Yangiliklar
Maktabgacha ta'lim agentligi
"YANGI O‘ZBEKISTON" saytida biz!

? “S board” mobil dasturi ishga tushiriladi. ? Ilovani onlayn do‘konlarida bepul yuklab olish mumkin bo‘ladi. O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 30 yilligi munosabati bilan eng yaxshi innovatsion taʼlim dasturlarini yurtimiz sharoitiga jalb etish va moslashtirish maqsadida Maktabgacha taʼlim vazirligi Koreyaning “Edulink” kompaniyasi bilan birgalikda “S board” mobil taʼlim dasturini ishga tushiradi. Bu haqida vazirlik axborot xizmati xabar berdi.  Birinchi bosqichda loyiha Toshkent shahrining Bektemir tumanida sinov rejimda amalga oshiriladi. Ishlab chiqilgan dastur maktabgacha taʼlim tashkilotlari, tarbiyachilar, ota-onalar va maktabgacha yoshdagi bolalar uchun noyob imkoniyatlarni ochib beradi.  Mobil dastur platformasida yaratish va joylashtirish orqali maktabgacha taʼlim sifatini yaxshilash, raqamli hisobot shakliga bosqichma-bosqich o‘tish, maktabgacha taʼlim tashkilotlari va ota-onalarga o‘zaro ko‘maklashish uchun mo‘ljallangan.  Matematika asoslari, o‘zbek tili va boshqa chet tillarini o‘qitish uchun o‘quv videokliplarining “S board” dasturiy taʼminoti doirasida maktabgacha taʼlim tashkilotlari pedagog kadrlarining malakasini oshirishga alohida eʼtibor qaratilmoqda.  Mobil dastur ishlab chiqilishining barcha bosqichlari “Ilk qadam” davlat o‘quv dasturi hamda maktabgacha taʼlim va tarbiya Davlat standarti hamda ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘yiladigan davlat talablariga muvofiq aniq amalga oshiriladi.  Maʼlumot uchun, “S board” ilovasini “Google Play App Store” va “Apple” onlayn do‘konlarida bepul yuklab olish mumkin bo‘ladi. Batafsil: ? https://yuz.uz/news/s-board-mobil-dasturi-ishga-tushiriladi

Batafsil
Maktabgacha ta'lim agentligi
"Zamonaviy ustoz"da maktabgach ta`lim tizimi

"Ilm yo‘li" nima berdi?Mazkur dastur  qanday va u orqali bolalar nimalarni o‘rganishi mumkin?Umuman bugun  tayyorlov guruhlariga  qamrov va u yerda  ta`lim beradigan kadrlar bilan bog‘liq vaziyat qanday. 2. Nega bog‘chaga 3 yoshdan olinadi?Yosh chegaralarining sababi nima va  bu qanday mezonlar asosida belgilanadi. Batafsil: ? zamonaviy-ustoz_23-24-son_compressed-2Скачать

Maktabgacha ta'lim agentligi
Toshkent shahri Mirobod tumani 64 va 247-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotlaridagi tarbiyalanuvchilarning kasallanishi yuzasidan ma’lumot

      Maktabgacha ta’lim vazirligi hamda O‘zbekiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati bilan hamkorlikda Toshkent shahri Mirobod tumani 64 va 247-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotlaridagi tarbiyalanuvchilarning holatini o‘rganib chiqib quyidagilarni ma’lum qiladi.      Joriy yilning 26 avgust kuni 64-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotining 6 nafar tarbiyalanuvchisi va 247 -sonli maktabgacha ta’lim muassasasining 2 nafar tarbiyalanuvchisi o‘tkir ichak infeksiyasi belgilari bilan kasalxonaga yotqizildi. 2021 yil 27 avgustda Maktabgacha ta’lim vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati, Toshkent shahar maktabgacha ta’lim bosh boshqarmasi, Mirobod tumani sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati, shuningdek, Mirobod tumani tibbiyot birlashmasining shifokorlari tomonidan maktabgacha ta’lim tashkilotlarda oshxonalarning holati, oshpazlar, hamshiralarning faoliyati o‘rganildi va tarbiyalanuvchilarning ko‘rigi tashkil etildi.     Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati xodimlari tomonidan kunlik sinamalar va bolalarning oxirgi uch kun davomida iste’mol qilgan taomlaridan barcha oziq-ovqat mahsulotlaridan namunalar olinib, laboratoriyaga yuborildi.     2021 yil 31-avgust kuniga tarbiyalanuvchilarning ahvoli normal holatga qaytdi va ular uylariga chiqarildi.     Hozirda mazkur holat yuzasidan o‘rganish olib borilmoqda. O‘rganish natijalari va laboratoriya javoblari asosida qo‘shimcha ma’lumotlar taqdim etiladi. Maktabgacha ta'lim vazirligi Axborot xizmati

Maktabgacha ta'lim agentligi
Toshkent viloyati Oqqo‘rg‘on tumanidagi 5-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyalanuvchilarining kasallanish holati yuzasidan ma’lumot

Maktabgacha ta’lim vazirligi joriy yilning avgust oyida Toshkent viloyati Oqqo‘rg‘on tumanidagi 5-sonli maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyalanuvchilarining sodir bo‘lgan kasallanish holati yuzasidan ma’lum qiladi. 2021 yil 5-avgustdan 10-avgustgacha bo‘lgan davrda intoksikatsiya sindromi belgilari bilan 5-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotining tarbiyalanuvchilari Toshkent viloyati va Toshkent shahridagi tibbiyot muassasalariga yotqizildi. Tibbiyot muassasalari va Sanitariya-epidemiologiya osoyishtaligi va jamoat salomatligi xizmati mutaxassislari ma’lumotlariga ko‘ra, bolalarda botulizm kasalligining klinik belgilari kuzatilgan. 10 avgustdan boshlab maktabgacha ta’lim tashkilotida Oqqo‘rg‘on tumani tibbiyot birlashmasining tor mutaxassislari tomonidan kundalik tarbiyalanuvchilar ko‘riklari tashkil etildi va salomatligida o‘zgarish bo‘lgan 25 tarbiyalanuvchilar aniqlanib profilaktik maqsadda tibbiyot muassasasiga shifokorlarning nazorati uchun yotqizilgan. Hammasi bo‘lib tibbiyot muassasalariga 32 nafar bola yotqizilgan. Bugungi kunga, barcha bolalar yashash joyi bo‘yicha tibbiy nazoratga olinib kasalxonadan uylariga ruxsat berildi. Sanitariya-epidemiologiya osoyishtaligi va jamoat salomatligi xizmati mutaxassislari tomonidan maktabgacha ta’lim tashkilotida 10 kunlik taomnomasi bo‘yicha bolalarga tarqatilgan oziq-ovqat mahsulotlardan omborxonada vaqtinchalik saqlanayotgan gumondagi oziq-ovqat mahsulotlaridan (povidlo, djem, quyultirilgan sut, pishloq, kartoshka, piyoz, sabzi, karam, bulg‘or qalampiri, olma) namunalar olinib, laboratoriyaga taxlil o‘tkazish uchun yuborilgan. Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi va hozirda tergov guruhi tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda. Tergov xarakatlari tugagach, ma’lumot beriladi va aybdor shaxslarga nisbatan tegishli choralar ko‘riladi. Maktabgacha ta’lim vazirligi Axborot xizmati

Maktabgacha ta'lim agentligi
Uza.uz sayti biz haqimizda

Muhim yangilik: «S board» mobilь dasturi ishga tushiriladi Mustaqilligimizning 30 yilligi munosabati bilan eng yaxshi innovatsion taʼlim dasturlarini Oʼzbekiston Respublikasi sharoitiga jalb etish va moslashtirish maqsadida Maktabgacha taʼlim vazirligi Koreyaning «Edulink» kompaniyasi bilan birgalikda «S board» mobil taʼlim dasturini ishga tushiradi.Birinchi bosqichda loyiha Toshkent shahrining Bektemir tumanida sinov rejimida amalga oshiriladi. Vazirlik matbuot xizmati rahbari Mavluda Аsqarxoʼjaevaning taʼkidlashicha, ishlab chiqilgan dastur maktabgacha taʼlim tashkilotlari, tarbiyachilar, ota-onalar va maktabgacha yoshdagi bolalar uchun noyob imkoniyatlarni ochib beradi. Mobil dastur maktabgacha taʼlim sifatini yaxshilash, raqamli hisobotga bosqichma-bosqich oʼtish, maktabgacha taʼlim tashkilotlari va ota-onalarga koʼmaklashish uchun moʼljallangan. Matematika asoslari, oʼzbek tili va boshqa chet tillarini oʼqitish uchun oʼquv videokliplarining «S board» dasturiy taʼminot doirasida maktabgacha taʼlim tashkilotlari pedagog kadrlarining malakasini oshirishga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Eʼtiborlisi, mobilь dastur ishlab chiqilishining barcha bosqichlari «Ilk qadam» davlat oʼquv dasturi hamda maktabgacha taʼlim va tarbiya davlat standarti hamda ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qoʼyiladigan davlat talablariga muvofiq amalga oshiriladi. Mohigul Qosimova, OʼzА Batafsil:?https://uza.uz/uz/posts/muhim-yangilik-s-board-mobil-dasturi-ishga-tushiriladi_299825  

Maktabgacha ta'lim agentligi
Bolalar sporti gazetasi biz bilan!

