Yangiliklar
Maktabgacha ta'lim agentligi
“Zukko Bolajon” Qashqadaryoda

Bugun Qashqadaryoda davom etayotgan "Yoshlar oyligi" doirasida Qarshi shahridagi 16-sonli DMTT'da Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi, Oliy Majlis huzuridagi nodavlat va notijorat tashkilotlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi, O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Maktabgacha ta'lim agentligi hamda "Ma'rifat" targ‘ibotchilar jamiyati hamkorligida tayyorlangan "Zukko bolajon" kitob-albomi taqdimoti boʻlib oʻtdi.  Tadbir “Zukko Bolajon!” fotoko‘rgazmasi hamda milliy qadriyatlarimiz aks etgan ko‘rgazmali namoyishlar bilan boshlandi. Tadbirda Maktabgacha taʼlim agentligi boʻlim boshligʻi Kamola Riskulova, "Maʼrifat" targʻibotchilar jamiyati aʼzolari: yuridik fanlari doktori, professor Feruza Muhitdinova, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artistlar Mehmonali Salimov va Dilfuza Rahimova ishtirok etdi. Taqdimot davomida bolajonlar ijrosidagi sheʼrlar, kuy-qoʻshiq va raqslar barchaga manzur boʻldi. So‘zga chiqqanlar, “Zukko Bolajon!” fotoalbomi ertamiz egalarining ma’naviy kamol topishida muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidlab o‘tishdi. “Zukko Bolajon!” fotoalbomi mamlakatimizdagi 17 nafar fan arboblari, adabiyot, san’at, madaniyat namoyandalari, olimlar, shoir-yozuvchilar va sportchilar tomonidan ma’naviy-axloqiy tarbiyani rivojlantirishga hissa qo‘shadigan xulosalar asosida to‘ldirilib, 100 dan ortiq lavhalar bilan boyitildi.  Ushbu fotoalbom ilk bilim va tarbiya maskanlari – maktabgacha ta’lim tashkilotlaridagi bolalarda ijtimoiy motivlarni uyg‘otish, badiiy-estetik didni shakllantirish, intellektni rivojlantirish, kundalik turmushdagi qoidalarini o‘rgatish, yaqinlarga g‘amxo‘rlik qilish, o‘z tuyg‘ularini boshqarish kabi fazilatlarni o‘rgatishga xizmat qiladi.  Tadbir davomida bolajonlar tomonidan musiqiy chiqishlar, yangragan kuy-qo‘shiqlar bolajonlarga xush kayfiyat bag‘ishladi. Ayniqsa, bolajonlar ijrosidagi milliy kuy-qo‘shiqlar barchaga manzur bo‘ldi. Ma'lumot uchun shu kunga qadar nogironligi bo‘lgan bolalar, ijtimoiy himoyaga muhtoj oila farzandlari uchun ham “Ma’naviyat festivali” doirasida “Ma’rifat tur”, “Baxtli bolalik”, “Zukko Bolajon” loyihalari amalga oshirildi. Loyihalar doirasida 4 ming nafardan ziyod bola qamrab olindi. Shuningdek, joriy yilda ham hududlarda bu kabi tadbirlarni davom ettirish rejalashtirilgan.

Batafsil
Maktabgacha ta'lim agentligi
Namunaviy o‘quv reja va o‘quv dasturlarini ishlab chiqish bo‘yicha takliflar ko‘rib chiqildi

Maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish institutida Maktabgacha ta’lim agentligi mutaxassislari, Toshkent shahridagi Puchon universiteti, A.I.Gersen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universitetining Toshkent shahridagi filiali, Toshkent va O‘rta Chirchiq pedagogika kollejlarining rahbar va mutaxassislari ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda pedagogika kollejlarining namunaviy o‘quv reja va o‘quv dasturlarini ishlab chiqish bo‘yicha takliflar ko‘rib chiqildi.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Hamkorlik uchrashuvi

Bugun Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining birinchi oʻrinbosari – Maktabgacha taʼlim agentligi direktori A. Shin Samarqandda boʻlib oʻtayotgan Turkiy davlatlar tashkilotiga aʼzo mamlakatlar taʼlim vazirlarining 7-yigʻilishi doirasida, Qirgʻiziston Respublikasi taʼlim va fan vaziri oʻrinbosari A. Risboyeva bilan uchrashdi. Tomonlar ikki mamlakat taʼlim sohasini rivojlantirish boʻyicha fikr va tajriba almashdilar, maktabgacha taʼlim sohasidagi Oʻzbekiston-Qirgʻiziston hamkorligining istiqbolli yoʻnalishlarini belgilab oldilar. Muloqot konstruktiv ruhda o‘tdi.

