Yangiliklar
Maktabgacha ta'lim agentligi
Navoiy viloyatida munosiblar taqdirlandi

Navoiy viloyati hokimligi va viloyat maktabgacha ta'lim boshqarmasi "Yilning eng yaxshi tarbiyachisi-2021" kasbiy ko'rik tanlovida faol qatnashgan 5 nominatsiyadagi 18 nafar maktabgacha ta'lim tizimi hodimlarini hamda sportning shaxmat turi bo'yicha MTT tarbiyalanuvchilari o'rtasida o'tkazilgan Respublika tanlovining sovrindorlari va ularning murabbiyini erishgan yutuqlari uchun qimmatbaxo sovg'alar bilan taqdirladi.

Batafsil
Maktabgacha ta'lim agentligi
Kattaqo'rg'on shahridagi maktabgacha ta'lim bo'limining yangi binosi foydalanishga topshirildi

Bu bo'lim zamonaviy, qulay, eng yangi standart va talablarga to'liq javob beradi. O'zbekiston Respublikasi maktabgacha ta'lim vaziri Agrippina Shin maktabgacha ta'limning yangi bo'limini ochilish marosimida ishtirok etdi. Vazir bino sharoitlari va obodonlashtirish ishlari bilan tanishdi. Ochilish marosimi doirasida konsert dasturi namoyish etildi. Tomoshabinlar maktabgacha ta'lim tashkiloti tarbiyalanuvchilarining qo'shiqlari va raqslaridan mamnun bo'lishdi. Tadbirdan so‘ng vazir Agrippina Shin Kattaqo'rg'on pedagogika kollejiga tashrif buyurdi. Vazir kollejda faoliyat ko'rsatadigan davlat maktabgacha ta'lim tashkilotining qurilish jarayoni bilan tanishdi. Avvalroq, maktabgacha ta'limdagi klaster tizimi ta'lim va tarbiya sifatini oshirish, uni amaliyot bilan uyg'unlashtirish maqsadida amalga oshirilayotgani haqida xabar berilgan edi.Shuningdek, u kelgusida viloyatda maktabgacha ta'lim tizimi uchun sog'lom oziq-ovqat bilan ta'minlaydigan oziq-ovqat mahsulotlarini qayta ishlash kombinatini qurish bo'yicha zarur ko'rsatmalar va topshiriqlarni berdi. Maktabgacha ta’lim vazirligi Axborot xizmati

Maktabgacha ta'lim agentligi
Jahon bankining Oʻzbekistondagi “Bolalarni erta yoshdan rivojlantirishni takomillashtirish” loyihasi doirasida treninglar boshlandi.

Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi tomonidan joriy yilning 4 oktabridan 29 oktabriga qadar Jahon banki bilan hamkorlikdagi “Bolalarni erta yoshdan rivojlantirishni takomillashtirish” loyihasi doirasida “Oʻzbekistonda maktabgacha taʼlim tizimida bolaga yoʻnaltirilgan taʼlim yondashuvini joriy etish” dasturiga binoan treninglar boshlandi. Treninglarning maqsadi - xalqaro eng yaxshi amaliyotlarga, shuningdek, faol va interfaol taʼlim metodologiyasiga mos keladigan bolaga yoʻnaltirilgan taʼlim yondashuvini ilmiy jihatdan sogʻlom yoʻnalishlari va amalda joriy etilishi bilan tanishtirishdan iborat. Bundan tashqari, mazkur treningdan koʻzlangan asosiy maqsad maktabgacha taʼlim tashkilotlarining taʼlim-tarbiya jarayoniga ushbu yondashuvni joriy etish maqsadida milliy master-trenerlar tayyorlashning birinchi bosqichini oʻtkazishdan iborat. Treninglar Qoraqalpogʻiston Respublikasi va barcha viloyatlardagi  boshqarmalar metodistlari, kollej oʻqituvchilari, maktabgacha taʼlim tizimi mutaxassislariga moʻljallangan. Treninglarda pedagoglarga bir-biridan oʻrganish imkoniyatini beruvchi kollegial taʼlim elementi mavjud boʻlib, mazkur treninglar milliy master-trenerlarni tayyorlashda birinchi bosqich hisoblanadi. Ikkinchi bosqich murabbiylik mahoratini oʻrgatishni oʻz ichiga oladi. Jahon bankining xalqaro konsultanti Zulfiya Veysova koʻmagida kelajakda maktabgacha taʼlim tashkilotlari metodistlari va tarbiyachilariga kaskad usuli yordamida bevosita joylarda trening oʻtkazadigan 100 nafar master-trenerlarning tayyorlanishi loyiha doirasida rejalashtirilgan. Ushbu treninglar bolalarning yoshi va individual xususiyatlarini inobatga oluvchi bolaning shaxsiyatiga yoʻnaltirilgan turli yondashuvlarni tarbiyachilar tomonidan amaliy faoliyatda qoʻllanilanilishi boʻyicha pedagoglarning kasbiy mahoratini, maktabgacha taʼlim tashkilotlarida taʼlim-tarbiya jarayonining sifatini oshirishga imkon beradi va bu esa bolalarni maktab hayotiga toʻsiqlarsiz oʻtishi va moslashishiga koʻmaklashadi. “Bolalarni erta yoshdan rivojlantirishni takomillashtirish” loyihasining “Oʻzbekistonda maktabgacha taʼlim tizimida bolaga yoʻnaltirilgan taʼlim yondashuvini joriy etish” dasturining 1-moduliga binoan, joriy yilning 4 oktabridan 29 oktabriga qadar, 100 nafar maktabgacha taʼlim tashkilotlari metodistlari va tarbiyachilarini kaskad usulida bevosita joylarda trening oʻtkazadigan master-trenerlar sifatida tayyorlanib, keyinchalik ushbu 100 nafar master-trenerlar yordamida 2024 yilning yakuniga qadar hududlar miqyosida jami 14 000 nafar maktabgacha taʼlim mutaxassislarini oʻqitish rejalashtirilgan. Maktabgacha taʼlim vazirligi Axborot xizmati

Maktabgacha ta'lim agentligi
Rasmiy munosabat

Samarqand viloyati Samarqand shahrida joriy yilning 4 oktyabr kuni soat 14:30 da Samarqand shahridagi Bogʻdod koʻchasida joylashgan 27-sonli maktabgacha taʼlim tashkiloti oshxonasining tom qismida yongʻin roʻy bergan. Yongʻin kelib chiqishi sababi, binoning tom qismidan oʻtgan elektr tarmogʻida qisqa tutashuvi oqibatida sodir boʻlgan, voqea joyiga 3 ta yongʻin-qutqaruv guruhi yetib borib, yongʻin bartaraf etilgan. Hodisa oqibatida, faqat oshxonasi tom qismining 25 kv.m. maydoni yongʻindan zarar koʻrgan. Binoning ichki qismiga zarar yetmagan. Hodisa oqibatida jabrlanganlar yoʻq, tashkilotning barcha tarbiyalanuvchilari va pedagog-xodimlari binodan oʻz vaqtida evakuatsiya qilingan. Moddiy zarar miqdori 25-30 mln soʻmni tashkil etmoqda.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Endi bolalar bog'chasidagi navbatni bilish yanada osonlashdi

Farzandingizning bolalar bog'chasiga navbat o'zgarishi haqida xabarlarni to'g'ridan-to'g'ri telefoningizda ko'ring! SMS -xabarnomalarga obuna bo'ling, 4064 qisqa raqamiga "mdo" va ariza raqamingizni yozib yuboring va navbatdagi barcha o'zgarishlar haqida ma'lumot oling. Har bir SMS narxi - 40 so'm. Maktabgacha ta’lim vazirligi Axborot xizmati

Maktabgacha ta'lim agentligi
"Bolalar bog'chasi" maktabgacha ta'limni boshqarish axborot tizimini takomillashtirish loyihasining tajriba-sinov qismiga start berildi.

