacha yoshdagi bolalarni qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshiriladigan ishlar, kelgusidagi rejalar yuzasidan ma’lumot berilib, ustuvor vazifalar belgilangan. Ma’lumot uchun, loyiha 2022-yil 8-sentyabr kuni Surxondaryo viloyatida loyihaning boshlanishiga bag‘ishlangan tadbirda YUNISEFning O‘zbekistondagi vakolatxonasi, Yevropa Ittifoqi, Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi, Surxondaryo viloyat hokimligi hamkorligida viloyatda inklyuziv ta’lim, ijtimoiy xizmatlar va huquqiy yordamdan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish dasturiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi. Unga ko‘ra loyiha 2023-yilning yakuniga qadar davom etadi. Loyiha doirasida mahallalardagi bolalar, yoshlar, oilalar uchun ko‘rsatiladigan ijtimoiy xizmatlarni takomillashtirish maqsad qilingan. Ijtimoiy xizmat xodimlarining salohiyatini kuchaytirishga ham alohida e’tibor qaratiladi. YUNISEF (https://t.me/unicefuzbekistan) faoliyatida dunyo bolalarining huquq va farovonligi ta’minlashni o‘z oldiga maqsad qilgan. Ushbu majburiyatni amaliy harakatlarga aylantirish uchun jahonning 190 mamlakati va hududlarida faoliyat olib boradi. Bu bilan ijtimoiy jihatdan yakkalab qo‘yilgan, alohida etibor va yordamga muhtoj bolalarning manfaatlarini ilgari suradi.
Bugun agentlik binosida davlat mustaqilligining 32 yilligi munosabati bilan «Yangi hayot uchun, Yangi O‘zbekiston uchun!» degan bosh g‘oyani o‘zida mujassam etgan tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbir avvalida O‘zbekiston Respublikasining Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining birinchi o‘rinbosari – Maktabgacha ta’lim agentligi direktori A.Shin so‘zga chiqib, “Mamlakatimizning o‘ttiz ikki yillik tarixiga nazar tashlaydigan bo‘lsak, qisqa davr ichida, ayniqsa uning oxirgi olti yilligida mamlakatimiz ijtimoiy-iqtisodiy hamda siyosiy hayotida tub islohotlar va burilishlar davri bo‘layotganligini sezmoqdamiz. Xususan ta’lim-tarbiya sohasida samarali ishlar amalga oshirilmoqdaki, kelajak avlodni yetuk barkamol shaxs qilib voyaga yetkazish maqsad qilingan. Mana shu qisqa davr mobaynida mamlakatimizning bosib o‘tgan murakkab yo‘lini, uning erishgan muvaffaqiyatlariyu, rivojlanishning sekinlashish davrini eslashimiz va bunda taraqqiyotimiz davomida amalga oshirilgan ishlarga, erishilgan natijalarga xolisona baho berishimiz, ushbu natijalar mohiyati va ahamiyatini keng jamoatchilikka yetkazishimiz va kelajak avlodlarga xaqqoniy qilib yetkazishimiz kerak” – deya ta’kidladi. Shuningdek, A.Shin “Yurtimizga halqimizga barchamizga mustaqillik muborak bo‘lsin” – deya o‘z so‘zini yakunladi. Shundan so‘ng Maktabgacha ta’lim agentligi direktori maslahatchisi X.Buriyev so‘zga chiqdi va quyidagilarni ma’lum qildi: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o‘ttiz ikki yillik bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida"gi qaroriga muvofiq bugun mamlakatimizda Vatanimizning ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy-ma’rifiy hayotida butunlay yangi davrni boshlab bergan unutilmas tarixiy voqea — O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o‘ttiz ikki yillik