Yangiliklar
Maktabgacha ta'lim agentligi
Toshkentda “Ilk yoshdagi bolalar rivojlanish sohalari va taʼlim siyosati Osiyo-Tinch okeani forumi” oʻtkaziladi

Avvalroq xabar berganimizdek, YUNESKO bosh direktorining taʼlim boʻyicha oʻrinbosari Stefaniya Djannini Oʻzbekistonga tashrifi davomida Maktabgacha taʼlim vaziri Agrippina Shin bilan uchrashib tizimdagi islohotlar va olib borilayotgan samarali hamkorlik natijalari, maktabgacha taʼlim tizimidagi islohotlarni amalga oshirish va erishilgan ilgʻor natijalar, shuningdek kelgusi yillarda maktabgacha taʼlim sohasida rivojlanishning istiqbolli yoʻnalishlari boʻyicha masalalar tahlil qilinib, shu bilan birga uchrashuv doirasida 2022-yil Toshkentda “Ilk yoshdagi bolalar rivojlanish sohalari va taʼlim siyosati Osiyo-Tinch okeani forumi”ni oʻtkazish masalasi muhokama qilingan edi.Bugun Maktabgacha taʼlim vazirligi binosida Maktabgacha taʼlim vaziri Agrippina Shin va YUNESKOning Oʻzbekistondagi vakolatxonasi rahbari v.b Aleksandros Makarigakis oʻrtasida uchrashuv boʻlib oʻtdi. Uchrashuv jarayonida 2022-yil Toshkentda “Ilk yoshdagi bolalar rivojlanish sohalari va taʼlim siyosati Osiyo-Tinch okeani forumi” oʻtkazilishi yuzasidan tashkiliy masalalari boʻyicha kelishib olindi.Uchrashuv jarayonida maktabgacha yoshdagi bolalarga taʼlim va tarbiya berish davlatning ustuvor yoʻnalishlaridan biri ekanligi shu bilan birga, Oʻzbekiston barqaror rivojlanish maqsadlarining 4.2 bandiga muvofiq 2030-yilga kelib barcha oʻgʻil-qizlar boshlangʻich taʼlimga tayyor boʻlishlari uchun yosh bolalarni rivojlantirish, parvarishlash va maktabgacha taʼlim olish uchun sifatli tizimlardan foydalanish imkoniyatiga ega boʻlishlarini taʼminlash borasida ijobiy natijalar haqida ham aytib oʻtildi.Eslatib oʻtamiz, respublika boʻyicha maktabgacha taʼlimga qamrab olish koʻrsatkichlari 2017-yili 27% dan 2021-yilga kelib 64% gacha oshishi natijasida, bugungi kunga kelib 1,8 mln. dan ortiq maktabgacha yoshdagi bolalar maktabgacha taʼlim olish imkoniyatiga ega boʻldilar, qolaversa Oʻzbekistonda 2019-yildan boshlab barcha bolalar uchun boshlangʻich taʼlimda teng imkoniyatlar yaratish maqsadida maktabga borishdan bir yil oldin majburiy maktabgacha taʼlim tizimi joriy etildi. Bugungi kunda 6-7 yoshli maktabga chiqish yoshidagi bolalarning 77%i maktabgacha taʼlim tizimiga qamrab olindi, 2025-yilga borib ularning barchasini bir yillik majburiy bepul taʼlim tizimiga 100% qamrab olinadi.Maktabgacha taʼlim vazirligi Axborot xizmati

Batafsil
Maktabgacha ta'lim agentligi
KOICAning Oʻzbekistondagi vakolatxonasi rahbari bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi

Bola kamolotining ilk kurtaklari nafaqat oilada, balki maktabgacha taʼlim tashkilotlarida namoyon boʻladi. Ushbu tashkilotlarda taʼlim-tarbiyaviy ishlar sifati hamda samaradorligi, ularda yaratilgan zamonaviy imkoniyat va sogʻlom muhit murgʻak farzandlarimiz taqdirida gʻoyat muhim oʻrin egallaydi. Shuning uchun ham maktabgacha taʼlim tashkilotlarida faoliyat olib borayotgan pedagoglarning malakasini oshirib borish muhim hisoblanadi.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Yangiyoʻl tumanida joylashgan 19-sonli maktabgacha taʼlim tashkilotida oʻrganish ishlari olib borilmoqda

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Rasul Kusherbayevning murojaatiga asosan bugun Yangiyoʻl tumani “Qoʻshyogʻoch” mahallasida joylashgan 19-sonli 120 oʻrinli maktabgacha taʼlim tashkilotida oʻrganish ishlari olib borilmoqda. Ishchi guruhga Maktabgacha taʼlim vazirining oʻrinbosari N.Muslitdinov boshchilik qilmoqda. Ushbu MTT “Orion stroy montaj” MChJ tomonidan 3 , 180 milliard soʻmga qurib bitkazishi belgilangan edi. Ammo bino sifatsiz qurilgani aniqlanib, MChJ rahbariyatiga barcha kamchiliklarni bartaraf etish uchun 1 hafta muhlat berildi.

Maktabgacha ta'lim agentligi

Maktabgacha ta'lim agentligi
Navoiy viloyati Maktabgacha taʼlim boshqarmasi davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida sogʻlom ovqatlantirishni autsorsing usulida tashkil etish boʻyicha tanlov gʻoliblari eʼlon qilindi

Vazirlar Mahkamasining “Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida sogʻlom ovqatlantirish tizimini takomillashtirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2021-yil 30-iyundagi 407-son qaroriijrosini taʼminlash maqsadida Maktabgacha taʼlim vazirining “Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida sogʻlom ovqatlantirish tizimini takomillashtirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2021-yil 5-iyuldagi 123-sonli buyrugʻi qabul qilinib tanlov eʼlon qilingan. Yuqorida keltirilgan topshiriqlar ijrosini taʼminlash maqsadida Maktabgacha taʼlim vazirligi tomonidan respublikada 1 576 ta davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida bolalarni ovqatlantirishni autsorsing usulida tashkil etish uchun 342 ta lotlar bo‘yicha, xususan Navoiy viloyatida 19 ta lotlar (94-112 lotlar) bo‘yicha 70 ta davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari uchun tanlov eʼlon qilingan. Tanlovda ishtirok etish uchun joriy yilning 27 avgust holatiga respublika bo‘yicha jami 310 nafar, xususan Navoiy viloyati bo‘yicha 26 nafar tadbirkorlar tomonidan hujjatlar kelib tushgan. Tanlov komissiyasining raisi tomonidan tanlovni o‘tkazish jarayoni Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 30 iyundagi 407-son qarori bilan tasdiqlangan Tanlov hujjatlari asosida tashkil etilishi taʼkidlab o‘tildi hamda ishtirokchilarni tanlovni o‘tkazish tartibi bilan tanishtirildi. Navoiy viloyatida tanlovga qo‘yilgan 19 ta lotlar (94-112 lotlar) bo‘yicha 70 ta davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari hamda tanlovda ishtirok etish uchun hujjat taqdim etgan 26 nafar tadbirkorlar to‘g‘risida maʼlumot berildi. Tanlovga qo‘yilgan 107, 109 lotlarga 1 ta, 104 umuman taklif tushganligi sababli lot oʻynalmadi. Navoiy-viloyatСкачать

Maktabgacha ta'lim agentligi
Bolaning birinchi qo’shimcha ovqati nimalardan iborat bo’lishi kerak?

