Yangiliklar
Maktabgacha ta'lim agentligi
Fargʻonada malakali kadrlar sifat va sonini oshirishga doir seminar boʻlib oʻtdi

Fargʻona viloyatida “Meʼyoriy hujjatlar bilan ishlash, buyruqlarni qonun talablari asosida rasmiylashtirish va malakali kadrlar sifat va sonini oshirish” mavzusida seminar boʻlib oʻtdi.  Viloyat Maktabgacha taʼlim boshqarmasi hamda viloyatning shahar va tuman boʻlimlarning kadrlar bilan ishlash boʻyicha mutaxassislari qamrab olingan ushbu seminar ishida Maktabgacha taʼlim vazirligining Kadrlar boshqarmasi boshligʻi F. Boboyev ishtirok etdi. “Bolaning har tomonlama kamol topib shakllanishini taʼminlaydigan dastlabki dargoh, bu – bogʻcha! Unda tarbiyalanuvchining oʻqishga intilish hissi uygʻonadi va u, muntazam taʼlim olishga tayyorlanadi. Tizim oldiga qoʻyilgan bu sharafli vazifani toʻlaqonli amalga oshirishning qator talablari mavjud. Masalan, tarbiyachi va pedagog kadrlar malakasini oshirish qanchalik muhim sanalsa, ular orasida samarali psixologik-pedagogik uslublarni joriy etish ham shunchalik ustuvor. Shuningdek, maktabgacha taʼlim tashkilotlarini zamonaviy oʻquv-uslubiy qoʻllanmalar, texnik vositalar, oʻyinchoqlar bilan taʼminlash har qachongidan koʻra dolzarb masala. Oʻz navbatida bolalar uchun oʻyinlar yaratish va didaktik oʻyin vositalarini ishlab chiqarish xodimdan muayyan koʻnikma, malaka va tajriba talab etadi. Qolaversa, maktabgacha yoshdagi bolalarni xalqning boy madaniy-tarixiy merosi va umumbashariy qadriyatlar asosida maʼnaviy-axloqiy jihatdan tarbiyalash esa, xodimning zarur darajadagi ilmiy bilim va salohiyatiga bogʻliq. Ayniqsa, maktabgacha tarbiya jarayonlarida bolalarni jismonan sogʻlomlashtirish yuzasidan olib boriladigan saʼy-harakatlarni qoʻllab-quvvatlash, ularni rivojlantirishga koʻmaklashish tizim xodimlari oldida turgan eng muhim vazifa sanaladi”, dedi Maktabgacha taʼlim vazirligi Kadrlar boshqarmasi boshligʻi Farrux Boboyev. Shuningdek, vazirlik masʼul xodimi seminarda koʻrilgan mavzuning joylardagi amaliy ijrosi bilan qiziqdi. Mutasaddilar bilan birgalikda viloyatning turli shahar va tumanlarida boʻlib joylardagi maktabgacha taʼlim tashkilotlari direktorlari va pedagog xodimlari bilan uchrashdi.  Ularning ish faoliyatlari, bilim- salohiyatlari, ish yurituvidagi hujjatlar, ayniqsa, xodimlar va tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishdi. Yoʻl qoʻyilgan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan topshiriqlar berdi. Tizimni ayniqsa kadrlar bilan bogʻliq yoʻnalishlarni yanada rivojlantirish boʻyicha xodimlardan takliflar olindi.

