Yangiliklar
Maktabgacha ta'lim agentligi
Maktabgacha taʼlim vazirligining Ichki audit xizmati tomonidan 2021-yil 1-chorak hisoboti.

Maktabgacha taʼlim vazirligining Ichki audit xizmati tomonidan 2021-yil 1-choragi davomida maktabgacha taʼlim boʻlimlari va maktabgacha taʼlim tashkilotlarida oʻtkazilgan 80 ta (shundan prokuratura va prokuratura huzuridagi departament bilan hamkorlikda -7 ta) nazorat tadbirlarida jami 3,4 mlrd.soʻmlik moliyaviy xato va kamchiliklar aniqlandi.Oʻtkazilgan profilaktika natijasida tovar-moddiy boyliklar ortiqchaligi va kirim qilinmaganligi, byudjetga oʻtkazilishi lozim boʻlgan mablagʻlarning oʻz vaqtida oʻtkazilmaganligi, belgilangan miqdordan kam hisoblangan ota-ona toʻlovlari kabi holatlar boʻyicha 266 mln.soʻm byudjet va tashkilot hisobiga qoʻshimcha hisoblandi.Tizimda debitor va kreditor qarzdorliklarni kamaytirish hamda oʻrnatilgan tartibda undirish boʻyicha sudga murojaat qilish, ishlamaydigan “oʻlik jonlar” aniqlanib ishdan boʻshatish, xodimlarning ish haqidan asossiz ushlab qolishlarga chek qoʻyish kabi profilaktika ishlari olib borildi.Maktabgacha taʼlim vazirligi tomonidan 2021-yil 1-choragi davomida 80 ta tashkilotlar boʻyicha nazorat tadbiri hujjatlari qonuniy chora koʻrish uchun prokuratura organlariga yuborildi.Vazirlik byudjet mablagʻlarini oqilona sarflanishini taʼminlash, korrupsiyaga qarshi kurashish talon-tarojliklarni aniqlash va oldini olish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, Bosh prokuratura huzuridagi iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti bilan uzviy hamkorlikda ish olib borildi.

Batafsil
Maktabgacha ta'lim agentligi
KOʼZА KUNDАMАS KUNIDА SINDI Samarqand viloyatidagi oʼrganilgan MTTlar faoliyati haqida

