Yangiliklar
Maktabgacha ta'lim agentligi
Davlat organlari va tashkilotlari faoliyatida shaffoflikni ta'minlash kuchaytiriladi

"Davlat organlari va tashkilotlarining faoliyati ochiqligini ta'minlash, shuningdek, jamoatchilik nazoratini samarali amalga oshirishga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi Prezident Farmoni (PF–6247-son, 16.06.2021 y.) mazmun-mohiyatiBarcha davlat organlari va tashkilotlari tomonidan ochiq ma'lumotlar sifatida joylashtirilishi kerak bo'lgan ijtimoiy ahamiyatga molik ma'lumotlar ro'yxati (33 ta) tasdiqlandi.Davlat organlari va tashkilotlari o'z faoliyatiga oid hisobotni har yili:1 martgacha veb-saytlariga joylashtirib, 10 martgacha uni jamoatchilik ishtirokida muhokama etish haqida xabar beradi;1 aprelgacha hisobotni keng jamoatchilik ishtirokida muhokama etish uchun matbuot anjumanlarini o'tkazadi. 2021 yil 1 iyuldan quyidagilar to'g'risidagi ma'lumotlar ochiq ma'lumotlar portaliga va davlat organlari va tashkilotlari veb-saytlariga joylashtirilib, har chorakda yangilab boriladi:• amalga oshirilgan davlat xaridlari;• mansabdor shaxslarning xizmat safarlari va xorijdan tashrif buyurgan mehmonlarni kutib olish xarajatlari;• Prezident, Vazirlar Mahkamasi hujjatlari bilan soliq va bojxona imtiyozlari hamda preferentsiyalar;• o'zlarining yillik xarajatlar smetasi va uning ijrosi.Quyidagi imtihonlarni o'tkazish jarayonini Internetda jonli efirga uzatish tartibi joriy etiladi:• OTMning bakalavriat va magistratura imtihonlari;• o'qishni ko'chirish bilan bog'liq imtihonlar;• nostrifikasiya test sinovlari.2021/2022 o'quv yili qabuligacha imtihonlarni Internetda jonli efirga uzatishni ta'minlaydigan, barcha foydalanuvchilar uchun ochiq bo'lgan "imtihon.uz" veb-platformasi ishga tushiriladi.2021 yil 1 sentyabrgacha ochiq ma'lumotlar portali davlat xaridlari bo'yicha maxsus axborot portali bilan integrasiya qilinadi 2021 yil 1 avgustgacha Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo'mitasi rasmiy veb-saytida va portalda ov qilish va ovchilik xo'jaliklari to'g'risidagi axborot bazasi ishga tushiriladi.Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi zimmasiga qo'shimcha vazifalar yuklatildi. Agentlik, jumladan:• davlat organlari va tashkilotlarining ma'lumotlarni Internetga joylashtirish majburiyatlari hisobini yuritadi;• murojaatlardan kelib chiquvchi davlat organlari va tashkilotlarining ochiqligi va shaffofligiga oid dolzarb masalalarni "Mening fikrim" veb-portali orqali umumxalq muhokamasiga chiqaradi."Davlat sirlarini saqlash to'g'risida"gi qonun loyihasi ishlab chiqiladi.2021 yil 1 dekabrdan:• yil yakunlari bo'yicha davlat organlari va tashkilotlarining ochiqlik indeksi aniqlanadi;• quyidagi tadbirlar telekanallar, shuningdek, Internet orqali jonli efirga uzatiladi:• Qonunchilik palata va Senat majlislari, Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesi, xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashi sessiyalari;• taraflarning roziligi bilan ayrim huquqbuzarliklarga va oilaviy nizolarga oid fuqarolik sud ishlari.

Batafsil
Maktabgacha ta'lim agentligi
Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vaziri oʻrinbosari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 4 iyunadgi qarori bilan Begimkulov Uzoqboy Shoimqulovich Maktabgacha taʼlim vaziri oʻrinbosari lavozimiga tayinlangan. Begimkulov Uzoqboy Shoimqulovich 1964 yil tugʻilgan. Pedagogika fanlar doktori, professor. Begimkulov Uzoqboy Shoimqulovich bunga qadar Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirining fan va innovatsiyalar boʻyicha oʻrinbosari lavozimida ishlab kelgan.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Surxondaryo viloyati maktabgacha taʼlim boshqarmasi boshligʻi

Xollieva Shohida Boymatovna — Surxondaryo viloyati maktabgacha taʼlim boshqarmasi boshligʻi Xollieva Shohida Boymatovna — tayinlovga qadar Surxondaryo viloyati Termiz shahar 13-maktab direktorining oʻquv ishlari boʻyicha oʻrinbosari, Termiz tumani 10-maktabi direktori, Termiz tumani xalq taʼlimi boʻlimi mudiri, “Amudaryo bolalar sogʻlomlashtirish oromgohi” direktori lavozimlarida faoliyat yuritib kelgan. Maʼlumot oʻrnida, Xollieva Shohida Boymatovna 1971-yilning 11-fevralda Termiz tumanida tugʻilgan. 2006-yilda Termiz davlat universiteti boshlangʻich taʼlim va sport tarbiyaviy ish yoʻnalishini tamomlagan.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Department of preschool education of Surkhandarya region

Head of preschool education department of surkhandarya region - Taqaganov Zoir Duraevich Mode of work-from Monday to FridayWorking day from 09: 00 to 18:00Phone number - (76) 227-35-45Reception of citizens on Tuesday, Friday from 09:00 to 17: 00.Official website - http://sirvmtb.uzE-mail address - surxonvmtb@exat.uzLocation-Surkhandarya region, Termez city, street of Harmony, House 3

Maktabgacha ta'lim agentligi
Davlat ko‘p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim tashkilotlarini korrektsion, pedagogik va reabilitatsiya uskunalari bilan jihozlash dasturining ikkinchi bosqichi.

