Yangiliklar
Maktabgacha ta'lim agentligi
Xalqaro trenerlar Namanganda oʻz ishini boshladi

Maktabgacha taʼlim vazirligi va Jahon banki hamkorligida amalga oshirilayotgan “Bolalarni erta yoshdan rivojlantirish” loyihasi doirasida Bolaga yoʻnaltirilgan taʼlim yondashuvi boʻyicha trenerlarni oʻqitish boʻyicha joriy yilning 15-fevral kuni Namangan pedagogika kolleji bazasida tashkil etilgan trenerlik kursi boshlandi. Mazkur trenerlik kursida Namangan davlat universiteti oʻqituvchilaridan 20 nafar, Namangan viloyati maktabgacha taʼlim tashkilotlari pedagoglari va boshqarma mutaxassislaridan iborat 8 nafar jami 28 nafar tinglovchilar ishtirok etdi. Tinglovchilarga 1-juftlikda “Ilk va maktabgacha yoshidagi bolalar rivojlanishiga qoʻyiladigan Davlat talablari asosida «Ilk qadam” davlat oʻquv dasturini amalda joriy etish» oʻquv moduli boʻyicha; 2-juftlikda “Maktabgacha taʼlim tashkilotlarida tarbiyaviy oʻquv faoliyatini uslubiy taʼminlash” oʻquv moduli boʻyicha onlayn tarzida; 3-juftlikda “Ilk va maktabgacha yoshidagi bolalar rivojlanishiga qoʻyiladigan Davlat talablari asosida «Ilk qadam” davlat oʻquv dasturini amalda joriy etish» oʻquv moduli boʻyicha; 4-juftlikda «Rivojlantiruvchi markazlarda taʼlimiy faoliyatini tashkil qilish (5 ta markaz faoliyati)” moduli boʻyicha oʻquv mashgʻulotlari oflayn tarzida oʻtkazildi. Shuningdek, unda Maktabgacha taʼlim vazirligining masʼullari, viloyat maktabgacha taʼlim boshqarmasi vakillari ishtirok etib, yangi malaka oshirish tizimini joriy etishdan koʻzlangan asosiy maqsad va uni amaliyotga joriy etish boʻyicha ishtirokchilarga atroflicha tushunchalar berishdi. Tashkil etilgan oʻquv kurslari davom etmoqda.

Batafsil
Maktabgacha ta'lim agentligi
Bolalar qaysi yoshdan tayyorlov guruhlariga qabul qilinadi?

2022-yil 9-fevralda Vazirlar Mahkamasining “Vazirlar Mahkamasining “Bolalarni boshlangʻich taʼlimga majburiy bir yillik tayyorlash tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 9-martdagi 132-son qaroriga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida”gi 66-sonli qarori qabul qilindi. Mazkur hujjatda qayd etilishcha, oʻzgartirish va qoʻshimchalar quyidagilardan iborat: Birinchidan, 3-bandning ikkinchi xatboshisi yangi tahrirda bayon etildi va unga koʻra, tayyorlov guruhlarida oʻquv yili joriy yil 2-sentyabrdan keyingi yil 31-maygacha boʻlgan davrni, yozgi sogʻlomlashtirish davri joriy yil 1-iyundan 31-avgustgacha boʻlgan davrni oʻz ichiga oladi. Avvalgi tahririda yozgi sogʻlomlashtirish davri nazarda tutilmagan; Ikkinchidan, qarorning 2-ilovasi 4-bandining birinchi xatboshisiga oʻzgartirish kiritildi, unga muvofiq maktabgacha taʼlim tashkilotlariga qamrab olinmagan bolalarning mavjud kontingenti tegishli organlar tomonidan may va iyun oylarida oʻrganiladi. Ilgari bu iyun va iyul oylarida amalga oshirilardi; Uchinchidan, qarorning 2-ilovasining 6-bandi ham yangi tahrirda bayon etildi. Unga koʻra, endi tayyorlov guruhlariga kelgusi yilda 7 yoshga toʻladigan bolalar qabul qilinadi. Oldingi tahririda bu yosh tegishli yilning 1-sentyabrida 5 yoshu 6 oyni tashkil qilardi. Hujjat Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasida eʼlon qilingan va 10.02.2022-yildan kuchga kirdi.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Namanganda 2 ta bogʻcha foydalanishga topshirildi

Namangan viloyati Kosonsoy tumanining ikki manzili – “Nurafshon” (sobiq “Qozoqovul”) hamda “Zamondosh” (sobiq “Chindovul”) mahallalarida biri 120, ikkinchisi 180 oʻrindan iborat zamonaviy, eng muhimi barcha qulayliklarga ega Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarining yangi bunyod etilgan inshootlari foydalanishga topshirildi. Dastlab “Nurafshon”da qad rostlagan 3-sonli Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotida boshlangan tantana mahalla ahlining uzoq yillar mobaynidagi orzu-istaklarini roʻyobga chiqardi. Chunki, qariyb 24 yildan buyon ishlamay turgan eski bogʻcha buzildi, uning oʻrnida “Kushon binokor Qurilish” masʼuliyati cheklangan jamiyati quruvchilari tomonidan yangisi barpo etildi. Inshootga 2021-yilgi Davlat investitsiya Dasturi doirasida 3 milliard 371 million soʻm mablagʻ sarflandi. Natijada mazkur mahalladagi 120 nafar 3 – 7 yoshli bolani qamrab olish imkoni yaratildi. Shuningdek, hududdagi 30 nafar kishi kafolatlangan ish oʻrni bilan taʼminlandi. Kunning ikkinchi yarmida tumanning “Zamondosh” mahallasida qad rostlagan 39-sonli Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotining ham yangi binosi ochildi. Mazkur inshoot qariyb 6 milliard 46 million soʻm mablagʻ evaziga qurib bitkazilgan.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Surxondaryoda 6 ta maktabgacha taʼlim tashkiloti foydalanishga topshirildi

