Yangiliklar
Maktabgacha ta'lim agentligi
2024-yil aprel oyida ilk bor Markaziy Osiyo davlatlaridan aynan Oʻzbekistonda 250ta davlat MTTlarida maktabgacha taʼlim sifati baholanadi

2024-yil  aprel oyida ilk bor Markaziy Osiyo davlatlaridan aynan Oʻzbekistonda 250ta davlat MTTlarida maktabgacha taʼlim sifati baholanadi Bugun Maktabgacha va maktab taʼlim vazirligi Maktabgacha taʼlim agentligi Jahon banki bilan hamkorlikda  MELQO xalqaro baholash vositasi asosida maktabgacha taʼlim sifatini oʻlchash boʻyicha treningga start berdi. Mazkur treningdan maqsad – xalqaro standartlar asosida respublikaning barcha hududidan 3-7 yoshdagi maktabgacha yoshdagi bolalar bilimi va rivojlanishi boʻyicha maʼlumotlarni toʻplash uchun 90 nafar milliy maʼlumotlarni yigʻuvchi mutaxassislar va 18 nafar maktabgacha va maktab taʼlimi tizimi mutaxassislarini oʻqitish. Trening 2024-yil 25-martdan 2-aprelga qadar oʻtkaziladi. Treninglarni quyidagi xalqaro spikerlar oʻtkazadi:    1. Sherri Li Motte –Taʼlim fanlari doktori (DSc), Jahon bankining erta bolalar taʼlimi boʻyicha maslahatchisi 2. Djonatan Seydan– Xalqaro maslahatchi, PhD, Garvard universiteti   3. Bozmamadova Manzuna–Jahon bankining maslahatchisi            

Batafsil
Maktabgacha ta'lim agentligi
Davlat-xususiy sheriklik asosidagi va oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari pedagog kadrlari uchun 36 soatga moʻljallangan bepul masofaviy shakldagi qisqa muddatli malaka oshirish kurslari o‘z faoliyatini boshlaydi.

Davlat-xususiy sheriklik asosidagi maktabgacha ta’lim tashkilotlari va oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari pedagog kadrlari uchun qisqa muddatli malaka oshirish kurslari o‘z faoliyatini boshlaydi. Davlat-xususiy sheriklik asosidagi va oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari pedagog kadrlarining kasbiy salohiyatini rivojlantirish maqsadida Maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish institutida 2024-yilning 25-mart sanasidan boshlab “Davlat-xususiy sheriklik asosidagi va oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari pedagog kadrlari uchun 36 soatga moʻljallangan bepul masofaviy shakldagi qisqa muddatli malaka oshirish kursi” o‘z faoliyatini boshlaydi. Qisqa muddatli kurslar 2024-yil noyabr oyiga qadar har hafta davomida tashkil etiladi. Kurslarda maktabgacha ta’lim tizimida davlat o‘quv dasturini joriy etish, pedagogning ish hujjatlari, kasbiy kompetensiyasi va kreativligi, rivojlanish markazlarida pedagogik jarayonni tashkil etish, kasbiy faoliyatda raqamli texnologiyalardan foydalanish kabi dolzarb masalalar o‘rganiladi. Kurslarda qatnashish istagini bildirgan pedagog kadrlar joriy yilning 25-martiga qadar hududiy tuman (shahar) maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limlariga murojaat qilishlari mumkin.    Qisqa muddatli malaka oshirish kursi o'quv rejasi.pdf

Maktabgacha ta'lim agentligi
“Ishbilarmon” tadbirkorlar kirdikorlari

tadbirkorlar kirdikorlari.pdf

Maktabgacha ta'lim agentligi
Ishchi guruh tadbirkorlar bilan uchrashdi

Maktabgacha ta’lim Agentligining ayni paytda Namangan viloyatida bo‘lib turgan Ishchi guruhi sohada faoliyat olib borayotgan tadbirkorlar bilan uchrashuv o‘tkazdi. Agentlikning Maktabgacha ta’lim sohasini rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i Zafar Usanov qatnashgan mazkur tadbirda tizimning xususiy sektoriga doir huquqiy qo‘llanmalar, joriy etilayotgan imtiyozlar, shu bilan birga, tadbirkorlar oldiga qo‘yilayotgan davlat talablarining mazmun-mohiyati va ularni ijroga qaratish mexanizmlari haqida so‘z bordi. Jarayonlarda tizimning nodavlat sektoriga doir muammolar eshitildi. Bartaraf etilishi mumkin bo‘lgan masalalar o‘z o‘rnida hal etildi. Vaqt talab qiladigan muammolar bo‘yicha muddatlar belgilandi.  Tadbirkorlardan qator savollar qo‘yildi. Xususan, Namangan shahrining Davlatobod tumanida faoliyat yurituvchi fuqarolarning yer-mulk, turar va noturar joyga doir bitim munosabatlari bilan bog‘liq  talablar xususidagi savollariga Agentlikning boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari Abdug‘ulom Xakimov batafsil javob qaytardi. Ta’kidlash joizki, uchrashuv davomida yangi, oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotini ochish, mavjudlarining quvvatini oshirish, shuningdek davlat budjetidan ajratiladigan subsidiyalarning to‘lov davriga doir uzilish bilan bog'liq muammolar xususidagi murojaatlar katta qismini tashkil etdi.      

Maktabgacha ta'lim agentligi
Maktabgacha ta'lim agentligi ishchi guruhi Namanganda

Ayni kunlarda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Maktabgacha ta’lim Agentligining ishchi guruhi Namangan viloyatida faoliyat olib bormoqda.  Kuni kecha ushbu guruh Namangan shahrida joylashgan 30-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida bo‘ldi va u yerda yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdi.     Ta’kidlash joizki, mazkur tashkilot 2023-yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-154m-sonli maxsus qarori asosida, 6 mlrd. 448 mln. so‘m mablag‘ evaziga ta’mirdan chiqarilgan edi. Buning hisobiga 300 ta o‘rin yaratilgan. Ayni vaqtda esa, bu yerda 10 ta to‘liq kunlik va 8 ta qisqa muddatli, jami 18 ta guruh kesimida 489 nafar 3 – 7 yoshli bola tarbiyalanmoqda.           O‘rganuv davomida tashkilotning obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlariga alohida ahamiyat qaratildi. Jarayonlar davomida soha rivojiga doir ko‘rsatma va taklif-tavsiyalar berildi.   Ishchi guruhning Namangan viloyatiga doir faoliyati davom etmoqda. 

