Yangiliklar
Jajji malikalar bellashishdi

   Kechagina kirib kelgan mart butun borliqqa bahorning bor tarovatini, undan ruh olgan go‘zal bayramlarni birin-sirin tortiq etmoqda. Uning ilk kuni mamlakatimizda adabiyot, she’riyat, nazm va navo bayrami – sadoqat va do‘stlik kuychisi, xassos shoira Zulfiyaxonim yodi bilan boshlandi. Davralar, shoira timsolida adabiyotni, she’riyatni olqishladi. Keyin unga nazokat, nafosat, go‘zallik, sevgi ayyomi – Xalqaro xotin-qizlar kuni ulanib ketdi. Davralar ayolni, onani, singilni, qizlarni madh etdi. Yana ko‘p davralar doshqozon osdi. Biqirlab qaynayotgan sumalak atrofiga to‘plangan ellar, sharqning uch ming yillik Navro‘z shodiyonalarini boshlab yubordi. Bu azaliy bayramlar maktabgacha va maktab ta’limi tizimlarida ham davom etmoqda. Xususan, Namangan viloyati Yangiqo‘rg‘on tumanining eng chekka – Nanay qishlog‘ida joylashgan 10-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida o‘tkazilgan tadbir esa, ayollar bayrami – Xalqaro xotin-qizlar kuniga  bag‘ishlandi. Darvoqe, tashkilotda 5 ta guruh mavjud. Ularga 135 nafar  3 – 7 yoshli bola qamrab olingan. Eng muhimi, jamoaning ahilligi, hamjihatligi. Ular o‘rtasidagi o‘zaro yelkadoshlik, jipslilik tufayli yechim topmagan masala yo‘q. Hatto, ulardagi bu fazilat mahalla ahli orasida ham alohida e’tirof etiladi. – Jamoaning o‘rnak bo‘ladigan eng yaxshi sifati bu ularning yakdilligi, – deydi “Zarbdor” MFY Xotin-qizlar faoli Malohat Hayitboyeva. – Shu tufayli bo‘lsa ajabmas, bu yerdagi ta’lim-tarbiya jarayonlaridan hamma hursand. Bugungi tadbirda ham yigirma chog‘lik xodimlar bir yoqadan bosh chiqara oldi va e’tiborimizga bayram tadbirini yuqori saviyada havola etdi. Ayniqsa, Gulnora Shukurova,  Dilafro‘z Abdug‘aniyeva, Sevara Abdullayeva, Dildora Jo‘rayeva, Moxira G‘aniyeva singari jonkuyar tarbiyachi va xodimlar hamda tarbiyalanuvchilarning musiqa rahbari Dilrabo Qurbonovalarning halol mehnati  tufayli farzandlarimiz o‘zlarining ilk iqtidorlarini zo‘r kayfiyat va mahorat bilan namoyish etishdi. Darhaqiqat, bo‘lib o‘tgan tadbir tashkilotning Gulnora Shukurova rahbarligidagi tayyorlov guruhi tarbiyalanuvchilaridan iborat 20 nafarlik JAJJI MALIKALAR ishtirokidagi bellashuv ustiga qurildi. Qaqajon qizlar besh shart – tanishtirish, salat tayyorlash, somsa tugish, erkin mavzu va nihoyat badiiy gimnastika sohasidagi iqtidorlarini sinovdan o‘tkazdi. Qizaloqlarning she’riy tanishtiruvlari, erkin mavzudagi yakkaxon raqs, kuy-qo‘shiqlari, badiiy gimnastikaga oid nafis ijrolari, ayniqsa, mustaqil holda salat va somsa tugishlari barchaga manzur bo‘ldi. – Albatta, iste’dod osonlikcha namoyon bo‘lmaydi. Buning ortida katta mehnat, izlanish, o‘z ustida, ayniqsa, o‘sha iste’dodli bola ustida tizimli ishlashgina ma’lum maqsadga erishtiradi, – dedi tadbirda so‘zga chiqqan 10-sonli DMTT direktori Umida Qoraboyeva. – Bugungi tadbir ham ana shu xulosani yana bir karra isbotladi va men o‘z jamoamning har bir vakilidan minnatdorman. Fursatdan foydalanib barchangizni bugungi egu ayyom bilan chin dildan tabriklayman.    Tadbir so‘ngida jajji malikalarga bayram sovg‘alari ulashildi.       

