Yangiliklar
Maktabgacha ta’lim agentligi tomonidan sohani raqamlashtirish, elektron xizmatlar ko‘lamini kengaytirish va yangi xizmatlarni joriy etish bo‘yicha muntazam ravishda ishlar olib borilmoqda. Xususan, MTT tashkilotlarini yagona bazasini hamda MTTlarining dastlabki ma’lumotlari (quvvati, hududi, bino, inshootlar maydoni va h.k) o‘z ichiga olgan MTT pasporti moduli ishlab chiqilib, barcha ma’lumotlarni elektron tarzda shakllantirish ishlari boshlandi. MTTlarida “Yagona mavsumiy taomnoma” asosida tarbiyalanuvchilar davomatidan kelib chiqib oziq-ovqat xarajatlarini elektron tarzda hisoblash amaliyotga tatbiq etildi. Bola ta’minoti uchun ota-onalar to‘lovini elektron hisobga olish tizimini joriy etilib, to‘lovlar qabul qilinganligini tasdiqlovchi hujjatning (chek, hisob-faktura) to‘lovchiga taqdim etish moduli ishlab chiqildi. MTT xodimlari va tarbiyalanuvchilarining davomatdan o‘tgan tasvirlari sun’iy intellektning “deep learning inference” (chuqur o‘rganish) metodi orqali haqiqiylikka tekshirish yo‘lga qo‘yildi. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 2-avgustdagi “Maktabgacha taʼlim sohasida davlat-xususiy sheriklik munosabatlarini zamonaviy raqamli texnologiyalar yordamida soddalashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 426-son qarori asosida, 2022-yil 1-sentabrdan boshlab DXSh asosida faoliyat yuritayotgan MTTlarida, shu jumladan, oilaviy nodavlat MTTlarida davlat budjeti mablagʻlari hisobidan subsidiyalar xodimlarning ishga kelib-ketishi hamda tarbiyalanuvchilarning davomatidan kelib chiqib Nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarini boshqarish axborot tizimida (NMTTBAT) avtomatik ravishda hisoblab chiqilishi belgilandi.Bunda, xodim va tarbiyalanuvchilarning davomati shaxsni biometrik identifikasiya qilish texnologiyasi orqali mobil ilova yordamida yuritiladi. NMTTBAT Davlat byudjeti mablagʻlari hisobidan subsidiyalar va kompensatsiyalar miqdorlarini xodimlarning ishga kelib-ketishi hamda tarbiyalanuvchilarning davomatidan kelib chiqib har oy avtomatik ravishda hisoblab chiqadi va ularni moliyalashtirish uchun elektron toʻlov hujjatlarni Iqtisodiyot va moliya vazirligining axborot tizimlariga joʻnatadi. Subsidiyalar va kompensatsiyalar miqdorlari avtomatik ravishda hisoblanishi natijasida tadbirkorlar tomonidan har oy buyurtma hisobotlari topshirishdagi byurokratik ovoragarchiliklar va qogʻozbozlik yoʻqoldi.
BatafsilMaktabgacha ta'lim agentligi tomonidan pedagog kadrlar salohiyatini oshirish, xususan, ularning jamiyatdagi mavqelarini mustahkamlash borasida tizimli ishlar amalga oshirib kelinmoqda. Joriy yilda, 14742 nafar rahbar va pedagog kadrlarning, shundan, maktabgacha ta’lim tashkilotlarining 14 139 nafar, pedagogika kollejlarining 603 nafar pedagog kadrlarining malakasini oshirish rejalashtirilgan. Shu bilan birga, Maktabgacha ta’lim tashkilotlari rahbar va pedagog kadrlarining kasbiy kompetensiyasini rivojlantirish hamda o‘quv dasturlarini takomillashtirish orqali ta’lim sifatini ta’minlash jarayonlari samaradorligini oshirish maqsadida xorijiy mutaxassislarni jalb etgan holda maktabgacha ta’lim tashkilotlarining 14 mingdan ziyod xodimlarini (40 soatga mo‘ljallangan) qisqa muddatli malaka oshirish kurslarida o‘qitish yo‘lga qo‘yildi. Jumladan, Jahon banki bilan hamkorlikda “Bolalarni erta yoshdan rivojlantirishni takomillashtirish” loyihasida jahon banki bilan hamkorlikda xorijiy mutaxassislarni jalb qilingan holda ishlab chiqilgan 40 soatga mo‘ljallangan muddatli malaka oshirish bo‘yicha pedagoglarni o‘qitilishi 2023 yil avgust-noyabr oylarida uch bosqichda o‘qitish orqali 14 ming pedagoglarni malakasini oshirishga erishiladi. 2019-yildan boshlab Maktabgacha ta’lim agentligi tizimidagi yuqori malakali davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari metodist-tarbiyachilari va tarbiyachilari aniqlash hamda rag‘batlantirish, ularning pedagogik mahorati va ijodiy qobiliyatini rivojlantirish, ilg‘or tajribalarni keng ommalashtirish, pedagogik faoliyatning nufuzini yanada oshirish, kasbiy faoliyatida ijodkorlik va sog‘lom raqobat muhitini yaratish maqsadida “Yilning eng yaxshi tarbiyachisi” respublika tanlovi o‘tkazilib kelinmoqda. Joriy yilda “Yilning eng yaxshi tarbiyachisi-2023” kasbiy ko‘rik tanlovining birinchi bosqichi 14-19 avgust kunlari tuman/shahar miqyosida o‘tkazilmoqda. Respublika bosqichida har bir nominatsiya bo‘yicha birinchi, ikkinchi va uchinchi o‘rinlarni egallagan o‘rta maxsus, kasb-hunar ma’lumotiga ega bo‘lgan g‘oliblar O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalarining «Maktabgacha ta’lim» yo‘nalishiga o‘qishga kirishda imtiyozga ega bo‘ladi. Shu bilan birga, maktabgacha ta’lim tashkilotlari pedagog kadrlarning sifatini oshirishga qaratilgan hududlarda maktabgacha ta’lim tashkilotlari pedagog kadrlar va pedagogika kollejlari mutaxassislariga o‘quv-metodik va didaktik materiallardan foydalanish mavzusida amaliy-seminarlar tashkil etildi. Xorijiy mutaxassislarni jalb etgan holda seminar-treninglar, o‘quv kurslari muntazam o‘tkazilib kelinmoqda. Jumladan, Toshkent shahridagi Puchon universitetida, YUNISЕF va Jahon banki bilan hamkorlikda seminar-trening o‘tkazildi.
MTT ga moslashuv davri jajji bolalar uchun jiddiy sinovdir: tanish oilaviy muhitdan u o'zi uchun yangi sharoitga o’tadi, bu muqarrar ravishda bolaning xatti-harakatlarining o'zgarishiga, uyqu va ishtahaning buzilishiga olib keladi. Bolaning 1-3 yoshlik payti onadan ajralishga yuqori sezuvchanlik va yangi narsaga qo‘rquv bilan tavsiflanadi. Shuning uchun, MTT ga moslashuvni imkon qadar osonlashtirish va yumshatish uchun mutaxassis va tajribali onaning maslahatlarini e’tiboringizga havola etamiz. Nilufar Djumayeva, Navoiy shahar 26-DMTT psixologi: Bolani MTTga moslashuvini yaxshilashda avvalambor MTTdagi muhit katta rol o‘ynaydi. Aksariyat bolalar uchun bog‘chaga borish ular hayotidagi ilk murakkab stress bo'lishi mumkin. Moslashuv jarayoni ma’lum vaqt davom etadi:ba’zi bolalar bog‘chaga tez ko‘nikadilar, ayrimlariga ozroq muddat talab qilinadi. Bolani MTT ga qabul qilish bilan uning hayotida ko‘plab o‘zgarishlar yuz beradi: qat’iy kun tartibi, ota-onalarning MTTda bo’lmasligi, xulq-atvorga yangi talablar, yangi xona, tengdoshlar bilan doimiy aloqa. Bu o‘zgarishlarning barchasi bir vaqtning o‘zida bola bilan yuz beradi va shuning uchun stressli vaziyatni yaratadi. Masalan:injiqlik, qo‘rquv, ovqatdan bosh tortish, uyga talpinish. Bolaning moslashuvi 7 kun, 10 kun 1 oy,1 yilgacha davom etadi. Bola moslashuvida asosan ota-ona va tarbiyachi rol o‘ynaydi. Bola kelganda birinchi navbatda tarbiyachiing mehribonligi, samimiyligi, xushmuomalaligi, erkalashi bilan bolani o‘ziga jalb eta olishi uning tez moslashuviga yordamlashadi. Shuningdek, moslashuvning davomiyligi bolaning rivojlanish darajasiga ham bog‘liq, agar bola bilan uyda tizimli ravishda ota-ona, yaqinlari shug‘ullangan bo‘lsa, muloqotga kirishimli va mustaqil bo‘lsa (o‘zi mustaqil hojatga chiqa olishi, qoshiq ushlay olishi, so‘rg‘ichdan ajralgan bo‘lishi, kiyimlarini yechib-kiyishi) guruhdagilar bilan tezda aloqa o‘rnatadi, mazmunli o‘yinlar bilan o‘zini tuta oladi, faol bo‘ladi va tez moslashadi. Elnora Akramova, ona: Ikkita farzandimda bog‘chaga moslashuv har xil kechgan. Katta o‘g‘lim uyda yagona nabira bo‘lgani uchun hamma e’tibor unda bo‘lgan. Ko‘chada kam o‘ynardi shuning uchun bolalar bilan ham chiqishmasdi, o‘yinchoqlarni bo‘lishib o‘ynash “fojia” edi (kuladi). Shuning uchun bog‘chaga borish unga yoqmadi, axir uyida hamma narsa muhayyo bo‘lsa, istaganini qilsa albatta uy yaxshi edi-da! 1 oy davomida ko‘z yoshlar, janjal-to‘polon bilan olib bordik. Keyin malakali tarbiyachilar ancha o‘rgatib olishdi, har kuni ming “hiyla” bilan olib qolishar edi. Kichik o‘g‘limda esa chiqargan sabog‘imdan foydalanib, bog‘cha yoshigacha uni ancha mustaqil qildim, tengdoshlari bilan ko‘chada o‘ynatdim, erkaliklarini birin-ketin tartibga soldim. Natijada, MTTga jon deb bordi, hatto MTT bilan tanishuvga olib borganimda qolaman deb yig‘lagan. Shulardan kelib chiqib ayta olamanki, MTTga bolani moslashuvida ota-ona va tarbiyachining roli 50 ga 50 bo‘lishi kerak. Moxira Beknazarova, Sirdaryo viloyati 11-sonli DMTT metodisti: Ota-onalarga bolani MTT ga moslashuv davrida amal qilish lozim bo‘lgan tavsiyalarimni berib o‘taman: Uydagi kun tartibini MTT guruhi rejimiga moslashtiring; MTTga borish arafasida asabiylashmaslikka, xavotiringizni ko'rsatmaslikka harakat qiling; MTTning menyusi bilan tanishing va uyda bolaning ratsioniga yangi taomlarni kiriting; Iloji boricha, bolani mustaqil bo'lishga o'rgating; Bolaning oldida MTT xodimlarini tanqid qilmang, nimadir sizni qoniqtirmayotgan bo‘lsa, alohida gaplashib oling; Dam olish kunlarida farzandingizning kun tartibini keskin o‘zgartirmang; Farzandingizda biror yomon odat bo'lsa, uni aynan moslashuv davrida bartaraf etishga urinmang, bu bolani battar injiq qilib qo’yadi; Bir muddat televizor ko'rishini kamaytiring; Bolani emotsional jihatdan qo'llab-quvvatlang: maqtang, arzimagan yordamini ham katta qilib ko‘rsating; Jazolamang, ayniqsa, bolani bog’cha bilan "qo'rqitmang", o'z vaqtida uyga olib keting; Uning injiqliklariga toqatliroq bo'ling
Ijtimoiy tarmoqlarda “Maktabgacha ta’lim tizimiga kimdir e’tibor qiladimi? sarlavhasi ostida maqola e’lon qilindi. Murojaat Maktabgacha ta’lim agentligi tomonidan nazoratga olinganligi va o‘rganish ishlariga yo‘naltirilganligini ma’lum qilamiz. O‘rganish yakunlariga ko‘ra batafsil ma’lumot beriladi.
