Yangiliklar
Maktabgacha ta'lim agentligi
“Davlat-xususiy sherikligi xususidagi muammolar va ularning yechimlari borasidagi amalga oshirilayotgan ishlar” mavzusida matbuot anjumani

Bugun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va Ommaviy Kommunikatsiyalar Agentligida Maktabgacha taʼlim vazirligining “Davlat-xususiy sherikligi xususidagi muammolar va ularning yechimlari borasidagi amalga oshirilayotgan ishlar” mavzusida matbuot anjumani boʻlib oʻtdi. Ushbu matbuot anjumanida soha mutaxassislari tomonidan 2017 — 2021-yillarda maktabgacha taʼlim tizimini tubdan isloh qilish va takomillashtirish, maktabgacha taʼlim tashkilotlarini davlat tomonidan boshqarishning samarali tizimini yaratish hamda uning moddiy-texnika bazasini mustahkamlashda davlat-xususiy sherikligi hamda nodavlat sektorini rivojlantirishga qaratilgan loyihalar va bu borada olib borilgan ishlar, natijalar, kamchiliklar, yutuqlar haqida soʻz yuritilib, quyidagilar maʼlum qilindi: Maktabgacha taʼlim tizimini, shu jumladan maktabgacha taʼlim xizmatlari nodavlat sektorini yanada rivojlantirish, maktabgacha taʼlim tashkilotlari tarmogʻini kengaytirish va moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, bolalarning maktabgacha taʼlim tizimiga yanada kengroq qamrab olinishini taʼminlash hamda maktabgacha taʼlim sohasidagi davlat-xususiy sherikchiligi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida, davlat-xususiy sheriklik yoʻnalishida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 3 ta, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 13 ta qarorlari qabul qilinib hozirgi kunga qadar amal qilinmoqda. Qabul qilingan qarorlar ijrosi sifatida 2018-2021-yillarda davlat-xususiy sheriklik asosida 179 270 quvvatga ega nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarini tashkil etish uchun 1 733 nafar tadbirkorlar bilan bitimlar imzolangan. 2018-2021-yillarda davlat-xususiy sheriklik asosida 20 643 nafar tadbirkorlar tomonidan 626 374 quvvatga ega nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari faoliyati yoʻlga qoʻyildi hamda 70 mingdan ortiq yangi ish oʻrinlari yaratildi. Xususan, 116 267 quvvatga ega 1 154 ta davlat-xususiy sheriklik hamda 510 107 quvvatga ega 19 489 ta oilaviy nodavlat bogʻchalar faoliyati yoʻlga qoʻyilgan. Jami faoliyati boshlangan 20 643 ta davlat-xususiy sheriklik asosidagi nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlariga qamrab olingan 626 374 nafar bolalarning 384 593 (61,4%) nafari ijtimoiy koʻmakka muhtoj oila farzandlari hisoblanadi (DXSH loyihalarida 28 601 (24,6%), oilaviy loyihalarda 360 135 nafari (70,6%). Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Qamrov darajasi past boʻlgan tumanlarda maktabgacha taʼlim tashkilotlari tarmogʻini kengaytirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2021-yil 10-iyundagi PQ-5144-sonli qaroriga asosan qamrovi past boʻlgan tumanlarda 54 825 oʻringa moʻljallangan 2 033 ta oilaviy shakldagi bitimlar imzolandi va oʻz faoliyatini boshladi. Natijada, bolalarni maktabgacha taʼlimga qamrab olishda davlat-xususiy sheriklik ulushi 2019-yilga nisbatan 14,0 foizdan 31 foizga oshirildi. Moliya vazirligi va hududlarga biriktirilgan tijorat banklari bilan hamkorlikda 118 042 quvvatga ega 1 155 ta loyihalarni imtiyozli kreditlar bilan moliyalashtirish uchun 2,1 trln. soʻm miqdorida resurs mablagʻi yoʻnaltirildi. Qolgan loyihalar oʻrnatilgan tartibda moliyalashtirish ishlari amalga oshirilmoqda. Qamrovi past boʻlgan tumanlarda Ishchi guruhi tomonidan koʻrib chiqilgan 90 ta davlat xususiy sheriklik bitimlari imzolanib, oʻrnatilgan tartibda Moliya vazirligiga moliyalashtirish uchun yoʻnaltirildi. 2018-2021-yillarda davomida davlat-xususiy sheriklik asosida 179 270 quvvatga ega 1 733 nafar tadbirkorlar bilan bitimlar imzolangan. Shundan: 118 042 quvvatga ega 1 155 ta loyiha toʻliq moliyalashtirildi; 19 643 quvvatga ega 180 ta loyihaga kredit talab etilmaydi; 7945 quvvatga ega 64 ta loyihaga imtiyozli kredit ajratish uchun tavsiya berildi; 5350 quvvatga ega 48 ta loyiha Saudiya taraqqiyot fondi tomonidan moliyalashtirilishi rejalashtirilgan; 10 975 quvvatga ega 97 ta loyihaga biriktirilgan tijorat tomonidan oʻrnatilgan tartibda oʻz mablagʻlari hisobidan imtiyozli kredit ajratish ishlari olib borilmoqda. 14 550 quvvatga ega 166 ta bilan bitim bekor qilindi (tadbirkorlarning oʻz mablagʻi evaziga davom ettirish hamda iqtisodiy jihatdan samarasiz deb topilgan loyihalar) 2 765 quvvatga ega 23 ta loyihalar bilan bitim bekor qilish ishlari olib borilmoqda 2018-2020-yillarda imtiyozli kredit ajratilgan, biroq bitimda koʻrsatilgan muddatda oʻz faoliyatini boshlamagan loyihalar soni 74 tani tashkil etadi. 74 ta loyihalardan 46 tasi boʻyicha 9 mlrd. 712 mln.soʻm penya undirish maqsadida sudlardagi daʼvo arizalar qondirildi. Qolgan 28 ta muammoli loyihalar boʻyicha daʼvo arizalari tayyorlanmoqda. Islom taraqqiyot banki hamda Neftni eksport qiluvchi mamlakatlar tashkiloti (OPEK) hamkorligida jami 53 mln. AQSH dollari miqdorida imtiyozli mablagʻlarni ajratilishi hisobiga 200 dan ziyod davlat-xususiy sheriklik loyihalarini amalga oshirilishi yuzasidan muzokaralar olib borilmoqda. Kelishuvga erishilgan taqdirda 2023-yildan boshlab loyihalar moliyalashtirilishi rejalashtirilgan. 2022-yilda amalga oshiriladigan asosiy vazifalar. 2022-yilda davlat-xususiy sheriklik asosida 100 ta hamda 1 200 ta oilaviy shakldagi nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarini tashkil etish orqali qoʻshimcha 45 000 dan ziyod quvvat hamda 4 000 ta yangi ish oʻrinlarini yaratish rejalashtirilgan.   Saudiya taraqqiyot jamgʻarmasi bilan umumiy qiymati 10,9 mln. AQSH dollari miqdoridagi “Maktabgacha taʼlim tashkilotlarini yaratish” loyihasini amalga oshirish boʻyicha ikki tomonlama kelishuvga erishilgan. Kelishuvga asosan 5 350 quvvatga ega 48 ta loyiha moliyalashtirilishi nazarda tutilgan.