Maktabgacha taʼlim vazirligi tomonidan 2021 yil mart oyida alohida ehtiyojli bolalarga samarali korrektsion, pedagogik va reabilitatsion yordam ko‘rsatish uchun shart-sharoitlar yaratish bo‘yicha boshlangan chora-tadbirlar izchil davom ettirilmoqda. Zamonaviy moddiy-texnik baza malakali o‘qituvchilar va tibbiyot mutaxassislari bilan birga imkoniyati cheklangan bolalar uchun o‘quv dasturlarini amalga oshirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Bularning barchasi tarbiyalanuvchilarning jamiyatga to‘liq moslashish uchun zarur bo‘lganko‘nikma va bilimlarni imkon qadar erta egallashlari va o‘z imkoniyat, qobiliyatlarini ro‘yobga chiqarishlarini taʼminlashga qaratilgan. Jihozlashning birinchi bosqichi doirasida Toshkentdagi ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim tashkilotlari maxsus asbob-uskunalar, jumladan, ortopedik yurish trenajyorlari, bizibordlar, quruq hovuzlar, maxsus massaj matolari, didaktik materiallarga ega bo‘ldi, buning natijasida ushbu tashkilotlarning o‘nlab tarbiyalanuvchilariga ko‘rsatilayotgan yordam samaradorligini oshirish imkoniyati paydo bo‘ldi. 2021 yil 3 iyun kuni Maktabgacha taʼlim vazirligi tomonidan maxsus texnika topshirishning ikkinchi bosqichi o‘tkaziladi. Tayanch-harakat tizimida buzilishi bo‘lgan bolalar uchun maxsus ortopedik, faol hayot va qulay dam olish, bolalardao‘qish-o‘rganish imkoniyatini oshirishga xizmat qiladigan funktsional stullar; Faol turmush tarzini olib borish va o‘z-o‘ziga ishonish ko‘nikmalarini rivojlantirish imkoniyatini beruvchi bolalar aravachalari va xarakatlanuvchi jihozlar, bolaning tayanch-harakat tizimini rivojlantirish va kuch, chaqqonlik, chidamlilik, shuningdek qatʼiyat va maqsadga muvofiqlik kabi jismoniy qobiliyatlarning ko‘rsatishga mo‘ljallangan trenajyorlar kabi ko‘plab uskunalardan tarkib topgan. Аyni paytda Toshkent shahridagi davlat ko‘p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim tashkilotlarini jihozlash va respublikamizning barcha hududlaridagi davlat ko‘p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim tashkilotlarini zarur asbob-uskunalar bilan jihozlashning navbatdagi bosqichlariga ham faol tayyorgarlik ko‘rilmoqda. Mamlakat bo‘ylab 70 ta ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim tashkiloti yil oxirigacha zamonaviy asbob-uskunalar bilan taʼminlanishi kutilmoqda. Maʼlumot uchun: Korrektsion-pedagogik va reabilitatsiya uskunalari Chilonzor tumanidagi (289 sonli KTIMTT), Qibray tumanidagi (34 sonli KTIMTT) va O‘rta Chirchiq tumanidagi ( Pedagogika kolleji) ko‘p tarmoqli MTTlarda tarbiyalanuvchi nogironligi bor bolalarga maxsus uskunalar tarqatiladi.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Maktabgacha ta'lim vaziri Agrippina Shin Puchon universitetining talabalari bilan tushlik qildi.

Kuni kecha vazir Toshkent shahridagi Puchon universitetiga tashrifi davomida talabalar uchun yangi qurilgan yotoqxonasi bilan tanishdi. Talabalar uchun yaratilgan sharoitlarni ko'rib, o'z fikrlarini bildirdi. So'ng, talabalar oshxonasida ular bilan tushlik kilib, ularning talabalik hayoti bilan qiziqdi va o'z talabalik davrini esga oldi.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Maktabgacha ta'lim vaziri Puchon universitetida yoshlar bilan uchrashdi.

Koreya Respublikasining Toshketdagi Puchon universiteti filialida 3ta ta'lim yo'nalishi, ya'ni maktabgacha ta'lim, koreys tili va menejmenti, arxitektura bo'yicha o'qitiladi. Ushbu universitet 2018 yil tashkil etilgan bo'lib, 2021 yil ilk bitiruvchi talabalari ta'lim dargohini tamomlashmoqda. 388 bitiruvchi talabalarni ish bilan ta'minlash maqsadida Puchon universitetini o'zida mehnat yarmarkasi tashkil etildi. Universitet talabalari to'g'ridan to'g'ri ish beruvchi bilan mehnat shartnomalarini imzolashdi, Toshkent shahrining o'zida 54 nafar talaba yangi o'quv yilidan boshlab MТТlarda o'z ish faoliyatini boshlashadi. Bunday noan'anaviy tadbirda vazir yoshlarni barcha savollariga javob berib, kelgusida ularni universal xodimlar bo'lishiga ishonch bildirdi.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Hurmatli Abiturient – 2021!

A.I.Gersen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universiteti Toshkent filiali 2021-2022 o'quv yili uchun quyidagi ta'lim yo'nalishlari bo'yicha o'qishga qabul qiladi:pedagogik ta'lim (bolalar qo'shimcha badiiy-estetik ta'lim berish)pedagogik-psixologik ta'lim (maktabgacha ta'lim)psixologiya va ijtimoiy pedagogika (bolalar psixologiyasi )maxsus pedagogika (surdopedagogika, tiflopedagogika, oligofrenopedagogika)psixologiya (inson psixologiyasi va ijtimoiy munosabat)lingvistika (rus tilini o'qitish nazariyasi va metodikasi va madaniyatlararo kommunikasiya) A. I. Gersen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universiteti Toshkent filialida o'qishni istasangizhttps://enrollee.herzen.spb.ru/saytiga kirib hujjatlarni joylashtirishingiz mumkin. Ma'lumot uchun: +998991152877,email: herzenuz@gmail.com

Batafsil
Maktabgacha ta'lim agentligi
Bolalarni boshlang'ich ta'limga majburiy bepul bir yillik tayyorlashni amalga oshirish borasidagi olib borilayotgan islohotlar to'g'risida matbuot anjumani o'tkazildi.

Matbuot anjumanida Maktabgacha ta'lim vaziri olib borilayotgan islohotlar to'g'risida ma'lumotlar berib o'tdi. Jumladan, 2021 yilning bugungi kun holatiga, MТТlarda - 593 ta,Umumiy o'rta ta'lim maktablarida - 1523 ta,MFYlarda - 26 ta,Kasb-hunar kollejlarida - 191ta,Boshqa mos bino-inshootlarda 8ta, jami 2341 ta bolalarni boshlang'ich ta'limga majburiy bepul bir yillik tayyorlov guruhlari tashkil etilgan bo'lib, ularga 62368 nafar bolalar qamrab olingan.Tayyorlov guruhlari uchun o'quv yili har yili 2 sentyabrdan boshlanadi va keyingi yilning 25 mayda tugaydi.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Jizzax viloyati maktabgacha ta'lim boshqarmasi boshlig‘i

Soliyeva Feruza Qaxramonovna — Jizzax viloyat Maktabgacha taʼlim boshqarmasi boshligʻi. Soliyeva Feruza Qaxramonovna 1986-yil 15-avgustda Buxoro viloyati Qorakoʻl tumanida ziyolilar oilasida tavallud topgan. Millati-oʻzbek, oliy maʼlumotli. 2006-yilda Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika institutini tamomlagan. Mehnat faoliyatini 2007-yil Buxoro viloyatidagi 1-ixtisoslashgan iqtidorli bolalar maktab internatining ona tili va oʻqituvchisi boʻlib boshlagan. 2009-2011 yy. — Toshkent irrigatsiya va melioratsiya instituti qoshidagi Yunusobod akademik litseyning oʻzbek tili va adabiyoti oʻqituvchisi. 2011-2016 yy. — Jizzax davlat pedagogika instituti qoshidagi “Sayiljoy” akademik litseyining ona tili va adabiyoti oʻqituvchisi; 2016 y-2021 Jizzax davlat pedagogika instituti akademik litseyining direktori boʻlib faoliyat yuritgan. U tayinlangunga qadar Jizzax davlat pedagogika instituti akademik litseyining direktori direktori boʻlgan. ✅Soliyeva Feruza Qahramonovna?(72) 226-92-15? feruzasoliyeva@umail.uz? jizzaxmtb@exat.uz

Maktabgacha ta'lim agentligi
Maktabgacha taʼlim vazirligi va YUNISEF oʻrtasida hamkorlik davrida amalga oshirilgan ishlar.