sanasi «Yangi hayot uchun, Yangi O‘zbekiston uchun!» degan g‘oya negizida baland ruh va ko‘tarinki kayfiyat bilan nishonlanmoqda. Aynan 1991 yil 31 avgust kuni xalqimiz o‘z Vatani, taqdiri va kelajagiga o‘zi egalik qilish huquqini qo‘lga kiritdi. Dunyo xaritasida “O‘zbekiston Respublikasi” degan yangi suveren va mustaqil davlat paydo bo‘ldi. O‘tgan tarixan qisqa vaqt davomida elimizning fidokorona mehnati va qat’iyati bilan milliy o‘zligimiz, qadimiy tariximiz, boy madaniyatimiz, ezgu qadriyat va an’analarimiz qayta tiklandi, davlat va jamiyat hayotining tub asoslari o‘zgarib, mamlakatimiz dunyo hamjamiyatida o‘zining munosib o‘rniga ega bo‘ldi. Qarorda keng ko‘lamli islohotlarimizni izchil davom ettirish, barcha soha va tarmoqlar rivojini yangi bosqichga olib chiqish maqsadida bugungi kunda yurtimizda millati, tili va dinidan qat’i nazar, har bir fuqaro erkin va farovon yashaydigan yangi jamiyat va davlat barpo etilayotganligi alohida qayd qilingan. Chindan ham bugungi kunda mamlakatimiz siyosiy hayotidagi muhim voqealar, xususan, yangilangan Konstitusiyamizning qabul qilinishi el-yurtimiz Yangi O‘zbekistonni, Uchinchi Renessans poydevorini yaratishga qaratilgan islohotlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlab kelayotganini yana bir bor yaqqol tasdiqladi. Tadbir yakunida yurtimizda hukm surayotgan tinch va osuda hayotni asrash, uning mustaqilligi va barqarorligiga munosib hissamizni qo‘shish – har birimizning, shu aziz Vatanda yashayotgan barcha fuqarolarning, davlat yoki jamoat tashkilotida ishlashi, tadbirkor yoki boshqa kasb egasi bo‘lishidan qat’iy nazar, eng asosiy vazifalaridan bo‘lib qolmog‘i lozimligi ta’kidlandi.
Bilim yuksak qadrlanadigan davlat hamisha o‘z maqsadiga erishadiBatafsil: № 167 от 21 августа Правда Востока.pdf
ERTALABKI NONUSHTA Manniy yormasidan olma va mayizli bo‘tqa Sutli kakao Pishloqli buterbrod TUSHLIK Qovurma sho‘rva Karam do‘lma "Vitamin" salati Na’matak kompoti Bug‘doy noni IKKINCHI TUSHLIK Qo‘lbola-xonaki somsa Asal choy Ma’lumot uchun: “Yagona mavsumiy taomnoma” O‘zbekiston Respublikasi Bosh davlat sanitariya vrachining 2021-yil 17-iyuldagi qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tarbiyalanayotgan bolalarni xavfsiz va sifatli ovqatlanishni tashkil etilishiga oid gigiyenik talablar” (SanQvaM 0016-21-son) hamda “Aqlvoy-Oshpaz, bog‘chalar uchun taomlar resepti” to‘plamidan foydalangan holda tuzilgan.
Kuni-kecha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining o‘ttiz ikki yilligi munosabati bilan fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash, adabiyot, madaniyat, san’at sohalari va ommaviy axborot vositalari xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida"gi Farmoniga ko‘ra, maktabgacha ta’lim tizimida faoliyat yuritayotgan xodimlar davlat mukofoti bilan quyidagilar: Tadjibayeva To‘lqinoy Obidjonovna - Oltiariq tumanidagi 19-maktabgacha ta’lim tashkiloti uslubchisi, Farg‘ona viloyati II darajali "Sog‘lom avlod uchun" ordeni bilan; Xudoyberdiyeva Gulbahor Saydahmatovna - Arnasoy tumanidagi 5-maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachisi, Jizzax viloyati "Shuhrat" medali bilan taqdirlandilar.