Batafsil
Maktabgacha ta'lim agentligi
Jizzax viloyati: 109 ta vakant ish oʻrni va MTB uchun ajratilayotgan alohida bino

Abdulla Qodiriy nomidagi Jizzax davlat pedagogika institutida “Talaba ishga joylashadi” shiori ostida oʻtkazilgan mehnat yarmarkasida Jizzax viloyat maktabgacha taʼlim boshqarmasi xodimlari, boshqarma tasarrufidagi tuman boʻlimi mudirlari ishtirok etdilar. Boshqarma tasarrufidagi davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida mavjud 109 ta vakant oʻrinlarga 200 dan ziyod talabalardan murojaat qabul qilindi. Qabul qilingan murojaatlar boʻyicha boshqarma hamda institutning maktabgacha taʼlim fakulteti bilan memorandum imzolandi. Shuningdek, Xalq deputatlari viloyat kengashining 34-sessiyasi boʻlib oʻtdi. Sessiyada Jizzax viloyat maktabgacha taʼlim boshqarmasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining ijrosi yuzasidan amalga oshirilgan ishlar haqida maʼlumot berildi. Sessiya davomida viloyat hokimining buyrugʻi bilan Jizzax viloyat maktabgacha taʼlim boshqarmasi uchun alohida bino ajratildi.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Jurnalist va blogerlar diqqatiga!

Joriy yilning 31-mart kuni soat 10:00 da Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida Maktabgacha taʼlim vazirligining “Davlat-xususiy sherikligi xususidagi muammolar va ularning yechimlari borasidagi amalga oshirilayotgan ishlar” mavzusida matbuot anjumani boʻlib oʻtadi. Unda sizlarni qiziqtirgan barcha savollarga javob olishingiz mumkin.   Shu munosabat bilan Maktabgacha taʼlim vazirligi barcha OAV vakillari, mustaqil jurnalistlar hamda blogerlarni matbuot anjumanida ishtirok etishga taklif etadi. 

Maktabgacha ta'lim agentligi
Yana ikki hududda yangi MTTlar oʻz faoliyatini boshladi

Fargʻona viloyati Uchkoʻprik tumanidagi 16-davlat maktabgacha taʼlim tashkilotining 90 oʻrinli yangi binosi foydalanishga topshirildi. “Begmurod” mahalla fuqarolar yigʻinida joylashgan 16-davlat maktabgacha taʼlim tashkilotida shu kunga qadar 8 ta guruhda 210 nafar bola taʼlim va tarbiya olayotgan edi. Qoʻshimcha zamonaviy bino qurilishi natijasida yana 3 ta guruhda 90 nafar bolani maktabgacha taʼlimga qamrab olish imkoniyati yaratildi. Buning uchun 580 million soʻm mablagʻ sarflanib, kichkintoylarning sifatli boshlangʻich taʼlim olishlari uchun barcha sharoitlar muhayyo qilindi.   Shuningdek, Surxondaryo viloyati Boysun tuman markazidan 30 km olisda joylashgan “Munchoq” mahallasida 14-sonli davlat maktabgacha taʻlim tashkiloti oʻz faoliyatini boshladi.Ushbu tashkilot 90 oʻringa moʻljallanib, mahalliy byudjet mablagʻlari hisobidan (sendvich panel) yangidan qurildi. Maktabgacha taʻlim tashkilotida 3 ta guruh uchun moʻljallangan keng va yorugʻ xonalar, zamonaviy musiqa zali, shinam yotoqxona, oshxona, zarur mebellar bilan jihozlar va yozgi ayvonchalar barpo qilingan. Ayni vaqtda “Munchoq” mahallasida 287 nafar 3 yoshdan 7 yoshgacha boʻlgan bolalar mavjud boʻlsa, shularning 150 nafari ushbu davlat maktabgacha taʻlim tashkilotiga qamrab olinishi koʻzda tutilgan. Bundan tashqari aholi bandligini taʻminlash maqsadida ushbu tashkilotga hududdagi jami 30 nafardan ortiq pedagog va ishchi xodimlar ishga qabul qilinadi.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Rasmiy munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan audioyozuv yuzasidan Yangixayot tumanida joylashgan 48-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkilotiga borib oʻrganilganda quyidagilar aniqlandi. Holat yuzasidan 48-sonli DMTT xoʻjalik mudirasi Mastura Aʼzamova oʻz tushuntirish xatida, 2022-yil 28-mart kuni ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan ovozli xabarni tashkilot telegram kanaliga 7-mart kuni oldidan qoʻyilganligini maʼlum qildi.   Holatni batafsil oʻrganish uchun vazirlik tomonidan Ishchi guruh tuzildi. Oʻrganish natijalariga koʻra, xolat yuzasidan maʼlumotlar oʻrnatilgan tartibda huquqni muhofaza qilish organlariga taqdim etiladi.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Moliya vazirligi huzurida davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi faoliyatini tashkil etish hamda byudjet tashkilotlarida moliyaviy nazoratni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Moliya vazirligi huzurida davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi faoliyatini tashkil etish hamda byudjet tashkilotlarida moliyaviy nazoratni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi. Unga muvofiq: a) 2022-yil 1-apreldan boshlab Sirdaryo viloyatida tajriba-sinov tariqasida, 1-iyundan boshlab esa respublikaning qolgan barcha hududlarida: davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari va davlat-xususiy sheriklik asosida faoliyat yuritayotgan maktabgacha taʼlim tashkilotlari (keyingi oʻrinlarda — DXSH tashkilotlari) xodimlarining ishga kelib-ketishini hisobga olish (oʻz xodimlarini saqlash uchun davlat byudjetidan subsidiya olmaydigan davlat-xususiy sheriklik asosida faoliyat yuritayotgan maktabgacha taʼlim tashkilotlari bundan mustasno) hamda tarbiyalanuvchilarning davomatini yuritish shaxsni biometrik identifikatsiya qilish texnologiyasi orqali hisobga olinadi hamda mobil ilova yordamida Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligining “Bolalar bogʻchasi” maktabgacha taʼlimni boshqarish axborot tizimida (keyingi oʻrinlarda — “Bolalar bogʻchasi” axborot tizimi) va nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarini boshqarish axborot tizimida (keyingi oʻrinlarda — NMTTBAT) hisobi yuritiladi; DXSH tashkilotlarining davlat xususiy-sheriklik boʻyicha bitimlari NMTTBATda elektron shaklda tuziladi va tomonlarning elektron raqamli imzolari bilan tasdiqlanadi; DXSH tashkilotlariga, shu jumladan, oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari hamda xususiy maktabgacha taʼlim tashkilotlariga ajratiladigan subsidiyalar va kompensatsiyalar hajmi “Bolalar bogʻchasi” axborot tizimi, NMTTBAT, “Mehnat.uz”, “Soliq.uz”, “UzASBO” hamda elektr energiyasi va tabiiy gaz taʼminoti va boshqa tashkilotlarning axborot tizimlaridagi maʼlumotlardan foydalangan holda avtomatik ravishda hisoblab chiqiladi; b) DXSH tashkilotlarida subsidiyalarni berish jarayonini raqamlashtirishda ushbu tashkilotlarda foydalaniladigan jihozlarni xarid qilish, aloqa xizmatlari va NMTTBATdan foydalanish bilan bogʻliq xarajatlar DXSH tashkilotlarining oʻz mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi; v) 2022-yil 1-iyundan boshlab DXSH tashkilotlariga subsidiyalar miqdorlari faqat shaxsni biometrik identifikatsiya qilish texnologiyalari orqali yigʻilgan elektron maʼlumotlar asosida NMTTBATda hisoblanadi va 2022-yil 1-iyuldan boshlab shakllantirilgan elektron buyurtmanoma va hisobotlar asosida toʻlanadi; g) mazkur bandning “a”, “b”, «v» kichik bandlarda belgilangan talablarni bajarmagan DXSH tashkilotlari va xususiy maktabgacha taʼlim tashkilotlariga subsidiyalar va kompensatsiyalar ajratilmaydi; d) “Bolalar bogʻchasi” axborot tizimi va NMTTBATni davlat hamda DXSH tashkilotlarida joriy etish natijasida iqtisod qilinadigan mablagʻlar ushbu axborot tizimlarini takomillashtirish va hududlarda joriy etishga hamda Maktabgacha taʼlim vazirligining boshqa vazifalarini bajarishga yoʻnaltiriladi; ye) 2022-yil 1-apreldan boshlab: maktabgacha taʼlim tashkilotlarining byudjetdan tashqari rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari boʻyicha rasmiylashtiriladigan moliyaviy va buxgalteriya hujjatlariga birinchi imzo qoʻyish huquqi ushbu tashkilotlarning direktorlariga beriladi; oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotida 3 yoshdan 7 yoshgacha boʻlgan 12 — 50 nafar bolaga tarbiya berilishi uchun subsidiyalar ajratiladi.   Bunda yollangan tarbiyachi va yordamchi xizmatchilarga tegishli toifa boʻyicha 9 soatlik davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari uchun belgilangan mehnatga toʻlanadigan haqqa teng shartlarda va hajmlarda ish haqi toʻlanadi hamda birinchi guruh 25 nafar tarbiyalanuvchilardan iborat boʻlganda, qoʻshimcha kamida 12 nafar tarbiyalanuvchilar roʻyxati NMTTBATga kiritilgandan soʻng ikkinchi guruh avtomatik ravishda shakllantirilib, belgilangan shtat birliklari ajratilishiga ruxsat etiladi.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Navroʻzga tuhfa: Yurtimiz boʻylab 10 ta MTT foydalanishga topshirildi