Batafsil
Maktabgacha ta'lim agentligi
“NMTT uyushmasi” Buxoroda

Maktabgacha taʼlim tizimida nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari koʻlami kengayib borayotganligi statistik maʼlumotlardan maʼlum. Respublikaning chekka hududlari: togʻ qishloqlarimi yoki choʻl va kengliklardagi aholi punktlarimi, barchasida oilaviy yoki davlat-xususiy sherikchilik asosidagi nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari faoliyat koʻrsatmoqda va bolajonlarni maktabgacha taʼlimga qamramoqda. Xuddi shuningdek, nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari huquqlarini himoya qilish, metodik tavsiya va ish yuritishda koʻmak berishni niyat qilgan “NMTT uyushmasi” ham koʻlamini kengaytirmoqda.    Bu gal uyushma Buxoro viloyatida boʻldi. Dastavval uyushma faoliyati, maqsad-muddaolari haqida tushuncha berilgan boʻlsa, keyinchalik tadbirkorlar faoliyatida duch kelinayotgan muammolar va yangi dasturlar xususida maʼlumot berildi.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Imkoniyatni qo'ldan boy berma!

Xabaringiz bor, 2020 yil yanvar oyidan boshlab maktabgacha ta`lim muassasalarida xoreograf lavozimi joriy etilgan. Ushbu yo'nalishda faoliyat yurutuvchi yoki kelgusida mazkur lavozimda ishlash istagidagi barcha uchun yaxshi yangilikni e'lon qilamiz. O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi, 2022/2023 o‘quv yili uchun “Xoreografiya jamoalari rahbari” ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha abituriyentlarni sirtqi ta’lim shaklida o‘qishga qabul qilinishini ma’lum qiladi. Ta’lim jarayoni o‘zbek va rus tillarida amalga oshiriladi.  O‘qish muddati 5 yil. Abituriyentlarni onlayn ro‘yxatdan o‘tkazish 15-iyunidan 15-iyuliga qadar (15-iyul kuni ham) bo‘lgan muddatda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali hamda Davlat test markazining rasmiy veb-sayti orqali amalga oshiriladi. Ma’lumot uchun tel: (71) 215-55-83

Maktabgacha ta'lim agentligi
Toshkent viloyatida boshlangan ommaviy sayyor qabullar davom etmoqda

Bugun Ohangaron shahridagi Madaniyat va istirohat bogʻida tashkil etilgan sayyor qabulda Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirining oʻrinbosari Uzoqboy Begimqulov boshchiligidagi maktabgacha taʼlim tizimi mutasaddilari, xususan, Toshkent viloyati Maktabgacha taʼlim boshqarmasi boshligʻi fuqarolarning ushbu sohaga doir murojaatlarini koʻrib chiqishmoqda. Ohangaron tumani va Ohangaron, Olmaliq, Angren shahri aholisi uchun ommaviy sayyor qabul boʻlib oʻtmoqda. Avval xabar berganimizdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi, Vazirlar Mahkamasi, Sudyalar Oliy kengashi, Oliy sud, Bosh prokuratura, Ichki ishlar, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish, Maktabgacha taʼlim, Sogʻliqni saqlash, Bandlik va mehnat munosabatlari, Mahalla va nuroniylarni qoʻllab quvvatlash, Favqulodda vaziyatlar, Qurilish, Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish, Xalq taʼlimi vazirliklari, Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasi, Markaziy bank, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ, «Hududgaztaʼminot» AJ, «Oʻzsuvtaʼminot» AJ, Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi, Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi kabi qator idoralarning rahbarlari va mutasaddilari Toshkent viloyatining shahar va tumanlarida yashovchi fuqarolar bilan bevosita uchrashish, ularning muammolarini joyida hal etish, murojaatlarini oʻrganish boʻyicha boshlangan olti kunlik ommaviy sayyor qabullar davom etmoqda. Fuqarolar muammolari bilan samarali ishlash, yechimini kutayotgan masalalarni “mahallabay” oʻrgangan holda qabullarning beshinchi kuni joriy yilning 23-may kuni Ohangaron shahridagi Madaniyat va istirohat bogʻida Ohangaron tumani va Ohangaron, Olmaliq, Angren shahrida yashovchi fuqarolarning murojaatlari tinglanmoqda. Sayyor qabulda Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirining oʻrinbosari U.Begimqulov, vazirlikning Taʼlim sifatini taʼminlash va innovatsion texnologiyalarni joriy etish boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari N.Ubaydullayeva, Davlat-xususiy sheriklik asosidagi loyihalarni manitoring qilish boʻlimi bosh mutaxassisi S.Xadjiyev, Toshkent viloyati Maktabgacha taʼlim boshqarmasi boshligʻi S.Baratova hamda maktabgacha taʼlim tizimi mutasaddilari fuqarolarni qabul qilishmoqda. Unda Ohangaron tumani va Ohangaron, Olmaliq, Angren shaharlaridan tashrif buyurgan fuqarolar oʻz muammosi boʻyicha murojaat qilishmoqda. Ayni paytda maktabgacha taʼlim sohasiga doir masalalar doirasida 11 nafardan oshiq fuqarolar vazirning oʻrinbosari Begimqulov Uzoqboy Shoimqulovich tomonidan qabul qilindi. Koʻtarilgan masalalar shu joyning oʻzida tegishli rahbarlar ishtirokida hal etilmoqda. Respublika miqyosida hamda vaqt talab etiladigan shikoyatlar nazoratga olinmoqda. Ularni qisqa muddatlarda hal etish yuzasidan koʻrsatmalar berilmoqda. Fuqarolar vazir oʻrinbosari oldiga soha yoʻnalishida oliy maʼlumot olish, oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari ochish va kengaytirish, davlat-xususiy sherikchilik asosidagi loyihalarni koʻrib chiqish, mavjud maktabgacha taʼlim tashkilotlarini rekonstruksiya qilish, shuningdek, maktabgacha taʼlim tashkilotlari mavjud boʻlmagan MFYlarda yangi davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari barpo etishga doir qator masalalarni qoʻyishmoqda. Vazirning oʻrinbosari fuqarolar tomonidan koʻtarilgan ushbu masalalarning sabab-mohiyatini chuqur oʻrganmoqda. Masʼullardan izoh soʻrab, yechimga doir koʻrsatmalar bermoqda.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Favqulodda vaziyatlarning oldini olishga oid amaliy mashgʻulot oʻtkazildi

Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish boʻyicha Hukumat komissiyasining 2022-yildagi chora – tadbirlar rejasiga asosan aprel-may oylari mobaynida fuqaro muhofazasi oyligini tashkil qilish va oʻtkazish maqsadida, Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasi huzuridagi Fuqaro muhofazasi institutidan 2022-yilning 20-may kuni vazirlik markaziy apparati xodimlari bilan favqulodda vaziyatlarda toʻgʻri harakatlanishni, birlamchi oʻt oʻchirish vositalar va ulardan samarali foydalanishni hamda birinchi yordam koʻrsatishni oʻrgatish boʻyicha amaliy mashgʻulot tashkil etildi. Unda favqulodda vaziyatlarning oldini olish — oldindan oʻtkaziladigan hamda favqulodda vaziyatlar roʻy berishi xavfini imkon qadar kamaytirishga, bunday vaziyatlar roʻy bergan taqdirda esa, odamlarning hayotini asrab qolish va sogʻligʻini saqlashga, atrof tabiiy muhitga yetkaziladigan zarar va moddiy talafotlar miqdorini kamaytirishga qaratilgan tadbirlar kompleksi, favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish — favqulodda vaziyatlar roʻy berganda oʻtkaziladigan hamda odamlarning hayotini asrab qolish va sogʻligʻini saqlashga, atrof tabiiy muhitga yetkaziladigan zarar va moddiy talafotlar miqdorini kamaytirishga, shuningdek favqulodda vaziyatlar roʻy bergan zonalarning kengayishiga yoʻl qoʻymaslikka hamda xavfli omillar taʼsirini tugatishga qaratilgan qutqaruv ishlari va kechiktirib boʻlmaydigan ishlar kompleksi haqida maʼlumot berildi. Qayd etilishicha, birinchi yordam uch xil tadbirlar majmuasini oʻz ichiga oladi: 1) tashki shikastlovchi omillar (elektr toki, bosib qolgan ogʻir narsa va x.k) taʼsirini darhol bartaraf etish yoki shikastlangan kishini noqulay sharoitdan xoli qilish (suvdan, oʻt tushgan joydan olib chiqish va x.k); 2) shikastlanish tarziga qarab Birinchi yordam koʻrsatish (bular haqida suyak chiqishi, suyak sinishi, zaharlanish, hushdan ketish, jarohatlanish, kuyish va boshqalar); 3) yaqin atrofdagi kasalxona, poliklinikaga yetkazish. Odam toʻsatdan betob boʻlib qolganida, turli xil baxtsiz hodisalar roʻy berganida, albatta tez yordam chaqirish, noiloj qolgan hollarda duch kelgan transportda davolash muassasasiga olib borish zarur.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Maktabgacha taʼlim vazirligi rahbariyati Sankt-Peterburgga tashrif buyurdi