Variativ o‘quv dasturidan foydalanilmoqda. Batafsil:? 27_son_2021-bolalar-sportiСкачать

Maktabgacha ta'lim agentligi
Maktabgacha ta'lim vazirligida Rossiya Federatsiyasi delegatsiyasi bilan uchrashuv bo’lib o’tdi.

Rossiya tomonining tashabbusi bilan Rossiya Federatsiyasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasining ikkinchi kotibi Aleksandr Sazonov, Rossiya Federatsiyasi ta’lim vazirligining xalqaro hamkorlik va jamoatchilik bilan aloqalar bo’limi direktori o'rinbosari Andrey Efremov, А.I.Gersen nomidagi Rossiya davlat pedagogik universitetining rektori vazifasini bajaruvchi Vasiliy Slavash bilan O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim vaziri Agrippina Shinning uchrashuvi bo'lib o'tdi Muzokarada A. I. Gersen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universiteti Toshkent shahridagi filiali faoliyatini samarali tashkil etish masalalari muhokama qilindi. Rossiya federatsiyasi delegatsiyasi rahbari Janob A. Yefremov uchrashuv ishtirokchilarini qutlar ekan, А.I.Gersen nomidagi Rossiya davlat pedagogik universiteti rektorining yangi tayinlangan vazifasini bajaruvchi O'zbekiston tomoniga rasman tanishtirdi. Janob V. Rabosh o'zining kirish nutqida A.I.Gersen nomidagi Rosssiya davlat pedagogika universitetining yaqinda erishgan yutuqlari haqida qisqacha gapirib berdi. A. Gersen Maktabgacha ta’lim vazirligi rahbariyatiga O'zbekiston-Rossiya munosabatlarini rivojlantirishga qo'shgan bebaho hissasi va A.I Gersen nomidagi Rosssiya davlat pedagogika universietining Toshkent shahridagi filialini ochishda yordam bergani uchun minnatdorlik bildirdi. A. Gersen Rosssiya davlat pedagogika universietining Toshkent shahridagi filialining yangi jamoasi qo‘llab-quvvatlanishi va samarali faoliyat yuritishini ta’minlash uchun barcha imkoniyatlarni ishga solishi alohida ta’kidlandi. Hozirda Tojikiston Respublikasi, Qirg’iziston Respublikasi va Turkmaniston Respublikasi mamlakatlarida shu kabi filiallari ochish to’g’risida tegishli mutasaddi idoralar bilan muzokaralar olib borilyatganligini e'tirof etildi. Shu bilan birga, Janob V. Rabosh yangi tashkil etilgan A. I. Gersen nomidagi Rosssiya davlat pedagogika universietining Toshkent shahridagi filiali MDX davlatlari ichida yuqori malakali pedagog kadrlar tayyorlash markazi sifatida faoliyat yuritishini e'tirof etdi. Shu bilan birga, Rossiya tomoni “Lukoil Overseas” Rossiya kompaniyasi moliyaviy ko’magida qurilayotgan Toshkent viloyati Qibray tumanidagi realibilitatsiya markazi bilan yangi qurilgan maktabgacha ta’lim tashkiloti pedagog kadrlarining malakasini oshirishda O’zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligiga ko’maklashishga tayyorligini bildirdi Xususan, Sank-Peterburg mutaxassislari Nukus shahridagi Imkon realibitatsion markazi mutaxassislari malakasini oshirish bo'yicha kelishib olindi. Muzokaralar yakunida A.I Gersen nomidagi Rosssiya davlat pedagogika universietining Toshkent shahridagi filialida ta’lim jarayonini rivojlantirishga qaratilgan loyixalar muhokama qilindi. Maktabgacha ta'lim vazirligi Axborot xizmati

Maktabgacha ta'lim agentligi
А.I. Gersen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universitetining Toshkent shahridagi filiali ilk talabalarini qabul qildi.

Soʼnggi yillarda, Oʼzbekistonda maktabgacha taʼlim soxasida ulkan isloxotlar olib borilmoqda. Oʼzbekiston Respublikasining taʼlim tizimini takomillashtirishga qaratilgan mazkur chora-tadbirlar uning nafaqat tarkibini, balki strukturasini xam oʼzgartirdi. Bu isloxotlarning dolzarb yoʼnalishlariga, maʼnan yetuk va yukori malakali insonni yetishtirish uchun barcha vositalarni jalb etish kiradi. Shuning uchun, Oʼzbekistonda oʼqituvchi kasbining vakili – bu yuqori malakali va bilimga ega boʼlgan tajribali mutaxassisdir.Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 8-oktyabri sanasidagi №PQ-4857 sonli qaroriga asosan mamlakatda А.I. Gersen nomidagi Rossiya davlat pedagogik universitetining Toshkent shahridagi filiali tashkil etildi. Bu qarorda maktabgacha taʼlimining barcha tarmoqlari uchun yuqori malakali kadrlarni yetishtirish, rivojlangan chet el mamlakatlarining oʼquv yurtlari bilan xamkorlik oʼrnatish, taʼlim muassasalarining yuqori malakali kadrlardagi muxtojligini qondirish zaruriyati kabi dolzarb masalalar oʼz ifodasini topgan. Bugun esa, А.I.Gersen nomidagi Rossiya davlat pedagogik universitetining Toshkent shahridagi filialining tantanali ochilish marosimi boʼlib oʼtdi. Ochilish marosimida Oʼzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vaziri А.Shin, Rossiya Federatsiyasining Oʼzbekistondagi elchisi O.Malginov, Rossiya taʼlim vazirligining xalqaro hamkorlik va jamoatchilik bilan aloqalar boʼlimi direktorining oʼrinbosari А.Efremov, А.I.Gersen nomidagi Rossiya davlat pedagogik universitetining rektori vazifasini bajaruvchi V. Rabosh, Oʼzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirining oʼrinbosari U.Begimqulovlar ishtirok etishdi. А.I.Gersen nomidagi Rossiya davlat pedagogik universitetining Toshkent shahridagi filiali quyidagi yoʼnalishlar boʼyicha mutaxassislarni tayyorlaydi: Pedagogik taʼlim ( Bolalarning qoʼshimcha estetik taʼlimi)Psixologiya-pedagogik taʼlim (Maktabgacha taʼlimda)Psixologiya va ijtimoiy pedagogika ( Bolalar psixologiyasi)Maxsus ( defektologik ) taʼlim ( Surdopedagogika, Tiflopedagogika, Oligofrenopedagogika)Psixologiya ( Inson va jamiyat psixologiyasi )Lingvistika (Rus tilini chet tili sifatida oʼkitishning nazariyasi va metodikasi va millatlararo kommunikatsiya) 2021-2022 oʼquv yili kvotasi 405 ta abiturientni talabalar safiga qabul qilishni koʼzda tutmoqda. Ularning 81 tasi davlat byudjeti asosida va 324 nafari toʼlov-shartnoma asosida oʼqishga qabul qilindi. Shuni taʼkidlash joizki, filial bitiruvchilari nafaqat Oʼzbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasida, balki bir qator chet el mamlakatlarida xam tan olinadigan davlat namunasidagi diplomni qoʼllariga olishadi. Filialdagi taʼlim jarayoni xar bir yoʼnalish boʼyicha yetuk va malakali pedagog kadrlarni yetishtirishga qaratilgan. Jumladan:«Pedagogik taʼlim» (Bolalarning qoʼshimcha estetik taʼlimi) yoʼnalishi bitiruvchilari davlat va nodavlat taʼlim muassasalarida bolalar bilan ishlashlari, shuningdek, madaniy-maʼrifiy tashkilotlarda va qoʼshimcha taʼlim maskanlarida faoliyat yuritishlari mumkin boʼladi. Universitetni «Psixologiya-pedagogik taʼlim (Maktabgacha taʼlimda)» yoʼnalishini bitirgan mutaxassislar maktabgacha taʼlim muassasalarida psixologlar sifatida, oʼrta taʼlim oʼquv maskanlarida psixologik-pedagogik korrektsiyasi yoʼnalishida ishlay olishadi. «Psixologiya va ijtimoiy pedagogika» (Bolalar psixologiyasi) bitiruvchilari insonda, xususan, bolalarda psixologik diagnostikani oʼtkazish, bolalar tarbiyasidagi turli oʼzgarishlarni korrektsiyalash, psixologik tadqiqotlarni olib borish faoliyatlarini yurita olishadi.«Maxsus (defektologik) taʼlim (Surdopedagogika, Tiflopedagogika, Oligofrenopedagogika)» yoʼnalishi bitiruvchilari eshitish va soʼzlash qobiliyatida muammosi bor boʼlgan bolalar bilan ishlashga ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalarida faoliyat yuritib, ular uchun tarbiyachi, surdopedagog, tyutor, va xususan, indvidual oʼqituvchi sifatida ishlashlari mumkin boʼladi. «Psixologiya (Inson va jamiyat psixologiyasi )» yoʼnalishini bitirgan talabalar jamiyatning turli qatlamlarida psixologik sogʼlom fikrlashni shakllantirish, gurux va individual psixologiya soxalarida ishlashlari mumkin boʼladi.«Lingvistika (Rus tilini chet tili sifatida oʼqitishning nazariyasi va metodikasi va millatlararo kommunikatsiya)» yunalishi taʼlim jarayonini turli millat vakillariga taʼlim berish, ularga rus tilini oʼzlarining tillari xususiyatlaridan kelib chikkan xolda oʼrgatish kabi ishlarni amalga oshirishlari mumkin buladi. Maktabgacha ta'lim vazirligi Axborot xizmati