Natijada 1500 nafar bola qamrab olindi. Navroʻzga tuhfa sifatida Qashqadaryo viloyatida ham 3 ta MTT foydalanishga topshirildi. Xususan, markazdan ancha uzoqda joylashgan Qashqadaryo viloyati, Shahrisabz tumanidagi “Gʻyelon” mahallasida 22-davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti foydalanishga topshirildi. Ushbu tashkilot 120 oʻringa moʻljallangan. Mazkur davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti avval huddudagi kollej binosida vaqtincha faoliyat koʻrsatib kelayotgan edi. 2021-yilda Investitsiya dasturiga asosan 3 milliard 22 million 300 ming soʻm mablagʻ hisobiga yangidan bino qurilib, foydalanishga topshirildi. Shuningdek, Yakkabogʻ tumani “Chinobod” MFYda 21-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti foydalanishga topshirildi. Qariyb 4 milliard soʻm evaziga tashkil etilgan mazkur bogʻcha 150 oʻringa moʻljallangan. Shu bilan birga, Dehqonobod tumanining “Otqamar” mahallasida ham 120 oʻringa moʻljallangan 11-davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti binosining foydalanishga topshirilishi bayram kunlariga toʻgʻri keldi. Yangi bogʻcha ish tushishi bilan 25 ta yangi ish oʻrni ham yaratildi. Qayd etish joizki, bayram arafasida Toshkent shahrida ham yangi MTT bolajonlarga eshik ochdi. Misol uchun, Toshkent shahar maktabgacha taʼlim bosh boshqarmasi tasarrufidagi Chilonzor tumanida joylashgan 24-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti 1960-yilda qurilgan boʻlib, 2020-yil investitsiya dasturi asosida taʼmirlandi. 360-oʻringa moʻljallangan ushbu tashkilotda taʼmirlash ishlaridan soʻng qoʻshimcha ravishda umumiy oshxona, sport va musiqa zallari qurib topshirildi. Surxondaryo viloyati Qumqoʻrgʻon tumani “Joziba” mahallasida investitsiya dasturi asosida 21-sonli maktabgacha taʼlim tashkiloti yangidan qurilib, foydalanishga topshirildi. Tuman markazida uzoqda joylashgan ushbu MTTning avvalgi qamrovi 50 oʻrinni tashkil etgan boʻlsa, hozirda 150 oʻringa moʻljallandi. Fargʻonaliklar ham bayramni yangiliksiz kutib olishmadi. Xususan, Oʻzbekiston tumani “Qaynarbuloq” mahalla fuqarolar yigʻini Elash qishlogʻida joylashgan 16-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkilotining binosi yangidan barpo etilib, foydalanishga topshirildi. Bogʻchaning mavjud eski binosi oʻrnida umumiy qiymati 520 million soʻmlik loyiha hisobiga 120 oʻrinli koʻrkam bino qad rostlab, zamonaviy jihozlandi. Navroʻz umumxalq bayrami munosabati bilan Andijon viloyati Boʻston tumani Yangiobod mahallasida joylashgan 9-davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti ochildi. Ushbu maskan 150 nafar bolajonlarni oʻz bagʻriga sigʻdira oladi. Maktabgacha taʼlim maskanining xonalari zamonaviy tarzda bolalarga manzur boʻluvchi jihozlar bilan taʼminlangan. Shuningdek, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Shumanay tumanida ham 10-sonli maktabgacha taʼlim tashkiloti ham foydalanishga topshirildi. Tashkilotning 3 mlrd 30 mln soʻm ajratilgan boʻlib, 90 oʻringa moʻljallangan. Ushbu maskanning ochilishi natijasida 15 nafar fuqaro ish bilan taʼminlandi.   “Obod” qishloq dasturi doirasida Namangan viloyati Chust tumanining ikki mahallasida, har biri 120 oʻrinli, loyiha qiymati esa, qariyb uch yarim milliard soʻmdan, jami 7 milliard soʻmga yaqin mablagʻ sarflangan 2 ta – 25-sonli hamda 19-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari foydalanishga topshirildi.

Maktabgacha ta'lim agentligi
"Ekomarafon"

Toshkent shahar Olmazor tumani "Bahtiyor makon" nomli 120-davlat maktabgacha ta‘lim tashkilotida "Ekomarafon" tashkil etildi.  Marafon haqda batafsil "O‘zbekiston 24" telekanalida namoyish etildi.