BatafsilAndijon viloyati hokimi tashabbusi bilan talabalar nafaqat yetarli ko'nikma, tajriba balki mehnatiga yarasha qo'shimcha haq ham olishmoqda. Viloyat hokimi tashabbusi bilan barcha ta'lim tashkilotlarida ta'limning barcha bog'iniga alohida e'tibor doimiy qaratilmoqda. Viloyat hokimi tomonidan viloyatdagi maktabgacha ta'lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilarining xorijiy tillarni o'rganishini rivojlantirishga qaratilgan tashabbus sabab bugungi kunda Andijon davlat chet tillari instituti Maktabgacha va boshlang'ich ta'limda xorijiy til (ingliz tili) yo'nalishi talabalari bilan bir qancha amaliy ishlar olib borilmoqda. Jumladan, ular viloyatdagi maktabgacha ta'lim tashkilotlariga biriktirilib, o'sha tashkilotlarda o'z malakaviy amaliyotlarini o'tash bilan bir qatorda turli pulli xizmat orqali qo'shimcha haq olmoqdalar.
Kelajakda o‘z sohangizning yetuk mutaxassisi, ta’lim sohasining zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini tadbiq qilgan va olgan nazariy bilimlarini bevosita ish joyining o‘zida amaliyot bilan o‘zaro integratsiyasini ta’minlangan holda amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘lishni xoxlaysizmi, unda Sizni respublikamizning pedagogika kollejlariga o‘qishga taklif etamiz. Respublikadagi pedagogika yo‘nalishida kadrlar tayyorlaydigan kollejlarida maktabgacha ta’lim tizimi uchun yuqori malakali, zamonaviy fikrlaydigan, ta’lim va tarbiyaning ilg‘or texnologiyalarini o‘zlashtirgan pedagog kadrlar va mutaxassislarni tayyorlash hamda ular bilan maktabgacha ta’lim tashkilotlarini ta’minlash maqsadida malakali kadrlarga bo‘lgan o‘sib boruvchi ehtiyojlarini qoplash uchun zamonaviy texnika va texnologik tendensiyalarni hisobga olib ehtiyoj yuqori bo‘lgan va turdosh mutaxassisliklar bo‘yicha kadrlar tayyorlanadi. 2023/2024 o‘quv yili uchun Maktabgacha ta’lim agentligi tasarrufidagi 91 ta pedagogika kollejlariga abiturientlarning hujjatlarini qabul qilish joriy yilning 10 sentabrga qadar davom etadi. Pedagogika kollejlariga ta’limning kunduzgi, sirtqi, kechki va dual shakllari bo‘yicha quyidagi kasblar bo‘yicha hujjatlar qabul qilinadi: 1. Maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyachisi; 2. Maktabgacha ta’lim tashkilotlari yordamchi tarbiyachisi; 3. Ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim muassasalarida tarbiyachi; 4. Maktabgacha ta’lim tashkilotlari maishiy masalalar menejeri; 5. Jismoniy tarbiya va sport; 6. Kutubxonashunoslik; 7. Musiqa rahbari; 8. Oshpaz. Abiturientlar hujjatlarini elektron my.uzbmb.uz orqali onlayn qabul qilinadi. Bundan tashqari 2023/2024 o‘quv yilidan boshlab pedagogika kollejlarining maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyachisi kasbi bo‘yicha dual ta’lim shakllariga qabul qilingan o‘quvchilar o‘qishni tamomlab maktabgacha ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha professor-o‘qituvchilarining 30 foizini Koreya Respublikasining Puchon universitetidan yuborilgan yuqori malakali mutaxassislar tashkil topgan Toshkentdagi Puchon universitetiga kirish imtihonlarisiz suhbat orqali 2-kursdan o‘qishini davom ettirishga ega bo‘ladi. Hali bu hammasi emas mazkur “2+2” ta’lim dasturi doirasida o‘qishini tamomlagan bitiruvchilar maktabgacha ta’lim sohasida o‘z karerasini muvaffaqiyatli boshlash uchun Koreya Respublikasining Puchon universitetida 1 yil o‘qishini davom ettirish imkoniyati ham mavjud.