Batafsil
Maktabgacha ta'lim agentligi
Rasmiy munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda “Maktabgacha ta’lim tashkilotida ishlovchi yordamchi tarbiyachi "Nilufar Rashidova"ning bolalarga noto‘g‘ri tarbiya berayotgani uchun bog‘cha mudirasi undan tushuntirish xati yozishini so‘raganida uni haqoratlagani aytilgan” nomli videomurojaat tarqaldi, ammo murojaat qaysi hududda? qaysi maktabgacha ta’lim tashkilotida sodir etilganligi ochiqlanmaganligi bois aniqlik kiritilishda biroz noaniqlik yuzaga kelmoqda, shu bois, hozirga qadar o‘rganish ishlari davom etmoqda. Bugungi kunga qadar Maktabgacha ta’lim vazirligi va tizimdagi hududiy tashkilotlar tomonidan manzilli murojaatlarning barchasiga rasmiy munosabat berib borilmoqda, agarda mazkur videomurojaat ham ochiq va manzilli qilib berilganda edi, shu vaqtga qadar ushbu videomurojaatda aks etgan holat yuzasidan mehnat qonunchiligi bo‘yicha tegishli tartibda chora ko‘rilar edi. Maktabgacha ta’lim vazirligi matbuot xizmati har qanday ma’lumotni taqdim etayotganda, maktabgacha ta’lim tashkilotining manzilini berishni so’raydi. Maktabgacha ta’lim vazirligi Axborot xizmati OAV, jurnalist va blogerlar bilan doimiy hamkorlik qilishga tayyorligini yana bir bor bildirib o‘tadi. Maktabgacha ta’lim vazirligi Axborot xizmati

Maktabgacha ta'lim agentligi
Islom taraqqiyot banki bilan o‘zaro hamkorlik

Maktabgacha ta'lim vazirligining Islom taraqqiyot banki bilan o‘zaro hamkorligi imtiyozli kreditlar hisobidan 120 ga yaqin davlat xususiy sherikchiligi asosidagi nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari loyihasini moliyalashtirishni nazarda tutadi. Hozirgi vaqtda Islom taraqqiyot bankining baholash missiyasi bilan O‘zbekistonda ushbu loyihani amalga oshirish mexanizmlarini aniqlash bo‘yicha muzokaralar olib borilmoqda. Muzokaralar chog‘ida Islom taraqqiyot banki Maktabgacha ta’lim vazirligiga so‘rovnoma yubordi, Maktabgacha ta’lim vazirligi mutaxassislari tomonidan so‘rovnoma to‘ldirilib belgilangan tartibda Islom taraqqiyot banki rasmiy vakillariga yuborildi. Islom taraqqiyot bankining baholash missiyasi yaqin kelajakda tashrif buyurishi kutilmoqda. Hamkorlik xronologiyasi: - 2019 yil 23 mayda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 428-sonli "Islom taraqqiyot banki guruhi va Arab muvofiqlashtirish guruhi mablag‘lari bilan hamkorlikni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida" qarori qabul qilindi. - 2020 yil 6-noyabrda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-4883-sonli qarori qabul qilindi. - Maktabgacha ta’lim vazirligi belgilangan tartibda, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligiga nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarmog’ini kengaytirish loyihasi Konsepsiyasini yubordi. - 2021 yil 20 yanvarda Maktabgacha ta’lim vazirligining loyiha taklifi 2021 va 2022 yillarda ishlab chiqish va joriy etishning ustuvor yo‘nalishi sifatida Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi tomonidan Islom taraqqiyot bankiga taqdim etildi. Maktabgacha ta'lim vazirligi Axborot xizmati

Maktabgacha ta'lim agentligi
Maktabgacha ta’lim vazirligi tomonidan ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta'lim tashkilotlarini korreksion-pedagogik va reabilitatsion uskunalar bilan jihozlash dasturining uchinchi bosqichi amalga oshirildi.

Maktabgacha ta’lim vazirligi mart oyida 2021 yilda boshlangan maxsus ehtiyojli bolalarga samarali korreksion-pedagogik va reabilitatsion yordam ko‘rsatish uchun shart-sharoitlar yaratish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirishni davom ettirmoqda. Maktabgacha ta’lim vazirligi alohida ta’limga muhtoj bolalarga yordam berishga alohida e‘tibor qaratmoqda. Vazirlik faoliyati davomida maktabgacha ta’lim sohasini takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar ko‘rildi va imkoniyati cheklangan bolalar uchun ta’lim-tarbiya va reabilitatsiya jarayonlari amalga oshiriladigan ko‘p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkilotlari tuzildi. Bu tashkilotlarda maxsus pedagoglar, logopedlar, surdo-pedagoglar, shuningdek tibbiyot xodimlari rivojlanish xususiyatiga ega bo‘lgan bolalar bilan shug‘ullanadilar. Bolalarning ta’lim-tarbiyasi va ijtimoiy moslashuvi samaraliroq bo‘lishi uchun zamonaviy amaliyotda maxsus asbob va uskunalar qo‘llaniladi. Ulardan foydalanish reabilitatsiya sifati va samaradorligining yuqori ko‘rsatkichlarini beradi, bolaning imkoniyatlari va salohiyatini ochib beradi va tezroq natijalarga erishishga imkon beradi. Maktabgacha ta’lim vazirligi ko‘p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini takomillashtirish maqsadida Toshkent shahri va respublika viloyatlarida ushbu turdagi barcha tashkilotlarni zamonaviy reabilitatsiya uskunalari bilan izchil jihozlash Dasturini ishlab chiqdi. Dasturning birinchi va ikkinchi bosqichlari doirasida Toshkent shahridagi ko‘p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkilotlari jihozlandi. 31 avgust kuni dasturning navbatdagi, uchinchi bosqichi amalga oshirildi, dastur doirasida Qoraqalpog‘iston Respublikasi va O‘zbekiston Respublikasi viloyatlarining 53 ta ko‘p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkilotlari maxsus jihozlarga ega bo‘ldi. Alohida ehtiyojli bolalarga maktabgacha ta’lim sifatini oshirish uchun quyidagi hududlarga yetkazib beriladi: Tayanch-harakatida kasalliklari bo‘lgan bolalar uchun maxsus ortopedik funksional stullar, buning natijasida bolalarning o‘qish, faol hayot kechirish va to‘laqonli qulay dam olish imkoniyatlari oshadi; bolaning tayanch-harakati tizimini rivojlantirish va kuch, chaqqonlik, chidamlilik, shuningdek, qat’iyat kabi jismoniy imkoniyatlarning namoyon bo‘lishi uchun trenajyorlari; vertikalizatorlar - bolaga tashqi yordamsiz tik holatini saqlashga imkon beradi va shu bilan birga bola o‘zini psixologik jihatdan yaxshi his qiladi, atrofdagi dunyoni o‘rganadi va tengdoshlari bilan muloqot qilish imkoniyatiga ega bo‘ladi, unga pedagoglar bilan muomala qilishi osonroq bo‘ladi; bolalarning nogironlar aravachalari-bu faol hayot tarzini olib borishga va mustaqillik ko‘nikmalarini rivojlantirishga imkon beradi; ortopedik yurish trenajyorlari, bizibordlar, quruq hovuzlar, maxsus massaj matlari va didaktik materiallar. Eshitish qobiliyati cheklangan bolalar uchun maxsus asbob-uskunalarni, shu jumladan, zamonaviy eshitish apparatlari va audio mashg‘ulot xonalari uchun uskunalarning topshirilishi ko‘p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkilotlarida amalga oshiriladi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi va O‘zbekiston Respublikasi viloyatlarining ko‘p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkilotlarini jihozlash dasturi "FALCON HUNTING SOLUTIONS" MChJning 18,5 milliard so‘mlik grantlar ajratish orqali beg‘araz moliyaviy yordami hisobiga amalga oshirilmoqda. Shuningdek, “FALCON HUNTING SOLUTIONS” MChJ Namangan viloyati Pop tumanida va Xorazm viloyati Gurlan tumanida ko‘p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkilotini rekonstruksiya qilish va to‘liq jihozlashni amalga oshirishni rejalashtirmoqda. Joriy yil oxirigacha respublikamizdagi barcha ko‘p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkilotlari maxsus jihozlar bilan to‘liq ta’minlanishi rejalashtirilgan. Maktabgacha ta’lim vazirligi Axborot xizmati

Maktabgacha ta'lim agentligi
“Davlat xususiy sherikchilik asosida nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari tarmogʼini kengaytirish” loyihasi.