Maktabgacha ta'lim agentligi
"ZUKKO BOLAJON" BUXORODA

30-iyun -“Yoshlar kuni” munosabati bilan Buxoro viloyati Vobkent tumanidagi 22-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida “Yangi O'zbekiston – yoshlari birlashaylik!” shiori ostida “Yoshlar oyligi” doirasida "Zukko Bolajon" fotoalbomi taqdimotiga bag‘ishlangan badiiy-musiqali bayram tadbiri bo’lib o’tdi. Maktabgacha ta’limi agentligi hamkorligida Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, Oliy majlis huzuridagi nodavlat va notijorat tashkilotlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi, “Ma’rifat” targ‘ibotchilar jamiyati tomonidan tashkil etilgan tadbir,  “Zukko Bolajon!” fotoko‘rgazmasi hamda milliy qadriyatlarimiz aks etgan ko‘rgazmali namoyishlar bilan boshlandi.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri Hilola Umarova Surxondaryodagi maktabgacha ta'lim tashkilotida bo’ldi

Bugun Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri Hilola Umarova Surxondaryo viloyatining Termiz shahrida faoliyat olib borayotgan "Волшебный замок" maktabgacha ta'lim tashkiloti faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Ayni kunda 360 nafar tarbiyalanuvchi ta'lim-tarbiya olayotgan mazkur ta'lim tashkilotini aholi talabidan kelib chiqib 1000 o'rinli qilib kengaytirish ko'zda tutilmoqda. Shu bois tadbirkor tomonidan ta'lim tashkilotiga kelgusida 640 o'rinli yangi bino qurilishini boshlash orqali jami 1000 nafar bolani qamrab olish taklifini bildirdi.  Vazir ushbu taklifini qo'llab-quvvatlab, bino qurilishi ko'zda tutilgan yer maydonini ham ko'zdan kechirib, o'zining zarur taklif tavsiyalarini berdi. Vazirning Surxondaryo viloyatiga xizmat safari davom etmoqda.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Farg'onada "Bebbo" mobil ilovasini tizimga joriy etish yuzasidan o'tkazilgan o'quv-amaliy seminarlarida 900 nafardan ziyod tizim xodimlari ishtirok etdi

Farg'ona viloyati shahar va tumanlarida Maktabgacha ta’lim agentligi tasarrufidagi “Bilim Makon” Innovatsion markazi hamda BMTning “YUNISEF” Bolalar fondi bilan hamkorligidagi "Bebbo" nomli mobil ilovani tizimga joriy etish yuzasidan o'quv-amaliy seminarlari bo'lib o'tdi.  Joriy yilning 5-9-iyun kunlari bo'lib o'tgan mazkur seminarning yakuni Qo'qon shahridagi Pedagogika kollejida bo'lib o'tdi. Unda Qo'qon shahri va atrof tumanlardagi maktabgacha ta’lim tashkilotlarida faoliyat yuritib kelayotgan metodistlar ishtirok etdi.  Seminarda ishtirokchilarga O‘zbekiston Respublikasi uchun moslashtirilgan “Bebbo” mobil ilovasini tizimda qo'llash, uning afzalliklari, ilova ichiga joylashtirilgan onlayn boshqarish funksiyalarini ishlatish haqida batafsil ma'lumotlar berildi. Shuningdek, seminar ishtirokchilari bolakadem.uz platformasidan foydalanish yuzasidan ham qo'shimcha bilimlarga ega bo'ldi.   Besh kun davom etgan mazkur o'quv-amaliy seminarlarda Farg'ona viloyatidagi maktabgacha ta'lim tashkilotlarida faoliyat olib borayotgan 900 nafardan ziyod tizim xodimlari ishtirok etdilar.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyada kimlar ma'ruza qildi?

Avvalroq xabar berganimizdek, joriy yilning 9-10-iyun kunlari Toshkent shahridagi Maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish institutida “Maktabgacha ta’lim sifatini oshirish tendensiyalari: innovasiya, ta’lim, tajriba va kadrlar tayyorlash” mavzusidagi Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o‘z ishini boshladi.  Maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti hamda Toshkent shahridagi Puchon universiteti bilan hamkorlikda bo‘lib o‘tayotgan ushbu xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyaning birinchi kunida Hindistonning O‘zbekistondagi elchisi Manish Prabhat, Adigey Davlat Universiteti dotsenti, pedagogika fanlari doktori Burkova Lyubov Leonidovna, AQSHning Texas universiteti professori Raviprakash G.Dani,  Toshkent shahridagi Puchon universiteti “Maktabgacha ta’lim” kafedrasi professori Hvang Eun Jin, Toshkent shahridagi Puchon universiteti “Dietologiya va nutritsologiya”  kafedrasi mudiri, professori, Toshkent shahridagi Puchon universiteti rektori, pedagogika fanlari doktori, professor Nam Viktor Veniaminovich, Xalqaro pedagogika fanlari akademiyasi akademigi, pedagogika fanlari doktori, professor Kadirova Fatima Rashidovna, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya univeositeti professori, siyosiy fanlar doktori O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati ayollar va gender tengligi masalalari bo‘yicha qo‘mita eksperti Sultanova E’tibor Siddikovna, O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining birinchi o‘rinbosari - Maktabgacha ta’lim agentligi direktori Agrippina Shin Vasilevna, Maktabgacha ta’lim agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari Boboyev Farrux Ahmedjanovich, Maktabgacha ta’lim agentligi Ta’lim sifatini baholash va monitoring boshqarmasi boshlig‘i Grosheva Irina Vladimirovnalar o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etishdi.  Shuningdek, anjumanga 500 dan ortiq Respublikamizdan Oliy ta’lim muassasalari va pedagogika kollejlari, maktabgacha ta’lim kafedralari o‘qituvchilari; maktabgacha ta’lim boshqaruv organlari rahbarlari va mutaxassislari; maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktor, metodist va pedagog kadrlari; ilmiy xodimlar, doktorantlar, mustaqil tadqiqotchilar va magistrantlar taklif qilingan. Yalpi yig‘ilishdan so‘ng shoʻbalar kesimida ma’ruzalar yetuk mutaxassislar tomonidan davom ettirildi.

