Yangiliklar
Maktabgacha ta'lim agentligi
2024-yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti to‘g‘risida

886.pdf

Maktabgacha ta'lim agentligi
Belarus Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi L. A. Marinich bilan maktabgacha ta'lim sohasidagi o'zaro hamkorlikni muhokama qilishga bag'ishlangan uchrashuv

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirining birinchi o'rinbosari - O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim agentligi direktori A. V. Shinning Belarus Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi L.A. Marinich bilan uchrashuvi bo'lib o'tdi. Mazkur uchrashuvning maqsadi maktabgacha ta'lim sohasidagi ikki tomonlama hamkorlik masalalarini muhokama qilishdan iborat edi. Xususan, innovatsion metodologiyalar, raqamli texnologiyalarni qo'llash va boshqa o'qitish metodikalarini qollashni nazarda tutuvchi pedagog kadrlar malakasini oshirish kabi yo'nalishlar ta'kidlandi. Ikkala tomon ham maktabgacha ta'lim sohasidagi o'quv dasturlari va qo'llanmalarini ishlab chiqish bo'yicha o'z tajribalarini taqdim etishlari va doimiy qo'llab-quvvatlash ishlarini olib borishlari kutilmoqda. Uchrashuv yakunida tomonlar istiqbolli hamkorlik doirasida amalga oshirilishi ko'zda tutilgan barcha zarur tadbirlar yuzasidan kelishuvga erishdilar.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Maktabgacha ta’lim agentligida navbatdagi “Huquqiy savodxonlik soati” o‘tkazildi

Tadbirda Prezidentimizning “Tadbirkorlik sohasidagi majburiy talablarni qisqartirish hamda lisenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”, “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish tizimini isloh etish va sohani raqamlashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” Farmonlari hamda “Farmasevtika tarmog‘ini yanada rivojlantirish va investisiya loyihalarini amalga oshirishni jadallashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi, “Chiqindilarni boshqarish tizimini takomillashtirish va ularning ekologik vaziyatga salbiy ta’sirini kamaytirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi, ayrim normativ huquqiy hujjatlarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi Qarorlari, shuningdek Hukumatning “Qayta tiklanuvchi energiya manbalari asosida energiya ta’minotini tashkil etish sohasini tartibga solish va rivojlantirish to‘g‘risida”gi, "Oliy ta’lim tashkilotlari talabalarining iqtisodiyot tarmoqlari korxonalarida haq to‘lanadigan ishlab chiqarish amaliyotini tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlash to‘g‘risida"gi Qarorlarining mazmun-mohiyati batarfsil tushuntirib berildi.  Bundan tashqari, 2024-yil 1-yanvardan qonunchilik hujjatlari bilan kiritilgan o‘zgartirishlar haqida ham ma’lumot berildi. Shuningdek, Inson resurslarini rivojlantirish bo‘limi boshlig‘i Botirbek Abduvoxobovich Bashirov xodimlarni o‘z vaqtida ishga kelib-ketishlari haqida, Nazorat-tahlil va murojaatlar bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i Abror Axmatjon o‘g‘li Odilov edo.ijro.uz tizimi orqali kiritilayotgan, kelib tushgan hujjatlarni o‘z vaqtida ijro etilishi to‘g‘risida yana ma’lumot berdi. Tadbir yakunida, Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligining topshirig‘i bilan bugungi kunning eng muhim va dolzarb mavzulari haqida ma’lumot berib boruvchi “Siyosiy-ma’rifat soati” namoyish etildi.

Maktabgacha ta'lim agentligi
“O‘zbekistonda kadrlar tayyorlash, o‘qitish va rivojlantirish kompleks markazini qurish orqali maktabgacha taʼlim pedagog kadrlari salohiyatini oshirish loyihasi" doirasida maktabgacha taʼlim tizimi pedagog kadrlari uchun qisqa muddatli malaka oshirish kurslariga start berildi

O‘zbekiston va Koreya davlatlari o‘rtasidagi “O‘zbekistonda kadrlar tayyorlash, o‘qitish va rivojlantirish kompleks markazini qurish orqali maktabgacha taʼlim pedagog kadrlari salohiyatini oshirish loyihasi” doirasida tashkil etilgan Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA)ning mutaxassislarni jalb etgan holda maktabgacha taʼlim tizimi pedagog kadrlari uchun qisqa muddatli malaka oshirish kurslariga start berildi. 2024-yil 10-yanvardan boshlab 2 hafta muddat ichida master-trenerlar va koreyalik mutaxassislar ishtirokida 35 nafar trenerlar TOT trening dasturi asosida o‘qitiladi. Mazkur trening dasturi o‘z ichiga quyidagilarni qamrab olgan: O‘yin orqali taʼlim olish, bola shaxsiga yo‘naltirilgan maktabgacha taʼlim o‘quv dasturining taʼlim va tarbiyaviy ahamiyatini tushunish; Pedagoglarda o‘quv dasturlar asosida taʼlim-tarbiya jarayonini olib borish qobiliyatini kuchaytirish; Tarbiyalanuvchilar bilan muloqot qilish qobiliyatini yaxshilash; Maktabgacha taʼlimda ota-onalar va jamiyatning faolligini oshirish. Shu bilan birga, mazkur o‘quv kurslari dasturini ishlab chiqishda, qamrab olingan modullarni tanlash bo‘yicha maktabgacha taʼlim tashkiloti pedagog-kadrlari tomonidan anketa-so‘rovlar o‘tkazildi hamda ularga xorijiy mutaxassislarni jalb etgan holda mehnat faoliyatida kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirishdagi muammolar o‘rganib tahlil qilib chiqilganligi asosida ishlab chiqildi. Ikki bosqichda amalga oshiriladigan o‘quv kurslarining 2-bosqichida tayyorlangan trenerlar o‘zlari faoliyat olib borayotgan maktabgacha taʼlim tashkilotlari pedagoglarini jalb etgan holda o‘qitishadi. Press-reliz.docx

Maktabgacha ta'lim agentligi
MAKTABGACHA TAʼLIM SOHASIDA FAOLIYAT YURITAYOTGAN TADBIRKORLAR DIQQATIGA!