Maktabgacha ta'lim agentligi
Toshkent viloyati, Angren shahridagi 14-DMTTda «Telefonsiz DMTT» tizimi joriy etildi.

14-DMTT ma’muriyati va ota-onalar kuzatuv kengashi ishtirokida yig‘ilish o‘tkazilib, ta’lim tashkilotida telefondan umuman foydalanmaslik taklifi ma’qullangan.  Bu borada Vazirlar Mahkamasining 2012-yil ”O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalarida mobil telefonlardan foydalanishni tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida belgilab qo‘yilgan.   Ta’lim tashkilotiga kirib kelishda har bir xodim, mehmonlar va boshqa shaxslar telefonlarini chaqiruv ovozini to‘liq o‘chirib qo‘yishi “ovozsiz” rejimga o‘tkazishi shart.   Tarbiyachi o‘z telefoni bilan soat 7.00 dan 8.30 gacha va soat 16.30 dan so‘ng ota-onalar bilan bog‘lanishiga ruxsat beriladi. Endi soat 8.50 dan 16.30 gacha Tarbiyachilarga mashg‘ulotlar vaqtida telefon orqali so‘zlashish hamda SMS (MMS) va boshqa turdagi xabarlarni jo‘natish taqiqlanadi.  Biroq, tarbiyachilar mashg‘ulotlar va tadbirlar oralig‘ida faqat asosli va kechiktirib bo‘lmaydigan zarur holatlarda ota-onasi, yaqin qarindoshlari, bilan zudlik bilan bog‘lanish maqsadida DMTTdagi maxsus oddiy telefondan foydalanishlari mumkin.  Ota-onalar telegram guruhida mashg’ulotlardan fotolavhalar jo‘natish, uslubchi va hamshira zimmasiga yuklatildi. Ta’lim taskilotining boshqa xodimlari ham ish vaqtida telefondan foydalanish huquqiga ega emasligi yig‘ilishda bir ovozdan tasdiqlandi.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Rasmiy munosabat