Batafsil
Maktabgacha ta'lim agentligi
Toshkentda “Maktabgacha taʼlim sifatini oshirish tendensiyalari: innovatsiya, taʼlim, tajriba va kadrlar tayyorlash” mavzusidagi Xalqaro ilmiy-amaliy onlayn konferensiya bo’lib o’tmoqda.

Ayni damda Maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish institutida “Maktabgacha taʼlim sifatini oshirish tendensiyalari: innovatsiya, taʼlim, tajriba va kadrlar tayyorlash” mavzusidagi Xalqaro ilmiy-amaliy onlayn konferensiya bo’lib o’tmoqda. Konferensiyada Amerika, Hindiston, Janubiy Koreya, Rossiyadan maktabgacha ta’lim tizimida samarali ish olib borayotgan professorlar o‘z ma’ruzalari bilan faol ishtirok etishmoqda. Anjumanda 500 dan ortiq Respublikamizdan Oliy taʼlim muassasalari va pedagogika kollejlari, maktabgacha taʼlim kafedralari oʻqituvchilari; maktabgacha taʼlim boshqaruv organlari rahbarlari va mutaxassislari; maktabgacha taʼlim tashkilotlari direktor, metodist va pedagog kadrlari; ilmiy xodimlar, doktorantlar, mustaqil tadqiqotchilar va magistrantlar taklif qilinqan.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Agentlik xodimlariga yangi tahrirdagi Mehnat kodeksida mavjud o'zgarishlar va yangi normalar haqida tushunchalar berildi

Bugun Maktabgacha ta’lim agentligida O'zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi Mehnat muhofazasi bo'limi boshlig‘i A.Xudoynazarovning  "Yangi tahrirdagi Mehnat kodeksida mavjud o'zgarishlar va yangi normalar" mavzusidagi  ma’ruzasi tinglandi. Shuningdek, ma’ruza davomida eski tahrirdagi Mehnat kodeksi  va yangi tahrirdagi Mehnat kodeksi o'rtasidagi  tafovutlar va kiritilgan yangiliklar haqida tushuncha berildi. Uchrashuv yakunida agentlik xodimlari mavzu doirasidagi o'zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar olishdi.    

Maktabgacha ta'lim agentligi
Agentlikda navbatdagi huquqiy savodxonlik soati oʻtkazildi

2023-yil 9-iyun kuni Maktabgacha taʼlim agentligi markaziy apparati xodimlari uchun navbatdagi huquqiy savodxonlik soati oʻtkazildi. Huquqiy savodxonlik soati yakunida Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi tomonidan tayyorlangan haftaning muhim voqealari hamda davlat xizmatchilari uchun dolzarb mavzular haqida maʻlumot berib boruvchi "Siyosiy-ma'rifat soati"  namoyish etildi.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Farg‘onadagi maktabgacha ta’lim tashkilotlarida yozgi sog‘lomlashtirish mavsumi boshlandi

Farg‘ona viloyatidagi maktabgacha ta’lim tashkilotlarida yozgi sog‘lomlashtirish tadbirlari katta uyushqoqlik bilan o‘tkazilmoqda. Bolalar yoz mavsumini sevimli ta’lim dargohlarida maroqli va mazmunli o‘tkazishlari uchun ta’lim tashkilotlaridagi xodimlar ham bor bilim va mahoratini ishga solib, o‘g‘il-qizlarga xush kayfiyat ulashmoqda.     Yozyovon tumanidagi maktabgacha taьlim tashkilotlarida yozgi sog‘lomlashtirish oyligida tarbiyalanuvchilar uchun tarbiyachilar tomonidan ertaklar saxnalashtirilganligi shu kuni mazkur ta’lim dargohidagi bolajonlar uchun unutilmas voqelik bo‘ldi. Ular o‘zlarining sevimli ertak qahramonlarini ustozlari, tarbiyachilari timsolida ko‘rib zavq va shavqqa to‘ldilar.  Eslatib o‘tamiz, Yozyovondagi maktabgacha ta’lim tashkilotlarida yozgi sog‘lomlashtirish oyligi tadbirlariga puxta tayyorgarlik ko‘rilgan bo‘lib, bu bo‘yicha belgilangan barcha chora-tadbirlar o‘z vaqtida amalga oshirilmoqda.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalar qamrovi ortmoqda