Maktabgacha ta'lim agentligi
Jajji malikalar bellashishdi

   Kechagina kirib kelgan mart butun borliqqa bahorning bor tarovatini, undan ruh olgan go‘zal bayramlarni birin-sirin tortiq etmoqda. Uning ilk kuni mamlakatimizda adabiyot, she’riyat, nazm va navo bayrami – sadoqat va do‘stlik kuychisi, xassos shoira Zulfiyaxonim yodi bilan boshlandi. Davralar, shoira timsolida adabiyotni, she’riyatni olqishladi. Keyin unga nazokat, nafosat, go‘zallik, sevgi ayyomi – Xalqaro xotin-qizlar kuni ulanib ketdi. Davralar ayolni, onani, singilni, qizlarni madh etdi. Yana ko‘p davralar doshqozon osdi. Biqirlab qaynayotgan sumalak atrofiga to‘plangan ellar, sharqning uch ming yillik Navro‘z shodiyonalarini boshlab yubordi. Bu azaliy bayramlar maktabgacha va maktab ta’limi tizimlarida ham davom etmoqda. Xususan, Namangan viloyati Yangiqo‘rg‘on tumanining eng chekka – Nanay qishlog‘ida joylashgan 10-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida o‘tkazilgan tadbir esa, ayollar bayrami – Xalqaro xotin-qizlar kuniga  bag‘ishlandi. Darvoqe, tashkilotda 5 ta guruh mavjud. Ularga 135 nafar  3 – 7 yoshli bola qamrab olingan. Eng muhimi, jamoaning ahilligi, hamjihatligi. Ular o‘rtasidagi o‘zaro yelkadoshlik, jipslilik tufayli yechim topmagan masala yo‘q. Hatto, ulardagi bu fazilat mahalla ahli orasida ham alohida e’tirof etiladi. – Jamoaning o‘rnak bo‘ladigan eng yaxshi sifati bu ularning yakdilligi, – deydi “Zarbdor” MFY Xotin-qizlar faoli Malohat Hayitboyeva. – Shu tufayli bo‘lsa ajabmas, bu yerdagi ta’lim-tarbiya jarayonlaridan hamma hursand. Bugungi tadbirda ham yigirma chog‘lik xodimlar bir yoqadan bosh chiqara oldi va e’tiborimizga bayram tadbirini yuqori saviyada havola etdi. Ayniqsa, Gulnora Shukurova,  Dilafro‘z Abdug‘aniyeva, Sevara Abdullayeva, Dildora Jo‘rayeva, Moxira G‘aniyeva singari jonkuyar tarbiyachi va xodimlar hamda tarbiyalanuvchilarning musiqa rahbari Dilrabo Qurbonovalarning halol mehnati  tufayli farzandlarimiz o‘zlarining ilk iqtidorlarini zo‘r kayfiyat va mahorat bilan namoyish etishdi. Darhaqiqat, bo‘lib o‘tgan tadbir tashkilotning Gulnora Shukurova rahbarligidagi tayyorlov guruhi tarbiyalanuvchilaridan iborat 20 nafarlik JAJJI MALIKALAR ishtirokidagi bellashuv ustiga qurildi. Qaqajon qizlar besh shart – tanishtirish, salat tayyorlash, somsa tugish, erkin mavzu va nihoyat badiiy gimnastika sohasidagi iqtidorlarini sinovdan o‘tkazdi. Qizaloqlarning she’riy tanishtiruvlari, erkin mavzudagi yakkaxon raqs, kuy-qo‘shiqlari, badiiy gimnastikaga oid nafis ijrolari, ayniqsa, mustaqil holda salat va somsa tugishlari barchaga manzur bo‘ldi. – Albatta, iste’dod osonlikcha namoyon bo‘lmaydi. Buning ortida katta mehnat, izlanish, o‘z ustida, ayniqsa, o‘sha iste’dodli bola ustida tizimli ishlashgina ma’lum maqsadga erishtiradi, – dedi tadbirda so‘zga chiqqan 10-sonli DMTT direktori Umida Qoraboyeva. – Bugungi tadbir ham ana shu xulosani yana bir karra isbotladi va men o‘z jamoamning har bir vakilidan minnatdorman. Fursatdan foydalanib barchangizni bugungi egu ayyom bilan chin dildan tabriklayman.    Tadbir so‘ngida jajji malikalarga bayram sovg‘alari ulashildi.       

Maktabgacha ta'lim agentligi
Toshkent viloyati, Angren shahridagi 14-DMTTda «Telefonsiz DMTT» tizimi joriy etildi.

14-DMTT ma’muriyati va ota-onalar kuzatuv kengashi ishtirokida yig‘ilish o‘tkazilib, ta’lim tashkilotida telefondan umuman foydalanmaslik taklifi ma’qullangan.  Bu borada Vazirlar Mahkamasining 2012-yil ”O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalarida mobil telefonlardan foydalanishni tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida belgilab qo‘yilgan.   Ta’lim tashkilotiga kirib kelishda har bir xodim, mehmonlar va boshqa shaxslar telefonlarini chaqiruv ovozini to‘liq o‘chirib qo‘yishi “ovozsiz” rejimga o‘tkazishi shart.   Tarbiyachi o‘z telefoni bilan soat 7.00 dan 8.30 gacha va soat 16.30 dan so‘ng ota-onalar bilan bog‘lanishiga ruxsat beriladi. Endi soat 8.50 dan 16.30 gacha Tarbiyachilarga mashg‘ulotlar vaqtida telefon orqali so‘zlashish hamda SMS (MMS) va boshqa turdagi xabarlarni jo‘natish taqiqlanadi.  Biroq, tarbiyachilar mashg‘ulotlar va tadbirlar oralig‘ida faqat asosli va kechiktirib bo‘lmaydigan zarur holatlarda ota-onasi, yaqin qarindoshlari, bilan zudlik bilan bog‘lanish maqsadida DMTTdagi maxsus oddiy telefondan foydalanishlari mumkin.  Ota-onalar telegram guruhida mashg’ulotlardan fotolavhalar jo‘natish, uslubchi va hamshira zimmasiga yuklatildi. Ta’lim taskilotining boshqa xodimlari ham ish vaqtida telefondan foydalanish huquqiga ega emasligi yig‘ilishda bir ovozdan tasdiqlandi.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Rasmiy munosabat

  "Юнусобод тумани, Хасанбой махалласида жойлашган “Bayan Kids“ хусусий болалар боғчасида тарбияланувчи 3 яшар болаларга бўлаётган муносабатни кўринглар" номли видеотасвир остида телеграм ижтимоий тармоғи орқали мурожаат йўлланган эди. Ушбу мурожаат назоратга олинганлиги ва ўрганиш ишларига йўналтирилганлигини маълум қиламиз.  М А Ъ Л У М О Т Н О М А Фуқаро Д.Ашурованинг шикоят хати юзасидан “BAYAN KIDS”  МЧЖ нодавлат мактабгача таълим муассасасида ўтказилган ўрганиш бўйича. Аниқланишича, “Баян-кидс” нодавлат мактабгача таълим ташкилоти маъсулияти чекланган жамияти 24.02.2022 йил давлат рўйхатидан ўтган бўлиб,  2023 йил 22 августдаги умумий йиғилиш қарорига асосан Наргиза Музаффаровна Хуснутдинова жамиятнинг бажарувчи директори лавозимига тайинланган, маълумоти олий маълумотли педагог, иш стажи  умумий 34 йилни ташкил қилиб, мактабгача таълим ташкилотлари мудиралари лавозимида 5 йиллик иш стажига эга. “BAYAN KIDS” МЧЖга қарашли мактабгача таълим ташкилоти 7 та гуруҳдан иборат бўлиб, текшириш кунига 7 та гуруҳ фаолият кўрсатаётганлиги, ташкилотнинг умумий қуввати 140 ўринга мўлжалланиб, ушбу гуруҳларда рўйхат бўйича жами 109 нафар тарбияланувчилар таълим-тарбия олаётганлиги, кундалик қатнов ўртача 92 нафарни, ўрганиш ўтказилган куни 84 нафарни ташкил этганлиги аниқланди.     Шунингдек, ташкилотда умумий ходимлар сони 44 нафарни ташкил қилиб, шундан педагог ходимлар 15  нафарни, техник ходимлар 29  нафарни, тарбиячилар 7 нафарни ташкил қилган.                Текшириш давомида МТТнинг моддий техника базаси ҳолати, болаларни қамраб олиш ҳолати ва давомат, МТТнинг кадрлар билан таъминланганлиги ва уларга оид бўлган ҳужжатларнинг  юритилиши, тиббий хизмат, овқатлантиришнинг ташкил этилиши, ижро интизоми, гуруҳлардаги таълим-тарбия ишларининг олиб борилиши ва педагогларнинг иш ҳужжатлари юритилиши ва билим даражаларига  эътибор қаратилди.   Тарбиячиларнинг 4 нафари олий маълумотли, 3 нафари тугалланмаган олий бўлиб, фаолият юритаётган  педагогларнинг иш ҳужжатлари ЎзР мактабгача ва мактаб таълими вазирлиги ҳузуридаги Мактабгача таълим агентлигининг 2023 йил 28 августдаги “Мактабгача таълим ташкилоти педагогларининг иш ҳужжатларини тасдиқлаш тўғрисида”ги  99-сон буйруғи асосида юритиб келинган.   Ташкилотда куз-қиш мавсумига тайёргарлик ҳамда ободонлаштириш ишлари қониқарли, иситиш тизимлари, гуруҳлардаги сантехника жиҳозлари ишчи ҳолатда сақланган, умумий санитария ҳолати ҳам қониқарли, гуруҳлар бола сонига мос қаттиқ ва юмшоқ жиҳозлар ҳамда зарур идишлар билан тўлиқ таъминланган.                                    Танлов асосида кўрилган ўрта ва тайёрлов гуруҳларда марказларда олиб борилаётган иш фаолияти ва иш ҳужжатлари ўрганилганда, гуруҳ хоналари керакли таълимий, кўргазмали ва тарқатма материаллар билан таъминланганлиги, болаларнинг соғлом муҳитда таълим-тарбия олишлари учун етарли барча шарт-шароитлар яратилганлиги  аниқланди.  Бироқ, ўрганиш давомида айрим камчиликларга ҳам йўл қўйилганлиги маълум бўлди.     Хусусан, тарбиячилар  лавозим йўриқномалари билан таништирилган бўлсада, лекин улар томонидан зиммаларига юклатилган вазифалар лозим даражада бажарилмаган.     Шунингдек,ташкилотдаги таълим-тарбия ишлари ўрганилганда, ташкилотнинг янги 2023-2024 ўқув йили режаси тузилган ва режа асосида педагогларнинг малакасини ошириш истиқбол режаси мавжуд бўлсада, аммо педагог ходимлар амалдаги ҳужжатларга мувофиқ  малака ошириш  курсларига  юборилмаган.   Ўрганиш давомида машғулотлар жадвали кундалик олиб борилаётган машғулотларга мос эмаслиги, яъни нутқ ўстириш машғулоти ўрнига расм машғулоти ўтказилаётганлиги, илк ёш гуруҳи бўлишига қарамай, машғулотлар жадвалида инглиз тили киритилганлиги, гуруҳда болалар учун ривожлантирувчи ўйинлар ва ўйинчоқлар сони ҳамда тури камлиги аниқланиб, тарбиячига тайёрлов гуруҳида тасвирий фаолият учун намуналар  тайёрланиши буйича тавсиялар берилди.    Ҳолат юзасидан батафсил маълумотлар Мактабгача ва мактаб таълими вазирлигига хат орқали тегишли ҳуқуқ органлари томонидан баён қилинган.        