Joriy yilning 9-fevral kuni Surxondaryo viloyatida 6 ta maktabgacha taʼlim tashkiloti foydalanishga topshirildi. Denov tumanidagi 4 ta 17-18-20-34-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari ochildi. Oltinsoy tumanida 2 ta 9-16-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti qayta taʼmirlanib foydalanishga topshirildi. Respublika byudjet mablagʻlari hisobidan 16 mlrd ajratilib, 630 oʻrinlik boʻlib qayta rekonstruksiya ishlari amalga oshirildi. “Ayollar daftari"da 13 nafar, “Temir daftar"da 13 nafar oilalarning farzandi tashkilotda bepul tarbiyalanmoqda.

Maktabgacha ta'lim agentligi
“Temuriylar” NTM loyihasi boʻyicha vazirlik sarsongarchilikni istamaydi

Ijtimoiy tarmoqlarda Qashqadaryo viloyatining Qarshi shahri «Qarliqbogʻot» MFY, Zardoʻzlik koʻchasi 64-uyda yashovchi fuqaro Dilmuratov Ikram Rustamovich tomonidan “Temuriylar” NTMga imtiyozli 1% ustama asosida kredit ajratilishi kerakligi xususida yoʻllangan murojaatga quyidagicha munosabat bildiriladi. Maktabgacha taʼlim vazirligi hamda “Temuriylar” NTM oʻrtasida davlat xususiy sheriklik asosida 75 oʻrinli maktabgacha taʼlim tashkilotini Qashqadaryo viloyatining Qarshi shahri “Paxtazor” MFY hududida tashkil etish uchun 2019-yil 26-iyulda 0449-944/05-sonli ikki tomonlama bitim imzolangan. Loyiha jami qiymati 2 096,0 mln. soʻm boʻlib, shundan 1 200,0 mln. soʻm qismi imtiyozli kredit mablagʻlari hisobidan va 896,0 mln. soʻm qismi tashabbuskor mablagʻi hisobidan amalga oshirilishi koʻzda tutilgan. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Sudi maʼmuriy ishlar boʻyicha sudlov hayʼatining 5-893-21-sonli kassatsiya ishi boʻyicha 2021-yil 26-avgustdagi qaroriga koʻra Maktabgacha taʼlim vazirligiga “Temuriylar” NTM uchun 1 foizli stavka boʻyicha kredit ajratish choralarini koʻrish majburiyati yuklatilgan. Ushbu qaror ijrosini taʼminlash maqsadida, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Maktabgacha taʼlim tizimini yanada ragʻbatlantirish va rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 5-apreldagi PQ-3651-son qarorining 5-bandida nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarining rivojlantirish va davlat-xususiy sheriklikni ragʻbatlantirish tadbirlarini moliyalashtirishga yoʻnaltiriladigan mablagʻlar Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining alohida ochiladigan hisobvaragʻida jamlanishini inobatga olib, 2021-yilning 13-oktyabr kuni Moliya vazirligiga 02-02/3-2476-sonli xat orqali sud qarorining ijrosi taʼminlanishi xususida xat yuborilgan. Bu haqida “Temuriylar” NTMga 2021-yil 14-oktyabrda 02-02/2-2481-sonli, 23-dekabrda 02-02/-3257-sonli, 2022-yil 11-yanvarda 02-02/2-65-sonli xatlar orqali maʼlum qilingan. Ammo, qarorni ijrosini taʼminlash boʻyicha birgina Maktabgacha taʼlim vazirligiga yuklatilmagan, shu bilan birga, stavkalarni belgilash va ularni oʻrnatilgan tartibda moliyalashtirish qismi bilan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga yuklatilgan. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-yanvardagi PQ-4581-son qarorida nazarda tutilgan tabaqalashtirilgan foiz stavkalariga asosan Moliya vazirligi tomonidan Maktabgacha taʼlim vazirligiga yuborilgan javob xatida 12 foiz stavkada berilishi maʼlum qilingan.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Rasmiy munosabat