Janubiy Koreyaga rasmiy tashrifning so'nggi kunida A.Shin Osiyo-Tinch okeani xalqaro hamjihatlik ta'lim markazi (ingl. APCEIU) direktori janob Lim Xyon Muk bilan uchrashdi. Kun tartibidagi asosiy masala Toshkent shahrida YUNESKO shafeligida ikkinchi toifali mintaqaviy markaz tashkil etishda APCEIUning konsultativ ko'magi haqida bo'ldi. Uchrashuv davomida janob Lim 2000-yilda APCEIU tashkil etilish tarixi bilan o‘rtoqlashdi, shuningdek, tashkiliy tuzilma, moliyaviy siyosat, loyihalar, xalqaro hamkorlik va global miqyosda ilgari surilgan tashabbuslar haqida to‘liq ma’lumot berdi. APCEIU direktori O‘zbekistonda maktabgacha ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarni yuqori baholadi. U, ayniqsa, Toshkent deklaratsiyasining muhimligini va u kichik yoshdagi bolalarga g‘amxo‘rlik va ta’limni isloh qilish yo‘lida ko‘rsatma va strategiyalar to‘plami ekanligini, Kichik yoshdagi bolalarga ta’lim-tarbiya berish bo‘yicha II Butunjahon konferensiyasi esa O'zbekiston Respublikasining kuchli siyosiy irodasiga dalil ekanini alohida ta’kidladi. APCEIU YUNESKOning dunyodagi yetakchi mintaqaviy markazlaridan biri hisoblanadi. Osiyo-Tinch okeani tashabbuslari va boshqa mintaqaviy, xalqaro va global ta'lim sa'y-harakatlari o'rtasidagi hamkorlik aloqalarini targ'ib qilish va mustahkamlash, xalqaro hamjihatlik va global fuqarolik sohasida falsafa, o'qitish usullari va o'quv dasturlari bilan bog'liq tadqiqot va ishlanmalarni amalga oshirish bo'yicha 23 yildan ortiq tajribaga ega. Uchrashuv so‘ngida janob Lim Xyon Muk markaz bo‘limlari va xodimlari faoliyati bilan yaqindan tanishtirish maqsadida mehmonlarni markaz bo‘ylab ekskursiyaga taklif qildi. Uchrashuv yakunlari boʻyicha tomonlar ikki tomonlama munosabatlarni, shu jumladan, taʼlimni rivojlantirish va BRM-4ga erishishga hissa qoʻshish tashabbusini qoʻllab-quvvatlashga tayyor ekanliklarini bildirdilar.
Xabaringiz bor, O‘zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 32 yilligi munosabati bilan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, Oliy Majlis huzuridagi nodavlat va notijorat tashkilotlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi, “Ma’rifat” targ‘ibotchilar jamiyati va qator tashkilotlar hamkorligida joriy yilining 23-30-avgust kunlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida “Yangi hayot uchun Yangi O‘zbekiston uchun” shiori ostida “Ma’naviyat festivali” o‘tkazilmoqda. Bugun Andijon viloyati Andijon tumanidagi 28-DMTT da "Mening ilk kitob javonim" loyihasi boʻlib oʻtdi. Unda filologiya fanlari nomzodi Olim Toshboyev, Oʻzbekiston davlat sanʼat va madaniyat instituti oʻqituvchisi, kino va teatr aktyori Dilmurod Uzoqov ishtirok etdi. Soʻnggi yillarda davlatimiz tomonidan har bir bolaning sifatli taʼlim olishiga hamda ularning oʻz potensiali va rivojlanishini toʻliq amalga oshirishiga katta ahamiyat berib kelinmoqda. Ushbu moʻjaz kutubxonalar, maktabgacha talim tashkilotlarida 3-6 yoshdagi bolalarning sifatli maktabgacha talim va tarbiya olish imkoniyatlarini kuchaytirish, shuningdek, ota-onalar, aholi va jamoatchilikning bolalarga erta talim berish va oilada erta kitob oʻqishni tashkil etishning ahamiyati toʻgʻrisida xabardor qilish maqsadida tashkil etilmoqda. Kichik kitob javonlari o‘zbek xalq ertaklari, rivoyatlar, hikoyalar va bolalar uchun sheriy to‘plamlar bilan ta'minlandi. Bularning barchasi haqiqiy kutubxonaning modeli sifatida bolalar uchun maxsus tashkil etilgan bo‘lib, kelgusida maktabgacha yoshdagi bolada kutubxonaga borish ehtiyojini tarbiyalash va axborot resurslaridan foydalanish bo‘yicha dastlabki ko‘nikmalarni berishi nazarda tutilgan. Bu kabi saʼy-harakatlar albatta, kelajakda bolajonlarning vatanga sadoqat va muhabbat ruhida tarbiyalashga, ularning har tomonlama mukammal shaxs boʻlib yetishishlari, yurtimiz bayrogʻini yukasakga koʻtarishlariga xizmat qiladi.