Batafsil
Maktabgacha ta'lim agentligi
Mentorlik - maktabgacha ta'lim tashkilotlari pedagoglarining kasbiy salohiyati va rivojlanishidagi qadam

Pedagoglarning kasbiy rivojlanishi. Odatda pedagoglarning kasbiy rivojlanishi va ularning salohiyatini oshirish deganda ularni kasbiy faoliyatdan uzilmagan holda oʻqib-o’rganish nazarda tutiladi va bunday tadbirlar koʻpincha qisqa muddatli trening kurslari yoki seminar mashgʻulotlari shaklida oʻtkaziladi. Pedagoglarning kasbiy rivojlanish va ularning salohiyatini oshirishga qaratilgan bunday tadbirlardan koʻzlangan maqsad – bu kasbiy faoliyatiga oid muayyan yangi maʼlumotlarni taqdim etish va pedagoglar tomonidan taʼlim-tarbiya berish metodikalari bilan tanishtirishdan iborat.  Hozirgi kunda pedagoglarning kasbiy rivojlanishi uchun uzluksiz, uzoq muddatli takomillashish jarayoni bo‘lishi hamda ular to‘liq kasbiy faoliyati davomida shug‘ullana olishi ilgʻor, xilma-xil va o‘zaro bog‘liq oʻquv amaliyotlarini uzluksiz oʻrganishi lozim. Shuningdek, pedagoglarning kasbiy rivojlanishi ularning ta’lim-tarbiya berish kontekstiga muvofiq kelishi kerak. Pedagog qachon oʻzgaradi? Koʻplab olimlarning qayd etishicha, pedagoglarning xulqi va amaliyotidagi oʻzgarishlar asosan quyidagi sharoitlarda yuz beradi: Rekleksiya, ya’ni oʻzlari va faoliyatlarini kuzatish va tahlil qilish orqali, qachon va qanday qilib takomillashishni oʻrganishsa;  Kasbiy salohiyatini oshirishga doir biror kursdan so’ng oʻqitish bilan bogʻliq yangi gʻoyalarni tadqiq etish va sinab koʻrishni istashsa;  Har xil kasbiy malakani oshirish tadbirlarida (treninglar, seminarlar, anjumanlar, kurslar, kasbdoshlar bilan suhbatlar va h.k.z.) olingan yangi gʻoyalarni moslashtirishsa;  Oʻz kasbdoshlari oʻtkazayotgan darslarni muntazam kuzatib borib, bildirilgan fikrlarni tahlil qilishsa;  Agar ular oʻz faoliyatlari davomidagi oʻqitishga oid eng yaxshi va eng yomon tajribalar, oʻz muammolarini (oʻqitish yoki kontekstga aloqador) har xil bilim almashish vositalari (taqdimot, muhokama, darslarni yozib olish va ulashish, kuzatishlar, doʻstlarning tanqidiy izohlari va boshqalar) oʻrtoqlashsa. Kasbiy rivojlanish boʻyicha yangi maqsadlarni oʻzlari (pedagog avtonomiyasi) belgilashsa. Gaskining yozishicha, “pedagoglarning qarashlari va maslaklaridagi oʻzgarishlar asosan ular oʻquvchilarning oʻzlashtirish koʻrsatkichlari yaxshilanishini isbotlovchi dalillar bilan tanishganda yuz beradi. Boshqa soʻz bilan aytganda, ushbu olim oʻqituvchilar yangi ʻtexnologiyalar” (usullar, oʻqitishga yondashuvlar, materiallar va boshqalar) qoʻllangandan keyin oʻquvchilarning oʻzlashtirishi yaxshi tomonga siljigandagina oʻzgarishini taʼkidlamoqchi. Bunda  kuzatuvsiz pedagoglar kasbiy rivojlanishning ijobiy jihatlarini payqamaydilar.  Turli xil taʼrif va tushuntirishlarga asosan, quyidagilar samarali mentorlikning asosiy xususiyatlari hisoblanadi: Nisbatan kam tajribali va uzoq yillik tajribaga ega pedagoglar oʻrtasida muntazam muloqot boʻlishi kerak. Mentorlar yuzma-yuz va shaxsiy hamda kasbiy jihatdan muvofiq boʻlgan yordamni (hissiy, professional, oʻquv, psixologik) koʻrsata bilishlari kerak. Mentorlar oʻz shogirdlari bilan tez-tez uchrashish, norasmiy muhokamalarga vaqt ajratishlari kerak. Mentorlar oʻqituvchilarni joriy pedagogik amaliyotlar va gʻoyalarni tahlil qilishga undashi hamda zarurat tugʻilganda oʻquv kontekstiga mos boʻlgan muqobil pedagogik amaliyotlarni ishlab chiqishda koʻmaklashishlari kerak. Mentorlar oʻz shogirdlarining ishlarini, masalan oʻquv rejalar yoki dars mashgʻulotlarini tekshirish uchun faol hamkorlik qilishlari lozim. Shundagina mazkur ishlarning yutuq va kamchiliklari aniqlanib, ularni tuzatish va yaxshilash yoʻllari ayon boʻladi. Mentorlar zarur paytda namuna boʻlib, oʻqituvchilarni oʻzlarining taʼlim metodlarini kuzatishga va shu orqali malakalarini oshirishga chaqirishlari kerak – aynan mana shu pedagogik rivojlanishga turtki beradi. Shogirdlar oʻz kasbiy malakasini oshirishga tayyor va professional rivojlanishi uchun masʼuliyatni his qilishi, tinglashi va oʻrganishi, kuzatishi, savol berishi, tavsiyalar yoki maslahatlarni qabul qilishi, tezkor toʻgʻri choralarni koʻrishi va tahlil qilishi zarur. Mentorlik tizimi samara keltirishi va oʻqituvchilarning malakaviy hamjamiyatini tuzish uchun mentorlarga uzluksiz dastak va barcha zarur sharoitlar yaratilishi lozim. Mentorlikni “oʻqitish amaliyoti birgalikda oʻrganuvchi uzluksiz jarayon” sifatida mazkur xususiyatlar va mentorlik bilimini uzatish shakllariga asosan oʻrganish amaliyot hamjamiyati doirasida yuz beradigan faol jarayon deb qabul qilinadi. “Mehribonlik korpusi” ham maxsus mentorlik dasturini ishlab chiqishni koʻzlagan boʻlib, unda asosiy urgʻu amaliyot hamjamiyatida mentorlar va shogirdlar oʻrtasida faol muloqot orqali bilimlarni hosil qilishga beriladi. Mazkur dasturda ijtimoiy muloqot va hamkorlik asosiy vosita boʻlib, unda mentorlarning asosiy vazifasi yangi bilimlarni uzatishga xizmat qilish va shogirdlarni oʻqitish amaliyotlari va maslaklarini tahlil qilish, uzluksiz konstruktiv fikr-mulohaza taqdim etish va kontekstual jihatdan muvofiq metodologiyalarni ishlab chiqishda hamkorlikdagi kasbiy rivojlanish uchun imkoniyatlarni targʻib etishdan iborat boʻladi.   Elyanora Menglieva Oʻzbekistondagi Mehribonlik Korpusi