Joriy yil fevral oyining birinchi kunida ijtimoiy tarmoqda Namangan shahrida joylashgan Davlatobod tuman Maktabgacha taʼlim boʻlimiga qarashli 42-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti faoliyati toʻgʻrisida videoyozuv tarqaldi. Mazkur voqelik  viloyat Maktabgacha taʼlim boshqarmasi boshligʻi huzurida tuzilgan tezkor guruh tomonidan joyida, xolisona oʻrganildi. Oʻrganishda tashkilot ish beruvchisi va boshqa xodimlar bilan tashkilotning OSHPAZ XODIMI oʻrtasida uzoq vaqtdan buyon nizoli munosabat davom etib kelganligi, shu tufayli yuqorida qayd etilgan videoyozuv noxolis, qasddan uyushtirilgan holda tasvirga tushirilib, ijtimoiy tarmoqda tarqatilganligi aniqlandi. Yaʼni, tashkilotda ishlovchi OSHPAZ XODIMAning Davlatobod tuman hokimiga yoʻllagan eʼtirozli (bir guruh xodimlar unga bosim oʻtkazayotganligi ustidan shikoyat qilgan) murojaati tuman hokimligi tomonidan joriy yilning 18-yanvar kuni oʻrganib chiqilgan. Qayd etilgan xulosalar tegishliligi boʻyicha tashkilotning Kuzatuv Kengashiga taqdim etilgan. Joriy yilning 21-yanvar kuni Kuzatuv Kengashi tuman hokimligi taqdim etgan xulosalarga asoslanib, OSHPAZ XODIMAni ishdan boʻshatish toʻgʻrisida qaror qabul qilgan. Ushbu qaror tashkilotning Kasaba uyushmasi yigʻilishida ham koʻrib chiqilgan. Unga koʻra, uyushmaning 8 nafar aʼzosi betarafligini, 3 nafar aʼzosi OSHPAZ XODIMAning ishlash, 19 nafar aʼzo esa, ishdan ketkazish toʻgʻrisida munosabat bildirgan. Taʼkidlash joizki, videoyozuv aynan shu kuni, yaʼni, joriy yilning 24-yanvar sanasida OSHPAZ XODIMAning tarafdorlari tomonidan tashkilotdagi “Qoʻngʻiroqcha” guruhini oʻsha kun uchun tayyorlangan birinchi (suyuq) taom bilan ovqatlantirish paytida belgilangan taomil (ratsion) asosida tayyorlangan taomni sifatsiz koʻrsatish maqsadida uning tarkibidagi goʻsht va yogʻ mahsulotlarini terib olgan holda tasvirga olingan. Holbuki, oʻsha kungi tayyorlangan taomlardan tanovul qilgan boshqa guruhlarda bunday eʼtirozlar boʻlmaganligi, taqdim etilgan ovqatlar meʼyorida boʻlganligi aytildi. Achinarlisi, tashkilot faoliyatiga nisbatan ota-onalarning salbiy munosabatini shakllantirishga uringan tarafkashlar ushbu tasvirni 24-yanvardan 25-yanvarga oʻtar kechasi davomida har bir ota-onaga tarqatib chiqishgan. Yuborilgan videoyozuv ostida tashkilotni obroʻsizlantirishga, odamlarda maktabgacha taʼlim tizimiga ishonchsizsizlik kayfiyati hosil qilishga qaratilgan  soʻzlar qoldirilgan. Eslatib oʻtamiz: kasbiy-axloqiy jihatlari 2 ta vakolatli Kengashda koʻrib chiqilgan OSHPAZ XODIMA joriy yilning 24-yanvar kunidan 28-yanvar kuniga qadar ishga kelmagan. OSHPAZ XODIMA tashkilot direktorining joriy yil 31-yanvardagi Kuzatuv Kengashi hamda Kasaba uyushmasi qarorlariga va boshqa hujjatlarga asoslanib chiqargan buyrugʻi bilan vazifasidan ozod etilgan. Oʻrganish davomida ushbu videoyozuvni maʼlum tarafkashlar tomonidan “Telegram” kanali orqali qabul qilib olib, oqibatda yomon kayfiyat taʼsiriga tushib qolgan va buning natijasida mazkur videoyozuvni “Namanganliklar” ijtimoiy tarmogʻiga joylashtirishga sababchi boʻlgan “O.A” ism-sharifli ayol bilan suhbatlashildi. Suhbat jarayonida “O.A” jamiyatdagi salbiy holatlarga tabiatan befarq emasligini bildirdi va: “Mazkur tashkilotda bir nafar farzandim tarbiyalanadi. Videoyeyozuvni koʻrganim zahoti mendagi tuygʻular qattiq gʻalayon qildi: “nahotki, mening farzandim, qolaversa, boshqa farzandlar tarbiyasi, ularning sogʻlom rivojlanishi ishonib topshirilgan tashkilotdagi ahvol shu boʻlsa” degan ishtibohga berildim. Shundan soʻng, videoyozuvni “Namanganliklar” kanaliga taqdim etdim. Keyinchalik bildimki, mazkur holatda men tashkilotda ishlovchi ayrim xodimlarning oʻzaro kelishmovchiligi tufayli vujudga kelgan oqibatsizlikning “qurol”i boʻlib xizmat qilibman. Toʻgʻrirogʻi, mening taʼsirchanligimdan ular “oqilona” foydalanishib, meni “qurol”ga aylantirishibdi. Masalaning asl mohiyatini bilmaganim bois, ushbu videoni ijtimoiy tarmoqda yoritilishiga sababchi boʻlib qolibman», – dedi u. Namangan viloyat Maktabgacha taʼlim boshqarmasi yuqoridagilardan kelib chiqib, ijtimoiy tarmoqda berilgan videoyozuvda bildirilgan iddaoni mutlaqo rad etadi. Ayni paytda barcha ijtimoiy tarmoq adminlarini, xususan, “Namanganliklar” kanalining muhtaram jonkuyarlarini har qanday axborotni talqin va tahlil etishda xolislik va haqqoniylik prinsiplariga qatʼiy amal qilishlikka, shuning bilan birga, har qanday masalani yoritishdan avval, uning mazmun-mohiyatini, maqsadini chuqur oʻrganishlikka chaqiradi. Zotan, Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining XV bob, 67-moddasida “Ommaviy axborot vositalari erkindir va qonunga muvofiq ishlaydi. Ular axborotning toʻgʻriligi uchun belgilangan tartibda javobgardirlar”, deyiladi. Ayni paytda Maktabgacha taʼlim boshqarmasi yuqorida bayon etilganlarni huquqiy jihatdan toʻliq oʻrganish va bu holatga qonuniy baho berilishini koʻzlab, oʻzining tegishli tashkilotlari orqali huquq-tartibot organlariga murojaat yoʻllaganligini bildiradi.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Yuridik xizmat koʻrsatish markazlari bilan hamkorlik yoʻlga qoʻyildi