“Yilning eng yaxshi tarbiyachisi-2023” kasbiy ko‘rik-tanlovini 2023-yil avgust-sentabr oylari davomida uch bosqichda o‘tkaziladi. birinchi bosqich – tuman (shahar) miqyosida 2023-yil 14-19-avgust kunlari; ikkinchi bosqich – Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahar va viloyatlar miqyosida 2023-yil 4-9-sentabr kunlari; uchinchi bosqich – Respublika miqyosida 2023-yil 20-21-sentabr. O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Maktabgacha ta’lim agentligi tizimidagi yuqori malakali davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari metodist-tarbiyachilari va tarbiyachilari aniqlash hamda rag‘batlantirish, ularning pedagogik mahorati va ijodiy qobiliyatini rivojlantirish, ilg‘or tajribalarni keng ommalashtirish, pedagogik faoliyatning nufuzini yanada oshirish, kasbiy faoliyatida ijodkorlik va sog‘lom raqobat muhitini yaratish maqsadida “Yilning eng yaxshi tarbiyachisi-2023” respublika tanlovi quyida oltita nominatsiyada o‘tkaziladi. a) “Eng yaxshi metodist”, bunda oliy ma’lumotli metodistlarning maktabgacha ta’lim tizimiga oid yaratgan ilg‘or o‘qitish metodikasi bo‘yicha ishlari ko‘rib chiqiladi; b) “Eng yaxshi fidokor tarbiyachi”, bunda oliy ma’lumotli tarbiyachilarning maktabgacha ta’lim tashkilotida zamonaviy bilimlarga ega, kasbiy faoliyatiga yangicha yondashgan, ta’lim-tarbiya jarayonida fidoyilik va jonkuyarlik ko‘rsata olgan, shuningdek, o‘z faoliyati bilan barchaga o‘rnak bo‘lgan o‘zining ilg‘or tajribasiga ega, shaxsiy fazilatlari bilan ajralib turadigan yutuqlari ko‘rib chiqiladi. v) “Eng ijodkor-ixtirochi tarbiyachi”, bunda o‘rta maxsus ma’lumotga ega bo‘lgan tarbiyachining maktabgacha ta’lim tashkiloti ta’lim va tarbiya jarayonining sifatini oshirishga xizmat qiladigan yangiliklari, yaratgan ijodiy ishlari, videoroliklari, ko‘rgazmali va didaktik materiallari bo‘yicha yutuqlari ko‘rib chiqiladi; g) “Innovatsiya va axborot texnologiyalarini qo‘llaydigan eng yaxshi tarbiyachi”, bunda o‘rta maxsus ma’lumotga ega bo‘lgan tarbiyachining ta’lim va tarbiya jarayonida pedagogik innovatsiya va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari hamda ijtimoiy tarmoqlardan samarali qo‘llashga oid ishlari ko‘rib chiqiladi; d) “Eng yaxshi eko-targ‘ibotchi tarbiyachi”, bunda o‘rta maxsus ma’lumotga ega bo‘lgan tarbiyachining ta’lim va tarbiya jarayonida bolalarga ekologik bilim va tarbiya berishdagi noan’anaviy yondashuvlari, ekologik ta’lim-tarbiya va ekologik madaniyatni shakllantirish borasida yaratgan yangi ijodiy mahsulotlari, ta’limiy materiallarini ta’lim-tarbiya jarayoniga joriy etilishi bo‘yicha erishgan yutuqlari ko‘rib chiqiladi; e) “Eng yaxshi ma’naviy kamolotga yetaklovchi tarbiyachi”, bunda, o‘rta maxsus ma’lumotga ega bo‘lgan tarbiyachining yosh avlodni ma’naviy-axloqiy tarbiyalashda xalqimizning boy milliy, maa’naviy-tarixiy an’analariga, urf-odatlari hamda umumbashariy qadriyatlariga asoslangan samarali tashkiliy, pedagogik shakl va vositalarni ishlab chiqib amaliyotga joriy etganligi bo‘yicha erishgan yutuqlari ko‘rib chiqiladi. Tanlovning “Eng yaxshi metodist” nominatsiyasiga davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida metodist lavozimida hamda “Eng yaxshi fidokor tarbiyachi” nominatsiyasiga davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tarbiyachi lavozimida faoliyat olib borayotgan oliy ma’lumotli va boshqa to‘rtta nominatsiya bo‘yicha tarbiyachi lavozimida faoliyat olib borayotgan o‘rta-maxsus ma’lumotli kamida 3 (uch) yillik pedagogik stajga ega bo‘lgan pedagog kadrlar, ya’ni metodist va tarbiyachilar ishtirok etadi. Tanlovning birinchi bosqichida ishtirokchilar soni chegaralanmaydi. Har bir metodist va tarbiyachi faqat bitta nominatsiya bo‘yicha qatnashish huquqiga ega. Maktabgacha ta’lim agentligi tizimidagi davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarining metodist va tarbiyachilari ta’lim tashkiloti joylashgan tuman (shahar)dagi birinchi bosqichdan boshlab ishtirok etadi. Tanlovda ishtirok etish istagini bildirgan metodist va tarbiyalar faoliyat yuritayotgan davlat maktabgacha ta’lim tashkilotining pedagogik kengashi xulosasiga asosan quyidagi hujjatlarni tuman (shahar) maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limlarining tanlovni o‘tkazish bo‘yicha tashkiliy qo‘mitasiga taqdim etadi: - pasport nusxasi; - mutaxassisligini tasdiqlovchi hujjat nusxasi; - amaldagi malaka toifasini tasdiqlovchi hujjat nusxasi; - maktabgacha ta’lim tashkilotining nomzodni tanlovda ishtirok etish uchun Tavsiyanomasi; - my.mehnat.uz platformasidan olingan mehnat faoliyati to‘g‘risidagi ma’lumotnoma. Taqdim etilishi kerak ma’lumotlari to‘liq bo‘lmasa yoki noto‘g‘ri taqdim etilgan bo‘lsa ishtirokchi tanlovdan chetlatiladi. Tanlovning har bir bosqichida eng yuqori ball to‘plagan ishtirokchilar orasidan bir nafardan 1-, 2-, 3-o‘rin g‘oliblari aniqlanadi. Tanlovning birinchi va ikkinchi bosqichida 1-o‘rinni egallagan ishtirokchilar tanlovning keyingi bosqichida ishtirok etadi. Tanlovning uchinchi bosqichida har bir nominatsiya bo‘yicha birinchi, ikkinchi va uchinchi o‘rinlarni egallagan o‘rta maxsus, kasb-hunar ma’lumotiga ega bo‘lgan g‘oliblar O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalarining «Maktabgacha ta’lim» yo‘nalishiga o‘qishga kirishda imtiyozga ega bo‘ladi.
