Yangiliklar
Maktabgacha ta'lim agentligi
Maktabgacha ta'lim vazir o'rinbosari Jizzax viloyatida

O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim vaziri o'rinbosari Uzoqboy Begimqulov Jizzax viloyatida maktabgacha ta'lim sohasida olib borilayotgan ishlar, faoliyatlari, shart-sharoitlari, ta'lim sifati bilan tanishish maqsadida bir nechta maktabgacha ta'lim tashkilotlari bilan tanishdi. Xususan, Jizzax viloyati Zomin tumanidagi "jajji qadamlar" nomli 14-DMTT, "yorqin yulduz boychechak" nomli davlat xususiy sherikchilik asosidagi nodavlat maktabgacha ta'lim tashkiloti, shuningdek, Paxtakor tumanidagi Pedagogika kollej faoliyati bilan tanishib, "pedagoglarning malakasini oshirish uchun Respublikadagi tajribali mutaxassislar Jizzaxdagi kollejlarda amaliy seminarlar o'tkazishi uchun jalb etilishi hamda viloyat Pedagogika kollejida Klaster tizimi tashkil etib, uning qoshida DMTT ochish va bu bilan talabalarning olgan bilimlarini amaliyot bilan uyg'un tarzda o'zlashtirishini" - vazir o'rinbosari ta'kidlab o'tdi.

Batafsil
Maktabgacha ta'lim agentligi
Diqqat qiling Iste'dodli bolalar va ularning ota-onalari!

12-23 iyul kunlari biz "AQLVOY bilan kuyla" fleshmobini o'tkazmoqdamiz.⠀Buning uchun darhol telefoningizni qo'lingizga oling, video tugmachani bosing va "Aqlvoy" telekanalining madhiyasini kuylang.⠀ Videoni instagram sahifangizga joylashtiring. Bizni @aqlvoy deb belgilashni ham unutmang. Shuningdek, videolarni ijtimoiy tarmoqlarimiz messenjerlariga (Direct, messenjer, telegram) yuborishingiz mumkin.⠀#aqlvoybilankuyla xeshtegidan foydalaning.⠀Eng yaxshi va kreativ videolardan telekanalimiz madhiyasiga videoklip yaratishda foydalaniladi!⠀Fleshmobning asosiy maqsadi bolalarimizning iste'dodlarini namoyish etish va ularning musiqaga bo'lgan qiziqishini oshirishdir.⠀Aziz ota-onalar! Siz ham ushbu imkoniyatdan foydalanib, ishtirok etishingiz mumkin. Videolaringizni yuboring. Bolalarga namuna bo'ling))⠀Eslatma: videoroliklarni iloji boricha yuqori sifatli, jonli ijroda va maksimal kreativlikka e'tibor bergan holatda yuborishingizni so'raymiz!⠀Video ijtimoiy tarmoqlarimizga joylashtiriladi.⠀Bu sizning iste'dodingizni namoyish qilish uchun ajoyib imkoniyat. Vaqt ketdi … https://www.youtube.com/watch?v=9UDXNzmgWwA

Maktabgacha ta'lim agentligi
Diqqat qiling Iste'dodli bolalar va ularning ota-onalari!

12-23 iyul kunlari biz "AQLVOY bilan kuyla" fleshmobini o'tkazmoqdamiz.⠀ Buning uchun darhol telefoningizni qo'lingizga oling, video tugmachani bosing va "Aqlvoy" telekanalining madhiyasini kuylang.⠀ Videoni instagram sahifangizga joylashtiring. Bizni @aqlvoy deb belgilashni ham unutmang. Shuningdek, videolarni ijtimoiy tarmoqlarimiz messenjerlariga (Direct, messenjer, telegram) yuborishingiz mumkin.⠀ #aqlvoybilankuyla xeshtegidan foydalaning.⠀Eng yaxshi va kreativ videolardan telekanalimiz madhiyasiga videoklip yaratishda foydalaniladi!⠀Fleshmobning asosiy maqsadi bolalarimizning iste'dodlarini namoyish etish va ularning musiqaga bo'lgan qiziqishini oshirishdir.⠀Aziz ota-onalar! Siz ham ushbu imkoniyatdan foydalanib, ishtirok etishingiz mumkin. Videolaringizni yuboring. Bolalarga namuna bo'ling))⠀Eslatma: videoroliklarni iloji boricha yuqori sifatli, jonli ijroda va maksimal kreativlikka e'tibor bergan holatda yuborishingizni so'raymiz!⠀Video ijtimoiy tarmoqlarimizga joylashtiriladi.⠀Bu sizning iste'dodingizni namoyish qilish uchun ajoyib imkoniyat. Vaqt ketdi … ⏰ https://www.youtube.com/watch?v=9UDXNzmgWwA

Maktabgacha ta'lim agentligi
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Кorrupsiyaga qarshi kurashish faoliyatini samarali tashkil etishga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi qarori mazmun-mohiyati

Joriy yilning 6 iyulida "Korrupsiyaga qarshi kurashish faoliyatini samarali tashkil etishga doir qo'shimchachora-tadbirlar to'g'risida"gi Prezident qarori qabul qilindi.Qarorga muvofiq, 2021 yil 1 sentyabrdan davlat organlari va tashkilotlari xodimlari onlayn ochiq tanlov asosida ishga qabul qilinadi.2021 yil 1 oktyabrgacha korrupsiya, manfaatlar to'qnashuvi asosida tuzilgan shartnomalarni haqiqiy emas deb topish, davlat xizmatchilari tomonidan tadbirkorlikda qatnashishi huquqiy oqibatlarini belgilovchi qonun loyihasi ishlab chiqiladi. 2021 yil 1 oktyabrdan barcha davlat organlari va tashkilotlari, viloyat hokimliklarida korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmalari faoliyati yo'lga qo'yiladi.2021 yil 1 avgustdan davlat xaridlari sohasidagi tenderlar natijalari ochiq e'lon qilinadi.Davlat xaridlarida hamkorlar (kontragentlar)ni tekshirish tartibi ishlab chiqiladi.Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan 2021 yil 1 dekabrdan har yil yakuni bo'yicha korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarining samaradorligini baholovchi reyting e'lon qilib boriladi.2021 yil 1 dekabrgacha daromad va mol-mulk deklarasiyalari bo'yicha ma'lumotlar bazasi shakllantiriladi.2021 yil 1 oktyabrgacha davlat mablag'lari hisobiga qurilish-pudrat shartnomasi uchun o'tkaziladigan tanlovlar "shaffof qurilish" tizimi ma'lumot almashinuvini ta'minlagan holda davlat xaridlari bo'yicha maxsus axborot portalida elektron tarzda amalga oshiriladi.2022 yil 1 yanvargacha avtomobil yo'llari sohasiga tegishli ma'lumotlarni o'z ichiga oladigan "SHAFFOF YO'L" onlayn axborot platformasi ishga tushiriladi.2022 yil 1 yanvardan boshlab "halollik vaktsinasi" tamoyili asosida davlat xizmatchilari muntazam korrupsiyaga qarshi kurashish bo'yicha o'qitiladi.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Fargʻona viloyati maktabgacha taʼlim boshqarmasi boshligʻi