Loyihaning umumiy miqdori: 10.9 mln. AQSH doll., Saudiya Taraqqiyot Jamgʻarmasining kredit mablagʻlari hisobidan.Asos: PQ-5071 (12.04.2021-y.), VMQ-428 (23.05.2020-y.) (6 ilova)Umumiy maʼlumot: Mazkur kredit mablagʻlari maktabgacha taʼlim tizimida DXSH asosida tuzilgan kelishuvlarni (40ta) moliyalashtirishga yoʻnaltirilishi rejalashtirilgan.Holati: Saudiya Taraqqiyot Jamgʻarmasi va Oʻzbekiston hukumati oʻrtasida qarz bitimi imzolandi. Hozirgi kunda, mazkur loyihani amalga oshirish boʻyicha Hukumat qarori loyihasi ishlab chiqilgan va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritilgan.Hukumat qarori tasdiqlangandan soʻng 10 kun ichida Adliya vazirligi tomonidan qarz bitimiga yuridik xulosa berilishi kutilmoqda.Saudiya taraqqiyot jamgʻarmasi yuridik xulosani olgandan soʻng, loyiha tasdiqlangan mexanizmga asosan amalga oshiriladi.Loyiha natijasi: Loyiha doirasida 40 MTT yaratilishiva jihozlanishi koʻzda tutilgan. Natijada 4,5 ming bola maktabgacha taʼlim bilan qamrab olinadi (Umumiy qamrovni 0.5% ga oshiradi).Loyiha amalga oshiriladigan hududlar:Respublikaning barcha hududlaridaLoyiha muddati: 2021-2023Hamkorlik xronologiyasi:2019-yil 23-mayda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Islom taraqqiyot banki guruhi va Arab koordinatsion guruhi fondlari bilan hamkorlikni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” gi 428-sonli qarori tasdiqlandi.Tashqi ishlar vazirligiga 2020-yil 3-fevraldagi maktub bilan Saudiya taraqqiyot jamgʻarmasi loyihaning Oʻzbekistonda amalga oshirilishini ijobiy koʻrib chiqish toʻgʻrisida eslatma yubordi.Kredit shartnomasi loyihasini ishlab chiqish uchun Maktabgacha taʼlim vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Moliya vazirligi, Adliya vazirligi va Saudiya Arabistonini rivojlantirish jamgʻarmasi vakillari oʻrtasida bir necha marotaba videokonferensiya orqali muhokama qilindi va 2020-yilning dekabr oyida Saudiya taraqqiyot jamgʻarmasi va Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi vakolatli shaxslari tomonidan Kredit shartnomasi imzolandi.Loyihani amalga oshirish uchun Maktabgacha taʼlim vazirligi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Qarori ishlab chiqildi. Ayni paytda hujjat idoralararo kelishuvdan oʻtgan va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga taqdim etilgan.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Puchon universitetining ilk bitiruvchilariga diplom topshirildi

2021yil 27 avgust kuni Toshkent shahridagi Puchon universiteti o‘zining ilk bitiruvchilariga bakalavr darajasidagi diplomni o‘z egalariga topshirdi.Bitiruvchilar O‘zbekiston Respublikasida oliy ta’lim to‘g‘risidagi hujjat deb tan olingan, belgilangan namunaviy Koreya Respublikasi Puchon universiteti, shuningdek Toshkent shahridagi Puchon universiteti diplomlarini oldilar.Ma’lumot uchun: Toshkent shahridagi Puchon universiteti 2018 yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 2 iyuldagi 3821-sonli Farmoniga asosan tashkil yetilgan. Universitetda o‘qitish quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha olib boriladi: 1. Maktabgacha ta’lim-kunduzgi bo‘limi. 2. Maktabgacha ta’lim-kechki bo‘limi. 3. Koreys tili va menejmenti. 4. Arxitektura. Ta’lim muassasadagi o‘quv jarayoni universitetning Koreya Respublikasi Puchon universitetining professorlari, hamda O‘zbekistondagi yetakchi pedagoglar tomonidan olib boriladi. 2021 yilda universitetni 393 nafar bitiruvchi bitirmoqda, shu jumladan: Maktabgacha ta’lim fakulteti (kunduzgi bo‘lim) – 193; Maktabgacha ta’lim fakulteti (kechki bo‘lim) – 172; Koreys Tili va menejmenti fakulteti-28. Shuningdek, Koreys tili va menejment fakulteti «2+2» tizimi bo‘yicha ta’lim olgan talabalar Associate Bachelor degree diplomlarini oladilar. Dastlabki ikki yil davomida talabalar Toshkentdagi Puchon universitetida tahsil olib, Associate Bachelor degree darajasini oladilar. Shundan so‘ng talabalarga Koreyadagi Puchon universitetida o‘qishni davom ettirish yoki Toshkentda o‘qishni yakunlash imkoniyati beriladi. Associate Bachelor degree darajasining asosiy afzalligi bu daraja olgan talabaga keyingi ta’limni tanlash imkonini beradi. Talaba Associate Bachelor degree darajasiga erishish uchun o‘qishni davom ettirishi yoki bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lgan sohada ish boshlashi mumkin. Masalan, Aqsh, Kanada, Avstraliya va Buyuk Britaniya kabi mamlakatlarda Associate Bachelor degree darajasiga ega bo‘lgan yoshlar o‘z sohasida professional muvaffaqiyatlarga erishib, mehnat qila boshlaydilar va rivojlana boshlaydilar. 2021 yilda Bu yo‘nalishda 90 nafar talaba o‘qishni tamomlaydi, ulardan 23 nafari Koreyada o‘qishni davom ettiradi. Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vaziri Shin Agrippina Vasilevna, vazir o‘rinbosari Begimkulov Uzoqboy Shoimqulovich va A. I. Gersen nomidagi Rossiya Davlat Pedagogika universitetining Toshkentdagi filiali rektori Vasiliy Aleksandrovich Popov, hamda filial ijrochi direktori Qaxramon Tanzilovich Olimov, shuningdek talabalar va ota-onalar qatnashishdi. O‘z nutqida, “Avvalo, sizlardan "Maktabgacha ta'lim" yo'nalishi bo'yicha diplom olganlarga murojaat qilmoqchiman, aynan siz O'zbekiston Respublikasi maktabgacha ta'lim darajasini oshirish bo'yicha asosiy vazifani hal qilishingiz kerak bo'ladi.”-dedi vazir Shin Agrippina Vasilevna. Tadbirga kelgan mehmonlar tomonidan bitiruvchilarga tantanali ravishda diplom topshirilib, ularning kelgusi faoliyatiga omadlar tilandi. Talabalarning yorqin chiqishlari davraga o‘zgacha fayz ulashdi. Maktabgacha ta’lim vazirligi Axborot xizmati

Maktabgacha ta'lim agentligi
Milliy matbuot markazida Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 9-martdagi “Bolalarni boshlang‘ich taʼlimga majburiy bir yillik tayyorlash tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 132-sonli qaror ijrosiga oid masalalar yuzasidan matbuot anjumani o‘tkazildi.