O'zbekistonda o'qituvchilarning kasbiy malakasini oshirish orqali erta ta'lim sifatini qo'llab-quvvatlash Expert va Master trenerlarni tayyorlash Dasturi Aralash ta'lim yondashuvidan foydalangan holda O’yinga asoslangan ta’lim Modul Ushbu 5 kunlik (40 soat) maqsadli yo’naltirilgan amaliy mashgulotlarda ishtirok etish orqali ishtirokchilar o'yinga asoslangan ta’lim modulini joriy qilish boyicha aralash ta'lim yondashuvidan foydalanishni o’rganishga muvaffaq bo’ladilar (Erta ta'lim sifatini oshirishda o'qituvchilarni kasbiy malakasini oshirish dasturining 1-moduli). Besh kunlik trening yakunida ishtirokchilar qodir buladi : · Erta ta'lim tizimlarida sifatning asosiy xususiyatlarini va maktabgacha tarbiyachilarning ushbu sifat maqsadlariga erishishdagi rolini tavsiflash. · Sifatli erta ta'lim xizmatlarining negizida aynan bolaga yo’naltirilgan ta’lim tajribalari muhim ahamiyatga ega ekanligini tushunish. · O'yinga asoslangan pedagogika bolalarga yo'naltirilgan amaliyotlarda juda muhimligini tushuntirish. · O'yinga asoslangan pedagogika nima ekanligini va u bolalarning o'qishi va rivojlanishini qanday qo'llab-quvvatlashini aniqlash. · O'yin orqali o'rganishni qo'llab-quvvatlash uchun rag'batlantiruvchi tadbirlarni tavsiflash va namoyish etishga muvaffaq boladilar. Quyidagi ko'nikmalarni rivojlantirgan holda ular: · Hududiy darajadagi murabbiylarni tayyorlash maqsadida tumanlarda o'qituvchilarini o'qitish va qo’llab quvvatlagan holda aralash ta’lim, jumladan yuzma-yuz va onlayn o'qitish yondashuvi (Moodle yordamida) va qo’shimcha vositalar (telegram, zoom, google hujjatlar) yordamida 1-Modul bo’yicha o'yinga asoslangan ta’lim treningni fasilitatsiya[1] qilish ya’ni maqsadli yo’naltirilgan holda amalga oshiradilar. · Dasturning samarasi va sifatli natijalarga ega bo’lishda trening ishtirokchilariga samarali usullardan foydalangan holda murabbiylik va mentorlik yordamini taqdim etish (yuzma-yuz yoki onlayn) hamda O'qituvchilarni ta’lim doiralarini tashkil etishga (tuman darajasida) rahbarlik qiladilar va kasbiy (tengdosh) ta'limni rag'batlantirib qo'llab-quvvatlaydilar. · O'qituvchilarning doimiy o'sishi va rivojlanishi uchun o'z ustida ishlash amaliyotini rag'batlantirish. Birinchi kun: o'qituvchilarning kasbiy malakasini oshirish fasilitatsiya ko'nikmalarini rivojlantirish yuli bilan. Bu erda yoritiladigan asosiy mavzularga quyidagilar kiradi: · Kattalar ta'limining yondashuvlari va tamoyillari. · Ta’lim tsiklini haqida tushuncha hosil qilish (tajriba va reflekslar) · O'yinga asoslangan ta'lim va o'quvchiga yo’naltirilgan amaliyotni modellashtirish. · Yoshi katta tinglovchilar uchun samarali o'rganishga yo'naltirilgan muhit yaratish. · O'qituvchilarning amaliy ko’nikmalarini kuchaytirish maqsadida murabbiylik, mentorlik va o'qituvchilar to'garaklaridan foydalanish. · Texnik vositalarni o'rganish va ulardan foydalanish. Ikkinchi kun: Erta ta'lim sifati va o'yinga asoslangan pedagogikaga kirish (nazariy asos) Bu erda yoritiladigan asosiy mavzularga quyidagilar kiradi: · Erta ta’limda sifatning ahamiyati qanday? · Erta ta'lim sifatini qo'llab-quvvatlashda o'qituvchining ro’li · O'yinga asoslangan ta'lim nima va nima uchun sifatni o'rganish muhim? (Uning asosiy tamoyillari nima?) · O'yinga asoslangan fikrlashni joriy qilish (qanday qilib o'rganish va o'qitishni qayta ko'rib chiqishimiz mumkin) · O'yin doirasi va u o'qituvchi amaliyoda nimani anglatishini o'rganish. · O’yinga asoslangan ko'rsatkichlarni o’rganish va Ilk Qadam Uchinchi kun: O'yinga asoslangan pedagogika va uning amaliyoti haqidagi bilimlarini concepciya: o'yinga asoslangan pedagogikadan bilimlarni chuqurlashtirish va amalltiyotda bajarish Bu erda yoritilishi kerak bo'lgan asosiy mavzular: • O'yinning asosiy tushunchalarini o'rganish va tajriba qilish. • O'yin spektrini va bu o'qituvchi amaliyoti uchun nimani anglatishini o'rganish. • O'yinga asoslangan ko'rsatkichlarni va Ilk Qadamni o'rganish. • Maktabgacha ta'lim muassasasida o'yin o'rganishni qo'llab-quvvatlash uchun darslarni loyihalash. • Sohada amaliyotga tatbiq etish va o'qitishga tayyorgarlik ko'rish uchun Play Boxes va ularning mazmuni orqali ishlang. To'rtinchi kun: Modulni amalga oshirishni qo'llab-quvvatlash uchun turli ko'nikmalar Bu erda yoritiladigan asosiy mavzularga quyidagilar kiradi: · Bolalarning o'rganishi uchun scaffolding mahoratini mustahkamlash. · Bilim va ko‘nikmalarni amaliyotda qo‘llash: o‘yinga asoslangan ta’lim nazariyasini Ilk Qadam dasturga qo‘llash. · O'sish va o'rganishni rag'batlantirish uchun murabbiylik siklini qo'llash. · O'yinga asoslangan ta'lim uchun guruhlarda va tashqi muhitdan foydalanishni rag'batlantirish. · O'yinni rag'batlantirish uchun kundalik buyumlar va materiallardan foydalanish. · Bolalarning ta'lim yutuqlarini o'lchash va baholash. · Sohada amaliyotga tatbiq etish va o'qitishga tayyorgarlik ko'rish uchun Play Boxes va ularning mazmuni orqali ishlang. Beshinchi kun: bilimlarni va kunikmalarni birlashtirish – amalga oshirishga tayyorgarlik. Bu kun mashqlarga qaratilgan. Ishtirokchilar so'nggi to'rt kun ichida o'rganganlarini namoyish etish imkoniyatiga ega bo'ladilar. Topshiriqlar qisqa taqdimotlar qilish, shuningdek, simulyatsiya qilingan muhitda o'yin jarayoni orqali o'rganishni o'z ichiga oladi. Ushbu tadbirlar baholanadi va ularni mutaxassis va katta murabbiy sifatida umumiy tayyorgarliklarining ajralmas qismi hisoblanadi. Amaliyotga kirishga tayyorlanish. Ishtirokchilar amaliyotga kirganda, rivojlantirilgan ko’nikmalarni qanday qilib tadbiq qilish va barcha vositalarini tayyorlashni aniq bilishlari uchun ro'yxatlar va manbalarni tayyorlaydilar. Qo'shimcha ta'limni qo'llab-quvvatlash: · Murabbiylik va mentorlik: yuzma-yuz mashg'ulotlardan tashqari, ishtirokchiga yakkama-yakka murabbiylik va mentorlik qilish imkoniyati taqdim etiladi. Bu ularga ta'limni chuqurlashtirish va amaliyotini mustahkamlash imkoniyatini beradi. · Onlayn platformaga kirish va undan foydalanish: o'quv natijalarini qo'llab-quvvatlash va ishtirokchilarni aralash ta'lim yondashuvining barcha vositalari va mazmuni va o'yin orqali o'rganish moduli bilan tanishtirish uchun ular o'quv dasturi davomida Moodle platformasiga jalb qilinadilar. Har kuni platforma orqali ishlash uchun bir soat ajratiladi. Bu jarayon ularning bilimlarini kuchaytirgan holda, ularni platformaning imkoniyatlari bilan yaqindan tanishtiradi. [1]Ishtirokchilarning Murabbiy nazorati ostida har bir modul boyicha o’quv dastur vazifalarini mustaqil ravishda bajarib, belgilab berilgan ta’lim resurslaridan foydalanishlari mumkin bolgan ish jarayoni. Bunda Murabbiylar o’quvchilarni belgilangan ko’nikmalarni rivojlantirib vazifalarni samarali bajarishlarida savollarga javob berib ularni to’gri yo’naltirib turadilar.
Bugun Maktabgacha ta’lim agentligi tomonidan joriy yilning 6 oyi davomida amalga oshirilgan ishlar hisobotiga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Unda maktabgacha ta’lim tizimining turli yo‘nalishlari bo‘yicha faoliyati sarhisob qilindi. Matbuot anjumani davomida quyidagilar ma’lum qildi: Xususan, 2023-yil iyul holatida jami 30 792 ta maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyati yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, ularning 6 734 tasi davlat va 24 058 tasi nodavlat (789 ta xususiy, 21 941 ta oilaviy va DXSH asosidagi 1 328 ta nodavlat MTT) maktabgacha ta’lim tashkilotlaridir. Shuningdek, MTTlarda 2 111 487 nafar yoki 72 foiz bolalar maktabgacha ta’limga qamrab olingan bo‘lib, shundan 647 655 nafar 6 yoshli bolalarning 563 331 nafari 2023-2024 o‘quv yilida maktabga chiqadiganlarni tashkil etadi. Joriy yilning may oyida qayta jihozlangan 7 ta ISUZU HC-40 avtobuslari Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlariga yuborildi. Natijada mobil guruhlar bazasida maktabgacha ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha 156 ta MFYlarda 72 ta ISUZU HC-40 avtobuslari bazasida tashkil etilgan 429 ta mobil guruhlarida 7 000 nafarga yaqin 3 yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan bolalar qamrab olindi. 1 iyul holatiga ko‘ra, respublikada jami umumiy quvvati 650 guruhga mo‘ljallangan 74 ta ko‘p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkilotlari mavjud, ularda 576 guruh (88,6%) faoliyat ko‘rsatmoqda va 6 077 nafar rivojlanishida jismoniy yoki psixik nuqsonlari bo‘lgan tarbiyalanuvchilar tarbiyalanmoqda. 2022-2023 o‘quv yili davrida Maktabgacha ta’lim agentligi va Sog‘liqni saqlash vazirligining malakali mutaxassislari ishtirokida tashkil etilgan tibbiy-psixologik-pedagogik komissiya tomonidan 8 976 nafar bola ko‘rikdan o‘tkazildi va 7 804 nafar bolaga davlat ko‘p tarmoqli ixtisoslashtirilgan MTTlarga xulosa-yo‘llanma berildi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023 yil 23 martdagi 47-sonli bayonida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida, gigiyenik me’yorlarga va “Aqlvoy oshpaz” reseptlar to‘plamidan foydalangan holda 10 kunlik yagona mavsumiy taomnoma ishlab chiqildi va aprel oyida Toshkent shahridagi 4 ta MTT tajriba sinovidan o‘tkazildi.Aniqlangan kamchiliklarni inobatga olib O‘zbekiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasining “Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tarbiyalanuvchilarni sog‘lom ovqatlantirishni tashkil etish uchun yagona mavsumiy taomnomalarni tasdiqlash va amaliyotga joriy qilish to‘g‘risida” 2023-yil 23-maydagi 1 va 12 sonli qo‘shma qarori qabul qilindi. 2023-yilning birinchi yarim yilligida tadbirkorlar tomonidan 5 486 ta ariza kelib tushgan. Shundan, 2 089 ta loyiha ma’qullangan, 1 846 ta loyiha bo‘yicha bitim imzolangan. Natijada 59 072 ta yangi quvvat, 4 615 ta yangi ishchi o‘rin yaratildi. Shu bilan birga, 3 270 ta arizaga rad javobi berildi. Quvvati 41 920 nafar bolani qamrab olishga mo‘ljallangan 1 310 ta oilaviy MTTlar o‘z faoliyatini boshladi. Respublikadagi 740 ming nafarga yaqin tarbiyalanuvchilarni qamrab olgan 21 mingdan ortiq nodavlat (jumladan, oilaviy MTT) maktabgacha ta’lim tashlotlariga davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan 1,2 trln. so‘m miqdorda subsidiyalar ajratildi. 2023-yilning 10-18-mart kunlari AQSH qishloq xo‘jaligi agentligining “Bolalar ta’limi uchun MakGovern-Doul xalqaro oziq-ovqat dasturi” doirasida Mehribonlik korpusi (Mercy Corps) xalqaro nodavlat notijorat tashkilotining O‘zbekistondagi filiali Maktabgacha ta’lim agentligi bilan hamkorlikda Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Surxondaryo viloyatidagi 60 ta maktabgacha ta’lim muassasasining umumiy ovqatlanish shahobchalari, sanitariya-gigiyena ob’yektlari infratuzilmasi, suv ta’minoti yaxshilandi. Joriy yilning 25-iyun-8-iyul kunlarida Maktabgacha ta’lim agentligi va Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA) o‘rtasidagi hamkorlik doirasida O‘zbekiston Respublikasining maktabgacha ta’lim sohasidagi 15 nafar mutaxassisi SOON CHUN HYANG universitetida malaka oshirish uchun Koreya Respublikasiga yuborildi. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida 2023 yilda 152 897 nafar rahbar va pedagoglar faoliyat yuritmoqda (bu ko‘rsatkich 2022 yil yakunida 151 746 nafarni tashkil etgan). Jami pedagoglarning 115 130 nafari (75,3%) davlat va 37 767 nafari (24,7%) nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga to‘g‘ri keladi. 2023 yilning yanvar-iyun oylari davomida maktabgacha ta’lim tashkilotlarining 7828 nafar rahbar va pedagog kadrlarning hamda pedagogika kollejlarining 71 nafar pedagog kadrlarining malakasi oshirildi. Maktabgacha ta’lim agentligi tasarrufidagi 2 ta oliy ta’lim muassasalari - Toshkent shahridagi Puchon universitetida 1 426 nafar, A.I.Gersen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universitetining filialida 612 nafar talaba tahsil olmoqda. Matbuot anjumani yakunida OAV vakillari o‘zlari qiziqtirgan savollarga javoblar olishdi.