Batafsil
Maktabgacha ta'lim agentligi
Moskva davlat universiteti rektori Viktor Sadovnichiy bilan videomuloqot

Ayni damda Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vaziri Agrippina Shin M.V.Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti rektori Viktor Sadovnichiy bilan videomuloqot tarzida uchrashmoqda. Muzokaralar chogʻida tomonlar hamkorlikning asosiy yoʻnalishlari va kelgusidagi hamkorlik istiqbollarini muhokama qilishmoqda. Uchrashuv davomida tomonlarprofessor-oʻqituvchilarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha taʼlim tizimining pedagog va rahbar kadrlari uchun Moskva Davlat universitetining qoʻshimcha taʼlim dasturlarini amalga oshirish sohasida hamkorlik oʻrnatish yuzasidan kelishib olishmoqda. Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha taʻlim tizimi pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, magistratura yoʻnalishi boʻyicha Moskva davlat universitetining Toshkent shahridagi filiali negizida “Taʻlimni boshqarish” taʻlim dasturini 25 nafardan iborat boʻlgan holda ochish masalasini belgilandi. Qoʻshma fundamental va amaliy tadqiqotlar oʻtkazish, ilmiy ishlanmalar va ilmiy anjumanlar, simpoziumlar tashkil etish istiqbollari, ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlashda hamkorlik masalalari alohida muhokama qilinmoqda. Soʻng, yuqoridagi hamkorlikda kelishib olingan mavzular asosida ikki tomon Memorandum imzolashadi.

Maktabgacha ta'lim agentligi
“Assalom Navroʻz” tadbirdan tashkil etildi

Yurtimizga Navroʻzi olam kirib kelishiga ham oz fursat qoldi. Ushbu bayram arafasida barcha hududlarda katta-katta tadbirlar oʻtkazilmoqda. Xususan, Toshkent shahar Shayxontohur tumani MTB tasarrufidagi 229-241-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari tarbiyalanuvchilari ishtirokida ham “Assalom Navroʻz” tadbirdan tashkil etildi.  Tadbirda bolajonlar ishtirokida sahna koʻrinishlari namoyish etildi hamda raqslar ijro etildi.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Namanganda 32 nafar tarbiyalanuvchi 63 ta eshitish moslamasi bilan taʼminlandi

Prezidentning tegishli qaroriga koʻra, Koʻp tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim tashkilotlari(KTIMTT)ni korreksion, pedagogik va reabilitatsiya uskunalari bilan taʼminlash vazifasi belgilangan.  Oʻtgan vaqt davomida birgina Namangan viloyatining oʻziga 13 turdagi, jami 263 dona, umumiy qiymati, 1 milliard 865 million 600 ming soʻmlik zamonaviy protez-ortopediya moslamalari yetkazib berildi. Joriy yilning 16-mart kuni loyihaning galdagi bosqichi amalga oshirildi.   Mazkur bosqichda viloyatning Davlatobod tumanida joylashgan 31, Uychi tumanidagi 1, Yangiqoʻrgʻon tumanidagi 20 hamda Toʻraqoʻrgʻon tumanidagi 21-sonli KTIMTTlarning 32 nafar tarbiyalanuvchilari 63 ta eshitish moslamasi bilan taʼminlandi.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Oʻzbekiston birinchiligida Maktabgacha taʼlim boʻlimi xotin-qizlari gʻolib boʻldi

Joriy yilning 16-17-mart kunlari Toshkent shahrida sportning oʻzbek jang sanʼati doirasidagi “Kompleks mashq”, “Temuriylar jang usuli”, “Koʻrgazmali chiqish”, “Assalom tong” yoʻnalishlari boʻyicha Oʻzbekiston birinchiligi oʻtkazildi.   Turnirda Namangan viloyati Chortoq tumani Maktabgacha taʼlim boʻlimi xotin-qizlaridan tarkib topgan jamoa Namangan viloyati sharafini munosib himoya qildi. Ular musobaqaning “Assalom tong!” yoʻnalishi boʻyicha faxrli 1-oʻrinni egalladi.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Yana 2 ta MTT bolajonlarga eshik ochdi

Namangan viloyatining Uychi tumani Ovchibuloq mahallasida bironta ham MTTboʻlmagan. Aholi murojaatlari asosida qariyb 7 milliard soʻmga qurilgan 50-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti oʻz faoliyatini boshladi. Tashkilot 180 nafar oʻringa moʻljallangan boʻlib, ota-onalik badal toʻlovi 50 foizni tashkil etadi. Shu bilan birga, viloyatning Uchqoʻrgʻon tumanida ham 25-sonli DMTT bolajonlarga eshik ochdi. Tashkilotni qurish uchun 3 mlrd 96 mln soʻm sarflangan boʻlib, 120 oʻringa moʻljallangan. MTT ish boshlashi natijasida 20 dan ortiq ish oʻrni yaratildi.   Ushbu 2 ta MTTning ochilishi 300 nafar bolaning qamroviga sabab boʻldi.

Maktabgacha ta'lim agentligi
JSSTning ekspertlar guruhi bilan uchrashuv bo’lib o’tdi

O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligida Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining O‘zbekistonda reabilitatsiyani kuchaytirish bo‘yicha ekspert missiyasining ekspertlar guruhi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda Maktabgacha ta’lim vaziri o‘rinbosari Uzoqboy Begimqulov imkoniyati cheklangan bolalarning maktabgacha ta’lim tizimini takomillashtirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot berdi. Davlat ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta'lim tashkilotlarida ko'p tarmoqli kompleks yondashuv amalga oshirilmoqda, bunda alohida ta'limga muhtoj bolalarga maktabgacha ta'lim bilan birgalikda yuqori sifatli reabilitatsiya yordami ko'rsatiladi. Bu esa bolalikdan nogironlikning oldini olish va kamaytirishga yordam beradi. Shu bilan birga bolalarning ijtimoiy moslashuvi, nogiron bolalarning har tomonlama hayotiy faoliyati va jamiyat hayotiga faol jalb etilishini ta'minlanadi.   Uchrashuvda maktabgacha yoshdagi bolalarni reabilitatsiya qilish bo‘yicha mavjud vaziyatning ustuvor masalalari muhokama qilinib, Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti mutaxassislari bilan o‘zaro hamkorlik qilish belgilab olindi.

Maktabgacha ta'lim agentligi
2 ta MTT oʻz faoliyatini boshladi

Fargʻona viloyati “Uchkoʻprik” mahalla fuqarolar yigʻinida joylashgan 9-davlat maktabgacha taʼlim tashkilotida shu kunga qadar 16 ta guruhda 480 nafar bola taʼlim va tarbiya olayotgan edi. Bu yerda qoʻshimcha zamonaviy bino qurilishi natijasida yana 3 ta guruhda 90 nafar bolani maktabgacha taʼlimga qamrab olish imkoniyati yaratildi. Buning uchun 580 million soʻm mablagʻ sarflandi.   Shuningdek, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Beruniy tumanida barcha sharoitlarga ega boʻlgan 42-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti ishga tushirildi. 42-sonli DMTT 1997-yilda oʻz faoliyatini tugatib, 2021-yilgacha qarib 25 yil davomida tashlandiq ahvolga kelib qolgan edi. Endilikda 120 oʻringa ega.