Joriy yilning 24 avgust kuni Puchon shahrida "Puchon universiteti - O'zbekiston bilan o'zaro hamkorlikni kengaytirish hamda birgalikda yuksalish uchun salohiyatni mustahkamlash boʻyicha Global forum” o'tkazildi. Tadbirda 100 dan ortiq oliy ta’lim muassasalari rahbarlari, ishlab chiqarish korxonalari vakillari, gubernatorlar hamda mahalliy hokimlar ishtirok etdi. Forumda Puchon universiteti prezidenti Xan Chon Sok, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining birinchi o‘rinbosari – O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim agentligi direktori Agrippina Shin , Kyongido provinsiyasining 1-vitse-gubernatori – O Byon Gvon, Puchon shahri meri - Song Je Xvan, Chaseng tibbiyot fondi raisi -Shin Min Sik tabrik so'zlari bilan chiqish qildilar. A.Shin o‘z nutqida so‘nggi 6 yil davomida maktabgacha ta’lim sohasida erishilgan yutuqlar haqida so'zladi hamda O‘zbekiston Respublikasi va Koreya Respublikasining bu boradagi muvaffaqiyatli hamkorligiga aniq misollar keltirdi. Shu bilan birga, Agentlik direktori forum ishtirokchilariga Toshkent shahridagi Puchon universiteti innovatsion tipdagi universitetga aylangani va kadrlar, ilmiy-uslubiy va axborot-texnologiya vositalari orqali pedagoglar ta’limi milliy tizimini rivojlantirishni ta’minlashga qaratilgan faoliyati haqida ma’lumot berdi. A.Shin o‘z nutqida, shuningdek, 2022-yil 14-16-noyabrda Toshkent shahrida “Kichik yoshdagi bolalarga ta'lim-tarbiya berish bo‘yicha ikkinchi jahon konferensiyasi” bo‘lib o‘tganligi, uning maqsadi barcha bolalarning ta'lim olishga bo'lgan huquqlarini tasdiqlash, kichik yoshdagi bolalarga sifatli ta'lim va tarbiya berish, shuningdek, uni uzluksiz ta'lim va rivojlanishning muhim asosi sifatida e'tirof etish, kichik bolalar bilan bog'liq Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishda a'zo mamlakatlarning yutuqlarini baholash, ilg'or tajriba va innovatsiyalar almashinuvi, ustuvor vazifalar va strategiyalarni aniqlash, erta bolalik ta'limiga investitsiyalarni ko'paytirishdan iborat ekanligini ta’kidladi. O‘z so‘zini yakunlar ekan, A.Shin ikki davlatning muvaffaqiyatli kelajagi faqat strategik sheriklik va ittifoq ruhidagi yaqin hamkorlik asosida bo‘lishi mumkinligiga ishonch bildirdi.