  Bugungi kunda Surxondaryo viloyatidagi 3-7 yoshgacha boʼlgan bolalar soni 255 ming 705 nafarni tashkil etadi.  Viloyatda mavjud 450 ta davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida 94 ming 131 nafar, davlat xususiy sherikchilik asosidagi 158 ta maktabgacha taʼlim tashkilotlarida 12 ming 423 nafar, 1871 ta oilaviy bogʼchalarda 49 ming 41 nafar hamda 10 ta xususiy bogʼchalarda 603 nafar 3-7 yoshdagi bolalar qamrab olingan.  Umimiy hisobda viloyatda 2 ming 489 ta maktabgacha taʼlim tashkilotlarida 156 ming 198 nafar 3-7 yoshdagi bolalar tarbiyalanayotgan boʼlib, umumiy qamrov darajasi 61,1 foizni koʼrsatmoqda.  

Maktabgacha ta'lim agentligi
Norin tumanidagi maktabgacha ta’lim tashkilotiga homiylik ishlari amalga oshirildi

Video - Namangan viloyatining Norin tumanidagi 29-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida homiylar tomonidan xayrli ishga qo‘l urilib, bolajonlar ta’lim – tarbiya olayotgan maskanning qiyofasini yaxshilash, infratuzilmasini rivojlantirish maqsadida 30 tonna asfalt sarflanib, 415 m2 maydon asfaltlandi.  8 ta guruhga televizorlar olib berilib, tashkilotning old fasad qismi to‘liq bo‘yoqdan chiqarildi. Bu kabi amaliy ishlar ertamiz egalarining sog‘lom unib-o‘sishi va maktabgacha ta’lim tashkiloti infratuzilmasining yaxshilanishiga yanada keng imkoniyatlar yaratadi.  

Maktabgacha ta'lim agentligi
Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni arafasida Buxoroda 62 ta maktabgacha ta'lim tashkiloti foydalanishga topshirildi

 Buxoroda 62 ta maktabgacha ta'lim tashkiloti foydalanishga topshirildi Jumladan: Buxoro tumanida 5 ta (oilaviy); Vobkent tumanida 6 ta (DMTT va oilaviy) G'ijduvon tumanida 10 ta (oilaviy); Jondor tumanida 6 ta (oilaviy); Kogon tumanida 6 ta (DMTT va oilaviy); Olot tumanida 1 ta (DMTT) Qorako'l tumanida 6 ta (DMTT va oilaviy) Peshku tumanida 12 ta (DXSH va oilaviy); Romitan tumanda 6 ta (DMTT); Shofirkon tumanida 4 ta (DXSH va oilaviy). Buning natijasida  viloyatdagi 3-7 yoshli bolalarning yana 2 625 nafari qamrab olindi. Ma'lumot uchun: viloyatda 3-7 yoshdagi bolalar soni 152 893 nafarni tashkil etib, shundan 121 610 nafari (79,5%) maktabgacha ta’lim bilan qamrab olingan.

Batafsil
Maktabgacha ta'lim agentligi
Maktabgacha ta'lim agentligida xalqaro uchrashuv bo'lib o'tdi

Maktabgacha ta'lim agentligida 2023-yil 6-iyun kuni agentliк direktori o'rinbosari N. X. Muslitdinovning DXSH boshqarmasi direktori Janob Takeo Koike boshchiligidagi Osiyo taraqqiyot banki (OTB) missiyasi bilan uchrashuvi bo'lib o'tdi. Ushbu uchrashuv davomida tomonlar O'zbekiston Respublikasi bo'ylab maktabgacha ta'lim tashkilotlarini qurish va rekonstruktsiya qilishga qaratilgan istiqbolli loyiha bo'yicha tayyorgarlik ishlarining borishini muhokama qildilar. Uchrashuv DXSH shaklidagi loyihalarni amalga oshirish sohasidagi milliy va xorijiy ekspertlar ishtirokida konstruktiv tarzda o'tkazildi. Shuningdek, qo'shma loyihani texnik va huquqiy qo'llab-quvvatlash, uni amalga oshirish mexanizmlari bo'yicha fikr almashildi, shuningdek tomonlar kelishuvlarni amalga oshirish bo'yicha keyingi qadamlarni belgilab oldilar. Uchrashuv yakunida tomonlar samarali hamkorlikni davom ettirishga qiziqish bildirishdi.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Xorazmda OAV vakillari uchun press-tur o‘tkazildi