Sankt-Peterburgdagi A.I.Gersen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universiteti tashkil etilganining 225-yilligiga bagʻishlangan tadbirlarda ishtirok etish maqsadida, Maktabgacha taʼlim vazirligi rahbariyati hozirda Sankt-Peterburgga tashrif buyurishgan. Tashrif doirasida Oʻzbekiston delegatsiyasi Rossiya Federatsiyasi maorif vaziri S.S. Kravsov bilan uchrashadi, Rossiya universiteti tashkil etilganining yubiley sanasiga bagʻishlangan tantanali tadbirlarda ishtirok etadi, shuningdek, Rossiyaning yetakchi taʼlim markazlari “Isteʼdodlar akademiyasi” va “Raqamli texnologiyalar akademiyasi”ga tashrif buyurish va faoliyati bilan tanishishdir. Shu bilan birga, Rossiya tomoni bilan «Malыsh» loyihasi boʻyicha muzokaralar olib borish va «Komanda pedagogov «Komanda pod kluch» loyihasining dastlabki strategiyasi va konsepsiyasini muhokama qilish rejalashtirilgan.   Eslatib oʻtamiz, ushbu istiqbolli loyihalarni amalga oshirish boʻyicha memorandumlar 2021-yil 16-17-noyabr kunlari Moskva shahrida boʻlib oʻtgan ikkinchi Oʻzbekiston-Rossiya taʼlim forumi doirasida imzolangan edi.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Osiyo taraqqiyot banki vakillari bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi

Joriy yilning 17-may kuni Maktabgacha taʼlim vazirligi rahbariyati DXSH departamenti direktori janob Takeo Koike boshchiligidagi Osiyo taraqqiyot banki (OTB) vakillari bilan uchrashuv oʻtkazdi. Uchrashuvda tomonlar Oʻzbekistonda davlat-xususiy sheriklik tamoyillari asosida 100 ta maktabgacha taʼlim muassasasini qurish loyihasini amalga oshirishni muhokama qildilar. Xususan, loyihani amalga oshirishning maqbul mexanizmlari hamda moliyalashtirish masalalari haqida soʻz yuritildi. Shu bilan birga, xorijiy tomon Oʻzbekiston Respublikasida maktabgacha taʼlimning bugungi holati va rivojlanish istiqbollari bilan tanishtirildi. Uchrashuv yakunlari boʻyicha tomonlar loyihani amalga oshirishga samarali tayyorgarlik koʻrish uchun maqbul yechimlarni izlashga tayyor ekanliklarini bildirdilar.  

Maktabgacha ta'lim agentligi
AQSH Qishloq xoʻjaligi departamenti hamda Mercy Corpsʻning Oʻzbekistondagi filiali vakillari bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi

AQSH Qishloq xoʻjaligi departamenti hamda Mercy Corpsʻning Oʻzbekistondagi filiali vakillari bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi Bugun Maktabgacha taʼlim vazirligi rahbariyati AQSH Qishloq xoʻjaligi departamenti hamda Mercy Corpsʻning Oʻzbekistondagi filiali vakillari bilan uchrashdi. Muhokamaning asosiy mavzusi Oʻzbekistonda hamkorlikda amalga oshirilayotgan “Taʼlim uchun oziq-ovqat va bolalar ovqatlanishi” loyihasi boʻldi. Eslatib oʻtamiz, loyihada Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Surxondaryo viloyatidagi maktabgacha taʼlim tashkilotlarini va kanalizatsiya quvurlarini taʼmirlash, jihozlash, toza ichimlik suvi bilan taʼminlash orqali tarbiyalanuvchilarning ovqatlanish sharoitlarini yaxshilash koʻzda tutilgan. Ushbu dastur AQSH Qishloq xoʻjaligi departamenti tomonidan moliyalashtiriladi.

Batafsil
Maktabgacha ta'lim agentligi
Veb-saytdan foydalanish boʻyicha qoʻllanma

Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi veb-saytiga tashrif buyurganda foydalanuvchilar hech qanday qiyinchiliklarga duch kelmasligi uchun yetarlicha qulaylik yaratilgan. Xususan sayt barcha foydalanuvchilarga moslashtirilgan, dizaynda tanlangan ranglar sayt tuzish standartlariga mos. Saytning bosh menyusi 7 ta qismdan iborat: Vazirlik – vazirlik haqida, rahbariyat, markaziy apparat, hududiy boshqarmalar, jamoatchilik kengashi haqida maʼlumot berilgan. Meʼyoriy hujjatlar - unda Oʻzbekiston Respublikasining qonunlari, Prezident va VM qarorlari, idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar kiritilgan. Faoliyat - vazirlikning ochiq hayʼat majlislari, gender tengligi, xalqaro hamkorlik, korrupsiyaga qarshi kurash, tanlovlar, tenderlar, hisobotlar, eʼlonlar, boʻsh ish oʻrinlari, tashqi qarz haqida maʼlumotlar berilgan. Taʼlim-tarbiya - davlat tilida ish yuritish haqida tavsiyalar, didaktik materiallar, elektron kutubxona, ota-onalar, pedagoglar, yoshlar siyosati MTVda, imkoniyati cheklangan bolalar uchun taʼlim joylashtirilgan.  Matbuot xizmati - press-relizlar, yangiliklar, OAV biz haqimizda, fotogalereya, video galereya rukni keltirilgan. Xizmatlari - bolani DMTTga joylash, Navbatni tekshirish, murojaatlar, koʻp beriladigan savollar, “Mening fikrim”, MTTlar xaritasi mavjud. Ochiq maʼlumotlar ruknida esa ochiq yigʻilishlarni oʻtkazish rejalari, byudjet toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq ochiq maʼlumotlar joylashtirilgan.  Shuningdek, alohida “Hududiy boʻlinmalar” ruknida Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi hududiy boʻlinmalari rasmiy veb-saytiga oʻtish havolasi qayd etilgan.  Bogʻlanish - vazirlik manzili, aloqa uchun telefon raqamlari, ish vaqti, joylashgan manzili berilgan.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Namanganda malakali kadrlar sifat va sonini oshirishga oid seminar boʻlib oʻtdi