2018-2021-yillarda YUNISEF bilan hamkorlikda koʻplab loyihalar amalga oshirildi, ularning asosiylari quyidagilar: I. “Ilk qadam” davlat oʻquv dasturini ishlab chiqish va koʻpaytirishda texnik yordam koʻrsatilishi.2018-yilda YUNISEF (xalqaro va mahalliy taʼlim mutaxassislari bilan) erta va maktabgacha yoshdagi bolalarning rivojlanishi uchun davlat talablarini hamda “Ilk qadam” oʻquv dasturini ishlab chiqib koʻpaytirishda (10 000 ta) koʻmaklashdi.Davlat talablari va maktabgacha taʼlimning “Ilk qadam” davlat oʻquv dasturini amalda qoʻllashda trenerlar uchun oʻquv toʻplami (modul), shuningdek ushbu materiallarning amalga oshirilishini qoʻllab-quvvatlovchi oʻquv-uslubiy material ishlab chiqildi;YUNISEF va Maktabgacha taʼlim vazirligi bilan hamkorlikda “Ilk qadam” davlat oʻquv dasturi hamda erta va maktabgacha yoshdagi bolalarning rivojlanishi uchun davlat talablarini amaliyotga joriy etilishi yuzasidan 31 nafar ustoz-murabbiylarni tayyorlash boʻyicha qator oʻquv seminarlari oʻtkazildi.2020-yil avgust oyida “Ilk qadam” oʻquv dasturini amalga oshirishni qoʻllab-quvvatlash uchun 6 ta uslubiy qoʻllanmani ishlab chiqilishi tugallandi.II. Taʼlimni boshqarish va axborotni ishlab chiqarish boʻyicha “OpenEMIS” dasturi ishlab chiqarish, joriy etishda koʻmaklashilishi.2018-yil 1-aprelda - YUNISEFning moliyaviy koʻmagi bilan “OpenEMIS” dasturi ishlab chiqilib joriy etildi.III. Maktabgacha taʼlim boʻyicha muqobil va innovatsion xizmatlarni modellashtirishni qoʻllab-quvvatlanishi.YUNISEF bilan yurtimizning olis tumanlarida maktabgacha taʼlimning muqobil shaklini tashkil etishda ehtiyojlarni baholash jarayonlari oʻtkazildi, maktabgacha yoshdagi bolalarni qamrab olishda eng past koʻrsatkichli ikkita hudud aniqlandi: Xorazm viloyati qishloq joylari (Bogʻot, Qoʻshkoʻpir tumanlari), Namangan viloyati (Koson, Norin tumanlari).IV. Maktabgacha taʼlim pedagogining kasbiy standartini ishlab chiqishga koʻmaklashilishi.2020-yil 14-fevralda - Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 16-dekabrdagi “Maktabgacha taʼlim va tarbiya toʻgʻrisida”gi Qonuni ijrosi doirasida YUNISEFning texnik koʻmagi bilan maktabgacha tarbiyachining kasbiy standartini ishlab chiqishga bagʻishlangan davra suhbati tashkil etildi;V. Taʼlim sifatini baholash tizimini ishlab chiqishda koʻmaklashilishi.YUNISEF va Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat nazorat inspeksiyasi bilan birgalikda taʼlim sifati uchun oʻquv jarayoni sifatini baholash tizimi ishlab chiqilgan, asosiy koʻrsatkichlarni baholash tizimi tasdiqlangan. Maktabgacha yoshdagi bolalar uchun badiiy oʻquv rangli bukletlarni yaratish boʻyicha konsepsiya ishlab chiqildi, buning asosida kitoblar yaratildi va nashrga tavsiya etildi.

Maktabgacha ta'lim agentligi
O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha tal'im vazirligining rasmiy veb-saytida byudjet va byudjetdan tashqari mablag'lar ijrosi to'g'risidagi ma'lumotlarni joylashtirish tartibi

104-Buyruq-1Скачать Mas'ul ijrochi: Sherzod PardaevTel: (71) 207-04-08 (870)

Maktabgacha ta'lim agentligi
«Qadring baland bo‘lsin, ona tilim» respublika tanlovi eʼlon qilindi

Tanlov uchta yo‘nalishda o‘tkaziladi. 1️⃣ Birinchi yo‘nalishida — «Davlat tili ustuvorligi taʼminlangan eng namunali hudud» mahalliy ijro etuvchi tuman va shahar hokimliklari ishtirok etadi. 2️⃣ Ikkinchi yo‘nalishda — «Davlat tilida ish yuritish yo‘lga qo‘yilgan eng yaxshi tizim» vazirlik, idora, xo‘jalik birlashmalari orasidan aniqlanadi. 3️⃣ Uchinchi yo‘nalishida — «O‘zbek tilini rivojlantirishga qaratilgan eng yaxshi ilmiy-amaliy loyiha» ilmiy tashkilotlar, oliy va o‘rta-maxsus taʼlim muassasalari qatnashadi. ? Tanlov joriy yilning 10-iyunidan 10-sentabriga qadar o‘tkaziladi va g‘oliblar 21-oktabr — O‘zbek tili bayrami kuni arafasida eʼlon qilinadi. ? Tanlov haqida (71) 215-51-76, (71) 239-86-99 hamda (71) 203-32-32 (232) telefon raqamlari yoki www.til.gov.uz (http://til.gov.uz/uz/contest/announcement/) sayti orqali batafsil maʼlumot olishingiz mumkin.

Maktabgacha ta'lim agentligi
"Siyosiy ma'rifat soati"

Yurtimizda kechayotgan islohotlar jarayonining shiddatini ta'riflashga so'z ojiz.O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim vazirligida muntazam o'tkazilayotgan "siyosiy ma'rifat soati" yurtimizda kechayotgan ijobiy o'zgarishlarning mohiyatini keng va batafsil tushuntirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.Ana shunday ma'rifiy o'quv soatlari vazirlik va vazirlik tassarufidagi idoralari xodimlari uchun mazmunli bo'lmoqda.Maktabgacha ta'lim vazirligida har juma kuni vazirlik xodimlari ishtirokida Ma'naviyat soati bo'lib o'tadi. Unda xafta davomida hukumatimiz tomonidan qabul qilingan normativ-xuquqiy hujjatlar, mamlakatimizning siyosiy, ijtimoiy xayotidagi yangiliklar va axborotlar berib turiladi.Navbatdagi "siyosiy ma'rifat soati"da o'zbek tilining hozirgi kundagi ahamiyati, mavqei to'g'risida Davlat tilida ish yuritish asoslarini o'qitish va malaka oshirish markazi direktori Inomjon Azimov tomonidan dolzarb ma'lumotlar berib o'tildi.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Аlohida ehtiyojga ega bolalar uchun Yaponiya tajribasi asosida inklyuziv taʼlim sohasidagi loyiha ishga tushiriladi.