Bugun Maktabgacha ta’lim vaziri Agrippina Shin va O‘zbekiston Respublikasi bosh vazirining maslahatchisi IT-texnologiyalar, telekommunikatsiyalar va innovatsion faoliyatni rivojlantirish masalalari departamenti boshlig‘i Olimjon Umarov Toshkent shahri Bektemir tumanidagi 577-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotiga tashrif buyurishib, Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 29 iyuldagi 155-sonli "Davlat maktabgacha tashkilotlari xodimlari va tarbiyalanuvchilarini zamonaviy raqamli texnologiyalarni qo'llagan holda avtomatik hisobga olish tizimini joriy etish" masalasida o'tkazilgan yig'ilish bayonnomasiga muvofiq, Maktabgacha ta'lim vazirligi va Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda 2022 yil 1 yanvarga qadar davlat maktabgacha ta'lim tashkilotlarida xodimlarni ishga joylashtirish, bolalarni qabul qilish, sog'lom ovqatlantirishni tashkil etishni real vaqt rejimida monitoring qilish imkonini beradigan hamda ushbu jarayonlar ochiqligi va shaffofligini ta'minlaydigan elektron ma'lumotlar bazasini shakllantirish yuzasidan belgilangan masalalarni muhokama qilishdi. Maktabgacha ta'lim vazirligi tomonidan Davlat maktabgacha ta'lim tashkilotlari xodimlari va tarbiyalanuvchilarini zamonaviy hisobga oladigan "Bolalar bog'chasi" maktabgacha ta'limni boshqarish axborot tizimini takomillashtirish loyihasi ishlab chiqildi va taqdimot etildi. "Bolalar bog'chasi" maktabgacha ta'limni boshqarish axborot tizimini takomillashtirish loyihasi 2021 yil 1 dekabrdan boshlab Toshkent shahrining Bektemir tumanida tajriba-sinov tariqasida joriy etiladi. "Bolalar bog'chasi" maktabgacha ta'limni boshqarish axborot tizimini takomillashtirish loyihasi quyidagi imkoniyatlarga ega: Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari shtatlar jadvalini shakllantirish va xodimlarning ish vaqtini, shuningdek, tarbiyalanuvchilarning kelib ketishini hisobga olish bilan bog‘liq jarayonlarni zamonaviy raqamli texnologiyalar va idoralararo elektron hamkorlikni qo‘llagan holda avtomatlashtirish; maktabgacha ta’lim tizimi xodimlari va tarbiyalanuvchilarining yagona bazasini shakllantirish; maktabgacha ta’lim tashkilotlari xodimlarining ish vaqti va tarbiyalanuvchilar davomatini real vaqt rejimida monitoringini ta’minlash; maktabgacha ta’lim tashkilotlaridagi oziq-ovqat xarajatlarini avtomatik hisobga olish; tahlil o‘tkazish va lavozimlar bo‘yicha kadrlar yetishmovchiligini aniqlash maqsadida maktabgacha ta’lim tashkilotlarining kadrlar salohiyati haqidagi ma’lumotlarni yig‘ish va tahlil qilish; maktabgacha ta’lim tashkilotlarining dastlabki ma’lumotlari (quvvati, hududi, bino va inshootlar maydoni va boshq.) asosida shtatlar jadvalini avtomatik ravishda shakllantirish; maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bola ta’minoti uchun ota-onalar to‘lovini hisobga olishni joriy etish, maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilarining ota-onalari (ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar)ga ota-onalar to‘lovi bo‘yicha qarzdorlik (oldindan to‘lov) mavjudligi haqida onlayn-to‘lov billing tizimini qo‘llagan holda har oyda avtomatik SMS-xabarnoma jo‘natilishi kabi funksiyalarni bajaradi. Toshkent shahri Bektemir tumanida olib borilgan tajriba-sinov natijalaridan kelib chiqqan holda Maktabgacha ta'lim vazirligi va boshqa tashkilotlar bilan hamkorlikda 2022 yil 1 iyuniga qadar takomillashtirilgan "Bolalar bog'chasi" loyihasini respublikaning barcha hududlaridagi davlat maktabgacha ta'lim tashkilotlarida joriy etish va loyiha doirasida Maktabgacha ta'lim vazirligi tomonidan Sog'liqni saqlash vazirligi huzuridagi Respublika sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati bilan kelishilgan holda tasdiqlangan standart taomnoma asosida bolalarni ovqatlantirishga mo'ljallangan "Yagona mavsumiy taomnoma" joriy etish rejalashtirilgan. Shunga ko‘ra, 2021 yil 1 oktabrdan boshlab Bektemir tumani maktabgacha ta'lim tashkilotlari oshxonalarida ovqat tayyorlash plitalari oldida elektron tarozi hamda uning ko'rsatgichlarini ko'rish uchun qulay bo'lgan joyda internet tarmog'iga ulangan kamera o'rnatiladi; taomnoma bo‘yicha oziq-ovqat mahsulotlari, bevosita qozonga solishdan avval majburiy tartibda elektron tarozida tortiladi; oshxonada taomnoma asosida ovqatlarni tayyorlash va ularni taqsimlash jarayonlari internet tarmoqlari orqali muntazam ravishda "onlayn" tarzda namoyish etib boriladi. Shuni ta’kidlash joizki "Bolalar bog‘chasi" loyihasining davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida joriy etilishi korrupsion holatlarning bartaraf etilishida zamin bo'ladi. Maktabgacha ta’lim vazirligi Axborot xizmati

Maktabgacha ta'lim agentligi
Maktabgacha taʼlim vazirligi va “Oʻzbekkino” milliy agentligi oʻrtasida memorandum imzolandi

Memorandum doirasida “Oʻzbekkino” milliy agentligi tomonidan maktabgacha taʼlim tashkilotlari bolalari uchun 100 ta multfilm begʻaraz taqdim etildi. Mazkur multfilmlar bolajonlarda vatanparvarlik, milliylik, yuksak tarbiyani shakllantirish va ularning maʼnaviy dunyosini boyitishda muhim rol oʻynashi shubhasiz. Zero, bolaga uni qiziqtirgan holda taʼlim-tarbiya berish oʻzlashtirishning muhim omili hisoblanadi. Multfilmlar maktabgacha taʼlim tashkilotlariga yaqin vaqt ichida yetkaziladi.

Maktabgacha ta'lim agentligi
“Yilning eng yaxshi tarbiyachisi” koʻrik tanlovi natijalari eʼlon qilindi