Ilmiy kuzatish va tadqiqotlar natijasida inson o‘z hayoti davomida oladigan barcha maʼlumotning yetmish foizini besh yoshgacha bo‘lgan davrda olib ulgurishi aniqlangan. Shu bois mamlakatimizda aynan maktabgacha taʼlim uzluksiz taʼlim tizimining ajralmas bo‘lagiga aylangan. Xususan, bugungi kunda dolzarb masalalardan biri 6 yoshli bolalarni maktab taʼlimiga tayyorlash bo‘lib, soha vakillarining oldida turgan muhim vazifa etib belgilanganligi haqida bugungi matbuot anjumani davomida taʼkidlandi.  Аyniqsa, yurtimizdagi maktabgacha taʼlim tizimiga qamrab olingan jami 669 198 nafar 6 yoshli bolalarning 114 286 nafari qisqa muddatli guruhlarda, 89 240 nafari boshlang‘ich taʼlimga majburiy bir yillik bepul tayyorlov guruhlarida, 311 618 nafari esa maktabga tayyorlov guruhlarida qamrab olinib maktabga tayyorlov ishlari amalga oshirildi. Jumladan, bugungi kunda respublika bo‘yicha 669 198 nafar 6 yoshli bolalardan 515 144 nafari, yaʼni 77%i maktabgacha taʼlimga qamrab olingan. Qolaversa, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 8 maydagi PQ–4312-son qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha taʼlim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish Kontseptsiyasi”ga muvofiq, maktabgacha taʼlim yoshidagi bolalar qamrovining yangi maqsadli ko‘rsatkichlariga ko‘ra Konsepsiya doirasida qo‘yilgan konseptual maqsad va vazifalarga ko‘ra, 2025 yilga kelib olti yoshli bolalarning majburiy bir yillik bepul tayyorlov guruhlariga toʼliq jalb qilish, shuningdek 2030 yilgacha respublikadagi 3-7 yoshdagi bolalarning 80,8 foizini maktabgacha taʼlim bilan qamrab olish rejalashtirilgan. Maktabgacha taʼlim tashkilotlariga qamrab olingan 6 yoshli bolalarni maktab taʼlimiga tayyorlash uchun “Ilk qadam” maktabgacha taʼlim tashkilotning davlat o‘quv dasturi hamda “Ilm yo‘li” variativ o‘quv dasturidan foydalanilmoqda. Bolalarni boshlang‘ich taʼlimga majburiy bepul bir yillik tayyorlash tizimi orqali maktabgacha taʼlim tizimini yanada takomillashtirish, sog‘lom, faol, barkamol, ijtimoiy moslashtirilgan bolalarni tarbiyalash, kelgusida muvaffaqiyatli oʼquv faoliyati uchun shart-sharoitlarni shakllantirish va ularni boshlang‘ich taʼlimga sifatli tayyorlash 6 yoshli bolalarni maktabgacha taʼlim bilan qamrab olishning asosiy maqsadlari hisoblanadi. “Bolalarni boshlang‘ich taʼlimga majburiy bir yillik tayyorlash”- bu iborani eshitgan yoki o‘qigan barchaga birdek savol tug‘ilishi tabiiydir, yaʼni “bepul” taʼlim xarajatlari qanday qoplanadi? Majburiy bepul taʼlimda xarajatlar to‘liq byudjet hisobidan qoplanadi. 1 nafar bolaga davlat byudjetidan oyiga 416 700 so‘m, yiliga 5 mln. so‘m mablag‘ ajratilmoqda. Majburiy bepul taʼlimga 2020 yilda 50 mlrd. so‘m mablag‘ ajratilgan, 2021 yilda 57,8 mlrd. so‘m mablag‘ ajratilgan. Yuqorida taʼkdlaganimizdek, bugungi kunda 6 yoshli bolalar maktabgacha taʼlim tashkilotlaridagi qisqa muddatli guruhlar, maktabga tayyorlov guruhlari va boshlang‘ich taʼlimga majburiy bir yillik bepul tayyorlov guruhlariga ham qamrab olinadi. Har bir hududda ota-onalar to‘lov miqdorlari bir-biridan farq qiladi: a) qisqa muddatli guruhlar bo‘yicha: Qisqa muddatli guruhlarda bola taʼminoti uchun ota-onalar to‘lovi miqdori MTTning joylashgan manzili va MTTga oiladan qatnayotgan bolalar soniga qarab tabaqalashtirilgan. Ota-ona to‘lovi miqdori: Oiladan 1 nafar bola qatnaganda Toshkent shahrida 38 000 so‘m, viloyat markazida 36 000 so‘m, viloyatga bo‘ysunuvchi shaharlarda 32 000 so‘m, tuman markazida 29 000 so‘m, boshqa joylarda 26 000 so‘m; Oiladan 2 nafar va undan ortiq bola qatnaganda Toshkent shahrida 26 000 so‘m, viloyat markazida 25 000 so‘m, viloyatga bo‘ysunuvchi shaharlarda 23 000 so‘m, tuman markazida 20 000 so‘m, boshqa joylarda 18 000 so‘m. Shuningdek, respublikaning 70 ta tumanlarida joylashgan MTTlarda ushbu miqdorlar ikki baravar kamaytirilgan holda to‘lanadi. b) boshlang‘ich taʼlimga majburiy bir yillik bepul tayyorlov guruhlari bo‘yicha: Boshlang‘ich taʼlimga majburiy bir yillik bepul tayyorlov guruhlarida ota-onalar to‘lovi undirilmaydi. v) maktabgacha tayyorlov guruhlari bo‘yicha: MTTning maktabgacha tayyorlov guruhlarida ota-onalar to‘lovi miqdorlari MTT joylashgan manzili, guruh ish rejimi va MTTga oiladan qatnayotgan bolalar soniga qarab tabaqalashtirilgan. Ota-ona to‘lovi miqdori 9 soatli ish rejimida: Oiladan 1 nafar bola qatnaganda Toshkent shahrida 206 000 so‘m, viloyat markazida 199 000 so‘m, viloyatga bo‘ysunuvchi shaharlarda 183 000 so‘m, tuman markazida 135 000 so‘m, boshqa joylarda 95 000 so‘m; Oiladan 2 nafar va undan ortiq bola qatnaganda Toshkent shahrida 147 000 so‘m, viloyat markazida 141 000 so‘m, viloyatga bo‘ysunuvchi shaharlarda 130 000 so‘m, tuman markazida 102 000 so‘m, boshqa joylarda 77 000 so‘m. Ota-ona to‘lovi miqdori 10,5 soatli ish rejimida: Oiladan 1 nafar bola qatnaganda Toshkent shahrida 246 000 so‘m, viloyat markazida 238 000 so‘m, viloyatga bo‘ysunuvchi shaharlarda 206 000 so‘m, tuman markazida 183 000 so‘m, boshqa joylarda 167 000 so‘m; Oiladan 2 nafar va undan ortiq bola qatnaganda Toshkent shahrida 175 000 so‘m, viloyat markazida 169 000 so‘m, viloyatga bo‘ysunuvchi shaharlarda 147 000 so‘m, tuman markazida 138 000 so‘m, boshqa joylarda 133 000 so‘m. Ilg‘or xorijiy tajribani hisobga olgan holda 6 yoshli bolalarni maktabgacha taʼlimga qamrab olish ko‘rsatkichlarining kengayib borishi maktabgacha taʼlim bilan qamrab olinmagan bolalarning davlat talablariga muvofiq har tomonlama aqliy, axloqiy, estetik va jismoniy kamol topishi uchun shart-sharoitlar yaratish imkoniyatlarini oshiradi. Shuningdek, maktabgacha taʼlimga qamrab olingan bolalar kelgusida boshlang‘ich taʼlim davrida o‘zlarini erkin xis qilishlari, tengdoshlari bilan oson ijtimoiy munosabatlarga kirishish imkoniyatlari paydo bo‘ladi. 6-7 yoshli bolalar uchun mo‘ljallangan majburiy boshlang‘ich taʼlimga bir yillik tayyorlash guruhlari hamda qisqa muddatli guruhlar bolalarini to‘liq kunli maktabgacha taʼlim tashkilotiga berish imkoniyatiga ega bo‘lmagan yoki muayyan sabablarga ko‘ra, bunga intilmaydigan ota-onalarning talab-ehtiyojlarini qondirishga xizmat qiladi. Matbuot anjumani davomida OAV vakillari vazirlik rahbariyati va xodimlariga savollar bilan murojaat qilib, o'zlarini qiziqtirgan kerakli ma'lumotlarga ega bo'lishdi. Maktabgacha ta'lim vazirligi Axborot xizmati

Maktabgacha ta'lim agentligi
Toshkent viloyati Oqqo‘rg‘on tumanidagi 5-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotining kasallangan tarbiyalanuvchilarini salomatlik holati yuzasidan ma’lumot

Maktabgacha ta’lim vazirligi Toshkent viloyati Oqqo‘rg‘on tumanidagi 5-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotining intoksikasiya sindromi belgilari bilan tibbiyot muassasalarida davolanayotgan tarbiyalanuvchilar salomatligi to‘g‘risida ma’lum qiladi. Joriy yilning 23 avgust 16:00 soat xolatiga: bugun bemor bolalardan qo‘shimcha 2 nafari qoniqarli ahvolda uylariga ruxsat berildi; tibbiyot muassasalarida jami 5 nafar tarbiyalanuvchi davolanmoqda, jumladan 1 nafarining holati og‘ir, 1 nafarining holati o‘rta og‘ir, 3 nafar bemorning holati o‘rtacha baholanib, dinamikada sog‘aymoqda. Maktabgacha ta'lim vazirligi Axborot xizmati

Maktabgacha ta'lim agentligi
“O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligini ta’minlashga qaratilgan o‘zgartishlar va qo‘shimcha kiritish to‘g‘risida”gi Qonunining mazmun-mohiyati