2021-yil 11-iyunь kuni JICA ning Oʼzbekistondagi vakolatxonasi, Maktabgacha taʼlim vazirligi va Oʼzbekiston Xalq taʼlimi vazirligi tomonidan "Oʼzbekistonda maktabgacha va boshlangʼich maktab taʼlimida imkoniyati cheklangan bolalar ehtiyojlariga javob berish uchun oʼqituvchilar salohiyatini mustahkamlash" boʼyicha hamkorlik bayonnomasi imzolandi. Loyihaning umumiy maqsadi inklyuziv taʼlimni targʼib qilish, shuningdek, inklyuziv taʼlimda oʼqituvchilarning amaliy faoliyati uchun asos sifatida alohida eʼtiborga muhtoj bolalar uchun taʼlim sohasidagi bilim va koʼnikmalarga oid masalalarni yoritishdan iborat. Loyiha doirasida maktabgacha va boshlangʼich sinf oʼqituvchilari uchun maxsus taʼlim sohasidagi mavjud bilim va tajribalardan foydalanib dastur ishlab chiqiladi. Loyihada 2 yoshdan 7 yoshgacha boʼlgan bolalar ishtirok etishi rejalashtirilgan. Loyiha davomida tajriba tarzida maktabning birinchi sinf oʼquvchilarini boshlangʼich taʼlimga yanada yumshoq oʼtishini taʼminlash hamda maktabgacha taʼlimda ijobiy amaliyotlarni mustahkamlash maqsadida qamrab olinadi. Bundan tashqari, Oʼzbekistonda 6 oy davomida, yaʼni loyiha doirasida, istiqomat qiluvchi yaponiyalik ekspert koʼmagida loyiha imkoniyati cheklanganlikning besh turini qamrab oladi, yaʼni, nutqida nuqsoni bor bolalar, tayanch-harakatida nuqsoni bor bolalar, koʼrish qobiliyatida nuqsoni bor bolalar, aqliy va psixik rivojlanishida nuqsoni bor bolalar, eshitish qobiliyatida nuqsoni bor bolalardir. Loyihaning yana bir tarkibiy qismi-Yaponiyada qisqa muddatli oʼquv dasturlaridir. JICA har yili uch yil davomida Oʼzbekistondan oʼn ikki nafar, yaʼni Maktabgacha taʼlim vazirligidan oʼn nafar va Xalq taʼlimi vazirligidan ikki nafar mutaxassisni qabul qiladi. Loyiha boʼyicha hujjatlarni imzolash marosimida, Maktabgacha taʼlim vazirligi va Xalq taʼlimi vazirligi JICA tomonidan olib borilayotgan ishlar, yaʼni boshlangʼich taʼlim sifatini yaxshilash hamda imkoniyati cheklangan bolalarni qoʼllab-quvvatlaganligi uchun oʼz minnatdorchiliklarini bildirishdi.

Batafsil
Maktabgacha ta'lim agentligi
Jamoatchilik kengashi aʼzolari uchun seminar tashkil etildi

Maktabgacha taʼlim vazirining 2019 yil 4 dekabrdagi “Maktabgacha taʼlim vazirligi huzurida Jamoatchilik kengashlari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi 207-son buyrugʼi asosida yigirma toʼrt kishidan iborat vazirlik huzuridagi jamoatchilik kengashi tarkibi shakllantilgan boʼlib, jamoatchilik kengashi raisi sifatida Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti Ijtimoiy gumanitar fanlar kafedrasi professori Sultanova Eʼtibor Siddiqovna tasdiqlangan. Jamoatchilik kengashining asosiy vazifalaridan biri sifatida sohaga oid qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlarda, davlat, tarmoq va hududiy rivojlantirish dasturlarida jamoatchilik manfaatlari va jamoatchilik fikri hisobga olinishi, fuqarolarning, yuridik shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini, jamiyat manfaatlarini himoya qilish sohasida qonun hujjatlari talablari ijrosini taʼminlash, davlat xizmatlarini koʼrsatish, ijtimoiy sheriklik doirasida amalga oshiriladigan bitimlar, shartnomalar, loyihalar va dasturlarni roʼyobga chiqarish boʼyicha vazirlik va uning mansabdor shaxslarining faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirish belgilangan. Maktabgacha taʼlim vazirligi binosida Oʼzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi tomonidan "Zoom" platformasi oqali tegishli vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda Jamoatchilik Kengashlari faoliyatini samarali tashkil etish yuzasidan seminar tashkil etildi. Seminarda jamoatchilik kengashi raisi Eʼtibor Sultanova, jamoatchilik kengashi aʼzolari hamda vazirilik xodimlari ishtirok etishdi. Seminarda vazirlik tomonidan 2021 yil besh oyida jamoatchilikka taqdim etilgan maʼlumotlar hisoboti berildi. Maktabgacha taʼlim vazirligi Аxborot xizmati

Maktabgacha ta'lim agentligi
Toshkent viloyati O'rta Chirchiq tumanida faoliyatini boshlagan yangi MTTlar

Toshkent viloyati O'rta Chirchiq tumani maktabgacha ta'lim bo'limi tasarrufida 43 ta maktabgacha ta'lim tashkilotlari faoliyat ko'rsatib, shundan 23 ta davlat, 2 ta xususiy, 1 ta Davlat xususiy sherikchiligi asosidagi nodavlat va 17 ta oilaviy maktabgacha ta'lim tashkilotlari hisobiga to'g'ri keladi.Hozirgi kunda viloyatdagi mavjud 10 817 nafar 3-7 yoshli bolalarning 6 013 nafari yoki 55,6 foizi mazkur maktabgacha ta'lim tashkilotlariga qamrab olindi.O'rta Chirchiq pedagogik kolleji qoshida 7 sonli DMTT ochildi. MTT binosi butunlay ta'mirlanib, hozirda u 8 ta guruhni (240 nafar tarbiyalanuvchidan iborat) o'ziga sig'dira oladi. Ichki jihozlar va mebel bolalarning yoshi inobatga olingan holda yengil va ekologik toza materiallardan ishlangan.Maktabgacha ta'lim yo'nalishiga 2019 yil sentyabr oyidan O'rta Chirchiq pedagogika kollej bazasida maktabgacha ta'lim tashkiloti tashkil etish yuzasidan amaliy ishlar yo'lga qo'yilib, 240 o'rinli maktabgacha ta'lim tashkiloti "Vodiy sarkor biznes" MCHJ korxonasi tomonidan jami qiymati 2 mlrd. 200 mln. so'mlik qurilish ishlari olib borildi.Tumandagi kim-Pen Xva maxalla fuqarolar yig'ini hududida joylashgan "Do'stlik" nomli 19-DMTT 1973-yilda qo'rilib, 140 quvvatga ega. O'zbekiston Respublikasi Prizidentining 2018 yil 19-dekabrdagi PQ-4067-sonli qaroriga muvofiq 2019 yil "Investisiya" dasturi asosida rekonstruktsiya qilinib, 325 quvvatga ega zamonaviy DMTT qurib bitkazildi. Bugungi kunda ushbu DMTT obyekti qurilish-ta'mirlash ishlari yakulanib, foydalanishga topshirish rejalashtirilgan.Tumanda 7 sonli va 19 sonli Davlat maktabgacha ta'lim tashkilotlari faoliyatini boshlanishi natijasida yangi 62 ta ish o'rini va 565 quvvat yaratilib, tumanning qamrovi 6 013 nafar yoki 55,6 foizdan 6 578 nafar yoki qo'shimcha 5,2 foiz qamralib, 60,8 foizga yetkaziladi.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Bu yurtning barcha bolalari eʼtiborda!