Bola 6 oyga to’lgandan keyin qanday mahsulotlarni ovqatlanish ratsioniga kiritilish zarur?Bizning 7-mahorat darsimiz juda muhim mavzu – kichkintoylarning ovqatlanishiga bag’ishlangan. Bu va boshqa narsalar haqida batafsil ma’lumot olish uchun mutaxassis fikrini video orqali bilib oling.#OtaOnalarOyligi

Maktabgacha ta'lim agentligi
Ongli ota-onalikka bag‘ishlangan oylik

Ongli ota-onalikka bag‘ishlangan oylik bolalar yanada sifatli hayot kechirishlari uchun ota-onalarning bilimlarini oshirish va ko‘nikmalarini takomillashtirishga yordam beradi.Joriy yilning oktyabr oyidan 20 noyabrgacha UNICEF O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi va Maktabgacha ta’lim vazirligi bilan birgalikda ijtimoiy tarmoqlarda ongli ota-onalikka bag‘ishlangan kampaniyani o‘tkazish tashabbusi bilan chiqdi. Bir oy davomida UNICEF, Sog‘liqni saqlash vazirligi va Maktabgacha ta’lim vazirligi mutaxassislari ijtimoiy tarmoqlarida ota-onalarga bolalar to‘laqonli va har tomonlama rivojlanishi uchun qanday qilib eng yaxshi sharoitlarni yaratish haqidagi maslahatlarini beradilar.Tabiiyki, ota-onalarning aksariyati farzandlari uchun imkon qadar eng yaxshi sharoitlarni yaratishga harakat qiladilar. Shunday bo‘lsada, zamonaviy tarbiyalash usullaridan foydalanishga imkon bermayotgan qator to‘siqlar mavjud.«Muammolardan biri shundan iboratki, do‘stlar va qarindoshlar yaxshi niyatda, bolalarni oziqlantirishdan boshlab emlashgacha bo‘lgan masalalar bo‘yicha turli xil maslahatlarini berishlari mumkin. Biroq ijtimoiy tarmoqlarda berilayotgan noto‘g‘ri axborot bolaning salomatligiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin», — deydi UNICEFning salomatlik va oziqlanish masalalari bo‘yicha mutaxassisi Fahriddin Nizamov.«Yangi tug‘ilgan chaqaloqlar hayotining dastlabki 1000 kunida hamda bolaning olti yoshgacha bo‘lgan davrida parvarishlashning noto‘g‘ri usullarini qo‘llash ularning uzoq muddatli jismoniy va kognitiv rivojlanishini sezilarli darajada sekinlashtirishi mumkin. Bundan tashqari, global COVID-19 pandemiyasi va u bilan bog‘liq karantin cheklovlari ham bolalar rivojlanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi va buning oqibatlari balog‘at yoshida ham his etilishi mumkin».Ushbu oyda UNICEF, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Maktabgacha ta’lim vazirligi hamda O‘zbekistonning ommaviy axborot vositalari kichik yoshdagi bolalarga g‘amxo‘rlik qilishning samarali usullari va uy sharoitida ushbu usullardan foydalanish yo‘llari to‘g‘risida ota-onalarga so‘zlab beradilar. Ijtimoiy tarmoqlardagi nashrlar bolalarning yoshiga muvofiq bo‘lgan to‘g‘rioziqlanish, jumladan yangi tug‘ilgan chaqaloqlarni faqat ko‘krak suti bilan boqish; bolaga mehr berib g‘amxo‘rlik qilish muhitini yaratish usullari; emlashni rejalashtirish; bolaning rivojlanish bosqichlari; bolalar kasalligidan darak beruvchi belgilar; mas’uliyatli tarbiya va o‘yinlarning bola uchun ahamiyati kabi masalalarga bag‘ishlangan .Milliy va xalqaro ekspertlar tavsiyalariga muvofiq bolalarni tarbiyalash ahamiyatini tushunish va bu masalada qarorlarni qabul qilishda ko‘maklashish O‘zbekistonning kichik fuqarolari hayotini sifat jihatdan yaxshilashga hamda ular baxtli va to‘laqonli voyaga yetishlari uchun mustahkam poydevor yaratishda yordam beradi.Ijtimoiy tarmoqlar orqali butun mamlakat bo‘ylab ota-onalarni jalb qilishUNICEF, Sog‘liqni saqlash vazirligi va Maktabgacha ta’lim vazirligi ijtimoiy tarmoqlar va ommaviy axborot vositalari orqali ota-onalar va vasiylar bilan muloqot qilishda samarali yondashuvlarni ishlab chiqdilar va bu bilan ular uchun nafaqat dolzarb va aniq ma’lumotlarga ega bo‘lish, balki ota-onalarni tashvishlantiradigan muammolarni taqdim etish va hal qilishga imkon yaratdilar.Joriy yilning 20 oktyabr kuni ommabop televizion kanallarda ota-onalar uchun mo‘ljallangan ko‘rsatuv namoyish etildi. Mazkur ko‘rsatuv doirasida Sog‘liqni saqlash vazirligi ekspertlari bolalarning erta yoshidagi salomatligi va oziqlanishi bo‘yicha ota-onalar tomonidan berilgan savollarga javob berdilar. Maktabgacha ta’lim vazirligining mutaxassislari maktabgacha ta’limning muhim ahamiyatini va ota-onalar o‘z farzandlarining ilk yoshda ta’lim olishini faol qo‘llab-quvvatlashda qanchalik muhim rol o‘ynashlarini yana bir bor ta’kidladilar.Ushbu teleko‘rsatuvlarga qo‘shimcha ravishda, UNICEF milliy hamkorlar bilan birgalikda ijtimoiy tarmoqlar va televideniye orqali keng targ‘ib qilish uchun 11 ta qulay va tushunarli video mahorat darslarini yaratdilar.«Ushbu mahorat darslari O‘zbekistonda ko‘p uchraydigan bolalar erta rivojlanishi sohasiga mansub ayrim muammolarni qamrab olgan. Mazkur videoroliklar ota-onalarni maktabgacha ta’limning ahamiyatini yanada teran anglashga undaydi», — deydi UNICEFning erta rivojlanish va maktabgacha ta’lim masalalri bo‘yicha maslahatchisi Vazira Nazarova.«Maktabgacha ta’lim tashkiloti kun davomida bolalar uchun faqatgina ko‘ngil ochish joyi emas. Bu hayot uchun muhim ijtimoiy va kognitiv rivojlanish, muloqot ko‘nikmalarini orttirish hamda bolaning ijodiy va jismoniy rivojlanishi makonidir. Ota-onalar o‘z farzandlarining jismoniy salomatligi bilan bir qatorda ular uzoq vaqt shaxs sifatida shakllanishini ham albatta kuzatib borishlari lozim»Ongli ota-onalik oyligining yakunida Bebbo innovasion mobil ilova ishga tushiriladi. O‘zbekistonda bu turdagi birinchi raqamli vosita ota-onalarga bolalarning o‘sishi, rivojlanishi va farovonligini qo‘llab-quvvatlash borasida o‘z vaqtidagi va sifatli tavsiyalarni taqdim etadi. Hali ham davom etayotgan COVID-19 pandemiyasi cheklovlari sababli ijtimoiy xizmat ko‘rsatuvchilar bilan bevosita muloqotning iloji bo‘lmagan yoki murakkablashgan davrda bu ayniqsa muhimdir.