“COVID-19"ga qarshi kurash bugun tamoman boshqa bosqichga ko‘tarildi, qat’iy tartiblar kundalik odatga aylanib ulgurdi –  karantin, ijtimoiy masofa, niqob taqish... Umuman, koronavirus turmush tarzini keskin o‘zgartirishga majbur qildi: bayramlardan tortib dafn marosimigacha. Endilikda shunisi ayon, insoniyat koronavirus bilan birga yashashga majbur, hali undan butunlay xalos bo‘lish imkoni to‘liq ma’lum emas. Ayni shunday sharoitda sog‘lom jamiyatni tiklash, virusga qarshi jamoaviy immunitetni shakllantirishning eng optimal yechimi vaksina olish ekanligi allaqachon isbotlandi. Ilm-fan yutuqlari natijasida yaratilgan vaksinalar jamiyat tomonidan doim ham to‘g‘ri qabul qilinmayapti. Bunday vaziyatda hukumatlar tomonidan yuqori xavf ostida bo‘lgan ijtimoiy guruhlarni majburiy vaksina qilish bo‘yicha choralar ko‘rilmoqda. Hususan, Avstraliyada (https://www.reuters.com/world/countries-make-covid-19-vaccines-mandatory-2021-07-13/) joriy yil iyun oyini oxirida karantinli mehmonxonalarda keksa yoshdagi ishchilar va xizmatchilar uchun COVID-19 vaksinasi bilan emlash majburiy qilindi. Tokioga boradigan parolimpiya sportchilari uchun emlanish majburiy qilingan. Angliyada esa oktyabr oyidan boshlab “Qariyalar uyi” ishchilari uchun koronavirusga qarshi emlash majburiy bo‘ladi. 2021 yil 12 iyuldan Fransiyada barcha sog‘liqni saqlash xodimlari, kinoteatrga boradiganlar yoki poyezddan foydalanmoqchi bo‘lganlar emlanganligi to‘g‘risida hujjatni yoki kovidga chalinmaganligi bo‘yicha salbiy test natijasini ko‘rsatishi shart. Qo‘shni Qozog‘istonda 2021 yil iyun oyidan 20 dan ortiq sohada ishlaydigan odamlar majburiy emlangan, emlashdan bosh tortganlarda haftalik sinovlar o‘tkazilgan. Mamlakatimizda koronavirus pandemiyasi bilan bog‘liq vaziyatni barqarorlashtirish maqsadida qator choralar ko‘rilmoqda. Joriy yilning 2 avgustida Prezident tomonidan imzolangan Qonun bilan Mehnat kodeksiga xodim karantinli va yuqumli kasalliklar tahdidi bo‘lganda profilaktik emlashdan o‘tishni rad etsa (qarshi ko‘rsatma mavjud bo‘lmaganda) ish beruvchi uni ishga qo‘ymaslikka haqli ekanligiga oid ko‘shimcha kiritildi. Shuningdek, “Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida”gi Qonunga kiritilgan qo‘shimchaga ko‘ra karantinli va xavfli yuqumli kasalliklar tarqalishi tahdidi bo‘lganda Bosh davlat sanitariya vrachining qarori asosida aholini profilaktik emlashdan o‘tkazish joriy etilishi mumkin. Ushbu normalarning belgilanishidan asosiy maqsad koronavirusga qarshi vaksina olishni kengaytirish orqali jamoaviy immunitetni hosil qilishdan iborat. “COVID-19”ga qarshi emlaning hamda o‘zingiz, oila a’zolaringiz va jamiyat salomatligini asrang! Maktabgacha ta'lim vazirligi Axborot xizmati

Maktabgacha ta'lim agentligi
Maktabgacha ta'lim vazirligi xodimlari bilan bog‘lanishingiz mumkin.

Eslatma: +99871 207 04 08 raqamidan so‘ng bog‘lanmoqchi bo‘lgan ichki raqamni terasiz.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Maktabgacha ta'lim vazirligida “Zamonaviy usullar orqali maktabgacha ta’lim sifatini ta’minlash” mavzusida onlayn avgust konferensiyasi o‘tkazildi

Bugun maktabgacha ta’lim tizimida “Zamonaviy usullar orqali maktabgacha ta’lim sifatini ta’minlash” mavzusida onlayn avgust konferensiyasi o‘tkazilib, 2021-2022 oʻquv yili uchun maktabgacha ta’limning asosiy yillik vazifalari belgilab olindi. Avgust konferensiyasi maktabgacha ta’lim sohasidagi davlat siyosatining strategik yoʻnalishlarini amalga oshirish uchun professional va jamoatchilik muhokamasining asosiy munozara maydonchasi hisoblanib, konferensiyada oʻtgan oʻquv yili natijalari sarhisob qilindi, “oʻsish nuqtasi” aniqlandi, kelgusi oʻquv yili uchun asosiy vazifalar belgilandi. Avgust konferensiyasi videokonferensaloqa formatida oʻtkazilib unda, Maktabgacha ta'lim vazirining o‘rinbosari - Begimkulov Uzoqboy Shoimqulovich tomonidan, -“2020-2021 oʻquv yili natijalarining sarhisobi”; -Hududiy maktabgacha ta’lim boshqarmalarining hisoboti "2020-2021 oʻquv yili uchun yillik vazifalarning bajarilishi: muammolar va ularni hal etish yoʻllari" (3 ta tanlab olingan hudud misolida); -2021-2022 oʻquv yili uchun belgilangan yillik vazifalar bilan tanishish kabi mavzularda  taqdimot qilindi. -Maktabgacha ta'lim vazirligi Maktabgacha ta’lim sohasi siyosatini shakllantirish va strategik rivojlantirish bosh boshqarmasi bosh mutaxassisi- Grosheva Irina Vladimirovna tomonidan, -“Ta’limiy-rivojlantiruvchi muhit - maktabgacha ta’lim sifatining eng muhim sharti sifatida" mavzusida  taqdimot qilindi. -Maktabgacha ta'lim vazirligi Pedagog kadrlar sifatini oshirish va pedagogika kollejlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi bosh mutaxassisi - Gaffarov Feruz Xasanovich tomonidan, -“Maktabgacha ta’lim vazirligi tasarrufidagi pedagogika kollejlarida dual tizim boʻyicha kadrlar tayyorlashning istiqbollari” mavzusida  taqdimot qilindi. Sirdaryo viloyati maktabgacha ta’lim boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari tomonidan, -Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 7-maydagi “Matematika sohasidagi ta’lim sifatini  oshirish va ilmiy-tadqiqotlarni rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4708-son qarori ijrosi boʻyicha Sirdaryo viloyati tajribasi mavzusida  taqdimot qilindi. Xorazm viloyati maktabgacha ta’lim boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari tomonidan, -“Ta’lim-tarbiya jarayonlariga noan’anaviy yondashish boʻyicha Xorazm viloyati tajribasi” mavzusida  taqdimot qilindi. Konferensiya davomida 2021-2022 oʻquv yili uchun maktabgacha ta’limning  quyidagi asosiy yillik vazifalari belgilab olindi: 1. Oʻzbekiston Respublikasining  “Maktabgacha ta’lim va tarbiya toʻgʻrisida”gi qonuni,  “Maktabgacha ta’lim va tarbiyaning davlat standarti”dan kelib chiqqan holda pedagog kadrlarni tayyorlash sifatini oshirish, qayta tayyorlash, malakasini oshirishga yangicha yondashuvlarni joriy etish orqali maktabgacha ta’lim tizimi pedagog xodimlarining zamonaviy pedagogik va boshqaruvchanlik kompetensiyalarini oshirish. 2. “Ilk qadam” davlat oʻquv dasturi,  “Ilm Yoʻli” variativ oʻquv dasturi va2-7 yoshli alohida ehtiyojli bolalar uchun moslashtirilgan oʻquv dasturlarini ta’lim-tarbiya jarayonlariga tadbiq etish orqali bolalarni boshlangʻich ta’limga sifatli tayyorlashni takomillashtirish. 3. Zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanib, maktabgacha yoshdagi bolalarga shaxsga yoʻnaltirilgan yondashuv orqali boshlangʻich matematik tushunchalar va chet tillarini oʻrgatish  shakllari va usullarini takomillashtirishni davom ettirish. 4. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolaning shaxsiyatini rivojlantirish va tarbiyalashda,  professional yordam koʻrsatishda  oila, mahalla, maktab bilan hamkorlik qilish hamda ularni maktabgacha ta’lim tashkilotlarini boshqarish va  COVID-19 kabi boshqa yuqumli kasalliklarning oldini olish profilaktikasi jarayonlariga jalb etish kabi yillik vazifalar belgilandi. Konferensiya  yakunida Maktabgacha ta'lim vazirining o‘rinbosari - Begimkulov Uzoqboy Shoimqulovich 2020-2021 oʻquv yili natijalariga koʻra, maktabgacha ta’lim sohasida faoliyat yuritayotgan bir guruh mutaxassislarni vazirlikning maqtov yorligʻi va tashakkurnomalari bilan taqdirladi. Maktabgacha ta’lim vazirligi Axborot xizmati

Maktabgacha ta'lim agentligi
Toshkent viloyati Oqqo‘rg‘on tumanidagi 5-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkilotining kasallangan tarbiyalanuvchilarini salomatlik holati yuzasidan kunlik maʼlumot