Har qanday davlat siyosatining insonparvar tamoyillarga asoslanishi, jamiyatda aholining nogiron va ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamiga yaratilgan shart-sharoitlar, ularning erkin, farovon yashashi uchun kerak boʼlgan barcha sohadagi qoʼllab-quvvatlanishlari bilan belgilanadi. Аlohida yordamga muhtoj boʼlgan bolalarning taʼlim olish jarayonini isloh qilib borish, rivojlanish darajasidan qatʼiy nazar, har bir davlat va jamiyat oldida turgan masaladir. Ularning ijtimoiy hayotda munosib tarzda oʼz oʼrnini topishi, bevosita ishtirok etishi uchun taʼlimni toʼlaqonli oʼzlashtirishi hamda uning zamirida muayyan kasb-hunarni egallay olishi lozim. Oddiy sharoitlarda, maktabgacha taʼlim tizimida kamol topgan, tibbiy jihatdan sogʼligida nuqsoni bor boʼlgan bolalar olgan taʼlimining darajasi ularning ijtimoiy reabilitatsiyasi, moslashuvi hamda jamiyat hayotiga samarali uygʼunlashuvining muvaffaqiyatiga bevosita taʼsir koʼrsatadi. Yaʼni mazkur taʼlim tizimi sharoitida bilimlarni egallagan, ijtimoiy hayotda yashash uchun zaruriy sanalgan koʼnikmalar va kasb hunarni egallagan har qanday nogironligi boʼlgan shaxs oʼzgarishlar jarayoniga tez va qulay moslashib, shaxsiy va oilasining hayotini farovonlashtirishi orqali mamlakat aholisi turmush darajasining yuqorilashuvini taʼminlaydi. Shu jihat bilan bogʼliq holda taʼlim tashkilotlarining bugungi vazifasi alohida yordamga muhtoj bolalarni oʼz oilasi, mahallasida oʼsib kamol topishiga qulay sharoit yaratib berish orqali zamonaviy bilimlar, hayotga toʼsiqlarsiz uygʼunlashib ketishining omili sanalgan ijtimoiy malakalar bilan qurollantirish, mustaqil ravishda faoliyat koʼrsata olishga oʼrgatishdan iborat etib belgilanmoqda. Maktabgacha taʼlim vaziri hamda tegishli boshqarma boshliqlari bolajonlar uchun korreksion-pedagogik va reabilitatsiya uskunalari bilan Chilonzor tumanidagi 289-sonli va Qibray tumanidagi 34-sonli koʼptarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim tashkilotiga tashrif buyurishdi. Uchrashuvda bolajonlar tomonidan sheʼrlar, raqslar ijro etildi. Koʼngli koʼtarilgan qalbi murgʼak shirintoylarni koʼrganda, inson beixtiyor koʼngli shod boʼladi. Tadbir soʼngida har bitta bolajonga sovgʼalar taqdim etildi. Аyniqsa, tadbirga tashrif buyurgan ota-onalar tomonidan aynan shunday bolajonlar jamiyatda oʼz oʼrnini topishi maqsadida qilinayotgan saʼy-harakatlari uchun minnadorchilik bildirildi. Аlbatta, bu kabi insonparvarlik siyosatining davlat tomonidan amalga oshirilishi, alohida ehtiyojga ega boʼlgan bolalarni jamiyat hayotiga faol aralashuvi, qolaversa jamiyatda oʼz oʼrniga ega boʼlishi kabi maqsadlar olgʼa surilayotganligining bevosita guvohi boʼlmoqdamiz. Bu kabi yuksak eʼtibordan ota-onalarning xursandchiligi cheksizdir, shu bilan birga farzandining ertasi uchun davlat qaygʼurayotganligidan koʼngillari tinch va xotirjamligi ularning chehralaridan anglash qiyin emas. Maktabgacha taʼlim vazirligi Аxborot xizmati

Maktabgacha ta'lim agentligi
Sifatni oshirishga qaratilgan islohot

Barchamizga ma'lumki, har bir rahbar kadr o'z ustidan muntazam ravishda ishlamasa, o'zini rivojlantirish yo'lida sa'y-harakatlarni amalga oshirmasa, zamon talabidan yiroqlashadi. Aynan shu masalada maktabgacha ta'lim sohasida barcha hududiy rahbar xodimlarni lavozimga kompetentligi yuzasidan isloh qilish jarayoni vujudga keldi. Ko'pchilikka sir emas so'nggi to'rt yilda sohada bolalar qamrovi 60 foizdan oshdi, Mttlar soni 18 126ga etdi, bularning zamirida avvalom bor Davlat rahbarining siyosatlari yotibdi.Davr talabi bo'yicha hududlarda maktabgacha ta'lim tashkilotlari sonini ko'paytirish, tarbiyalanuvchilarning yanada qamrovini kengaytirish va ularga beriladigan ta'lim-tarbiya sifatini oshirish masalalari dolzarbligini e'tiborga olgan holda, bir qator ishlar amalga uchun zarur chora-tadbirlar belgilanmoqda.Ammo, tan olishimiz kerakki chekka hududlarda hamon qamrov darajasi past, shu bois, tumanlarning olis va chekka hududlarida maktabgacha ta'lim tashkilotlari barpo etilishi rejalashtirilgan. Maktabgacha ta'lim tashkilotlarini ilg'or xorijiy tajriba asosida qurish, zamonaviy jihozlar va qo'llanmalar bilan ta'minlash hamda ta'lim-tarbiya sifatini talab darajasiga ko'tarish lozim. Bu borada hududlardagi har bir rahbar xizmat majburiyatlarini amalga oshirishda sustkashlikka yo'l qo'ymasdan, o'z ustida ishlashi, malakasini oshirib borishi, zimmasiga yuklatilgan vazifalarni to'laqonli bajarishi shartligi belgilangan. Aynan shu maqsadda, vazirlik tomonidan viloyat va tuman rahbarlarini o'z lavozimlarida vaqtincha vazifani olib borish mas'uliyati yuklatilyapti. Nega degan savol tug'iladi? Bunda har bir rahbar xodim, ishlab turgan lavozida yanada shijoatkorlik, yuklatilgan vazifasidan kelib chiqib, yangi g'oyalar va tashabbuslar bilan sohani rivojlantirishga qaratilgan dasturlar yaratilishi ko'zda tutilgan.Yuqoridagilarni inobatga olib, hududlardagi har bir rahbar xodimlar maktabgacha ta'lim sohasidagi o'zgarishlarga munosib hissasini qo'shishi maqsadida o'z vazifasini bajaruvchi darajasiga tushirilib, mas'uliyatni sezgan holda o'z lavozimiga loyiqligini oshkoralik va shaffoflikka rioya qilgan holda, xalqning ishonchini oqlashi hamda faoliyatining samarasi va natijadorligiga erishishi talab etilmoqda.