Ijtimoiy tarmoqlarda Namanganda bog‘cha tarbiyalanuvchilari ovqatdan zaharlanganligi haqida xabarlar tarqaldi. Aniqlanishicha, joriy yilning 25 - iyul kuni Namangan viloyati, Uychi tumanidagi “Gulshan” nomli oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotining tarbiyalanuvchilari uyqudan uyg‘ongach, 3 nafar tarbiyalanuvchilar ko‘ngil aynashi va qorin og‘rig‘iga shikoyat qilgan. 50 o‘rinli NMTTda bugungi kunda 48ta tarbiyalanuvchi qamrab olingan. Tashkilotdagi bir guruh 15 nafar tarbiyalanuvchilari shu zahoti oshqozon-ichak faoliyati funksiyasi buzilishida gumonlanib, tuman shifoxonasiga olib borilgan va darhol tekshiruvdan o‘tkazilgan. Natijada 2 nafar tarbiyalanuvchilarda sifati tez buziluvchi mahsulotni iste’mol qilishi oqibatida oshqozon-ichak faoliyati funksiyasi buzilishi kuzatilgan, tuman tibbiyot birlashmasining bolalar yuqumli kasalliklari bo‘limiga yotqizilgan. Qolgan 13 nafar tarbiyalanuvchining holati yaxshi bo‘lganligi uchun o‘sha kunning o‘zida uylariga ketishlariga shifokorlar tomonidan ruxsat berilgan. Shifoxonada qolgan 2 nafar tarbiyalanuvchilar barcha zaruriy muolajalar ko‘rsatilib butunlay sog‘ayganidan so‘ng 26 - iyul kuni uylariga ketishga ruxsat berilgan. Hozirda bolalarning hammasi o‘zini sog‘lom his qilib, Uychi tumanidagi “Gulshan” nomli oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotida ta’lim-tarbiya jarayonlarida ishtirok etishmoqda. Namangan viloyati, Uychi tumanidagi maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limiga qarashli barcha davlat va nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari mas’ullariga ta’lim tashkilotlariga sifati tez buziluvchi mahsulotlarni olib kirmaslik, tarbiyalanuvchilarga turli gazli ichimliklarni ichirmaslik, unli oziq-ovqat mahsulotlariga alohida e’tibor qaratish bo‘yicha ogohlantirilib, tushuntirish ishlari to‘liq olib borilgan. Hurmatli maktabgacha ta’lim tizimida faoliyat yuritayotgan rahbar va xodimlar hamda ota-onalar!!! Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida yuqumli kasalliklar hamda ovqatdan zaharlanish holatlarining oldini olish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Bosh davlat sanitariya vrachining “O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha talim tashkilotlarida tarbiyalanayotgan bolalarni xavfsiz va sifatli ovqatlanishni tashkil etishga oid gigiyenik talablari to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2021-yil 26-iyunda ro‘yxatdan o‘tkazilgan, ro‘yxat raqami 30-son) SanQvaN 0016-21-sonli sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga ko‘ra maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ishlatilishiga ruxsat berilmaydigan oziq-ovqat mahsulotlari ro‘yxati quyidagilar: · kalla-poycha mahsulotlari (buyrak, yurak, jigar, o‘pka, yelin); · barcha yovvoyi xayvonlarning go‘shti; ichi tozalanmagan parranda go‘shti; · 2,3,4-kategoriyali go‘sht, parranda, baliq go‘shti; · go‘shtning yog‘i va shilliq pardalarining miqdori 20 foizdan ko‘p bo‘lishi; · xolodes, go‘shtning bezli kiyomlari, diafragma, kalla go‘shtidan rulet; · dudlangan mahsulotlar, barcha turdagi kolbasalar, sosiska, sardelka; · charvi yog‘i, dumba yog‘i, margarin va boshqa gidrogenizasiyalangan yog‘lar; · yog‘lilik darajasi 82,5 foizdan kam bo‘lgan sariyog‘ (sigir yog‘i); o‘simlik moyiga sut qo‘shilgan mahsulotlar (spred); · tvorog mahsulotiga qo‘shilgan smetana, shokolad, o‘simlik moyi qo‘shib tayyorlangan muzqaymoq; · qimiz va etanol saqlovchi achitilgan sut mahsulotlari (0,5 foizdan yuqori); · pasterizasiyalanmagan sutdan tayyorlangan tvorog va smetana, termik ishlov berilmagan, katta idishdagi tvorog va smetana; · oshxona sharoitida tayyorlangan qatiq; · suvda suzuvchi parrandalarni go‘shti va tuxumlari (salmonellyoz bilan zararlanish xavfi bo‘lgani sababli); · po‘stlog‘i ifloslangan, yorilgan va salmonellyoz uchraydigan xo‘jaliklardan keltirilgan tuxumlar; · barcha turdagi uy sharoitida tayyorlangan konservalar; · germetik berkitilishida kamchiligi bo‘lgan, idishi ezilgan, shishgan (bombaj), qopqog‘i zanglagan, yorlig‘i bo‘lmagan konservalangan mahsulotlar; · ombor zararkunandalari va mayda chiqindilar bilan zararlangan yormalar, dukkaklilar, un, makaron mahsulotlari, quruq mevalar; · pestisid va nitrat miqdori laboratoriyada tekshirilmagan, mog‘orlagan, buzilgan meva va sabzavotlar; · uy sharoitida tayyorlangan va ota-onalar tomonidan uydan olib kelingan, sifati va xavfsizligini tasdiqlovchi xujjatlari bo‘lmagan taomlar va oziq-ovqat mahsulotlari (shu jumladan, bayramlar va tug‘ilgan kunlarni nishonlashda); · kremli qandolat mahsulotlari (pirojniy va tortlar), kremlar; · turli qo‘ziqorinlar va ulardan tayyorlangan mahsulotlar; · kvas, mors, gazli ichimliklar, sun’iy rang, mazza, hid beruvchi vositalar qo‘shilgan taom hamda ichimliklar, · yog‘da qovurilgan (frityur) mahsulotlar (grenka, chipselar, fri); · mayonez, murch, xantal, xren, sirka, qahva; barcha turdagi karamellar; · quruq konsentratlar asosida tez tayyorlanadigan 1 va 2 taomlar; · bir kun oldingi yoki oldingi ovqatdan qolgan ovqat qoldiqlari; · qovurilgan tuxum, omletdan tashqari; tuxum barak.
BatafsilIlmiy kuzatish va tadqiqotlar natijasida inson o‘z hayoti davomida oladigan barcha ma’lumotning yetmish foizini besh yoshgacha bo‘lgan davrda olib ulgurishi aniqlangan. Darhaqiqat, bu davrda inson bolasi dunyoni anglaydi, o‘z ona tilini o‘zlashtiradi, ota-ona, oila, mahalla, Vatanga mehri uyg‘onadi, umr davomida oladigan bilimlarga zamin hozirlaydi. Bunda, eng avvalo, oila asosiy rol o‘ynasa, maktabgacha ta’lim tashkilotining hissasi ham bu borada muhim ahamiyat kasb etadi. Shu bois mamlakatimizda aynan maktabgacha ta’lim uzluksiz ta’lim tizimining ajralmas bo‘lagiga, ta’bir joiz bo‘lsa, uning debochasiga aylangan. Batafsil: https://yuz.uz/news/maktabgacha-talimning-yangi-shakli-bolalarni-oqishga-tizimli-tayyorlaydi
Mental arifmetika boʻyicha 15 ta mamlakat va mintaqalar o’rtasida (Bangladesh, Kambodja, Kanada, Xitoy, Xorvatiya, Ekvador, Hindiston, Indoneziya, Malayziya, Meksika, Panama, Filippin, Tayvan, O'zbekiston va Venesuela) Yakkasaroy tumanidagi 132-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyalanuvchisi Qudratova Risolatxon ishtirok etib faxrli 1-oʻrinni qoʻlga kiritdi.