Maktabgacha ta'lim agentligi
RАSMIY MUNOSАBАT

Ijtimoiy tarmoqlarda Yunusobod tumanidagi 99-DMTT binosida investitsiya dasturiga muvofiq, 2019 yil may oyida qurilish ishlari boshlangani, biroq qurilish ishlari oxiriga yetkazilmay, qarovsiz tashlab qoʼyilgani taʼkidlangan. Holat yuzasidan quyidagilarni maʼlum qilamiz: Oʼzbekiston Respublikasi Prezdintining 2020 yil 28 dekabrdagiPQ-4936-sonli qaroriga asosan Investitsiya dasturiga kiritilgan 2020 yildan 2021 yilga oʼtuvchi obʼekt sifatida Investitsiya dasturiga kiritilgan Yunusobod tumanidagi 99-sonli Maktabgacha taʼlim tashkilotini rekonstruktsiya qilish belgilangan boʼlib, Yunusobod tumanida 200 oʼringa ega boʼlgan 99-sonli MTTni rekonstruktsiya qilish boʼyicha, 2019 yil Toshkent shahar “Yagona boʼyurtmachi xizmati injiniring kompaniyasi” tender savdolari orqali gʼolib pudrat tashkiloti "OLMOS MAXSUS IXTISOSLASHTIRILGAN QURILISH TA`MIR" MChJ bilan pudrat shartnomasini 6 226,1 mln.soʼmga imzolangan. Toshkent shahar Yagona buyurtmachi injiniring kompaniyasidan 2019 yil boshidan Maktabgacha taʼlim vazirligi huzuridagi “Infratuzilmani rivojlantirish boʼyicha injiniring kompaniyasi” DUKga mazkur obʼektning shartnoma hujjatlari taqdim qilingan."OLMOS MAXSUS IXTISOSLASHTIRILGAN QURILISH TA`MIR" MChJga bugungi kunda mazkur obʼektlarni qurilish-montaj ishlarini topshirilgan forma-3ga asosan 2 719,8 mln.soʼmga ishlarni bajargan boʼlib, 3 637,8 mln.soʼmga mablagʼ moliyalashtirib berilgan. "OLMOS MAXSUS IXTISOSLASHTIRILGAN QURILISH TA`MIR" MChJ, Yunusobod tumanidagi 99-sonli MTTni 2019 yildan joriy yilga qadar foydalanishga topshirilmaganligi va qurilish ishlari yakunlanmaganligi sababli pudrat tashkiloti bilan tuzilgan pudrat shartnomasi bir tomonlama bekor qilingan.Bugungi kunda mazkur obʼekt pudrat tashkiloti "OLMOS MAXSUS IXTISOSLASHTIRILGAN QURILISH TA`MIR" MChJga nisabatan Yunusobod tuman prokraturasi tomonidan jinoiy ish qoʼzgʼatilgan va hozirda prokuratura tomonidan qoʼzgʼatilgan jinoiy ish boʼyicha oʼrganish ishlari olib borilib pudratchidan jarima mablagʼlari undirilib, Sud xulosasidan soʼng mazkur obʼektda qoldiq ish xajimlari xisoblanib ekspertizadan oʼtkaziladi va pudratchi tanlash boʼyicha elektron tender savdolari orqali pudratchi tanlab olinadi. Maktabgacha taʼlim vazirligi Аxborot xizmati

Batafsil
Maktabgacha ta'lim agentligi
Surxondaryo viloyati Maktabgacha taʼlim boshqarmasi davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida sogʻlom ovqatlantirishni autsorsing usulida tashkil etish boʻyicha tanlov gʻoliblari eʼlon qilindi

Vazirlar Mahkamasining “Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida sogʻlom ovqatlantirish tizimini takomillashtirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2021-yil 30-iyundagi 407-son qaroriijrosini taʼminlash maqsadida Maktabgacha taʼlim vazirining “Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida sogʻlom ovqatlantirish tizimini takomillashtirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2021-yil 5-iyuldagi 123-sonli buyrugʻi qabul qilinib tanlov eʼlon qilingan. Yuqorida keltirilgan topshiriqlar ijrosini taʼminlash maqsadida Maktabgacha taʼlim vazirligi tomonidan respublikada 1 576 ta davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida bolalarni ovqatlantirishni autsorsing usulida tashkil etish uchun 342 ta lotlar boʻyicha, xususan Surxondaryo viloyatida 10 ta lotlar (170-179 lotlar) boʻyicha 26 ta davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari uchun tanlov eʼlon qilingan. Tanlovda ishtirok etish uchun jami 310 nafar, xususan Surxondaryo viloyati boʻyicha 6 nafar tadbirkorlar tomonidan hujjatlar kelib tushgan. Tanlov komissiyasining raisi tomonidan tanlovni oʻtkazish jarayoni Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 30 iyundagi 407-son qarori bilan tasdiqlangan Tanlov hujjatlari asosida tashkil etilishi taʼkidlab oʻtildi hamda ishtirokchilarni tanlovni oʻtkazish tartibi bilan tanishtirildi. Surxondaryo viloyatida tanlovga qoʻyilgan 10 ta lotlar (170-179 lotlar) boʻyicha 26 ta davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari hamda tanlovda ishtirok etish uchun hujjat taqdim etgan 6 nafar tadbirkorlar toʻgʻrisida maʼlumot berildi. Surxondaryo-viloyatСкачать

Maktabgacha ta'lim agentligi
Buxoro viloyati Maktabgacha taʼlim boshqarmasi davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida sogʻlom ovqatlantirishni autsorsing usulida tashkil etish boʻyicha tanlov gʻoliblari eʼlon qilindi

Vazirlar Mahkamasining “Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida sogʻlom ovqatlantirish tizimini takomillashtirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2021-yil 30-iyundagi 407-son qaroriijrosini taʼminlash maqsadida Maktabgacha taʼlim vazirining “Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida sogʻlom ovqatlantirish tizimini takomillashtirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2021-yil 5-iyuldagi 123-sonli buyrugʻi qabul qilinib tanlov eʼlon qilingan. Yuqorida keltirilgan topshiriqlar ijrosini taʼminlash maqsadida Maktabgacha taʼlim vazirligi tomonidan respublikada 1576 ta davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida bolalarni ovqatlantirishni autsorsing usulida tashkil etish uchun 342 ta lotlar boʻyicha, xususan Buxoro viloyati 16 ta lotlar (41-56 lotlar) boʻyicha 59 ta davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari uchun tanlov eʼlon qilingan. Tanlovda ishtirok etish uchun joriy yilning 29 oktabr holatiga respublika boʻyicha jami 310 nafar, xususan Buxoro viloyati boʻyicha 13 nafar tadbirkorlar tomonidan hujjatlar kelib tushgan. Tanlov komissiyasining raisi tomonidan tanlovni oʻtkazish jarayoni Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 30 iyundagi 407-son qarori bilan tasdiqlangan Tanlov hujjatlari asosida tashkil etilishi taʼkidlab oʻtildi hamda ishtirokchilarni tanlovni oʻtkazish tartibi bilan tanishtirildi. Buxoro viloyatida tanlovga qoʻyilgan 16 ta lotlar (41-56 lotlar) boʻyicha 59 ta davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari hamda tanlovda ishtirok etish uchun hujjat taqdim etgan 13 nafar tadbirkorlar toʻgʻrisida maʼlumot berildi. Tanlovga qoʻyilgan 47,49,50,51,52,53,54,55,56 lotlarga umuman taklif kelib tushmaganligi sababli lotlar oʻynalmadi. Buxoro-viloyatСкачать