  "Юнусобод тумани, Хасанбой махалласида жойлашган “Bayan Kids“ хусусий болалар боғчасида тарбияланувчи 3 яшар болаларга бўлаётган муносабатни кўринглар" номли видеотасвир остида телеграм ижтимоий тармоғи орқали мурожаат йўлланган эди. Ушбу мурожаат назоратга олинганлиги ва ўрганиш ишларига йўналтирилганлигини маълум қиламиз.  М А Ъ Л У М О Т Н О М А Фуқаро Д.Ашурованинг шикоят хати юзасидан “BAYAN KIDS”  МЧЖ нодавлат мактабгача таълим муассасасида ўтказилган ўрганиш бўйича. Аниқланишича, “Баян-кидс” нодавлат мактабгача таълим ташкилоти маъсулияти чекланган жамияти 24.02.2022 йил давлат рўйхатидан ўтган бўлиб,  2023 йил 22 августдаги умумий йиғилиш қарорига асосан Наргиза Музаффаровна Хуснутдинова жамиятнинг бажарувчи директори лавозимига тайинланган, маълумоти олий маълумотли педагог, иш стажи  умумий 34 йилни ташкил қилиб, мактабгача таълим ташкилотлари мудиралари лавозимида 5 йиллик иш стажига эга. “BAYAN KIDS” МЧЖга қарашли мактабгача таълим ташкилоти 7 та гуруҳдан иборат бўлиб, текшириш кунига 7 та гуруҳ фаолият кўрсатаётганлиги, ташкилотнинг умумий қуввати 140 ўринга мўлжалланиб, ушбу гуруҳларда рўйхат бўйича жами 109 нафар тарбияланувчилар таълим-тарбия олаётганлиги, кундалик қатнов ўртача 92 нафарни, ўрганиш ўтказилган куни 84 нафарни ташкил этганлиги аниқланди.     Шунингдек, ташкилотда умумий ходимлар сони 44 нафарни ташкил қилиб, шундан педагог ходимлар 15  нафарни, техник ходимлар 29  нафарни, тарбиячилар 7 нафарни ташкил қилган.                Текшириш давомида МТТнинг моддий техника базаси ҳолати, болаларни қамраб олиш ҳолати ва давомат, МТТнинг кадрлар билан таъминланганлиги ва уларга оид бўлган ҳужжатларнинг  юритилиши, тиббий хизмат, овқатлантиришнинг ташкил этилиши, ижро интизоми, гуруҳлардаги таълим-тарбия ишларининг олиб борилиши ва педагогларнинг иш ҳужжатлари юритилиши ва билим даражаларига  эътибор қаратилди.   Тарбиячиларнинг 4 нафари олий маълумотли, 3 нафари тугалланмаган олий бўлиб, фаолият юритаётган  педагогларнинг иш ҳужжатлари ЎзР мактабгача ва мактаб таълими вазирлиги ҳузуридаги Мактабгача таълим агентлигининг 2023 йил 28 августдаги “Мактабгача таълим ташкилоти педагогларининг иш ҳужжатларини тасдиқлаш тўғрисида”ги  99-сон буйруғи асосида юритиб келинган.   Ташкилотда куз-қиш мавсумига тайёргарлик ҳамда ободонлаштириш ишлари қониқарли, иситиш тизимлари, гуруҳлардаги сантехника жиҳозлари ишчи ҳолатда сақланган, умумий санитария ҳолати ҳам қониқарли, гуруҳлар бола сонига мос қаттиқ ва юмшоқ жиҳозлар ҳамда зарур идишлар билан тўлиқ таъминланган.                                    Танлов асосида кўрилган ўрта ва тайёрлов гуруҳларда марказларда олиб борилаётган иш фаолияти ва иш ҳужжатлари ўрганилганда, гуруҳ хоналари керакли таълимий, кўргазмали ва тарқатма материаллар билан таъминланганлиги, болаларнинг соғлом муҳитда таълим-тарбия олишлари учун етарли барча шарт-шароитлар яратилганлиги  аниқланди.  Бироқ, ўрганиш давомида айрим камчиликларга ҳам йўл қўйилганлиги маълум бўлди.     Хусусан, тарбиячилар  лавозим йўриқномалари билан таништирилган бўлсада, лекин улар томонидан зиммаларига юклатилган вазифалар лозим даражада бажарилмаган.     Шунингдек,ташкилотдаги таълим-тарбия ишлари ўрганилганда, ташкилотнинг янги 2023-2024 ўқув йили режаси тузилган ва режа асосида педагогларнинг малакасини ошириш истиқбол режаси мавжуд бўлсада, аммо педагог ходимлар амалдаги ҳужжатларга мувофиқ  малака ошириш  курсларига  юборилмаган.   Ўрганиш давомида машғулотлар жадвали кундалик олиб борилаётган машғулотларга мос эмаслиги, яъни нутқ ўстириш машғулоти ўрнига расм машғулоти ўтказилаётганлиги, илк ёш гуруҳи бўлишига қарамай, машғулотлар жадвалида инглиз тили киритилганлиги, гуруҳда болалар учун ривожлантирувчи ўйинлар ва ўйинчоқлар сони ҳамда тури камлиги аниқланиб, тарбиячига тайёрлов гуруҳида тасвирий фаолият учун намуналар  тайёрланиши буйича тавсиялар берилди.    Ҳолат юзасидан батафсил маълумотлар Мактабгача ва мактаб таълими вазирлигига хат орқали тегишли ҳуқуқ органлари томонидан баён қилинган.        