2021-yil 28-sentyabr kuni Maktabgacha taʼlim vazirligi tasarrufidagi Toshkent pedagogika kollejida “Yilning eng yaxshi tarbiyachisi” Respublika kasbiy koʻrik tanlovi boʻlib oʻtdi. Tanlov Oʻzbekiston Respublikasining “Maktabgacha taʼlim va tarbiya” toʻgʻrisidagi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 20-iyundagi 393-son, 2019-yil 7-iyundagi 468-son qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligining 2021-yil 16-apreldagi 67-son buyrugʻi ijrosini taʼminlash maqsadida tashkil etildi. Unda Maktabgacha taʼlim vaziri Agrippina Shin, soha mutaxassislari va tanlov ishtirokchilari qatnashdilar. Koʻrik tanlovning viloyat bosqichlarida gʻoliblikni qoʻlga kiritgan pedagoglarimiz “Yilning eng yaxshi tarbiyachisi” kasbiy koʻrik tanlovining 5 ta nominatsiyasi boʻyicha, 5 nafardan jami 70 nafar pedagoglarimiz oʻz kuch va mahoratlarini sinadilar. Tanlov so'nggida gʻoliblarga Maktabgacha taʼlim vaziri qimmatbaho sovgʻalar, pullik mukofotlarni topshirdi. Shuningdek, faxrli oʻrinlar sohiblari oliy taʼlim muassasalarining tegishli yoʻnalishlariga imtiyozli qabul qilinish imkoniyatiga ega boʻladi. Nominatsiya nomi1-oʻrin2-oʻrin3-oʻrin3-oʻrinEng yaxshi metodist tarbiyachiXorazm viloyati Yusupova Shaxnoza IsmoilovnaSirdaryo viloyati Kuchmurodova Barno SobitaliyevnaToshkent shahar Raimbekova Madina Mirzoxid qiziToshkent viloyati Sulaymanova Moʻldir Ubaydullo qiziEng yaxshi ijodkor tarbiyachiToshkent shahar Xikmatova Feruza UbaydullayevnaXorazim viloyati Masharipova Zilola Oybek qiziSamarqand viloyati Togʻayeva Dilfuza ErkinovnaQoraqalpogʻiston Respublikasi Eshmuxanova Banu UluqpanovnaInnovatsion va axborot texnologiyalarini qoʻllaydigan eng yaxshi tarbiyachiSirdaryo viloyati Nuraliyeva Shodiya GʻayratovnaNavoiy viloyati Maxmudova Nasiba NurmuxamedovnaAndijon viloyati Azizova Maftuna Abduqaxxor qiziQashqadaryo viloyati Sattorova Gulsanam SHUxrat qiziEng yaxshi gʻoya muallifiXorazm viloyati Yusupova Risolat YusupboyevnaAndijon viloyati Eminjonova Nilufar AzimjonovnaFargʻona viloyati Madaminova Oydinxon Yusufjon qiziToshkent shahar Mukimova Odina Atxamjon qiziMohir qoʻl ustasiXorazm viloyati Atayeva Muqaddas MatyakubovnaSurxondaryo viloyati Raximova Xosiyat UralovnaNavoiy viloyati Saparova Nasiba KenjayevnaToshkent shahar Abdurazzoqova Madina Qudratullo qizi Maʼlumot uchun, soʻnggi toʻrt yil ichida tizimda bir qancha oʻzgarishlar amalga oshirildi, jumladan, maktabgacha taʼlim tashkilotlari soni 3 barobarga, 3-7 yoshli bolalarning qamrovi esa 62 foizdan oshdi. Bundan tashqari 3-7 yoshli bolalarni maktabgacha taʼlim bilan qamrab olish bilan bir qatorda, ularga sifatli taʼlim va tarbiya berish, buning uchun esa sifatli kadrlar tayyorlash muhim vazifalardan biridir. Bugungi kunda bir qator oliy taʼlim muassasalari, jumladan, ikkita xorijiy mamlakatlar universitetlari filiallarida hamda Maktabgacha taʼlim vaziriligi tasarrufidagi pedagogika kollejlarida maktabgacha taʼlim tizimi uchun pedagoglarni tayyorlash yoʻlga qoʻyilgan. Davlat va nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida bugungi kunda 127 mingdan ziyod pedagog kadrlar faoliyat yuritmoqda. Hukumatimiz tomonidan maktabgacha taʼlim tizimida samarali faoliyat olib borayotgan, farzandlarimizni har tomonlama yetuk shaxs etib tarbiyalashda ulkan hissa qoʻshayotgan pedagoglar mehnatini ragʻbatlantirish yoʻlga qoʻyilgan. “Yilning eng yaxshi tarbiyachisi” kasbiy koʻrik tanlovi buning yaqqol misolidir. Maktabgacha taʼlim vaziri Axborot xizmati

Batafsil
Maktabgacha ta'lim agentligi
Bektemir

Tumandagi maktabgacha ta'lim muassasalari roʻyxati: DMTT-577

Maktabgacha ta'lim agentligi
Ijtimoiy tarmoqlarda bolalar oʻrtasida nomaʼlum virus tarqalayotgani haqidagi xabarlar haqiqatga zid

Bugun ijtimoiy tarmoqlarda soʻnggi kunlarda poytaxtimizda bolalar oʻrtasida yuqori nafas yoʻllari yalligʻlanishi bilan bogʻliq nomaʼlum yuqumli kasallik tarqalayotgani, “Tez yordam” xizmatiga bolalarda isitma koʻtarilishi bilan bogʻliq chaqiruvlar soni keskin ortgani, shu bois, bu qanday kasallik ekanini aniqlash hamda poytaxt umumtaʼlim maktablari va bolalar maktabgacha taʼlim muassasalarini 10 kun muddatga karantinga yopish lozimligi toʻgʻrisidagi xabar tarqaldi. Bu esa odamlar orasida turli tushunmovchiliklarga sabab boʻldi. Mazkur holat yuzasidan Maktabgacha taʼlim vazirligi quyidagilarni maʼlum qiladi: Har yili kuz va qish fasli gripp hamda oʻtkir respirator virusli infeksiya kasalliklari avj oladigan palla hisoblanadi. Shu bois, bu yil ham ayni shu mavsumda yurtimizda nafaqat bolalar, balki kattalar oʻrtasida ham yilning boshqa davrlariga nisbatan gripp va OʻRVI xastaliklari nisbatan koʻproq kuzatiladi. Ayni kunlarda shifoxonalarga oʻtkir respirator virusli infeksiya kasalliklari belgilari bilan yotqizilayotgan bemor bolalarning aksariyatida tana harorati koʻtarilishi, burun oqishi, aksirish kabi mavsumiy OʻRVIga xos belgilar kuzatilayotgan boʻlib, ushbu bemorlarga nisbatan virusga qarshi va antibakterial davo muolajalari olib borilgandan soʻng, deyarli barchasi 3-4 kundan keyin kasallikdan sogʻayishi kuzatilmoqda. Qolaversa, bugungi kunda poytaxt shifoxonalariga oʻtkir respirator virusli infeksiya kasalliklari bilan yotqizilayotgan barcha bolalardan koronavirus infeksiyasiga PZR test tahlillari olinib, kasallikka qarshi tekshirilmoqda, biroq ularning deyarli barchasida kasallik aniqlanayotgani yoʻq. Vaholanki, soʻnggi haftalarda yurtimizda koronavirus kasalligining umumiy statistikasida ham pasayish kuzatilmoqda. Bundan koʻrish mumkinki, ushbu kasallik COVID-19 infeksiyasi bilan bogʻliq emas. Shuningdek, bugungi kunga qadar, mamlakatimizdagi maktabgacha taʼlim tashkilotlarida koronavirusning oldini olish yuzasidan kerakli barcha amaliy ishlar bajarib kelinmoqda hamda mamlakat miqyosida birorta maktabgacha taʼlim tashkilotidan nomaʼlum kasallik bilan kasallanganlar haqida maʼlumot kelib tushmagan. Shu sabab maktabgacha taʼlim tashkilotlarini karantinga yopishga hech qanday asos yoʻq. Qolaversa, yurtdoshlarimizdan ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan turli notoʻgʻri xabarlarga ishonmaslik hamda vahimaga tushmasliklarini hamda barcha maktabgacha taʼlim tashkilotlarida hamshiralar faoliyati yoʻlga qoʻyilganligi haqida eslatib oʻtamiz. Maktabgacha taʼlim Vazirligi Axborot xizmati

