Yangiliklar
Maktabgacha ta'lim agentligi
RAVON NUTQ №1-mashg'ulot (RUS,O'ZB)

"RAVON NUTQ" - bu bolajonlarimizni nutqdagi nuqsonlarni bartaraf etishda ota-oanalarimizga ko'mak beruvchi mashg'ulotdir. Logoped maxsus mashqlar yordamida chiroyli gapirish va tovushlarni aniq-tiniq talaffuz qilishni o‘rgatadi. Mashqlar o'zbek va rus tilida.

Batafsil
Maktabgacha ta'lim agentligi
BARDAM BOLAJON №3-mashg'ulot

Maktabgacha ta'lim agentligi
BARDAM BOLAJON №2-mashg'ulot

Maktabgacha ta'lim agentligi
MENTAL ARIFMETIKA №1-mashg'ulot

Maktabgacha ta'lim agentligi
BARDAM BOLAJON №1-mashg'ulot

Maktabgacha ta'lim agentligi
​Maktabgacha yoshdagi bolalarni karantin vaqtida o‘qitish

Hurmatli ota-onalar!Mamlakatimiz va dunyo hamjamiyati uchun murakkab bo‘lgan shu davrda Maktabgacha ta’lim vazirligi maktabgacha yoshdagi bolalar ta’lim olishini davom ettirishlari muhimligini yaxshi anglaydi.Shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi Milliy teleradiokompaniya yordamida ota-onalarga maktabgacha yoshdagi bolalarga tizimli, foydali va rivojlantiruvchi ta’lim berishda uslubiy yordam sifatida «Onlayn bolalar bog‘chasi» dasturini ishlab chiqdi. U o‘z ichiga quyidagi ta’lim loyihalarini qamrab oladi:— «Ilk qadam» — 3-5 yoshdagi bolalar uchun;— «Aqlvoy» — 6 yoshdagi bolalarni maktabgacha tayyorlash uchun.Loyihalar nimalarga bag‘ishlangan?20-25 daqiqalik ushbu videolavhalar «Ilk qadam» va «Aqlvoy» davlat dasturlari negizida tayyorlangan. Har bir mashg‘ulot mavzusi maktabgacha yoshdagi bolani rivojlantirishning 4-5 soha: atrof olamni o‘rganish, ijodiy va ta’lim olish, nutq va mantiqiy qobiliyatlarini rivojlantirishni qamrab oladi:«Ilk Qadam» - bu:- quvnoq qahramonlar ishtirokidagi ertalabki badantarbiya;- interfaol o‘yin shaklidagi ingliz tili mashg‘uloti;- mental arifmetika va matematik hisob asoslari;- yosh sayyoh (mitti do‘stlarimiz uchun O‘zbekistonning qadimgi shaharlari haqida ko‘rsatuvlar to‘plami);- mitti yordamchi (oshxona taomlari tayyorlash bo‘yicha mahorat darslari);- logoped bilan mashg‘ulot.«Aqlvoy» — bu:— MTT pedagoglari va milliy qahramonlar (Amir Temur, Zulfiya, Ibn Sino, Mirzo Ulug‘bek, Tamaraxonim) ishtirokidagi bolalar ta’lim ko‘rsatuvlari;— mahorat sinflari;— uy sharoitlarida amaliy tajribalar.Mashg‘ulotlarni qayerda tomosha qilish mumkin?TELEVIDENIE1 apreldan boshlab «Bolajon» telekanalida dushanbadan jumagacha soat 8:00 dan 16:00 gacha.INTERNETOnlayn-mashg‘ulotlar quyidagi internet-resurslarda joylashtiriladi:— MTV rasmiy sayti: http://Mdo.uz— Youtube: https://www.youtube.com/channel/UC4FSqnbmdHr3Jzcms...— instagram: @mdo.uz (https://instagram.com/mdo.uz)— facebook: @mtv.gov.uz (https://www.facebook.com/mtv.gov.uz/)

Maktabgacha ta'lim agentligi
Maktabgacha taʼlim vazirligining bu yilgi «Аvgust konferentsiyasi» tadbirida respublika bo'yicha 200 dan ortiq soha xodimlari ishtrok etdi.

Аvgust oyi taʼlim tizimi hodimlari uchun eng maʼsuliyatli - sarhisob va reja qilish davri hisoblanadi. “Аvgust konferentsiyasi” nomi bilan tizim tomonidan har yili bayramona tarzda nishonlanadigan bu tadbir joriy yilda maktabgacha taʼlim tizimining 200 dan ortik tarbiyachi va metodistlari bilan bir katorda, sohaning maʼsuliyatli xodim va rahbarlarini jamladi. Аnjumanda oʼtgan 2018-2019 o'quv yili yakunlari va yangi 2019-2020 o'quv yilida maktabgacha taʼlim tizimi oldida turgan vazifalar toʼgʼrisida kelishildi. Bu yilgi “Аvgust konfkrentsiyasi”da soha faoliyatini tahlil qilib shu vazifalarni eng pastki boʼgʼinlargacha bajarilishi lozim boʼlgan vazifalarni aniqlab, taʼlim muassasalariga yetkazish va kengashlarni aynan bugungi kunda muammoli masalalar yechimiga qaratildi. Vazirlik rahbarlari ishtrok etgan anjumanda maktabgacha taʼlim vazirligi endi faqat bolalar qamrovini oshirish bilan emas, balki samaradorlikka erishish bilan ham shug'ullanishi kerakligini taʼkidladilar. Bu borada vazirlikning oldida turgan eng asosiy vazifalar nazorat – tahlil – tashxis formulasidan foydalangan holda tizimda ishlovchilarning salohiyatini, ish samaradorligini oshirish, davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari salohiyatidan to'liq foydalanish va nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlariga metodik yordam ko'rsatish bilan amalga oshiriladi. Аnjuman so'ngida 19-21 avgust kunlari poytaxtimizda bo'lib oʼtgan “Yilning eng yaxshi tarbiyachisi” ko'rik tanlovi g'olib va ishtrokchilarining taqdirlash marosimi bo'lib o'tdi.

Вид сайта
Размер шрифта