Maktabgacha ta'lim agentligi
Rasmiy munosabat

   "Xususiy bog‘chalarning birida tarbiyalanuvchilarni “Damas” mashinasida belgilangan me’yorlarga zid ravishda tashilayotgani lavhada aks etgan" degan xabar facebook ijtimoiy tarmog'iga joylangan. Ushbu holat Respublikaning qaysi hududida ekanligi yoki qaysi maktabgacha ta'lim tashkilotiga tegishliligi keltirilmagan. Ma'lumotlar aniqlangach, holat yuzasidan batafsil ma'lumot beriladi.     

Maktabgacha ta'lim agentligi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatining samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni (PF–28-son, 02.02.2024-y.) mazmun mohiyatini tushuntirish bo‘yicha annotatsiya

Farmonga ko‘ra, jamiyat va davlat hayotining muhim masalalarini hal etishda mahalliy vakillik organlarining rolini oshirish maqsadida 33 ta funksiya va vakolatlar xalq deputatlari mahalliy Kengashlariga o‘tkazildi. Masalan, davlat bog‘cha va maktablarini tashkil etish, atmosfera havosiga ta'sir etuvchi korxonalarni qurish joylarini, chiqindilar ko‘mib tashlanadigan joylarni belgilash, yo'lovchi va yuk tashish tariflari, jumladan fuqarolarning alohida toifalari uchun imtiyozli tariflar, tabiiy obyektlarga, transport va muhandislik-texnika infratuzilmasi obyektlariga nom berish va boshqalar. Xalq deputatlari mahalliy Kengashlarining davlat organlarining hisobot (axborot)larini eshitishga doir ayrim vakolat va funksiyalari 10 taga birlashtirilgan holda tizimlashtirildi. Masalan, hokimlar va ular o‘rinbosarlarining 7 turdagi (dasturlar ijrosi; kichik biznes, tadbirkorlik, aholi bandligi; kreditlar ajratish; hokim yordamchilari axborotlarini eshitish yakunlariga oid) hisobotlarini eshitish – hokimlarning hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari ijrosi bo'yicha hisobotlarini eshitish doirasida ko‘rib chiqiladi. Farmonga muvofiq, mahalliy Kengashlar zimmasiga vazifa va funksiyalar faqatgina qonun hujjatlari bilan yuklanadi.  Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari tomonidan mahalliy Kengashlar faoliyatiga aralashishga yo‘l qo‘yilmaydi.  Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqishda vazifalarni mahalliy vakillik va ijro etuvchi hokimiyat organlari o‘rtasida aniq belgilash amaliyoti joriy etiladi. Normativ-huquqiy hujjatlarda mahalliy davlat hokimiyati organlariga berilgan, mahalliy Kengashlarning qonunchilikda belgilangan vakolatlariga xos bo‘lmagan vazifalar ijrosi bo‘yicha mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari mas’ul hisoblanadi. Farmon bilan 2024-yil 1-oktabrgacha O‘zbekistonda mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari faoliyatini 2030 yilga qadar rivojlantirish konsepsiyasi ishlab chiqilishi nazarda tutilgan.   Asos: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF–28-son Farmoni, 02.02.2024-y.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Shanxay hamkorlik tashkiloti Xalq diplomatiyasi markazi tomonidan “Biz bolalar, biz dunyo” nomli kitob-albomining taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

  Bugun Alisher Navoiy nomidagi Milliy kutubxonada, Shanxay hamkorlik tashkiloti Xalq diplomatiyasi markazi tomonidan “Biz bolalar, biz dunyo” nomli kitob-albomining taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Ushbu kitob-albomda so‘nggi besh yil davomida xalqaro bolalar rasmlari ko‘rgazmalarida qatnashgan SHHTga a’zo mamlakatlar bolajonlarining asarlari taqdim etilgan. Ma’lumot uchun: O‘tkazilgan bolalar rasmlari ko‘rgazmalarida 2021-yildan buyon Maktabgacha talim agentligi tomonidan taqdim etilgan, maktabgacha ta’lim tashkilotlarining 5-7 yoshli tarbiyalanuvchilari chizgan 1 000 dan ortiq rasmlari ishtirok etgan. Ushbu rasmlar orasidan turli xil tanlovlar bo‘yicha maktabgacha ta’lim tashkilotlarining 20 ga yaqin tarbiyalanuvchilari g‘oliblikni qo‘lga kiritib, taqdirlandilar. Jajji rassomlar o‘zlarining ijod namunalari bilan ona zaminda tinchlik, Vatan ravnaqi va xalq farovonligi haqidagi tushunchalari va tasavvurlarini rasmlar orqali ifodalashga harakat qilganlar.          

Maktabgacha ta'lim agentligi
Maktabgacha va maktab ta'limi vazirining birinchi o'rinbosari – Maktabgacha ta'lim agentligi direktori A. V. Shin hamda International Koreya global stipendiya jamg'armasi rahbariyati bilan uchrashuv bo'lib o'tdi

2024-yil 23-fevral kuni Maktabgacha va maktab ta'limi vazirining birinchi o'rinbosari – Maktabgacha ta'lim agentligi direktori A. V. Shin hamda Song Busan va TeunSol International Koreya global stipendiya jamg'armasi rahbariyati bilan uchrashuv bo'lib o'tdi. Uchrashuv davomida chet el vakillari Vetnam, Kambodja, Laos, Tailand va boshqa dunyoning rivojlanayotgan mamlakatlarida amalga oshirgan xayriya loyihalari haqida ma'lumot taqdim etdi. Tadbir yakunida tomonlar xorijiy tomon tarafidan mamlakatimiz maktabgacha ta'lim tashkilotlari uchun xayriya faoliyatini amalga oshirishga qaratilgan o'zaro anglashuv Memorandumini imzoladilar.             