Maktabgacha ta'lim agentligi
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida sogʻlom ovqatlantirishni autsorsing usulida tashkil etish boʻyicha tanlov gʻoliblari eʼlon qilindi

Vazirlar Mahkamasining “Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida sogʻlom ovqatlantirish tizimini takomillashtirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2021-yil 30-iyundagi 407-son qaroriijrosini taʼminlash maqsadida Maktabgacha taʼlim vazirining “Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida sogʻlom ovqatlantirish tizimini takomillashtirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2021-yil 5-iyuldagi 123-sonli buyrugʻi qabul qilinib tanlov eʼlon qilingan. Yuqorida keltirilgan topshiriqlar ijrosini taʼminlash maqsadida Maktabgacha taʼlim vazirligi tomonidan respublikada 1576 ta davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida bolalarni ovqatlantirishni autsorsing usulida tashkil etish uchun 342 ta lotlar boʻyicha, xususan Qoraqalpogʻiston Respublikasida 8 ta lotlar (1-8 lotlar) boʻyicha 28 ta davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari uchun tanlov eʼlon qilingan. Tanlovda ishtirok etish uchun joriy yilning 29 oktyabr holatiga respublika boʻyicha jami 310 nafar, xususan Qoraqalpogʻiston Respublikasi boʻyicha 19 nafar tadbirkorlar tomonidan hujjatlar kelib tushgan. Tanlov komissiyasining raisi tomonidan tanlovni oʻtkazish jarayoni Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 30 iyundagi 407-son qarori bilan tasdiqlangan Tanlov hujjatlari asosida tashkil etilishi taʼkidlab oʻtildi hamda ishtirokchilarni tanlovni oʻtkazish tartibi bilan tanishtirildi. Qoraqalpogʻiston Respublikasida tanlovga qoʻyilgan 8 ta lotlar (1-8 lotlar) boʻyicha 28 ta davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari hamda tanlovda ishtirok etish uchun hujjat taqdim etgan 19 nafar tadbirkorlar toʻgʻrisida maʼlumot berildi. Tanlovga qoʻyilgan 4-lotga 1 ta, 5-, 6-lotga umuman taklif kelib tushmaganligi sababli lotlar oʻynalmadi. noyabr-kochirmaСкачать

Maktabgacha ta'lim agentligi
MTTlar holati muhokama qilindi

Kecha vazir raisligida hududiy boshqarma va boʻlim boshliqlari ishtirokida videomuloqot tarzida yigʻilish boʻlib oʻtdi.  Yigʻilish davomida bolalarni navbatga qoʻyish elektron shaklini takomillashtirish, sport anjomlarini oʻz vaqtida harid qilish, hududlar kesimida MTTlar holati muhokama qilindi.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Maktabgacha ta'limga qamrovni oshirishda xususiy sektor ulushi ham muhim.

Bugungi kunda Xorazm viloyatida jami davlat xususiy sherikchiligi asosidagi bog'chalar soni 69 ta bo'lib, ularning soni yana bittaga ortdi. Urganch tumanida "Lochin Shaxzoda" nomli nodavlat maktabgacha ta'lim tashkiloti faoliyat boshladi. 2019-yilda tadbirkor hamda Maktabgacha ta’lim vazirligi bilan tuzilgan bitim natijasida Urganch tumanining Jayhun mahallasidan ushbu maktabgacha ta’lim tashkilotini bunyod qilish uchun 4500 kv.metr yer ajratildi va qurilish ishlari boshlab yuborildi. Loyihaning jami qiymati 3 mlrd 750 million so’mni tashkil etadi. Shundan 750 million so’m tadbirkorning o’z mablag’i hisobidan bo’lsa qolgan 3 mlrd so'm kam foizli kredit asosida ajratildi.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Xotirani qanday yaxshilash mumkin?

Ko‘p ota-onalar shifokorlarga xotirani rivojlantirish usullari yuzasidan savol bilan murojaat qilishadi. Avvalo, esda tuting: mustahkam xotira bolangizning rivojlanishiga yordam beradi. Birinchidan bolangiz xotirasining kuchli va zaif tomonlarini aniqlab olishingiz kerak bo‘ladi. Kimdir o‘z ko‘zi bilan ko‘rgan narsani yaxshiroq eslab qoladi(xotiraning vizual turi), boshqa birov eshitganini yaxshi o‘zlashtirishadi(eshituvchi xotira turi), yana kimdir esa doimiy eslatib turilgan(xotiraning motor turi) ma’lumotni yodidan chiqarmaydi. Ma’lumotni uzoq vaqt xotirada mustahkam eslab qolish uchun, avvalambor, undagi asosiy nuqtalarni (asosiy ta’riflar, birinchi bo‘lib aqlga keladigan yetakchi formulalar) topib, o‘sha so‘zga urg‘u berish lozim. Qolaversa, diagramma, jadval, rasm va rejalar tuzib, bolakay ongida yodlanayotgan narsaning tasvirini yaratish ham ancha yordam beradigan usullardandir.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Qator qonunlarda litsenziya talabi bekor qilindi