So‘ngi kunlarda ayrim davlat-xususiy sheriklik asosidagi, shu jumladan oilaviy maktabgacha taʼlim tashkilotlari (nodavlat MTTlar) tomonidan subsidiya to‘lovlari to‘xtatilganligidan norozi bo‘lib, Maktabgacha taʼlim agentligi va boshqa davlat idoralariga murojaat qilinmoqda. Ushbu muammoning ildizi nimada? Gap shundaki, ko‘plab nodavlat MTTlar tomonidan g‘arazli maqsadlar bilan subsidiya hajmini sunʼiy ravishda oshirib, Davlat byudjetidan noqonuniy pul mablag‘larini olish maqsadida tarbiyalanuvchilar va xodimlarning davomati to‘g‘risida soхta maʼlumotlarni Nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarini boshqarish axborot tizimi (NMTTBAT)ga yubormoqda hamda qonunchilikka xilof ravishda ushbu soхta maʼlumotlar asosida subsidiya to‘lanishini talab qilmoqda. Hammalaringizga maʼlumki, davomat to‘g‘risida maʼlumotlar tegishli nodavlat MTT joylashgan hududdan (shahar yoki tumandan) jo‘natiladi. Biroq, ko‘plab holatlarda bir hududda joylashgan nodavlat MTTlarning maʼlumotlari boshqa hududlardan NMTTBATga jo‘natilmoqda. Misol uchun, faqatgina 2023 yil 25-29 dekabr kunlari maxsus dasturiy yoki apparat vositalaridan foydalangan holda: 1. Namangan viloyatining Kosonsoy tumanidan turib, kompyuter orqali respublikaning barcha hududlarida joylashgan yuzlab nodavlat MTTlar nomidan 5 kun ichida 5 300 marotaba NMTTBATga soxta davomat maʼlumotlari yuborilgan. Shu jumladan: Farg‘ona viloyati (jami 1 306 marotaba) Rishton tumanida joylashgan nodavlat MTTlar uchun 122 marotaba, Quva tumani bo‘yicha 112 marotaba, Marg‘ilon shaxri bo‘yicha 111 marotaba, O‘zbekiston tumani bo‘yicha 105 marotaba, Qo‘shtepa va Oltiariq tumani bo‘yicha 101 marotaba, Bog‘dod tumani bo‘yicha 100 marotaba, Qo‘qon shaxri bo‘yicha 96 marotaba, Toshloq tumani bo‘yicha 87 marotaba, Dang‘ara tumani bo‘yicha 81 marotaba (boshqa tumanlar bo‘yicha ham mavjud); Qashqadaryo viloyati (jami 1 072 marotaba) Chiroqchi tumanida joylashgan nodavlat MTTlar uchun 154 marotaba, Yakkabog‘ tumani bo‘yicha 132 marotaba, Qarshi tumani bo‘yicha 113 marotaba, Shahrisabz shaxri bo‘yicha 96 marotaba, Shahrisabz tumani bo‘yicha 94 marotaba, Dehqonobod tumani bo‘yicha 64 marotaba, G‘uzor tumani bo‘yicha 63 marotaba (boshqa tumanlar bo‘yicha ham mavjud); Andijon viloyati (jami 706 marotaba) Andijon tumanida joylashgan nodavlat MTTlar uchun 86 marotaba, Andijon shaxri bo‘yicha 60 marotaba, Asaka tumani bo‘yicha 83 marotaba, Oltiko‘l tumani bo‘yicha 67 marotaba, Shahrixon tumani bo‘yicha 62 marotaba, Baliqchi tumani bo‘yicha 57 marotaba (boshqa tumanlarda ham mavjud); Surxondaryo viloyati (jami 476 marotaba) Sho‘rchi tumanida joylashgan nodavlat MTTlar uchun 100 marotaba, Qo‘mqo‘rg‘on tumani bo‘yicha 90 marotaba, Denov tumani bo‘yicha 77 marotaba, Saraosiyo tumani bo‘yicha 69 marotaba (boshqa tumanlarda ham mavjud) soxta davomat maʼlumotlari yuborilgan. Kosonsoy tumanida turib, respublikaning qolgan barcha hududlaridagi nodavlat MTTlar uchun soxta davomatni NMTTBATga yuborish holatlari ham aniqlandi. 2. Samarqand viloyatida turib, kompyuter orqali 8 ta hududlardagi nodavlat MTTlar nomidan 5 kun ichida 3 464 marotaba NMTTBATga soxta davomat maʼlumotlari yuborilgan. Shu jumladan: Xorazm viloyati (jami 568 marotaba) Hazorasp tumanida joylashgan nodavlat MTTlar uchun 92 marotaba, Urganch tumani bo‘yicha 71 marotaba, Shovot tumani bo‘yicha 62 marotaba, Gurlan tumani bo‘yicha 57 marotaba, Qo‘shko‘pir tumani bo‘yicha 47 marotaba (boshqa tumanlar bo‘yicha ham mavjud); Qashqadaryo viloyati (jami 556 marotaba) Yakkabog‘ tumanida joylashgan nodavlat MTTlar uchun 81 marotaba, Qarshi shaxri bo‘yicha 75 marotaba, Shahrisabz shaxri bo‘yicha 63 marotaba (boshqa tumanlar bo‘yicha ham mavjud); Buxoro viloyati (jami 532 marotaba) G‘ijduvon va Shofirkon tumanlarida joylashgan nodavlat MTTlar uchun 86 marotabadan, Peshku tumani bo‘yicha 75 marotaba, Romitan tumani bo‘yicha 51 marotaba, Jondor tumani bo‘yicha 45 marotaba, Kogon tumani bo‘yicha 49 marotaba (boshqa tumanlar bo‘yicha ham mavjud); Bunday soxtakorlik ishlar Qoraqalpog‘iston Respublikasining Xo‘jayli tumanida (jami 1 262 marotaba), Qashqadaryo viloyatining Qarshi shaxrida (jami 1 106 marotaba) hamda boshqa xududlarda turib, kompyuter uskunalari orqali amalga oshirilayotganligi aniqlandi. Ushbu holatlar bo‘yicha to‘plangan hujjatlar, aybdorlarga qonuniy choralar ko‘rish uchun, tegishli huquqni muxofaza qilish organlariga taqdim etilib borilmoqda. HURMATLI TADBIRKORLAR ! Pul evaziga tarbiyalanuvchilar va xodimlar davomati to‘g‘risida soxtalashtirilgan yolg‘on axborotni NMTTBATga kiritishni vaʼda qiluvchi shaxslarga ISHONMANG !!!. ESLATIB O‘TAMIZKI, O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat Kodeksining 2784-moddasiga asosan “Kompyuter tizimiga bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib, bila turib yolg‘on axborotni kiritish sodir etilgan bo‘lsa, uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.”. SOXTA MAʼLUMOTLAR ALBATTA FOSH BO‘LISHI VA JAZO MUQARRARLIGI TAʼMINLANISHINI UNUTMANG.   Maktabgacha taʼlim agentligi

Maktabgacha ta'lim agentligi
RASMIY MUNOSABAT

Internet tarmogʻidagi Youtube videohostingidagi “HAQIQAT OVOZI” rasmiy kanalida 2023-yil 27-dekabrda e’lon qilingan “MAKTABGACHA TALIM VAZIRLIGIDAN NOROZI TADBIRKOR XASRATI!” nomi ostida Navoiy viloyati Xatirchi tumani, “Xumdon” MFYda yashovchi fuqaro M.Toʻychiyevaning murojaati bo‘yicha quyidagilar ma’lum qilinadi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 2-avgustdagi “Maktabgacha ta’lim sohasida davlat-xususiy sheriklik munosabatlarini zamonaviy raqamli texnologiyalar yordamida soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 426-son qarori qabul qilingan. Unga ko‘ra 2022-yil 1-sentabrdan boshlab Oilaviy MTT shaklidagi davlat-xususiy sheriklik loyihasini amalga oshirish uchun yakka tartibdagi tadbirkor davlat sherigiga Nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarini boshqarish axborot tizimida (NMTTBAT) orqali elektron shaklda ariza bilan murojaat qilishi belgilangan. M.Toʻychiyevaning oilaviy MTT shaklidagi davlat-xususiy sheriklik loyihasini amalga oshirish bo‘yicha  bitim  2019-yil 12-avgust imzolangan va uning amal qilish muddati 3-yil etib belgilangan. Imzolangan bitim shartlariga muvofiq, tadbirkor, bitimning amal qilish muddati tugashidan qoida tariqasida 2 oy oldin bitimning amal qilish muddatini uzaytirish istagi borligi haqida xabardor qilishi kerakligi ko‘rsatib o‘tilgan. M.Toʻychiyeva tomonidan 2022-yil 1-sentabrga qadar (avvalgi tartib bo‘yicha yozma shaklda murojaati) amaldagi bitimning amal qilish muddatini uzaytirish istagi borligi haqida ariza kelib tushmagan. M.Toʻychiyeva 2022-yil 1-sentabrdan (amaldagi tartib bo‘yicha elektron shaklda) NMTTBAT orqali elektron shaklda bitimning amal qilish muddatini uzaytirish bo‘yicha faqatgina bir marotaba, mavjud bitim shartlariga rioya etilmagan holda, ya’ni 2022-yil 5-oktabrda (12.08.2019 yilda tuzilgan 4148-0/07 - sonli bitimni amal qilish muddati nihoyasiga yetgandan so‘ng) ariza kelib tushgan va ushbu ariza Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati hamda davlat yong‘in xavfsizligi nazorati organlari tomonidan 7, 12-oktabr holatiga ko‘ra oilaviy MTTni joylashtirish uchun tanlangan manzil yong’in hamda sanitariya qoida va meʼyor talablariga mos kelmasligi toʼgʼrisida xulosa berilgan. Shundan so‘ng (bitimni amal qilish muddati nihoyasiga yetgandan so‘ng, unga o‘zgartirish kiritilmasligi bois), M.Toʻychiyeva tomonidan 2022-yil 21-noyabrda Oilaviy MTT shaklidagi davlat-xususiy sheriklik loyihasini amalga oshirishga ariza berilgan hamda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati hamda davlat yong‘in xavfsizligi nazorati organlarining elektron xulosalari olingandan so‘ng, 2022-yil 15-dekabr sanasida oilaviy MTT tashkil etilishi maqsadga muvofiqligi bo‘yicha xulosa berilgan hamda bitim imzolangan.

Maktabgacha ta'lim agentligi
TADBIRKORLAR DIQQATIGA !

Nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarini boshqarish axborot tizimi (NMTTBAT)ga kelayotgan elektron ma’lumotlar tahlil qilinganda, ayrim DXSH asosida MTTlar, o‘rtada turuvchi shaxslar yordamidan foydalanib, 2023 yil sentyabr, oktyabr va noyabr oylarida begona maxsus dasturiy yoki apparat vositalaridan foydalanilgan holda: - o‘zi joylashgan manzili (geolokatsiya) ma’lumotlarini sun’iy o‘zgartirish; - kompyuterlarda virtual mobil qurilmani yaratish orqali haqiqatda MTTga kelmagan tarbiyalanuvchilar va xodimlarning davomatini soxtalashtirib, NMTTBATga bila turib, tarbiyalanuvchilar va xodimlar davomati to‘g‘risida soxtalashtirilgan yolg‘on axborotni kiritish harakatlari aniqlanmoqda. Bu holatlar bo‘yicha tegishli tadbirkorlarga ogohlantirish xatlari berilmoqda va subsidiya to‘lovlari to‘xtatilmoqda. Mazkur ma’lumotlar bilan NMTTBATning “Qayta hisob” menyusidagi “Tekshiruvda” sahifasida tanishishingiz mumkin. Tadbirkorlar NMTTBAT orqali davomat ma’lumotlarini qayta ko‘rib chiqish uchun ariza berish imkoniyatiga ega. NMTTBATda foydalanuvchilarning harakatlari to‘g‘risida barcha ma’lumotlar aks ettiriladi va saqlanadi. Qonun buzilishi aniqlangan har bir holat huquqni muhofaza qilish idoralarga taqdim etilishi davom ettiriladi. O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 2784-moddasida “Kompyuter tizimiga bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib, bila turib yolg‘on axborotni kiritish sodir etilgan bo‘lsa, uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi” belgilanganligini eslatib o‘tamiz.

Batafsil
Maktabgacha ta'lim agentligi
MAKTABGACHA TA’LIM SOHASIDA FAOLIYAT YURITAYOTGAN TADBIRKORLAR DIQQATIGA !

Yangi O‘zbekistonda qonun ustuvor, jinoyatga jazo muqarrar bo‘lishi shart.  Va albatta shunday bo‘ladi”.             Sh.M. Mirziyoyev   MAKTABGACHA TA’LIM SOHASIDA FAOLIYAT YURITAYOTGAN TADBIRKORLAR DIQQATIGA ! Maktabgacha ta’lim agentligi tomonidan Nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarini boshqarish axborot tizimi (NMTTBAT)ga kelayotgan elektron ma’lumotlar tahlil qilinganda, ayrim DXSH asosida, shu jumladan oilaviy MTTlar, pul evaziga o‘rtada turuvchi turli shaxslar bilan TIL BIRIKTIRGAN HOLDA, maxsus dasturiy yoki apparat vositalaridan foydalanib, tarbiyalanuvchi va xodimlarning davomatini soxtalashtirib, yolg‘on axborotni NMTTBATga kiritish holatlari aniqlanmoqda. Bu orqali g‘arazli maqsadlar bilan subsidiya hajmini sun’iy ravishda oshirib, Davlat byudjetidan noqonuniy pul mablag‘larini olish harakatlari mavjud. Ushbu holatlar bo‘yicha to‘plangan hujjatlar, shuningdek o‘rtada turuvchi shaxslar harakatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar tegishli huquqni muxofaza qilish organlariga taqdim etilmoqda. HURMATLI TADBIRKORLAR !  DAVOMAT TO‘GʻRISIDA MA’LUMOTLARNI SOXTALASHTIRMANG. FIRIBGARLIK HOLATLARIGA YO‘L QO‘YMANG. Pul evaziga tarbiyalanuvchilar va xodimlar davomati to‘g‘risida soxtalashtirilgan yolg‘on axborotni NMTTBATga kiritishni va’da qiluvchi shaxslarga ISHONMANG !!!. NMTTBATda FOYDALANUVCHILARNING barcha HARAKATLARI to‘g‘risida ma’lumotlar aks ettirilishi va saqlanishini eslatib o‘tamiz. Qonun buzilishi aniqlangan har bir holat huquqni muxofaza qilish idoralarga taqdim etilishi davom ettiriladi. ESLATIB O‘TAMIZKI, O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat Kodeksining 2784-moddasiga asosan “Kompyuter tizimiga bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib, bila turib yolg‘on axborotni kiritish sodir etilgan bo‘lsa, uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.”. SOXTA MA’LUMOTLAR ALBATTA FOSH BO‘LISHI VA JAZO MUQARRARLIGI TA’MINLANISHINI UNUTMANG.

Maktabgacha ta'lim agentligi
RASMIY MUNOSABAT

Kuni kecha “BASTION” telegram kanalida "Shahrixon tumanida davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti xodimlari majburiy obunaga jalb etilyapti" mazmunida post joylandi. Ijtimoiy tarmoq vakilining joylagan mazkur postiga Agentlik Axborot xizmati quyidagicha javob beriladi. Maktabgacha taʼlim tizimida davlat standarti bo‘yicha taʼlim beriladi. Shuningdek, bu standartlar "Ilk qadam" Davlat dasturiga asosan olib boriladi. Tizimda mazkur o'quv dastur bo‘yicha yetarlicha tarqatma material bo‘lmaganligi sababli hozirda "Ilk qadam" didaktik jurnali maktabgacha taʼlim tashkilotlariga qo'llanma sifatida tavsiya etilmoqda. Shu bois hozirda Respublika bo‘yicha targ‘ibot ishlari olib borilmoqda.  Tizimda xodimning saviyasini oshirish, uning bilim darajasini tenglashtirish, o‘qitish ko‘nikmasini shakllantirish uchun uzluksiz tarzda chora-tadbirlar olib borilmoqda. "Ilk qadam" didaktik jurnali ham ana shu maqsadda Maktabgacha ta'lim agentligi qoshida nashr etiladi. U Agentlikning yagona tarqatma materiali hisoblanadi.  Xodimlarni o‘qitish, bilim darajasini zamon talabiga yetkazish uchun malaka oshirish o‘quv kurslari, turli xil seminarlar, trening jarayonlari o‘tkazilmoqda. Biroq ular maʼlum vaqt oralig‘ida tashkil etiladi va xodim bilan doimo birga bo‘lolmaydi. Didaktik jurnal esa ularning doimiy hamrohi bo‘lishi mumkin. Qo‘lida tizim bo‘yicha qo‘llanma bo‘lgan tashkilot xodimi taʼlim jarayonini ham aynan shu tarzda o‘tishi maqsadga muvofiq bo‘ladi. Respublika bo'yicha oilaviy bog'chalar ham ko'payib borayotgani quvonarlidir. Biroq ularning qanchasi ta'lim sifati bo'yicha qoniqarli ekanligi savol ostida. Aynan shu xildagi bog'chalar didaktik tarqatma materiallarga muhtojdir. Shu o‘rinda, hozirda targ‘ibot ishlari ana shunday nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari o‘rtasida ham olib borilmoqda. Bunga sabab nodavlat taʼlim tashkilotida ishlovchi xodimlarning bilim va tajriba darajasini tashkilot rahbarining o‘zi belgilashidir. Yaʼni, bunday xodimlar Agentlik tomonidan hech qanday tarzda sinovdan o‘tmaydi. Shunday ekan, nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotida ishlovchi xodimlarning qanchalik darajada bilimi yetarli ekanligini bilish qiyin. Aynan bu kamchilikni bartaraf etish uchun ham "Ilk qadam" didaktik jurnali targ‘ib qilinmoqda. Bunda esa tashkilot rahbari xodimlardan ushbu jurnalni muntazam o'qib borishni talab qilishi zarur. Chunki, birinchi o'rinda, rahbar bolaga sifatli tarbiya berishga mas'uldir. Xabaringiz bor, ijtimoiy tarmoqlarda tarbiyachilarning bolalar bilan qilayotgan qo‘pol muomalalari tez-tez ko'zga tashlanmoqda. Buning sababi ularda bilim yo‘qligi, saviyasi yetarli emasligidir. Afsuski, birgina xodimning mana shunday bilimsizlik bilan yondashuvi butun bir tizimni ayblashga asos bo‘ladi. Shu maqsadda ham bunday targ‘ibot ishlarni o‘tkazish, tarqatma materiallar tavsiya etib, ularning bilim saviyasini oshirish asosli va o'rinlidir. Ma'lumot uchun, 2024-yildan boshlab "Ilk qadam" didkatik jurnali elektron shakl hamda QR-kodli ko'rinishda nashr etiladi. Maktabgacha ta'lim agentligi Axborot xizmati