Maktabgacha ta'lim agentligi
Rasmiy munosabat

   MA’LUMOTNOMA          2024-yil 22-fevral payshanba kuni soat 13:00 lar atrofida KPP dan telefon qilib, bir Bloger rasmga olib yurganligi to‘g‘risida xabar berildi.          Zudlik bilan Nazorat tahlil va murojaatlar bilan ishlash bo‘limi mas’ul xodimlari B. Dadabayev va Z. Mamasidikovlar tashqariga chiqishganda o‘zini bloger deb tanishtirgan Farg‘ona viloyati Dang‘ara tumanida yashovchi, Agentlikka bir necha marotaba murojaat etib kelayotgan  fuqaro M. Usmonov ekanligi ma’lum bo‘ldi.          M. Usmonov Fuqarolarni qabul qilish xonasiga taklif etilib, u bilan suhbat o‘tkazildi.          Suhbat davomida M. Usmonov Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi Dang‘ara tuman bo‘limi  sobiq rahbari G. Rahmonova bugungi kunda shu tuman bo‘limida ishlayotganligini, uning xaydovchisi 2 marotaba spirtli ichimlik ichib avtomashinani boshqargani uchun unga tegishli choralar ko‘rilganligini, G. Rahmonovani ishdan olib tashlash masalasida oxirigacha kurashishini ma’lum qildi.          M. Usmonovning ishtirokida Farg‘ona viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Sh. Dolinov bilan 91. 660-87-78 raqamli telefon orqali bog‘lanib, vaziyat tushuntirildi.          Sh. Dolinov bugungi kunda mehnat ta’tilida ekanligini, ishga chiqqanida fuqaro M. Usmonovni shaxsan qabul qilishini ma’lum qildi, M. Usmonov uning qabuliga borishga rozilik bildirdi.          Suhbat davomida M. Usmonov ayrim xodimlarni ish faoliyati yuzasidan sudga murojaat etganligini, lekin sud tomonidan aniq choralar ko‘rilmayotganligini ma’lum qildi. Unga bizda sud ishiga aralashish vakolati yo‘qligi ma’lum qilindi.          M. Usmonov Maktabgacha va maktab ta’lim vizirining birinchi o‘rinbosari, Agentlik direktori A. Shin qabuliga kirishni so‘radi.     Unga A. Shinning qabuli haftaning chorshanba kuni ekanligi, u tomondan ko‘tarilgan masalalar yuzasidan viloyat boshqarmasi boshlig‘iga telefon qilinganligini, boshqarma boshlig‘i uni qabul qilishini aytganligi, masala o‘rnatilgan tartibda hal etilmasa murojaat mazmuniga qarab Agentlik rahbariyati qabuli tashkil etilishi tushuntirildi.          Fuqaro M. Usmonov tushungaligin ma’lum qilib, xayrlashib ketdi.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Maktabgacha ta’lim agentligida Sankt-Peterburg davlat universiteti qoshidagi Til test markazi bosh metodisti Irina Ilyicheva bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Maktabgacha ta’lim agentligi tomonidan maktabgacha yoshdagi bolalar uchun bir necha yuz nusxadagi darsliklar, Sankt-Peterburg davlat universiteti tomonidan “Rus tili bolalar uchun xorijiy til sifatida” kitoblari (muallif –  Anna Bendarjevskaya) topshirildi. Sankt-Peterburg davlat universiteti va O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim agentligi o‘rtasidagi 2022-yil 6-dekabrda imzolangan o‘zaro anglashuv memorandumini amalga oshirish bo‘yicha ishlarni davom ettirish maqsadida 2024-yil 22-fevral kuni Maktabgacha ta’lim agentligida Sankt-Peterburg davlat universiteti (Rossiya Federatsiyasi) qoshidagi Til test markazi bosh metodisti Irina Ilyicheva bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda tomonlar maktabgacha ta’lim sohasida hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalarini muhokama qildilar, shundan so‘ng maktabgacha yoshdagi bolalar uchun Sankt-Peterburg davlat universitetining “Rus tili bolalar uchun chet tili sifatida” turkumidagi (muallifi Anna Bendarjevskaya) o‘quv qo‘llanmalarining bir necha yuz nusxalari taqdim etildi. Ma’lumot uchun: Anna Bendarjevskaya Sankt-Peterburgda tug‘ilgan va tahsil olgan filolog. Rus va ingliz tillari va rus tili chet tili sifatida o'qituvchi hisoblanadi. U Vengriyada 13 yildan ortiq yashab, 4–8 yoshli bolalarga rus tilini chet tili sifatida o‘rgatmoqda. Sankt-Peterburg davlat universitetining "Rus tili bolalar uchun chet tili sifatida" seriyasidagi kitoblarning muallifi.       

Batafsil
Maktabgacha ta'lim agentligi
Xayriya o‘yinidan tushgan o‘yinchoqlarni o‘z egalariga tarqatish ishlari davom etmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim agentligi hamda Humo hokkey klubi xodimlari, Respublika va shahar bolalar onkologiya markaziga tashrif buyurib, 9-fevralda o‘tkazilgan “O‘yinchoqlar yomg‘iri” hayriya o‘yinidan tushgan o‘yinchoqlarni o‘z egalariga topshirish jarayonini  boshlashgan edi. Bugun ham jarayonlar davom etmoqda. Ushbu xayrli ishlarninig davomi maktabgacha ta’lim tashkilotlarida amalga oshiriladi. Xususan, hayriya o‘yinidan tushgan o‘yinchoqlarning qolgan qismi Qoraqalpog‘iston Respublikasi hamda Toshkent viloyatidagi maktabgacha ta'lim tashkilotlariga yuborilishi ko‘zda tutilgan edi. Umumiy hisobda “O‘yinchoqlar yomg‘iri” hayriya o‘yinidan 1300 dona o‘yinchoqlar yig‘ilgan bo‘lib, shundanToshkent viloyatidagi maktabgacha ta’lim tashkilotlariga 1000 dona o‘yinchoqlar ajratilgan, qolgan qismi 300 donasi esa Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi maktabgacha ta’lim tashkilotlariga jo‘natilishi ko‘zda tutilgan. O‘yinchoqlardan bir qismi Toshkent viloyati Qibray tumanidagi Imkon hamda 34-sonli ko‘p tarmoqli maktabgacha ta’lim tashkilotlariga, Chirchiq shahridagi 20- va 30- sonli maktabgacha ta’lim tashkilotlaridagi bolajonlarga yetkazildi. Ushbu maktabgacha ta’lim tashkilotlarida imkoniyati cheklangan bolajonlar ta’lim-tarbiya olishadi          Bugungi kunda Toshkent viloyati Qibray tumanidagi Imkon ko‘p tarmoqli maktabgacha ta’lim tashkilotida 132 ta,  34- ko‘p tarmoqli maktabgacha ta’lim tashkilotida 53 ta, hamda Chirchiq shahridagi 30- ko‘p tarmoqli MTTda 72 ta, 20- ko‘p tarmoqli MTTda 80 ta tarbiyalanuvchilar ta’lim-tarbiya olishadi.  

Maktabgacha ta'lim agentligi
Maktabgacha ta’lim agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari Farrux Boboyev va bir guruh Agentlik xodimlari Navoiy viloyatidagi maktabgacha ta'lim tashkilotlarida bo'lishdi

Maktabgacha ta’lim agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari Farrux Boboyev va bir guruh Agentlik xodimlari Navoiy viloyatiga xizmat safari davomida bolalarni maktabgacha ta’lim bilan qamrab olinishi, ta’lim-tarbiya jarayoni sifati, ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar va mavjud muammolar bilan tanishdi. Tashrif davomida bolalarni maktabgacha ta’lim bilan qamrov darajasi kamaygan 42 ta tumanlardan biri bo‘lgan Uchquduq tumanida qamrov ko‘rsatkichining 93,9 foizdan 92,9 foizga tushib ketish sabablari tuman hokimi S.F.Hamroyev bilan birgalikda o‘rganilib, maktabgacha ta’lim tashkilotlarida olib borilayotgan ta’lim-tarbiya va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bilan tanishildi hamda amalga oshirilishi zarur bo‘lgan masalalar birgalikda muhokama qilindi. Tumandagi mavjud muammolarni o‘z vaqtida bartaraf etish maqsadida “Navoiy viloyati Uchquduq tumanida 2024-yilda maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini samarali tashkil etish hamda qamrov darajasini oshirish yuzasidan yo‘l xaritasi” ishlab chiqilib, bir qator vazifalar belgilab olindi. Shuningdek, tashrif davomida maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini samarali tashkil etish yuzasidan uslubiy ko‘rsatma va tavsiyalar berildi.    