Maktabgacha taʼlim tashkilotlari bolajonlarning baxtiyor unib-ulgʼayishlari va maktab taʼlimiga sifatli tayyorlanishida dastlabki asosiy poydevor hisoblanadi. Bolalar bogʼchasida taʼlim-tarbiya uslubi va ish toʼgʼri tashkil etilgandagina kelajak avlod bilimi, dunyoqarashi va aqliy rivojlanishida ijobiy natijaga erishiladi.Oʼzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligining 2021 yil 29 martdagi 132-X-sonli buyrugʼiga asosan vazirlik ishchi guruhi tomonidan Samarqand viloyatidagi bir nechta MTTlar faoliyati oʼrganilganda tarbiyachi-pedagoglar oʼz xizmat vazifasini toʼliq bilmasligi, sogʼlom ovqatlantirish meʼyorlariga rioya etilmayotganligi, taʼlim-tarbiya jarayonlari yaxshi yoʼlga qoʼyilmaganligi, bolalarni yoʼllanmalar asosida maktabgacha taʼlim tashkilotlariga qabul qilishdagi xato va noqonuniy xatti-harakatlar aniqlandi.Xususan, Samarqand shahar 58-sonli DMTT faoliyati oʼrganilganda, mamlakatimizda karantin talablari bekor qilinmagan boʼlsada mazkur davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti “COVID 19 pandemiyasi davrida maktabgacha taʼlim tashkilotlarining ish faoliyatiga qoʼyiladigan vaqtinchalik sanitariya-gigienik talablar”ga rioya etmagan holda ish faoliyatini olib borayotganligi ayon boʼldiMaktabgacha taʼlimni boshqarish axborot tizimida (OpenEmis) tashkilotda tarbiyalanuvchilar soni 186 nafar, navbatda turganlar soni 160 nafar boʼlsada, tashkilot direktori tomonidan tarbiyalanuvchilar soni 141 nafar (kichik guruhda 38, oʼrta guruhda 40, katta guruhda 32, maktabga tayyorlov guruhida 31) ekanligi toʼgʼrisida maʼlumot taqdim etildi. Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 13 maydagi “Maktabgacha taʼlim tashkilotlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi 391-sonli qarorida davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida guruhlar miqdori koʼpi bilan 30 nafar bola bilan toʼldirilishi belgilangan boʼlsada, OpenEmis tizimida guruh quvvatlari kichik guruh uchun 49 taga, tayyorlov guruhi uchun 45 tagacha oshirilgan.Bolalarni maktabgacha taʼlim tashkilotiga qabul qilish boʼyicha yoʼllanmalar saylanma tarzda oʼrganilganda 14 nafar toʼliq kunlik guruh tarbiyalanuvchilari tashkilot direktori N.Xamraeva tomonidan Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 28 martdagi “Bolalarni davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlariga qabul qilish boʼyicha davlat xizmatlari koʼrsatishning maʼmuriy reglamentini tasdiqlash toʼgʼrisida”gi 244-sonli qarori talablariga zid ravishda tashkilotga qabul qilingan.8 nafar tarbiyalanuvchi tashkilotdan ketgan boʼlishiga qaramasdan OpenEmis tizimidagi tarbiyalanuvchilar roʼyxatidan oʼchirilmagan. Bu oʼz navbatida boʼsh oʼrinlarning shakllantirilmasligiga hamda guruhlarga noqonuniy bolalar qabul qilinishiga zamin yaratadi.Kichik guruhda 2 nafar yoʼllanmasiz bolalar mavjudligi aniqlanib, oʼrganishlar davomida ular guruh tarbiyachisining farzandlari ekanligi maʼlum boʼldi.Tashkilot hamshirasi tomonidan “Sifati tez buziluvchi oziq-ovqat mahsulotlarini qayd etish daftari” Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 25 iyuldagi 626-son “Davlat maktabgacha taʼlim muassasalarida sogʼlom ovqatlantirish tizimini yanada takomillashtirish toʼgʼrisida” qarori talablari boʼyicha yuritilmayotganligi hamda ayrim dori vositalarining yaroqlilik muddati oʼtganligi aniqlandi.Oʼzbekiston Respublikasining 2019 yil 16 dekabrdagi “Maktabgacha taʼlim va tarbiya toʼgʼrisida”gi OʼRQ-595-son Qonunining 34-moddasida maktabgacha taʼlim tashkilotidagi guruhlar yoshga doir toifalar, jumladan kichik guruh uch yoshdan toʼrt yoshgacha, oʼrta guruh toʼrt yoshdan besh yoshgacha, katta guruh besh yoshdan olti yoshgacha, maktabga tayyorlov guruhi 6 yoshdan 7 yoshgacha boʼlgan bolalar bilan toʼldirilishi belgilangan. Maktabgacha taʼlim tashkilotidagi guruhlar yoshga doir toifalar boʼyicha toʼldirilmagan.Maktabgacha taʼlim vazirining 2019 yil 30 avgustdagi “Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari pedagoglarining ish hujjatlarini tasdiqlash toʼgʼrisida”gi 155-sonli buyrugʼi talablariga rioya etilmagan holda bolalar davomatini qayd etish daftarida (tabelь, filьtr) bolalarning kelgan va kelmagan kunlari tahlili qilinmagan, hamshira, tarbiyachi va direktor tomonidan imzolanmagan.Shuningdek, 58-sonli tashkilot direktori N.Hamraeva tomonidan imzolangan buyruqlarga asosan tashkilotda haqiqatda ishlamagan 5 nafar xodimga jami 17 793 838,0 soʼm miqdoridagi ish xaqi va unga tenglashtirilgan toʼlovlar hisoblanib, toʼlab yuborilganligi aniqlandi.Xodimlarga ish xaqi va unga tenglashtirilgan toʼlovlarni naqd pul tariqasida berilishi tanlov asosida oʼrganilganda, tarbiyachi D.ga 2020 yilning fevralь-iyunь oylarida haqiqatda vazifasini bajargan boʼlsada jami 2 039 061,0 soʼmlik ish haqi hisoblanmaganligi va toʼlanmaganligi ham aniqlandi.Samarqand shahar prokuraturasining 2021 yil 27 yanvardagi qarorida keltirilgan maʼlumotlarga koʼra tashkilot direktori 2019 yilning avgust-sentyabrь oylarida jami 31 nafar tarbiyalanuvchilarni YaIDXPdan roʼyxatdan oʼtmagan qalbaki yoʼllanmalar asosida qabul qilganligi yuzasidan, Oʼzbekiston Respublikasi JKning 167 va 209-moddalari bilan jinoyat sodir etganligi keltirilgan.Murgʼak qalb egalari kamol topadigan, yosh avlodning ongu tafakkuri shakllanadigan maktabgacha taʼlim tashkilotidagi bunday noqonuniy xatti-harakatlar kelajakka xiyonat emasmi?!Shuningdek, Samarqand shahridagi 50, 126, 13, 98-DMTTlari faoliyati oʼrganilganda “COVID 19” pandemiyasi davrida maktabgacha taʼlim tashkilotlarining ish faoliyatiga qoʼyiladigan vaqtinchalik sanitariya-gigienik talablar”ga rioya etmagan holda ish faoliyatini olib borayotganligi ayon boʼldi.Tashkilot direktorlari tomonidan yuritilishi lozim boʼlgan hujjatlar tashkilot hamshirasi tomonidan yuritilayotganligi, OpenEmis tizimida MTT guruhlari notoʼgʼri shakllantirilgani, guruhlarda yoʼllanmasiz bolalar borligi aniqlandi.98-MTTda hamshira xonasi antisanitariya holatda boʼlib, begona sumkalar, turli-xil buyumlar bilan toʼldirilgan. Birinchi yordam uchun berilgan dori-darmonlarning muddati oʼtganligi va roʼyxatda koʼrsatilmagan atibiotiklar mavjudligi aniqlandi. Dori darmon uchun ajratilgan muzlatkichda boshqa mahsulotlar ham saqlanmoqda.OpenEMIS maʼlumotlariga koʼra, MTTda 424 nafar tarbiyalanuvchi boʼlib, toʼliq kunlik guruhlarda 12 nafar va qisqa muddatli guruhlarda 16 nafar tarbiyalanuvchining yoʼllanmasi yoʼqligi aniqlandi.13-MTTda oshxonada kunlik menyu va raportichkalar mavjud emasligi, hamshira tomonidan 1-9 aprelь kunlari menyular toʼldirilmaganligi aniqlandi. Tashkilot hamshirasi tomonidan “Sifati tez buziluvchi oziq-ovqat mahsulotlarini qayd etish daftari” notoʼgʼri va oʼchiriladigan ruchkada toʼldirilmoqda. Kunlik sinamalar 24 soat ushlanmagan. Birinchi tibbiy yordam koʼrsatish uchun ishlatiladigan dori vositalari va tibbiy buyumlar roʼyxatida mavjud boʼlmagan natriy xlorid eritmasi saqlanmoqda. Tashkilotda qarindosh urugʼchilik munosabatlarini ham uchratish mumkin, jumladan metodist va xoʼjalik ishlari mudiri tashkilot direktorining qarindoshlari ekanligi maʼlum boʼldi.Pullik xizmat sifatida tashkil etilgan rus tili, ingliz tili, taekvondo va badiiy gimnastika toʼgaraklari uchun toʼlangan pul tashkilotning hisob raqamiga kirim qilinmagan.Hamshiraning filьtr daftari xato yuritilgan hamda oʼchiriladigan ruchkada kiritilgan.Oshpazlar kunlik taomlarni bolalar soniga nomutanosib, taomlarga solinishi lozim boʼlgan mahsulotlar miqdori koʼrsatilishi lozim boʼlgan menyusiz tayyorlashayotgani bolalar haqqini talon-taroj qilayotganligi emasmi?!Payariq tumanidagi 31-38 sonli DMTTlarida bolalar guruhlarga noqonuniy qabul qilinganligi, davomat jurnali xato yuritilishi, guruhlar kerakli jihozlar, jumladan stol-stullar va bolalar krovatlari bilan toʼliq taʼminlanmagani, rivojlantiruvchi markazlar uchun xonalarda maydon hamda bolalar uchun oʼyinchoqlar yetishmasligi, bolaning rivojlanish xaritasi oʼz vaqtida toʼldirilmagani ayon boʼldi.31-MTTda ishchi guruh oʼrganishlar bilan ovora boʼlgan bir paytda oshpaz pishib turgan ovqatga xom tovuq goʼshti solib yuborganiga ham kulasiz, ham kuyasiz.38-MTT binosida qulflangan xona borligi, unda 20 ta bolalar krovati va 10 nafar bola borligi aniqlandi. OpenEMIS tizimida 14 ta guruhda 348 nafar bola boʼlib, haqiqatda 12 ta guruhda 275 nafar bolani tashkil etmoqda, ularning 29 tasida yoʼllanmalar mavjud emas. Omborxonadagi mavjud oziq-ovqat mahsulotlari tanlanma tarzida sanoqdan oʼtkazilganda, tovuq goʼshti – 4,8 kg ortiqcha, olma – 13,9 kg ortiqcha, oʼsimlik yogʼi – 4,8 kg ortiqcha, quruq meva – 33,3 kg ortiqcha, mol goʼshti – 2,25 kg ortiqcha ekanligi aniqlandi hamda oʼz arizasiga asosan xoʼjalik ishlar mudiri bilan mehnat shartnomasi bekor qilindi.Oqdaryo tumanidagi 7-4 sonli MTTlari faoliyatini oʼrganish davomida pedagoglar “Ilk qadam” davlat oʼquv dasturi va davlat talablari haqida yetarli tushunchaga ega emasligi hamda guruhlardagi bolalar soni OpenEMIS dasturidagi bolalar soni oʼrtasida tafovutlarning mavjudligi aniqlandi.7-MTTda OpenEMIS tizimida 14 ta guruhda 348 nafar bola boʼlib, haqiqatda 12 ta guruhda 275 nafar bolani tashkil etmoqda, ularning 29 tasida yoʼllanmalar mavjud emas.Guruhlar davomat jurnali koʼzdan kechirilganda kunlik davomat xato yuritilganligi, jumladan, tarbiyachilar tomonidan imzo qoʼyilmaganligi aniqlandi. Bundan tashqari, taʼminotchi tomonidan sariyogʼ oʼrniga “Spred” (sut yogʼi oʼrnini bosuvchi modda) mahsuloti olib kelinganligi aniqlanib, ishchi guruh tomonidan tabiiy sariyoqqa almashtirildi. Samarqand shahridagi 50-MTTda ishchi guruhi aʼzolari tomonidan soat 15:00-16:00 lar oraligʼida tashkilotga mahalla uylari orasidan nomaʼlum ayol 4 nafar bolani yetaklab tashkilot hududiga asosiy kirish eshigidan olib kirilgan va ular qorovul tomonidan toʼxtatilmaganligi aniqlandi.Mazkur bolalar toʼgʼrisida MTT direktori M.Umirovadan soʼralganda hech qanday maʼlumotga ega emasligini, ularni kim olib kirganligini, koʼrmaganligini va tanimasligini aytdi.Savollar asosida bu 4 nafar bolaning 2 nafari tashkilot xodimlarining uch yoshga toʼlmagan bolalari, qolganlari qisqa muddatli guruh tarbiyalanuvchilari ekanligi aniqlandi. Shuningdek, bolalar tashkilot yaqinidagi 113-uyda yollanma tarbiyachining uyida saqlanishi va tashkilotda ovqatlanishi maʼlum boʼldi.OpenEMIS tizimida 234 nafar bola mavjudligi aks etgan boʼlsada, tashkilot direktori 213 nafar bola mavjudligi toʼgʼrisida maʼlumotnoma taqdim etdi. Tarbiyalanuvchilar tashkilotga direktor tomonidan buyruq chiqarilmagan holda qabul qilinganligi va bolalar qisqa muddatli guruhga yoʼllanmasiz joriy yilning 25 martidan beri qatnab kelayotganligi aniqlandi. Buyruqlar kitobi xato yuritilgan, jumladan buyruq daftariga asosan 75 nafar tarbiyalanuvchi mavjud boʼlsada, OpenEMIS tizimida ular 84 nafar, oʼrganilganda – 65 nafar ekanligi aniqlandi. Rivojlantirish markazlari faoliyati yoʼlga qoʼyilmagan. Barcha taʼlimiy-tarbiyaviy jarayonlar frontal tarzda olib borilmoqda. Metodist faoliyati qoniqarsiz baholandi.Urgut tumanidagi 15-2 sonli MTTlardagi holat ham qoniqarsiz. 15-MTT binosi taʼmirtalab holatda. Xodimlarni ishga qabul qilish toʼgʼrisidagi buyruqlar daftari fevralь oyidan boshlab yuritilmagan. Kunlik yuritiladigan taomnoma aprelь oyi uchun shakllantirilmagan.Tashkilotda tibbiy hamshira faoliyatida hujjatlar notoʼgʼri yuritilayotganligi, birinchi tibbiy yordam boʼyicha dori darmonlar toʼliq mavjud emasligi, kunlik taomnoma toʼliq yozilmaganligi kabi holatlar aniqlandi. Аniqlangan kamchiliklar asosida tashkilot direktori bilan oʼz arizasiga binoan mehnat shartnomasi bekor qilindi.2-MTTda bolalar davomatini qayd etish daftarida (tabelь, filьtr) bolalarning kelgan va kelmagan kunlari tahlili qilinmagan, hamshira, tarbiyachi va direktor tomonidan imzolanmagan. Tashkilotning hamda direktorning yillik, oylik ish rejalari ishlab chiqilmagan. Ish tartibi oʼlda-joʼlda, qoniqarsiz.Аniqlangan kamchiliklar asosida tashkilot direktori bilan oʼz arizasiga binoan mehnat shartnomasi bekor qilindi.Shuningdek, oʼrganishlar yakunidan soʼng Oʼzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi mutasaddi rahbarlari tomonidan viloyat maktabgacha taʼlim boshqarmasi xodimlari, tuman maktabgacha taʼlim boʼlimi mudirlari va Samarqand shahridagi MTT direktorlari ishtirokida tizimda aniqlangan xato va kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tanqidiy-tahliliy yigʼilish oʼtkazildi. Unda soha faoliyatiga doir ishlar qoniqarsizligi, ishchanlikni oshirish va nazoratni kuchaytirish lozimligi taʼkidlandi va zaruriy tavsiyalar berildi.Аytish joizki, Samarqand viloyatidagi MTTlari tarbiyachi-pedagoglari oʼz vazifasiga masʼuliyat bilan yondoshmasa, bolalar bilan ishlashda sustkashlikka yoʼl qoʼysa, taʼlim-tarbiya metodikasi oʼlda-joʼlda boʼlsa har jihatdan bilimli, intellektual jihatdan yuksak va aqlan teran yoshlarni tarbiyalashga erisha olamizmi?! Mutasaddilar ishni tizimli tashkil etishda holatga befarq boʼlmasdan masʼuliyatni oshirishsa maqsadga muvofiq boʼlardi.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Maktabgacha ta'lim vazirining Samarkand viloyatidagi tashrifi davomida Urgut tumanidagi Pedagogika kollejida davom etdi.