Maktabgacha ta'lim agentligi
UNICEF va Maktabgacha ta’lim agentligi o‘rtasida imzolangan maktabgacha ta’limni universal qamrab olishga qaratilgan shatnoma xususida

Xabaringiz bor, mazkur hamkorlik to‘g‘risidagi bitimni UNICEFning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari vazifasini bajaruvchi Alberto Byankoli va Maktabgacha ta’lim va maktab ta’limi vazirining birinchi o‘rinbosari – Maktabgacha ta’lim agentligi direktori Agrippina Shin imzolashgan edi. Unga asosan, O‘zbekistonda pedagodlarning malakasini oshirish bo‘yicha 14 ta hududiy klaster markazlari tashkil etiladi. Ushbu markazlar Islom taraqqiyot banki tomonidan qo‘llab-quvvatlangan “O‘zbekiston Respublikasida sifatli maktabgacha ta’limdan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish” loyihasi doirasida ochilishi rejalashtirilgan. Loyihaning maqsadi maktabgacha ta’lim sifatini oshirish va undan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirishdan iborat. Hamkor tashkilotlar bolalar bog‘chalarida, jumladan, mamlakatimizning chekka hududlaridagi ta’lim muhitini sifat jihatidan yaxshilash bo‘yicha hamkorlik qiladi. Loyiha doirasida UNICEF maktabgacha ta’lim xizmatlarining sifat standartlariga javob berishini ta’minlash bo‘yicha jahon tajribasidan foydalangan holda Agentlikni qo‘llab-quvvatlaydi. Hamkor tashkilotlar o‘z sa’y-harakatlarini maktabgacha ta’lim tashkilotlari pedagog va rahbarlarining malakasini oshirishga, shuningdek, malaka oshirish tizimini isloh qilishga qaratadi.

Maktabgacha ta'lim agentligi
15-dekabr kuni Toshkent shahridagi Turkiston san'at saroyida "Ma’naviyat fidoyisi" koʼkrak nishoni hamda "Eng namunali vazirlik va idora" tanlovining g'oliblarini tantanali taqdirlash marosimi bo’lib o’tdi

Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining «Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish boʼyicha qoʼshimcha chora-tadbirlar toʼgʼrisida» 2019-yil 3-maydagi PQ-4307-son qaroriga muvofiq “Maʼnaviyat fidoyisi” koʼkrak nishoni taʼsis etilgan edi. Tadbirda Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, Madaniyat vazirligi, Oʼzbekiston Yozuvchilar uyushmasi va hamkor tashkilotlardan tuzilgan komissiya qaroriga asosan mamlakatimizda maʼnaviy-maʼrifiy ishlarni amalga oshirish, ijtimoiy-maʼnaviy muhitni sogʼlomlashtirish borasida fidokorona mehnatlari uchun bir qator yurtdoshlarimiz “Maʼnaviyat fidoyisi” koʼkrak nishoni bilan taqdirlandilar. Shu o’rinda Maktabgacha ta’lim vazirining birinchi oʻrinbosari-Maktabgacha ta’lim agentligi direktori Shin Agrippina Vasilyevna ham "Ma’naviyat fidoyisi" koʼkrak nishoni bilan taqdirlandilar. Shuningdek, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi tomonidan maʼnaviy-maʼrifiy va tarbiyaviy ishlarni namunali yoʻlga qoʻyish boʻyicha anʼanaviy tarzda oʻtkaziladigan “Eng namunali vazirlik va idora” tanlovida Maktabgacha ta'lim agentligi 4-o’ringa munosib deb topildi.  

Maktabgacha ta'lim agentligi
UNICEF hamda Maktabgacha ta’lim agentligi maktabgacha ta’lim bilan universal qamrovga erishish yo'lida hamkorlik qilish to’g’risidagi shartnomani imzoladi

TOSHKENT, 2023 yil 15 dekabr - Bugun UNICEFning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari vazifasini bajaruvchi Alberto Biankoli va Maktabgacha ta’lim va maktab ta’limi vaziri o‘rinbosari, Maktabgacha ta’lim agentligi direktori Agrippina Shin Islom taraqqiyot banki tomonidan qo‘llab-quvvatlangan “O‘zbekiston Respublikasida sifatli maktabgacha ta’limdan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish” loyihasini amalga oshirish to’g’risidagi shartnomani imzoladilar. Loyihaning maqsadi maktabgacha ta’lim sifatini oshirish va O‘zbekistondagi maktabgacha yoshdagi bolalar uchun ushbu xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirishdan iborat. Hamkor tashkilotlar maktabgacha ta’lim tashkilotlari, jumladan mamlakatning chekka hududlaridagi ta’lim-tarbiya muhitini sifat jihatidan yaxshilash bo‘yicha birgalikda ish olib boradilar. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarining turli modellarini joriy etish bo‘yicha O‘zbekistondagi muvaffaqiyatli tajribaga asoslanib, maktabgacha ta’lim tashkilotlarining milliy tarmog‘ini kengaytirish rejalashtirilmoqda. Jumladan, ushbu tadbirlarni xususiy sektorni qo‘llab-quvvatlash nazarda tutiladi. Olis hududlarda suv ta’minoti, sanitariya-gigiyena ob’ektlarining sifati va xavfsizligini ta’minlashga alohida e’tibor qaratiladi. UNICEF va Maktabgacha taʼlimi Agentligi Islom taraqqiyot bankining ushbu loyihaga kiritgan yangi sarmoyasini yuqori baholaydi. Bu Oʻzbekistonning 2030-yilga borib maktabgacha taʼlimning universal qamroviga erishishga qaratilgan strategiyasini amalga oshirishga xizmat qiladi. Loyiha doirasida maktabgacha ta’lim xizmatlarining sifat standartlariga javob berishini ta’minlash uchun UNICEF o‘zining jahon miqyosidagi tajribasidan foydalangan holda  Maktabgacha ta’lim agentligining sa’y-harakatlarini qo’llab-quvvatlaydi. Hamkor tashkilotlar maktabgacha ta’lim tashkilotlari pedagog va rahbarlarining malakasini oshirish tizimini isloh qilishga e’tibor qaratadilar. Pedagog kadrlar malakasini oshirish bo‘yicha 14 ta hududiy klaster markazlari tashkil etilib, ular to‘liq jihozlanadi. UNICEF maktabgacha ta’lim muassasalari pedagoglarini malakasini oshirish dasturini modernizatsiya qiladi.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Maktabgacha ta’lim tizimini yangi bosqichga olib chiqish, yaratilgan sharoitlar hamda qamrov darajasini oshirish borasida amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha matbuot anumani bo'lib o'tdi