Maktabgacha ta'lim agentligi
AKKREDITAtSIYA TARTIBI

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 23-noyabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi ommaviy axborot vositalari vakillarini davlat hokimiyati organlari huzurida akkreditatsiya qilish tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi 243-son qaroriga asosan vazirlik tomonidan muxbirlarni akkreditatsiya qilish boʻyicha tashkiliy ishlar amalga oshirilmoqda. Adliya vazirligi tizimida oʻz muxbirlarini akkreditatsiyadan oʻtkazish istagida boʻlgan OAV mazkur Qarorda belgilangan tartibdagi tegishli buyurtmani hamda unga ommaviy axborot vositasining nomi va turi; ixtisoslashuvi; tarqalish hududi; elektron pochta manzili; tahririyatning telefonlari va fakslari raqamlari; akkreditatsiyaga taqdim etilgan muxbirlarning familiyasi, ismi va otasining ismi; kasb vazifalarini bajarish uchun muxbirlar oʻzi bilan birga olib yurishi zarur boʻlgan texnik jihozlar, muxbirlarning xizmat mavqei, pasporti, diplomi nusxalari, elektron pochta manzili, telefon va faks raqami hamda belgilangan shakldagi toʻrtta fotosuratni ilova qilgan holda maʼlumot taqdim etishi soʻraladi. Yuborilgan soʻrov tashkil etilgan Akkreditatsiya komissiyasining ekspert guruhi tomonidan belgilangan tartibda koʻrib chiqiladi. OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OMMAVIY AXBOROT VOSITALARI VAKILLARINI DAVLAT HOKIMIYATI ORGANLARI HUZURIDA AKKREDITATSIYA QILISH TARTIBINI TAKOMILLASHTIRISH TOʻGʻRISIDAGI NIZOM

Maktabgacha ta'lim agentligi
Farg‘ona viloyati Rishton tumanida Tojikiston Respublikasi tomonidan "Kapalak" nomli maktabgacha ta’lim tashkiloti qurilib foydalanishga topshirildi.

Azal-azaldan o‘zbek va tojik xalqlarini umumiy tarix, madaniyat va ma’naviy qadriyatlar, o‘zaro hurmat hamda yaxshi qo‘shnichilikning ko‘p asrlik an’analari birlashtirib turadi. Bu yaqinlik O‘zbekiston bilan Tojikiston o‘rtasidagi munosabatlar uchun mustahkam zamin, asosiy tamoyil bo‘lib xizmat qiladi. Bugun Tojikiston Respublikasi tomonidan Farg‘ona viloyati Rishton tumanida qurilgan  "Kapalak'' nomli 200 o‘ringa mo‘ljallangan maktabgacha ta’lim tashkilotining  ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Maktabgacha ta’lim tashkilotining ochilish marosimida O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vaziri Agrippina Shin va Tojikiston Respublikasi Ta’lim va fan vaziri Imomzoda Mahmadyusuf qatnashishdi. Ushbu maktabgacha ta’lim tashkilotining ochilishi, farzandini maktabgacha ta’lim tashkilotida ta’lim-tarbiya olishini istagan ota-onalar uchun ayni muddao bo‘ldi desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Maktabgacha ta’lim vazirligi Axborot xizmati

Maktabgacha ta'lim agentligi
Samarqand viloyati maktabgacha taʼlim boshqarmasi davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida sogʻlom ovqatlantirishni autsorsing usulida tashkil etish boʻyicha tanlov gʻoliblari eʼlon qilindi

Vazirlar Mahkamasining “Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida sogʻlom ovqatlantirish tizimini takomillashtirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2021-yil 30-iyundagi 407-son qaroriijrosini taʼminlash maqsadida Maktabgacha taʼlim vazirining «Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida sogʻlom ovqatlantirish tizimini takomillashtirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida» 2021-yil 5-iyuldagi 123-sonli buyrugʻi qabul qilinib tanlov eʼlon qilingan. Yuqorida keltirilgan topshiriqlar ijrosini taʼminlash maqsadida Maktabgacha taʼlim vazirligi tomonidan respublikada 1 694 ta davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida bolalarni ovqatlantirishni autsorsing usulida tashkil etish uchun 370 ta lotlar bo‘yicha, xususan Samarqand viloyatida 46 ta lotlar (140-185 lotlar) bo‘yicha 245 ta davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari uchun tanlov eʼlon qilingan. Tanlovda ishtirok etish uchun joriy yilning 27 avgust holatiga respublika bo‘yicha jami 334 nafar, xususan Samarqand viloyati bo‘yicha 50 nafar tadbirkorlar tomonidan hujjatlar kelib tushgan. Tanlov komissiyasining raisi tomonidan tanlovni o‘tkazish jarayoni Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 30 iyundagi 407-son qarori bilan tasdiqlangan Tanlov hujjatlari asosida tashkil etilishi taʼkidlab o‘tildi hamda ishtirokchilarni tanlovni o‘tkazish tartibi bilan tanishtirildi. Samarqand viloyatida tanlovga qo‘yilgan 46 ta lotdan 44 ta lotga takliflar bo‘yicha 240 ta davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari hamda tanlovda ishtirok etish uchun hujjat taqdim etgan 52 nafar tadbirkorlar to‘g‘risida maʼlumot berildi. samarqand-viloyati-kochirmaСкачать

Maktabgacha ta'lim agentligi
Maxsus ehtiyojli bolalar "Imkon"iga ega bo'lsin

Mamlakatimiz hukumati imkoniyati cheklangan bolalarga alohida e'tibor qaratadi va ularning salohiyatini oshkor qilish va jamiyatga ijtimoiy integratsiyalashuvi uchun sharoit yaratishda yordam beradi.2017-yildan boshlab Maktabgacha ta'lim vazirligi imkoniyati cheklangan bolalar uchun maktabgacha ta'limni takomillashtirish bo'yicha izchil ish olib bormoqda, rivojlanish va o'qitishning eng zamonaviy va samarali usullarini o'rganmoqda. Hamma bolalar tengdoshlari bilan muloqot qilish va jamiyatga qo'shilish uchun maktabgacha ta'limni olish, maktabgacha ta'lim tashkilotiga borish uchun ularning rivojlanishini qo'llab -quvvatlashga muhtoj. Ammo imkoniyati cheklangan bolalar reabilitatsiya yordamini ham olishlari kerak va buning uchun ota -onalar qo'shimcha ravishda boshqa ixtisoslashtirilgan tashkilotlar va mutaxassislarga tashrif buyurishga majbur bo'ladilar.Bunday bolalarga har tomonlama yordam ko'rsatish maqsadida pedagoglar va tibbiyot xodimlari ota -onalar bilan birgalikda har bir bola uchun rivojlanish va reabilitatsiya rejasini ishlab chiqish va uni bitta muassasada amalga oshirishda yordam berish uchun Maktabgacha ta'lim vazirligi maktabgacha ta'lim tashkilotining yangi modelini yaratdi."Imkon" deb nomlangan reabilitatsiya markaziga ega davlat ko'p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta'lim tashkilotidir.Ushbu tashkilot ikkita bo'limdan iborat: 2 yoshdan 7 yoshgacha bo'lgan bolalar uchun 10 guruhdan iborat ko'p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta'lim tashkiloti (bolaning tashxisiga qarab);reabilitatsiya markazi - 2 yoshdan 18 yoshgacha bo'lgan bolalar uchun. Birinchi bunday tashkilot 2019 yilda Nukus shahrida Orolbo‘yi mintaqasida yashovchi bolalar uchun ochilgan va birinchi "Imkon" faoliyati davomida ijobiy natijalarga erishilgan. Nukusdagi "Imkon" tarbiyalanuvchilari zamonaviy uslubiyatlarga o'rgatilgan mutaxassislar, shuningdek innovatsion reabilitatsiya uskunalari yordamida maktabgacha ta'lim va reabilitatsion yordam olish imkoniga ega bo'ldilar. 2021 yil oktyabr oyida Toshkent viloyatining Qibray tumanida "Imkon" reabilitatsiya markaziga ega yangi davlat ko'p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta'lim tashkilotini ochish rejalashtirilgan.Shu munosabat bilan, Toshkent viloyatida va Toshkent shahrida yashovchi, alohida ta'limga va reabilitatsiya protseduralariga muhtoj bolalarni qabul qilish choralari boshlangan.Shu munosabat bilan Toshkent viloyati va Toshkent shahrida yashovchi maxsus ta'lim ehtiyojlari va reabilitatsion tartib-taomillarga muhtoj bolalarni jalb qilish bo'yicha tadbirlar boshlandi. 2021-yil 23-24 sentabr kunlari "Imkon" reabilitatsiya markaziga ega davlat ko'p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta'lim tashkiloti binosida 2 yoshdan 6 yoshgacha bo'lgan bolalarni ko'p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta'lim tashkilotiga tanlash bo'yicha tibbiy –psixologik-pedagogik komissiyaning yig'ilishi tashkil etiladi.Farzandlarini "Imkon"ga keyingi qabul qilish uchun ko'rikka olib kelmoqchi bo'lgan ota -onalar soat 10:00 dan 16:00 gacha Toshkent viloyati, Qibray tumani, Darxon ko'chasi, 201 manziliga taklif qilinadi. Manzil: https://maps.google.com/maps?q=41.421058,69.517962&ll=41.421058,69.517962&z=16 E'tibor bering, bolalar ko'p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta'lim tashkilotiga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 391-son "Tibbiy-psixologik-pedagogik komissiya xulosasini berish uchun asos bo‘ladigan tibbiy ko‘rsatmalar ro‘yxati»ga muvofiq qabul qilinadi. Ro‘yxat ilova qilinadi. Buni albatta ko‘ring ?Ilova: Perechen_pokazanij_protivopokazanij_MPPK_novyj_23_09_2021-1Скачать