Kollejda tahsil olayotgan talabalar bilan uchrashdi. Ta'lim muassasasi 226 nafar bo'lajak pedagog-tarbyachilarni tayyorlaydi. Klaster o'qitish tizimi ularni yanada ko'proq ish bilan ta'minlash imkoniyatini beradi. Chunki kollej qoshida 240 o'rinli 45-son DMTT binosi rekonstruktsiya qilinmoqda. Bu erda yosh kadrlar malakasini oshirish bilan bir qatorda ish bilan ham ta'minlanishi mumkin. Vazir kollej maydonidagi ta'mirlanayotgan MTTning binosini ko'zdan kechirdi. Ob'ektning loyihasi zamonaviy usulda ekanligi hamda yaqin oylarda mahalla bolalari to'laqonli maktabgacha ta'lim va tarbiya bilan qamrab olinishi ko'zda tutildi. Vazirning taklifiga ko'ra, ushbu bog'cha barcha zamonaviy talablar mos raqamli tashkilot qilinadi. Ma'lumot uchun: Urgut tumanida investisiya dasturi hisobidan 2020 yilda uchta davlat Mttlari qurildi. Xozirgi kunda bolalar qamrovi 44,7% ni tashkil etadi. 2021-yilda yana ikkita DMTT qurish va yangi oilaviy shakldagi bog'chalar yaratish rejalashtirilgan. Shunday qilib, qamrov darajasi 65 foizga etadi. Vazir topshirig'iga ko'ra, Bulung'ur tumanining maktabgacha ta'limni rivojlantirish bo'yicha "yo'l xaritasi" tuziladi. Shu bilan birgalikda, tumandagi oilaviy maktabgacha ta'lim tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan xodimlarning malakasini muntazam oshirib borishga qaror qilindi.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Maktabgacha ta'lim tizimining rivojlanish bosqichlari

Maktabgacha ta'lim agentligi
Ijtimoiy tarmoqlarda ko’tarilayotgan dolzarb masalalar yuzasidan brifing

Maktabgacha ta’lim vazirligi Matbuot kotibi

Maktabgacha ta'lim agentligi
Suv hayot manbai!

Maktabgacha ta'lim agentligi
Moliyaviy buxgalteriya hisobi to'g'risida

otchyot-2020-2Скачать

Maktabgacha ta'lim agentligi
“AQLVOY” bolalar telekanali o’z faoliyatini boshladi

     Joriy yilning 22 martida O'zbekistondagi birinchi bolalar ta'lim va ko'ngilochar telekanalining translyatsiyasi boshlandi. O'zbekistonda 10 yoshgacha bo'lgan 7,5 milliondan ortiq bola yashaydi, so'nggi yillarda bolalar auditoriyasi doimiy ravishda o'sib bormoqda. Shu sababdan o’zbek tilidagi yuqori sifatli tarbiyaviy va ko’ngilochar bolalar televizion kontenti zamon talabiga aylanmoqda. AQLVOY telekanali Maktabgacha ta'lim vazirligi ko’magi bilan O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil avgust oyida qabul qilingan “Ixtisoslashgan bolalar ko'ngilochar - ma`rifiy telekanalini tashkil etish to’g’risida” gi qarori asosida yaratilgan. “Kanalning asosiy shiori: “Bu sening vaqting!” Kashfiyotlar vaqti, mo'jizalar vaqti, yangi narsalarni o'rganish vaqti. Buning uchun kanal Rossiya, AQSh, Janubiy Koreya, Xitoy va boshqa ko'plab mamlakatlarda taniqli jahon studiyalari tomonidan yaratilgan eng yaxshi animatsion seriallar va dasturlarni namoyish etadi. Kanalning asosiy ustunligi mamlakatimizning madaniy kodini hisobga olgan holda xorijiy tarkibni o'zbek tiliga moslashtiriladi va yuqori sifatli tarjima bo'ladi. Eng muhimi, barcha tarkib litsenziyalangan va faqat rasmiy ravishda sotib olinadi. Ayni paytda Sony, Disney, Universal kabi yirik kinokompaniyalar bilan animatsiya to'plamini xarid qilish bo'yicha muzokaralar olib borilmoqda”,- deb AQLVOY telekanalining bosh ijrochi direktori Vela Fidel ta'kidladi. AQLVOY telekanalining asosiy auditoriyasi 3 yoshdan 9 yoshgacha bo'lgan bolalar, “Alfa” avlodi, raqamli olam daholari. Kanal tarmog'ida o'zimiz ishlab chiqargan, Maktabgacha ta'lim vazirligining so'nggi metodik ishlanmalarini hisobga olgan holda amalga oshirilgan dasturlar ham mavjud, masalan: “Bilasanmi” - bolalarga tabiat hodisalari, hayvonot dunyosi, o'simliklar, fasllar, Yer, dinozavrlar va boshqa ko'plab narsalar qanday paydo bo'lganligi haqida hikoya qiluvchi hayajonli va kognitiv dastur.  “Quvnoqvoy” teleko'rsatuvi orqali bolalar zavq va katta ishtiyoqda jismoniy mashqlar bilan shug'ullanadilar. Dastur erta bolalikdan to'g'ri odatlarni shakllantirishga yordam beradi - jismoniy tarbiya va to'g'ri ovqatlanish ga o’rgatadi.  “Bilimdon” bu musiqiy dastur bo'lib, u bolalarni qo'shiqlar orqali: ingliz tili, kamalak ranglari, atrofdagi olamning qiziqarli hodisalarini o'rgatadi.  “Eli va Bob” dasturining asosiy maqsad - bu bolalar ta’lim- tarbiyasidir va ta'limidir. Masalan, nima uchun nonushta foydali, ziyofatda va ko'chada o'zini qanday tutish kerakligi, qanday kasblar va nima uchun ular muhim ekanligi va h.k.  Barcha kanal kontenti quyidagilar mo’ljallangan: ma'lumotni qiziqarli va tushunarli shaklda taqdim etish orqali bolalarning bilim olish faolligini rag'batlantirish, intellektual va ijodiy ko’nikmalarini rivojlantirish (edutainment); Teleko’rsatuvlarni tashkil qilish tizimida zamonaviy texnik yechimlar va ilg'or xorijiy tajribani tatbiq etish, raqamli va multimedia texnologiyalarini rivojlantirish; bolalar teleko’rsatuvlari infratuzilmasini kengaytirish, milliy ma’naviyat, madaniy – ahloqiy an’analar va zamonaviy innovatsiyalar uyg’unlashgan, bilim beruvchi va ko'ngilochar kontent rivojlanishini rag’batlantirish; O'zbekiston Respublikasida tasdiqlangan talablar, standartlar va o’quv - ta'lim dasturlariga muvofiq; bolalarning yosh xususiyatlaridan kelib chiqqan holda ta'lim beruvchi, rivojlantiruvchi va o'yin elementlarini o’zida mujassam etgan teleko’rsatuvlar va multimedia kontentini yaratish; bolalarda Vatanga muhabbat tuyg’usini shakllantirish, ularni jonajon o’lka madaniyati va tarixi, qadriyatlari, an'ana va urf-odatlari bilan tanishtirish; bolalarda kreativ – ijodiy fikrlashni rivojlantirish hamda ularda badiiy va estetik didni tarbiyalash; bolalarda sog'lom turmush tarziga oid bilimlarni shakllantirish, sport bilan shug’ullanishga qiziqishni oshirish, zarur sanitar-gigienik ko'nikmalarini shakllantirish, ularni xavfsizlik qoidalariga qat’iy rioya etishga o'rgatish.          Bolalar telekanali interaktiv texnologiyalar va audiovizual san'at va televideniye sohasidagi so'nggi yutuqlardan foydalanish uchun keng imkoniyatlar yaratadigan, O'zbekiston uchun yangi zamonaviy texnik bazada yaratiladi. AQLVOY telekanali ertalab soat 7 dan kechki 22 gacha efirga uzatiladi. Kelajakda onlayn translyatsiya ham rejalashtirilgan.