Bugungi kunda respublika bo‘yicha maktabgacha ta’lim tashkilotlari soni 33 942 tani tashkil etmoqda (6 780 tasi davlat va 27 162 tasi nodavlat). Nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarining 847 tasi xususiy, 1 388 tasi davlat-xususiy sherikchilik asosidagi va 24 927 tasi oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarini tashkil etadi. Ma’lumot uchun aytib o’tish lozimki, bugungi kunda Respublika bo‘yicha 2 930 844 nafar 3-7 yoshli bolalarning 2 168 825 nafari yoki 74,0 foizi maktabgacha ta’lim bilan qamrab olingan. Joriy yilning 1 yanvar holatiga ko’ra esa 29 420 ta maktabgacha ta’lim tashkilotlarga 2 103 752 nafar (71,8%) bolalar qamrab olinib, yil boshiga nisbatan maktabgacha ta’lim tashkilotlari soni yangi qurilgan va yangi tashkil etilgan davlat-xususiy sheriklik asosidagi nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari hisobiga 3 982 taga ortganligini, ularga qo‘shimcha 65 ming nafarga yaqin bolalar qo‘shimcha qamrab olinganligini ko‘rsatmoqda. Shuningdek, YUNISEF tashkiloti bilan hamkorlikda Namangan va Xorazm viloyatlarida maktabgacha ta’limning muqobil shakli bo‘lgan  20 ta “Turli xil yoshdagi maktabgacha ta’lim guruhlari” (o‘yin guruhlari) tashkil etilib, ularga jami 496 nafar bolalar qamrab olindi. Jahon banki bilan hamkorlikda “Bolani erta rivojlantirish” loyihasi doirasida Namangan va Samarqand viloyatlarida “Ilk rivojlanish markazlari” 3 ta model bo‘yicha faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Bunda, birinchi model (6 yoshgacha qamrab olinmagan bolalari bo‘lgan oilalarga tashrif) bo‘yicha jami 634 ta bolalar, ikkinchi model (o‘yin guruhlari) bo‘yicha 861 nafar bolalar, uchinchi model (sog‘ligi tufayli imkoniyati cheklangan 2 yoshdan 6 yoshgacha bolalari bo‘lgan oilalarga tashrif) bo‘yicha 87 ta bolalar qamrab olingan. Ta’kidlash lozimki, Surxondaryo viloyatining Termiz shahar, Termiz va Muzrabot tumanlaridagi Afg‘oniston davlatidan o‘tib kelgan oilalar farzandlari uchun 10 ta davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida  400 nafar bolalarga Yunisef Xalqaro bolalar tashkiloti Yevropa Ittifoqining moliyaviy ko‘magi yordamida “Ko‘p tilli inklyuziv ta’lim guruhlari”  tashkil etildi. Albatta, tizimda yangi bo’sh o’rinlari ham yaratilmoqda. Hozirda barcha maktabgacha ta’lim tashkilotlarida 160 381 nafar (oliy ma’lumotlilar ulushi 34,1 foiz) rahbar va pedagoglar faoliyat yuritmoqda. Ularning 117 435 nafari (73,3 foiz) davlat va 42 946 nafari (26,7 foiz) nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida faoliyat yuritib kelmoqda. Tizimda uzluksiz o’sish jarayonlari olib borilmoqda. Jumladan, 6 yoshli bolalarni maktabga tayyorlov tizimi bilan qamrab olish darajasini 92 foizga yetkazish yuzasidan quyidagi choralar ko‘rildi: -  Maktabgacha ta’lim bilan qamrab olingan 661 945 nafar (93 %) 6 yoshli bolalarning 170 721 nafari 7 560 ta boshlang‘ich ta’limga bir yillik bepul majburiy tayyorlov guruhlariga, 456 769 nafari 13 055 ta to‘liq kunlik tayyorlov guruhlariga, 33 429 nafari 3 298 ta qisqa muddatli tayyorlov guruhlariga qamrab olindi. -  Joriy yil davomida 98 ta to‘liq kunlik, 271 ta qisqa muddatli, 1 384 ta majburiy bepul tayyorlov guruhlari tashkil etilishi natijasida jami 711 768 nafar 6 yoshli bolalarning 661 945 nafari, yoki 93,0 foizi qamrab olindi. -  Mazkur guruhlar 9 turdagi mebel va boshqa jihozlar, 36 nomdagi o‘quv-metodik vositalar, didaktik qo‘llanmalar, ko‘rgazmali materiallar, o‘yin va o‘yinchoqlar to‘plamlari bilan ta’minlandi. Maktabgacha ta’lim agentligi Axborot xizmati

Maktabgacha ta'lim agentligi
Maktabgacha ta’lim agentligida Toshkent shahridagi maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktorlari uchun seminar bo'lib o'tdi

Seminarni agentlik direktorining o‘rinbosarlari savol javob tarzida tashkil etib, MTTda bolalar davomatini elektron shaklida olib borilishi borasida  tushunchalar berishdi.   Shu bilan birga, bolalar ovqatlanish tizimini raqamlashtirilgan holda olib borilishi haqida ham ma’lumotlar berib o'tildi. Yig'ilish davomida ovqatlantirishni tashkil etish bo'yicha ham masalalar muhokama qilindi, mavjud muammo va kamchiliklarni bartaraf etish bo'yicha mas'ullarga ko'rsatmalar berildi.  Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida tarbiyalanuvchilarni sogʻlom ovqatlantirishni tashkil etish ishlarini yanada takomillashtirish, belgilangan sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga muvofiq holda ovqatlantirishni tashkil etish orqali bolalarning sogʻlom va barkamol oʻsishini taʼminlash, sogʻlom ovqatlantirishning zamonaviy usullarini joriy etgan holda taʼlim-tarbiya sifati va samaradorligini oshirish uchun keng imkoniyatlar yaratish maqsadida 2019-yildan boshlab maktabgacha taʼlim tashkilotlarida ovqatlantirish xizmati tadbirkorlar tomonidan autsorsing usulida amalga oshirilib kelinmoqda. Bugungi kunda respublikada 6 759 ta davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari mavjud boʻlib, ularning 1 172 tasida 83 nafar tadbirkorlar tomonidan autsorsing xizmatlari yoʻlga qoʻyilgan. Qolgan 5 587 ta davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida anʼanaviy usulda ovqatlantirish tashkil etilgan. Hozirda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil  25-iyuldagi  “Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida sogʻlom ovqatlantirish tizimini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida”gi 626-son qaror hamda Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasining Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha taʼlim tashkilotlarida tarbiyalanayotgan bolalarni xavfsiz va sifatli ovqatlanishini tashkil etilishiga oid gigiyenik talablarga (0016-21-son SanQvaN) asosan qator tashkiliy ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan,  Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.Aripov raisligida  2023-yil 23-mart kuni oʻtkazilgan 47-son yigʻilish bayonining 4-bandi ijrosi yuzasidan davlat va nodavlat maktabgacha tashkilotlarida tarbiyalanuvchilarning sogʻlom, xavfsiz va sifatli ovqatlanishini taʼminlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Maktabgacha ta’lim agentligi hamda  O‘zbekiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasining 2023-yil 23-maydagi “Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tarbiyalanuvchilarni sog‘lom ovqatlantirishni tashkil etish uchun yagona mavsumiy taomnomalarni tasdiqlash va amaliyotga joriy qilish to‘g‘risida”gi 1/12-son qo‘shma qarori qabul qilindi.   Mazkur qo‘shma qaror bilan maktabgacha ta’lim tashkilotlari uchun yagona mavsumiy taomnoma tasdiqlandi hamda joriy yilning 1-iyunidan boshlab Toshkent shahridagi, 2023-yil 1-sentyabrdan esa respublikaning barcha hududlaridagi davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida “Aqlvoy-oshpaz, bog‘chalar uchun taomlar retsepti ” to‘plamidan foydalangan holda tuzilgan yagona mavsumiy taomnoma asosida tarbiyalanuvchilarni ovqatlantirish tashkil etildi.  Seminar-treninglar davomida tarbiyalanuvchilarni sogʻlom ovqatlantirishni sanitariya-gigiyena talablariga qatʼiy rioya qilgan holda tashkil etish, oshpazlar tomonidan taom tayyorlash jarayonida texnologiya va texnika xavfsizligi qoidalariga amal qilinishi, taom tayyorlash, oziq-ovqat mahsulotlarini sifatli qabul qilish, saqlash uchun zarur sharoitlar yaratish, taomnomaga muvofiq mahsulotlar toʻliq yetkazilishi va sarflanishini taʼminlash choralarini koʻrish hamda maktabgacha taʼlim tashkilotlarida oziq-ovqat mahsulotlari va taomlar sifatini oʻrganish boʻyicha tashkil etilgan brakeraj komissiyasi faoliyatiga doir masalalar muhokama qilindi. Bundan tashqari, Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʻlim vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati va “Mercy Corps” xalqaro nodavlat tashkilotining Oʻzbekistondagi filiali oʻrtasida imzolangan anglashuv Memorandum asosida Qoraqalpog‘iston Respublikasi hamda Surxondaryo viloyatidagi maqsadli tanlab olingan davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktor, tarbiyachi, hamshira, oshpaz va xo‘jalik mudirlari uchun “Maktabgacha taʼlim tashkilotlari tarbiyalanuvchilarining oʻqish va yozish, hamda gigiena va sogʻlom turmush tarzi koʻnikmalarini oshirish”, “Maktabgacha taʼlim tashkilotlarida tarbiyalanuvchilarning o‘sishi va rivojlanishini monitoring qilish, ularning to‘g‘ri ovqatlanishi va gigiyenasi bo‘yicha hamshiralarning amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirish”, “Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha taʼlim tizimida bolalarning ilk yoshidan savodxonlik, ratsional ovqatlanish, gigiyena va sogʻlom turmush tarzi koʻnikmalarini shakllantirishda kompetensiyaviy yondashuvni joriy etish” mavzularida malaka oshirish seminarlari o‘tkazildi.