Xorazm viloyatidagi maktabgacha ta’lim tashkilotlarida OAV vakillari uchun press-tur tashkil etildi.  Press-turdagi 1-manzil Xiva shahridagi 15-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti bo‘ldi. 2-manzil esa viloyatning Gurlan tumanidagi “Lolaxon-Zuhraxon” MCHJga qarashli davlat-xususiy sheriklik asosidagi nodavlat  maktabgacha ta’lim tashkiloti bo‘ldi. Ma’lumot uchun: Bugungi kunda Xorazm viloyatida jami 1 735 ta maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyat ko‘rsatayotgan bo‘lib, shundan, 363 tasi davlat, 91 tasi davlat-xususiy sherikchilik asosida, 7 tasi xususiy hamda 1 274 tasi oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari hisoblanadi. Viloyatda 3-7 yoshdagi bolalar jami 153 976 nafar bo‘lib, ularning 121 311 nafari (78.3 %i)  qamrab olingan.  Shundan, 76 040 nafari (49.4%) davlat, 431 nafari (0,3%) xususiy,  9 545 nafari (5,3%) DXSH asosidagi, 30 967 nafari (20,0%) oilaviy MTT larda tarbiyalanmoqda. VIDEO   

Maktabgacha ta'lim agentligi
”Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Qonun imzolandi.

Saylov kodeksiga oʻzgartirishlar kiritildi ”Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Qonun (OʻRQ–838-son, 06.05.2023-y.) Prezident tomonidan imzolandi. Jumladan, “Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari toʻgʻrisida”gi Qonunga kiritilgan oʻzgartirishga koʻra: Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari davlat hokimiyati organlari tizimiga kirmaydi hamda mahalliy ahamiyatga molik masalalarni fuqarolarning manfaatlaridan, rivojlanishning tarixiy oʻziga xos xususiyatlaridan, shuningdek milliy qadriyatlardan, mahalliy urf-odatlar va anʼanalardan kelib chiqqan holda, qonunga muvofiq mustaqil ravishda hal etishga haqli. Oʻzbekiston Respublikasining Saylov kodeksiga kiritilgan oʻzgartirishlarga koʻra: ogʻir yoki oʻta ogʻir jinoyatlar sodir etganligi uchun sudlanganlik holati tugallanmagan yoxud sudlanganligi olib tashlanmagan fuqarolar Viloyat, tuman, shahar, okrug va uchastka saylov komissiyasi aʼzosi boʻlishi mumkin emas; Prezident muddatidan ilgari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini tayinlagan taqdirda, saylov ushbu Kodeksga toʻliq muvofiq holda 2 oy ichida oʻtkaziladi. Bunda saylovga tayyorgarlik koʻrish hamda uni oʻtkazishga doir tadbirlarni amalga oshirish muddatlari Markaziy saylov komissiyasi tomonidan belgilanadi; Qonunchilik palatasi Prezident tomonidan tarqatib yuborilgan taqdirda, Qonunchilik palatasi deputatlarining saylovi ushbu Kodeksga toʻliq muvofiq holda 3 oy ichida oʻtkaziladi. Qonunchilik palatasi tomonidan oʻzini oʻzi tarqatib yuborish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan taqdirda, Qonunchilik palatasi deputatlarining saylovi ushbu Kodeksga toʻliq muvofiq holda 2 oy ichida oʻtkaziladi. Senat Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tarqatib yuborilgan taqdirda, Senat aʼzolarining saylovi ushbu Kodeksga toʻliq muvofiq holda 3 oy ichida oʻtkaziladi. Senat tomonidan oʻzini oʻzi tarqatib yuborish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan taqdirda, Senat aʼzolarining saylovi ushbu Kodeksga toʻliq muvofiq holda 1 oy ichida oʻtkaziladi. 838.pptx

Maktabgacha ta'lim agentligi
So‘x tumanida yangi davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti foydalanishga topshirildi

Qayd etish lozim, oxirgi ikki yilda So‘x tumanida bolalarni maktabgacha ta’lim tashkilotlariga bo‘lgan qamrovi darajasi 35 foizdan 76 foizgacha ko‘rtarildi.  Prezidentimizning 2020 yil 8 avgust kuni qabul qilgan 4798-sonli qarori asosida qurib bitkazilgan majmua 180 o‘ringa mo‘ljallangan. Tashkilot qo‘shma tipdagi (4 ta guruh umumiy tipdagi (120 o‘rin) va 4ta guruh aqliy va ruhiy rivojlanishida nuqsoni bor bolalar uchun (60 o‘rin) mo‘ljallangan.   Mazkur davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti tumanning "Hazrati Ali" MFYda qurib bitkazildi va 1 iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kunida foydalanishga topshirildi. Tadbirda Tojikiston Respublikasining O‘zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va muxtor elchisi Abdujabbor Rahmonzoda, So‘x tumani hokimligi, sektor rahbarlari, keng jamoatchilik hamda viloyat maktabgacha ta’lim tizimi rahbariyati ishtirok etdi.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni arafasida Qashqadaryoda 35 ta bog‘cha ochilib, foydalanishga topshirildi.

Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni arafasida Qashqadaryoda 35 ta bog‘cha ochilib, foydalanishga topshirildi.  Jumladan: -Shahrisabz shahrida 2 ta (oilaviy); -Qarshi shahrida 3 ta (oilaviy); -Gʻuzor tumanida 1 ta (DXSH); -Dehqonobod tumanida 4 ta (DMTT va oilaviy) -Qamashi tumanida 5 ta (oilaviy); -Koson tumanida 1 ta (DXSH); -Kasbi tumanida 2 ta (oilaviy); -Kitob tumanida 3 ta (DMTT); -Mirishkor tumanida 4 ta (oilaviy) -Muborak tumanida 1 ta (oilaviy); -Nishon tumanida 3 ta (DMTT va oilaviy); -Shahrisabz tumanda 3 ta (DMTT); -Ko‘kdala tumanida 3 ta (DMTT). Shunga asosan viloyatdagi 3-7 yoshli bolalarning 1850 nafari qamrab olindi. Viloyatda 3-7 yoshdagi bolalar soni 308 364 nafarni tashkil etib, shundan 164 563 nafari (54,6%) maktabgacha ta’lim bilan qamrab olingan.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Xalqaro bolalar kunida yangi bog‘chaning ochilishi bo‘lib o‘tdi

Bugun Toshkent viloyati, Toshkent tumani “Xasanboy” MFY hududida 560 o‘rinli 9-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti  foydalanishga topshirildi.  Tashkilotning ochilish marosimiga O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining birinchi o‘rinbosari - Maktabgacha ta’lim agentligi direktori A.Shin hamda Toshkent viloyati hokimi Z.Mirzayev ishtirok etishdi. Ta’kidlash joizki, 1-iyun Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan ushbu maktabgacha ta’lim tashkilotining ochilishi bolalar va mahalla aholisi uchun chinakam bayram sovg‘asi bo‘ldi desak mubolag‘a bo‘lmaydi.   Maktabgacha ta’lim tashkilotida ta’lim-tarbiya sifatini oshirish maqsadida innovtasion ta’lim metodlarining faoliyati jarayonga tadbiq etilishi ko‘zda tutilgan. Xususan, robototexnika, “STEAM” ta’lim, ta’lim laboratoriyasi (o‘qitish metodikasi, bolalar psixologiyasi, ikkinchi til o‘qituvchilarini tayyorlash yo‘nalishlarida), nazariy va amaliy dual ta’lim yo‘nalishlari shular jumlasidandir. Shuningdek tashkilotda shaxmat-shashka to‘garaklari faoliyati ham yo‘lga qo‘yiladi. Tashkilotda rekonstruksiya ishlari boshlangunga qadar 8 ta guruh va  43 nafar xodimlar faoliyat yuritishgan bo‘lsa, bugungi kunda tashkilotning yangi binosida 16 ta guruh hamda 72 nafar xodimlarning faoliyat yuritishi rejalashtirilgan. Ma’lumot uchun: Bugungi kunda Toshkent viloyati, Toshkent tumanida jami 97 ta maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyati yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, shundan, 37 ta davlat, 20 ta xususiy,  40 ta oilaviy-nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari mavjud.

Maktabgacha ta'lim agentligi
YXHTning O'zbekistondagi vakili Xiva shahridagi bog'chaga bordi

Kuni-kecha Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining birinchi o‘rinbosari - Maktabgacha ta’lim agentligi direktori A.Shin hamda YXHTning O'zbekistondagi loyihalari koordinatori missiyasi rahbari vazifasini bajaruvchi S.Sizov  Xiva shahridagi 350 quvvatga ega 15-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida bo'lib, MTTdagi ta’lim-tarbiya jarayoni va tarbiyalanuvchilarning ta’lim olishlari uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishdilar. Xiva shahridagi 15-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti buyuk matematik, olim Muhammad Al-Xorazmiy  nomiga atalgan bo‘lib, u yerda tarbiyalanayotgan tarbiyalanuvchilarning barchasi  matematika fanini mukammalroq o‘rganishi uchun rejaviy mashg‘ulotlar olib boriladi, shunungdek, turli xil rivojlantiruvchi to‘garaklar mavjud. MTTda hozirgi kunda 14 ta guruh faoliyat olib borib, jami 65 nafar xodim ish yuritmoqda. Shulardan pedagog xodimlar soni 28 nafarni tashkil etadi.