Batafsil
Maktabgacha ta'lim agentligi
"Muzey qanday tuzilgan" deb nomlangan kitobning taqdimoti bo'lib o'tdi

10 mart kuni Politexnika muzeyida "muzey qanday tuzilgan" deb nomlangan kitobning taqdimoti bo'lib o'tdi. Taqdimotda, Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniyat va san'atni rivojlantirish jamg'armasi kengashi raisining o'rinbosari Saida Mirziyoeva, Madaniyat va san'atni rivojlantirish jamg'armasining ijrochi direktori Gayane Umerova, O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim vaziri Agrippina Shin va Xalq ta'limi vaziri Sherzod Shermatov nutq so'zladilar. Ishtirokchilar kitobning mazmun va mohiyatini yosh kitobxonlarga so'zlab berishdi. Maktabgacha ta'lim vaziri Agrippina Shin tarix va san'atni o'rganishni bolalar uchun bilim poydevori deb atadi: "Bugungi kunda, O'zbekistonda Uyg'onishning yangi davri – uchinchi Renessans davriga poydevor qo'yilmoqda, shuning uchun madaniyat va san'atga alohida e'tibor qaratilmoqda. San'at tarixini o'rganish qiyin va uzoq vaqt talab qiladigan mashg'ulot deb hisoblanadi, ammo bolani har doim kattalarning qiziqishi, ajablanishi va zavq-shavqi o'ziga jalb qiladi va buni kafolatlaydigan kitoblar mavjud". Ma'lumot uchun: kitob muzeylar tarixi haqida bolalar uchun illyustrasiyalarga boy, shuningdek, yosh kitobxonlarni san'at muzeylari va galereyalar olamiga taklif etadi. Rassom David Byom va matn mualliflari Ondrjey Xrobak, Rostislav Korichanek va Martin Vaneklar o'quvchilarni muzeylar tarixi bilan tanishtiradi, ularga muzeyning nima ekanligi, qanday tashkil etilganligi va unda kimlar ishlashi, san'at asarlari qaysi printsipda namoyish etilishi va ko'rgazmalar qanday rejalashtirilishi haqida aytib beradi. Kitobni moslashtirish uchun I.V. Saviskiy muzeyining kollektsiyasidan Aleksandr Nikolaev (Usto mumin), Viktor Ufimtsev, Aleksandr Shevchenko, Nikolay Karaxan, Evgeniy Lisenko, Aleksandr Volkov kabi mashhur rassomlarning asarlari tanlangan. Bundan tashqari, kitobda Damir Ro'ziboev, Vyacheslav Useinov va Joldasbek Quttimuratov kabi O'zbekiston tasviriy san'atining zamonaviy vakillari asarlari taqdim etilgan. Kitobni o'zbek tilida qayta nashr etishdan asosiy maqsad – bolalar va o'smirlar o'rtasida milliy muzeylarga borishga qiziqish uyg'otishdir. Tashkilotchilar tomonidan 400 nushadagi kitoblar vazirliklarga beg'araz taqdim etildi. Shu bilan birga Maktabgacha ta'lim vaziriga sohada foydalanish uchun 200 ta kitobga sertifikat topshirildi.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Maʼnaviy yetuk kelajak

Uchinchi renessans avlodini voyaga yetkazish yoʼlida MTV tomonidan yosh avlodga milliy qadriyatlarni eʼzozlash, buyuk siymolarimiz bilan gʼururlanish hissini shakllantirish, maʼnaviy, maʼrifiy va madaniyati yetuk inson boʼlib tarbiyalash maqsadida 2021 yil Yoʼl Xaritasida ishlab chiqilgan.  Kuni kecha Fargʼona viloyatining Rishton tumanidagi DMTT tarbyalanuvchilari “Xoʼja Rushnoi” ziyoratgohiga tashrif buyurdi.  Shu bilan birga, yangi qad rostlagan “Xalqaro kulolchilik markazi”ga bolajonlar tarbiyachi pedagoglari bilan hamrohligida hunarmandchilik mahsulotlarini koʼzdan kechirib, ularni oʼrganishdi. Bolaligidanoq milliy hunarmandchilik anʼanalarining tarixiy sir-asrorlarini ongiga singdirish, kelajakda bolalarimizni hunarni qadrlashga olib keladi.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Fargʼona pedagogika kollejida yoshlar bilan uchrashuv tashkil etildi.

Mamlakatimiz Rahbarining 2020 yil 25 dekabrdagi ilk bora boʼlib oʼtgan Yoshlar forumi hamda 29 yanvardagi Oliy Majlis Senatiga boʼlgan Murajaatnomasida keltirilgan yoshlar masalalariga oid gʼoyalar asosida suhbat uyushtirildi.  Suhbat davomida yoshlarni har tomonlama qoʼllab-quvvatlash maqsadida ularga yaratilayotgan imkoniyatlar va imtiyozlar toʼgʼrisida batafsil maʼlumotlar berildi. Ularga maktabgacha taʼlim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar haqida tushunchalar berildi. Boʼlajak pedagog yoshlarimizga bolajonlarga taʼlim va tarbiya berishda qoʼllaniladigan trening mashqlar koʼrsatildi.