O‘zbekiston prezidentining “O‘zbekiston—2030” strategiyasi to‘g‘risida”gi farmoni va “O‘zbekiston—2030” strategiyasini 2023-yilda sifatli va o‘z vaqtida amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori loyihalari jamoatchilik muhokamasiga qo‘yildi. Kelgusi 7 yilda mamlakatimizning asosiy rivojlanish yo‘nalishlarini belgilab beruvchi “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi va uni 2023-yilda amalga oshirish chora-tadbirlari loyihalari joriy yilning 31-iyulidan boshlab regulation.gov.uz va 2030.strategy.uz portallarida keng jamoatchilik muhokamasi uchun joylashtirildi. “O‘zbekiston – 2030” strategiyasining maqsadlari va samaradorlik ko‘rsatkichlari oson qabul qilish va tushunish uchun qulay shaklda ifodalangan bo‘lib, unda 5 ta yo‘nalish bo‘yicha 100 ta maqsad nazarda tutilgan. “O‘zbekiston – 2030” strategiyasini 2023-yilda amalga oshirish chora-tadbirlari loyihalarida muddatlar va ijrochilar kesimidagi amaliy vazifalar, erishiladigan aniq maqsadli ko‘rsatkichlar va strategiyani amalga oshirish doirasida ishlab chiqiladigan normativ-huquqiy hujjatlar ro‘yxati tasdiqlanmoqda. Fuqarolardan loyihalarning muhokamasida faol ishtirok etib, mamlakatimiz taraqqiyotiga xizmat qiladigan takliflarni regulation.gov.uz va 2030.strategy.uz portallariga yuborishlarini so‘raymiz. Jamoatchilik muhokamasi 2023-yil 9-avgustga qadar davom etadi. Unutmang, Yangi O‘zbekistonni birgalikda barpo etamiz!
Ayni kunlarda Maktabgacha taʻlim agentligi tasarrufidagi pedagogika kollejlarida bitiruvchilarga diplom topshirish marosimlari boʻlib oʻtmoqda. 2022-2023 oʻquv yilida respublika bo'yicha pedagogika kollejlarida jami 17 752 nafar oʻquvchilar o'qishni tamomladi. Shundan, maktabgacha taʼlim tashkiloti tarbiyachisi yoʻnalishi bo'yicha 14234 nafar; Maktabgacha taʼlim tashkiloti yordamchi tarbiyachisi yoʻnalishini 3184 nafar; Musiqa rahbari yoʻnalishini bo'yicha 139 nafar; Jismoniy tarbiya yoʻnalishini bo'yicha 122 nafar; Kutubxonashunoslik yoʻnalishini bo'yicha 18 nafar; Oshpaz yoʻnalishini esa 58 nafar oʻquvchilar o'qishni bitirdilar. Eslatib o'tamiz: Pedagogika kollejalarida “Maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachisi”, “Maktabgacha ta’lim tashkiloti yordamchi tarbiyachisi”, “Kutubxonashunoslik” “Jismoniy tarbiya”, “Musiqa rahbari” yo‘nalishlari mavjud.
Bugun Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining birinchi oʻrinbosari – Maktabgacha taʼlim agentligi direktori A.Shin hamda Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA) vakolatxonasining yangi direktori janob Shin Myong Sok oʻrtasida tanishuv uchrashuvi boʻlib oʻtdi. Uchrashuvda vakolatxonaning sobiq direktori Pak Sunjin xonim ham ishtirok etib, samarali hamkorlik uchun Maktabgacha ta’lim agentligi rahbariyatiga minnatdorchilik bildirib, yangi tayinlangan direktorni tanishtirdi. Janob Shin Myong Sok, o‘z navbatida, O‘zbekistonda o‘z missiyasini boshlashga tayyorligini bildirdi va maktabgacha ta’lim sohasidagi loyihalar muhimligini ta’kidladi. Uchrashuvda qoʻshma loyihalarning butun majmuasi, shuningdek, maktabgacha taʼlim sifatini oshirish yoʻlida hamkorlikni yangi jihatlarda yanada rivojlantirish zarurligi ham muhokama qilindi. Uchrashuv yakunida O‘zbekiston tomoni “Pedagog kadrlarni tayyorlash va malakasini oshirish kompleks markazi hamda Toshkent shahrida innovatsion davlat maktabgacha ta’lim tashkilotini qurish” loyihasi bo‘yicha Koreya tomonidan ishlab chiqilgan loyiha dizaynini ma’qullab, o‘z majburiyatlarini sifatli va o‘z vaqtida bajarilgani uchun KOICA vakolatxonasi vakiliga minnatdorlik bildirdi. Ma’lumot uchun: “Pedagog kadrlarni tayyorlash va malakasini oshirish kompleks markazi hamda Toshkent shahrida innovatsion davlat maktabgacha ta’lim tashkilotini qurish” loyihasining maqsadlari quyidagilardan iborat: -maktabgacha ta'lim tizimining pedagogik kadrlarini qayta tayyorlash tizimini rivojlantirish; - Erta yoshdagi bolalarni rivojlantirish markazi bilan birgalikda Kompleks markaz va Koreya modelidagi 500 o‘ringa mo‘ljallangan innovatsion maktabgacha ta’lim tashkilotini qurish va foydalanishga topshirish; - mamlakat aholisining bolalar rivojlanishida maktabgacha ta'limning ahamiyatini keng e'tirof etishiga erishish.
O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Maktabgacha ta’lim agentligi hamda “Mehribonlik Korpusi” (Mercy Corps) bilan hamkorlikda 2023-yilning 12- va 21-iyul kunlari Surxondaryo viloyati Termiz shahri va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahrida “Maktabgacha ta’lim sifatini oshirish va pedagoglarning kasbiy rivojlanishining ahamiyati” mavzusida amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi.
Bugun Maktabgacha ta’lim agentligining xodimlari o'rtasida “Zakovat” intellektual o‘yini o‘tkazildi. Agentlikda tashkil etilgan “Zakovat” intellektual o‘yinida 4 ta jamoa: 1- jamoa “Taraqqiyot sari” 2 – jamoa “Aqlvoy” 3 - jamoa “Tinchimas ixtirochilar” 4 - jamoa “Intilish” jamoalari o‘rtasida g‘oliblik uchun bellashdilar, natijada, 1-o‘rin “Aqlvoy” jamoasiga 2-o‘rin “Taraqqiyot sari” jamoasiga 3-o‘rin “Tinchimas ixtirochilar” jamoasiga nasib etdi. O‘yin yakunida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining birinchi o‘rinbosari - Maktabgacha ta’lim agentligi direktori A.Shin so‘zga chiqib, “Zakovat” intellektual o‘yinida ishtirok etib g‘olib bo‘lgan jamoalarni tabriklab, bu kabi o‘yinlarni doimiy o‘tkazib turish lozimligi bo‘yicha mas’ullarga ko ‘rsatma berdi. Shuningdek, A.Shin ushbu o‘yin jamoada jipslikni, o‘zaro hurmatni yanada mustahkamlashida xizmat qilishini ta’kidladi. Eslatib o‘tamiz: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Zakovat” intellektual o‘yinini aholi o‘rtasida ommaviy-ma’rifiy harakatga aylantirish va boshqa intellektual o‘yinlarni rivojlantirishga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 2022-yil 20-yanvardagi PQ-96-son qarori asosida Maktabgacha ta’lim agentligining xodimlari o‘rtasida “Zakovat” intellektual o‘yini tashkil etildi.
BatafsilIlg‘or xorijiy mamlakatlar tajribasi asosida 2019-2023 yillarga mo‘ljallangan ta’lim sohasini rivojlantirish rejasiga muvofiq, Jahon banki bilan hamkorlikda yurtimizning olis tumanlari va chekka hududlarida maktabgacha ta’limning yangi — muqobil shakllari amaliyotga tatbiq etildi. Jumladan, Namangan viloyati Kosonsoy pedagogika kolleji va Samarqand viloyati Tayloq pedagogika kollejida “Bolalarni erta yoshdan rivojlantirishni takomillashtirish” loyihasi amalga oshirilmoqda. Uning doirasida tajriba-sinov tariqasida har biri 20 ta rivojlantiruvchi o‘yin guruhini o‘z ichiga olgan “Ilk rivojlanish markazlari” faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Batafsil: https://yuz.uz/news/maktabgacha-talimning-yangi-shakli-bolalarni-oqishga-tizimli-tayyorlaydi Янги Ўзбекистон №147.pdf
1-iyun Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Maktabgacha ta’lim agentligi hamda O‘zbekistonda SHHT Xalq diplomatiyasi markazi bilan hamkorlikda SHHTga a’zo davlatlar bolalari orasida ekologik savodxonligini oshirish, tabiatni muhofaza qilish, ularni tasviriy san’at va badiiy ijodga bo‘lgan qiziqishini oshirish, iqtidorli yosh rassomlarni aniqlash maqsadida SHHT a’zo davlatlardagi maktabgacha va maktab yoshidagi bolalari o‘rtasida joriy yilning 30 - may – 2 - iyun kunlari Toshkent fotosuratlar uyida “Tabiatni birgalikda asraylik” mavzusida Xalqaro bolalar rasmlari ko‘rgazmasi tashkil etilgan edi. Hakamlar hay’ati tomonidan ko‘rgazmada ishtirok etgan va g‘olib deb topilgan asarlar aniqlandi. Bugun Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Maktabgacha ta’lim agentligi binosida tashkilotchilar tomonidan “Eng yaxshi maktabgacha ta’lim tashkiloti”, “Eng yaxshi yosh qatnashchi”, “Eng faol ustoz”, “Eng yaxshi qoraqalpog‘istonlik qatnashchi”, “Eng faol viloyat”, “Eng faol tarbiyachi” nominatsiyalari bo‘yicha g‘oliblariga O‘zbekistonda SHHT Xalq diplomatiyasi markazi direktori Qobiljon Sobirov, O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab ta’lim vazirining birinchi o‘rinbosari, Maktabgacha ta’lim agentligi direktori Agripinna Shin, Toshkentdagi “Свiтанак” Belarus madaniyat markazi raisi Tatarenko Galina Aleksandrovna, Xitoyning O‘zbekistondagi elchixonasi maslahatchisi Janob Chi Junlin va Xitoy elchixonasining ikkinchi kotibi U Menin xonim mukofot va diplomlarni topshirishdi. “Tabiatni birgalikda asraylik” mavzusida Xalqaro bolalar rasmlari ko‘rgazmasida g‘oliblar quyidagilar: “Eng yaxshi maktabgacha ta’lim tashkiloti” nominatsiyasi g‘olibi O‘zbekiston Respublikasi Toshkent shahar, Sergeli tumani, 539-sonli maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyalanuvchisi Madina Umrzokova (7 yosh). "Eng yaxshi yosh ishtirokchi" nominatsiyasi g'olibi Belarus Respublikasi Grodno shahri vakili Artur Skorov (6 yosh). (Sovrin Belarusning O‘zbekistondagi elchixonasi xodimiga topshirildi) "Eng faol ustoz" nominatsiyasi g'olibi Belarus Respublikasi, Bixov shahridagi "Moskalkova N.T." nomidagi davlat ta'lim muassasasi 3-umumta'lim maktabi o'quvchisi Gubskiy Dmitriy (10 yosh). (Sovrin Belarusning O‘zbekistondagi elchixonasi xodimiga berildi). “Eng yaxshi