Joriy yilning 12-oktyabrida “Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilinganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida»gi OʻRQ–721-son Qonun Prezident tomonidan imzolandi. Qonunga muvofiq, ayrim litsenziyalanadigan faoliyat turlari bilan ruxsatnoma va xabardor qilish orqali shugʻullanishga ruxsat berilganligi munosabati bilan bir qator qonunlarda litsenziya talabi bekor qilindi. Shunga koʻra, Jinoyat kodeksiga xabardor qilish yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olish talab etiladigan faoliyat bilan xabarnoma yubormasdan yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatsiz shugʻullanish juda koʻp miqdorda daromad olish bilan bogʻliq boʻlganida jinoiy javobgarlikka sabab boʻlishiga oid javobgarlik kiritildi. Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksida ham mazkur harakatlar uchun javobgarlik choralari belgilandi. Foydali qazilmalarni qidirish, razvedka qilish va qazib olish uchun yer qaʼri uchastkalaridan foydalanishda endilikda ruxsatnoma olinadi. Ilgari litsenziya talab qilingan. “Dori vositalari va farmatsevtika faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonunda farmatsevtika faoliyatining quyidagi yoʻnalishlariga litsenziya olish talab qilinmasligi belgilandi: tibbiy buyumlarni ishlab chiqarish, tayyorlash, ulgurji realizatsiya qilish; dori vositalari va tibbiy buyumlarni yaratish boʻyicha ilmiy-tadqiqot ishlari; dori vositalari va tibbiy buyumlar sifatini nazorat qilish; dorivor oʻsimlik xomashyosini qadoqlash va ulgurji sotish. Madaniy boyliklarni realizatsiya qilishda ishtirok etuvchi yuridik shaxslar oʻz faoliyatini Madaniyat vazirligini xabardor qilgan holda amalga oshiradi. Ilgari ruxsatnoma olish talab qilingan. Qishloq joylardagi kichik tadbirkorlarning umumiy foydalanish punktlari tomonidan maʼlumotlarni uzatish tarmoqlari xizmatlarini koʻrsatishga, qishloq joylardagi kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan mahalliy, shaharlararo va xalqaro telekommunikatsiyalar tarmoqlari xizmatlarini koʻrsatishga doir faoliyat uchun litsenziya talab etilmaydi. Riyeltorlik faoliyati uchun litsenziya olish talab qilinmaydi. Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillarining yangi turlarini joriy etishni nazarda tutuvchi qonun loyihalari tartibga solish taʼsirini baholashdan oʻtkaziladi. Soliq kodeksida alkogol mahsulotlarini realizatsiya qilish huquqi uchun yigʻimlarni undirish tartibi belgilandi. Yigʻim alkogol mahsulotlarini realizatsiya qilish boshlanganligi toʻgʻrisida xabarnoma yuborilgan paytdan eʼtiboran toʻlanadi. Bunda xabarnoma joriy oyning yigirmanchi sanasiga qadar yuborilganda yigʻim ushbu oy uchun toʻliq hajmda, xabarnoma joriy oyning yigirmanchi sanasidan keyin yuborilganda esa keyingi oyning birinchi sanasidan boshlab hisoblab chiqiladi. Alkogol mahsulotlari bilan chakana savdo qilish faoliyati toʻxtatib turilganda yoki tugatilganda yigʻimni hisoblash keyingi oyning birinchi sanasidan boshlab toʻxtatib turiladi. Alkogol mahsulotlarini realizatsiya qilish huquqi uchun yigʻim har oyda oldindan toʻlov shaklida, joriy oyning oʻninchi sanasiga qadar toʻlanadi.

Batafsil
Maktabgacha ta'lim agentligi
Kichik bolalarga tilni o'zlashtirish va nutqni rivojlantirishga ko'maklashish

Kichik bolalarga tilni o'zlashtirish va nutqni rivojlantirishga ko'maklashish uchun ular bilan qanday suhbat qurish kerakligini bilasizmi? Bu savolga javob topish uchun bizning 4-mahorat darsimizni tomosha qiling. #OtaOnalarOyligi

Maktabgacha ta'lim agentligi
“Jismoniy tarbiya va sport aʼlochisi” koʻkrak nishoni muborak!

Jamiyatimizda sogʻlom turmush tarzini shakllantirish, aholining, ayniqsa yosh avlodning jismoniy tarbiya va ommaviy sport bilan muntazam shugʻullanishini hamda sportni yanada rivojlantirishga yoʻnaltirilgan keng koʻlamli ishlar amalga oshirilishiga munosib hissa qoʻshib kelayotgan, shuningdek, mamlakatimizning barcha hududlardagi maktabgacha taʼlim tizimida ommaviy sportning inson va jamiyat hayotidagi muhim ahamiyati, uning jismoniy va maʼnaviy sogʻlomlikning asosi ekanini targʻib qilishda sidqidildan mehnat qilayotgan 2 nafar maktabgacha taʼlim tizimi sohasi vakillari “Jismoniy tarbiya va sport aʼlochisi” koʻkrak nishoni bilan mukofotlandilar. Oʻzbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligi binosida jismoniy tarbiya va sport sohasida faollik koʻrsatgan bir qator vazirlik va idoralar xodimlari “Jismoniy tarbiya va sport aʼlochisi” koʻkrak nishoni bilan taqdirlanishdi. Jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi Nazorat-tahlil boshqarmasi boshligʻi Lola Berdiyeva hamda Bolalar salomatligi, sogʻlom ovqatlantirishni taʼminlash va ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshligʻi Umida Muxiddinovalar “Jismoniy tarbiya va sport aʼlochisi” koʻkrak nishoni bilan taqdirlanishdi. Ushbu koʻkrak nishoni Oʻzbekiston Respublikasi Turizm va sport vaziri Aziz Abduhakimov tomonidan oʻz egalariga topshirildi. Eslatib oʻtamiz, yurtboshimiz tomonidan 2020-yilning 30-oktyabr kuni “Sogʻlom turmush tarzini hayotga keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni imzolanib, unga asosan, sogʻlom turmush tarzini targʻib qilishda — yurish, yugurish, mini-futbol, velosport, badminton, stritbol, “Work out” (mahalla va koʻcha fitnesi) sportning ustuvor turlari etib belgilangan. 2021-yilning 1-yanvaridan boshlab yurtimizdagi barcha mehnat jamoalarida faoliyat yuritayotgan bir nafar xodimga “Sport targʻibotchisi” qoʻshimcha vazifasi yuklanib, ish vaqtidan soʻng haftada kamida bir marotaba “Sport targʻibotchisi” tomonidan rahbar va barcha xodimlar yugurish, stritbol, futbol, badminton, voleybol, basketbol, stol tennisi, suzish singari sport turlari bilan shugʻullanishlarini tashkillashtirish taʼminlandi. Maktabgacha ta'lim vazirligi Axborot xizmati

Maktabgacha ta'lim agentligi
Maktabgacha taʼlim tizimida korrupsiyaga qarshi kurashish yoʻnalishidagi ishlar