Kuni kecha, 1-fevral kuni Maktabgacha taʼlim vazirligida Adliya vazirligi bilan hamkorlikda tuman (shahar)larda tashkil etilgan Yuridik xizmat koʻrsatish markazlarini tuman (shahar) maktabgacha taʼlim boʻlimlari bilan hamkorlikdagi ishlarini hamda davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida autsorsing xizmatlarini toʻgʻri tashkil etish masalalariga oid onlayn tarzda videokonferens aloqa orqali seminar oʻtkazildi. Unda autsorsing xizmatlari boʻyicha tuzilayotgan shartnomalarni Yuridik xizmat koʻrsatish markazlari tomonidan huquqiy ekspertizadan oʻtkazish va boshqa masalalarga ham toʻxtalib oʻtildi. Shu bilan birga, seminarda Maktabgacha taʼlim vazirligi masʼullari ishtirokchilarga Maktabgacha taʼlim vazirligi tomonidan davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida autsorsing xizmatlarini tashkil etish boʻyicha oʻtkazilgan tanlov natijalari, tanlov komissiyasining xulosalari bilan tanishish, shartnoma loyihasi, shartnoma tuzilishidagi talablar haqida maʼlumotlar berdi. Shuningdek, seminar davomida ishtirokchilarni qiziqtirgan barcha savollarga batafsil javoblar berildi, ular tomonidan koʻtarilgan muammolarga yechim topildi. Qayd etish lozimki, onlayn seminarda Adliya vazirligining respublika hududidagi barcha tuman (shahar) Yuridik xizmat koʻrsatish markazlari va Maktabgacha taʼlim vazirligining hududiy boʻlinmalarida faoliyat koʻrsatib kelayotgan jami 750 nafardan ortiq masʼul xodimlar ishtirok etdi.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Saudiya taraqqiyot jamgʻarmasi delegatsiyasi bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi

Joriy yilning 31-yanvari Maktabgacha taʼlim vazirligida Saudiya taraqqiyot jamgʻarmasining Markaziy Osiyo boʻyicha Operatsion rahbari janob Muhammad Almasoud boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi. Unda Maktabgacha taʼlim vazirligi va Saudiya taraqqiyot jamgʻarmasi hamkorligida amalga oshirilayotgan “Maktabgacha taʼlim tizimida nodavlat sektorini rivojlantirishga koʻmaklashish” loyiha va uni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi. Uchrashuv davomida Muhammad Almasoud Oʻzbekiston Respublikasi bilan turli yoʻnalishlarda, jumladan, maktabgacha taʼlim sohasida oʻzaro manfaatli hamkorlikni yoʻlga qoʻyish tarafdori ekanligini taʼkidladi. Shuningdek Oʻzbekiston Respublikasining strategik rivojlanishining ajralmas qismi boʻlgan maktabgacha yoshdagi bolalarni erta rivojlantirish muhimligi ham qayd etib oʻtildi. Shu bilan birga, maktabgacha taʼlim vazirligining 3-7 yoshli bolalarni maktabgacha taʼlim bilan qamrab olish va maktabgacha taʼlim tashkilotlari sonini koʻpaytirish borasidagi muvaffaqiyatli faoliyati alohida eʼtibor qaratildi. Muzokaralar natijasida tomonlar joriy loyihani muvaffaqiyatli amalga oshirish maqsadida birgalikdagi ishlarni davom ettirish boʻyicha kelishuvga erishdilar.