Maktabgacha ta'lim agentligi
Bugun “Yaxshilik va tinchlik diyori” mavzusida bolalar rasmlari ko‘rgazmasining ochilish tadbiri bo‘lib o‘tdi.

BMT Bosh assambleyasi tomonidan 1981-yil Xalqaro tinchlik kuni ta’sis etilgan va 2001-yil 7-sentabrdagi tegishli rezolyusiyasiga ko‘ra 21-sentabr Xalqaro tinchlik kuni sifatida har yili nishonlana boshlangan.O‘zbekistonda SHHTning Xalq diplomatiyasi markazi, Maktabgacha ta’lim vazirligi, O‘zbekiston Badiiy akademiyasi, Jaxon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti hamda O‘zbekistondagi YUNISEF vakolatxonasi bilan hamkorlikda respublikamizdagi bolalarning san’at va madaniyatga bo‘lgan qiziqishlarini yanada oshirish, iqtidorli yoshlarni aniqlash, ularni tasviriy san’atga, badiiy ijodga bo‘lgan qiziqish va e’tiborini mustahkamlash maqsadida respublikamizdagi maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilari o‘rtasida “Yaxshilik va tinchlik diyori” mavzusida bolalar rasmlari ko‘rgazmasini tashkil etildi. Mazkur ko‘rgazma joriy yilning 21-30 sentabr kunlarida O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 30 yillik bayrami va 21-sentabr “Xalqaro tinchlik kuni”ni munosabati bilan O‘zbekiston Badiiy akademiyasi Ikuo Xirayama xalqaro madaniyat karvon saroyida o‘tkazildi. Ko‘zgazmada farzandlarimiz o‘zlarining ijod namunalari bilan yurt tinchligi, Vatan ravnaqi va xalq farovonligi haqidagi tushunchalari va tasavvurlarini rasmlarlar orqali ifodalashga harakat qilganlar. Tadbirda O‘zbekistonda SHHTning Xalq diplomatiyasi markazi direktori Qobiljon Sobirov, O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim vaziri –Agrippina Shin, YUNISEFning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Munir Mamedzade, O‘zbekiston Badiiy akademiyasi raisi o‘rinbosari-Farxod Toshmuxamedov, Maktabgacha ta’lim vazirligi qoshidagi jamoat kengashi raisi, SHHT eksperti E’tibor Sultonovalar so‘zga chiqdilar.Tadbir doirasida Jaxon iqtisodiyoti va diplomatiyasi universiteti talabalari tomonidan she’riy chiqishlar va qiziqarli dasturlar namoyish etildi.Ko‘rgazma 2022 yilda Shanxay hamkorlik tashkilotining O‘zbekistonda o‘tkaziladigan sammiti oldidan ham ekspozisiya qilinadi. Mazkur tadbir tasviriy va amaliy san’at sohasi ijodiy yo‘nalishida maktabgacha ta’lim tashkilotlaridan keyingi ta’limni tashkil etishda va samaradorligini yanada oshirishga hizmat qiladi.Ko‘rgazma 30 sentabrgacha davom etadi. Maktabgacha ta`lim vazirligi Axborot xizmati.

Batafsil
Maktabgacha ta'lim agentligi
Buxoro viloyati maktabgacha taʼlim boshqarmasi davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida sogʻlom ovqatlantirishni autsorsing usulida tashkil etish boʻyicha tanlov gʻoliblari eʼlon qilindi

Vazirlar Mahkamasining “Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida sogʻlom ovqatlantirish tizimini takomillashtirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2021-yil 30-iyundagi 407-son qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Maktabgacha taʼlim vazirining “Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida sogʻlom ovqatlantirish tizimini takomillashtirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2021-yil 5-iyuldagi 123-sonli buyrugʻi qabul qilingan. Yuqorida keltirilgan topshiriqlar ijrosini taʼminlash maqsadida Maktabgacha taʼlim vazirligi tomonidan respublikada 1 694 ta davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida bolalarni ovqatlantirishni autsorsing usulida tashkil etish uchun 370 ta lotlar boʻyicha, xususan Buxoro viloyatida 16 ta lotlar (43-58 lotlar) boʻyicha 59 ta davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari uchun tanlov eʼlon qilingan. Tanlovda ishtirok etish uchun joriy yilning 27-avgust holatiga respublika boʻyicha jami 334 nafar, xususan Buxoro viloyati boʻyicha 20 nafar tadbirkorlar tomonidan hujjatlar kelib tushgan. Tanlov komissiyasining raisi tomonidan tanlovni oʻtkazish jarayoni Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 30-iyundagi 407-son qarori bilan tasdiqlangan Tanlov hujjatlari asosida tashkil etilishi taʼkidlab oʻtildi hamda ishtirokchilarni tanlovni oʻtkazish tartibi bilan tanishtirildi. Buxoro viloyatida tanlovga qoʻyilgan 16 ta lotlar (43-58 lotlar) boʻyicha 59 ta davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari hamda tanlovda ishtirok etish uchun hujjat taqdim etgan 20 nafar tadbirkorlar toʻgʻrisida maʼlumot berildi (1- va 2-ilovalar). Tanlovga qoʻyilgan 49-, 51-, 52-, 53-, 54-, 56-, 57-lotlarga umuman taklif kelib tushmaganligi sababli lotlar oʻynalmadi. Tanlov komissiyasi tomonidan Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 30-iyundagi 407-son qarori bilan tasdiqlangan Tartibining 1-ilovasi 1, 2, 3, 4, 5, 6-shakllariga muvofiq 20 ta talabgor korxonalarning tashqi konvert hujjatlari mosligi qatʼiyan oʻrganilib chiqildi. Malaka talablari natijalariga koʻra, 20 nafar talabgorlarning hujjatlari Tartibda belgilangan talablarga javob bermasligi aniqlandi hamda Malaka talablari tanlovidan oʻtmagan talabgorlarning ichki konverti (texnik va tijorat taklifi) ochilmadi va talabgorlar tanlovdan chetlatiladi. Buxoro viloyati boʻyicha tanlovda qatnashib gʻolib boʻlganlar bilan quyida tanishishingiz mumkin. Batafsil:?Buxoro-viloyati-bayondan-kochirmaСкачать

Maktabgacha ta'lim agentligi
Yangi Hayot tumanining "Yangi Choshtepa"sida birorta burchakka ega boʻlmagan maktabgacha taʼlim tashkiloti quriladi.