Maktabgacha ta'lim agentligi
"Aqlvoy" telekanalining rasmiy ochilish marosimi bo'lib o'tdi

Bugun, Toshkent shahri Markaziy bog'ida "Aqlvoy" telekanalining rasmiy ochilish marosimi o'tkazildi. "Aqlvoy" xususiy bolalar telekanali Maktabgacha ta'lim vazirligi ko'magi bilan Vazirlar Mahkamasining 2020 yil avgust oyida qabul qilingan "Ixtisoslashgan bolalar ko'ngilochar–ma'rifiy telekanalini tashkil etish to'g'risida"gi qarori asosida tashkil etilgan. Shuningdek, 22 martdan buyon test rejimida ishlayotgan mazkur telekanal hozirgacha 20 ta telekanal ichidan kunlik reytingda 4-o'rinni egallagan. Dastlab, O'zbekiston Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Norboeva marosimni kirish so'zi bilan ochib berdi. Ochilish marosimida so'zga chiqqan Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Norboeva, O'zbekistonda maktabgacha ta'lim qamrovi 3-4 yil avval 27 foizni tashkil qilganligi, hozirda esa bu ko'rsatkich 61 foizni tashkil etganligini mamnuniyat ila ta'kidlab, "2025 yilgacha mazkur ko'rsatkich 100 foizni ko'rsatishi reja qilinganligini haqida so'zladilar. Xalqaro hamkorlarga soha rivojiga qo'shayotgan hissalari uchun o'z minnatdorchiligimizni bildiramiz. Xususan, BMTning UNICEF tashkilotiga, Jahon banki vakillariga, barcha elchixona xodimlariga katta rahmat aytamiz", — dedi Senat raisi. "Aqlvoy" telekanalining asosiy maqsadi maktabgacha yoshdagi bolalarga ilmiy-ma'rifiy, ko'ngilochar va intellektual rivojlanishiga qaratilgan teledasturlarni efirga berishdan iborat. Bundan tashqari, telekanalning asosiy auditoriyasi 3 yoshdan 9 yoshgacha bo'lgan bolalar bo'lib, kanal soat 07:00 dan 22:00 gacha faoliyat yuritadi. "Aqlvoy" telekanalining asosiy maqsadi maktabgacha yoshdagi bolalarga ilmiy–ma'rifiy, ko'ngilochar va intellektual rivojlanishiga qaratilgan teledasturlarni efirga berishdan iborat. Tadbir doirasida shular bilan bir qatorda, "Aqlvoy" oshpaz kitobi taqdimoti ham o'tkazildi. Oshpaz Bahriddin Chustiyning bergan ma'lumotiga asosan, ushbu bolalar uchun mo'ljallangan taomlar reseptlari kitobi maktabgacha yoshdagi bolalar uchun maxsus ishlab chiqilgan. Unda 250 dan ortiq taomning tayyorlanish resepti joy olgan. Ushbu loyiha uchun umumiy 50 dan ortiq jamoa vakillari ishtirok etgan. El suygan san'atkorlar hamda maktabgacha ta'lim tashkiloti tarbiyachilarining musiqali chiqishlari marosimga o'zgacha kayfiyat ulashdi. Maktabgacha ta'lim vazirligi axborot xizmati

Maktabgacha ta'lim agentligi
Uch bosqichli kaskad usulida pedagoglarni kompetentsiyalarini rivojlantirish.

Maktabgacha taʼlim vazirligining 2021 yil 18-maydagi 88-sonli buyrugʼiga asosan 2021 yil yakuniga qadar 20 mingdan ziyod maktabgacha taʼlim tashkilotlari pedagoglarini qamrab olgan holda hududlarda uch bosqichli kaskad usulida pedagoglarni kompetentsiyalarini rivojlantirishga qaratilgan seminar treninglar tashkil etilishi rejalashtirilgan boʼlib, ushbu maqsadda 26-29 may kunlari Maktabgacha taʼlim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutida maktabgacha taʼlim tizmining hududlardagi 28 nafar katta tajribaga ega pedagoglari trenerlar sifatida tayyorlandilar. Oʼz navbatida ushbu trenerlar hududlarda yana 414 nafar trenerlarni tayyorlaydilar va birgalikda respublikamizning barcha tuman (shahar)larida maktabgacha taʼlim tashkilotlari pedagoglari uchun seminar treninglar tashkil etadilar.Mazkur seminar treninglarni tashkil eitshdan maqsad maktabgacha taʼlim tashkilotlarida taʼlim-tarbiyaning samarali tashkiliy va pedagogik shakllari, oʼqutishning zamonaviy va ilgʼor usullari hamda yangi pedagogik va axborot texnologiyalarini taʼlimiy va tarbiyaviy jarayonga joriy etish, pedagoglarning kasbiy kompetentsiyalarini yanada oshirishdir. Seminar trening kursining oxirida ishtirokchilar taqdimot ishlarini namoyish qildilar. Oʼzlashtirgan bilimlarni, oʼzlarining kasbiy faoliyatni samarali tashkil etish malakalariga egaliklarini, pedagogning intellektual salohiyatini oshirish, dunyoqarashlarini boyitishda pedagoglarning kasbiy kompetentlik sifatlari va kreativlik mohiyatini, oʼqitishning yangi, innovatsion shakl, metod va vositalari bilan tanishtirish, oʼz ish faoliyatlarini tashkil etish, faollashtirish borasida bilim, koʼnikma va malakalariga ega boʼladilar. Bugungi kun maktabgacha taʼlim tashkiloti pedagogiga qoʼyilayotgan talablarning mazmun va mohiyati ham anglanilib, har bir ishtirokchi test ham topshirdi. Mazkur qisqa muddatli kurs maktabgacha taʼlim tashkiloti pedagoglarning kasbiy kompetentligini va kreativligini oshirishga erishish imkoniyatini yaratdi.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Bolaga begovelda yurishni qanday oʼrgatish kerak?