Batafsil
Maktabgacha ta'lim agentligi
2021-yil OS va TMZ harakati

OS-va-TMZ-harakati-2-1

Maktabgacha ta'lim agentligi
2021-yil Byudjetdan tashqari mablagʻlar harakati

Byudzhetdan_tashқari_mablaғlar_harakati-2-1

Maktabgacha ta'lim agentligi
2021-yil Byujet kassa ijrosi

Byudzhet-kassa-izhrosi-2-1

Maktabgacha ta'lim agentligi
2021-yil Kreditor qarzdorlik

Kreditor-қarzdorlik-2-1

Maktabgacha ta'lim agentligi
2021-yil Debitor qarzdorlik

Debitor-қarzdorlik-2-1

Maktabgacha ta'lim agentligi
2021-yil 4-chorak Balansi

Balans-2-1

Maktabgacha ta'lim agentligi
“Maktabgacha taʼlim tizimida korrupsiya holatlarini oldini olish toʻgʻrisida” seminar tashkil etildi

Farғona-viloyati-seminar-1Скачать

Maktabgacha ta'lim agentligi
Request for Quotation No. ECD-RFQNC/1/1 Providing logistical and technical support for conducting trainings On Child-centered Approach to Teaching (Module 2)

Republic of Uzbekistan Promoting Early Childhood Development Project Request for Quotation No. ECD-RFQNC/1/1 Providing logistical and technical support for conducting trainings On Child-centered Approach to Teaching (Module 2) Date: January 21, 2022 To:      Interested companies Dear Sir/Madam, RE:     Providing of logistical and technical support for conducting trainings Government of the Republic of Uzbekistan has received financing from the World Bank toward the cost of the Promoting Early Childhood Development Project, and it is intended that part of the proceeds of this financing will be applied to eligible payments under the contract for which this Request for quotation is issued. Ministry of Preschool Education of the Republic of Uzbekistan which is responsible for management and coordination of the Promoting Early Childhood Development Project implementation invites you to submit your price quotation for Providing of logistical and technical support for conducting trainings in accordance with the Terms of Reference provided in the Annex 1. (can be found at the following link: https://drive.google.com/drive/folders/1I4huXB8iv5WH1OiQ7P1rkueNT5xp8yLH?usp=sharing). Quotations will be evaluated and contract awarded to the firm offering the lowest evaluated quote that meets all requirements of the Terms of Reference provided in Annex 1.Draft contract is provided for information purposes in Annex 2. (can be found at the following link: https://drive.google.com/drive/folders/1I4huXB8iv5WH1OiQ7P1rkueNT5xp8yLH?usp=sharing ).Your quotation should be addressed and submitted to: Ministry for Preschool Education of the Republic of Uzbekistan 17, Amir Temur Street, Tashkent 100070, Uzbekistan Attention: Mr. Dilshod Gafarov – Coordinator of the Promoting Early Childhood Development Project The Price quotation should be accompanied by the detailed description of proposed services and cost breakdown. The deadline for receipt of your quotation at the address specified in para 4 above is February 4, 2022, not later than 16:00 by Tashkent time. Quotations received by email before or on the deadline are acceptable. All documents have to be provided in Russian or English. Validity of the offer: Your quotation should be valid for a period of 30 days from the date of receipt for quotation(s) as indicated in Paragraph 6 of this Invitation to Quote. Further information can be obtained from: Attention: Mr. Dilshod Gafarov – Coordinator of the Promoting Early Childhood     Development Project Ministry of Preschool Education of the Republic of Uzbekistan Address: 17, Amir Temur Street, Tashkent 100070, Uzbekistan Phone: +99871 2070408 (ext.730) Email: procurement.ecdp@gmail.com Please confirm by fax/e-mail the receipt of this invitation and whether or not you will submit the price quotation. Sincerely, Dilshod Gafarov Project Coordinator Promoting Early Childhood Development Project

Maktabgacha ta'lim agentligi
Maktabgacha taʼlim tashkilotlari xodimlari uchun oʻquv kurslari tashkil etildi

2022-yil 14-22-yanvar kunlari Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi hamda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi bilan hamkorlikda bolalarni boshlangʻich taʼlimga majburiy bir yillik tayyorlov guruhlari pedagoglarining kasbiy mahoratini oshirish, ularga metodik yordam koʻrsatish ishlarini tashkil etish maqsadida “Bolalarni boshlangʻich taʼlimga majburiy bir yillik tayyorlov guruhlari pedagoglari uchun «Ilm yoʻli” variativ dasturi boʻyicha qisqa muddatli oʻquv kurslari tashkil etildi. Mazkur oʻquv kurslar Maktabgacha taʼlim vazirligi tasarrufidagi Maktabgacha taʼlim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti, A.I.Gersen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universitetining Toshkent shahar filiali, Toshkentdagi Puchon universiteti, respublika oliy taʼlim muassasalari hamda pedagogika kollejlarining tajribali professor-oʻqituvchilari tomonidan masofaviy va anʼanaviy tarzda olib borildi . Qisqa muddatli oʻquv kurslarida respublikamizning barcha hududlaridagi umumiy oʻrta taʼlim maktablari hamda pedagogika kollejlarida tashkil etilgan majburiy tayyorlov guruhlarining 3300 dan ziyod pedagoglari faol ishtirok etdilar. Oʻquv kursi davomida tinglovchilar “Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qoʻyiladigan Davlat talablarining mazmun va mohiyati”, “Ilm yoʻli” variativ dasturining maqsadi, vazifalari va tamoyillari», “Bolalarni boshlangʻich taʼlimga majburiy bir yillik tayyorlash guruhlarida umumiy guruhli taʼlim-tarbiya jarayonini tashkil etish”, “Ilm yoʻli” variativ dasturi asosida oʻqitishga yondashuvlar» kabi mavzular doirasida oʻz bilim va koʻnikmalarini mustahkamladilar.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Hurmatli ota-onalar!