Fargʻona viloyati maktabgacha taʼlim boshqarmasi boshligʻi Xodjayeva Yulduz Mansurovna. Fargʻona viloyati Maktabgacha taʼlim boshqarmasi boshligʻi Xodjayeva Yulduz Mansurovna 1968-yil 19-may kuni Fargʻona viloyati Qoʻqon shahrida tugʻilgan, millati oʻzbek, oliy maʼlumotli, 1990-yil Qoʻqon davlat pedagogika instituti (kunduzgi) rus tili va adabiyoti,maktabgacha pedagogika- psixologiya yoʻnalishini tamomlagan, 1997-yil Qoʻqon davlat pedagogika instituti (sirtqi) oʻqituvchisi va maktabgacha tarbiya metodisti yoʻnalishini tamomlagan. 1985-1990-yillarda Qoʻqon davlat pedagogika instituti talabasi 1990-1991-yillarda Qoʻqon shahar 17-maktab rus tili va adabiyoti fani oʻqituvchisi 1991-2000-yillarda Dangʻara tumani “Lola” maktabgacha taʼlim muassasa tarbiyachisi 2000-2000-yillarda Dangʻara tumani №3 — maktabgacha taʼlim muassasa mudirasi 2000-2002-yillarda Dangʻara tumani “Lola” maktabgacha taʼlim muassasa tarbiyachisi 2002-2004-yillarda Qoʻqon davlat pedagogika instituti maktabgacha tarbiya va boshlangʻich taʼlim metodikasi kafedra oʻqituvchisi 2004-2005-yillarda Qoʻqon davlat pedagogika instituti umumiy pedagogika kafedra oʻqituvchisi 2006-2007-yillarda Qoʻqon davlat pedagogika instituti qoshidagi litseyi rus tili oʻqituvchisi 2007-2009-yillarda Qoʻqon davlat pedagogika instituti rus tili va adabiyoti kafedra oʻrindosh oʻqituvchisi 2008-2012-yillarda Qoʻqon davlat pedagogika instituti qoshidagi 2-son akademik litseyi direktori 2012-2013-yillarda Qoʻqon davlat pedagogika instituti qoshidagi 2-son akademik litseyi oʻquv ishlari boʻyicha direktor oʻrinbosari 2014-2017-yillarda Qoʻqon davlat pedagogika instituti qoshidagi 2-son akademik litseyi Direktori 2017-yildan hozirgacha Fargʻona viloyat Maktabgacha taʼlim boshqarmasi boshligʻi. ✅Xodjayeva Yulduzxon Mansurovna? (73)2260993? fargonamtb@umail.uz

Maktabgacha ta'lim agentligi
Samarqand viloyati maktabgacha taʼlim boshqarmasi boshligʻi

Jurayev Zaynitdin Tursunboyevich – Samarqand viloyat Maktabgacha taʼlim boshqarmasi boshligʻi Jurayev Zaynitdin Tursunboyevich – 1968-yil Samarqand viloyati Payariq tumanida tugʻilgan. Maʼlumoti – oliy. Samarqand qishloq xoʻjalik institutini tamomlagan. Mehnat faoliyatini 1992-1996 yy. – Samarqand viloyati Chelak tumani Dehqonchilik sanoati uyushmasi bosh mutaxassis, moliyachisi vazifasidan boshlagan. 1996-1996-yillari “OʻzSavdogarbank” Chelak boʻlimi qarz boʻlinmasi 2-toifali iqtisodchisi 1996-1998-yillari “Tadbirkorbank” Chelak boʻlimining kreditlash boʻlimi qimmatli qogʻozlar boʻyicha yetakchi mutaxassisi 1999-2001-yillari “Savdogarbank” Chelak boʻlimining kreditlash boʻlimi 1-toifali iqtisodchisi, bosh iqtisodchisi 2001-2001-yillari Oʻzbekiston Respulikasi Moliya vazirligining “Samarqand don” hissadorlik jamiyati boʻyicha moliya inspektori 2001-2002-yillari Samarqand viloyati Chelak tumani hokimligi Moliya boʻlimi mudiri 2002-2009-yillari Samarqand viloyati Payariq tumani hokimligi Moliya boʻlimi mudiri 2009-2012-yillari Samarqand viloyati hokimligi Moliya boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari U tayinlangunga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi Samarqand viloyati boshqarmasi boshligʻi 2021-yil 8-iyundan boshlab Samarqand viloyati Maktabgacha taʼlim boshqarmasi boshligʻi vazifasini vaqtincha bajaruvchi lavozimi ishlab kelmoqda. ✅Jurayev Zaynitdin Tursunboyevich?(66)233-93-93?samarqand@mpe.uz

Maktabgacha ta'lim agentligi
Davlat-xususiy sherikchiligi loyihalari monitoringi boʻlimi boshligʻi