Maktabgacha ta'lim agentligi

По иннициативе Хокима и прокуратуры Яккасарайского района завершена реконструкция и сдана в эксплуатацию ГДОО №150 «Эртакжон». Государственная дошкольная образовательная организация «Эртакжон» состоит из 12 групп и рассчитана на 360 мест, на реконструкцию объекта было потрачено 3 млрд. 152 млн. сумов. После ремонта в дошкольной организации столовая отдельная для детей, крытый спортивный стадион, оборудованный в соответствии с современными требованиями, спортивная площадка, ипподром для развития навыков ПДД, бассейн, что позволяет весело провести лето. В то же время, с учетом интереса детей к спорту, были построены шахматные коридоры и отремонтированы детские террасы. Также в рамках 5 важных инициатив, выдвинутых главой государства, в организации построено отдельное здание для кружков, в котором планируется создание групп для пред школьной подготовке и платных услуг. Стоит отметить, что открытие дошкольной организации порадовало жителей района, а также родителей. Пресс-служба Министерства дошкольного образования

Maktabgacha ta'lim agentligi
V.I. nomidagi Rossiya davlat pedagogika universiteti filiali. A. I. Gertsen

Prezident qarori bilan (PP-4857, 08.10.2020), Federal davlat byudjetli oliy o'quv yurtining (universitet) Toshkent filialini tashkil etish "A.I. nomidagi Rossiya davlat pedagogika universiteti. Gertsen "deb nomlangan. Eslatib o'tamiz, 2019 yil dekabr oyida respublikada pedagog kadrlar sifatini oshirish bo'yicha xalqaro tajribani joriy etishni rivojlantirish doirasida Maktabgacha ta'lim vazirligi va A.I. nomidagi Rossiya davlat pedagogika universiteti o'rtasida shartnoma tuzildi. Gertsen O'zbekistonda o'z filialini ochish to'g'risida. Filialning asosiy faoliyati bakalavriat va magistr darajalarining turli yo'nalishlari bo'yicha mutaxassislarni tayyorlash, masalan, psixologik-pedagogik ta'lim, maxsus (defektologik) ta'lim va boshqalar. Shuningdek, universitet xalqaro ta'lim standartlariga muvofiq maktabgacha ta'lim, pedagog kadrlarning malakasini oshirish va qayta tayyorlash sohasida ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlaydi. Ma'lumot uchun: Rossiya davlat pedagogika universiteti. A.I.Gersen 1797 yil 2-mayda tashkil etilgan va Rossiya Federatsiyasining etakchi oliy pedagogik o'quv yurtlaridan biridir. Universitet ta'lim sohasidagi barcha fanlardan malakali mutaxassislarni tayyorlaydi, shuningdek, xalqaro hamkorlikni rivojlantirishda pedagogik universitetlar orasida etakchi o'rinni egallaydi. R.GPU ularni rivojlantirish uchun muhim vektor. A.I. Gertsen fan, ta'lim va innovatsiyalar sohasidagi etakchi xorijiy tashkilotlar bilan strategik sheriklikni takomillashtirishdan iborat. Qabul qilish va o'qitish shartlari to'g'risida batafsil ma'lumotni bizning veb-saytimizdan olishingiz mumkin: http://mdo.uz/

Maktabgacha ta'lim agentligi
O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim vazirligining 2021 yil I yarim yillik ish rejasi

1-yarim-jil-ish-rejaСкачать

Maktabgacha ta'lim agentligi
Maktabgacha taʼlim vazirligi Kadrlar boshqarmasi tomonidan 2020 yil davomida amalga oshirilgan ishlar toʼgʼrisida

M А ‘ L U M O T Kadrlar boshqarmasida joriy yilning 12 oyi davomida jami 849 ta buyruq ishlab chiqilgan boʼlib, shundan: 580 ta xodimlarga oid, 269 ta xizmat safariga oid buyruqlar. Kadrlar boshqarmasiga joriy yilning 12 oyi davomida jismoniy va yuridik shaxslardan jami 516 ta murojaatlar kelib tushgan boʼlib, shundan: 451 ta yozma hamda 65 ta ogʼzaki murojaatlar oʼrnatilgan tartibda koʼrib chiqilib natijalari boʼyicha mualliflarga javob xatlari yuborildi. Oʼzbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksining 133-moddasiga koʼra barcha xodimlarga, shu jumladan oʼrindoshlik asosida ishlayotgan xodimlarga, dam olish va ish qobiliyatini tiklash uchun vazirlik xodimlarining 2020 yil uchun yillik taʼtillar jadvalini tasdiqlash maqsadida har bir tarkibiy boʼlinma rahbarlari hamda xodimlarining xohishlarini hisobga olgan holda taʼtillar jadvali shakillantirib vazirlik kasaba uyushmasi qoʼmitasi bilan kelishilgan holda tasdiqlandi. Oʼzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 29-moddasiga muvofiq jamoa shartnomasi – korxonada ish beruvchi bilan xodimlar oʼrtasidagi mehnatga oid, ijtimoiy-iqtisodiy va kasbga oid munosabatlarni tartibga soluvchi normativ hujjatdir. U ish beruvchi bilan xodimlarning vakillik organi oʼrtasida oʼzaro kelishib olishga qaratilgan shartnoma hisoblanadi. Shu munosabat bilan, Maktabgacha taʼlim vazirligi mehnat jamoasining 2020 yil 26 martdagi umumiy yigʼilishida maʼqullangan 10-sonli bayoniga asosan Maktabgacha taʼlim vazirligining “Maktabgacha taʼlim vazirligi maʼmuriyati va kasaba uyushma qoʼmitasi oʼrtasida 2020-2022 yillar uchun JАMOА ShАRTNOMАSI” tuzildi. Oʼzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligining “Kadrlar boshqarmasi toʼgʼrisida”gi Nizomga muvofiq boshqarma xodimlarining xizmat vazifalaridan kelib chiqib, Kadrlar boshqarmasi xodimlarining vazifalar taqsimoti ishlab chiqilib, tasdiqlandi. Namangan viloyati Namangan shahri 1-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti direktori Shamsibaeva Muqaddas Mamadalievnaning nomzodi Oʼzbekiston Xotin-qizlar qoʼmitasi Boshqaruvining 2020 yil 18 fevraldagi B-03-14-sonli qaroriga asosan “Moʼʼtabar ayol” koʼkrak nishoni bilan mukofatlandi. Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti Аdministratsiyasining 2020 yil 19 fevraldagi 05-577-sonli xati ijrosini taʼminlash maqsadida, hududiy boshqarmalar va idoraviy mansub tashkilotlarga maktabgacha taʼlim tizimida koʼp yillardan buyon samarali mehnat qilayotgan, respublikamizda amalga oshirilayotgan tub islohatlarda faol va tashabbuskor boʼlib, yurtimiz ravnaqi va taraqqiyotiga salmoqli hissa qoʼshib kelayotgan, el-yurt izzat-hurmatiga sazovor boʼlgan 167 nafar xodimlar collective.uz elektron maʼlumotlar bazasiga kiritildi hamda nomzodlarning hujjatlari Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti Аdministratsiyasiga yuborildi. Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni bilan maktabgacha taʼlim taʼlim-tarbiya tizimida alohida oʼrnak koʼrsatgan 18 nafar xodimlar davlat mukofotlari bilan taqdirlandi.   Jumladan, Oʼzbekiston Respublikasi mustaqilligining yigirma toʼqqiz yilligi munosabati bilan 4 nafari hamda “Oʼqituvchi va murabbiylar kuni” munosabati bilan 14 nafari davlat mukofotlari bilan taqdirlandi.   Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 31 oktyabrdagi “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksini joriy qilish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi PQ-4502-son qaroriga muvofiq, 2020 yil 1 yanvardan davlat organlari va tashkilotlarida xodimlarning son va sifat tarkibi, vakansiyalarni shakllantirish “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksida (keyingi oʼrinlarda -“YaMMT” IDАK) amalga oshirilishi belgilab qoʼyilgan topshiriq ijrosini taʼminlash maqasadida, vazirlik markaziy apparati xodimlarining maʼlumotlari “YaMMT” IDАKga kiritilib, doimiy ravishda yangilab borilmoqda. Qoraqalpogʼiston Respublikasi maktabgacha taʼlim vazirligi, hududiy boshqarmalari, tuman (shahar) maktabgacha taʼlim boʼlimlari, idoraviy mansub tashkilotlari hamda pedagogika kollejlarida faoliyat yurtitayotgan xodimlar boʼyicha statistik maʼlumotlar umumlashtirildi. Maktabgacha taʼlim tizimida samarali faoliyat olib borayotgan pedagog kadrlarni kelgusida moddiy va maʼnaviy jihatdan qoʼllab-quvvatlash va ragʼbatlantirish, ularning jamiyat hayotida ijtimoiy mavqeini oshirish maqsadida Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Maktabgacha taʼlim fidoyisi” koʼkrak nishonini taʼsis etish toʼgʼrisida”gi qarori loyihasi ishlab chiqildi hamda www.project.gov.uz sayti orqali jamoatchilik muhokamasiga, vazirlik va idoralar bilan kelishilgan holda Vazirlar Mahkamasiga kiritildi. Oʼzbekiston Repsublikasi Maktabgacha taʼlim vaziri tomonidan tasdiqlangan hamda Oʼzbekiston Respublikasi Bosh prokurori tomonidan kelishilgan “Maktabgacha taʼlim vazirligi tizimida 2020 yilda korruptsiyaga qarshi kurashishni takomillashtirish boʼyicha “Yoʼl xaritasi”ning 4-bandida belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlash maqsadida “Maktabgacha taʼlim tashkilotlariga ishga qabul qilingan xodimlarini korruptsiyaga qarshi kurashish boʼyicha masofadan oʼqitish (onlayn) tizimi orqali qisqa muddatli oʼquv kurslarini tashkil etish haqida”gi buyruq tayyorlandi hamda Maktabgacha taʼlim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish institutida 4944 nafar davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti direktorlari qisqa muddatli oʼquv kurslarida malakasi oshirildi. Oʼzbekiston Repsublikasi Maktabgacha taʼlim vaziri tomonidan tasdiqlangan hamda Oʼzbekiston Respublikasi Bosh prokurori tomonidan kelishilgan “Maktabgacha taʼlim vazirligi tizimida 2020 yilda korruptsiyaga qarshi kurashishni takomillashtirish boʼyicha “Yoʼl xaritasi”ning 3-bandida belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlash maqsadida “Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari hamda pedagog xodimlari oʼrtasida Korruptsiyaga qarshi kurashish borasida maktabgacha taʼlim tashkiloti pedagog xodimlarining faoliyatini baholash koʼrsatkichi” ishlab chiqilib, xududiy maktabgacha taʼlim boshqarmalarga yuborildi. Xududiy maktabgacha taʼlim boshqarmalari tomonidan davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti direktorlarini doimiy lavozimga tayinlash uchun kiritilagan 774 nafar tavsiya etilgan nomzodlar hujjatlari oʼrganib chiqilib, hududlarga kelishish yoki boshqa nomzod yuborish toʼgʼrisida javob xatlari yuborildi. Oʼzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi va Jahon banki hamkorligi doirasida “Bolalarni erta yoshdan rivojlantirishni takomillashtirish” loyihasi boʼyicha Kadrlar boshqarmasi tomonidan “Maktabgacha taʼlim tizimi salohiyatini oshirish rejasini ishlab chiqishda texnik yordam koʼrsatish boʼyicha” hamda Monitoring va baholashning mavjud jarayonlari va vositalarning umumiy koʼrinishi boʼyicha texnik yordam koʼrsatish boʼyicha texnik vaziflar ishlab chiqildi.  Maktabgacha taʼlim tizimidagi 2020 yil davomida yangi davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarini qurish hisobidan jami 15 874 nafar yangi ish oʼrinlari yaratilagan boʼlib, jumladan, davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarini hisobidan  3673 nafar, davlat-xususiy sherikchilik shaklidagi maktabgacha taʼlim tashkilotlar hisobidan 4040 nafar, oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlar hisobidan 7913 nafar hamda xususiy maktabgacha taʼlim tashkilotlar hisobidan 248 nafarni tashkil etadi. Maktabgacha taʼlim vazirligi tizimida yoshlar bandligini taʼminlash maqsadida 2020 yil davomida 18-30 yoshgacha boʼlgan 6557 nafar yoshlar vazirlik tizimidagi tashkilotlarga ishga joylashtirilgan boʼlib, jumladan, boshqaruv tizimi lavozimiga 2571 nafar hamda texnik va xizmat xodimi vazifasiga 3986 nafar yoshlar ishga joylashtirilgan.