Bugun AOKAda Maktabgacha taʼlim vazirligi Komplayens nazorat boʻlimi boshligʻi Farrux Aminov ishtirokida brifing oʻtkazildi. Maktabgacha taʼlim vazirining 2021-yil 12-iyuldagi 131 sonli buyrugʻiga asosan boʻlim nomi Korrupsiyaga qarshi kurashish komplayens nazoratini amalga oshirish boʻlimiga oʻzgartirildi hamda barcha hududiy maktabgacha taʼlim boshqarmalarida 1 shtatdan bosh mutaxassislar ajratildi. Boʻlimning asosiy vazifasi: vazirlik va uning tizimida “inson omili” taʼsiri mavjud faoliyat yoʻnalishlarini aniqlaydi; vazirlikda yashirin iqtisodiyot va korrupsiyaga qarshi kurash boʻyicha “komplayens nazorat” (compliance control) tizimini joriy etish hamda uni takomillashtirish boʻyicha ish olib boradi; maktabgacha taʼlim tizimidagi kadrlarda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish maqsadida kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish ilgʻor usullarini tizimli ravishda joriy etadi; xodimlar malakasini oshirish boʻyicha doimiy ishlarni olib borish hisoblanadi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 10-iyundagi “Qamrov darajasi past boʻlgan tumanlarda maktabgacha taʼlim tashkilotlari tarmogʻini kengaytirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-5144-son qaroriga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi bilan maktabgacha taʼlim tizimida korrupsiyaga qarshi kurashish choralarining samaradorligini oshirish boʻyicha chora-tadbirlar dasturi ishlab chiqildi hamda imzolandi. Shuningdek tizimda korrupsion holatlarni oldini olish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi bilan Hamkorlik memorandumi imzolandi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatda boʻlish muhitini yaratish, davlat va jamiyat boshqaruvida korrupsiyaviy omillarni keskin kamaytirish va bunda jamoatchilik ishtirokini kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” gi Farmoni 1-ilova 43-band ijrosini taʼminlash maqsadida “Korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatda boʻlish muhitini yaratish, davlat va jamiyat boshqaruvida korrupsiyaviy omillarni keskin kamaytirish va bunda jamoatchilik ishtirokini kengaytirish chora-tadbirlari” ishlab chiqildi hamda tasdiqlandi. Maktabgacha taʼlim tizimida korrupsiyaning oldini olish maqsadida quyidagi ichki nizom hamda buyruqlar ishlab chiqildi: Maktabgacha taʼlim vazirligining korrupsiyaga qarshi kurashish siyosatini belgilash toʻgʻrisida;Maktabgacha taʼlim vazirligi tizimida korrupsiyaga qarshi kurashishning kechiktirib boʻlmas chora-tadbirlari toʻgʻrisida;Maktabgacha taʼlim tizimida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini takomillashtirish haqida;Maktabgacha taʼlim vazirligi tizimida odob-axloq qoidalariga rioya etilishini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida;Maktabgacha taʼlim vazirligi tizimida manfaatlar toʻqnashuvini boshqarish toʻgʻrisida;huquqni muhofaza qilish organlari bilan oʻzaro hamkorlik qilish tartibiishga qabul qilishda nomzodlarni tekshirish boʻyicha yoʻriqnoma va boshqalar. Boʻlim tomonidan olib borilgan oʻrganishlar natijalariga koʻra 7 ta holatda aniqlangan qonunbuzilish va korrupsion holatlar boʻyicha chora koʻrish uchun Bosh prokuraturaga hujjatlar taqdim etildi. Maktabgacha taʼlim tizimida faoliyat yuritgan hamda korrupsiyaga moyilligi boʻlgan 8 nafar xodimlar bilan mehnat shartnomalari bekor qilindi. Amalga oshirilgan tezkor tadbirlar: Yangiyoʻl shahridagi 12-DMTT sobiq direktori M.O. fuqaro U.S.ni tarbiyachi yordamchisi lavozimiga ishga qabul qilish uchun undan 100 AQSH dollarini taʼmagirlik yoʻli bilan talab qilib, pullarni olayotgan vaqtda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish Departamenti Toshkent viloyati Yangiyoʻl shahar boʻlimi va Yangiyoʻl shahar IIB xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tadbir natijasida, daliliy ashyo bilan qoʻlga olinib, JKning 210-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi. Shuningdek Namangan viloyati Uychi tumani Maktabgacha taʼlim boʻlimi sobiq masʼul xodimi A.E. taʼminotchi taʼminotchi korxona rahbari A.J.dan yetkazib berilgan 359 mln. soʻmlik mahsulotning 10% (xalq tilida otkat deyiladi) ini yaʼni 14,8 mln. soʻm va 2000 AQSH dollari miqdoridagi pullarni olayotgan vaqtda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish Departamenti Namangan viloyati boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tadbir natijasida, daliliy ashyo bilan ushlanib, JKning 214-moddasi 3-qismi “g” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi. Maktabgacha ta'lim vazirligi Axborot xizmati

Maktabgacha ta'lim agentligi
Maktabgacha taʼlim vazirligi Komplayens nazorat boʻlimi boshligʻi Farrux Aminov ishtirokida brifing

Maktabgacha taʼlim tizimida korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha amalga oshirilgan ishlar yuzasidan maʼlumot.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Rasmiy munosabat

Sirdaryo viloyati Guliston shahar, “Svetochnыy gorod” MCHJga rahbari R.Dadaboyevaning Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga Prezident halk qabulxonasiga va Maktabgacha taʼlim vazirligiga qilgan yozma murojaatlari hamda 2021-yil 21-oktyabrdagi YouTube kanalidagi chiqqan murojaati belgilangan tartibda muallif ishtirokida atroflicha oʻrganildi. “Svetochnыy gorod” MCHJ rahbari R.Dadaboyeva tomonidan Guliston shahar, Navbahor MFY, Bodomzor koʻchasi, 11-uyda ikki qavatli ikkita bino koʻtarilgan. Tadbirkor R.Dadaboyeva murojaatlarida Maktabgacha taʼlim vazirligidan ushbu binoni jihozlash uchun kredit mablagʻi ajratilishida hamda ikki tomonlama bitim imzolashda amaliy yordam soʻrab murojaat qilgan. Oʻrganish jarayonida tadbirkor faqat jihoz uchun emas qurilish materiallari harid qilish uchun kredit soʻrayotganligi maʼlum boʻldi. Murojaat muallifi R.Dadaboyevadan zarur hujjatlar soʻralganda, birlamchi zarur boʻlgan hujjatlarni taqdim etaolmadi (loyiha-smeta xujjatlari, APZ yaʼni (geologiya xulosasi, toposyemka, elektr, suv va gaz texnik shartlari, ekspertiza xulosasi, FVB xulosasi, sanitariya epidemiologiya xulosasi). Tadbirkorga Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 22-noyabrdagi “Maktabgacha taʼlim sohasida davlat-xususiy sheriklik shakllarini kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 944-son qarori bilan tasdiqlangan nizomning 2-bob, 5-bandida koʻrsatib oʻtilgan hujjatlarni tashabbuskor-tadbirkor tomonidan taqdim etilgandan soʻng, Maktabgacha taʼlim vazirligi bilan Davlat-xususiy sherikchilik toʻgʻrisida bitim tuzish belgilangan tartibda koʻrib chiqilishi nazarda tutilganligi boʻyicha tushunchalar berildi. Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-apreldagi “Maktabgacha taʼlim tizimini yanada ragʻbatlantirish va rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3651-son qaroriga asosan tasdiqlangan nizomning 12-bandiga muvofiq tadbirkor tomonidan lozim boʻlgan hujjatlar taqdim etilgandan soʻng Maktabgacha talim vazirligi va xususiy sherik oʻrtasida bitim imzolanishi toʻgʻrisida tushunchalar berib oʻtildi. Mazkur masala yuzasidan Maktabgacha taʼlim vazirligi mutaxassislari tomonidan muallifga batafsil tushunchalar berildi. Tadbirkor tomonidan ikki kun ichida tegishli boʻlgan hujjatlar taqdim etilgandan soʻng, hujjatlarning asosliligi Maktabgacha taʼlim vazirligi ishchi guruhi tomonidan oʻrganib chiqilishi hamda oʻrnatilgan tartib asosida bitim imzolanishi maqsadga muvofiqligi aytib oʻtildi.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Rasmiy munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda Maktabgacha taʼlim vazirligi rahbariyati tomonidan qonun buzilishlariga yoʻl qoʻyilayotgani haqida xabarlar tarqalmoqda. Ushbu xabarlar yuzasidan vazirlik quyidagilarni maʼlum qiladi: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 3-apreldagi PQ-5053-son “Davlat hokimiyati va boshqaruv organlarning tuzilmasini maqbullashtirish va shtat birliklari sonini qisqartirish toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi mazkur qarorning 1-ilovasi 18-bandiga muvofiq, Maktabgacha taʼlim vazirining 2021-yil 7-apreldagi 55-son “Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi, uning hududiy boʻlinmalari tuzilmasini maqbullashtirish va shtat birliklari sonini qisqartirish toʻgʻrisida”gi buyrugʻi qabul qilindi. Qarorning 1-ilovasiga keltirilgan izoh qismiga koʻra, davlat organi rahbariga, zarur hollarda, tashkilot markaziy apparati, idoraviy va hududiy boʻlinmalarining tuzilmasiga boshqaruv xodimlarining belgilangan cheklangan soni doirasida oʻzgartirishlar kiritish huquqi berilganligi koʻrsatib oʻtilgan. Shu asosda, yuqorida qayd etilgan buyruqning 3-ilovasiga muvofiq, Toshkent shahar maktabgacha taʼlim bosh boshqarmasi va viloyatlar maktabgacha taʼlim boshqarmalari boshliqlarining moliyaviy-iqtisodiy ishlari boʻyicha oʻrinbosarlari lavozimlari qisqartirilgan. Mazkur buyruq hududiy boʻlinmalarning ish faoliyatini tartibga solish bilan bogʻliq zarur hollarni inobatga olgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 3-apreldagi PQ-5053-son qarori talablariga muvofiq va asosli qabul qilingan. Mazkur qaror chiqishi munosabati bilan, viloyat boʻgʻinidagi ayrim shtat birliklari maqbullashtirilib, boshqa shtat birliklari soni oshirilgan. Shuningdek qaror boʻyicha shtat birliklari qisqartirilgan xodimlarning aksariyati yangi shtatlar jadvali boʻyicha ish bilan taʼminlangan, Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksiga muvofiq maktabgacha taʼlim tizimidagi boshqa mavjud boʻsh (vakant) lavozimlar barcha xodimlarga taklif etilgan. Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Davlat mehnat huquq inspeksiyasining 2021-yil 4-avgustdagi 22-son yozma koʻrsatma xatiga Maktabgacha taʼlim vazirligining tegishli javob xati taqdim etilgan. Shuningdek, mazkur qaror ijrosi Maktabgacha taʼlim vazirligi tomonidan qonuniy bajarilganligi boʻyicha bugungi kunda Fuqarolik ishlari boʻyicha Mirobod tumanlaro sudida bir nafar fuqaroning ishi koʻrib chiqilayotganligi va unga sud organlari tomonidan huquqiy baho berilishini maʼlum qilamiz.