Abdullayev Abduvoxid Abduraimovich - Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi Davlat-xususiy sherikchiligi loyihalari monitoringi boʻlimi boshligʻi. Abdullayev Abduvoxid 1964-yilda Toshkent viloyatida tugʻilgan, millati oʻzbek, oliy maʼlumotli. 1988-yilda Toshkent xalq xoʻjaligi institutini tamomlagan. 1988-1989-yillarda -Toshkent viloyati Yuqori Chirchiq tumani eksperimental maxsus ishlab chiqarish birlashmasi bosh hisobchi yordamchisi; 1989-1900-yillarda -Toshkent viloyati Yuqori Chirchiq tumani eksperimental maxsus ishlab chiqarish birlashmasi bosh hisobchi oʻrinbosari; 1990-1990-yillarda -«Sverdlov» nomli kolxoz hisobchisi; 1990-1991-yillarda -Toshkent viloyati Yuqori Chirchiq tumani eksperimental maxsus ishlab chiqarish birlashmasi bosh hisobchi vazifasini vaqtincha bajaruvchisi; 1991-1998-yillarda -Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Nazorat taftish bosh boshqarmasining Toshkent viloyati boʻyicha 1-toifali nazorat-taftishchisi; 1998-2001-yillarda -Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Nazorat taftish bosh boshqarmasining Toshkent viloyati boʻyicha nazorat-taftish boshqarmasi “Byudjet intizomiga rioya etilishini nazorat qilish” boʻlimi boshligʻi oʻrinbosari; 2001-2003-yillarda -Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Nazorat taftish bosh boshqarmasining Toshkent viloyati boʻyicha nazorat-taftish boshqarmasi “Byudjet intizomiga rioya etilishini nazorat qilish” boʻlimi bosh nazorat-taftishchisi; 2003-2004-yillarda -Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Nazorat taftish bosh boshqarmasining Toshkent viloyati boʻyicha nazorat-taftish boshqarmasi “Xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyatini taftish qilish hamda valyuta va tashqi savdo operatsiyalarini nazorat qilish” boʻlimi boshligʻi oʻrinbosari; 2004-2008-yillarda -Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Nazorat taftish bosh boshqarmasining Toshkent viloyati boʻyicha nazorat-taftish boshqarmasi “Xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyatini taftish qilish hamda valyuta va tashqi savdo operatsiyalarini nazorat qilish” boʻlimi boshligʻi; 2008-2017-yillarda - Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Sugʻoriladigan yerlarni melorativ holatini yaxshilash jamgʻarmasini boshqarish Departamenti Byudjet mablagʻlaridan maqsadli va samarali foydalanilishini nazorat qilish inspeksiyasi Inspeksiya boshligʻi; 2018-2019-yillarda -Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sugʻoriladigan yerlarni melorativ holatini yaxshilash jamgʻarmasini boshqarish Departamenti Loyihalarning manzilli roʻyxatlarini shakllantirish va ularning amalga oshirilishini monitoring qilish boʻlimi bosh mutaxassisi; 2019-2019-yillarda - Oʻrmon xoʻjaligi Davlat qoʻmitasi huzuridagi «Oʻrmonqurilish» DUKning moliya, nazorat qilish, shartnoma va marketing boʻlimi boshligʻi; 2019-2020-yillarda - Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi Davlat-xususiy sheriklik loyihalari monitoringi boʻlimi bosh mutaxassisi; 2020-2021-yillarda - Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi Davlat-xususiy sherikchiligi loyihalari monitoringi boʻlimi bosh mutaxassisi; 2021-yildan hozirga qadar - Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi Davlat-xususiy sherikchiligi loyihalari monitoringi boʻlimi boshligʻi; ✅Abdullayev Abduvohid Abduraimovich ?(71) 207-04-08 (816) ?dxsh.monitoring@mpe.uz

Maktabgacha ta'lim agentligi
Andijon viloyati maktabgacha taʼlim boshqarmasi boshligʻi

Azimov Azizbek Zaynabiddinovich – Andijon viloyati maktabgacha taʼlim boshqarmasi boshligʻi Azimov Azizbek Zaynabiddinovich 1984-yilda Andijon viloyatida tugʻilgan, millati oʻzbek, oliy maʼlumotli, 2005-yilda Andijon davlat universitetini tamomlagan. Mehnat faoliyatini 2005-yilda Andijon shahri 35-ixtisoslashtirilgan maktab oʻqituvchisi sifatida boshlagan. 2008-2010-yillarda Andijon shahri 35-ixtisoslashtirilgan maktab direktori oʻrinbosari boʻlgan. 2010-2013-yillarda Andijon viloyat xalq taʼlimi boshqarmasi taʼlim jarayonini taʼminlashni tashkillashtirish boʻlimi yetakchi mutaxassisi boʻlgan. 2013-2015-yillarda Andijon viloyat xalq taʼlimi boshqarmasi davlat taʼlim standartlari monitoringi boʻlimi boshligʻi, boshqarma oshligʻi oʻrinbosari boʻlgan. 2015-2016-yillarda Andijon viloyat xalq taʼlimi boshqarmasi axborot-texnologiyalari boʻlimi boshligʻi 2016-2017-yillarda Andijon shahar hokimligining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha bosh mutaxassisi. 2017-2017-yillarda Xalq taʼlimi muassasalari faoliyatini metodik taʼminlash va tashkil etish Andijon shahar boʻlimi mudiri. 2017-2018-yillar Andijon viloyati Maktabgacha taʼlim boshqarmasi boshligʻi. 2018-2018-yillarda Andijon viloyat Xalq taʼlimi boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari. 2019-2020- yillarda Andijon shahar hokimligining voyaga yetmaganlar ishlari boʻyicha shahar idoralar komissiyasi masʼul kotibi. 2020-yil x.v — Andijon viloyati Maktabgacha taʼlim boshqarmasi boshligʻi. ✅Azimov Azizbek Zaynabiddinovich?(74) 225-51-08?boshqarma@andijonvmtb.uz

Batafsil
Maktabgacha ta'lim agentligi
"Madaniy almashinuv va xorijiy tillarni o'rganish" mavzusidagi I Toshkent viloyati forumi bo'lib o'tdi.