Batafsil
Maktabgacha ta'lim agentligi
Rasmiy munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda endilikda bolalar 2 yoshdan bogʻchaga qabul qilinishi haqida xabarlar tarqalmoqda. Ushbu xabarlar yuzasidan Maktabgacha taʼlim vazirligi quyidagilarni maʼlum qiladi: Bugun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan imzolangan “Oila va xotin-qizlarni tizimli qoʻllab-quvvatlashga doir ishlarni yanada jadallashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi farmonining 17 “b” bandiga koʻra, toʻliq quvvat bilan ishlamayotgan davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlariga 2 yoshdan 3 yoshgacha boʻlgan bolalarni pullik xizmat koʻrsatish shaklida qabul qilishga ruxsat beriladi. Yaʼni, Maktabgacha taʼlim tashkiloti tomonidan koʻrsatilishi rejalashtirilayotgan qoʻshimcha xizmatlar turlari hamda ular uchun belgilanadigan toʻlovlar miqdori maktabgacha taʼlim tashkilotining kuzatuv kengashi yigʻilishida muhokama qilinadi. Maktabgacha taʼlim tashkilotlari tomonidan koʻrsatiladigan qoʻshimcha xizmatlarning narxlar preyskuranti tegishli maktabgacha taʼlim tuman (shahar) boʻlinmasi bilan kelishilgan holda maktabgacha taʼlim tashkilotining direktori tomonidan tasdiqlanadi.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Ayrim bolalar MTT toʻlovidan ozod etiladi — Prezident yangi farmon imzoladi

Prezident “Oila va xotin-qizlarni tizimli qoʻllab-quvvatlashga doir ishlarni yanada jadallashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi farmonni imzoladi. Farmonga koʻra, 2022-yil 1-apreldan boshlab: a) boquvchisini yoʻqotgan xotin-qizlarning: farzandlari davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlariga toʻlanadigan ota-onalar badalidan ozod qilinadi; 3 yoshgacha boʻlgan farzandlari uchun nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlariga Davlat byudjetidan subsidiyalar belgilangan tartibda ajratiladi; b) toʻliq quvvat bilan ishlamayotgan davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlariga 2 yoshdan 3 yoshgacha boʻlgan bolalarni pullik xizmat koʻrsatish shaklida qabul qilishga ruxsat beriladi; v) kechki smenada xotin-qizlar ishlaydigan korxona va tashkilotlar oʻz huzurida maktabgacha taʼlim tashkilotini tashkil qilganda, ulardagi tarbiyachilarning ish haqi Davlat byudjeti mablagʻlari hisobidan qoplab beriladi. Ushbu bandda nazarda tutilgan kompensatsiya toʻlovlarini amalga oshirish tartibini nazarda tutuvchi Hukumat qarori loyihasi ishlab chiqiladi.

Maktabgacha ta'lim agentligi
“Eng yaxshi ijtimoiy tashabbuskor davlat boshqaruvi organi” nominatsiyasini DMTT qoʻlga kiritdi

Joriy yil 4-mart kuni Oliy Majlis Senatida “Eng yaxshi ijtimoiy tashabbus” koʻrik-tanlovining respublika bosqichi gʻoliblarini taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi. Koʻrik-tanlovning tuman (shahar)lar bosqichida 3072 nafar, hududiy bosqichida esa 792 nafar ishtirokchi quyidagi nominatsiyalar boʻyicha bellashdi: Tanlov natijalariga koʻra “Eng yaxshi ijtimoiy tashabbuskor davlat boshqaruvi organi” nominatsiyasida 1-oʻrinni Respublika maʼnaviyat va maʼrifat markazi Qashqadaryo viloyati Kitob tumani boʻlimi, 2-oʻrinni Buxoro viloyati Vobkent tumani xalq taʼlimi boʻlimi, 3-oʻrinni Toshkent viloyati Zangiota tumani 32-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti qoʻlga kiritdi.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Eng yaxshi axborot xizmatlari aniqlandi

Oʻtgan yilning 24-dekabr kuni Maktabgacha taʼlim vazirining “Maktabgacha taʼlim vazirligida 2021-yil natijalari va 2022-yilda rejalashtirilgan strategiya haqida press-kofe hamda «Maktabgacha taʼlim sohasida yilning eng faol axborot xizmati” tanlovi gʻoliblarini taqdirlash marosimini oʻtkazish toʻgʻrisida»gi 247-sonli burugʻi imzolangan edi. Mazkur buyruq, joriy bahorning birinchi haftasida, vazirlikning anjumanlar zalida ijro etildi. Dastlab press-kofe oʻtkazildi. Unda mamlakatning barcha telekanallari, taniqli blogerlar, OAV vakillari qatnashdi. Ular soha rivoji doirasida 2021-yilda olib borilgan ishlar natijalari va galdagi maqsadlarga doir savollariga atroflicha javob olishdi. Keyin ikki kun davomida esa, maktabgacha taʼlim vazirligi va uning hududiy boshqarmalarida faoliyat olib borayotgan matbuot kotiblari uchun “Yangi media taʼlim markazi” nodavlat-notijorat tashkiloti bilan hamkorlikda tashkil etilgan “Zamonaviy media muhitida yangi PR trendlar” mavzusidagi oʻquv-seminar oʻz ishini olib bordi.   Tadbirlar soʻngida “Maktabgacha taʼlim sohasida yilning eng faol axborot xizmati” tanlovining taqdirlash marosimi oʻtkazildi. 

Maktabgacha ta'lim agentligi
“Maktabgacha taʻlim vazirligining faoliyatiga doir hisoboti - tizimdagi 2021-yil natijalari, 2022-yilda rejalashtirilgan vazifalar” mavzusidagi matbuot anjumani