Maktabgacha ta'lim agentligi
Maktabgacha ta'lim agentligi
Mentorlik - maktabgacha ta'lim tashkilotlari pedagoglarining kasbiy salohiyati va rivojlanishidagi qadam

Pedagoglarning kasbiy rivojlanishi. Odatda pedagoglarning kasbiy rivojlanishi va ularning salohiyatini oshirish deganda ularni kasbiy faoliyatdan uzilmagan holda oʻqib-o’rganish nazarda tutiladi va bunday tadbirlar koʻpincha qisqa muddatli trening kurslari yoki seminar mashgʻulotlari shaklida oʻtkaziladi. Pedagoglarning kasbiy rivojlanish va ularning salohiyatini oshirishga qaratilgan bunday tadbirlardan koʻzlangan maqsad – bu kasbiy faoliyatiga oid muayyan yangi maʼlumotlarni taqdim etish va pedagoglar tomonidan taʼlim-tarbiya berish metodikalari bilan tanishtirishdan iborat.  Hozirgi kunda pedagoglarning kasbiy rivojlanishi uchun uzluksiz, uzoq muddatli takomillashish jarayoni bo‘lishi hamda ular to‘liq kasbiy faoliyati davomida shug‘ullana olishi ilgʻor, xilma-xil va o‘zaro bog‘liq oʻquv amaliyotlarini uzluksiz oʻrganishi lozim. Shuningdek, pedagoglarning kasbiy rivojlanishi ularning ta’lim-tarbiya berish kontekstiga muvofiq kelishi kerak. Pedagog qachon oʻzgaradi? Koʻplab olimlarning qayd etishicha, pedagoglarning xulqi va amaliyotidagi oʻzgarishlar asosan quyidagi sharoitlarda yuz beradi: Rekleksiya, ya’ni oʻzlari va faoliyatlarini kuzatish va tahlil qilish orqali, qachon va qanday qilib takomillashishni oʻrganishsa;  Kasbiy salohiyatini oshirishga doir biror kursdan so’ng oʻqitish bilan bogʻliq yangi gʻoyalarni tadqiq etish va sinab koʻrishni istashsa;  Har xil kasbiy malakani oshirish tadbirlarida (treninglar, seminarlar, anjumanlar, kurslar, kasbdoshlar bilan suhbatlar va h.k.z.) olingan yangi gʻoyalarni moslashtirishsa;  Oʻz kasbdoshlari oʻtkazayotgan darslarni muntazam kuzatib borib, bildirilgan fikrlarni tahlil qilishsa;  Agar ular oʻz faoliyatlari davomidagi oʻqitishga oid eng yaxshi va eng yomon tajribalar, oʻz muammolarini (oʻqitish yoki kontekstga aloqador) har xil bilim almashish vositalari (taqdimot, muhokama, darslarni yozib olish va ulashish, kuzatishlar, doʻstlarning tanqidiy izohlari va boshqalar) oʻrtoqlashsa. Kasbiy rivojlanish boʻyicha yangi maqsadlarni oʻzlari (pedagog avtonomiyasi) belgilashsa. Gaskining yozishicha, “pedagoglarning qarashlari va maslaklaridagi oʻzgarishlar asosan ular oʻquvchilarning oʻzlashtirish koʻrsatkichlari yaxshilanishini isbotlovchi dalillar bilan tanishganda yuz beradi. Boshqa soʻz bilan aytganda, ushbu olim oʻqituvchilar yangi ʻtexnologiyalar” (usullar, oʻqitishga yondashuvlar, materiallar va boshqalar) qoʻllangandan keyin oʻquvchilarning oʻzlashtirishi yaxshi tomonga siljigandagina oʻzgarishini taʼkidlamoqchi. Bunda  kuzatuvsiz pedagoglar kasbiy rivojlanishning ijobiy jihatlarini payqamaydilar.  