Batafsil
Maktabgacha ta'lim agentligi
Tabrik

Dunyo bolalarini 1-iyun Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni  bilan chin qalbdan tabriklayman. Bolalik - eng go‘zal davr. Umrimizning  yorqin xotiralari bolalik bilan bog‘liq.  Hayotimiz ma’nosi farzandlarimizning kulgusida aks etadi, ular bor ekan biz harakatdan to‘xtamaymiz.  Yangi  O‘zbekiston aziz bolajonlari, sizlarga uzoq umr, salomatlik tilayman.  Kelajakda yetuk va barkamol inson bo‘lib ulg‘ayishingizga yurtimizda barcha sharoitlar yaratilmoqda.   Sizlarni bilimdon, odobli qilib tarbiyalash bizning eng katta maqsadimiz ekanligidan faxrlanaman. Musaffo osmon xamisha baxtli bolalik davomchisi bo‘lsin. O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab ta’limi vazirining birinchi o‘rinbosari -Maktabgacha ta’lim agentligi direktori Agrippina Shin

Maktabgacha ta'lim agentligi
Xorazmda maktabgacha taʼlim sohasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishish maqsadida press-tur tashkil etildi

FOTOREPORTAJ- https://mpe.uz/post-detail/posts/photo-gallery/2496  Press-tur ikkita manzilda bo‘lib o‘tdi. Ulardan biri Xiva shahridagi 350 quvvatga mo‘ljallangan 15-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti bo‘lib, u yerda tarbiyalanayotgan tarbiyalanuvchilarning barchasi  matematika fanini mukammalroq o‘rganishi uchun rejaviy mashg‘ulotlardan tashqari fanga yo‘naltirilgan to‘garaklarga jalb etilgan. Bundan tashqari, tashkilotda ingliz tili, mental arifmetika, gimnastika, raqs, karate, kurash kabi to‘garaklar mavjud. Bugungi kunda tashkilot to‘la quvvat bilan ishlamoqda. Tashkilotning qurilish-taʼmirlash ishlariga 7mlrd. 350 mln so‘m ajratilib, 2021-yilda foydalanishga topshirilgan. Maʼlumot uchun, hozirda Xiva shahrida jami 88 ta  maktabgacha taʼlim tashkilotlari faoliyat olib bormoqda. Ikkinchi manzil Gurlan tuman “Gulshan” MFY hududida joylashgan «Lolaxon-Zuhraxon» MCHJga qarashli davlat-xususiy sheriklik asosidagi maktabgacha taʼlim tashkiloti bo‘ldi. Ushbu maktabgacha taʼlim tashkilotiga 120 nafar tarbiyalanuvchilarni qamrab olish orqali Gurlan tumanining maktabgacha taʼlimga qamrov darajasi 87,4 foizdan 88,4 foizga (1 %) oshirildi hamda 20 nafardan ortiq yangi ish o‘rin yaratildi. Bugungi kunda Gurlan tumanida 3-7 yoshdagi bolalar soni 11 862 nafarni tashkil qilib, shundan 10 373 nafar bolalar (87,4 %) 38 ta davlat, 171 ta oilaviy va 4 ta DXSH asosidagi nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlariga qamrab olingan. Eslatma! Bugungi knda Xorazm viloyatida jami 1 735 ta maktabgacha taʼlim tashkilotlari faoliyat ko‘rsatayotgan bo‘lib, shundan, 363 tasi davlat, 91 tasi davlat-xususiy sherikchilik asosida, 7 tasi xususiy hamda 1 274 tasi oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari hisoblanadi. Viloyatda 3-7 yoshdagi bolalar jami 153 976 nafar bo‘lib, ularning 121 311 nafari (78.3 %i)  qamrab olingan.  Shundan, 76 040 nafari (49.4%) davlat, 431 nafari (0,3%) xususiy,  9 545 nafari (5,3%) DXSH asosidagi, 30 967 nafari (20,0%) oilaviy MTT larda tarbiyalanmoqda. Maktabgacha taʼlim tashkilotlarida bugungi kunda 8 913 nafar pedagog xodimlar faoliyat olib boradi.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Xiva shahrida 6 yoshli bolalar o‘rtasida III velomarafon bo‘lib o‘tdi

FOTOREPORTAJ - https://mpe.uz/post-detail/posts/photo-gallery/2495 Mazkur velomarafon uchinchisi bo‘lib, ungacha Toshkent hamda Samarqand shaharlarida 1- va 2-loyihalari bo‘lib o‘tgan edi. 2021-yil 1-iyun kuni Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan velomarafonning 1-loyihasida 13 ta pilot davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti 400 ta begovel bilan taʼminlangan. 2022-yilda 31-may kuni Samarqand shahrida bo‘lib o‘tgan 2-loyihada 20 ta davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti tanlab olinib, ularga 500 ta begovel taqdim etilgan. 2023-yil 31-may kuni Xorazm viloyatida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan 3-loyihada esa Xiva shahridagi 18 ta pilot davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlariga jami 500 ta begovel topshirildi. Marafon so‘ngida ishtirokchi bolalar esdalik medallari, sovg‘alar bilan taqdirlandilar, shuningdek, ular uchun ko‘ngilochar dastur, tanlov va o‘yinlar tashkil etildi. O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlim vazirligi, Maktabgacha taʼlim agentligi, YXHTning O‘zbekistondagi loyihalari koordinatori ofisi, O‘zbekiston Respublikasi sportni rivojlantirish vazirligi, Velosport federatsiyasi hamkorligida tashkil etilayotgan bu turdagi musobaqalardan ko‘zlangan maqsad atrof-muhitni muhofaza qilish va yashil transport turidan foydalanish sohasida barqaror ko‘nikmalarni rivojlantirishdir. Shuningdek, ushbu sport harakatlari orqali maktabgacha yoshdagi bolalar o‘rtasida velosportni ommalashtirish, sog‘lom turmush tarziga o‘rganish va xulq-atvor madaniyatini oshirish, yo‘l harakati xavfsizligi qoidalariga rioya qilish targ‘ib qilinmoqda. Maʼlumot uchun, ushbu loyihalar 3 yil beri doimiy tarzda o‘tkazilib kelinmoqda.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Maktabgacha ta'lim agentligida xalqaro hamkorlik doirasida uchrashuv bo'lib o'tdi