Joriy yilning 4-mart kuni Maktabgacha taʼlim vazirligida “Maktabgacha taʼlim vazirligining faoliyatiga doir hisoboti — tizimdagi 2021-yil natijalari, 2022-yilda rejalashtirilgan vazifalar” mavzusida matbuot anjumani boʻlib oʻtdi. Unda Maktabgacha taʼlim vaziri Agrippina Shin, vazir oʻrinbosarlari, vazirlik masʼul xodimlari, shuningdek ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi. 2021-yilda Maktabgacha taʼlim tizimiga respublika byudjetidan jami 6,7 trln. soʻm mablagʻ ajratilib, hisobot davrida 6,6 trln. soʻm (98%) mablagʻ xarajat qilingan. Jumladan: Maktabgacha taʼlim vazirligi markaziy apparatini saqlash xarajatlari uchun 10,7 mlrd. soʻm mablagʻ ajratilib, ijrosi 10,5 mlrd. soʻmga (98%); Maktabgacha taʼlim vazirligining markazlashgan mablagʻlari hisobidan davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarini jihozlash, mantiqiy oʻyin, oʻyinchoqlar, oʻquv-didaktik materiallar bilan taʼminlashga 181 mlrd. soʻm mablagʻ ajratilib, ijrosi 177,1 mlrd. soʻmga (97,8%); Maktabgacha taʼlimni rivojlantirish jamgʻarmasiga 103,6 mlrd. soʻm (100%); Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarining birinchi va ikkinchi guruh xarajatlariga 4,0 trln. soʻm mablagʻ ajratilib, ijrosi 4,0 trln. soʻmga (100%); Nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlariga subsidiya uchun 1,2 trln. soʻm mablagʻ ajratilib, ijrosi 1,2 trln. soʻmga (100%); Nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarini oʻquv-metodik materiallar bilan taʼminlashga 39,2 mlrd. soʻm mablagʻ ajratilib, ijrosi 34,9 mlrd. soʻmga (89,2%); Aqlvoy dasturi doirasida mobil avtobuslar xarid qilishga 2,6 mlrd. soʻm (100%); Kadrlar tayyorlash, ularning malakasini oshirish va qayta tayyorlash xarajatlariga 50,7 mlrd. soʻm mablagʻ ajratilib, ijrosi 49,4 mlrd. soʻmga (97,4%); "Imkon" reabilitatsiya markaziga ega koʻp tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim tashkilotini saqlash xarajatlariga 1,4 mlrd. soʻm mablagʻ ajratilib, ijrosi 511,8 mln. soʻmga (36%); Investitsiya dasturi doirasida davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari obyektlarini qurish, rekonstruksiya qilish va kapital taʼmirlash ishlariga 1,1 trln. soʻm mablagʻ ajratilib, ijrosi 991 mlrd. soʻmga (88,4%) bajarilgan. 2021-yilda respublikada 8 849 ta (190 ta davlat, 8 539 ta oilaviy va DXSH asosidagi 120 ta nodavlat MTT) maktabgacha taʼlim tashkilotlari faoliyatini yoʻlga qoʻyilishi natijasida bolalarning maktabgacha taʼlim bilan qamrovi 6.1 foizga oshirildi. Maktabgacha taʼlimning hududiy boshqaruv organlari bilan birgalikda tungi smenada ishlovchi ayollarning farzandlari uchun 24 soatlik guruhlarni tashkil etishga boʻlgan haqiqiy ehtiyoj 6 196 ta davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlaridagi 980 325 nafar bolalarning qonuniy vakillari oʻrtasida soʻrovnomalar oʻtkazish orqali oʻrganib chiqildi. Soʻrovnomalar natijasiga asosan, joriy yilning 1-iyun kunidan boshlab respublikaning 5 ta hududida jumladan, Andijon viloyatida — 25 ta, Buxoro viloyatida —10 ta, Jizzax viloyatida —4 ta, Navoiy viloyatida —4 ta, Xorazm viloyatida —5 ta, jami 48 ta 24 soatlik guruhlar faoliyati yoʻlga qoʻyildi. Bugungi kunda respublikada jami 27 103 ta maktabgacha taʼlim tashkiloti faoliyati yoʻlga qoʻyilgan boʻlib, ularning 6 387 tasi davlat va 20 716 tasi nodavlat (774 ta xususiy, 18 797 ta oilaviy va DXSH asosidagi 1 145 ta nodavlat MTT) maktabgacha taʼlim tashkilotlaridir. Maktabgacha yoshdagi 2,9 mln. nafar bolalardan 1,9 mln. nafari yoki 67% bolalar maktabgacha taʼlimga qamrab olingan boʻlsa, ularning 566 996 nafarini (82%) 6 yoshli bolalar tashkil etmoqda. 2022-yilda bolalarni maktabgacha taʼlimga qamrovini 70,7% ga yetkazish rejalashtirilgan. 2021-yilda 13 098 quvvatga ega 120 ta DXSH asosidagi NMTT lar hamda 239 484 quvvatga ega 8 553 ta oilaviy shakldagi NMTTlar tashkil etilishiga erishildi. Natijada, 252 582 ta qoʻshimcha quvvat (120 ta DXSH asosidagi NMTT va 8 553ta oilaviy MTTlar) hamda 22 720 ta yangi ish oʻrinlari yaratildi.  “Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha taʼlim tashkilotlarining xavfsiz va oqilona ovqatlanishini tashkil etishga qoʻyiladigan gigiyenik talablar” Sanitariya qoida va meʼyorlari (SanPiN) qayta koʻrib chiQilib, Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan roʻyxatdan oʻtkazildi. Maktabgacha taʼlim tizimidagi davlat-xususiy sheriklik va oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida sogʻlom ovqatlantirishni tashkil etish boʻyicha yoʻriqnoma hamda “Maktabgacha taʼlim yoshidagi bolalar uchun mavsumiy taomnoma”lar ishlab chiqildi. Maktabgacha taʼlim tashkilotlari uchun taomlar “Aqlvoy-oshpaz” nomli retseptlari kitobi ishlab chiqildi. Retseptlar kitobiga kiritilgan taomlar uchun texnologik kartalar asosida taomlarni tayyorlash jarayoni tajribadan oʻtkazildi. Ikki yuz ellikdan ortiq taomlarni tayyorlash texnologiyalari, sifat xarakteristikalari yangitdan yozib chiqildi. Tasdiqlangan manzilli dasturga muvofiq 222 ta obyektdan: - 41 ta obyekt oldingi yildan oʻtuvchi; - 181 ta yangidan boshlanuvchi obyektlar hisoblanadi. Bugungi kun holatiga 2021-yil Investitsiya dasturi doirasidagi 222 ta maktabgacha taʼlim tashkiloti obyektlaridan 199 tasida qurilish – taʼmirlash ishlari yakunlandi. 2021-yilda barcha manbalar hisobidan 3 ta loyiha doirasida 50,6 mln.AQSH dollari miqdoridagi mablagʻlar oʻzlashtirildi shundan: xalqaro moliya institutlari mablagʻlari – 35,8 mln. AQSH dollari; begʻaraz koʻmak (grant) xorijiy investitsiyalar – 14,8 mln. AQSH dollari Hisobot davrida Maktabgacha taʼlim sohasiga xorijiy investitsiyalarni keng jalb etish maqsadida 43,6 mln AQSH dollari miqdorida xalqaro kelishuvlarga erishilgan. Shu bilan birga, Prezidentning “2022 — 2026-yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasi toʻgʻrisida”gi farmonida Maktabgacha taʼlim vazirligining zimmasiga 3 ta vazifa yuklatilgan. Xususan, 2022/2023-yillarda 6 yoshli bolalarni maktabgacha tayyorlov tizimi bilan qamrab olish darajasini 90 foizga, 2024/2025 oʻquv yili yakuniga qadar 100 foizga yetkaziladi. Maktabgacha taʼlim tizimiga xususiy sektor mablagʻlarini jalb qilish orqali 7 mingdan ziyod yangi nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari tashkil etiladi. Bogʻcha xodimlarining professional tayyorgarligi va mahoratini oshirib borishning takomillashtirilgan tizimi joriy etiladi. 2022 — 2026-yillarda 160 mingdan ziyod pedagog kadrlarning malakasini oshiriladi. Maktabgacha taʼlim tizimida moliyaviy jarayonlarning shaffof tarzda amalga oshirilishi uchun zarur sharoitlarni yaratiladi.