Turli xil taʼrif va tushuntirishlarga asosan, quyidagilar samarali mentorlikning asosiy xususiyatlari hisoblanadi: Nisbatan kam tajribali va uzoq yillik tajribaga ega pedagoglar oʻrtasida muntazam muloqot boʻlishi kerak. Mentorlar yuzma-yuz va shaxsiy hamda kasbiy jihatdan muvofiq boʻlgan yordamni (hissiy, professional, oʻquv, psixologik) koʻrsata bilishlari kerak. Mentorlar oʻz shogirdlari bilan tez-tez uchrashish, norasmiy muhokamalarga vaqt ajratishlari kerak. Mentorlar oʻqituvchilarni joriy pedagogik amaliyotlar va gʻoyalarni tahlil qilishga undashi hamda zarurat tugʻilganda oʻquv kontekstiga mos boʻlgan muqobil pedagogik amaliyotlarni ishlab chiqishda koʻmaklashishlari kerak. Mentorlar oʻz shogirdlarining ishlarini, masalan oʻquv rejalar yoki dars mashgʻulotlarini tekshirish uchun faol hamkorlik qilishlari lozim. Shundagina mazkur ishlarning yutuq va kamchiliklari aniqlanib, ularni tuzatish va yaxshilash yoʻllari ayon boʻladi. Mentorlar zarur paytda namuna boʻlib, oʻqituvchilarni oʻzlarining taʼlim metodlarini kuzatishga va shu orqali malakalarini oshirishga chaqirishlari kerak – aynan mana shu pedagogik rivojlanishga turtki beradi. Shogirdlar oʻz kasbiy malakasini oshirishga tayyor va professional rivojlanishi uchun masʼuliyatni his qilishi, tinglashi va oʻrganishi, kuzatishi, savol berishi, tavsiyalar yoki maslahatlarni qabul qilishi, tezkor toʻgʻri choralarni koʻrishi va tahlil qilishi zarur. Mentorlik tizimi samara keltirishi va oʻqituvchilarning malakaviy hamjamiyatini tuzish uchun mentorlarga uzluksiz dastak va barcha zarur sharoitlar yaratilishi lozim. Mentorlikni “oʻqitish amaliyoti birgalikda oʻrganuvchi uzluksiz jarayon” sifatida mazkur xususiyatlar va mentorlik bilimini uzatish shakllariga asosan oʻrganish amaliyot hamjamiyati doirasida yuz beradigan faol jarayon deb qabul qilinadi. “Mehribonlik korpusi” ham maxsus mentorlik dasturini ishlab chiqishni koʻzlagan boʻlib, unda asosiy urgʻu amaliyot hamjamiyatida mentorlar va shogirdlar oʻrtasida faol muloqot orqali bilimlarni hosil qilishga beriladi. Mazkur dasturda ijtimoiy muloqot va hamkorlik asosiy vosita boʻlib, unda mentorlarning asosiy vazifasi yangi bilimlarni uzatishga xizmat qilish va shogirdlarni oʻqitish amaliyotlari va maslaklarini tahlil qilish, uzluksiz konstruktiv fikr-mulohaza taqdim etish va kontekstual jihatdan muvofiq metodologiyalarni ishlab chiqishda hamkorlikdagi kasbiy rivojlanish uchun imkoniyatlarni targʻib etishdan iborat boʻladi.   Elyanora Menglieva Oʻzbekistondagi Mehribonlik Korpusi