Maktabgacha ta'lim agentligi
Mintaqaviy Ta'limni Rejalashtirish Markazi direktori bilan uchrashuv

Rasmiy tashrifning uchinchi kunida Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi delegatsiyasi vakillari Mahra Xilal Almutvey xonim bilan uchrashuv o'tkazdilar. Toshkent shahrida YUNESKO shafeligida ikkinchi toifadagi Mintaqaviy markazni tashkil etishda MTRM'ning konsultativ yordami kun tartibining asosiy masalasiga aylandi. Uchrashuvda Almutvey xonim 2003-yilda MTRM/RCEP tashkil etilishining tarixiy faktlari bilan o'rtoqlashdi, shuningdek tashkiliy tuzilma, moliyaviy siyosat, loyihalar portfoliosi, xalqaro sheriklik va mintaqaviy miqyosda ilgari surilgan tashabbuslar to'g'risida to'liq ma'lumot berdi.  MTRM direktori O'zbekistonda ta'lim sohasida amalga oshirilgan islohotlarni yuqori baholadi. Toshkent deklaratsiyasining ahamiyati hamda yetakchi tamoyil va strategiyalar majmuini kasb etuvchi kichik yoshdagi bolalarning tarbiyasi va ta'limiga o'zgacha yondashish manfaatlarini ko'zlab chora-tadbirlar ko'rish majburiyati ta'kidlandi. Kichik yoshdagi bolalarga ta’lim-tarbiya berish II Jahon konferensiyasi esa O'zbekiston Respublikasi rahbariyatining ushbu sohadagi kuchli siyosiy irodasidan dalolat berishi e’tirof etildi. Mintaqaviy Ta'limni Rejalashtirish Markazi (MTRM/RCEP) 2003-yil 17-oktabrda BIRLASHGAN ARAB AMIRLIKLARI hukumati va BMT'ning ta'lim va ilmiy madaniyat tashkiloti (YUNESKO) o'rtasida imzolangan kelishuvga binoan tashkil etilgan. MTRM/RCEP rasmiy ochilishi 2007-yil noyabr oyida bo'lib o'tgan.  Markazning maqsadi Fors ko'rfazi mamlakatlari hamkorlik kengashi, Shimoliy Afrika va Yaman davlatlariga alohida e'tibor qaratgan holda ta'lim vazirliklarida tarmoq miqyosidagi siyosat va ta'limni rejalashtirish salohiyatini rivojlantirishni qo'llab-quvvatlashdan iborat.  Uchrashuv yakunida Almutvey xonim markaz bo'limlari va xodimlari faoliyati bilan tanishish maqsadida mehmonlarni markazga ekskursiya uchun taklif qildi.  Uchrashuv yakunida tomonlar ikki tomonlama munosabatlarni qo'llab-quvvatlashga tayyor ekanliklari, shuningdek, xalqaro hamjihatlik va BRM-4 yutuqlari uchun ta'limni targ'ib qilish orqali tinchlik madaniyatini yaratishga o'z hissalarini qo'shish tarafdori bo'lishlarini bildirdilar.

Maktabgacha ta'lim agentligi
“Pedagogning maqomi to'g'risida”gi Qonun imzolandi

901.ppt

Maktabgacha ta'lim agentligi
“Tuproqni muhofaza qilish va uning unumdorligini oshirish to'g'risida”gi Qonun (O'RQ–903-son, 02.02.2024-y.) Prezident tomonidan imzolandi.

903.ppt Yangi bino qurishdan avval tuproqning unumdor qatlami sidirib olinishi kerak “Tuproqni muhofaza qilish va uning unumdorligini oshirish to'g'risida”gi Qonun (O'RQ–903-son, 02.02.2024-y.) Prezident tomonidan imzolandi. Qonun bilan tuproqni muhofaza qilish va uning unumdorligini oshirish sohasidagi asosiy prinsiplar, sohani davlat tomonidan tartibga solish, tuproq unumdorligini oshirish asoslari va tartibi belgilandi. Qishloq xo'jaligi vazirligi tuproqni muhofaza qilish va uning unumdorligini oshirish sohasidagi yagona davlat siyosatini amalga oshiradi. Yer egalari Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar institutidan o'ziga tegishli yer uchastkasidagi tuproqning sifatini baholash to'g'risida axborot olish huquqiga ega. Yer egalari shaharsozlik faoliyatini, geologik qidiruvni va foydali qazilmalarni qazib olishni, shuningdek qishloq xo'jaligiga oid bo'lmagan boshqa faoliyatni amalga oshirishda tuproqning mavjud unumdor qatlamini sidirib olishi va saqlashi shart. Sidirib olingan tuproqning unumdor qatlamini qurilish tashkilotlari hokimliklar tomonidan belgilangan joylarga saqlash uchun olib chiqadi. Tuproqning unumdor qatlami sidirib olinmaganligi va saqlanmaganligi fakti aniqlanganda, yetkazilgan zararning o'rni mahalliy byudjetga qoplanadi. Mazkur pul mablag'laridan qishloq xo'jaligida foydalanilmayotgan sug'oriladigan yerlarni foydalanishga kiritish va yerlarning meliorativ holatini yaxshilash uchun foydalaniladi. Tuproqni o'rganish Qishloq xo'jaligi, Suv xo'jaligi, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o'zgarishi vazirliklarining vakolatli tashkilotlari tomonidan amalga oshiriladi.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Sirdaryo viloyatidagi davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish yuzasidan ishchi guruh hududlarda o'rganish ishlari olib bormoqda

Sirdaryo viloyatida 203 ta davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari mavjud bo‘lib, ularga 57 299 nafar (80%) bolalar qamrab olingan. Jumladan, joriy yilning 10-fevral kuni Sirdaryo viloyatidagi 203 ta davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlaridan 51 tasida (25,2%) bolalarni maktabgacha ta’lim bilan qamrov darajasini tashkil etilishi, ma’naviy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tilida ish yuritish, ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etish uchun yaratilgan sharoitlar o‘rganildi. Jumladan, Boyovut tumanida 3 ta (5,27,29-sonli DMTT), Guliston tumanida 4 ta (5,8,14,22-sonli DMTT), Mirzaobod tumanida 5 ta (2,3,6,9,12-sonli DMTT), Oqoltin tumanida 3 ta (3,4,11-sonli DMTT), Sayxunobod tumanida 4 ta (4,7,10,11-sonli DMTT), Sardoba tumanida 5 ta (1,3,4,10,14-sonli DMTT), Sirdaryo tumanida 2 ta (11,29-sonli DMTT), Xovos tumanida 5 ta (5,6,8,14,16-sonli DMTT), Guliston shahrida 6 ta (5,6,7,17,18,20-sonli DMTT), Yangiyer shahrida 7 ta (1,2,4,6,9,11,12,13-sonli DMTT), Shirin shahrida 6 ta (1,2,3,4,5,6-sonli)DMTT o‘rganildi. O‘rganish jarayonida maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ma’naviy muhitning tahlili, guruh xonalarining jihozlanishi, faollik markazlarida bolalar mustaqil faoliyati uchun yaratilgan sharoitlar, ko‘rgazmali va tarqatma materiallardan foydalanish holati, qo‘shimcha pullik xizmat tashkil etilganligi bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar bilan tanishildi.  