Koʻrib turganingiz, ushbu 480 oʻrinli va noodatiy koʻrinishga ega boʻlgan bino yaqin fursatda Toshkent shahar Yangi hayot tumani "Yangi Choshtepa" mahalla fuqarolar yigʻinida qad koʻtaradi. Eʼtiborli tarafi, loyihaga koʻra birorta ham burchakka ega boʻlmagan bino va uning xonalari shunday tuzilganki,bolajonlarning bir mashgʻulotdan boshqasiga oʻtish uchun bino boʻylab harakatlanishlari, yorugʻlikning toʻgʻri taqsimlanishi, xonalar intererining bir-birini takrorlamasligi, hammasi odamni hayron qoldira oladigan darajada boʻladi va chet tillarini oʻrgatishga ixtisoslashadi.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Qoraqalpog'iston Respublikasi Kegayli tumani "Ju'zimbag" va "Qumshungul"da МFY hududlarida ''Aqlvoy'' o'z ishini boshladi.

Hozirgi vaqtda Kegayli tumani "Ju'zimbag" MFY hududida 3-7 yosh oralig'idagi bolalar soni 302 nafarni tashkil qiladi. Shulardan 48 nafar bolajonlarni mobil guruh o'z qamroviga oldi. Tumanning "Qumshungul" MFY hududida esa 3-7 yosh oralig'idasi bolalar soni 458 nafarni tashkil etadi.Shundan mobil guruhga 48 ta nafar bola qamrab olindi.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Maktabgacha talim vaziri Qoraqalpog'iston Respublikasi Kegeyli tumanidagi ''Progress Simba'' davlat xususiy sheriklik asosida tashkil etilgan maktabgacha ta'lim tashkilotida bo‘ldi.

Tashkilot 150 o‘ringa mo‘ljalangan bo‘lib bolajonlar o‘zbek, rus va ingliz tillarida ta'lim va tarbiya olib boriladi. Kegeyli tumanida maktabgacha talim sohasida bugungi kunda: ? 13 ta davlat maktabgacha ta'lim tashkiloti; ? 42 ta oilaviy nodavlat maktabgacha ta'lim tashkiloti; ? 3 ta davlat xususiy-sherikchilik asosidagi maktabgacha ta'lim tashkilotlari mavjud. Tumanda ijtimoiy yordamga muhtoj oilalardan 27 nafar bola hamda "Temir daftar", "Yoshlar daftari" va "Ayollar daftari"ga kiritilgan oilalardan 12 nafar bola maktabgacha ta'lim tashkilotlariga qamrab olingan. Umumiy qamrov ko'rsatkichi 67,9% tashkil qiladi. Bu ko'rsatgichni yil yakuniga qadar 71% yetkazish reja qilingan.‌‌

Maktabgacha ta'lim agentligi
Ma'naviyat - inson qalbining ko‘rki.

Bugun, 17-sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Uzluksiz ma'naviy tarbiya konsepsiyasini tasdiqlash va uni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi Qarori ijrosini ta'minlash maqsadida, Toshkent viloyati Maktabgacha ta'lim boshqarmasi hamda Respublika ma'naviyat va ma'rifat markazining Toshkent viloyati bo‘limi bilan hamkorlikda Qibray tumanidagi 6-sonli davlat maktabgacha ta'lim tashkilotida "Maktabgacha ta'lim tizimida uzluksiz ma'naviy tarbiyani amalga oshirish" mavzusidagi viloyat seminari o‘tkazildi. Unda Toshkent viloyati maktabgacha ta'lim boshqarmasining tegishli mutasaddilari, Qibray tumani maktabgacha ta'lim bo‘limi rahbarlari, ma'naviyat targ‘ibotchilari O‘zbekiston Xalq artisti Aziza Begmatova va "Muqumiy" nomidagi O‘zbek davlat musiqa va drama teatri aktyori, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Alisher Otaboyevlar ishtirok etdiJumladan, tuman va shahar Maktabgacha ta’lim bo‘limlari onlayn tarzda zoom orqali qatnashdilar. Seminarda boshqarmaning ma'naviyat-ma'rifat bo‘limi bosh mutaxassisi S.Rahmonberdiyev so‘zga chiqib, ma'naviy tarbiyaning bola hayotidagi o‘rni xususida fikr bildirdi.Prezidentimiz ta’biri bilan aytganda, “Jamiyat hayotining tanasi iqtisodiyot bo‘lsa, uning joni va ruhi ma’naviyatdir”. Ma’lumot o‘rnida shuni aytish joizki, bugungi kunda viloyat miqyosidagi 22 ta tuman va shahar maktabgacha ta’lim bo‘limlaridan 22 ta ma’naviyat targ‘ibotchilari biriktirilgan bo‘lib, ular bilan hamkorlikda barcha maktabgacha ta’lim tashkilotlarida qator ishlar amalga oshirib kelinmoqda. Toshkent viloyati maktabgacha ta’lim boshqarmasi tasarrufida jami 1561 ta maktabgacha ta’lim tashkilotlari mavjud bo‘lib, shundan 498 tasi davlat, 26 ta tashkilotga qarashli, 128 ta xususiy, 34 ta Davlat xususiy sherikchiligi asosidagi nodavlat va 875 ta oilaviy maktabgacha ta’lim tashkilotlarini tashkil qiladi. Bu esa, viloyatda mavjud 218 609 nafar 3-7 yoshli bolalardan yangi 24 637 quvvat yaratilish hisobiga 132 182 nafari qamrab olindi hamda, 60,5 foizga yetkazilishi ta’minlandi deganidir. Toshkent viloyatida jami mavjud bo‘lgan 1561 ta maktabgacha ta'lim tashkilotlarida xuddi shuncha ya'ni, 1561 nafar ma'naviyat targ‘ibotchilari tarbiyalanuvchilarning ma'naviy ongi shakllanib borishi yo‘lida ma'naviyatni yuksalishida xizmat qiluvchi tadbirlarni tashkillashtirib kelmoqdalar. 6-sonli davlat maktabgacha ta'lim tashkilotida "Maktabgacha ta’lim tizimida uzluksiz ma'naviy tarbiyani amalga oshirish" mavzusida bo‘lib o‘tgan viloyat seminari doirasida tashkilot tarbiyalanuvchilari ishtirokida erkin mavzulardagi rasm chizish mashg‘ulotlari ham o‘tkazildi. Mazkur rasm chizish mashg‘ulotlarida bolajonlar o‘zlarini qiziqtirgan jumladan, "Mening oilam", "Mening uyim", "O‘zbekiston ona diyorim" kabi mavzularda o‘z ijodlarini namoyon etdilar. O‘zbekiston Xalq artisti, ma'naviyat targ‘ibotchisi Aziza Begmatova ma'naviyatning teatr san'atida namoyon bo‘lishi to‘g‘risida aytib, o‘zining hayoti va ijodi yo‘lida uchragan ma'naviyatga aloqador voqealardan barchaga ulashdi. Shuningdek, "Muqumiy" nomidagi o‘zbek davlat musiqa va drama teatri aktyori, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Alisher Otaboyev so‘zga chiqib, ma'naviyatning asl mohiyatini o‘qituvchilarda ko‘rishligini, ularning kasbiy mashaqqatlari oldida ta'zim qilish lozimligini aytib o‘tdi. Jumladan u, 1920-yilda barpo etilgan 6-sonli maktabgacha ta'lim tashkilotining avvalgi xaroba holati bilan hozirgi kunga kelib barcha sharoitlarga ega bo‘lgan tashkilotga aylanganligi, yurtimizda yaratilayotgan imkoniyatlarga shukronalik hissi bilan yashashimiz kerakligi, bu esa ma'naviyati yuksak insonga xos bo‘lgan hislat ekanligi xususida alohida to‘xtalib o‘tdi. Manba: Toshkent viloyati maktabgacha ta'lim boshqarmasi Axborot xizmati.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Bo‘zatov tumanida maktabgacha ta`lim sohasidagi islohatlar.