Maktabgacha ta'lim agentligi
Rasmiy munosabat

   "Xususiy bog‘chalarning birida tarbiyalanuvchilarni “Damas” mashinasida belgilangan me’yorlarga zid ravishda tashilayotgani lavhada aks etgan" degan xabar facebook ijtimoiy tarmog'iga joylangan. Ushbu holat Respublikaning qaysi hududida ekanligi yoki qaysi maktabgacha ta'lim tashkilotiga tegishliligi keltirilmagan. Ma'lumotlar aniqlangach, holat yuzasidan batafsil ma'lumot beriladi.     

Maktabgacha ta'lim agentligi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatining samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni (PF–28-son, 02.02.2024-y.) mazmun mohiyatini tushuntirish bo‘yicha annotatsiya

Farmonga ko‘ra, jamiyat va davlat hayotining muhim masalalarini hal etishda mahalliy vakillik organlarining rolini oshirish maqsadida 33 ta funksiya va vakolatlar xalq deputatlari mahalliy Kengashlariga o‘tkazildi. Masalan, davlat bog‘cha va maktablarini tashkil etish, atmosfera havosiga ta'sir etuvchi korxonalarni qurish joylarini, chiqindilar ko‘mib tashlanadigan joylarni belgilash, yo'lovchi va yuk tashish tariflari, jumladan fuqarolarning alohida toifalari uchun imtiyozli tariflar, tabiiy obyektlarga, transport va muhandislik-texnika infratuzilmasi obyektlariga nom berish va boshqalar. Xalq deputatlari mahalliy Kengashlarining davlat organlarining hisobot (axborot)larini eshitishga doir ayrim vakolat va funksiyalari 10 taga birlashtirilgan holda tizimlashtirildi. Masalan, hokimlar va ular o‘rinbosarlarining 7 turdagi (dasturlar ijrosi; kichik biznes, tadbirkorlik, aholi bandligi; kreditlar ajratish; hokim yordamchilari axborotlarini eshitish yakunlariga oid) hisobotlarini eshitish – hokimlarning hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari ijrosi bo'yicha hisobotlarini eshitish doirasida ko‘rib chiqiladi. Farmonga muvofiq, mahalliy Kengashlar zimmasiga vazifa va funksiyalar faqatgina qonun hujjatlari bilan yuklanadi.  Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari tomonidan mahalliy Kengashlar faoliyatiga aralashishga yo‘l qo‘yilmaydi.  Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqishda vazifalarni mahalliy vakillik va ijro etuvchi hokimiyat organlari o‘rtasida aniq belgilash amaliyoti joriy etiladi. Normativ-huquqiy hujjatlarda mahalliy davlat hokimiyati organlariga berilgan, mahalliy Kengashlarning qonunchilikda belgilangan vakolatlariga xos bo‘lmagan vazifalar ijrosi bo‘yicha mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari mas’ul hisoblanadi. Farmon bilan 2024-yil 1-oktabrgacha O‘zbekistonda mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari faoliyatini 2030 yilga qadar rivojlantirish konsepsiyasi ishlab chiqilishi nazarda tutilgan.   Asos: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF–28-son Farmoni, 02.02.2024-y.

Barcha yangiliklar
Statistika
statistics

0

MTT soni
statistics

0

Tarbiyalanuvchilar
statistics

0

Tarbiyachilar
statistics

0

So'rovlar soni
statistics

0

Arizalar soni
statistics

0

Ishonch telefoniga qo'ng'iroqlar

Jamoat tashabbuslari uchun yagona platforma

Qiziqarli mavzular bo'yicha o'z takliflaringizni yuboring. Moderator tomonidan tekshirilgandan so'ng, ular Portalga joylashtiriladi.

statistics

1500

Apellyatsiyalar
statistics

2

Tasdiqlangan
statistics

38

Rad etildi
statistics

24

Moderatsiya
Murojaat yaratish
initiatives
Hududiy boshqaruv
popup

Boshqa

Vazirlikka boʻysunuvchi tashkilot

“ILK QADAM” jurnali
Elektron pochta manzili:Ilk.qadam@mail.ru
Veb sahifa:-

Boshqa

Vazirlikka bo'ysunuvchi tashkilot

Ixtisoslashtirilgan loyiha izlanish instituti
Telefon:-
Elektron pochta manzili:-
Veb sahifa:-
Faydali havolalar

Normativ hujjatlarni muhokama qilish

registration.gov.uz

O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi

www.gov.uz

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali

www.gov.uz

O'zbekiston Respublikasining hukumat portali

www.gov.uz

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy sayti

president.uz
Вид сайта
Размер шрифта