Maktabgacha taʼlim vazirligi Toshkent viloyati Oqqo‘rg‘on tumanidagi 5-sonli maktabgacha taʼlim tashkilotining intoksikatsiya sindromi belgilari bilan tibbiyot muassasalarida davolanayotgan tarbiyalanuvchilar salomatligi to‘g‘risida maʼlum qiladi. Joriy yilning 19 avgust 16:00 soat xolatiga: tibbiyot muassasalarida jami 9 tarbiyalanuvchi davolanmoqda, jumladan 3 nafarining xolati o‘rta og‘ir, 5 nafar bemorning xolati o‘rtacha baholanib, dinamikada sog‘aymoqda, 1 nafar bolaning xolati qoniqarli. Maktabgacha taʼlim vazirligi tomonidan tarbiyalanuvchilarning salomatligi va o‘tkazilayotgan surushtiruv ishlari natijalari bo‘yicha maʼlumot beriladi. Аvvalroq tibbiyot muassasalariga 30 nafar tarbiyalanuvchi qabul qilingani, bugungi kunga kelib 21 nafar tarbiyalanuvchi uyiga ruxsat berilgani haqida xabar beramiz. Maktabgacha ta'lim vazirligi Axborot xizmati

Maktabgacha ta'lim agentligi
O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim vaziri A. Shin Rossiya Federatsiyasi Prezidentining xorijiy davlatlar bilan mintaqalararo va madaniy aloqalar boshqarmasi referenti A. Vlasov bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuvda A.I.Gersen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universiteti Toshkentdagi filiali faoliyatini samarali tashkil etish masalalari, shuningdek, hozirgi holat va O‘zbekiston-Rossiya munosabatlarining istiqbollari masalalari yuzasidan kelishildi. Uchrashuv Rossiya-O‘zbekiston hukumatlararo komissiyasi (2020 yil avgust, oktyabr va 2021 yil may oylarida bo'lib o‘tgan) yig‘ilishlari doirasida Toshkentda A.I. Gersen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universitetining filialini yaratish Rossiya Federatsiyasi bilan o‘zaro munosabatlarning asosini qo‘yishning mantiqiy davomi bo‘ldi. Uchrashuvda Maktabgacha taʼlim vaziri А. Shin, vazir o‘rinbosari U. Begimqulov Rossiya Federatsiyasi  Prezidentning xorijiy davlatlar bilan mintaqalararo va madaniy aloqalar boshqarmasi referenti  A. Vlasov va departament xodimlari, Toshkent shahridagi А.I. Gertsen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universiteti filiali direktori V. Popov, ijrochi direktori Q. Olimov va vazirlik boshqarma boshliqlari ishtirok etishdi. Uchrashuvda Toshkent shahridagi А.I. Gertsen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universiteti filiali faoliyatini samarali tashkil etish bilan bog‘liq masalalar muhokama qilindi. Filialga 2021-2022 o'quv yilida 8 ta taʼlim yo‘nalishi bo‘yicha 81 ta davlat byudjeti va 324 ta davlat shartnoma asosida qabul kvotasi belgilanligi va bugungi kunda “Inson psixologiyasi”, “Maktabgacha taʼlim” va “Lingvistika” (Rus tilini o'qitish metodikasi) taʼlim yo‘nalishlari bo‘yicha konkurs yuqori ekanligi taʼkidlab o‘tildi. Shuningdek yangi o‘quv yilini samarali tashkil etish bilan bog‘liq va o‘quv yili davomida barcha yo‘nalishlar bo‘yicha amalga oshiriladigan ishlar kelishib olindi.  Uchrashuvda Maktabgacha taʼlim vazirligi bilan hamkorlikda amalga oshirilalayotgan “Mittivoy” («Малыш») loyihasi doirasida Respublikada bajarilayotgan hususan, loyihani amalga oshirish uchun pedagogika kollejlari huzurida 14 ta maydonchalar tashkil etilganligi, 14 ta maktabgacha taʼlim tashkilotlari tanlab olinganligi qayd etildi. Maktabgacha ta'lim vazirligi Axborot xizmati

Maktabgacha ta'lim agentligi
Vazirlar Mahkamasining “Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021 yil 3 avgustdagi 490-son qarori mazmun-mohiyati

Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 3 avgustdagi 490-son qarori bilan Voyaga yetmaganlarga ijimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markazlari to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.2021 yil 1 sentyabrdan qarovsiz qolgan bolalar bilan ishlashda quyidagi tizim joriy etiladi: Voyaga yetmagan shaxsning qarorvsiz qolganligini aniqlashvoyaga yetmaganlar masalalari bo‘yicha inspektor-psixologlar tomonidan – ta’lim muassasalarida, profilaktika inspektorlari – xizmat hududida, mahalla raislari – oilalarda o‘rganish o‘tkazish orqali qarovsiz qolgan bolalarni aniqlaydi;ijtimoiy xavfli oilalardagi bolalarni aniqlash va ular bilan ishlash uchun mahalla raislari mas’ul hisoblanadi;bolaning qarovsiz qolgani davlat organlari, NNT va fuqarolar tomonidan aniqlanganida profilaktika inspektoriga xabar beriladi.Qarovsiz qolgan bolalarni Markazga joylashtirishprofilaktika inspektori qarovsiz qolgan bolalar aniqlanganligi haqida tuman (shahar) jamoat xavfsizligi xizmati boshlig‘iga navbatchilik qismi orqali xabar beradi;profilaktika inspektori bolaning qarovsiz qolmaganligi to‘g‘risida xulosaga kelsa, dalolatnoma tuzib uni ota-onasiga (o‘rnini bosuvchi shaxslarga) beradi;profilaktika inspektori bolaning qarovsiz qolgan deb xulosaga kelsa, xulosani tuman (shahar) jamoat xavfsizligi xizmati boshlig‘iga beradi, u bolani Markazga joylashtirish bo‘yicha yo‘llanma tayyorlab uni yuboradi;Markaz 5 soatda maxsus transportda bolani qabul qiladi va joylashtiradi;Markaz boshlig‘i hududiy jamoat xavfsizligi xizmati boshlig‘ini qarovsiz bolani qabul qilganlik to‘g‘risida xabardor qiladi;sog‘liqni saqlash muassasasi 3 soatda Markazga kelib, bolani tibbiy tekshiruvdan o‘tkazadi;tekshiruv natijasiga ko‘ra bola davolanishga yuborilishi mumkin; Markaz 48 soatda bola shaxsini, oilaviy muhit va qarovsiz qolganlik sababini o‘rganadi va ijobiy xulosaga bo‘lsa ota-onasiga (o‘rnini bosuvchi shaxslarga) beradi;Markaz ota-onasiga topshirilgan bolaning o‘qishi, xulqi, oilaviy muhitini 1 yil monitoring qiladi;monitoringda bolaning ijtimoiy xavfli holatda qolishi aniqlansa, bolani 48 soatdan ko‘p 30 kundan (zarurat bo‘lganda 45 kundan) ko‘p bo‘lmagan vaqda Markazda saqlash uchun sudga iltimosnoma kiritiladi;iltimosnoma 24 soatda Markazda sayyor yoki onlayn yopiq sud majlisida ko‘rib chiqiladi;sud bolaning ota-onasi rozi bo‘lmaganida ham uni Markazga va kelgusida ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasasiga yuborishni ko‘rib chiqadi;bolaning doimiy yashash joyi boshqa joyda bo‘lsa, Markaz 48 soatda uni tegishli Markazga olib boradi.Qarovsiz bolalarni ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasasiga joylashtirish va o‘qishi davomida xulq-atvorini nazorat qilishhududiy jamoat xavfsizligi xizmati boshlig‘i so‘rovi bo‘yicha Markazd voyaga yetmaganlar bo‘yicha komissiyaning yig‘ilishi bo‘ladi va bolani tegishli ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasasiga yuborish to‘g‘risida qaror qabul qilinib nusxasi tegishli vazirlik yoki idoraga yuboriladi;tegishli vazirlik yoki idora 3 kunda bolani o‘qishga qabul qilish to‘g‘risidagi yo‘llanmani o‘ziga bo‘ysunuvchi ta’lim muassasasiga va Markazga yuboradi;Markaz 48 soatda bolani tegishli ta’lim muassasasiga topshiradi;ta’lim muassasasi bolani 5 foizlik qo‘shimcha kvota asosida sinov va imtihonsiz o‘qishga qabul qiladi.Bolalar ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasasini tugatganidan so‘ng ular bandligini ta’minlashta’lim muassasasi bolaning o‘qishi tugashiga 3 oy qolganda Markazga xabar beradi;hududiy jamoat xavfsizligi xizmati bolaning professional yoki OTMga o‘qishga kirishiga ko‘maklashadi;o‘qish istagi bo‘lmagan yoki o‘qishga kira olmagan bolalar 1 oyda hududiy mehnat organlari tomonidan ishga joylashtiriladi;bolalar “Ishga marhamat” monomarkazi va kasb-hunarga o‘qitish markazlarida bepul o‘qitiladi;o‘qish istagi bo‘lmagan yoki o‘qishga kira olmagan bolalar birinchi navbatda muddatli harbiy xizmatga chaqiriladi. Markazlarga 3 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan quyidagi bolalar qabul qilinadi:ota-ona (o‘rnini bosuvchi shaxslar) nazoratisiz va qarovisiz qolgan;ijtimoiy xavfli oilada yashayotgan va davlat, jamoatchilik yordamiga muhtoj;ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarini o‘zboshimchalik bilan tark etganlar;ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lganlar;jinoyat qilgan, lekin javobgarlik yoshiga yetmalanlar yoki ruhiy holati sabab javobgarlikka tortilmaydigan bolalar;ma’muriy huquqbuzarlik sodir etganlar;ixtisoslashtirilgan o‘quv-tarbiya muassasasiga joylashtirilishi sud tomonidan hal etilayotganlar;sud ajrimiga asosan ixtisoslashtirilgan o‘quv-tarbiya muassasasiga yuborilayotganlar. Manba: Adliya vazirligi