Maktabgacha ta'lim agentligi
“O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat, Jinoyat-protsessual kodekslariga hamda O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi Qonunning mazmun-mohiyatini tushuntirishga qaratilgan annotatsiya

Prezident tomonidan imzolangan Qonun (O‘RQ–899-son, 19.01.2024-y.) bilan bir qator kodekslarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi. Jumladan, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga kiritilgan qo‘shimchaga ko‘ra, quyidagilarga nisbatan javobgarlik belgilandi: – Mobil qurilmaning xalqaro o‘ziga xos identifikatsiya kodini qonuniy ishlab chiqaruvchining ruxsatisiz o‘zgartirish, xuddi shuningdek ushbu maqsadda maxsus dasturlarni ishlab chiqish, tarqatish yoki ulardan foydalanish  BHMning 15 baravaridan 20 baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi. Bunda huquqbuzarlik sodir etish quroli musodara qilinadi. – Abonent qurilmasining identifikatsiyalash modulini qonuniy ishlab chiqaruvchining yoki uning qonuniy egasining ruxsatisiz o‘zgartirish yoki uning nusxasini yaratish huquqbuzarlik sodir etish qurolini musodara qilib, BHMning 20 baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo'ladi.   – Kripto-aktivlarni qonunga xilof ravishda olish, o‘tkazish yoki ayirboshlash, litsenziya olmasdan kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi xizmatlar provayderlari faoliyatini amalga oshirish 15 sutkagacha ma’muriy qamoqqa olishga yoki ma’muriy qamoq qo‘llanilishi mumkin bo‘lmagan shaxslarga BHMning 20 baravaridan 30 baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi. Bunda kripto-aktivlarni hamda mazkur huquqbuzarliklarni sodir etish qurollari musodara qilinadi. – Kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi xizmatlar provayderlari tomonidan anonim kripto-aktivlar bilan operatsiyalarni amalga oshirish mansabdor shaxslarga BHMning 30 baravaridan 40 baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi. – Mayning faoliyatini belgilangan tartibni buzgan holda amalga oshirish, mazkur huquqbuzarlikni sodir etish qurollarini musodara qilib, 5 sutkagacha ma’muriy qamoqqa olishga yoki ma'muriy qamoq qo'llanilishi mumkin bo'lmagan shaxslarga BHMning 20 baravaridan 30 baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi. – Anonim kripto-aktivlar mayningi bilan shug‘ullanish, kripto-aktivlarni hamda huquqbuzarlik sodir etish qurollarini musodara qilib, mansabdor shaxslarga BHMning 30 baravaridan 40 baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.   Shuningdek, Jinoyat kodeksga kiritilgan qo‘shimchaga ko‘ra, quyidagilarga nisbatan javobgarlik kuchaytirildi: “Tovlamachilik, ya’ni jabrlanuvchiga yoki uning yaqin kishilariga zo‘rlik ishlatish, mulkiga shikast yetkazish yoki uni nobud qilish yoxud jabrlanuvchining axborot resursini yo‘q qilish, o‘zgartirish, egallab olish yoki to‘sib qo‘yish yoki jabrlanuvchi uchun sir saqlanishi lozim bo‘lgan ma’lumotlarni oshkor qilish, uni sharmanda qiladigan uydirmalar tarqatish bilan qo‘rqitib o‘zgadan mulkni yoki mulkiy huquqni topshirishni, mulkiy manfaatlar berishni yoxud mulkiy yo‘sindagi harakatlar sodir etishni talab qilish yoxud jabrlanuvchini o‘zining mulkini yoki mulkka bo‘lgan huquqini berishga majbur qiladigan sharoitga solib qo‘yish uchun jinoiy javobgarlik belgilandi. Yangi qo‘shimcha kiritildi: Kripto-aktivlarni qonunga xilof ravishda olish, o‘tkazish yoki ayirboshlash, belgilangan tartibda litsenziya olmasdan kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi xizmatlar provayderlari faoliyatini amalga oshirish yoxud kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi xizmatlar provayderlari tomonidan anonim kripto-aktivlar bilan operatsiyalarni amalga oshirish shunday harakatlar uchun ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin sodir etilgan bo‘lsa, — bazaviy hisoblash miqdorining 100 baravarigacha miqdorda jarima yoki 2 yildan 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud 1 yilgacha ozodlikni cheklash yoki 1 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.     Asos: O‘zbekiston Respublikasining O‘RQ–899-son Qonuni, 19.01.2024-y.  

Maktabgacha ta'lim agentligi
Osiyo taraqqiyot bankining Oʻzbekistonda DXSh boʻyicha mamlakat (aloqalar o‘rnatish va maslahatchilar bilan tanishish) missiyasi doirasida kelgan hamkorlar va Maktabgacha ta’lim agentligi direktori o‘rinbosari N.Muslitdinov bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuv bo‘yicha 

2024-yil 13-fevral kuni Maktabgacha ta’lim agentligida Maktabgacha ta’lim agentligi direktori o‘rinbosari N.Muslitdinov va Osiyo taraqqiyot bankining Oʻzbekistonda DXSh boʻyicha mamlakat (aloqalar o‘rnatish va maslaxatchilar bilan tanishish) missiyasi doirasida kelgan hamkorlar o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.    Missiyaning maqsadi – Iqtisodiyot va Moliya vazirligining davlat-xususiy sheriklik (DXSh) loyihalari yuzasidan maslahat xizmatlarini ko‘rsatishga qaratilgan vakolatlarini Iqtisodiyot va Moliya vazirligining DXShni rivojlantirish boshqarmasi va tegishli soha vazirliklari bilan muhokama qilishdan iborat. Bundan tashqari, mamlakatdagi davlat sektori institutlari bilan barqaror moliya amaliyoti va ESG tamoyillarini amalga oshirishda rejalashtirilgan yordamni muhokama qilish. Mazkur uchrashuvda tomonlar hamkorlikda "O‘zbekistonda maktabgacha taʼlim muassasalari DXSh asosida qurish va rekonstruksiya qilish" loyihasini amalga oshirishga oid ishlar bo‘yicha muhokama qildilar. Shuningdek, Loyiha direktori (missiya rahbari) janob Muhammad Azim Hoshimiy Osiyo taraqqiyot banki tomonidan tender hujjatlari shakllantirilayotganini va loyiha guruhi mutaxassislariga tegishli ma’lumotlarni taqdim qilishda amaliy yordam berishni so‘radi. Agentlik tomonidan mazkur xafta oxiriga ma’lumotlar o‘rnatilgan tartib va shaklda berilishi ma’lum qilindi.    Shu bilan birga, Dhaval Jamb tomonidan O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan DXSh asosida shunga o'xshash bo‘lgan loyiha bo‘yicha ma’lumotlar berildi va u loyihada uchragan qiyinchiliklarni qaytarmaslik uchun choralar ko‘rilishini ta’kidladi.    Uchrashuv so‘ngida tomonlar tender e’lon qilishga yaqin qolganda xalqaro investorlarni jalb qilish maqsadida Buyuk Britaniyada maxsus  “Road Show” tashkil qilishga kelishishdi.  Uchrashuvda Osiyo taraqqiyot banki tomonidan Muhammad Azim Hoshimiy, Bozorni rivojlantirish bo‘yicha maslahat departamenti direktori ishtirok etdi.   Vazirlik tomonidan Maktabgacha ta’lim agentligi direktori oʻrinbosari N. Muslitdinov ishtirok etdi.   Umuman olganda, uchrashuv samarali o‘tdi va tomonlarga O‘zbekistonda ta’limni rivojlantirish sohasidagi hamkorlik istiqbollarini belgilash imkonini berdi. Ikkala tomon ham kelgusida tezkor ravishda ishlarni tashkil qilishga kelishdi.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Pedagogika kollejlari direktorlari uchun seminar bo'lib o'tdi