Batafsil
Maktabgacha ta'lim agentligi
YUNESKO "Toshkent+1" shtab-kvartirasi bilan onlayn uchrashuv bo'lib o'tdi

Bugun O’zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligida vazir Hilola Umarova ishtirokida YUNESKOning "Toshkent+1" shtab-kvartirasi a’zolari bilan onlayn uchrashuv bo’lib o’tdi. Uchrashuvda bundan bir yil muqaddam mamlakatimizda YUNESKO bilan hamkorlikda 147 ta davlat ishtirokida o’tkazilgan katta masshtabdagi “Kichik yoshdagi bolalarga ta’lim-tarbiya berish” II Butunjahon konferensiyasining ta’lim tizimidagi ahamiyati e’tirof etildi. Shuningdek, 2030-yilga qadar butun jahon miqyosida rivojlanishning 4 asosiy yo’nalishini belgilab bergan Toshkent deklaratsiyasi qabul qilinganiga 1 yil to‘lishi munosabati bilan vazir barchani samimiy qutladi. Mazkur yo’nalishlar quyidagilar: 1. Hamma uchun teng inklyuziv va sifatli xizmatlar; 2. Kichik yoshdagi bolalarga ta’lim-tarbiya beruvchi kadrlar; 3. Ta’limda innovatsiyalar va raqamlashtirish; 4. Siyosat, moliyalashtirish va boshqaruv. “Bolaning sog‘lom va har tomonlama rivojlangan shaxsini shakllantirishda poydevor bo‘lgan maktabgacha ta’limning muhim ahamiyatini anglagan holda, maktabgacha yoshdagi bolalarga alohida e’tibor qaratilmoqda va bu borada joriy yilning 11 sentabr kuni O‘zbekiston Prezidenti tomonidan “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi tasdiqlandi”, - deydi vazir H.Umarova . Ta’kidlash joizki, maktabgacha ta’lim tizimini yangi bosqichga ko‘tarish va bolalarni to‘liq qamrab olishni ta’minlash ushbu strategiyada ustuvor vazifalar sifatida belgilangan. Uchrashuv davomida Maktabgacha ta’lim va maktab ta’limi vazirining birinchi o‘rinbosari – Maktabgacha ta’lim agentligi direktori Agrippina Shin 1 yil mobaynida amalga oshirilgan ishlar, erishilgan ijobiy ko'rsatkichlar haqida ma’lumot berib o'tdi.

Maktabgacha ta'lim agentligi
"O'zbekistonda sifatli maktabgacha ta'lim olish imkoniyatini kengaytirish" loyihasi samaradorligini e'lon qilish munosabati doirasida Islom taraqqiyot banki delegatsiyasi bilan bo'lib o'tgan uchrashuv

29-noyabr kuni Maktabgacha va maktab ta'limi vazirining birinchi o'rinbosari - Maktabgacha ta'lim agentligi direktori A. V. Shinning ITB ekspluatatsiya guruhi rahbari, janob Muhammad Kagah Mirzai boshchiligidagi Islom taraqqiyot banki missiyasi bilan uchrashuvi bo'lib o'tdi. Ma'lumot uchun: 2023-yil 26-aprelda O'zbekiston Respublikasi va Islom taraqqiyot banki o'rtasida 30 mln.dollar miqdorda qarz bitimi imzolandi. (№UZN-1018). "O'zbekistonda sifatli maktabgacha ta'limdan foydalanish imkoniyatini kengaytirish" loyihasi O'zbekiston Respublikasi davlat budjeti resurslari cheklanganligi va aholi o'sish dinamikasini hisobga olgan holda davlat-xususiy sheriklik asosida nodavlat maktabgacha ta'lim tashkilotlari tarmog'ini 200 taga kengaytirishni nazarda tutadi. Nodavlat maktabgacha ta'lim tashkilotlarini tashkil etish natijasida respublika bo'ylab 30 ming  nafar bolalar maktabgacha ta'lim bilan qamrab olinadi va 2,5 mingga yaqin ish o'rni yaratiladi. Kun tartibida loyihaning tashkiliy va texnik jihatlariga qaratilgan keyingi tadbirlarni amalga oshirish vazifasi qo'yildi. Uchrashuv yakunida tomonlar ushbu loyiha yuzasidan amalga oshiriladigan barcha zarur tadbirlar to'g'risida o'zaro kelishuvga erishdilar.

Maktabgacha ta'lim agentligi
"O'zbekistonda sifatli maktabgacha ta'lim olish imkoniyatini kengaytirish" loyihasi samaradorligini e'lon qilish munosabati doirasida Islom taraqqiyot banki delegatsiyasi bilan bo'lib o'tgan uchrashuv

29-noyabr kuni Maktabgacha va maktab ta'limi vazirining birinchi o'rinbosari - Maktabgacha ta'lim agentligi direktori A. V. Shinning ITB ekspluatatsiya guruhi rahbari, janob Muhammad Kagah Mirzai boshchiligidagi Islom taraqqiyot banki missiyasi bilan uchrashuvi bo'lib o'tdi. Ma'lumot uchun: 2023-yil 26-aprelda O'zbekiston Respublikasi va Islom taraqqiyot banki o'rtasida 30 mln.dollar miqdorda qarz bitimi imzolandi. (№UZN-1018). "O'zbekistonda sifatli maktabgacha ta'limdan foydalanish imkoniyatini kengaytirish" loyihasi O'zbekiston Respublikasi davlat budjeti resurslari cheklanganligi va aholi o'sish dinamikasini hisobga olgan holda davlat-xususiy sheriklik asosida nodavlat maktabgacha ta'lim tashkilotlari tarmog'ini 200 taga kengaytirishni nazarda tutadi. Nodavlat maktabgacha ta'lim tashkilotlarini tashkil etish natijasida respublika bo'ylab 30 ming  nafar bolalar maktabgacha ta'lim bilan qamrab olinadi va 2,5 mingga yaqin ish o'rni yaratiladi. Kun tartibida loyihaning tashkiliy va texnik jihatlariga qaratilgan keyingi tadbirlarni amalga oshirish vazifasi qo'yildi. Uchrashuv yakunida tomonlar ushbu loyiha yuzasidan amalga oshiriladigan barcha zarur tadbirlar to'g'risida o'zaro kelishuvga erishdilar.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Fransiyaning O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi ko'magida "Hachette FLE" fransuz nashriyotining sotuv bo'yicha direktori Adelin Risher xonim bilan uchrashuv

Fransiya Hukumati bilan ilgari erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish maqsadida 2023-yil 29-noyabr kuni Fransiyaning O'zbekistondagi elchixonasi ko'magida Maktabgacha va maktab ta'limi vazirining birinchi o'rinbosari - Maktabgacha ta'lim agentligi direktori A. V. Shinning "Hachette FLE" fransuz nashriyotining sotuv bo'yicha direktori Adelin Risher xonim bilan uchrashuvi bo'lib o'tdi. Ma'lumot uchun: Hachette FLE — fransuz tilining turli darajalarini o'rganish uchun o'quv adabiyotlarini nashr etishda tan olingan yetakchi bo'lib hisoblanadi. 1953-yilda Hachette FLE o'zining ilk nashri: Gaston Mogerning "Курс языка и французской цивилизации" ni taqdim etdi. Tez orada Le Mauger nomiga sazovor bo'lgan ushbu kurs fransuz tilini chet tili sifatida nashr etish ishida yangi sarguzashtning debyutini belgiladi. Bugun nashriyot o'zining 70 yilligini nishonlamoqda. Uchrashuv doirasida maktabgacha yoshdagi bolalar uchun "Les Loustics" (tarjimada "Qiziqchilar") nomli kitoblar to'plamining taqdimoti bo'lib o'tdi. Ushbu kitoblarning maqsadi - qiziqarli va interaktiv tarzdagi mashg'ulotlar orqali bolalarning fransuz tilini o'rganishga bo'lgan qiziqishlarini rivojlantirishdan iborat. Rangli illyustratsiyalar va do'stona qahramonlar yosh o'quvchilarning e'tiborini jalb qiladi hamda ularda fransuz tilini o'rganishga bo'lgan qiziqishni uyg'otadi. Unda har bir o'quvchining rivojlanishiga, uning muvaffaqiyatiga alohida e'tibor qaratiladi, bu esa o'quv jarayonida motivatsiyani saqlab qolishga ijobiy ta'sir ko'rsatadi. Fransiya tomoni qo'llanmani rolli o'yinlar, qo'shiqlar, qo'l mehnati, hikoyalar va yozma nutqni tushunish va takrorlash asosidagi mashqlar kabi turli xil va qiziqarli misollar yordamida taqdim etdi. Butun seriya bolalarni o'qitishning turli bosqichlariga mos keluvchi 3 darajaga (CECRL A1-A2) bo'lingan. Har bir daraja darslik, ish daftarchasi va o'qituvchilar uchun qo'llanmani o'z ichiga oladi. Eslatib o'tamiz, Fransiya Prezidenti E.Makron janoblarining O'zbekistonga tashrifi chog'ida ta'lim sohasida davlatlararo munosabatlarni rivojlantirish, xususan, maktabgacha yoshdagi bolalarni o'qitish uchun fransuz tili o'quv dasturini ishlab chiqishda fransuz tomonidan ko'mak olish to'g'risida shartnoma imzolangan edi.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Maktabgacha ta'lim agentligi va Saudiya taraqqiyot jamg'armasi o'rtasida uchrashuv bo'lib o'tdi