Maktabgacha ta'lim agentligida Maktabgacha ta'lim vazirining birinchi o'rinbosari - Maktabgacha ta'lim agentligi direktori A.V. Shin va Jahon bankining Janob Xiroshi Saeki boshchiligidagi missiyasi bilan uchrashuv bo'lib o'tdi, unda tomonlar "O'zbekistonda bolalarning erta rivojlanishini takomillashtirish" qo'shma loyihasini amalga oshirish jarayonini muhokama qildilar. Janob Xiroshi Saeki loyihani amalga oshirishda erishilgan yutuqlarni yuqori baholadi va ushbu loyiha mintaqada eng muvaffaqiyatli amalga oshirilganlardan biri ekanligini ta'kidlab o'tdi. Shuningdek, ushbu loyiha ko'plab mamlakatlarning e'tiborini jalb qilgani, xususan, Ozarbayjon o'z mamlakatida shunga o'xshash loyihani amalga oshirishdan manfaatdor ekanligi, Tojikiston delegatsiyasi esa o'rta muddatli istiqbolda loyihamiz bilan amaliy tanishish uchun O'zbekistonga tashrif buyurishni rejalashtirayotgani ta'kidlandi.  Shu bilan birga, chet el tomoni Maktabgacha ta'lim agentligi rahbariyatini Jahon banki jamoasi O'zbekiston Respublikasi maktabgacha ta'limini rivojlantirishga qaratilgan yangi istiqbolli loyihalarni tayyorlash va amalga oshirishda birgalikda konstruktiv ishlarni davom ettirish niyatida ekanligiga ishontirdi. Muzokaralar yakunida tomonlar ushbu uchrashuv tashkil etilgani va o'tkazilgani uchun bir-birlariga minnatdorchilik bildirib, samarali hamkorlikni davom ettirishga o'zaro qiziqishlarini ma'lum qildilar.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Yoshlar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Avval xabar berganimizdek, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining birinchi o‘rinbosari -Maktabgacha ta’lim agentligi direktori A.Shin Toshkent viloyati O‘rtachirchiq tumanining bir qator yoshlari bilan uchrashgan edi. Agentlikka biriktirilgan yoshlar bilan navbatdagi uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv davomida har bir yosh bilan alohida muammoli vaziyatlar o‘rganildi. Yoshlar bilan uchrashuvdan so‘ng, ushbu yoshlar bilan bog‘liq muammolarni tizimli bartaraf etish maqsadida O‘rtachirchiq tumani ichki ishlar organlari rahbari A.Sultonov hamda tuman hokimining yoshlar siyosati bo‘yicha o‘rinbosari B.Hasanbayev, mahalla raislari  bilan hamkorlikdagi maslahat uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv davomida har bir yosh bilan muammoli vaziyatlarni samarali hal qilish maqsadida toifalangan  tartibda ishlashga kelishib olindi.

Maktabgacha ta'lim agentligi
RASMIY MUNOSABAT

Ijtimoiy tarmoqlarda “28-MTTdan yozyapmiz. Dekabrdan fevral oyigacha maoshsiz ishladik. Fevralda oylik chiqarib beraman deb berishmadi. Mutasaddilar holatga e’tibor qaratsa minnatdor bo‘lar edik” mazmundagi murojaat tarqaldi. Ushbu murojaatda faqat MTTning raqami yozilib, uning qaysi hududda ekanligi keltirilmagan.  Shu munosabat bilan ushbu murojaatni o‘rganishning imkoni bo‘lmadi. Ijtimoiy tarmoq faollaridan, e’lon qilinayotgan murojaatni to‘liq manzil bilan ko‘rsatishlari so‘raladi, to‘liq manzil bilan ko‘rsatilgan murojaatlar albatta o‘rganib chiqilib, murojaatdagi muammoning bartaraf etish choralari ko‘riladi. Ma’lumot uchun, bugungi kun holatida, butun respublika bo‘ylab 30 mingga yaqin maktabgacha ta’lim tashkilotlari mavjud.

Вид сайта
Размер шрифта