Bugun Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligining bir qator xodimlari vazir rahbarligida Qoraqalpogʻiston Respublikasining Bo‘zatov tumanida bo‘lmoqda. Bo'zatov tumanida 3-7 yosh bolalar soni 1828 ta nafar bola tashkil etadi, shundan 1009 nafari maktabgacha ta'lim tashkilotiga qamrab olingan.Bo'zatov tumanida 7 ta davlat maktabgacha ta'lim tashkilotiga 895 bola 5 ta oilaviy bog‘chaga 114 bola qamraldi. Qamrov ko'rsatkchi 55,2% tashkil etmoqda, yil yakuniga qadar tumandagi 66, 1% bolalarni qamrash rejalashtirilgan. Bo'zatov tumanida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-4936-sonli qaror ijrosiga muvofiq investitsiya dasturi asosida 120 ta o'ringa mo'ljallangan yangi maktabgacha ta'lim tashkilotining qurilish ishlari olib borilmoqda.Qurilish ishlariga davlat byudjetidan 3 mlrd 840 mln. so'm mablag' ajratilmoqda. Soʻng, Agrippina Shin ''Sonita'' nomli oilaviy NMTTni ko‘zdan kechirdi. Bolalarga berilayotgan ta'lim bilan qiziqib, yaratilgan shart-sharoitlarni yanada yaxshilash maqsadida vazirlik xodimlariga tegishli vazifalar belgilab berdi. Shuningdek, vazir tumanning mahalliy rahbarlari bilan uchrashdi va birgalikda kelgusi yillarda maktabgacha ta'limni rivojlantirish bo'yicha harakatlarni muhokama qilib oldi.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Bugun Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vaziri Agrippina Shin Qoraqalpogʻiston Respublikasiga tashrif buyurdi.

Tashrif chogʻida vazir Taxiyatosh pedagogika kollejini koʻzdan kechirdi, unda maktabgacha taʼlim, yordamchi tarbiyachi, oshpazlik va jismoniy tarbiya yoʻnalishlari boʻyicha talabalar oʻqitilyotgani bilan tanishdi. 1000 oʻringa moʻljallangan pedagogika kollejida hozirgi kunda 453 nafar talaba tahsil olyapti. Ularga 26 nafar pedagoglar bilim bermoqda. Soʻng, Agrippina Shin kollejda davlat xususiy sheriklik asosida tashkil etilayotgan NMTT tadbirkorlari bilan uchrashdi. Uchrashuvda tadbirkorlar murojaatlari tinglandi hamda tadbirkorlarni maktabgacha taʼlim yoʻnalishida malaka oshirishida koʻmaklashish boʻyicha tegishli mutasaddi xodimlarga vazifalar berildi.

Batafsil
Maktabgacha ta'lim agentligi
Bolalar sporti va maktabgacha ta`lim.

1. Maktabgacha ta`lim. Kecha va bugun. 2. Ta`lim jarayonini rivojlantirishga qaratilgan loyihalar muhokama qilindi. 3. “S board” mobil dasturi ishga tushiriladi. 4. Hamon islohotlar mohiyatini tushunmayotgan maktabgacha ta`lim tashkiloti rahbarlari bor. Batafsil:? 28_son_2021-bolalar-sporti-2

Maktabgacha ta'lim agentligi
"Darakchi"da maktabgacha ta`lim.

O‘zbekistonda maktabgacha taʼlim tizimida yangi dastur ishga tushiriladi Maktabgacha taʼlim vazirligi Koreyaning "Edulink" kompaniyasi bilan birgalikda "S board" mobil taʼlim dasturini ishga tushirdi. Birinchi bosqichda loyiha Toshkent shahrining Bektemir tumanida sinov rejimda amalga oshiriladi. Ishlab chiqilgan dastur maktabgacha taʼlim tashkilotlari, tarbiyachilar, ota-onalar va maktabgacha yoshdagi bolalar uchun noyob imkoniyatlarni ochib beradi. Mobil dastur platformasida yaratish va joylashtirish orqali maktabgacha taʼlim sifatini yaxshilash, raqamli hisobot qogʼoz turlaridan bosqichma-bosqich tish, maktabgacha taʼlim tashkilotlari va ota-onalar o‘ zaro ko‘maklashish uchun mo‘ljallangan. Matematika asoslari, o‘zbek tili va boshqa chet tillarini o‘qitish uchun o‘quv videokliplarining "S board" dasturiy taʼminot doirasida maktabgacha taʼlim tashkilotlari pedagog kadrlarining malakasini oshirishga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Eʼtiborlisi, mobil dastur ishlab chiqilishining barcha bosqichlari «Ilk Qadam» davlat o‘quv dasturi hamda maktabgacha taʼlim va tarbiya Davlat standarti hamda ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘ yiladigan davlat talablariga muvofiq aniq amalga oshiriladi. "S board" ilovasi “Google Play" "App Store" va "Apple" onlayn do‘konlarida bepul yuklab olish mumkin. "S board" mobil ilovasining ishga tushirilishi ota-onalar, O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha taʼlim tashkilotlarining butun pedagogik jamoasi uchun muhim voqea bo‘ladi va Mustaqil O‘zbekistonning taʼlim salohiyatini mustahkamlashga xizmat qiladi.Manba: Darakchi.Batafsil: ?http://darakchi.uz/uz/127794

Maktabgacha ta'lim agentligi
Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida autsorsing usulida sog‘lom ovqatlantirishni tashkil etish bo‘yicha o‘tkazilgan tanlovning Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘yicha g‘oliblari e’lon qilindi

Vazirlar Mahkamasining “Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida sog‘lom ovqatlantirish tizimini takomillashtirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021 yil 30 iyundagi 407-son qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Maktabgacha taʼlim vazirining “Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida sog‘lom ovqatlantirish tizimini  takomillashtirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021 yil 5 iyuldagi 123-sonli buyrug‘i qabul qilinib tanlov eʼlon qilingan. Yuqorida keltirilgan topshiriqlar ijrosini taʼminlash maqsadida Maktabgacha taʼlim vazirligi tomonidan respublikada 1 694 ta davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida bolalarni ovqatlantirishni autsorsing usulida tashkil etish uchun 370 ta lotlar bo‘yicha, xususan Qoraqalpog‘iston Respublikasida 9 ta lotlar (1-9lotlar) bo‘yicha 33 ta davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari uchun tanlov eʼlon qilingan. Tanlovda ishtirok etish uchun joriy yilning 27 avgust holatiga respublika bo‘yicha jami 334 nafar, xususan Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘yicha 14 nafar tadbirkorlar tomonidan hujjatlar kelib tushgan. Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘yicha 14 nafar tadbirkorlar tomonidan tanlovda qatnashib g ‘olib bo ‘lganlar bilan quyida tanishishingiz mumkin. Batafsil: q.q.r-bayondan-kochirma-2-1Скачать Maktabgacha ta`lim vazirligi Axborot xizmati

Maktabgacha ta'lim agentligi
Uza.uz sayti biz haqimizda.