Batafsil
Maktabgacha ta'lim agentligi
Toshkent viloyati Oqqo‘rg‘on tumanidagi 5-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkilotining kasallangan tarbiyalanuvchilarini salomatlik holati yuzasidan kunlik maʼlumot

Maktabgacha taʼlim vazirligi Toshkent viloyati Oqqo‘rg‘on tumanidagi5-sonli maktabgacha taʼlim tashkilotining intoksikatsiya sindromi belgilari bilan tibbiyot muassasalarida davolanayotgan tarbiyalanuvchilar salomatligi yuzasidan (2021 yilning 17 avgust holatiga) quyidagilarni maʼlum qiladi: Bugungi kunda tibbiyot muassasalarida jami 12 tarbiyalanuvchi davolanmoqda, jumladan 3 nafarining holati o‘rta og‘ir, 8 nafar bemorning holati o‘rtacha baholanib, dinamikada sog‘aymoqda, 1 nafar bolaning holati qoniqarli. Maktabgacha taʼlim vazirligi tomonidan tarbiyalanuvchilarning salomatligi va o‘tkazilayotgan surushtiruv ishlari natijalari bo‘yicha qo‘shimcha maʼlumot berib boradi. Maktabgacha taʼlim vazirligi Аxborot xizmati

Maktabgacha ta'lim agentligi
"Uzoq muddatli statsionar davolanishda bo‘lgan bolalar uchun maktabgacha ta'lim olishning haqiqiy imkoniyatlari" mavzusida uchrashuv

Joriy yilning 16-avgust kuni Maktabgacha ta'lim vazirligida "Zamin" xalqaro jamg'armasi bilan hamkorlik memorandumi doirasida maktabgacha ta'lim va xalq ta'limi mutaxassislari o'rtasida Dmitriy Rogachev nomli Rossiya Sog'liqni saqlash vazirligining bolalar gematologiyasi, onkologiyasi va immunologiyasi ilmiy-tadqiqot markazining bolalarni statsionar tibbiy muassasalarda o'qitish bo'yicha vakillari bilan uchrashuv bo'lib o'tdi. Rossiyadagi shifoxona maktablarining "Biz bilamiz" deb nomlangan federal loyihasi rahbari Sergey Sharikov shifoxona pedagogikasi bo'yicha o'z tajribasi bilan o'rtoqlashdi. Hozirgi vaqtda ta'limning bunday modeli O'zbekistonda ilgari tatbiq etilmagan. Shu maqsadda Maktabgacha ta'lim vazirligi va Xalqaro Zamin jamg'armasi, O'zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi, Sog'liqni saqlash vazirligi, Rossiya Federatsiyasi bolalar gematologiyasi, onkologiyasi va immunologiyasi bo'yicha Dmitriy Rogachev nomidagi Milliy tibbiyot ilmiy markazi bilan birgalikda davolash va profilaktika tadbirlarini bolalar uchun ta'lim xizmatlari bilan birlashtiradigan shuningdek, ularning ota-onalariga psixologik va pedagogik yordam ko'rsatadigan loyihani amalga oshirish xususida suhbat olib borildi. Uchrashuv davomida Maktabgacha ta'lim vaziri Agrippina Shinning ta'kidlashicha, ushbu loyihaning O'zbekiston Respublikasida amalga oshirilishi uzoq muddatli davolanayotgan saraton kasalligiga chalingan bolalarga o'quv dasturini boshqa tengdoshlaridan qolishmasdan o'zlashtirishga va keyingi bosqichlarda o'qishni davom ettirishga imkon beradi. S.V. Sharikovning ta'kidlashicha, O'zbekiston va Rossiya o'rtasidagi hamkorlik bemor bolalarni qo'llab-quvvatlashga imkon beradi, ular uchun ijobiy energiya va ishtiyoqni olish eng muhimdir, chunki onkologiya - bu hukm emas, bolalarga yashash va kasallik bilan kurashish uchun maqsad kerak. Maktabgacha ta’lim vazirligi Axborot xizmati

Maktabgacha ta'lim agentligi
Toshkent viloyati Oqqo‘rg‘on tumanidagi 5-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkilotida kasallangan tarbiyalanuvchilarning salomatlik holati yuzasidan rasmiy maʼlumot

Maktabgacha taʼlim vazirligi Toshkent viloyati Oqqo‘rg‘on tumanidagi 5-sonli maktabgacha taʼlim tashkilotining intoksikatsiya sindromi belgilari bilan tibbiyot muassasalarida davolanayotgan tarbiyalanuvchilar salomatligi yuzasidan (2021 yilning 16 avgust holatiga) quyidagilarni maʼlum qiladi: Bugungi kunda tibbiyot muassasalarida jami 13 nafar tarbiyalanuvchi davolanmoqda, jumladan 3 nafarining holati og‘ir, 10 nafar bemorning holati o‘rtacha og‘ir. Maktabgacha taʼlim vazirligi tomonidan tarbiyalanuvchilarning salomatligi va o‘tkazilayotgan surushtiruv ishlari natijalari bo‘yicha qo‘shimcha maʼlumot berib boradi. Maktabgacha taʼlim vazirligi Аxborot xizmati

Maktabgacha ta'lim agentligi
Toshkent viloyati Oqqo‘rg‘on tumani 5-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkilotidagi kasallangan tarbiyalanuvchilarning salomatligi yuzasidan kunlik rasmiy maʼlumot

Maktabgacha taʼlim vazirligi, joriy yilning 13 avgust holatida Toshkent viloyati Oqqo‘rg‘on tumanidagi 5-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkilotining jami 30 nafar tarbiyalanuvchilarida intoksikatsiya sindromi belgilari bilan tibbiyot muassasalariga yotqizilganligini maʼlum qiladi. Eslatib o‘tamiz, 12 avgust holatida jami 25 nafar tarbiyalanuvchi tibbiyot muassasalarida davolanayotganligi haqida xabar bergan edik, 13 avgustda yana 5 nafar tarbiyalanuvchida kasallikning klinik belgilari kuzatilganligi uchun tibbiyot muassasalariga yotqizildi. Ulardan joriy yilning 13 avgust 16:00 soat holatiga: 9 nafar tarbiyalanuvchilarga tor doiradagi mutaxassislar ko‘rigidan so‘ng qoniqarli ahvolda yashash joyi bo‘yicha tibbiy nazoratga olinib uylariga ruxsat berildi; tibbiyot muassasalarida jami 21 nafar tarbiyalanuvchi davolanmoqda, jumladan 1 nafarining holati o‘ta og‘ir, 1 nafari og‘ir, 6 nafari o‘rta og‘ir va 13 nafar bemorning holati o‘rtacha baholanib, dinamikada sog‘aymoqda. (Izoh: 2021 yilning 13 avgust kuni soat 16:00 holatidagi ma'lumot) Maktabgacha ta'lim vazirligi Axborot xizmati

Maktabgacha ta'lim agentligi
Navoiyda murojaatlar joyida ijobiy hal etilmoqda

Joriy yilning 12 avgust kuni Navoiy viloyati Maktabgacha taʼlim boshqarmasi boshligʼi vazifasini bajaruvchi Oʼ. Tillaev Zarafshon shahridagi 10-sonli maktabgacha ta'lim tashkilotida ommaviy sayyor qabul oʼtkazdi. Ushbu sayyor qabulda oʼndan ortiq murojaatlar shu yerning oʼzida ijobiy hal etilib, ayrimlariga huquqiy tushuntirish berildi. Shuningdek, maktabgacha ta'lim tashkilotlari direktorlarining tashkilotda mavjud muammolari eshitilib, muhokama etildi va zarur choralar koʼrish boʼyicha mutasaddilarga topshiriqlar berildi. Maktabgacha ta'lim vazirligi Axborot xizmati

Maktabgacha ta'lim agentligi
OTA-ONALAR DIQQATIGA

Maktabgacha taʼlim tashkilotlariga qabul qilish uchun elektron ariza yuborish va navbatni bilish tizimi, EMIS dasturi serverda vaqtinchalik profilaktik ishlarini olib borish uchun 2021 yil 14-23 avgust kunlari faoliyati vaqtincha to'xtatildi. EMIS dasturi 2021 yil 23 avgust kunidan to'liq o'z faoliyatini tiklaydi. Maktabgacha taʼlim vazirligi Аxborot xizmati

Вид сайта
Размер шрифта