Batafsil
Maktabgacha ta'lim agentligi
Maktabgacha ta'lim vazirligida "Maktabgacha ta'lim yoshidan ekologik ta'lim va ekologik madaniyatni rivojlantirish" yuzasidan matbuot anjumani o'tkazildi

O‘zbekiston Respublikasining maktabgacha ta’lim tizimida ekologik ta’limning va ekologik madaniyatning rivojlantirilishini joriy etish bo‘yicha pilot loyiha. So‘nggi o‘n yilliklarda atrof-muhit bilan bog‘liq muammolar va masalalar tobora muhim ahamiyat kasb etmoqda. Ekologik ta’lim va aholi o‘rtasida ekologik madaniyatni shakllantirish, sog‘lom jamiyat va barqaror davlat siyosatining qurilishida zaruriy qismga aylanib bormoqda. O‘zbekiston Respublikasida ekologik madaniyatni rivojlantirish maqsadida YXHT loyihalari Koordinatorining idorasi, Maktabgacha ta’lim vazirligi, “SVB Advisory” Britaniya-O‘zbekiston barqaror rivojlanish kompaniyasi va “Hashar Week” ijtimoiy loyihasi bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasining maktabgacha ta’lim tizimida ekologik ta’lim va tarbiyani joriy etish dasturini boshlashdi. Loyiha doirasida “Qiziqarli chiqindi” didaktik o‘yinini va o‘qitish metodikasini aprobatsiyasi uchun Toshkent shahrining 13 ta maktabgacha ta’lim muassasalari tanlab olindi. YXHT O‘zbekistondagi loyihalar Koordinatori idorasining ko‘magida maktabgacha ta’lim sohasidagi mutaxassislar guruhi va “SVB Advisory” kompaniyasining barqaror rivojlanishga ixtisoslashgan xalqaro ekspertlari hamda O‘zbekistonda ekologik madaniyatni targ‘ib qiluvchi “Hashar week” ijtimoiy loyihasi tomonidan maktabgacha yoshdagi bolalarni turli xildagi chiqindini saralashga, chiqindi bilan to‘g‘ri ishlashni o‘rgatishga, shuningdek kichik motorikani va verbal aql-zakovatini rivojlantirishga qaratilgan dastur ishlab chiqildi. Dastur 3 yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan bolalarning yosh xususiyatlarini inobatga olgan holda ishlab chiqilgan bo‘lib, unda asosiy mezonlar vizual tasvir va amaliy faoliyat imkoniyatidan iboratdir. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida pedagog kadrlarining salohiyatini oshirish maqsadida 2020-yil dekabr oyida Toshkent shahridagi tanlab olingan 13 ta maktabgacha ta’lim muassasalarining 50 nafar tarbiyachilari uchun o‘quv-seminarlari o‘tkazildi. Tarbiyachilar maktabgacha yoshdagi bolalarning ekologik ta’limi doirasida xulq-atvor psixologiyasi texnikalariga o‘qitildilar, “Qiziqarli chiqindi” dasturining o‘qitish uslubi bilan tanishdilar va barqaror rivojlanish sohasida bilim oldilar. Loyiha doirasida YXHTning O‘zbekistondagi loyihalar Koordinatorining idorasi tanlab olingan 13 ta maktabgacha ta’lim muassasalariga begovel (bolalar pedalsiz velosipedini) taqdim etadi. O'zbekiston Respublikasi velosport federatsiyasi ko'magida pedalsiz velosipedlari maktabgacha yoshdagi bolalar o‘rtasida velosportni ommalashtirish maqsadida qo‘llaniladi. Begovelda minish uslubi loyihasi O'zbekiston Respublikasi sport vazirligi ko'magida Velosport federatsiyasi mutaxassislari tomonidan ishlab chiqilgan. Begovel yordamida bolalarga erta yoshdan boshlab koordinatsiya va muvozanatni ushlashni o‘rgatish mumkin. Ushbu texnikaning afzalligi - bolaning motorik faolligini ta'minlash, oyoq mushakklarini mustahkamlash, shuningdek, velosipedda mashq qilish uchun samarali tayyorgarlik jarayoni imkoniyatlarini oshirishdan iborat. 13 ta maktabgacha ta’lim muassasalari asosida o‘tkazilgan pilot loyiha natijalarini hisobga olgan holda, hamkorlar tomonidan (YXHT, Maktabgacha ta’lim vazirligi, “SVB Advisory” va “Hashar Week”) butun Respublika bo‘ylab “Qiziqarli chiqindi” o‘qitish metodikasi va didaktik o‘yinini yanada kengaytirish strategiyasi ishlab chiqiladi, shuningdek maktabgacha ta’lim tizimida ekologiya yo‘nalishida dastur yaratish va uni joriy etish yo‘lga qo‘yiladi. Ma’lumot uchun: 2020-yil noyabr oyida YXHT, Maktabgacha ta’lim vazirligi va Velosport federatsiyasi o‘rtasida memorandum imzolandi, uning doirasida ekologik ta’lim bo‘yicha loyihalar amalga oshiriladi, bu YXHT O‘zbekistondagi loyihalar Koordinatorining idorasi tomonidan hukumatga yashil iqtisodiyot mexanizmlarini joriy qilishda ko‘maklashishning asosiy yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.  