So‘nggi paytlarda maktabgacha ta’lim sohasida ko‘plab o‘zgarishlar amalga oshirildi. Shu sababli, eski axborot tizimida nosozliklar tez-tez sodir bo‘ldi: tizim o‘zgarishlar ortidan “ulgura olmadi” va ularning hammasini kirita olmadi. Shuning uchun biz tizimni hech qanday nosozliklarsiz to‘liq quvvat bilan ishlatish imkonini beruvchi profilaktika ishlarini olib bormoqdamiz. Biz maktabgacha ta’limni boshqarish axborot tizimining "Bolalar bog'chasi" (BB) nomli yangi versiyasini yaratmoqdamiz. Uni qanday o‘zgarishlar kutmoqda? 1. Eski tizimda bolalar bog‘chasiga yo‘llanmalar har ikki soatda shakllantirilar edi. Yangi versiyada ular ariza topshirilgandan so‘ng darhol avtomatik ravishda onlayn tarzda shakllantiriladi. 2. Eski tizimda bolalar bog’chasining biron bir guruhiga biriktirilmagan bola umumiy ro‘yxatda qolar edi va yo‘llanmani shakllantirish esa kechiktirilishi mumkin edi. Endilikda esa bola yo‘llanma shakllantirilgan guruhga biriktiriladi. Bundan so‘ng bolalar bog'chasi mudiri yoki tuman axborot-kommunikatsiya texnologiyalari rahbari tomonidan bolaning yo‘llanmasi bekor qilinishi yoki o'zgartirilishi mumkin emas. 3. Yangi versiyada biz inson tomonidan tizimga ta'sir qilishni imkon qadar cheklab qo‘ydik. Yangi BB axborot tizimiga o‘tish jarayoni bir necha kun davom etadi. Bu qanday sodir bo‘ladi? 1. Avvaliga ma'lumotlar eski EMIS tizimidan yangi "Bolalar bog'chasi" tizimiga o‘tkaziladi. Ma'lumotlarni o‘tkazish jarayonida bolalar bog'chalari, arizalar, yo‘llanmalar va bolalar haqidagi barcha ma'lumotlar o‘zgarishsiz qoladi. 2. Mas'ul mutaxassislar eski tizimdan ma'lumotlarni uzatishning to‘g'riligini qo‘shimcha ravishda tekshiradilar. 3. Viloyat va tumanlardagi yangi tizim foydalanuvchilari hamda maktabgacha ta’lim muassasalari mudirlari uchun yangi tizim bilan tanishtiruvchi seminarlar o‘tkaziladi. 4. Real vaqt rejimida bolalar bog'chasiga qabul qilish uchun arizaning natijasini ko‘rsatadigan yangi integratsiya shlyuziga o‘tish amalga oshiriladi. Bu esa agar ariza topshirishda maktabgacha ta'lim muassasasida joy mavjud bo‘lsa, siz darhol ro‘yxatga olish uchun yo‘llanma olishingizni anglatadi. 5. Foydalanuvchilar, viloyat va tuman axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, shuningdek bolalar bog’chasi mudirlariga yangi tizimga kirish va undan foydalanish imkoniyati beriladi. 6. Yangi tizimga o‘tishda har doim xatolar aniqlanadi. Yakuniy bosqichda ular dasturda tuzatiladi. (Bug Fix) 7. To‘liq tekshiruv va xatolarni tuzatishdan so‘ng “Bolalar bog‘chasi” axborot tizimi ishga tushiriladi.

Batafsil
Maktabgacha ta'lim agentligi
Korxona va firmalar rahbarlari diqqatiga!

Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi mebel, oʻquv adabiyotlari, oʻquv-uslubiy va didaktik majmualar, didaktik oʻyinlar va oʻquv oʻyinchoqlari, boshqa mahsulotlarning marketing tadqiqotlari va narxlarini oʻrganish shuningdek, tender / tanlov savdolarini tashkil etish va oʻtkazish boʻyicha xizmat koʻrsatuvchi tashkilotning ish haqini aniqlash maqsadida marketing tadqiqotini oʻtkazadi. Tijorat takliflari quyidagi manzilda qabul qilinadi: 100070, Toshkent shahri, Mirobod tumani, Amir Temur koʻchasi, 17-uy Telefon: (+998) 71 207-04-08 (800). Tovarlarning nomi va miqdori 1-ilovada koʻrsatilgan. Takliflarni qabul qilish 2022-yil 28-fevral soat 17:00 gacha (Toshkent vaqti bilan) el.pochta: equip@mpe.uz; sayt: mail.mpe.uz

Maktabgacha ta'lim agentligi
Maktabgacha ta’limda qamrov darajasini oshirish - pirovard maqsad!