Toshkent shahridagi Puchon universitetida Koreya Respublikasidagi Puchon universiteti o‘rtasida o'zaro anglashuv memorandumida nazarda tutilgan Maktabgacha ta’lim agentligi tasarrufidagi pedagogika kollejlari bilan "2+2" ta'lim dasturini amalga oshirish maqsadida pedagogika kollejlari direktorlari uchun o‘quv-seminar bo'lib o'tdi.         Seminar davomida Maktabgacha ta’lim agentligining boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari F.G‘affarov hamda Toshkent shahridagi Puchon universiteti rektori V.V.Namlar tomonidan ushbu ta'lim dasturini joriy etishning maqsad va vazifalarini hamda bu borada pedagogika kollejlari bilan hamkorlikda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar to‘g‘risida ma’lumot berildi. Shuningdek, Toshkent shahridagi Puchon universiteti professor-o‘qituvchilari hamda pedagogika kollej direktorlari tomonidan "2+2" o'quv dasturining taqdimoti namoyon etilib, loyihaning maktabgacha ta'lim tizimi uchun kadrlar tayyorlash imkoniyatlarini batafsil ochib berildi.         Tashrif davomida mehmonlarga universitet faoliyati bilan tanishish, Koreya Respublikasidan taklif etilgan xorijiy mutaxassislar va professor-o‘qituvchilarning dars mashg‘ulotlarini kuzatishdi.         Uchrashuv yakunida tomonlar "2+2" ta'lim dasturini amalga oshirishga qaratilgan qo'shma harakatlar to‘g‘risida kelishib oldilar.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Pedagoglar uchun trenerlarni tayyorlash (ToT) dasturining yopilish marosimi

“O‘zbekistonda pedagog kadrlarni tayyorlash, o‘qitish va rivojlantirish Kompleks markazini tashkil etish orqali maktabgacha taʼlim sohasida faoliyat yuritayotgan pedagoglarning kasbiy kompetensiyalarini oshirish” bo‘yicha Maktabgacha taʼlim agentligi va KOICA (Koreya) o‘rtasidagi loyiha Pedagoglar uchun trenerlarni tayyorlash (ToT) dasturining yopilish marosimi Joriy yining 25-yanvar kuni Maktabgacha taʼlim agentligi va KOICA (Koreya) o‘rtasidagi “O‘zbekistonda pedagog kadrlarni tayyorlash, o‘qitish va rivojlantirish Kompleks markazini tashkil etish orqali, maktabgacha taʼlim sohasida faoliyat yuritayotgan pedagoglarning kasbiy kompetensiyalarini oshirish” qo‘shma loyiha doirasida Pedagoglar uchun trenerlarni tayyorlash (ToT) dasturining yopilish marosimi bo‘lib o‘tdi. 2024-yil 10-yanvardan boshlab 2 hafta muddat ichida master-trenerlar va koreyalik mutaxassislar ishtirokida 35 nafar trenerlar ToT trening dasturi asosida o‘qitildi. Mazkur trening dasturi o‘z ichiga quyidagilarni qamrab oldi: ·       O‘yin orqali taʼlim olish, bola shaxsiga yo‘naltirilgan maktabgacha taʼlim o‘quv dasturining taʼlim va tarbiyaviy ahamiyatini tushunish; ·       Pedagoglarda o‘quv dasturlar asosida taʼlim-tarbiya jarayonini olib borish qobiliyatini kuchaytirish; ·       Tarbiyalanuvchilar bilan muloqot qilish qobiliyatini yaxshilash; ·       Maktabgacha taʼlimda ota-onalar va jamiyatning faolligini oshirish. Shu bilan birga, o‘quv modullarni tanlash maqsadida maktabgacha taʼlim tashkiloti pedagog-kadrlari tomonidan anketa-so‘rovlar o‘tkazilib, mehnat faoliyatida kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirishdagi muammolar tahlili natijasida xorijiy mutaxassislarni jalb etgan holda, o‘quv dasturi ishlab chiqildi. Ikki bosqichda amalga oshiriladigan o‘quv kurslarining yakunida tayyorlangan trenerlar o‘zlari faoliyat olib borayotgan maktabgacha taʼlim tashkilotlari pedagoglarini o‘qitadilar. Marosim yakunida ishtirokchilar trening kurslarni tamomlaganligi haqida sertifikatlar hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

Maktabgacha ta'lim agentligi
O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida

Slayd 884, 887, 888-son.pdf

Maktabgacha ta'lim agentligi
“O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga saylov va referendum o‘tkazish tartibini yanada takomillashtirishga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonun mazmun-mohiyati

“O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga saylov va referendum o‘tkazish tartibini yanada takomillashtirishga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonunning (O‘RQ–883-son, 18.12.2023-y.)  mazmun-mohiyatini yoritish bo‘yicha ANNOTATSIYA Prezident tomonidan imzolangan Qonun (O‘RQ–883-son, 18.12.2023-y.) bilan bir qator qonunchilik hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi. Jumladan, Saylov kodeksiga kiritilgan o‘zgartish va qo‘shimchalarga ko‘ra: ➖ Qonunchilik palatasi deputatlari saylovini o‘tkazish uchun 75 ta hududiy bir mandatli saylov okrugi tuziladi; ➖ Qonunchilik palatasi deputatligiga siyosiy partiyalar tomonidan ko‘rsatilgan nomzodlar ro‘yxati asosida Qonunchilik palatasiga saylov o‘tkazish uchun O‘zbekistonning butun hududi yagona saylov okrugi hisoblanadi; ➖ Partiya ro‘yxati Markaziy saylov komissiyasi tomonidan ro‘yxatga olinganidan keyin, ushbu ro‘yxatga kiritilganlar deputatlikka nomzod maqomini oladi va ularga guvohnoma beriladi; ➖ Partiya ro‘yxatiga kiritilgan nomzodlar ushbu siyosiy partiyaning a’zolari yoki partiyasiz bo‘lishi mumkin. Boshqa siyosiy partiyaning a’zolari ushbu ro‘yxatga kiritilishi mumkin emas; ➖ deputatlikka nomzodlarni tanlash tartibi siyosiy partiyalar tomonidan belgilanadi; ➖ ayollarning soni bir mandatli saylov okruglari bo‘yicha, shuningdek partiya ro‘yxati asosida siyosiy partiyadan ko‘rsatilgan deputatlikka nomzodlar sonining kamida 40 foizini tashkil etishi kerak. Bunda partiya ro‘yxatidagi ketma-ketlikda kamida har 5 nafar nomzodning ikki nafari ayol kishi bo‘lishi lozim. Shuningdek, yagona saylov okrugi bo‘yicha saylanadigan Qonunchilik palatasining deputatlik o‘rinlari ushbu saylovda ishtirok etgan saylovchilar ovozlarining 7 va undan ko‘proq foizini to‘plagan siyosiy partiyalar o‘rtasida taqsimlanadi. Agar saylovda ishtirok etgan saylovchilar ovozlarining 7 va undan ko‘proq foizini faqat bitta siyosiy partiya to‘plagan bo‘lsa, unda deputatlik o‘rinlari saylovda saylovchilarning eng ko‘p ovozini to‘plagan ikkinchi siyosiy partiyaga ham taqsimlanadi. Markaziy saylov komissiyasi deputatlik mandatlarini siyosiy partiyalar o‘rtasida taqsimlash to‘g‘risida bayonnoma tuzadi. Partiya ro‘yxati bo‘yicha saylangan deputatlar o‘rtasida deputatlik mandatlarini taqsimlash Markaziy saylov komissiyasi tomonidan ro‘yxatga olingan partiya ro‘yxatiga kiritilgan deputatlikka nomzodlar ketma-ketligiga muvofiq amalga oshiriladi. Shuningdek, “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Reglamenti to‘g‘risida”gi Qonunga kiritilgan o‘zgartirishlarga ko‘ra,  Qonunchilik palatasining kamida 5 nafar deputati fraksiya tuzish huquqiga ega (ilgari kamida 9 nafar edi). Manba: O‘zbekiston Respublikasining O‘RQ–883-son Qonuni, 18.12.2023-y. 

Вид сайта
Размер шрифта