Maktabgacha ta'lim agentligi

Maktabgacha ta'lim agentligi
O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim tizimida gender tenglik borasida 2020 yilda olib borilgan ishlar hisoboti

Gender tenglikni ta’minlash masalasi dunyo bo‘ylab muhim ahamiyatga ega bo‘lgan bir davrda O‘zbekistonda ham bu masala davlat siyosati darajasiga ko‘tarilganligi va bu mamlakatimizning inson huquqlari sohasidagi ilg‘or qadamidan nishonadir. Bugungi kunda xotin-qizlar va erkaklar o‘rtasida haqiqiy tenglikka erishish, jamiyat hayotining barcha sohalarida ularning ishtirokini kengaytirish, jins bo‘yicha bevosita va bilvosita kamsitishni bartaraf etish hamda ularning oldini olish maqsadida davlat tomonidan gender siyosatni amalga oshirilishini ta’minlashga doir bir qancha ishlar amalga oshirilib kelinmoqda. Jamiyatning har bir sohasi singari maktabgacha ta’lim tizimida ham gender tenglikni ta’minlash masalasi ustuvor vazifalardan biri hisoblanadi.Vazirlik tizimidagi pedagog-xodimlar va tarbiyalanuvchi o‘g‘il va qiz bolalarning barcha sohalarda teng imkoniyatlar hamda imtiyozlarga ega bo‘lishlariga alohida e’tibor berilmoqda. Vazirlik tizimining xususiyatlaridan kelib chiqqan holda xotin-qizlarga yaratib berilayotgan shart-sharoitlar diqqatga sazovordir. Darhaqiqat, Muhtaram Prezidentimizning “Shu o‘rinda meni ongimizda chuqur ildiz otgan bir aqida ko‘p o‘ylantiradi. Biz doimo ayol – bu ona, oilamiz bekasi, deb ularni ulug‘laymiz. Bu to‘g‘ri, albatta. Ammo hozirgi kunda har bir xotin-qiz demokratik jarayonlarning kuzatuvchisi emas, balki faol va tashabbuskor ishtirokchisi bo‘lmog‘i shart.”-degan fikrlari vazirlik tizimida faoliyat yuritayotgan xotin-qizlarimiz uchun ham dasturilamal bo‘lib xizmat qiladi. Jumladan, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyoyevning 2020 yil 14 iyuldagi videoselektor yig‘ilishida ham yoshlar va xotin-qizlar bandligini oshirish, ularni daromad manbai bilan ta’minlash masalalari yuzasidan mutasaddi vazirlik va hokimliklarga bergan topshiriqlari, bu borada belgilab bergan yo‘nalishlari bizning vazirlik tizimida gender masalalarini ijobiy hal etish borasida ishlab chiqiladigan chora-tadbirlar uchun muhim asos bo‘ldi. Prezidentimiz qo‘ygan ushbu masalalar yuzasidan maktabgacha ta’lim tizimida ham yoshlar va ayollar bandligini ta’minlash borasida bir qator ishlar amalga oshirib kelinmoqda. Hususan, maktabgacha ta’lim tizimida 50 000 dan ortiq yoshlar ishlagan bo‘lsa joriy yilda esa 5 320 ishga qabul qilindi. Maktabgacha yoshdagi bolalarning ta’limi va tarbiyasi o‘ta muhim jarayon hisoblanib, bu jarayonga aksariyat hollarda mintalitetimizdan kelib chiqqan holda ayollar jalb etilgan. Maktabgacha ta’lim tizimida faoliyat olib borayotgan ayollarning umumiy soni hozirgi kunda 193 439 ta bo‘lib, shulardan 190 731tasi maktabgacha ta’lim tashkilotida ishlaydigan pedagog xodimlarni tashkil etadi. Qaysidir ma’noda ayollarning bandligi maktabgacha ta’lim tizimida ishlayotgan erkaklar sonidan ustun desa ham bo‘ladi. Misol tariqasida xozirgi kunda maktabgacha ta’lim tizimida 3507 nafar pedagog erkak o‘z faoliyatini olib bormoqda. Ulardan: Viloyat maktabgacha ta’lim bo‘limlari rahbarlari – 8; Tuman (shahar) maktabgacha ta’lim bo‘limlari mudirlari - 89; Maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktorlari- 75; Pedagogika kollejlari direktorlari-71; MTT metodistlari – 8; MTT tarbiyachilari – 8; Defektolog-logopedlar – 59; Psixologlar – 94; Chet tili o‘qituvchilari-168; Musiqa rahbarlari – 2329; Jismoniy tarbiya yo‘riqchilari – 598. Jami umumiy pedagoglar sonining 3.6 % ni erkak pedagoglar tashkil etadi. Yuqoridagi ko‘rsatkichlarni inobatga olgan holda maktabgacha ta’lim tizimida gender tenglikni ta’minlash maqsadida quyidagi ishlar amalga oshirildi. O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining 2020 yil 20 apreldagi 07/2-107-son topshirig‘ini ijrosini ta’minlash maqsadida hamda O‘zbekiston Respublikasining “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq 2020 yil 28 mayda maktabgacha ta’lim vazirining 86-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligida xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni ta’minlash masalalari bo‘yicha Maslahat-kengashini tashkil etish haqida”gi buyrug‘i tasdiqlandi. Ushbu buyruq bilan O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’limi vazirligining xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni ta’minlash masalalari bo‘yicha Maslahat-kengashi to‘g‘risidagi nizomi hamda Maslahat-kengashi tarkibi tasdiqlandi. O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligining xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni ta’minlash masalalari bo‘yicha Maslahat-kengashi tarkibi vazirlikda faoliyat yuritayotgan mutaxassislar, Mahallar va oilani qo‘llab quvvatlash vazirligi, O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasidan malakali mutaxassilaridan iborat tarkibda shakllantirildi. Shuningdek, joriy yilning fevral oyida Respublika Yozuvchilar uyushmasi bilan hamkorlikda maktabgacha ta’lim tashkilotlarida “Zumradoylar davrasi” to‘garagi doirasida, syujetli-rolli spektakllar va boshqa sahnalashtirilgan chiqishlarni tashkil etish maqsadida, 50 dan ziyod ssenariylar yaratildi. Ushbu ssenariylar milliy qadriyatlarga boy, urf-odatlarimiz, ota-ona, farzandlar, qizbola va o‘g‘il bola o‘rtasidagi munosabatlarni, gender tenglikni maktabgacha yoshdagi bolalar ongida shakllantirishga qaratilgan vaziyatlarni o‘z ichiga qamrab olgan. Maktabgacha ta’lim vazirligi mutaxassislari tomonidan ishlab chiqilgan “Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida gender tenglikni shakllantirish” nomli uslubiy tavsiyanoma Muvofiqlashtirish kengashi tomonidan tasdiqlanib, ta’lim-tarbiya jarayoniga yo‘naltirilgan. Maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilarining 52 foizini o‘g‘il bolalar tashkil etadi. Afsuski, maktabgacha ta’limda gender bo‘yicha tarbiya erkaklar ishtirokisiz kechmoqda. Ushbu kamchilikni bartaraf etish maqsadida erkak pedagoglar tizimga jalb qilinmoqda. Shu bilan birga, aytib o‘tish joizki, Maktabgacha ta’lim vazirining 2019 yil 19 martdagi “Yilning eng yaxshi tarbiyachisi” kasbiy ko‘rik tanlovini o‘tkazish to‘g‘risidagi Nizomini tasdiqlash haqida”gi 47-sonli buyrug‘i va 2019 yil 29 iyuldagi “Yilning eng yaxshi tarbiyachisi-2019” kasbiy ko‘rik-tanlovining respublika bosqichini tashkil etish, o‘tkazishva g‘oliblarni taqdirlash to‘g‘risida”gi 130-sonli buyrug‘iga binoanilk marotaba 2019 yil 19-21 avgust kunlari davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyachilari o‘rtasida o‘tkazilgan “Yilning eng yaxshi tarbiyachisi-2019” kasbiy ko‘rik-tanlovida erkak pedagoglar ham ishtirok etib, faxrli 2-o‘rinni o‘rta maxsus ma’lumotga ega bo‘lgan erkak tarbiyachi qo‘lga kiritdi hamda oliy ta’lim muassasalariga mos ta’lim yo‘nalishlariga tanlovdan tashqari test sinovlarisiz va kasbiy (ijodiy) imtihonlarsiz davlat grantlari asosida qabul qilinishi bo‘yicha yo‘llanma oldi. Maktabgacha ta’lim yoshidagi o‘g‘il bolalarda jasurlik, mardonavorlik kabi xususiyatlar erkak pedagoglar tomonidan shakllantirilsa kelajakda albatta o‘z samarasini ko‘rsatadi.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Maktabgacha ta’lim vazirligi markaziy apparatida mavjud vakant lavozimlar to‘g‘risida ma’lumot