Prezidentimizning 2020 yil 30 oktyabrdagi “Sogʼlom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi farmonida velosiped sport turini rivojlantirish yuzasidan qator vazifalar belgilangan.Mazkur vazifalar ijrosini taʼminlash maqsadida Turizm va sport vazirligi, Oʼzbekiston velosiped sporti federatsiyasi, Maktabgacha taʼlim vazirligi hamda YeXHTning Oʼzbekistondagi vakolatxonasi hamkorligida maktabgacha taʼlim muassasalari tarbiyalanuvchilari sport bilan shugʼullanishi uchun ularni zamonaviy begovellar – bolalar uchun pedalsiz velosipedlar bilan taʼminlash, “Oʼzbekistonda birinchi bolalar velomarafoni”ni oʼtkazish boʼyicha memorandum imzolangandi.Memorandum doirasida 2021 yildan boshlab respublikamizning barcha hududlaridagi maktabgacha taʼlim muassasalarini bosqichma-bosqich begovellar bilan taʼminlash koʼzda tutilgan.Loyiha doirasida Toshkent shahridagi 13 ta maktabgacha taʼlim tashkilotiga dastlabki 400 ta begovel topshirildi. Shu munosabat bilan Yakkasaroy tumanidagi 369-sonli ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim tashkilotida begovel yetkazib berilgan muassasalar tarbiyachilari uchun trening oʼtkazilib, bolani begovelga oʼrgatish mahorati oʼrgatildi, begovelning foydali xususiyatlari, oʼziga xos jihatlari haqida batafsil maʼlumot berildi. – Begovelning asosiy afzalligi shundaki, – deydi Oʼzbekiston milliy terma jamoasi murabbiyi Leysan Xazieva. – Bola odatdagi pedal velosipedga qaraganda unda muvozanatni saqlashni oʼrganishi osonroq. Begovel bolaning mushak-skelet tizimini mukammal darajada rivojlantiradi. Begovelda bola tanasini boshqarishni va harakatlarini tezlikda muvofiqlashtirishni oʼrganadi.Loyiha doirasida maktabgacha taʼlim muassasalari oʼqituvchilari hamda ota-onalar uchun “Bolaga begovelda yurishni qanday oʼrgatish kerak?” nomli uslubiy qoʼllanma ishlab chiqildi. Oʼzbekiston velosiped sporti federatsiyasining tajribali murabbiylari hamda mahoratli sportchilari tomonidan amaliy mashgʼulotlar olib borildi. – Bolajonlarni begovelga oʼrgatish jarayonida ularning ayrimlarida biroz hadik, baʼzi birlarida qoʼrquv, hayajon boʼldi, – deydi Oʼzbekiston milliy terma jamoa aʼzosi Yanina Kuskova. – Аmmo qiziqishlari ustunlik qilib, tezda begovelda yurish koʼnikmasini egallab olishdi. Oʼylaymanki, ular tarbiyachilari koʼmagida bir-necha kunlik mashqlardan soʼng, begovelni erkin boshqara olishadi.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Ziroat Mirziyoyeva Nukusdagi “Imkon” reabilitatsion bolalar bog’chasiga tashrif buyurdi

"Zamin" fondi Vasiylik kengashi raisi Ziroat Mirziyoyeva Nukus shahridagi "Imkon" reabilitatsiya markaziga ega ko’p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta'lim muassasasi bolalari bilan uchrashdi. — Bu dargohdagi o‘g‘il-qizlar qanchalik harakat qilib o‘z ustida ishlayotgani, ular erishayotgan yutuqlarni ko‘rib, juda mamnun bo‘ldim. Asosiysi, har bir bolaga alohida yondashuv bor, hech kim eʼtibordan chetda qolmayapti, — dedi Ziroat Mirziyoyeva. Eslatib o'tamiz, Nukusda 2019-yil aprel oyida nogironligi bor bolalar uchun “Imkon” reabilitatsiya markaziga ega bo'lgan O'zbekistondagi birinchi ko’p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta'lim muassasasi ochilgan. "Imkon" loyihasining o'ziga xos xususiyati – reabilitatsiya va ta'lim bo’limlarini birlashtirishga qaratilgan kompleks yondashuv, bu har xil nogironligi bor bolalarga yaxlit, maqsadli, individual yo'naltirilgan yordam ko'rsatishga imkon beradi. Ochilganidan buyon “Imkon” markazida 241 nafar nogironligi bor bolalar qabul qilingan. 2021-yil 1-may holatiga ko'ra, ko'p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta'lim muassasasiga 119 nafar o'quvchi qabul qilindi, ular og'ir eshitish qobiliyati, aqliy zaifligi va tayanch-harakat tizimining buzilishi bo'lgan bolalar uchun guruhlarda ta'lim oladilar. Tuzatish va ta'lim jarayoni natijalariga ko'ra, bolalarning 90,4 foizida ijtimoiylashuv va moslashish sohasida; turli darajadagi motorli ko'nikmalarni rivojlantirish bo’yicha 97,8 foizida; nutqida nuqsoni bo'lgan bolalarning 92,3 foizida ijobiy rivojlanish kuzatildi. Maktabgacha ta’lim vazirligi Axborot xizmati

Maktabgacha ta'lim agentligi
2021 yil uchun davlat maktabgacha ta'lim tashkilotlarida bolalar ta'minoti uchun ota-onalar to'lovi miqdorlari

№ Tashkilot joylashgan joyva bolalarning kuniga undabo'lish vaqtiBir oylik to'lov miqdoritashkilotgaqatnovchi oiladagibitta bolagaoiladagi har birbolaga, agar tashkilotga bittadanortiq bola qatnasa2021 yil 1 maydan amal qiladi1.Toshkent shahri1.14-5 soat33 00023 0001.29 soat179 000128 0001.310,5 soat214 000152 0001.412 soat242 000171 0001.524 soat255 000182 0002.viloyat markazlari2.14-5 soat31 00022 0002.29 soat173 000123 0002.310,5 soat207 000147 0002.412 soat229 000162 0002.524 soat 243 000173 0003viloyat bo'ysunuvidagi shaharlar3.14-5 soat 28 00020 0003.29 soat159 000113 0003.310,5 soat179 000128 0003.412 soat206 000146 0003.524 soat216 000153 0004tuman markazlari4.14-5 soat25 00017 0004.29 soat117 00089 0004.310,5 soat159 000120 0004.412 soat181 000136 0004.524 soat192 000144 0005boshqa joylar5.14-5 soat23 00016 0005.29 soat83 00067 0005.310,5 soat145 000116 0005.412 soat170 000128 0005.524 soat179 000135 0002021 yil 1 maydan amal qiladi1.Toshkent shahri1.14-5 soat38 00026 0001.29 soat206 000147 0001.310,5 soat246 000175 0001.412 soat 278 000197 0001.524 соат 293 000209 0002.viloyat markazlari2.14-5 soat 36 00025 0002.29 soat199 000141 0002.310,5 soat238 000169 0002.412 soat263 000186 0002.524 soat279 000199 0003viloyat bo'ysunuvidagi shaharlar3.14-5 soat 32 00023 0003.29 soat183 000130 0003.310,5 soat 206 000147 0003.412 soat237 000168 0003.524 soat248 000176 0004tuman markazlari4.14-5 soat 29 00020 0004.29 soat135 000102 0004.310,5 soat183 000138 0004.412 soat208 000156 0004.524 soat221 000166 0005boshqa joylar5.14-5 soat26 00018 0005.29 soat95 00077 0005.310,5 soat 167 000133 0005.412 soat196 000147 0005.524 soat206 000155 000