Toshkent viloyati Olmaliq shahrida bo'lib o'tgan "madaniy almashinuv va xorijiy tillarni o'rganish" mavzusidagi I Toshkent viloyati forumida O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim vaziri o'rinbosari Begimqulov Uzoqboy va bir qator soha mutaxassislari ham ishtirok etib, o'z fikr mulohazalari, sohada amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma'lumot berdi. Xususan, forumda Toshkent viloyati Zangiota tumanidagi 34-sonli Davlat maktabgacha ta'lim tashkiloti direktori, "Ta'lim laboratoriya"si asoschisi Ubaydullaeva Nilufar o'z takliflari bilan ishtirok etdi. Ushbu loyiha mamlakatimizda maktabgacha ta'lim tashkilotlari xodimlarini innovasion usulda o'qitish bo'yicha ilk marta tashkil etilmoqda. Shu sababli, Zangiota tumanining "2020-2021 yillar davomida yoshlar bilan ishlashning yangicha tizimini joriy etish bo'yicha chora-tadbirlar dasturi"ga kiritilib, joriy yilning 4 fevral kunidan loyiha doirasida o'quv jarayonlari yo'lga qo'yilgan. Ushbu loyihaga ko'ra 4 oylik o'quv dasturi asosida tinglovchilar "bolalar psixologiyasi", "o'qitish metodikasi", "rus tili", "ingliz tili" yo'nalishlarida tahsil oldilar. Tinglovchilar laboratoriyada olgan bilimlarini o'z ish faoliyatlarida qo'llab, maktabgacha ta'lim tashkilotlarida ta'lim sifatini oshishi uchun xizmat qiladi. Mazkur "Ta'lim laboratoriya"sini rivojlantirish uchun viloyat hokimligi tomonidan mahalliy byudjet hisobidan kerakli miqdorda mablag'ajratilishi belgilandi. Bundan tashqari mazkur loyihaga Buyuk Britaniya konsullik idorasi ham o'zlarining qiziqishlarini va har tomonlama qo'llab quvvatlashlarini bildirib o'tganlar. Tadbir davomida Konfutsiy instituti, Gyote instituti, O'zbekiston-Yaponiya markazi singari xorijiy til va madaniyat markazlari vakillarining ma'ruzalari tinglandi.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Maktabgacha ta'lim tizimining 73,3% xodimlari koronavirus infektsiyasiga qarshi emlashning birinchi bosqichidan o'tdi.

Maktabgacha ta'lim tizimida jamoaviy immunitet hosil qilish va koronavirus infektsiyasi tarqalishini oldini olish maqsadida O'zbekiston Respublikasi sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati ko'magida O'zbekiston Respublikasi maktabgacha ta'lim tashkilotlarning xodimlarini emlash jarayoni amalga oshirildi va ushbu qamrov ko'rsatkichi 73,3% tashkil etdi.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Maktabgacha taʼlim sohasi siyosatini shakllantirish va strategik rivojlantirish bosh boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari

✅Ten Elena Gerasimovna?(71) 207-04-08 (700)?boshqarma@mdo.uz

Maktabgacha ta'lim agentligi
Maktabgacha taʼlim tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish va strategik rivojlantirish boʻlimi boshligʻi

Xidirbayev Baxrom Baxtiyarovich - Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi Maktabgacha taʼlim tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish va strategik rivojlantirish boʻlimi boshligʻi. Xidirbayev Baxrom 1983-yilda Toshkent viloyatida tugʻilgan, millati oʻzbek, oliy maʼlumotli. 2005-yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini tamomlagan. 2005-2007-yillarda - “Olmaliq KMK” OAJ Angren kon boshqarmasi mehnat va ish haqi boʻlimi EHM operatori; 2007-2012-yillarda - “Olmaliq KMK” OAJ Angren kon boshqarmasi reja va iqtisod boʻlimi 1-toifali iqtisodchisi; 2012-2015-yillarda - “Olmaliq KMK” AJ Kovuldi koni mehnatni tashkillashtirish va ishlab chiqarishni rejalashtirish byurosi boshligʻi; 2015-2017-yillarda - “Olmaliq KMK” AJ Angren kon boshqarmasi reja va iqtisod boʻlimi boshligʻi; 2019-2020-yillarda - “Olmaliq KMK” AJ Angren kon boshqarmasi reja va iqtisod boʻlimi boshligʻi; 2020-2020-yillarda - Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi Maktabgacha taʼlim tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish, tahlil qilish va strategik rivojlantirish boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari; 2020-2020-yillarda - Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi Hududiy rivojlanish tahlili, strategiyasi va maktabgacha taʼlim tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻlimi boshligʻi; 2020-yildan hozirgi vaqtga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi Maktabgacha taʼlim tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish va strategik rivojlantirish boʻlimi boshligʻi. ✅Xidirbaev Baxrom Baxtiyarovich ? (71) 207-04-08 (703) ? main.dep@mpe.uz

Maktabgacha ta'lim agentligi
Statistika boʻlimi boshligʻi

Samiyev Shaxzod Olimjon oʻgʻli - Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi Statistika boʻlimi boshligʻi. Samiyev Shaxzod 1993-yilda Jizzax viloyatida tugʻilgan, millati oʻzbek, oliy maʼlumotli. 2017-yilda Toshkent davlat agrar universitetini tamomlagan. 2012-2013-yillarda - Jizzax viloyati Jizzax shahri “Mohir quruvchi lyuks” xususiy korxonasi ish boshqaruvchisi; 2018-2018-yillarda - Toshkent shahar statistika boshqarmasi Sanoat statistikasi boʻlimi 1-toifali mutaxassisi; 2018-2019-yillarda - Statistika faoliyatini tashkil etish va yigʻma axborot-tahliliy ishlar boʻlimi yetakchi mutaxassisi; 2019-2019-yillarda - Toshkent shahar statistika boshqarmasi Sanoat statistikasi boʻlimi boshligʻi oʻrinbosari vazifasini bajaruvchisi; 2019-2019-yillarda - Investitsiya va qurilish statistikasi boʻlimi boshligʻi vazifasini bajaruvchisi; 2020-2020-yillarda - Toshkent shahar statistika boshqarmasi Sanoat statistikasi boʻlimi boshligʻi; 2020-2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi Statistika boʻlimi bosh mutaxassisi; 2021-yildan hozirga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi Statistika boʻlimi boshligʻi . ✅ Samiyev Shaxzod Olimjon o'g'li? (71) 207-04-08 (706)? stat@mdo.uz

Maktabgacha ta'lim agentligi
Oʻzbekiston Respublikasi Мaktabgacha taʼlim vazirining birinchi oʻrinbosari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 4 iyundagi qaroriga koʻra, Onorboyev Bahodirjon Ochilboyevich Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirining birinchi oʻrinbosari lavozimiga tayinlangan. Onorboyev Bahodirjon Ochilboyevich 1971 yili tugʻilgan. Texnika fanlari doktori. Unga qadar, Vazirlar Mahkamasi Taʼlim, sogʻliqni saqlash, madaniyat, yoshlar, maʼnaviyat va jamoat tashkilotlari, mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash masalalari kotibiyatining mudiri lavozimida ishlab kelgan.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Yuridik boshqarma boshligʻi