qoraqalpog‘istonlik qatnashchi” nominatsiyasi g‘olibi Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Qo‘ng‘irot tumanidagi 18-sonli maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyalanuvchisi Artikboyev Nurislom. “Eng faol viloyat” nominatsiyasi g‘olibi Navoiy viloyati, Navoiy shahar 20- sonli maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyalanuvchisi E’zoza Hikmatova. “Eng faol tarbiyachi” nominatsiyasi g‘olibi – Xitoy Xalq Respublikasi Markaziy Badiiy Akademiyasi Bolalarni estetik tarbiyalash ilmiy markazi tarbiyalanuvchisi Vu Sixan. (Sovrin Xitoyning O‘zbekistondagi elchixonasi xodimiga berildi) Tadbirda davomida keyingi yillarda “Tabiatni birgalikda asraylik” mavzusida Xalqaro bolalar rasmlari ko‘rgazmasini SHHTga a’zo davlatlardagi maktabgacha va maktab ta’limi tashkiloti tarbiyalanuvchilari o‘rtasida hamkorlikda o‘tkazish bo‘yicha Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Maktabgacha ta’lim agentligi hamda O‘zbekistonda SHHT Xalq diplomatiyasi markazi o‘rtasida memorandum imzolandi. Tadbir yakunida doirasida Toshkent shahridagi bir qator davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyalanuvchilari tomonidan musiqa va raqs dasturlari namoyish etildi. Eslatib o ‘tamiz: SHHT a’zo davlatlardagi maktabgacha va maktab yoshidagi bolalar o‘rtasida joriy yilning 30-may – 2-iyun kunlari Toshkent fotosuratlar uyida o‘tkazilgan “Tabiatni birgalikda asraylik” mavzusida Xalqaro bolalar rasmlari ko‘rgazmasida O‘zbekiston, Tojikiston, Belorusiya Respublikalari va Xitoy Xalq Respublikasi maktabgacha va maktab yoshidagi bolalarning ijod mahsuli bo'lgan 1000dan ortiq rasmlar ishtirok etib, shundan 300dan ortiq rasmlar O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyalanuvchilarining ijod mahsuli edi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 14-yanvardagi “Shaxmatni yanada rivojlantirish va ommaviylashtirish hamda shaxmatchilarni tayyorlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4954-son qarori bilan tasdiqlangan “Shaxmatni 2025-yilgacha rivojlantirish davlat dasturini 2023-yilda amalga oshirish boʻyicha “Yoʻl xaritasi”ning 2-bandiga muvofiq “Maktabgacha taʼlim tashkiloti tarbiyalanuvchilari oʻrtasida Oʻzbekiston birinchiligi musobaqalarini tashkil etish” vazifasi belgilangan. Shu munosabat bilan, Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Maktabgacha ta’lim agentligining tegishli buyrugʻiga hamda “Maktabgacha taʼlim tashkilotlari tarbiyalanuvchilari oʻrtasida shaxmat boʻyicha musobaqalarni oʻtkazish toʻgʻrisidagi nizom”ga muvofiq maktabgacha taʼlim tashkilotining 5-7 yoshli oʻgʻil va qiz bola tarbiyalanuvchilari oʻrtasida shaxmat boʻyicha “Oʻzbekiston birinchiligi” musobaqasining maktabgacha ta’lim tashkiloti boshqichi joriy yilning 12-14 iyun kunlari, tuman (shahar) bosqichi 15-19 iyun kunlari, viloyat bosqichi 20-23 iyun kunlari oʻtkazildi. Bugun Toshkent shahrida joylashgan Maktabgacha taʼlim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti binosida maktabgacha ta’lim tashkilotlarining tarbiyalanuvchilari oʻrtasida “Oʻzbekiston birinchiligi” musobaqasining respublika bosqichi o ‘tkazildi. Unda maktabgacha taʼlim tashkilotlarining tarbiyalanuvchilari oʻrtasida shaxmat boʻyicha “Oʻzbekiston birinchiligi” musobaqasining Respublika bosqichida viloyat bosqichida gʻolib boʻlgan jami 28 nafar maktabgacha taʼlim tashkilotlarining 14 nafar oʻgʻil va 14 nafar qiz bola tarbiyalanuvchilari oʻzaro bellashishdi. Musobaqa yakunlari boʻyicha oʻgʻil va qiz bola tarbiyalanuvchilardan 1-, 2- va 3-oʻrin gʻoliblari aniqlandi va agentlikning diplomi bilan qolgan ishtirokchilar faxriy yorliq hamda qimmatbaho sovgʻalar bilan taqdirlandilar. G‘oliblar bilan quyida tanishishingiz mumkin: Qizlar oʻrtasida: 1-oʻrin Navoiy viloyati, Navoiy shahar 31-sonli maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyalanuvchisi Murodillayeva Xushnoza Nuraliyevna; 2 - oʻrin Toshkent shahar, Yakkasaroy tumani 250 - maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyalanuvchisi Kadirova Ra’no Davronovna; 3 - oʻrin Buxoro viloyati, Gʻijduvon tumani 66 - maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyalanuvchisi Faxriddinova Dilorom Namozovna. O‘g‘il bolalar oʻrtasida 1 - oʻrin Samarqand viloyati, Jomboy tumani 23 - maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyalanuvchisi Aliyev Sarvar Suxrobovich; 2 - oʻrin Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahar 46 - maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyalanuvchisi Farxodov Fazliddin Faxriddinovich; 3 - oʻrin Toshkent shahar, Yakkasaroy tumani 125 - maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyalanuvchisi Abrorov Muhammadyusuf Baxtiyor oʻg‘li. Eslatib o‘tamiz: Maktabgacha ta’lim tashkilotlarining tarbiyalanuvchilari oʻrtasida shaxmat boʻyicha “Oʻzbekiston birinchiligi” musobaqasi 3 marotaba o‘tkazildi.
Kuni-kecha Maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish institutida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan tashkil etilgan “Umumta’lim maktablarida tarbiyaviy ishlar samaradorligini oshirish, tizimli muammolar va ularni bartaraf etish, istiqboldagi rejalarni belgilab olish” mavzusida Respublika o‘quv-seminari bo‘lib o‘tdi. Maktabgacha va maktab ta’limi tizimida faoliyat ko'rsatayotgan rahbar xodimlar uchun tashkil etilgan o'quv-seminar doirasida Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab ta’limi vazirining birinchi o‘rinbosari - Maktabgacha ta’lim agentligi direktori A.Shin Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri, Toshkent shahar hamda viloyatlar maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmalari boshliqlari bilan maktabgacha ta'lim sohasidagi yutuqlar va kamchiliklar yuzasidan uchrashuv o'tkazdi. Kun tartibida quyidagi: Maktabgacha yoshdagi bolalarni MTTga qamrab olish; MTTlardagi ta'lim sifati; Investitsiya dasturi asosida barpo etilayotgan MTTlar va ularga yetkaziladigan jihozlar, didaktik materiallar; Davlat-xususiy sheriklik asosidagi nodavlat MTTlarda joriy etilgan onlayn davomat; Yagona mavsumiy taomnoma kabi asosiy masalalar ko'rib chiqildi. Hududiy tizim rahbarlari tomonidan kun tartibidagi masalalar yuzasidan savollarga agentlik rahbariyati tomonidan javoblar berildi. Yig'ilishdan so'ng, hududiy tizim rahbarlariga Maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish institutidagi o'quv xonalari, pedagoglarning malakasini oshirish uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishtirildi. Eslatib o'tamiz, uch kun davom etgan o'quv-seminari Toshkent shahrida joylashgan Maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish institutida bo'lib o'tdi.
O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Maktabgacha ta’lim agentligi va “Mehribonlik Korpusi” (Mercy Corps) bilan hamkorlikda 2023-yilning 21-iyul kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahrida “Maktabgacha ta’lim sifatini oshirish va pedagoglarning kasbiy rivojlanishining ahamiyati” mavzusida amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi. AQSh Qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan moliyalashtirilayotgan O‘zbekistondagi “Mehribonlik Korpusi”ning “Bolalar ta’limi va ovqatlanishi” uchun MakGovern-Doul xalqaro oziq-ovqat dasturi - Surxondaryo viloyati va Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ta’lim sifatini yaxshilashga qaratilgan. Ushbu dastur doirasida, Termiz va Nukus shaharlarida tashkil etilgan konferensiyada 171 pedagog va metodistlar, 22 nafar mentor (murabbiy), shuningdek, 60 nafar davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktorlari hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi vakillari ishtirok etishdi. Taklif etilgan ma’ruzachilar orasida American Councils tashkilotidan English Speaking Nation (ESN) trenerlari Vendi Koulson va Yuta Otake, bolalarda erta savodxonlikni rivojlantirish bo‘yicha o‘zining xalqaro tajribalari bilan bo‘lishishdi. Konferensiyada pedagoglar va ularni qo‘llab-quvvatlovchi mentorlar (murabbiylar) hamda “Mehribonlik Korpusi” tomonidan maktabgacha ta’lim tashkilotlari pedagoglarning salohiyatini oshirish dasturi doirasida bolalarda ilk yoshidan savodxonligini rivojlantirish doirasida o‘tkazilayotgan amaliy ishlarning yutuqlari haqida ba’tafsil ma’lumot berib o‘tildi. Shuningdek, mentorlik (murabbiylik) dasturi orqali maktabgacha ta’lim tashkilotlari pedagoglarini salohiyatini oshirish va bolalarning ilk yoshidan savodxonligini rivojlantirish uchun jamiyat va oilani qo‘llab-quvvatlashni kuchaytirish, maktabgacha yoshdagi bolalar salomatligi va gigiyenasini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish bo‘yicha fikr almashildi. Tadbir yakunida, konferensiya ishtirokchilariga sertifikatlar tarqatildi, hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasining O‘zbekistondagi “Mehribonlik Korpusi” dasturidaga kiritilgan barcha davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari uchun plakatlar, o‘quv kartalari to‘plamlari va bolalarda erta savodxonligini rivojlantirish bo‘yicha amaliy g‘oyalarga ega pedagoglar uchun konferensiya qo‘llanmalaridan iborat sovg‘alar to‘plami toshirildi.