Bugungi kungi ilmiy kuzatish va tadqiqotlar natijasida inson hayoti davomida oladigan barcha ma’lumotning yetmish foizini besh yoshgacha bo‘lgan davrda olishi aniqlangan. Shu bois yurtimizda maktabgacha ta’lim uzluksiz ta’lim tizimining ajralmas bo‘lagiga aylangan. Uzluksiz ta’lim tizimini rivojlantirish, shu asnoda bolaning intellektual shaxsini shakllantirish, ta’lim xizmatlarini yaratish orqali sifat darajasini oshirishga alohida e’tibor qaratilayotgani sohadagi izchil islohotlarning natijasidir. Mamlakat kelajagi, inson hayotining barcha sohalarini rivojlantirish va amalga oshirilayotgan islohotlarning muvaffaqiyati bevosita ta’lim va ilm-fan sohasidagi siyosatning samaradorligiga bog‘liq. O‘zbekiston ta’lim va ilm-fan ustuvorligini e’tirof etgan holda, ta’limning sifati va erkinligini ta’minlash, bu sohada davlat boshqaruvining samarali tizimini yaratish bo‘yicha tizimli va keng doiradagi chora-tadbirlarni amalga oshirmoqda.   So‘nggi besh yilda maktabgacha ta’lim sohasida 83 ta qator normativ-huquqiy hujjatlar, Prezident farmon va qarorlari qabul qilindi. Bular jumlasiga 3 ta qonun, 2 ta Prezident Farmoni, 19 ta Prezident qarorlari, 42 ta Vazirlar Mahkamasining qarorlari, 7 ta Vazirlar Mahkamasining farmoyishlari, 10 ta idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar kiradi.   So‘nggi besh yillik islohotlarning natijasida mamlakatimizda “Inson qadri ustuvor bo‘lgan jamiyat va xalqparvar davlat” g‘oyasi asosida Yangi O‘zbekistonni barpo etishning zarur siyosiy-huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy va ilmiy-ma’rifiy asoslari yaratildi.   Jumladan,   Maktabgacha ta’limdagi qamrov darajasini oshirish  hozirgi 62 foizdan kamida 80 foizga yetkazish;   2022-2023-yillarda 6 yoshli bolalarni maktabgacha tayyorlov tizimi bilan qamrab olish darajasini 90 foizga, 2024/2025 o‘quv yili yakuniga qadar 100 foizga yetkazish;   maktabgacha ta’lim tizimiga xususiy sektor mablag‘larini jalb qilish orqali 7 mingdan ziyod yangi nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarini tashkil etish;   maktabgacha ta’lim tashkiloti xodimlarining professional tayyorgarligi va mahoratini oshirib borishning takomillashtirilgan tizimini joriy etish;   2022–2026-yillarda 160 mingdan ziyod pedagog kadrlarni malakasini oshirish;   maktabgacha ta’lim-tarbiya jarayonlarini ilmiy asoslangan yondashuvlar asosida takomillashtirish kabi vazifalar  keyingi yillar uchun asosiy vazifalar qilib belgilab olindi.   Mamlakatimizda 3-7 yoshdagi bolalarni maktabgacha ta’lim tashkilotlariga qamrab olish borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Bu borada yillar hisobiga nazar tashlasak, 2017-yilda 708,247 nafar (27,7%),  2018-yil 932,310 nafar (37,7%), 2019-yil 1,413,290 nafar (52,3%), 2020-yil 1,699,566 nafar (60,9%), 2021-yil 1,895,148 nafar (67,2%) 3 yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan bolalar maktabgacha ta’lim tashkilotlariga qamrab olingan. Bundan foizlar ko‘rsatkichi yildan-yilga ortib borganini ko‘rish mumkin. Shu o‘rinda, bugungi kunda respublikamizning barcha hududlarida maktabgacha ta’lim tashkilotlari sonining o‘sishida ijobiy ko‘rsatkichlar kuzatilayotganini aytish o‘rinli. 2017-yilda respublika miqyosida 5 211 ta maktabgacha ta’lim tashkilotlari mavjud bo‘lgan bo‘lsa, endilikda mazkur ko‘rsatkich  27 609  taga yetgani quvonarli holdir.   Bugungi kunda vazirlik maktabgacha ta’lim sohasida yagona davlat siyosatini ishlab chiqish va amalda joriy etish, o‘quv jarayonida innovasion pedagogik texnologiyalarni, moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarmog‘ini kengaytirish, ularni o‘quv-uslubiy, didaktik materiallar bilan ta’minlash hamda pedagog xodimlarning malakasini oshirish bo‘yicha muhim maqsad va vazifalarni bajarib kelmoqda. Shuningdek, mazkur sohada mavjud bo‘lgan xizmatlarni ko‘rsatishda moslashuvchanlikni ta’minlash, byudjet mablag‘laridan foydalanish samaradorligini oshirish maqsadida, maktabgacha ta’limning turli xil muqobil shakllarini joriy etish bo‘yicha samarali ishlar olib bormoqda.   Muhim o‘zgarishlardan yana biri shundaki, davlat-xususiy sheriklik doirasida oilaviy bog‘chalar shaklida o‘qitishning muqobil modeli amalga oshirildi. Butun respublika bo‘ylab maktabgacha ta’lim tashkilotlariga qisqa muddatli ya’ni, to‘liq kunli bo‘lmagan guruhlar kabi ta’limning muqobil shakli joriy etilmoqda.   Buyuk mutafakkirimiz Abdulla Avloniy bejizga bolani idishda turgan suvga qiyoslamagan. Suv qaysi rangdagi va qanday hajmdagi idishda turganiga qarab, xuddi shu tusda toblanadi degan ular. Bu haqiqat to hozirga qadar o‘z mohiyatini saqlab qolmoqda. Biz tomondan bolalarga qaratilgan e’tibor ila, ularning kelajak poydevori mustahkam quriladi. Maktabgacha ta’lim tizimida ta’lim tarbiya olayotgan bolajonlarimiz – bizning kelajagimiz. Ularning jajji ko‘zlaridagi cheksiz mehr, murg‘ak qalblaridagi bir olam go‘zal orzulariga qanot bo‘lamiz desak, haqiqatga mosdir. Mittivoylarni rag‘batlantirish, ular bilan “bolalar tili”da so‘zlashish, dunyo mo‘jizalari eshiklarini ochish har birimizning vazifamizdir. Maktabgacha ta’lim tizimiga qamrovni yanada kengaytirish, bolajonlarni sifatli ta’lim va tarbiya bilan qamrab olish oldimizga qo‘ygan asosiy vazifamizdir.   Movluda Asqarxo'jayeva, Maktabgacha ta’lim vaziriligi Axborot xizmati rahbari