Buriyev Xurshid Kosimovich - Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi Yuridik boshqarma boshligʻi. Buriyev Xurshid 1977-yilda Navoiy viloyatida tugʻilgan, millati oʻzbek, oliy maʼlumotli. 1998-yilda Toshkent davlat yuridik institutini tamomlagan. 1998-1999-yillarda - Navoiy viloyati Navoiy shahar prokuraturasining ish oʻrganuvchisi;1999-1999-yillarda - Navoiy viloyati 9306-sonli maxsuslashtirilgan harbiy qism prokuraturasining katta tergovchisi;1999-2000-yillarda - Navoiy viloyati Navoiy shahar prokuraturasining katta tergovchisi;2000-2001-yillarda - Navoiy viloyat prokuraturasi tashqi iqtisodiy faoliyatda korrupsiya, talon-toroj va boshqa suiisteʼmolchiliklarga qarshi kurash boʻlimi alohida muhim ishlar boʻyicha katta tergovchisi;2001-2002-yillarda - Navoiy viloyat prokuraturasi iqtisodiy jinoyatchilik va korrupsiyaga qarshi kurashish boʻlimi alohida muhim ishlar boʻyicha tergovchisi;2002-2004-yillarda - Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi millatlararo va xalqaro huquqiy munosabatlarda qonunlarni ijrosi ustidan nazorat boʻlimi prokurori;2004-2007-yillarda - Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi xalqaro-huquqiy boʻlim katta prokurori;2007-2008-yillarda - Samarqand viloyati Samarqand shahar prokurorining oʻrinbosari;2008-2009-yillarda - Samarqand viloyat prokurorining xalqaro-huquqiy masalalar boʻyicha katta yordamchisi;2009-2014-yillarda - Samarqand viloyat prokurorining milliy xavfsizlik va bojxona organlarida qonunlar ijrosi ustidan nazorat boʻyicha yordamchisi;2014-2014-yillarda - Samarqand viloyat prokuraturasi soliqqa oid qonunchilik ijrosi ustidan nazorat boʻlimi katta prokurori;2014-2014-yillarda - Samarqand viloyat prokuraturasi ichki ishlar organlarida surishtiruv, tergov va tezkor qidiruv faoliyati ustidan nazorat boʻlimi katta prokurori;2018-2018-yillarda - Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Taʼlim-tarbiya muassasalari bilan ishlash boʻlimi bosh mutaxassisi;2018-2018-yillarda - Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Kadrlar boʻlimi boshligʻi;2018-2019-yillarda - Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish Departamenti Axborot-tahlil boʻlimi bosh inspektori;2019-2019-yillarda - Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish Departamenti Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish boshqarmasi Metodologiya, xavflarni baholash va tipologiyalar boʻlimi bosh inspektori;2019-yildan hozirga qadar - Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi Yuridik boshqarma boshligʻi. ✅ Buriyev Xurshid Kosimovich ?(71) 207-04-08 (838) ?legal@mpe.uz

Batafsil
Maktabgacha ta'lim agentligi
Davlat-xususiy sherikchilik asosidagi maktabgacha taʼlim tashkilotlari faoliyatlarini tashkil etish boshqarmasi boshligʻi

Xakimov Abdugʻulom Soyibjonovich - Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi Davlat-xususiy sheriklik asosidagi maktabgacha taʼlim muassasalari faoliyatni tashkil etish boshqarmasi boshligʻi. Xakimov Abdugʻulom 1982-yilda Andijon viloyatida tugʻilgan, millati oʻzbek, oliy maʼlumotli. 2004-yilda Oʻzbekiston milliy universitetida bakalavr va 2006-yilda Oʻzbekiston milliy universitetida magistratura bosqichini tamomlagan. 2006-2009-yillarda -Respublika OITSga qarshi kurash markazi moliyaviy menedjeri; 2009-2011-yillarda - Respublika OITSga qarshi kurash markazi moliyaviy mutaxassisi; 2011-2015-yillarda - Respublika OITSga qarshi kurash markazi moliyaviy yordamchi; 2016-2017-yillarda - Respublika OITSga qarshi kurash markazi iqtisodchi; 2018-2018-yillarda - Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi maktabgacha taʼlim muassasalari faoliyatni tashkil etish bosh boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari; 2018-yildan hozirga qadar - Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi Davlat-xususiy sheriklik asosidagi maktabgacha taʼlim muassasalari faoliyatni tashkil etish boshqarmasi boshligʻi. ✅Xakimov Аbdugʼulom Soyibjonovich ? (71) 202-04-08 (808) ? dxsh@mpe.uz

Maktabgacha ta'lim agentligi
Nazorat-tahlil boshqarmasi

Berdiyeva Lola Alisherovna - Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi Nazorat-tahlil boshqarmasi boshligʻi. Berdiyeva Lola Alisherovna 1986-yilda Buxoro viloyatida tugʻilgan, millati oʻzbek, oliy maʼlumotli. 2006-yilda Buxoro davlat universitetini tamomlagan. 2007-2010-yillarda - Buxoro viloyati Romitan 3-umumiy oʻrta taʼlim maktabi iqtisodiy bilim asoslari fani oʻqituvchisi; 2010-2017-yillarda - Respublika taʼlim markazi Nazorat-tahlil boshqarmasi boshligʻi; 2017-2018-yillarda - Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari boʻyicha nazorat va tahlil boʻlimi boshligʻi; 2018-yildan hozirga qadar -  Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi Nazorat-tahlil boshqarmasi boshligʻi. ✅Berdiyeva Lola Alisherovna ?(71) 207-04-08 (811) ? nazorat@mpe.uz ? devon@mpe.uz

Maktabgacha ta'lim agentligi
Korrupsiyaga qarshi kurashish komplaens-nazoratini amalga oshirish boʻlimi boshligʻi