Maktabgacha ta’lim uzluksiz ta’lim tizimining boshlang‘ich bo‘g‘ini bo‘lib, bolaning sog‘lom va mustaqil fikrini shakllantirish, qobiliyatini ro‘yobga chiqarish hamda bilim olishga intilishini rivojlantirish kabi maqsadlar yo‘lida ish olib boradi. Mamlakatimizda 3–7 yoshli bolalarni maktabgacha ta’lim tashkilotlariga qamrab olish borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Bu borada yillar hisobiga nazar tashlasak, 2017-yilda qamrov 27,7 foizni tashkil etgan bo‘lsa, 2018-yili 37,7 foiz, 2019-yili 52,3 foiz, 2020-yili 60,9 foiz, 2021-yili 67,2 foiz, 2022-yili 69,9 foizni, 2023-yilning bugungi kun holatida 72 foizga yetganini ko‘rish mumkin. Bu ko‘rsatkich yildan yilga ortib bormoqda. Shu o‘rinda, 2017-yilda mamlakatimizda 5 ming 211 ta maktabgacha ta’lim tashkiloti mavjud bo‘lgan bo‘lsa, hozir bu ko‘rsatkich 30 ming 792 taga yetgani quvonarli holdir.
A.Shin boshchiligidagi O'zbekiston delegatsiyasi a'zolari Janubiy Koreyaga tashrifining 3-kunida Puchon universitetida bo'ldilar. Puchon universitetiga 1958-yil Xan Hang Gil tomonidan texnika maktabi sifatida asos solingan. Hozirgi kunda universitet hududida ikkita kampus joylashgan: asosiy bino va Koka kampusi. Universitet prorektorlari delegatsiyani 3 ta - Kosmetologik parvarish va dizayn, Aviatsiya xizmati, Sog'lom ovqatlantirish yo'nalishlari faoliyati bilan yaqindan tanishtirdilar. Har bir yo'nalish bo'yicha o'quv jihozlari mukammal ta'minlangan bo'lib, talabalar amaliyotda sinab ko'rishlari uchun mo'ljallangan. Tomonlar bilan muloqot davomida kelgusida Toshkent shahridagi Puchon universitetining filialida Kosmetologiya va Sog'lom ovqatlantirish fakultetlarini ochish rejalashtirilayotgani ma'lum qilindi. Ma'lumot uchun, Toshkent shahridagi Puchon universitetida talabalar Maktabgacha ta’lim, Arxitektura, Koreys tili va menejment, Dietologiya va nutritsiologiya, Axborot texnologiyalari, Elektron biznes, Multimedia va o’yin kontenti yo'nalishlari bo'yicha tahsil olmoqda.
BatafsilAyni paytda viloyatda 1 912 ta maktabgacha ta’lim tashkiloti mavjud bo‘lib, ularning 484 tasi davlat, 98 ta davlat xususiy sheriklik, 21 ta xususiy, 1 309 ta oilaviy maktabgacha ta’lim tashkiloti sifatida faoliyat olib bormoqda. 2023-yilning birinchi yarim yilligida 4 ta davlat xususiy sheriklik, 2 ta oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarini tashkil etish va 6 ta davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarini rekonstruksiya qilish hisobidan 5 633 nafar 3-7 yoshli bolalar qamrab olinib, qamrov ko‘rsatkichi 82,2 foizga yetkazildi. Tarbiyalanuvchilarning 78 808 nafari davlat, 46 867 nafari nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga jalb qilingan. Shuningdek, viloyat bo‘yicha 6 yoshli bolalar soni 38 122 nafarni tashkil qilib, shundan 35 281 nafari (92,5 foiz) maktabgacha ta’limga qamrab olingan. 2023-yil yakuniga qadar maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarni qamrab olish ko‘rsatkichini 85 foizga oshirish ko‘zda tutilgan. Bu borada, Gʻijduvon tumanidagi “Yangi O‘zbekiston” massivida 180 o‘rinli 1 ta yangi davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti qurilish ishlarini yakunlash va foydalanishga topshirish, shuningdek, 5 ta davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarini rekonstruksiya qilish,700 o‘rinli 7 ta Davlat xususiy sheriklik asosida nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari, 5 600 o‘rinli 160 ta oilaviy bog‘chalar tashkil etish hamda hududlardagi qamrab olinmagan 6 yoshli 4 883 nafar bolalarni quvvatidan past ishlayotgan guruhlar hamda 32 ta yangi bir yillik majburiy bepul tayyorlov guruhlar tashkil etish rejalashtirilgan. 