Batafsil
Maktabgacha ta'lim agentligi
Rasmiy munosabat

Maktabgacha taʼlim tizimida Qoraqalpogʻiston Respublikasi maktabgacha taʼlim vaziri, viloyatlar maktabgacha taʼlim boshqarmalari boshliqlari, Toshkent shahar maktabgacha taʼlim bosh boshqarmasi boshligʻi lavozimining malaka tavsiflari mavjud. Bunda viloyat maktabgacha taʼlim boshqarma boshligʻi lavozimi uchun kamida bakalavr darajasidagi oliy maʼlumot, taʼlim yoki boshqa sohaning boshqaruv organlarida ishlagan, rahbarlik qobiliyatiga ega boʻlgan besh yildan kam boʻlmagan rahbarlik ish staji kabi malaka talablari belgilangan. Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi tomonidan Qoraqalpogʻiston Respublikasi maktabgacha taʼlim vaziri, viloyatlar maktabgacha taʼlim boshqarmalari boshliqlari, Toshkent shahar maktabgacha taʼlim bosh boshqarmasi boshligʻi va tuman (shahar) maktabgacha taʼlim boʻlimlari mudiri lavozimiga rahbar xodimlarni tanlab olish uchun bugungi kunda Davlat fuqarolik xizmatchilari vakant lavozimlarining yagona ochiq portali (https://vacancy.argos.uz) orqali tanlov eʼlon qilinib, tanlov natijalari boʻyicha tanlov gʻolibi deb topilgan nomzodlar tegishli lavozimlarga tayinlanib kelinmoqda. Buxoro viloyati maktabgacha taʼlim boshqarmasiga boshligʻi lavozimiga tanlov oʻtkazilib munosib nomzod tayinlangunga qadar Rajabov Maqsud Subhonovich Buxoro viloyati hokimining tavsiyasiga asosan Buxoro viloyati maktabgacha ta’lim boshqarmasi boshligʻi vazifasini vaqtincha bajaruvchi etib ishga qabul qilingan. Buxoro viloyat maktabgacha taʼlim boshqarmasiga boshligʻi lavozimiga Davlat fuqarolik xizmatchilari vakant lavozimlarining yagona ochiq portali (https://vacancy.argos.uz) orqali tanlov eʼlon qilinib, tanlov natijalari boʻyicha tanlov gʻolibi deb topilgan nomzod mazkur boshqarma boshligʻi lavozimiga tayinlanadi.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Uchrashuv natijalari boʻyicha asosiy maʼlumotlar