Aminov Farrux Farhodovich - Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi Komplayens-nazorat boʻlimi boshligʻi. Aminov Farrux 1989-yilda Buxoro viloyatida tugʻilgan, millati oʻzbek, oliy maʼlumotli. 2013-yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini tamomlagan. 2013-2014-yillarda - Uzmilliybank, Toshkent viloyati boʻlimi, Amaliyot boshqarmasi, Kredit boʻlimi 2-toifali mutaxassis; 2014-2014-yillarda - Uzmilliybank, Toshkent viloyati boʻlimi, Amaliyot boshqarmasi, Kredit boʻlimi 1-toifali mutaxassis; 2014-2016-yillarda - Oʻzmilliybank, Toshkent viloyati boʻlimi, Amaliyot boshqarmasi, Kredit boʻlimi Yetakchi mutaxassis; 2016-2016-yillarda - Oʻzmilliybank, Toshkent viloyati boʻlimi, Amaliyot boshqarmasi, Kredit boʻlimi Bosh mutaxassis; 2016-2017-yillarda - Oʻzmilliybank, Toshkent viloyati boʻlimi, Kredit portfelini boshqarish va investitsiya loyihalarini ekspertiza qilish boʻlimi, Paxta va gʻalla yetishtirishda transh toʻlovlarini va imtiyozli kreditlashni monitoring va tahlil qilish shoʻbasi Shoʻba mudiri; 2017-2017-yillarda - Oʻzmilliybank, Toshkent viloyati Boʻl., Toshkent viloyati boʻlimi, Kredit portfelini boshqarish boʻlimi Boʻlim boshligʻi; 2017-2017-yillarda - Oʻzmilliybank, IAD, Ichki audit xizmati, Buxgalteriya, operatsion va maʼmuriy nazorat tizimlari adekvatligini baholash boʻlimi Bosh mutaxassis; 2017-2017-yillarda - Oʻzmilliybank, IAD, Bank boʻlimlari va filiallari auditi boshqarmasi, Kredit operatsiyalari auditi boʻlimi Bosh mutaxassis; 2017-2018-yillarda - Oʻzmilliybank, Respublika apparati, IAD, Bank boʻlimlari va filiallari auditi boshqarmasi, Kredit operatsiyalari auditi boʻlimi Boʻlim boshligʻi; 2018-2019-yillarda - Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekiston Respublikasining rivojlanish davlat dasturlarini moliyalashtirish jamgʻarmasi Loyihalarni Xalqaro moliya institutlari va Xorijiy hukumat moliya tashkilotlari mablagʻlari hisobiga moliyalashtirish boʻlimi boʻlim boshligʻi; 2019-2019-yillarda - Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi Davlat-xususiy sheriklik loyihalari monitoringi boʻlimi boshligʻi; 2019-2021-yillarda - Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi Davlat-xususiy sherikchilik asosidagi maktabgacha taʼlim tashkilotlari faoliyatni tashkil etish boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari; 2021-yildan hozirgi vaqtga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi Komplayens-nazorat boʻlimi boshligʻi. ✅ Aminov Farrux Farhod oʻgʻli? (71) 207-04-08 (828)? komplaens@mdo.uz

Maktabgacha ta'lim agentligi
Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini taʼminlash masalalari boʻyicha vazir maslahatchisi

Riskulova Kamola Djummayevna - Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini taʼminlash masalalari boʻyicha maslahatchisi. Riskulova Kamola 1984-yilda Toshkent shahrida tugʻilgan, millati oʻzbek, oliy maʼlumotli. 2004-yilda Oʻzbekiston davlat jahon tillar universitetini tamomlagan. 2003-2006-yillarda - Toshkent pedagogika kollejida ingliz tili oʻqituvchisi; 2010-2011-yillarda - Oydin hayot Respublika sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish markazi ilmiy xodimi; 2011-2014-yillarda - Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti ingliz tili fonetikasi va fonologiyasi kafedrasi dotsenti; 2015-2017-yillarda - Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti, pedagogika va psixologiya kafedrasi katta ilmiy xodim izlanuvchisi; 2017-2020-yillarda - Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti ingliz tilini oʻqitish metodikasi kafedrasi dotsenti; 2020-yildan hozirga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini taʼminlash masalalari boʻyicha maslahatchisi. ✅ Riskulova Kamola Djummayevna? (71) 207-04-08 (818)? k.risqulova@mpe.uz

Maktabgacha ta'lim agentligi
Ishlar boshqarmasi boshqaruvchisi

✅ Babaxodjaev Vali Axmedovich ? (71) 207-04-08 (882) ? dp@mpe.uz

Maktabgacha ta'lim agentligi
Maktabgacha taʼlim tashkilotlarini jihozlash boʻlimi

Diyarov Abbos Baxromovich - Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi Maktabgacha taʼlim tashkilotlarini jihozlash boʻlimi boshligʻi. Diyarov Abbos Baxromovich 1987-yilda Toshkent shahrida tugʻilgan, millati oʻzbek, oliy maʼlumotli. 2009-yilda Toshkent moliya institutining bakalavr darajasini va 2011-yilda Toshkent moliya instituti magistr darajasini egallagan. 2011-2017-yillarda Toshkent axborot texnologiyalari kasb-hunar kollejining maxsus fan oʻqituvchisi; 2017-2018-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi Ichki audit va moliyaviy nazorat xizmati bosh mutaxassisi; 2018-2020-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi Ichki audit, moliyaviy va huquqiy nazorat xizmati bosh mutaxassisi; 2020-2020-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi Kadrlar boshqarmasi bosh mutaxassisi; 2020-yildan hozirga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi Maktabgacha taʼlim tashkilotlarini jihozlash boʻlimi boshligʻi. ✅Diyarov Abbos Baxramovich ? (71) 207-04-08 (800) ? equip@mpe.uz

Maktabgacha ta'lim agentligi
Buxgalteriya hisobi va hisoboti boshqarmasi boshligʻi — bosh hisobchi

Zulfiqorov Rustam Raxmidinovich - Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi Buxgalteriya hisobi va hisoboti boshqarma boshligʻi-bosh hisobchisi. Zulfiqorov Rustam 1979-yilda Samarqand viloyati Payariq tumanida tugʻilgan, millati oʻzbek, oliy maʼlumotli. 2000-yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida bakalavr darajasini va 2002-yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida magistr darajasini egallagan. 1999-2000-yillarda - Toshkent davlat pedagogika universiteti hisobxona 2-toifali hisobchi; 2000-2004-yillarda - Toshkent davlat pedagogika universiteti hisobxona 1-toifali hisobchi; 2004-2005-yillarda - Toshkent davlat pedagogika universiteti bosh hisobchining moliya va iqtisod ishlari boʻyicha mouvini; 2005-2007-yillarda - Toshkent davlat pedagogika universiteti bosh hisobchi oʻrinbosari auditori, “Iqtisodiyot nazariyasi” kafedrasi oʻqituvchisi; 2007-2009-yillarda - “Nurfarm servis” MCHJ bosh direktori; 2009-2010-yillarda - Avtomagistral davlat birlashmasi raisi oʻrinbosari; 2010-2012-yillarda - Xalq taʼlim vazirligi moliyalashtirish, buxgalteriya hisobi va hisoboti boshqarmasi bosh hisobchi oʻrinbosari; 2012-2017-yillarda - Xalq taʼlim vazirligi moliyalashtirish, buxgalteriya hisobi va hisoboti boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari bosh hisobchi; 2017-2018-yillarda - Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi moliyalashtirish buxgalteriya hisobi va hisoboti boshqarmasi boshligʻi; 2018-2018-yillarda - Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi bosh hisobchisi; 2018-yildan hozirga qadar - Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi Buxgalteriya hisobi va hisoboti boshqarma boshligʻi-bosh hisobchisi. ✅ Zulfiqorov Rustam Raxmiddinovich ? 71 207 04 08 (878) ? bhh@mpe.uz