2023-yil 21-iyul kuni Maktabgacha ta’lim agentligi markaziy apparati xodimlari uchun navbatdagi huquqiy savodxonlik soati o‘tkazildi. Navbatdagi huquqiy savodxonlik o‘tgan haftada qabul qilingan quyidagi qonunchilik hujjatlariga to‘xtalib o‘tildi: 1. Prezident tomonidan imzolangan Qonun bilan ayrim qonun hujjatlariga ijro hujjatlarini ijro etmaganlik uchun solinadigan ma’muriy jarima miqdorini belgilashga qaratilgan o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritildi(O‘RQ–851-son, 04.07.2023 y.). Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalarga ko‘ra: BHMning 10 baravariga teng yoki undan oshmaydigan miqdordagi summani undirish to‘g‘risidagi ijro hujjatini ixtiyoriy ravishda ijro etish uchun belgilangan muddatda qarzdor tomonidan ijro etmaslik: fuqarolarga BHMning 5 baravarigacha (1 mln 650 ming so‘mgacha); mansabdor shaxslarga esa 10 baravarigacha (3 mln 300 ming so‘mgacha) miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi. Ilgari jarimaning eng kam miqdori qat’iy belgilangan bo‘lib, fuqarolarga BHMning 1 baravaridan, mansabdor shaxslarga esa 5 baravaridan boshlab jarima qo‘llanilgan. Shuningdek, ma’muriy jarima summasi ijro hujjatida undirilishi belgilangan summadan oshishi mumkin emasligi belgilandi. Ilgari bunday norma mavjud emas edi. Qonunga ko‘ra, Majburiy ijro byurosi nomidan ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqishga hamda ma’muriy jazo choralarini qo‘llashga endilikda quyidagilar haqli: O‘zbekiston Respublikasining Bosh davlat ijrochisi; Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrining bosh davlat ijrochilari, ularning o‘rinbosarlari; Majburiy ijro byurosining tuman (shahar) bo‘limlari boshliqlari. Ilgari ma’muriy jazo choralarini qo‘llash davlat ijrochilariga tegishli bo‘lgan. 2. “Davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatish to‘g‘risida”gi Qonun (O‘RQ–848-son, 16.06.2023 y.) Prezident tomonidan imzolandi. Qonunga muvofiq, quyidagi jismoniy shaxslar davlat hisobidan yuridik yordam olish huquqiga ega: kam ta’minlangan shaxslar, agar ular: fuqarolik ishlari bo‘yicha da’vogarlar yoki javobgarlar; ma’muriy ishlar bo‘yicha arizachilar; ma’muriy qamoq tarzidagi ma’muriy jazo nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarlikni sodir etgan shaxslar; jinoyat ishlari bo‘yicha gumon qilinuvchilar, ayblanuvchilar, sudlanuvchilar, shuningdek mahkumlar bo‘lsa; ruhiy holati buzilgan jismoniy shaxslar, ularga “Psixiatriya yordami to‘g‘risida”gi Qonunga muvofiq psixiatriya yordami ko‘rsatilayotganda; o‘z huquqlari buzilgan, “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonunda nazarda tutilgan xotin-qizlar va erkaklarning teng huquqliligi buzilganligi munosabati bilan sudga murojaat qilgan jismoniy shaxslar; Jinoyat-prosessual kodeksiga muvofiq jinoyat ishi bo‘yicha advokat ishtirok etishi shart bo‘lgan taqdirda, gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchi. Davlat hisobidan yuridik yordam olish uchun jismoniy shaxslar eksterritoriallik prinsipi asosida maxsus vakolatli davlat organiga (Adliya vazirligiga) og‘zaki, yozma yoki elektron shaklda murojaat qiladi. Ariza maxsus vakolatli davlat organiga kelib tushgan kundan e’tiboran 3 ish kuni ichida ko‘rib chiqiladi (Jinoyat-prosessual kodeksida nazarda tutilgan, jinoyat ishlari bo‘yicha advokat ishtirok etishi shart bo‘lgan hollar va muddatlar bundan mustasno). Davlat hisobidan yuridik yordam faqat Davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatuvchi advokatlar reyestriga kiritilgan advokatlar tomonidan ko‘rsatiladi. Maxsus vakolatli davlat organining davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatish haqidagi qarori yoki advokat tayinlash to‘g‘risidagi surishtiruvchining, tergovchining, prokurorning qarori yoxud sudning ajrimi “Yuridik yordam” axborot tizimida ro‘yxatga olinganidan keyin tizim advokatni avtomatik ravishda tanlaydi. Advokatga Hukumat tomonidan belgilanadigan tartibda va miqdorlarda to‘lov amalga oshiriladi. Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran uch oy o‘tgach kuchga kiradi. 3. “Davlat boji to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi Qonun qabul qilindi (O‘RQ-855, 13.07.2023). Kiritilgan o‘zgartish va qo‘shimchaga ko‘ra, Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi hamda Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlarga, iqtisodiy hamda ma’muriy sudlarga murojaat qilish chog‘ida davlat bojini to‘lashdan ozod etildi. Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. 4. “O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasining faoliyati yanada takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartishva qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun (O‘RQ–856,17.07.2023 y.) Prezident tomonidan imzolandi. Jumladan, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga kiritilgan o‘zgartirishga ko‘ra: Hisob palatasiga oz miqdorda talon-toroj qilinganligiva davlat xaridlari to‘g‘risidagi qonunchilik buzilganligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligining davlat moliyaviy nazorati organlariga esa oz miqdorda talon-toroj qilinganligi uchun ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risida bayonnoma tuzish vakolatlari berildi. Shuningdek, “O‘zbekiston Respublikasining Hisob palatasi to‘g‘risida”gi qonunga kiritilgan qo‘shimchaga ko‘ra, Hisob palatasi: moliya yilining birinchi oyida moliya yili uchun ish rejalari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘z rasmiy veb-saytiga joylashtiradi; nazorat tadbirlari natijalari bo‘yicha aniqlangan moliyaviy huquqbuzarliklar va ularning bartaraf etilishi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni har chorak yakunlariga ko‘ra, chorakdan keyingi oyning 25-sanasidan kechiktirmay o‘z rasmiy veb-saytiga joylashtiradi, bundan davlat sirini yoki qonun bilan qo‘riqlanadigan boshqa sirni o‘z ichiga olgan ma’lumotlar mustasno; har chorakda kamida bir marta o‘z faoliyati to‘g‘risida jamoatchilik oldida OAV vakillari ishtirokida hisobot berib boradi. Qonun bilan Hisob palatasi qonunchilik tashabbusi huquqi sub’yektlariga qonunchilikni takomillashtirish bo‘yicha takliflar kiritishga haqliligi belgilandi. 5. Shuningdek, Prezident tomonidan imzolangan Qonunbilan Soliq kodeksining 483-moddasiga qo‘shimcha kiritildi(O‘RQ–857, 18.07.2023 y.). Shunga ko‘ra, 2026 yil 1 yanvargacha O‘zbekiston futbol assosiasiyasi, uning hududiy bo‘linmalari, “O‘zbekiston Professional futbol ligasi” jamoat birlashmasi, O‘zbekiston futbol hakamlari markazi va professional futbol klublari quyidagi soliqlarni to‘lashdan ozod etiladi: barcha turdagi soliqlarni (bundan ijtimoiy soliq mustasno); o‘zi jalb qilgan chet el mutaxassislari va futbolchilarining daromadlaridan to‘lanadigan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ini; O‘zbekistonga olib kiriladigan, O‘zbekistonda o‘xshashi ishlab chiqarilmaydigan sport asbob-uskunalari va inventari, translyasiya qilish uchun zarur bo‘lgan asbob-uskunalar, inventar va texnika, farmakologiya tovarlari, sport oziq-ovqatlari, futbol (futzal) maydonlari uchun sun’iy o‘tlar, shokpad, granulalar, maxsus yelimlar va maxsus professional sport kiyim-boshlari, transport vositalari, shu jumladan maxsus transport vositalari uchun qo‘shilgan qiymat solig‘ini. Bu Qonun ham rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. Yuqoridagi qonunlardan tashqari: 6. “Xalqaro shartnomani tasdiqlash to‘g‘risida” Prezident qarori (PQ-230, 18.07.2023) qabul qilindi. Mazkur qaror bilan, 2023 yil 24 fevral kuni Toshkent shahrida imzolangan O‘zbekistan Respublikasi Hukumati bilan Ozarbayjon Respublikasi Hukumati o‘rtasida O‘zbekiston-Ozarbayjon investisiya jamg‘armasini tashkil etish to‘g‘risidagi bitim tasdiqlandi. 7. “O‘n sakkiz yoshga to‘lmagan shaxslarning mehnatidan foydalanilishi taqiqlangan og‘ir ishlarning hamda zararli yoki xavfli mehnat sharoitlaridagi ishlarning ro‘yxatini tasdiqlash to‘g‘risida” Hukumat qarori imzolandi (290, 14.07.2023). Qaror bilan, o‘n sakkiz yoshga to‘lmagan shaxslarning mehnatidan foydalanilishi taqiqlangan og‘ir ishlarning hamda zararli yoki xavfli mehnat sharoitlaridagi ishlarning ro‘yxati tasdiqlandi. Tog‘ ishlarida, metro, tunnellar va maxsus yer osti inshootlari qurilishida; Geologiya qidiruv va topografiyageodeziya ishlarida jami shunga o‘xshash 34 turdagi o‘n sakkiz yoshga to‘lmagan shaxslarning mehnatidan foydalanilishi taqiqlangan og‘ir ishlar hamda zararli yoki xavfli mehnat sharoitlaridagi ishlar ro‘yxatga kiritildi. Huquqiy savodxonlik soati yakunida Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi tomonidan tayyorlangan haftaning muhim voqealari hamda davlat xizmatchilari uchun dolzarb mavzular haqida maʻlumot berib boruvchi "Siyosiy-ma’rifat soati" namoyish etildi.