Bugun Maktabgacha ta'lim agentligida agentlik direktori o'rinbosari O. Z. Rahmatillayevning Toshkent shahriga biznes tashrifi bilan kelgan Markaziy Osiyodagi operatsiyalar bo'yicha direktor Muhammad Almasud boshchiligida Saudiya taraqqiyot jamg'armasi (STJ) missiyasi bilan uchrashuvi bo'lib o'tdi. 28-noyabr kuni Maktabgacha ta'lim agentligi direktorining o'rinbosari O. Z. Rahmatillayevning Toshkent shahriga "Maktabgacha ta'lim sohasida davlat-xususiy sheriklikni qo'llab-quvvatlash" qo'shma loyihasini amalga oshirish masalalarini muhokama qilish uchun ish tashrifi bilan kelgan Markaziy Osiyodagi operatsiyalar bo'yicha direktor Muhammad Almasud boshchiligidagi Saudiya taraqqiyot jamg'armasi (STJ) missiyasi bilan ishchi uchrashuvi o'tkazildi. Ma'lumot uchun: "Maktabgacha ta'lim sohasida davlat-xususiy sheriklikni qo'llab-quvvatlash" loyihasi 2021-yildan boshlab Saudiya taraqqiyot jamg 'armasi (STR) mablag'lari hisobidan amalga oshirilmoqda, uning doirasida kredit mablag'lari maktabgacha ta'lim tashkilotlarini qurish bo'yicha mahalliy loyihalarni DXSH shaklida qo'llab-quvvatlashga yo'naltiriladi. Loyiha summasi 41 million Saudiya rialini tashkil etadi (10,9 mln AQSH dollariga teng). Loyihani amalga oshirish muddati - 2021-2024 yillarga mo'ljallangan. Uchrashuv davomida belgilangan maqsadlarni yo'lga qo'yish samaradorligini oshirishga qaratilgan loyihaning texnik jihatlari yanada batafsil muhokama qilindi. Uchrashuv yakunida tomonlar ilgari erishilgan kelishuvlar shartlarini bajarish yuzasidan fikr almashdilar.

Maktabgacha ta'lim agentligi
"Maktabdagi ovqatlantirish - umumiy rivojlanish vektori" xalqaro forumi o'tkazildi

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi delegatsiyasi, Vazirning birinchi o'rinbosari – Maktabgacha ta'lim agentligi direktori A.Shin boshchiligida, MDH mamlakatlarida maktablarda sog’lom ovqatlantirish bo'yicha "Maktabdagi ovqatlantirish - umumiy rivojlanish vektori" xalqaro forumida ishtirok etish maqsadida hozirda Bishkek shahrida bo'lib turishibdi.Ushbu forumning maqsadi maktabda sog’lom ovqatlantirish sohasidagi milliy muammolarni hal qilish, ushbu soha samaradorligini oshirish uchun zamonaviy yechim va vositalarni izlash bo'yicha tajriba va fikr almashishdan iborat.Forumning ochilish marosimida Qirg'iziston Respublikasi ta'lim va fan vaziri D. Kendirbayeva, Bishkek shahri meri A. Junushaliyev va boshqa yuqori martabali shaxslar ishtirok etdilar.Tadbir davomida Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi delegatlari keng jamoatchilik oldida O'zbekiston Respublikasi maktab va maktabgacha ta’lim tashkilotlaridagi ovqatlantirish dasturlarining asosiy yutuqlari va rivojlanish yo'nalishlari to'g'risida taqdimot materiallari bilan chiqish qildilar, davra suhbatlarida qatnashdilar, shuningdek Bishkek shahridagi umumta'lim maktablariga tashrif buyurdilar.Shu bilan birga, Qirg'iziston tomonining taklifiga binoan A.Shin tomonidan delegatsiya bilan birgalikda Qirg'iziston maktabgacha ta'lim tizimi xodimlari uchun "O'zbekistonning 2017-2023 yillarda maktabgacha ta'lim tizimini rivojlantirishdagi yutuqlari" mavzusida seminar o'tkazildi. Xususan, maktabgacha ta'lim sifatini va pedagog kadrlarning malakasini oshirish, maktabgacha ta'limning nodavlat sektorini kengaytirish, DXSH asosida MTTlarni tashkil etish, maktabgacha ta'limni boshqarish jarayonlarini raqamlashtirish, shu jumladan oilaviy MTT larni tashkil etish mexanizmlarini avtomatlashtirish va nodavlat sektorga subsidiyalar ajratish, shuningdek, belgilangan davr davomidagi Maktabgacha ta'lim agentligining xalqaro hamkorlik natijalari kabi dolzarb yo'nalishlar bo'yicha ma'lumotlar taqdim etildi. Forum yakunlari bo'yicha MDHga a'zo davlatlarning ta'lim sohasidagi hamkorlik Kengashi doirasida har yili "MDH mamlakatlarida maktablarda ovqatlantirish masalalari bo'yicha xalqaro forum" o'tkazish to'g'risida Bishkek deklaratsiyasini qabul qilish rejalashtirildi.  

Batafsil
Maktabgacha ta'lim agentligi
Metodistlari uchun o‘quv-amaliy seminar

Bugun Maktabgacha ta’lim agentligi tasarrufiga o‘tkazilgan eksperimental davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari metodistlari uchun o‘quv-amaliy seminar tashkil etildi. O‘quv-amaliy seminarda Toshkent shahar va Toshkent viloyatidagi eksperimental davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarining 20 nafar metodistlari ishtirok etdilar. O‘quv-amaliy seminar jarayonida eksperimental davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari oldida turgan asosiy maqsad va vazifalar, ularning faoliyatini tashkil etishga oid me’yoriy ish hujjatlari bilan ishlash, pedagogning kasbiy standarti, Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘yiladigan davlat talablari hamda “Ilk qadam” davlat o‘quv dasturi asosida bolalarni barcha rivojlanish sohalari bo‘yicha kompetensiyalarini o‘zaro bog‘liq holda rivojlantirish yo‘llari”, shuningdek, tanlangan tumanlarda yagona uzluksiz metodik xizmatni tashkil etishda kelgusidagi vazifalar muhokama qilindi. Seminar yakunida ishtirokchilar uchun Agentlikda tashkil etilgan laboratoriyada maktabgacha yoshdagi bolalarga ta’lim berishda kompetensiyaviy yondashuvlar bo‘yicha master klas o‘tkazildi. Ma’lumot uchun: O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining  2023 yil 3 noyabrdagi 532-sonli buyrug‘iga ko‘ra, uzluksiz yagona metodik xizmatni yo‘lga qo‘yish maqsadida Respublikadagi moddiy-texnik holati, metodik xizmat yaxshi yo‘lga qo‘yilgan va kadrlar salohiyati yuqori darajada bo‘lgan 26 ta davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari tanlab olinib, Maktabgacha ta’lim agentligi tasarrufidagi eksperimental davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari sifatida tashkil etildi.