Maktabgacha ta'lim agentligi
Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligining “Axborot va pedagogika texnologiyalari innovatsion markazi” MCHJ direktori

✅ Raxmatillayev Oyatillo Zikrillayevich ? (71) 205-89-89 ? o.rakhmatillaev@innocenter.uz ? orakhmatilaev@gmail.com

Maktabgacha ta'lim agentligi
Jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari bilan ishlash boʻlimi

Dadabayev Baxadir Kadirdjanovich - Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi Jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari bilan ishlash boʻlimi boshligʻi Dadabayev Baxadir 1955-yilda Toshkent shahrida tugʻilgan, millati oʻzbek, oliy maʼlumotli. 1977 yilda Toshkent kimyo texnologiya institutini tamomlagan. 1972-1977-yillarda - Toshkent toʻqimachilik va yengil sanoat instituti talabasi; 1977-1978-yillarda - Toshkent shahar 2-poyabzal fabrikasi-iqtisodchi; 1978-1982-yillarda - Shayxontohur tumani Yoshlar qoʻmitasi yoʻriqchisi, tashkiliy ishlar boʻlimi boshligʻi; 1982-1982-yillarda - Toshkent viloyati kasaba uyushmalari kengashi  tashkiliy  ishlar boʻlimi yoʻriqchisi; 1982-1984-yillarda - Toshkent shahar Shayxontohur tumani Yoshlar qoʻmitasi tashkiliy ishlar  boʻlimi mudiri; 1984-1986-yillarda - Oʻzbekiston Respublikasi Ijtimoiy taʼminot vaziri yordamchisi; 1986-1989-yillarda -  Mirobod tumani ijroiya qoʻmitasi tashkiliy ishlar boʻlimi boshligʻi; 1989-1989-yillarda - Oʻzbekiston KP Mirobod tumani tashkiliy ishlar boʻlimi boshligʻi oʻrinbosari; 1989-1991-yillarda -  Mirobod tumani ijroiya qoʻmitasi tashkiliy ishlar boʻlimi boshligʻi; 1991-1992-yillarda -  Xalq deputatlari Mirobod tumani Kengashi Ishlar boshqaruvchisi; 1992-1992-yillarda - Mirobod tumani Davlat nazoratchisi; 1992-1993-yillarda -  Toshkent shahar  hokimiyati moliya boshqarmasi bosh mutaxassisi; 1993-1994-yillarda -  Mirobod tumani hokimiyati kotibiyat mudiri; 1994-1994-yillarda -  Bektemir tumani hokimiyati kotibiyat mudiri; 1994-1996-yillarda -  Oʻzbekiston Xalq demokratik partiyasi  Mirobod tumani kengashi 1 – kotibi; 1996-2002-yillarda -  Mirobod tumani hokimi  oʻrinbosari; 2002-2005-yillarda -  Toshkent shahar  oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari; 2005-2005-yillarda -  Toshkent shahar  hokimi birinchi oʻrinbosarining kotibiyat mudiri; 2005-2012-yillarda -  Toshkent shahar oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi boshqarmasi  bosh mutaxassisi, boshligʻi oʻrinbosari; 2012-2012-yillarda -  Toshkent shahar  Isteʼmol tovarlari ishlab chiqarish, savdo va xizmat koʻrsatish tashkilotlari xodimlari  Mirzo Ulugʻbek tumani kasaba uyushma  Kengashi raisi vazifasini bajaruvchisi; 2012-2019-yillarda -  Toshkent shahar kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasining Kengashi ishlar boshqaruvchisi, rais vazifasini bajaruvchi, rais oʻrinbosari, Tashkiliy ishlar boʻlimi mudiri; 2019-yildan hozirga qadar - Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi Jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari bilan ishlash boʻlimi boshligʻi. ✅ Dadabayev Baxadir Kadirjanovich ? (71) 207-04-08 (727) ? murojaat@mpe.uz

Maktabgacha ta'lim agentligi
Ichki audit, moliyaviy va huquqiy nazorat xizmati boshligʻi

Normatov Dilshod Xabibullayevich - Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi Ichki audit, moliyaviy va huquqiy nazorat xizmati boshligʻi. Normatov Dilshod 1981-yilda Toshkent viloyatida tugʻilgan, millati oʻzbek, oliy maʼlumotli. 2002-yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini hamda 2007-yilda Bank-moliya akademiyasini tamomlagan. 2002-2004-yillarda - Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Toshkent viloyatidagi nazorat-taftish boshqarmasi asosiy ish faoliyati boʻyicha inspektori; 2004-2005-yillarda - Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Toshkent viloyatidagi nazorat-taftish boshqarmasi Byudjet intizomiga rioya etilishini nazoart qilish boʻlimi1-toifali nazoratchi-taftishchisi; 2005-2008-yillarda - Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Toshkent viloyatidagi nazorat-taftish boshqarmasi Tashkiliy-uslubiy ishlar boʻlimi bosh nazoratchi-taftishchisi; 2008-2009-yillarda - Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Toshkent viloyatidagi nazorat-taftish boshqarmasi Byudjet intizomiga rioya etilishini nazorat qilish boʻlimi boshligʻi oʻrinbosari; 2009-2010-yillarda  - Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining nazorat-taftish boshqarmasi bosh mutaxassis taftishchisi; 2010-2013-yillarda - Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Toshkent shahridagi nazorat-taftish boshqarmasi Tashkiliy-uslubiy ishlar boʻlimi boshligʻi oʻrinbosari; 2013-2017-yillarda - Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Toshkent shahardagi nazorat-taftish boshqarmasi Tashkiliy-uslubiy ishlar boʻlimi boshligʻi; 2017-2017-yillarda - Rossiya davlat neft va gaz universitetining Toshkent shahridagi filiali moliya-iqtisod ishlari boʻyicha direktor oʻrinbosari; 2017-2018-yillarda - Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi Ichki audit va moliyaviy nazorat xizmati boshligʻi; 2018-yildan hozirga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi Ichki audit, moliyaviy va huquqiy nazorat xizmati boshligʻi. ✅Normatov Dilshod Xabibullayevich ? (71) 207-04-08 (717) ? audit@mpe.uz