Maktabgacha ta'lim agentligi
“Kichik bolalarni taʼlim va tarbiyalash boʻyicha II-Jahon konferensiyasi”ga bagʻishlangan rasmiy ziyofat tashkil etildi

Maktabgacha taʼlim vaziri boshchiligidagi delegatsiya taʼlimni oʻzgartirish boʻyicha boʻlib oʻtayotgan dastlabki Sammit doirasida YUNESKO tomonidan “14-16-noyabr kunlari Toshkent shahrida boʻlib oʻtadigan «Kichik bolalarni taʼlim va tarbiyalash boʻyicha II-Jahon konferensiyasi”ga bagʻishlangan rasmiy ziyofat tashkil etildi. Unda YUNESKO bosh direktori oʻrinbosari Stefani Janinni, “Lego foundation” jamgʻarmasi direktori Ann-Birgitte Albreksen, xalqaro tashkilotlar vakillari, 35 nafardan ortiq YUNESKOga aʼzo davlatlarning taʼlim vazirlari ishtirok etdi. Tadbirda Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vaziri Agrippina Shin, shuningdek, bosh boshqarma boshligʻi Shahnoza Mirziyoyeva ishtirokchilarga xalqaro konferensiyaga tayyorgarlik koʻrilayotgani haqida maʼlumot berib, barchani Toshkent shahrida boʻlib oʻtadigan anjumanda bevosita ishtirok etishga taklif qildi. YUNESKOga aʼzo davlatlar vakillari, xalqaro tashkilotlar rahbarlari Oʻzbekistonda maktabgacha taʼlim sohasida amalga oshirilayotgan ijobiy oʻzgarishlarni yuqori baholadi va boʻlajak konferensiyada oʻz delegatsiyalarining ishtirok etishiga qiziqish bildirdilar.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Maktabgacha taʼlim vaziri pedagogika kollejlari va MTTlarda boʻldi

Vazir Agrippina Shin Qoraqalpogʻiston Respublikasi Chimboy tumani va Xoʻjayli pedagogika kollejlarida boʻldi. U yerda oʻquvchilarga yaratilgan imkoniyatlar va sharoitlar bilan yaqindan tanishdi. Vazirlik xodimlari Chimboy tumani pedagogika kollejning “Oʻquvchilar yotoqxonasi”ning birinchi navbatda bolalar bogʻchasini tashkil etish taklifini berdi. Shundan soʻng vazir Taxtakoʻpir va Qaraoʻzak tumanlarida boʻldi. Taxtakoʻpir tumani “Taxtakoʻpir” OFY hududida joylashgan 120 oʻringa moʻljallangan, 2-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti va “Qaraoy” OFY hududida joylashgan 90 oʻrinlik, 15-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti, shu bilan birga, Qaraoʻzak tumani “Qutlы makan” OFY hududida joylashgan 75 oʻringa moʻljallangan “Bukvaryonok” nodavlat maktabgacha taʼlim tashkiloti va “Gʻәrezsizlik gүzәri” MFY hududida joylashgan 140 oʻrinlik, 2-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkilotining ish faoliyati bilan tanishdi. MTTlarda asosan taʼlim sifati va bolalarga beriladigan oziq-ovqat mahsulotlarining sifati, taomnomalarining toʻgʻri tashkil qilingani, zaxira mahsulotlarining saqlanish holatlari oʻrganildi. Vazir A.Shin tomonidan Taxtakoʻpir tumani “Qaraoy” OFY hududida joylashgan 15-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti, barcha jihatdan boshqa tashkilotlarga oʻrnak boʻladigan tumandagi “Eng namunali maktabgacha taʼlim tashkiloti” deya eʼtirof etildi. Shuningdek, vazir A.Shin Amudaryo tumani Maktabgacha taʼlim boʻlimi, “Zebo Qilishboy” nomli davlat xususiy sherikchilik asosidagi nodavlat maktabgacha taʼlim tashkiloti va 6-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkilotida boʻldi. Soʻngra esa Qoraqalpogʻiston Respublikasi Beruniy tumani Beruniy pedagogika kollejiga tashrifi davomida kollej oʻqituvchilari bilan yaqindan suhbat olib borishdi.

Batafsil
Maktabgacha ta'lim agentligi
Maktabgacha ta'lim tashkilotlari soni oshmoqda

Surxondaryo viloyati Oltinsoy tumani “Jobu” mahallasidagi 24-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti oʻz faoliyatini boshladi. Buning uchun “Obod qishloq va obod mahalla” dasturi asosida 2 mlrd 751 mln soʻm mablagʻ sarflandi. Tashkilot 150 nafar bolani oʻz bagʻriga qamrab oldi. Maktabgacha taʼlim tashkiloti kuni uzaytirilgan va majburiy tayyorlov guruhlarini tashkil etish natijasida 210 nafar bolaga taʼlim-tarbiya berish imkoniyatiga ega boʻladi Shuningdek, Buxoro viloyati Romitan tumanining “Alisher Navoiy” mahallasida yangi zamonaviy qad rostlagan 60 oʻringa moʻljallangan 2-sonli maktabgacha taʼlim tashkilotining qoʻshimcha binosi foydalanishga topshirildi. Qo'shimcha bino topshirilishi natijasida 60 nafar bolalar maktabgacha ta'lim bilan qamrab olindi. Zamonaviy loyiha asosida taʼmirlangan yangi MTTning qoʻshimcha binosi 600 million soʻm mablagʻga qayta taʼmirlanib, 81 million soʻmga jihozlandi.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Xo‘jayli tumani “Sarishungul” mahallasida yangi maktabgacha ta’lim tashkiloti ochildi

Kuni kecha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Xoʻjayli tumanida «Sarishungul» OFY hududida joylashgan, 30 oʻringa moʻljallangan oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotining bitim imzolanib, foydalanishga topshirildi. Mazkur bitim O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 3651-sonli va 5144-sonli qarorlariga asosan imzolangan bo‘lib, avvallari mazkur mahallada maktabgacha ta'lim tashkilotlari bo‘lmagan. Maʼlumot uchun, Qoraqalpogʻiston Respublikasida joriy yilning fevral oyida oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotini tashkil etish istagini bildirgan 95 ta tadbirkorlar bilan davlat-xususiy sherikchilik bitimlari imzolandi. Har bir maktabgacha ta’lim tashkilotiga vazirlik tomonidan ta’lim sifatini oshirish bo‘yicha pedagoglar uchun seminar-treninglar o‘tkaziladi.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Maktabgacha taʼlim vaziri Qoraqalpogʻistondagi MTT faoliyati bilan tanishmoqda

Taʼlimning poydevori hisoblangan maktabgacha taʼlim tizimiga davlat tomonidan tizimli eʼtibor hamda amaliy yordam berilmoqda. Xususan, qamrov darajasi past boʻlgan tumanlarda maktabgacha taʼlim tashkilotlari tarmogʻini kengaytirish borasida keng koʻlamli ishlar amalga oshirilmoqda. Misol uchun Qoraqalpogʻiston Respublikasida ham qamrov darajasi past boʻlgan chekka tumanlarda bir nechta yangi MTT lar ochildi. Yana ayrimlari bolajonlar uchun eshigini ochish arafasida. Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vaziri Agrippina Shin Qoʻngʻirot tumani “Navoiy” mahallasi, Shumanay tumanidagi “Begjap” OFY, shuningdek xuddi shu tumandagi “Begjap” OFY hududlaridagi maktabgacha taʼlim tashkilotida boʻldi. Qayd etish joizki, yurtimizda nodavlat va oilaviy maktabgacha taʼlim tashkilotlari soni ham kun sayin ortib bormoqda. Shundan soʻng, Agrippina Shin boshchiligidagi guruh Xoʻjayli tumani “Taskoʻpir” MFY va “Sarichungul” OFY hududida joylashgan oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari faoliyati bilan ham yaqindan tanishdi. Mazkur tumanning Sarichungul OFY hududida ham yangi oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim tashkiloti faoliyatini boshlash arafasida. Vazir ushbu NMTT koʻzdan kechirdi.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Navoiy viloyati maktabgacha taʼlim boshqarmasi tomonidan matbuot anjumani tashkil etildi