Bugun Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining birinchi oʻrinbosari –Maktabgacha taʼlim agentligi direktori A.Shin va Koreya elchixonasi huzuridagi Taʼlim markazi direktori janob Pen Ju Man oʻrtasida hamkorlik uchrashuvi boʻlib oʻtdi.
BatafsilKuni-kecha ijtimoiy tarmoqlarda ikki nafar bolalarni tarbiyachi tomonidan qaltis ravishda tartibga chaqirgani aks etgan video tarqaldi. Aniqlanishicha, joriy yilning 20-iyul kuni Toshkent viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi mas’ul xodimlari tomonidan holat o‘rganilganda Yangiyo‘l tumani Ibrat MFY Yoshlik ko‘chasida joylashgan YATT A.X.Bga tegishli bo‘lgan “Ominaxon” nomli oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotida joriy yilning 19-iyul kuni tashkilot rahbari hamda tarbiyachi lavozimida ishlab kelayotgan X.Abdumannonova tomonidan tarbiyalanuvchilarni bir necha bor tartibga chaqirilishini e’tiborga olmay tartibsizliklar qilganligi, ushbu tarbiyalanuvchilar bir biriga qo‘shni ekanligi bolalar bir necha bor o‘yin kulgulardan so‘ng bir biri bilan tortishib qolganligi tarbiyachi video tasvirga aks etgan holatdagidek tarbiyachi xaqiqatdan xam tarbiyalanuvilarni qo‘l qismiga 1 marotabadan yumshoq uy oyoq kiyimi bilan zarba berganligi aniqlandi. Ushbu xolat Yangiyo‘l tuman IIB tomonidan nazoratga olinib, surishtiruv ishlari olib borilayotganligini, surishtiriuv ishlari yakunlangandan so‘ng qo‘shimcha ma’lumotlar taqdim etilishini ma’lum qilamiz. Shuningdek, tadbirkorga ogohlantirish berilib, bu holat yana takrorlansa tadbirkor bilan tuzilgan bitim bir tomonlama bekor qilinishi tushuntirildi.
19-iyul kuni Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining birinchi oʻrinbosari – Maktabgacha taʼlim agentligi direktori A.Shin hamda O‘zbekiston Respublikasidagi OPEK jamgʻarmasi missiyasi vakili hamda OPEK jamgʻarmasining davlat sektoridagi operatsiyalar boʻyicha hududiy menejeri Olga Mixaylova xonim o ‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. OPEK jamg‘armasining 2023-yil 16-iyuldan 23-iyulgacha davom etadigan missiyasining maqsadi O‘zbekistondagi OPEK jamg‘armasining joriy faoliyatini ko‘rib chiqish, shuningdek, davlat sektorida kelgusidagi hamkorlikni muhokama qilishdan iborat. Ma’lumot uchun: Islom taraqqiyot bankining “O‘zbekiston Respublikasida ta’lim xizmatlari sifati va samaradorligini oshirish” loyihasi doirasida umumiy qiymati 66,9 mln. bo‘lib, OPEK jamg'armasining ishtirokida esa 20 million AQSh dollari miqdorida nazarda tutilgan. Loyihaning maqsadi – davlat-xususiy sheriklik asosida 200 ta yangi tashkilot qurish orqali nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarmog‘ini kengaytirish, maktabgacha yoshdagi bolalarning qamrovini 30 mingta yangi o‘ringa oshirish, shuningdek, 2,5 mingta yangi ish o‘rni yaratish imkonini beradi. Uchrashuvda tomonlar OPEK jamg‘armasi ishtirokini ko‘zda tutuvchi Islom taraqqiyot bankining qo‘shma loyihasini amalga oshirishning yakunlangan bosqichlarini, shuningdek, amalga oshirish rejalari va loyihaning operatsion modeli tafsilotlari bilan bog'liq masalalar muhokama qilindi. Olga Mixaylova xonim mamlakat rahbariyatining maktabgacha yoshdagi bolalar uchun teng sharoit va ta'lim olish imkoniyatini yaratishga intilayotganini ta'kidladi. O'z navbatida, A.Shin qo‘shma loyihalarni samarali amalga oshirish yo‘lida Fondning missiyasini tashkil etgani uchun o‘z minnatdorchiligini bildirdi. Uchrashuv yakunida tomonlar ushbu loyiha doirasida amalga oshiriladigan barcha zarur tadbirlar bo‘yicha kelishuvga erishdilar.
Kuni-kecha Jizzax viloyatida O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Maktabgacha ta’lim agentligi tomonidan viloyatda faoliyat yuritib kelayotgan oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari pedagoglariga amaliy seminar tashkil etildi. Mutaxassislar kun tartibini, bolalar faoliyati turlari bo‘yicha o‘quv dasturini tuzish, bola shaxsining rivojlanishini kuzatish jarayonini tashkil etish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘ldilar.
Maktabgacha ta’lim agentligining Korrupsiyaga qarshi kurashish va komplayens nazoratini amalga oshirish bo‘limiga quyidagi masalalar bo‘yicha murojaat qilishingiz mumkin: Korrupsion xarakterdagi har qanday ta’magirlik holatlari bo‘yicha; Maktabgacha ta’lim tizimiga ishga qabul qilishda korrupsiya holatlari bo‘yicha; Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga bolalarni qabul qilishda korrupsiyaga yo‘l qo‘yilayotganligi bo‘yicha; Maktabgacha ta’lim tizimida davlat xaridlarini amalga oshirish jarayonida korrupsiyaga yo‘l qo‘yilayotgani xususida; Maktabgacha ta’lim tizimida moddiy manfaatdorlik evaziga noqonuniy xatti-harakatlar sodir etilayotgani xususida; Murojaat uchun: +998 71 207-04-07 @antikorr_ado
Maktabgacha ta’limi agentligi hamda Jahon banki hamkorligida bolani erta rivojlantirish loyihasiga ko‘ra, "Ilk rivojlanish markazlari" pedogoglari malakasini oshirish maqsadida Reach Up: kichik yoshdagi bolalarga ta’lim-tarbiya berish, uyga tashrif dasturi bo‘yicha 3-14-iyul kunlari Toyloq tumanidagi markazda seminar-trening tashkil etildi. Ta’kidlash joizki, "Ilk rivojlanish markazlari" respublikamizning Namangan viloyatining Kosonsoy tumanida hamda Samarqand viloyatining Toyloq tumanida tashkil etilgan bo‘lib, bugungi kunda birgina Samarqand viloyatidagi markazda 777 nafar kam ta’minlangan oilalarning farzandlari va 46 nafar alohida ta’limga ehtiyoji bor bolalar tarbiyalanmoqda. Seminarda Namangan va Samarqand viloyatidagi markazlarning pedogoglariga 10 kun davomida Vest-Indiya Universiteti trenerlari Kristina Pouel va Syuzan Chang-Lopeslar tomonidan amaliy mashg‘ulotlar o‘tildi. Tadbir so‘nggida ishtirokchilarga maxsus sertifikatlar topshirildi. Shu o‘rinda Reach Up dasturi haqida: Ushbu dastur kam ta’minlangan, sharoiti yaxshi bo‘lmagan, ta’lim olish qiyin oilalar hamda alohida ta’lim ehtiyoji bor yosh bolalarning ota-onalari uchun mos keladigan samarali, dastur bo‘lib, u bolaga erta yoshdan ta’lim olishga yordam berishdir. Erta bolalikni tarbiyalash dasturi yamaykalik Salli Grantem-MakGregor tomonidan ishlab chiqilgan. Ushbu dastur Bangladesh, Kolumbiya va boshqa mamlakatlarda muvaffaqiyatli moslashtirildi va baholandi, bu bolalar rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatdi.Quyida "Ilk rivojlanish markazlari" pedogoglarining malakasini oshirishdagi seminar-trening jarayonidan lavhani ko'rishingiz mumkin:
14 - iyul kuni Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining birinchi oʻrinbosari – Maktabgacha taʼlim agentligi direktori A.Shin hamda Parijdan kelgan YUNESKO missiyasi o'rtasida Toshkent shahrida YUNESKO shafeligida ikkinchi toifali Mintaqaviy markazni tashkil etish masalalarini muhokama qilish uchun yakuniy yigʻilish boʻlib oʻtdi. Yig‘ilishning kirish qismida Parijdagi YUNESKO shtab-kvartirasining Ta’lim siyosati departamenti boshlig‘i hamda missiya rahbari –janob Chang Gvang-Chol missiyaning Toshkentdagi uch kunlik tadbirlarning amalga oshirilishi yakunlariga ko‘ra quyidagilarni ta’kidladi. Ishchi guruhning ikkita yig‘ilishi tashkil etildi, unda loyihaning texnik va huquqiy jihatlari batafsilroq shaklda muhokama qilindi; - O‘zbekiston tomonidan bo‘lajak markazni joylashtirish uchun taklif etilgan ob’ektlarda bo‘lishdi; -Missiya yakunida “O‘zbekistonda 2-toifali mintaqaviy markazni tashkil etish to‘g‘risida”gi yo‘l xaritasi imzolandi. Bundan tashqari, YUNESKO shafeligida 2-toifali markaz maqomiga ega boʻlgan shu kabi markazlarni, tashkil etish va faoliyat yuritish bo‘yicha ilg‘or tajribalarni Seul (Koreya), Shenchjen (Xitoy) va Sharjda (BAA)dan o‘zlashtirish bo‘yicha taklif kiritildi. Xulosa qilib aytganda, O'zbekiston Respublikasi maktabgacha ta'lim tizimini takomillashtirish bo‘yicha so‘nggi yillarda amalga oshirilgan islohotlar O‘zbekiston yuritayotgan siyosatning ochiqligini, xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni yanada rivojlantirish, jumladan, yaqinroq hamkorlik yo‘lida yangi tashabbuslarni izlash zarurligini yana bir bor tasdiqlaganini ta’kidladi – dedi xonim A.Shin. Yig‘ilishda missiya samarali yakunlanganidan dalolat sifatida markazni tashkil etish bo‘yicha vazifalar va ularning muddatlari belgilab berilgan hujjat o‘zaro ma’qullandi. Missiyaning samarali yakuniga erishish belgisi sifatida markazni tashkil etish yo‘lidagi vazifalar va amalga oshirish muddatlarini ko‘zda tutuvchi hujjat o‘zaro tasdiqlandi.