Maktabgacha ta'lim agentligi
Axborot kommunikatsiya texnologiyalari va axborot xavfsizligi boshqarmasi boshligʻi

Djurayev Anvar Ibroxim oʻgʻli - Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi Axborot kommunikatsiya texnologiyalari va axborot xavfsizligi boshqarmasi boshligʻi Djurayev Anvar 1990-yilda Toshkent shahrida tugʻilgan, millati oʻzbek, oliy maʼlumotli, 2014 yilda Toshkent irrigatsiya va melioratsiya institutini va 2019 yilda Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universitetini tamomlagan. 2009-2013-yillarda Toshkent axborot texnologiyalari kasb-hunar kollejining ishlab chiqarish taʼlimi ustasi; 2013-2014-yillarda Toshkent axborot texnologiyalari kasb-hunar kollejining maxsus fan oʻqituvchisi; 2014-2019-yillarda Toshkent axborot texnologiyalari kasb-hunar kollejining ishlab chiqarish taʼlimi ustasi; 2019-2020-yillarda Toshkent axborot texnologiyalari kasb-hunar kollejining maxsus fan oʻqituvchisi; 2020-yildan hozirga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi Axborot kommunikatsiya texnologiyalari va axborot xavfsizligi boshqarmasi boshligʻi. ✅ Djurayev Anvarjon Ibrahim o'g'li ? (71) 207-04-08 (868) ? ict@mpe.uz

Maktabgacha ta'lim agentligi
Namangan viloyatida maktabgacha yoshdagi bolalar uchun muqobil guruhlarning ochilishi

Hozirgi vaqtda mamlakatimizda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishga qaratilgan ilgʻor islohotlar amalga oshirilmoqda. Maʼlumki, turli islohotlarning harakatlantiruvchi kuchi taʼlimdir va maktabgacha taʼlim ham bundan mustasno emas. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qaroriga muvofiq, “Maktabgacha taʼlimni boshqarish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 30-sentyabrdagi PQ-3955-sonli, bolalarni maktabgacha taʼlim bilan qamrab olishni oshirish maqsadida, Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligiga vazifa yuklatilgan boʻlib, maktabgacha taʼlimning yangi muqobil shakllarini, shu jumladan, maktabgacha taʼlimning standart shakllarini respublikaning chekka hududlarida joriy etish. Xalqaro tadqiqotlar tasdiqlaganidek, bolalarning intellektual qobiliyatlarining rivojlanish davrining 70 foizi maktabgacha yoshga toʻgʻri keladi. Ushbu guruhlar oʻyin, kognitiv, hayajonli bolalar faoliyatida bolaning shaxsiyatining uygʻun rivojlanishini taʼminlashga imkon beradi va ularni boshlangʻich maktabda oʻqishga sifatli tayyorlaydi. Loyiha doirasida Maktabgacha taʼlim vazirligi, Oʻzbekistondagi Birlashgan Millatlar Tashkilotining Xalqaro bolalar jamgʻarmasi (YUNISEF) bilan hamkorlikda 2021-yil 6-iyulda Namangan viloyatining3 yoshdan 7 yoshgacha boʻlgan bolalar uchun guruhlarning ochilish marosimi quyidagi tumanlarda boʻlib oʻtdi: Kosonsoy tumanidagi pedagogika kollejida, Toʻraqoʻrgʻon iqtisodiyot va xizmat koʻrsatish kasb-hunar kollejida, Norin tumanining “Soy boʻyi, mahallasida, Chust pedagogika va servis kollejida hammasi boʻlib 4 ta guruh ishga tushirildi, ushbu guruhlarda 3 yoshdan 7 yoshgacha boʻlgan bolalar qatnashadilar, jami 9 ta mahalla qamrab olinadi, u yerda 200 nafar bola maktabga sifatli tayyorgarlik koʻrish imkoniyatiga ega boʻldi. Шунингдек, қишлоқ аҳолиси уйларининг ёнида мактабгача таълим хизматларидан фойдаланиш имкониятига эга бўлдилар. Ушбу гуруҳларда бинолар қайта жиҳозланди, мебел, ўқув, услубий, дидактик материаллар болалар учун ўйинлар ва ўйинчоқлар сотиб олинди ва етказиб берилди, тарбиячилар ва методистлар юқори сифатли педагогика асосида замонавий педагогик технологияларни жорий этиш бўйича ўқитилди. Har bir guruhda bitta tarbiyachi va bitta yordamchi tarbiyachi boʻladi. Bolalarning guruhlarda qolish vaqtlari 3-4 soatni tashkil etadi, taʼlim jarayonini bir yoki ikki smenada, ovqatlanish tashkil etilmagan holatda. Ochilish marosimida Maktabgacha taʼlim vaziri Agrippina Shin hamda Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bolalar jamgʻarmasining (YUNISEF) Oʻzbekistondagi vakolatxonasi rahbari Munir Mamadzoda, YUNISEFning Oʻzbekistondagi erta rivojlanish va taʼlim boʻyicha maslahatchisi Vazira Nazarova, tuman hokimlari, mahalla qoʻmitalari raislari, ota-onalar, ommaviy axborot vositalari vakillari, bloggerlar ishtirok etdilar. Bolalar uchun sharbatlar, suv, pishirilgan mahsulotlar, quritilgan mevalar shaklida tashkil etildi. Shuningdek, bolalar uchun koʻngilochar oʻyinlar, animatorlar ishtirokidagi musiqiy dastur tashkil etildi. Marosim yakunida 200 nafar bolaga shaxsiy sovgʻa, oʻquv qurollari uchun bolalarning ryukzagi topshirildi. Ushbu guruhlarning ochilishi bolalarning ota-onalari, aholi, mahalliy hokimiyat va jamoatchilik tomonidan ijobiy baholandi. Avvalroq, 2021-yil may oyida xuddi shu guruhlar ochilib, 200 dan ortiq bolalarni qamrab olgan. Maktabgacha taʼlim vaziri Agrippina Shin va Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bolalar jamgʻarmasining (YUNISEF) Oʻzbekistondagi rahbari

Вид сайта
Размер шрифта