Maktabgacha ta'lim agentligi
Korrupsiya faktlariga doir murojaatlarni koʻrib chiqish natijalari haqidagi yillik HISOBOT

Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligining yangilangan tuzilmasida (2021-yil 16-fevraldagi 16-sonli buyruqqa asosan) 3 nafar xodimdan iborat Korrupsiyaga qarshi kurashish komplayens nazoratini amalga oshirish boʻlimi joriy yilning aprel oyidan ish boshlagan. Tizimda korrupsion holatlarga kurashni samarali tashkil etish maqsadida Maktabgacha taʼlim vazirining 2021-yil 12-iyuldagi 131 sonli buyrugʻiga asosan boʻlim nomi Korrupsiyaga qarshi kurashish komplayens nazoratini amalga oshirish boʻlimiga oʻzgartirildi hamda barcha hududiy maktabgacha taʼlim boshqarmalarida 1 shtatdan bosh mutaxassislar ajratilgan. Vazirlikning 2021-yil 8-sentyabrdagi 170-sonli buyrugʻiga asosan boʻlim nomi “Korrupsiyaga qarshi kurashish va komplayens nazoratini amalga oshirish boshqarmasi”ga oʻzgartirildi hamda shtat soni 5 taga yetkazilgan. Jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan kelib tushgan 158 ta murojaatdan 80 tasi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining virtual qabulxonasi orqali, 3 tasi Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi orqali, 54 tasi elektron pochta, yozma, ogʻzaki va turli tashkilotlar orqati, 6 tasi ishonch telefoni orqali hamda 15 tasi Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligining Korrupsiyaga qarshi kurashish va komplayens nazoratini amalga oshirish boʻshqarmasida tashkil etilgan telegram kanali orqali kelib tushgan. Kelgan murojaatlar boʻyicha amalga oshirilgan ishlar Olingan maʼlumotlar asosida huquqni muhofaza qiluvchi idoralari bilan hamkorlikda Toshkent viloyati, Yangiyoʻl tumanidagi 12-sonli DMTT direktori va Namangan viloyati, Uychi tumani MTB hisobchisi pora bilan qoʻlga olingan. Kelib tushgan tezkor maʼlumotlarga asosan 8 ta holatda maktabgacha taʼlim boʻlim va tashkilotlarida oʻrganishlar oʻtkazilib, moliyaviy kamchiliklarga, taʼmagirlik hamda firibgarlik holatlari boʻyicha toʻplangan xujjatlar huquqni muxofaza qiluvchi organlarga yuborilgan. Korrupsion holatlarga aloqadorligi uchun 9 nafar xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomalari bekor qilingan. Qoʻl ostidagi xodimlar faoliyati ustidan yetarli nazorat oʻrnatmaganligi sababli 3 nafar rahbar xodimlar bilan tuzilgan mehnat shartnomalari bekor qilingan.   Noqonuniy xatti-xarakatlarni amalga oshirgan 6 nafar xodimlarga mehnat qonunchiligiga asosan “xayfsan” intizomiy jazo chorasigan.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Jamoatchilik muhokamasida faol boʻling! Fikr bildiring

1-yo'nalishСкачать 2-yo'nalishСкачать 3-yo'nalishСкачать 4-yo'nalishСкачать 5-yo'nalishСкачать

Maktabgacha ta'lim agentligi
Taʻziya

Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi Toshkent shahar 560-sonli davlat koʻp tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim tashkilotining direktori Dilrabo Sultonovaning oila aʼzolari va yaqinlariga hamdardlik bildiradi. Dilrabo Sultonova ajoyib inson, isteʼdodli pedagog, mohir tashkilotchi sifatida tanilgan edi. Uning kasbiy mahorati, malakasi va yosh avlodni tarbiyalashdagi fidoyiligi hurmatga sazovordir. Dilrabo Sultonova “Alohida ehtiyojli bolalar bilan ishlashda nafaqat bilim, malaka va tajribaga egalik, balki ularni «his” eta olish muhimdir. Men oʻz ish faoliyatimda ularning rivojlanishlaridagi alohida oʻziga xosliklarni boricha “qalbdan his etaman” va barcha insonlarni shunga undayman», degan tamoyil asosida ishlagan. Dilrabo Sultonovaning yorqin xotirasi qalbimizda mangu qoladi.

Вид сайта
Размер шрифта