Hamon islohotlar mohiyatini tushunmayotgan bogʼcha mudiralari bor. Maktabgacha taʼlim vazirligi matbuot xizmati rahbari Mavluda Аsqarxoʼjaeva АOKАda oʼtkazilgan brifingda ijtimoiy tarmoqlar orqali yoʼllangan murojaatlar yuzasidan olib borilgan oʼrganishlar natijalarini maʼlum qildi.Unga koʼra, Qoʼqon shahridagi 8-davlat maktabgacha taʼlim tashkilotida joriy yilning 16 iyulь kuni Fargʼona viloyati maktabgacha taʼlim boshqarmasi mutaxassislari tomonidan oʼrganish oʼtkazilgan. Oʼrganish davomida mazkur bogʼchada mehnat va ijro intizomi taʼminlanishida bir qator qonun buzilishi holatlariga yoʼl qoʼyib kelinayotganligi, eng achinarlisi, tashkilotda jami 28 nafar tarbiyalanuvchi yoʼllanmasiz, yaʼni noqonuniy ravishda tarbiyalanib kelinayotganligi aniqlangan. Bu – noqonuniy ravishda qabul qilingan 28 nafar bolaning tashkilotga qonun talablari asosida qabul qilingan tarbiyalanuvchilarga ajratilgan oziq-ovqat mahsulotlar hisobidan ovqatlantirilishiga sabab boʼlgan. Yuqoridagi holatlar Fargʼona viloyati maktabgacha taʼlim boshqarmasining Kasaba uyushmasi yigʼilishida muhokama qilinganida 8-davlat maktabgacha taʼlim tashkilotida yoʼl qoʼyilgan qonun buzilishi holatlari toʼplangan hujjatlar va xodimlarning tushuntirish xatlari asosida oʼz tasdigʼini topgan. Shuningdek, oʼrganish natijalari boʼyicha tashkilot direktori N.Shukurova tomonidan taqdim qilingan tushuntirish xatida, haqiqatdan ham oʼrganishda aniqlangan qonun buzilishi holatlariga yoʼl qoʼyganligi maʼlum qilinib, aniqlangan holatlarni 3 kun muddatda bartaraf etilishi va boshqarmaga axborot berishi bildirilgan. Аmmo N.Shukurova oʼz tushuntirish xatida maʼlum qilgan muddat davomida aniqlangan holatlarni bartaraf etish choralari koʼrmagan. Hatto boshqarmaning tushuntirish berish va Kasaba uyushmasi yigʼilishida ishtirok etish yuzasidan chaqiruvlariga sababsiz munosabat bildirmasdan kelgan. Yuqoridagilarga koʼra, Fargʼona viloyati maktabgacha taʼlim boshqarmasi Kasaba uyushmasi tomonidan M.Shukurova bilan tuzilgan mehnat shartnomasi Oʼzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 100-moddasi ikkinchi qismi 4-bandiga asosan bekor qilish uchun rozilik berilganligi bois, 8-davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti direktori N.Shukurova bilan boshqarma oʼrtasida tuzilgan mehnat shartnomasi joriy yilning 24 avgust kuni 178-sonli buyruq bilan bekor qilinib, N.Shukurova egallab turgan lavozimidan ozod etilgan. Mohigul Qosimova, OʼzА Batafsil:?https://uza.uz/uz/posts/hamon-islohotlar-mohiyatini-tushunmayotgan-bogcha-mudiralari-bor_300621

Maktabgacha ta'lim agentligi
Uza.uz sayti biz haqimizda

Bolalarda botulizm kasalligining klinik belgilari kuzatilgan. Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti Аdministratsiyasi huzuridagi Аxborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida Maktabgacha taʼlim vazirligi matbuot xizmati rahbari Mavluda Аsqarxoʼjaeva ishtirokida oʼtkazilgan brifingda Toshkent shahri Mirobod tumani hamda Toshkent viloyati Oqqoʼrgʼon tumanidagi bogʼchalarda roʼy bergan zaharlanishlar haqida maʼlumot berildi.Unga koʼra, joriy yil 26 avgust kuni Toshkent shahri Mirobod tumanidagi 64-maktabgacha taʼlim tashkilotining 6 nafar, 247-maktabgacha taʼlim tashkilotining 2 nafar tarbiyalanuvchisi oʼtkir ichak infektsiyasi belgilari bilan kasalxonaga yotqizilgan. 31 avgustь kuni tarbiyalanuvchilar ahvoli normallashgan va oʼz uylariga chiqarilgan. Hozirda mazkur holat yuzasidan oʼrganish olib borilmoqda. Oʼrganish natijalari va laboratoriya javoblari asosida qoʼshimcha maʼlumotlar taqdim etiladi. Shuningdek, joriy yilning 5-10 avgust kunlari Toshkent viloyati Oqqoʼrgʼon tumanidagi 5-maktabgacha taʼlim tashkilotining 32 nafar tarbiyalanuvchisi intoksikatsiya sindromi belgilari bilan tibbiyot muassasalariga yotqizildi. Mutaxassislar maʼlumotlariga koʼra, bolalarda botulizm kasalligining klinik belgilari kuzatilgan. Bugungi kunda barcha bolalar yashash joyi boʼyicha tibbiy nazoratga olinib, kasalxonadan uylariga ruxsat berildi. Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qoʼzgʼatildi va hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda. Tergov xarakatlari tugagach, maʼlumot beriladi va aybdor shaxslarga nisbatan tegishli choralar koʼriladi. Mohigul Qosimova, OʼzА Batafsil:? https://uza.uz/uz/posts/mavluda-asqarxozhaeva-bolalarda-botulizm-kasalligining-klinik-belgilari-kuzatilgan_300608

Maktabgacha ta'lim agentligi
BUGUN.uz saytida- Biz.

Oʼzbekistonda maktabgacha taʼlim tizimida yangi dastur ishga tushiriladi. O‘zbeistonda maktabgacha taʼlim tizimida Koreya bilan hamkorlikda yaratilgan «S board» dasturi ishga tushiriladi. Bu haqda Maktabgacha taʼlim vazirligi axborot xizmat xabar berdi. Birinchi bosqichda loyiha Toshkent shahrining Bektemir tumanida sinov rejimda amalga oshiriladi. Ishlab chiqilgan dastur maktabgacha taʼlim tashkilotlari, tarbiyachilar, ota-onalar va maktabgacha yoshdagi bolalar uchun noyob imkoniyatlarni ochib beradi. Maʼlum bo‘lishicha, Koreyaning «Edulink» kompaniyasi bilan hamkorlikda yaratilgan loyiha birinchi bosqichda Toshkent shahrining Bektemir tumanida sinov rejimida amalga oshiriladi.Platformada yaratish va joylashtirish maktabgacha taʼlim sifatini yaxshilash, raqamli hisobot qog‘oz turlaridan bosqichma-bosqich o‘tish uchun mo‘ljallangan. Shuningdek, dasturda matematika asoslari, o‘zbek tili va boshqa chet tillarini o‘qitish uchun o‘quv videokliplar ham jamlangan.mobildastur ishlab chiqilishining barcha bosqichlari «ilk qadam» davlat o‘quv dasturi hamda maktabgacha taʼlim va tarbiya davlat standarti hamda maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘yiladigan davlat talablariga muvofiq amalga oshiriladi. Аvvalroq O‘zbekistonda maktabgacha taʼlim qamrovi necha foizni tashkil etishi xabar qilingan. Shuningdek, O‘zbekistonda qancha xususiy bog‘cha bitim majburiyatini bajarmagani maʼlum qilingan.  Batafsil:?https://bugun.uz/2021/09/10/ozbekistonda-maktabgacha-talim-tizimida-yangi-dastur-ishga-tushiriladi  

Вид сайта
Размер шрифта