2023 yilda Investisiya dasturlari doirasida jami 22,5 mlrd.so‘m mablag‘ hisobiga 7 ta (2 ta yangi qurilish, 4 ta rekonstruksiya, 1 ta mukammal) maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ta’mirlash ishlari amalga oshirilmoqda. Ushbu ob’yektlarda to‘liq qurilish-ta’mirlash ishlari yakunlansa, 700 dan ortiq 3-7 yoshli maktabgacha ta’lim yoshdagi bolalarni qamrab olishga erishiladi. Manba: https://telegra.ph/bvmmtbuz-08-21
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamda Maktabgacha taʼlim agentligidan iborat delegatsiya bolalar bogʻchalarini amaliy oʻrganish uchun Janubiy Koreya Respublikasiga keldi. Delegatsiya a’zolari “Prime Chonoa” va “Xonul” xususiy bog‘lariga o’rganish uchrashuvlarini uyushtirdilar. Tashrif davomida mazkur tashkilot asoschisi janob Kang Vang Shik delegatsiyani ta’lim tashkiloti faoliyati bilan yaqindan tanishtirdi, xususan bog'chadagi ta'lim jarayonlari, litsenziyalash faoliyati va davlat tomonidan moliyalashtirish mexanizmi haqida ma’lumot berildi, xamda delegatsiya a’zolari tomonidan sog'lom ovqatlanishni tashkil etish va oziq-ovqat bloklarini texnik jihozlashga alohida qiziqish bildirildi.
Agentlik tasarrufidagi pedagogika kollejlarida quyosh panellarini oʻrnatish ishlari qanday kechmoqda? O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 16-fevraldagi PQ-57-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida, Xonqa pedagogika kolleji byudjetdan tashqari mablag‘lar hisobidan umumiy quvvati 30 kVt bo‘lgan quyosh panellari sotib olinib o‘rnatildi. O‘rnatilgan quyosh panellaridan ishlab chiqarilgan elektr energiyasi kollej ehtiyojlarini (iste’molini) to‘liq qo'plab, ortgan elektr energiyasi har oy davomida yagona elektr energetika tizimiga uzatilib iste’mol qilingan elektr energiyasi hajmining hisobi «Hududiy elektr tarmoqlari» AJ billing tizimida yuritilib, har oy yakuni bilan tarmoqqa uzatilgan va iste’mol qilingan elektr energiyasi hajmi o‘rtasidagi tafovutga asosan o‘zaro hisob-kitob qilinib kelinmoqda. Ana shunday ishlarning davomi sifatida Namangan pedagogika kollejida ham quyosh paneli o‘rnatilib jami 30 kVt li Yashil enegiya ishga tushirildi. Bugungi kunda agentlik tasarrufidagi 32 ta pedagogika kollejlari quyosh panellari 4 tasida quyosh suv isitkichlari o‘rnatilgan. Yil yakuniga qadar yana 12 ta pedagogika kollejlarida quyosh panellari va quyosh suv isitgichlari o‘rnatish rejalashtirilgan. Mamlakatimizda qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish avvalo, energetik va ekologik xavfsizlikni ta’minlash hamda elektr energiyasi ehtiyojlarini to‘liq yaxshilashga imkon beradi.
Mamlakatimizda 3–7 yoshli bolalarni maktabgacha ta’lim tashkilotlariga qamrab olish borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Bu borada yillar hisobiga nazar tashlasak, 2017-yilda qamrov 27,7 foizni tashkil etgan bo‘lsa, 2018-yili 37,7 foiz, 2019-yili 52,3 foiz, 2020-yili 60,9 foiz, 2021-yili 67,2 foiz, 2022-yili 69,9 foizni, 2023-yilning bugungi kun holatida 72 foizga yetganini ko‘rish mumkin. Bu ko‘rsatkich yildan yilga ortib bormoqda. Shu o‘rinda, 2017-yilda mamlakatimizda 5 ming 211 ta maktabgacha ta’lim tashkiloti mavjud bo‘lgan bo‘lsa, hozir bu ko‘rsatkich 30 ming 792 taga yetgan.