Navoiy viloyati maktabgacha taʼlim boshqarmasi tomonidan matbuot anjumani tashkil etildi. Matbuot anjumanida autsorsing tizimi haqda soʻz bordi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktori bilan kelishilgan holda Navoiy viloyati hokimi tomonidan tasdiqlangan media tadbirlar rejasiga muvofiq oʻtkazilgan mazkur matbuot anjumanida jurnalist va blogerlarga sohadagi yangiliklar va tizimdagi islohotlar xususida maʼlumot berildi. Taʼkidlanganidek, autsorsing korxonalari oʻrtasida tanlovlar oʻtkazilib, har jihatdan sifatli va ishonchli xizmat koʻrsatish imkoniyatiga ega boʻlgan tadbirkorlik subyektlari bilan shartnomalar tuzildi. Natijada joriy yilning 1-yanvaridan Navoiy viloyati Maktabgacha taʼlim boshqarmasi tasarrufidagi jami 210ta davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlaridan 60tasi autsorsing usulida ovqatlantirish tizimiga oʻtkazildi.Anjuman davomida shuningdek, 24 nomdagi oziq-ovqat mahsulotlarining koʻrgazmasi ham tashkil etildi. Oʻzaro savol-javob, ochiq va konstruktiv ruhda oʻtgan matbuot anjumanida jurnalistlar oʻzlarini qiziqtirgan barcha maʼlumotlarga javob olishdi.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari uyushmasi tashkil etildi

Qashqadaryo viloyatida "NMT tashkilotlari uyushmasi" tashkil etildi. Unga odavlat,oilaviy va davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etilgan maktabgacha taʼlim tashkilotlar a'zo bo'lishlari mumkin. Uyushma ushbu MTTlarga huquqiy yordam berish, shuningdek pedagog kadrlarining malakasini oshirishda ko'mak berish maqsadida tashkil etilgan. U ilk ishini Qarshi Davlat universiteti maktabgacha taʼlim kafedrasi bilan uyushma aʼzolari maktabgacha taʼlim tashkilotlarining pedagog xodimlari uchun qisqa muddatli oʻquv treninglar tashkil etish masalasida kelishish bilan boshladi. NMTT uyushmasi viloyat Adliya boshqarmasi bilan uyushma aʼzolari boʻlgan nodavlat,oilaviy xamda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etilgan NMTT larini huquqiy himoya qilish masalalarini kelishib oldi. Shuningdek, “NMT tashkilotlari uyushmasi” Respublikamizda faoliyat olib borayotgan chet ellik pedagog xodimlar bilan NMTT va OMTT larning pedagog xodimlari oʻrtasida tajriba almashish uchun seminar treninglarini oʻtkazish boʻyicha muzokara olib borildi. Ma'lumot uchun, "NMT tashkilotlari uyushmasi" 2021-yilning so'nggi oyida yuridik shaxslarning birlashmasi sifatida ro'yxatdan o'tgan.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Trenerlar tayyorlash kurslariga start berildi

Maktabgacha taʼlim vazirligi tomonidan amalga oshirilayotgan “Bolalarni erta yoshdan rivojlantirish” loyihasi doirasida Bolaga yoʻnaltirilgan taʼlim yondashuvi yuzasidan trenerlarni oʻqitish boʻyicha joriy yilning 15-fevral kuni Namangan pedagogika kolleji bazasida tashkil etilgan trenerlik kurslari boshlandi. Mazkur trenerlik kurslarida Namangan davlat universiteti oʻqituvchilaridan va Namangan viloyati maktabgacha taʼlim tashkilotlari pedagoglaridan 28 nafar tinglovchilar ishtirok etdi. Tinglovchilar oʻquv moduli boʻyicha juftlarga boʻlindi: 1-juftlik: “Ilk va maktabgacha yoshidagi bolalar rivojlanishiga qoʻyiladigan Davlat talablari asosida «Ilk qadam” davlat oʻquv dasturini amalda joriy etish» oʻquv moduli boʻyicha; 2-juftlik: “Maktabgacha taʼlim tashkilotlarida tarbiyaviy oʻquv faoliyatini uslubiy taʼminlash” oʻquv moduli boʻyicha onlayn tarzida; 3-juftlik: “Ilk va maktabgacha yoshidagi bolalar rivojlanishiga qoʻyiladigan Davlat talablari asosida «Ilk qadam” davlat oʻquv dasturini amalda joriy etish» oʻquv moduli boʻyicha; 4-juftlik: «Rivojlantiruvchi markazlarda taʼlimiy faoliyatini tashkil qilish (5 ta markaz faoliyati)” moduli boʻyicha oʻquv mashgʻulotlari oflayn tarzida oʻtkazildi. Shuningdek, oʻquv kurslarida vazirlikning hamda viloyat maktabgacha taʼlim boshqarmasi masʼullari ishtirok etib, yangi malaka oshirish tizimini joriy etishdan koʻzlangan asosiy maqsad va uni amaliyotga joriy etish boʻyicha ishtirokchilarga atroflicha tushunchalar berishdi. Tashkil etilgan oʻquv kurslari davom etmoqda. Maʼlumot uchun, Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirining 2022-yil 11-fevraldagi “Maktabgacha taʼlim tashkilotlari rahbar va pedagog kadrlarini malakasini oshirishning yangi tizimini tajriba-sinovdan oʻtkazishga tayyorgarlik toʻgʻrisida”gi 17-sonli buyrugʻiga asosan trenerlik kurslari tashkil etildi. Bunda oʻquv mashgʻulotlarni Puchon universiteti va A.I.Gersen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universiteti yetakchi professor-oʻqituvchilari, xorijiy mutaxassislar tomonidan “Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qoʻyiladigan Davlat talablari asosida «Ilk qadam” va “Ilm yoʻli” davlat oʻquv dasturini amalda joriy etish», “Rivojlantiruvchi markazlarda taʼlimiy faoliyatni tashkil qilish (5 ta markaz faoliyati)”, “Tarbiyachining kasbiy kompetensiyasi va kreativligini rivojlantirish”, “Yozgi sogʻlomlashtirish oylarida tarbiyachining taʼlimiy faoliyati”, “Bolalarni savodxonlikka oʻrgatishning ilgʻor metodlari”, “Maktabgacha taʼlimda ilgʻor xorijiy tajribalar (Koreya tajribasi)”, «Bolalarni maktabga tayyorlashda ilgʻor tajribalar”, “Maktabgacha taʼlim pedagogik jarayonini innovatsion loyihalash” mavzularida seminar treninglar rejalashtirilgan.

Вид сайта
Размер шрифта