2021-yilning 26-oktyabr kuni Maktabgacha taʼlim vaziri oʻrinbosari U.Begimqulov va Yevropa Osiyo tadqiqotlari instituti (YEIAI) dastur direktori L.Gotals oʻrtasida uchrashuv boʻlib oʻtdi. Unda Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi va YEIAI masʼul xodimlari ishtirok etdi. Muzokaralar chogʻida L.Gotals YEIAI dasturi, xususan, institutning Osiyo mamlakatlaridagi faoliyati, Xitoy taʼlim tashkilotlarida Frene metodologiyasini targʻib qilish boʻyicha tajriba loyihasi (ushbu loyihani amalga oshirish COVID-19 sabab toʻxtatilgan) haqida maʼlumot berdi. Maʼlumot uchun: S. Frene turli funksiyalarning elementlaridan tashkil topgan pedagogik texnologiya muallifi - maktab bosmaxonasi, oʻzini-oʻzi boshqarish, bolalar insholari, shaxsiy ish uchun kartochkalar. U oʻqituvchi bolani rivojlantirishi, uning salohiyatini yuzaga chiqarishga yordam berishi, shaxs sifatida bola oʻzini oʻzi yaratishi kerakligiga ishonch hosil qilgan. Oʻquv kuni 2 qismga boʻlingan. Ertalab oʻquvchilarning bir guruhi mustaqil ravishda oʻrganadi, qolgan bolalar bogʻda yoki bogʻda, oshxonada yoki ustaxonalarda ishlaydi. Kunning ikkinchi yarmida oʻquvchilar oʻynaydi, sport bilan shugʻullanadi. Kechqurun kun sarhisob qilinadi. Dasturni bajarish uchun 2-3 hafta vaqt ajratiladi, shundan soʻng bola hisobot berishi kerak. Shuningdek, belgiyalik ekspertning taʼkidlashicha, 2021-yil 29-yanvar kuni Maktabgacha taʼlim vazirligi va YEIAI vakillari oʻrtasida oʻtkazilgan onlayn muzokaralar natijasida maktabgacha taʼlim muassasalari pedagoglarini Frene metodologiyasi asosida oʻqitish boʻyicha tijorat taklifi ishlab chiqildi va vazirlikka yuborildi. L.Gotalsga vazirlikning maktabgacha taʼlim sohasidagi soʻnggi yutuqlari, xususan, mamlakatimizda maktabgacha taʼlimni qamrab olish boʻyicha joriy statistik maʼlumotlar, xalqaro hamkorlik va sohaga jalb etilgan xorijiy investitsiyalar toʻgʻrisida maʼlumot berildi. Shuningdek, vazirlikning YUNESKO bilan hamkorlikda 2022-yilda Oʻzbekistonda erta yoshdagi bolalarni tarbiyalash va taʼlim sohasidagi siyosat boʻyicha navbatdagi Osiyo-Tinch okeani mintaqaviy forumini tashkil etish haqidagi tashabbusi ham maʼlum qilindi. Tadbir yakunlari boʻyicha tomonlar dastlabki kelishuvga erishdilar. Unga koʻra, vazirlikka boʻysunuvchi pedagogika kollejlaridan birining negizida oʻquvchilar uchun oʻquv kurslarini tashkil etish orqali maktabgacha taʼlim muassasalarida Frene metodikasini joriy etish boʻyicha tajriba loyihasini amalga oshirish masalasi birgalikda ishlab chiqiladi; hamkorlik davom etar ekan, YEIAI vakillarining 2022-yilda erta bolalarni parvarish qilish va taʼlim siyosati boʻyicha Osiyo-Tinch okeani mintaqaviy forumida ishtirok etishini koʻrib chiqiladi; Maktabgacha taʼlim vazirligi va Yevropa Osiyo tadqiqotlari instituti oʻrtasidagi istiqbolli hamkorlikning yangi yoʻnalishlari birgalikda ishlab chiqiladi.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Maktabgacha taʼlim boshqarmasiga yangi rahbar tayinlandi

Rajabov Maqsud Subhonovich Buxoro viloyat maktabgacha taʼlim boshqarmasiga boshligʻi lavozimiga v.v.b. etib tayinlandi. Maqsud Rajabov — 1973-yil 22-noyabrda Vobkent tumanida tugʻilgan. Maʼlumoti – oliy. 1997-yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti (sirtqi)ni tamomlagan. Mehnat faoliyatini 1997-yilda Vobkent tumani hokimligi moliya boʻlimi bosh buxgalteri oʻrinbosari sifatida boshlab, Vobkent tumani hokimligi moliya boʻlimi mudiri oʻrinbosari, byudjet boʻlimi boshligʻi (1998), viloyat nazorat taftish boshqarmasi Vobkent tumani boʻyicha bosh nazoratchi-taftishchisi (1998-1999), Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Buxoro viloyati boʻyicha Nazorat-taftish boshqarmasi bosh nazoratchi-taftishchisi (1999-2005), Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Buxoro viloyatidagi nazorat-taftish boshqarmasi boshligʻining 1-oʻrinbosari-Byudjet intizomiga rioya etilishini nazorat qilish boʻlimi boshligʻi (2005-2011), Moliya vazirligi huzuridagi Byudjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi Buxoro viloyati boshqarmasi boshligʻi (2011-2021) lavozimlarida ishlagan. U tayinlovga qadar «Oʻzneftmahsulot» aksiyadorlik kompaniyasiga qarashli “Buxoro neft bazasi” unitar korxonasi direktori vazifasida faoliyat yuritib kelayotgan edi. Oilali, 3 nafar farzandi bor. Buxoro viloyati maktabgacha taʼlim boshqarmasi Axborot xizmati

Maktabgacha ta'lim agentligi
Rasmiy munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahar Yangihayot tumani Yoʻldosh-16 dahasidagi 566-sonli MTT 2020-yilda kapital taʼmirga tushganiga qaramay, shu kungacha taʼmirlash ishlari tugatilmagani haqidagi xabarlar tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan Maktabgacha taʼlim vazirligi quyidagilarni maʼlum qiladi: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 28-dekabrdagi PQ-4936-sonli qaroriga asosan 2020-yildan 2021-yilga oʻtuvchi obyekt boʻlib, Investitsiya dasturiga asosan ushbu MTTni joriy yilda rekonstruksiya qilish belgilangan. Tender savdolarida “SADDINISO XABIBULLA” XK gʻolib deb topilib, 2020-yil 24-fevralda Maktabgacha taʼlim vazirligi huzuridagi “Infratuzilmani rivojlantirish boʻyicha injiniring kompaniyasi” DUK bilan 12 674,56 million soʻmli pudrat shartnomasi imzolangan. “SADDINISO XABIBULLA” XKga mazkur obyektda 11 331,8 million soʻmli qurilish-montaj ishlarini amalga oshirgan boʻlib, hozirda 10 463,5 million mablagʻ moliyalashtirilgan. Loyiha-smeta hujjatlarida kommunikatsiya tarmoqlarida kamchiliklar aniqlangan, ammo mazkur kamchiliklar “Ixtisoslashtirilgan loyiha izlanish instituti” DUK loyihachi tashkilot bilan birgalikda bartaraf etib kelinmoqda. “SADDINISO XABIBULLA” XK tomonidan bugungi kunga qadar mazkur obyektning 4 ta asosiy binosida taʼmirlash ishlari toʻliq yakunlangan (1-2-3-4 blok). Hozirda xususiy korxona tomonidan oshxonaga rang berish hamda obodonlashtirish ishlari amalga oshirilmoqda. Shuningdek basseyn va yozgi oʻyin maydonchalarini qurish jarayonlari olib borilmoqda. Obyektda qayta shakllantirilgan qurilish grafigi asosida ishlar tashkillashtirilgan. Pudratchi tashkilotga ishchilar sonini koʻpaytirish hamda ishlarni jadallashtirish boʻyicha koʻrsatmalar berilgan. Maktabgacha taʼlim tashkilotini foydalanishga topshirish muddati noyabr oyining yakuniga qadar etib belgilangan. Maʼlumot uchun, mazkur obyektni loyiha-smeta hujjatlarida jihozlar mavjud emasligi sababli, Maktabgacha taʼlim vazirligi tomonidan jihozlash belgilangan. Maktabgacha taʼlim vazirligi Axborot xizmati

Maktabgacha ta'lim agentligi
Quvnoq alifbo

Navoiy viloyati MTB tomonidan tayyorlangan “Quvnoq alifbo” turkumidagi videodars mashgʻulotlari. Darslar MTTning maktabgacha tayyorlov guruhlari uchun moʻljallangan. Ushbu lavha Navoiy TRKning “Assalom, yangi kun” dasturi orqali efirga uzatilmoqda.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Oʻtkazilgan tanlovlar (tenderlar) va amalga oshirilgan davlat xaridlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar

2021-yilning III-choragida Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi tomonidan oʻtkazilgan tanlovlar (tenderlar) va amalga oshirilgan davlat xaridlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar: 3_chorak_hisoboti-1Скачать

Вид сайта
Размер шрифта