2021 йил 26 январь ҳолатига № Таркибий бўлинмаларнинг номланиши ва лавозимлар номи Ходимларнинг исми ва шарифи Изоҳ Вазир девони  1 Бош мутахассис Вакант 1 Жами   1 Мактабгача таълим соҳаси сиёсатини шакллантириш ва стратегик ривожлантириш бош бошқармаси 2 Етакчи мутахассис Вакант 1 Жами   1 Ички аудит, молиявий ва ҳуқуқий назорат ҳизмати 3 Қорақалпоғистон Республикаси бўйича ички аудит, молиявий ва ҳуқуқий назорат бўлими бош мутахассиси Вакант  1 4 Андижон вилояти бўйича ички аудит, молиявий ва ҳуқуқий назорат бўлими бош мутахассиси Вакант  1 5 Наманган вилояти бўйича ички аудит, молиявий ва ҳуқуқий назорат бўлими бош мутахассиси Вакант  1 Жами   3 Юридик бошқарма  6 Бош юрисконсульт Вакант 1 Жами   1 Педагог кадрлар сифатини ошириш ва педагогика коллежлари фаолиятини мувофиқлаштириш бошқармаси 7 Бошқарма бошлиғи  Вакант 1 Жами   1 Халқаро ҳамкорлик ва чет эл инвестицияларни жалб қилиш бошқармаси  8 Бошқарма бошлиғи  Вакант 1 Жами   1 Ахборот коммуникация технологиялари ва ахборот хавфсизлиги бошқармаси  9 Етакчи мутахассис Вакант 1 Жами   1 Молиявий-иқтисодий ривожланишни режалаштириш бошқармаси  10 Бошқарма бошлиғи  Вакант 1 Жами   1 Бухгалтерия ҳисоби ва ҳисоботи бошқармаси  11 Бош мутахассис Вакант 1 Жами   1 Жами ВАКАНСИЯ 11

Maktabgacha ta'lim agentligi
Axborot olish to'g'risida

axborot-olish-togrisidaСкачать

Maktabgacha ta'lim agentligi
Murojaatlarni qabul qilish tartibi toʻgʻrisida

murojaatlarni-qabul-qilish-tartibiСкачать

Batafsil
Maktabgacha ta'lim agentligi
Maktabgacha ta'lim vazirligiga ishga kirish tartibi

O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’limi vazirligi tizimidagi bo‘sh ish o‘rinlari haqidagi barcha ma’lumotlarni mdo.uz saytidan olish mumkin. Boʻsh ish oʻrinlari, ishga qabul qilish shartlari va nomzodlarga qoʻyiladigan talablar toʻgʻrisida maʼlumotlarga ega boʻlish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligining Davlat fuqarolik xizmati yagona elektron axborot portalidan imkoniyatlaridan toʻliq foydalanish uchun avtorizatsiyadan oʻtgandan soʻng https://vacancy.argos.uz'ga kirish lozim. Boʻsh ish oʻrinlari tanlangandan soʻng, nomzod ishga qabul qilish shartlari va nomzodlarga qoʻyiladigan talablar toʻgʻrisida batafsil maʼlumotlarga ega boʻladi. Imkoniyati cheklangan shaxslar uchun Respublikadagi barcha vakansiyalar bilish uchun umumiy vakansiyalar Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining milliy vakansiyalar bazasi http://ish.mehnat.uz, Davlat ishiga Davlat xizmatchi sifatida kirish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligining Davlat fuqarolik xizmati yagona elektron axborot portali https://vacancy.argos.uz/ orqali ishga qabul qilish shartlari va nomzodlarga qoʻyiladigan talablar toʻgʻrisida batafsil maʼlumotlarga ega boʻladi.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Fuqarolarni qabul qilish jadvali

Jismoniy va yuridik shaxslarning qabul kunlari. №Rahbarning FIOLavozimiQabul kunlariVaqti“Ishonch telefonlari“1Shin Agrippina VasilyevnaO'zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim vaziriChorshanba14.00-16.00(71) 207-04-072Onorboev Bahodirjon OchilboevichO'zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim vazirining birinchi o'rinbosari Seshanba14.00-16.00(71) 207-04-073Begimkulov Uzoqboy ShoimqulovichO'zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim vaziri o'rinbosariPayshanba14.00-16.00(71) 207-04-074Muslitdinov Nodir XojiyevichO'zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim vaziri o'rinbosariJuma14.00-16.00(71) 207-04-07

Maktabgacha ta'lim agentligi
Bor ekan zor ekan

«Bor Ekan — Zo’r ekan» —это развлекательный и образовательный журнал для детей дошкольного возраста, разработанный при участии опытных методистов. Уникальный проект создан на основе государственной программы “Ilk Qadam”, контент которого базируется  на  5  основных  областях  развития  детей от 1  года  до 7 лет таких, как  упражнения и задания для развития основных навыков малыша: мелкая моторика, тренировка памяти и формирование сознания, рисование, логика, увлекательные задачки и многое другое . Ссылка: http://innocenter.uz/detskiy-razvlekatelnyiyi-obrazovatelnyiy-jurnal-posobie.html

Maktabgacha ta'lim agentligi
Bor ekan zor ekan

Bor Ekan - Zo'r ekan is an entertaining and educational magazine for preschool children, developed with input from experienced educators. The unique project was created on the basis of state program “Ilk Qadam”, the content of which is based on 5 main areas of children development from 1 to 7 years, such as exercises and tasks for basic skills: fine motor skills, memory training, consciousness formation, drawing, logic, exciting puzzles and etc. Link: http://innocenter.uz/detskiy-razvlekatelnyiyi-obrazovatelnyiy-jurnal-posobie.html

Maktabgacha ta'lim agentligi
Bor ekan zor ekan

«Bor Ekan — Zo’r ekan»- бу мактабгача ёшдаги болалар учун кўнгилочар ва таълим журнали, у тажрибали методистлар иштирокида ишлаб чиқилган. Нойоб лойҳа "Ilk Qadam" давлат дастури асосида яратилган бўлиб, унинг контенти 1 йошдан 7 йошгача бўлган болаларни 5 асосий соҳада ривожлантиришга асосланади. Уларнинг мазмунида кичкинтойнинг асосий кўникмаларини ривожлантирувчи машқлар ва вазифалар мавжуд: майда моторика, хотирани машқ қилдириш ва онгни ривожлантириш, расм чизиш, мантиқ, қизиқтирувчи вазифалар ва кўплаб бошқалар. Ҳавола: http://innocenter.uz/uz/bolalar-kongilochar-talim-qollanma-jurnali.html

Вид сайта
Размер шрифта