Maktabgacha ta'lim agentligi
“432 mln soʻmlik taklif turganda 655 mln soʻmlik davlat xaridi. Yunusobod maktabgacha taʼlim boʻlimi tuzgan bitim korrupsiyadan xolimi? ” sarlavhali maqola yuzasidan rasmiy xabar

Joriy yilning 24-aprel kuni “kun.uz” saytida “432 mln soʻmlik taklif turganda 655 mln soʻmlik davlat xaridi. Yunusobod maktabgacha taʼlim boʻlimi tuzgan bitim korrupsiyadan xolimi? ” sarlavhali maqolada Yunusobod tumani maktabgacha taʼlim boʻlimi tumandagi bogʻchalarga kanstovar mahsulotlari yetkazib berish boʻyicha oʻtkazilgan tanlovdan 432 mln soʻmlik taklif bergan firmani tushunarsiz sabablarga koʻra chiqarib yuborib, ayni shu buyurtma boʻyicha 655 mln soʻmlik taklif bergan firma tanlab olinganligi taʼkidlab oʻtilgan. Ushbu ish boʻyicha tekshiruvlar olib borildi, boshqarma bilan tuzilgan shartnoma bekor qilindi va shaffoflikni taʼminlash maqsadida, qayta tanlov oʻtkazish belgilandi. Shu munosabat bilan korxonalar oʻz shartnomalarini Yunusobod tumani maktabgacha taʼlim boʻlimiga taqdim etishlari mumkin.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Maktabgacha taʼlim vazirligi va Jahon banki Oʻzbekistondagi maktabgacha taʼlim muassasalarida bolalarga oʻyin metodlari orqali taʼlim berishni qoʻllab-quvvatlaydi.

Oʻzbekiston hukumatining ustuvor vazifalaridan biri butun Oʻzbekistonda bolalarning maktabgacha taʼlim olish imkoniyatlarini takomillashtirish va shunday taʼlimning sifatini oshirishdan iborat. Jahon banki Maktabgacha taʼlim vazirligi (MTV) bilan hamkorlikda ushbu maqsadga erishish hamda 3-7 yoshli bolalarga maktabgacha taʼlim xizmatlaridan samarali foydalanish imkonini taqdim etishga qaratilgan islohotlarni qoʻllab-quvvatlaydi. 2019-yilning may oyida Jahon banki Oʻzbekiston hukumatiga mamlakatda maktabgacha taʼlim tizimini rivojlantirishga yoʻnaltirilgan loyihani amalga oshirishga yordam berish maqsadida 74 mln AQSH dollari miqdorida mablagʻ ajratdi. Bundan tashqari, mazkur loyiha maktabgacha taʼlim tashkilotlari tarbiyachilarini turli pedagogik metodikalar boʻyicha oʻqitishni moliyalashtirishni ham oʻz ichiga oladi. Shuningdek, butun mamlakat boʻylab 1 milliondan ortiq oʻgʻil va qiz bolalar qatnaydigan davlat maktabgacha taʼlim muassasalari zamonaviy, bolalar uchun maxsus moʻljallangan jihoz va mebel, oʻquv-metodik materiallar, oʻyinlar, oʻyin hududlari, va kompyuterlarga ega boʻladilar. MTV maktabgacha taʼlim muassasalari va uyda taʼlim berish amaliyotiga oʻqitishni oʻyin vositalari bilan integratsiyalashga koʻmaklashuvchi tashabbusni joriy etmoqda. Jahon banki tomonidan boshqariluvchi, koʻplab donorlar ishtirokidagi “Ilk yoshdagi bolalarni oʻqitish boʻyicha hamkorlik” trast jamgʻarmasi tomonidan taqdim etilgan 155 ming AQSH dollari miqdoridagi grant mazkur tashabbusni amalga oshirishga koʻmaklashadi. Ushbu tashabbus, shuningdek, bolalarning maktabga tayyorlik darajasini oshirish maqsadida yuqorida nomi keltirilgan loyihani yanada toʻldirishga qaratilgan. “Oʻqitishning oʻyinga asoslangan innovatsion yondashuvlari” tashabbusi bolalarga oʻyin vositasida taʼlim berish imkonini taqdim etish orqali butun mamlakatdagi maktabgacha taʼlim tashkilotlaridagi taʼlim sifatini oshirish maqsadida ishlab chiqilgan. Oʻyin jarayonida oʻqitish bolalardagi mavjud qobiliyatni toʻlaqonli ochib beradi, shuningdek, ularni butun hayoti davomida oʻqishga, hamkorlik qila olishga, muammolarni hal qilishga oʻrgatish bilan bir qatorda ijodiy fikrlovchi va eʼtiborli yetakchi boʻlib yetishishlariga zamin yaratadi. Bu esa ularni bugungi oʻzgaruvchan zamonda muvaffaqiyat yoʻlidan borishlariga koʻmaklashadi», – dedi maktabgacha taʼlim vaziri Agrippina Shin xonim. Taqdim etilgan grant interaktiv vositalarni ishlab chiqishni moliyalashtiradi. Ushbu vositalardan maktabgacha taʼlim muassasalari tarbiyachilari ham, ota-onalar ham birday foydalana oladilar. Maktabgacha taʼlim muassasalari uchun oʻyinga asoslangan taʼlim resurslari va tarbiyachilarning malakasini oshirish boʻyicha oʻquv kursi ishlab chiqiladi hamda ular alohida ishlab chiqilgan mobil dasturiy taʼminot vositasida joriy etiladi. Dastur auditoriyada oʻqitishning oʻyinga asoslangan metodlaridan foydalanish boʻyicha tarbiyachilar malakasini oshirishga moʻljallangan interaktiv videomodullarni oʻz ichiga oladi. Bundan tashqari, mobil dasturiy taʼminot MTVning ota-onalar bilan hamkorligini mustahkamlashga koʻmaklashadi. Ota-onalarga uyda oʻyin jarayonida taʼlim berishni oʻrgatish boʻyicha seminarda ishtirok etish tavsiya etiladi. Ota-onalar, buvi va buvalar hamda aka-uka va opa-singillar uchun moʻljallangan maxsus materiallardan foydalanish imkoni ham taqdim etiladi. “Jahon banki Oʻzbekiston hukumatining 2017-yildan buyon maktabgacha taʼlim berishni kengaytirish bilan bogʻliq masalalarda erishgan yutuqlarini eʼtirof etadi. Biz MTVni bolalarni maktabga yanada yaxshiroq tayyorlaydigan va ularga, keyinchalik – voyaga yetgach, jamiyatning faol aʼzosi boʻlib yetishishlariga yordam beradigan zarur bilim va koʻnikmalarni oʻrgatish bilan bogʻliq faoliyatida bundan keyin ham qoʻllab quvvatlaymiz”, – dedi Jahon bankining Oʻzbekistondagi vakolatxonasi rahbari janob Marko Mantovanelli.

Вид сайта
Размер шрифта