Maktabgacha ta'lim agentligi
"Jaseng Medical Foundation" tadbiri bo'lib o'tdi

Bugun 23-noyabr kuni Toshkent shahri Yangihayot tumanidagi 122-son DMTT da Koreya tibbiyot jamg'armasining "Jaseng Medical Foundation" tadbiri bo'lib o'tdi. Tadbir boshida bolalarimiz mehmonlarni engil ta'zim, chiroyli tabassum va milliy an'analar bilan kutib olishdi.  Muhokama davomida O'zbekiston va Koreya o'rtasidagi o'zaro tushunish va tadbirlarni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi. Jamg'arma vakillari birgalikda bolalarni sog'lomlashtirish gimnastikasi bilan shug'ullanishga faol o'rgatishdi, chunki gimnastika chidamlilikni tarbiyalaydi va harakatlarning aniqligini shakllantiradi, shuningdek, mashg'ulotlar moslashuvchanlikni, epchillikni mukammal rivojlantiradi va o'rgatadi. Shuningdek, delegatsiya rahbari ushbu forumlar nafaqat poytaxtda, balki boshqa viloyatlarda ham o'tkazilishini ta'kidladi. Tadbir yakunida bolalar sevimli va mashhur televizion musiqaga raqsga tushishdi  Mehmonlar juda ko'p his-tuyg'ular va xotiralar bergan bolalarimizning aktivini ko'rishdan juda xursand bo'lishdi.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Bola kulgusi dunyodagi eng baxtiyor kulgudir

Bugun Maktabgacha ta’lim agentligi tomonidan 20-noyabr – Butunjahon bolalar kuniga bag‘ishlangan bog‘cha tarbiyalanuvchilari ishtirokida tadbir tashkil etildi. Ushbu tadbirga 34, 389-sonli MTTlari tarbiyalanuvchilari va tarbiyachilari shu bilan birga, Puchon, A.I.Gersen nomidagi RDPU universiteti Toshkent shahridagi filiallari qoshidagi bog‘cha bolalari va talabalari bilan taklif etildi. Barchaga ma’lumki, ushbu sanada butun yer yuzida bolalarni huquqlarini himoya qilish Konvensiyasi va Deklaratsiyasi qabul qilingan. Tadbirning ahamiyatga molik jihati shundan iborat bo‘ldiki, barcha bolajonlar uchun ularning huquqlari va erkinliklari haqida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining birinchi o‘rinbosari – Maktabgacha ta’lim agentligi direktorining shaxsan o‘zi tomonidan ertaknamo tarzda tushuntirib berildi. Bolajonlar bilan mavzu yuzasidan o‘yin tarzida savol-javoblar o‘tkazildi. Shuningdek, Toshkent davlat sirkining mutaxassislari tomonidan bolajonlarga qiziqarli tomoshalar hamda bola huquqlari haqida multfilm namoyish etildi. Bolajonlar agentlik xodimlarini faoliyatlari bilan tanishishdi, ularning kun davomida maktabgacha ta’lim  sohasini rivojlantirish uchun olib borayotgan ishlarini o‘z ko‘zlari bilan ko‘rib, turli savollarga tutishdi. Tadbir yakunida barcha bolajonlar o‘z qo‘llari bilan rangli dastxatlarini devorga esdalik uchun tushirishdi va sharlarga ismlarini yozib osmon-u falakka uchirishdi.      

Maktabgacha ta'lim agentligi
Yangibozorda yana bir yangi maktabgacha ta'lim tashkiloti ish boshladi

Yangibozor tumanining Bog‘olon mahallasida 29-son maktabgacha ta’lim tashkiloti  mukammal ta’mirlanib, foydalanishga topshirildi. Tadbirning ochilish marosimida  tuman hokimi Ruslan Jumaniyazov, sektor rahbarlari, faxriylar, mahalla faollari, maktabgacha ta’lim tashkilotlari mudiralari qatnashdi.  90  o‘ringa mo‘ljallangan mazkur maktabgacha ta’lim  tashkiloti zamonaviy davlat  talablari  asosida jihozlangan bo‘lib, tarbiyalanuvchilarni  sifatli! ta’lim  tarbiya olishlari  uchun  barcha qulay shart  sharoitlar yaratilgan. Eng quvonarlisi, bog‘chaning ishga tushishi bilan mahalladagi bog‘cha yoshidagi bolalarning 100 foiz qamroviga erishildi.  20 nafar fuqaroning ish bandligi ta’minlandi.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Yuksaklarda hilpira, bayrog'im!

Bugun mamlakatimizda «O’zbekiston Respublikasining Davlat bayrog’i to’g’risida» gi Qonun qabul qilinganiga 32 yil to’ldi. Ma’lumki, davlat bayrog’i mamlakitimizning suvereniteti va mustaqilligini ifodalovchi ramz. Shu munosabat bilan Maktabgacha ta’lim agentligida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi. Bugun bayrog‘imiz xalqaro maydonda, jumladan, O‘zbekiston Respublikasi rasmiy delegatsiyalarining xorijiy mamlakatlarga safarlari chog‘ida, xalqaro tashkilotlarda, konferensiyalarda, jahon ko‘rgazmalarida, sport musobaqalarida mustaqil vatanimizni ifodalamoqda. Tarixiy qadriyatlar asosida yaratilgan va o’tmishimiz, bugungi kunimiz va kelajagimiz ramzi bo’lgan Davlatimiz bayrog’ida biz ona suti, uning beshik kuylari va buyuk ajdodlar ta’limoti bilan singdirgan ulkan milliy kuch, yuksak aql va iroda mavjud. Maktabgacha ta’lim agentligi jamoasi barcha vatandoshlarimizni O’zbekiston Respublikasining Davlat bayrog’i qabul qilingan kuni bilan chin qalbdan tabriklaydi. Bayrog’imiz mustaqil va tinch O’zbekistonimizni tanitib, yuksaklarda hilpirashda davom etsin!  

Maktabgacha ta'lim agentligi
"Mittivoy" qo'shma loyihasi doirasida uchrashuv bo'lib o'tdi

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirining birinchi o'rinbosari – Maktabgacha ta'lim agentligi direktori A.Shin A.I.Gersen nomidagi RDPU  rektorining baynalminallashtirish bo'yicha maslahatchisi, pedagogika fanlari doktori,  professor Y.A.Komarova bilan uchrashdi. Tomonlar 2020-yil dekabr oyida tegishli "Yo'l xaritasi" imzolanishi bilan boshlangan "Mittivoy"  qo'shma loyihasining hozirgi holati va istiqbollarini muhokama qildilar. Eslatib o'tamiz, loyihaning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: - O'zbekiston Respublikasi maktabgacha ta'lim tashkilotlari mutaxassislarining vakolatlari darajasini o'rganish bo'yicha nazorat-o'lchov tadbirlarini o'tkazish; - O'zbekiston Respublikasi maktabgacha ta'lim tashkilotlari mutaxassislari uchun qayta tayyorlash dasturlarini ishlab chiqish; - O'zbekiston Respublikasi maktabgacha ta'lim tashkilotlari tarbiyachilari va pedagoglari uchun metodik qo'llanmalar ishlab chiqish. A.I.Gersen nomidagi RDPU vakillari bilan uchrashuv an'anaviy tarzda ishonchli, ochiq va do'stona muhitda o'tdi. Muzokaralar yakunida tomonlar yana bir bor maktabgacha ta'lim sohasida hamkorlikni rivojlantirish va mustahkamlashni davom ettirish bo'yicha o'z majburiyatlarini bayon qilishdi. Ma'lumot uchun: 2020-yil 26-dekabrda "Mittivoy" qo'shma loyihasini amalga oshirish bo'yicha "Yo'l xaritasi" tasdiqlandi, unda A.I.Gersen nomidagi RDPU mutaxassislari tomonidan O'zbekiston Respublikasi maktabgacha ta'lim tashkilotlari uchun pedagog kadrlar tayyorlash bo'yicha tomonlar faoliyatining asosiy yo'nalishlari belgilandi. 2021-yildan 2023-yilgacha maktabgacha ta'lim tashkilotlarining 1500 dan ortiq pedagog kadrlari ushbu loyiha doirasida tashkil etilgan turli o'quv dasturlari bo'yicha o'qitildi.

Вид сайта
Размер шрифта