Maktabgacha ta’lim agentligida AQSH qishloq xo‘jaligi agentligining “Bolalar taʼlimi uchun MakGovern-Doul xalqaro oziq-ovqat dasturi” doirasida Mehribonlik korpusi (Mercy corps) xalqaro nodavlat notijorat tashkilotining O‘zbekistondagi vakillari bilan uchrashuv bo'lib o'tdi. Uchrashuvda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining birinchi o‘rinbosari – Maktabgacha ta’lim agentligi direktori A.V. Shin “Mercy Corps”ning O'zbekistondagi vakillari bilan mazkur dasturni amalga oshirish masalalarini muhokama qildilar. Suhbat davomida vakillar bugungi kunga qadar loyihaning amalga oshirilishi bo‘yicha hisobotni taqdim etdi. Ta’kidlanganidek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Surxondaryo viloyatidagi davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarining umumiy ovqatlanish shoxobchalari, sanitariya-gigiyena obyektlari infratuzilmasi, suv ta’minoti yaxshilandi, suv filtrlash uskunalari o‘rnatildi. Kelgusida, Surxondaryo viloyati va Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi yana 234 ta DMTTda ta’mirlash ishlari rejalashtirilgani ma’lum qilindi. AQSh Qishloq xo'jaligi vazirligining 160 ta DMTTni oziq-ovqat bilan ta'minlash komponenti doirasida mamlakatga 20 tonna kungaboqar yog'i, 80 tonna bug'doy uni, 40 tonna no'xatdan iborat gumanitar yuk keladi. Shunigdek, loyiha doirasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan baholash ishlarini tashkil etish boʻyicha oʻzaro hamkorlik masalalari, shuningdek, davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari uchun oshpazlar tayyorlash markazini ochish va belgilangan muddatlarda zarur texnologik jihozlar bilan taʼminlash masalalari koʻrib chiqildi. Eslatib o‘tamiz, “Bolalar taʼlimi uchun MakGovern-Doul xalqaro oziq-ovqat dasturi” ni amalga oshirish bo‘yicha memorandum 2021-yil 27-iyulda imzolangan.
Kuni kecha Toshkent shahridagi Puchon universitetida bakalavriat yo‘nalishini tamomlagan bitiruvchilarga diplom topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu yil talabalar universitetni "Maktabgacha ta’lim" (141 nafar), "Menejment va koreys tili" (85 nafar), "Arxitektura" (86 nafar) yo'nalishlari bo'yicha muvaffaqiyatli tamomladilar. Bitiruvchilarni tabriklash uchun tadbirga ko‘plab oliy martabali mehmonlar - Koreya Respublikasining O‘zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va muxtor elchisi janob Kim Xi Sang, elchixonaning ta'lim bo'yicha birinchi kotibi Pek Seung Xi, Toshkentdagi Sejong instituti direktori Xo Song Xyun, Maktabgacha taʼlim agentligi direktori Agrippina Shin, direktorning birinchi o'rinbosari Farruh Boboyev hamda o'rinbosar Oyatillo Rahmatillayev, Koreya madaniyat markazlari uyushmasi raisi, Oliy Majlis deputati Viktor Pak, A. I. Gertsen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universitetining Toshkent shahridagi filiali direktori Sergey Barchenko tashrif buyurishdi. Tantanavor va ko'tarinki ruhda o'tgan marosimda mehmonlar o'zlarining hayotiy va kasbiy tajribalari bilan o‘rtoqlashdilar, O‘zbekiston Respublikasining jahon miqyosida rivojlanish istiqbollari haqida so'z yuritdilar. Iqtidorli talabalarga diplom va esdalik sovg‘alari topshirildi.