Namangan viloyatida “Meʼyoriy hujjatlar bilan ishlash, buyruqlarni qonun talablari asosida rasmiylashtirish va malakali kadrlar sifat va sonini oshirish” mavzusida seminar boʻlib oʻtdi. Viloyat Maktabgacha taʼlim boshqarmasi hamda hududiy (shahar va tuman) boʻlimlarning kadrlar bilan ishlash boʻyicha mutaxassislari qamrab olingan ushbu seminar ishida Maktabgacha taʼlim vazirligining Kadrlar boshqarmasi boshligʻi ishtirok etdi. “Bolaning har tomonlama kamol topib shakllanishini taʼminlaydigan dastlabki dargoh, bu – bogʻcha! Unda tarbiyalanuvchining oʻqishga intilish hissi uygʻonadi va u, muntazam taʼlim olishga tayyorlanadi. Tizim oldiga qoʻyilgan bu sharafli vazifani toʻlaqonli amalga oshirishning qator talablari mavjud. Masalan, tarbiyachi va pedagog kadrlar malakasini oshirish qanchalik muhim sanalsa, ular orasida samarali psixologik-pedagogik uslublarni joriy etish ham shunchalik ustuvor. Shuningdek, maktabgacha taʼlim tashkilotlarini zamonaviy oʻquv-uslubiy qoʻllanmalar, texnik vositalar, oʻyinchoqlar bilan taʼminlash har qachongidan koʻra dolzarb masala. Oʻz navbatida bolalar uchun oʻyinlar yaratish va didaktik oʻyin vositalarini ishlab chiqarish xodimdan muayyan koʻnikma, malaka va tajriba talab etadi. Qolaversa, maktabgacha yoshdagi bolalarni xalqning boy madaniy-tarixiy merosi va umumbashariy qadriyatlar asosida maʼnaviy-axloqiy jihatdan tarbiyalash esa, xodimning zarur darajadagi ilmiy bilim va salohiyatiga bogʻliq. Ayniqsa, maktabgacha tarbiya jarayonlarida bolalarni jismonan sogʻlomlashtirish yuzasidan olib boriladigan saʼy-harakatlarni qoʻllab-quvvatlash, ularni rivojlantirishga koʻmaklashish tizim xodimlari oldida turgan eng muhim vazifa sanaladi”, dedi vazirlik Kadrlar boshqarmasi boshligʻi Farrux Boboyev.   Vazirlik xodimi seminarda koʻrilgan mavzuning joylardagi amaliy ijrosi bilan qiziqdi. Shu maqsadda u viloyatning Pop, Toʻraqoʻrgʻon, Chust va Uchqoʻrgʻon tumanlarida boʻldi. Joylardagi maktabgacha taʼlim tashkilotlari direktorlari va pedagog xodimlarining ish faoliyatlari, bilim- salohiyatlari, ular yurituvidagi hujjatlar, ayniqsa, xodimlar va tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishdi. Yoʻl qoʻyilgan kamchiliklar yuzasidan masʼullardan izoh soʻradi. Ijobiy oʻzgarishlarga doir koʻrsatmalar berdi.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Rasmiy munosabat

Bugun, 14-may 2022-yil. “@kompromatuzb” telegram kanali va boshqa bir qator ijtimoiy tarmoqlarda Namangan viloyatining Pop tumanida joylashgan 13-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkilotiga doir “Bogʻcha opalarga mazza a?! Ikkita bolachani bitta joyga yotqizib, oʻrniga oʻziga oyoqni osmonga koʻtarib mazza qilib telefon oʻynab yotaveradi. Bu bogʻcha opaga ham tarbiyachi kerak shekilli?! Tarbiya beradigar bormi?! Qanjiq deydimi bu?!” mazmunidagi videolavha tarqaldi.Albatta, videoyozuvdagi holat ayanchli va salbiy. Ammo, masalaning boshqa bir jihati, mazkur video 2021-yilning 16-aprel kuni tasvirga tushirilgan va “SizdanTelegram” ijtimoiy tarmogʻi orqali 2021-yilning 21-iyun kuni yoritilgan edi.Koʻrinib turibdiki, mazkur videoyozuvning bugungi kun voqeasi talqinida qayta yoritilishi, bu – borib turgan feyk xabar, xolos. Aftidan Namangan viloyati, xususan, Pop tumani suratiga “qora loy” chaplash kimgadir kerak boʻlib qoldi, chogʻi. Zotan, bu masala allaqachon yopilgan va bu holatni keltirib chiqargan xodimlar uchun tegishli choralar qoʻllanilgan va oʻsha vaqtning oʻzida, yaʼni, 2021-yilning 22-iyun kuni rasmiy munosabat quyidagi havola orqali berilgan edi. Keyinchalik, ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan mazkur videoyozuv boʻyicha tegishli chora (vazifasidan ozod etish) qoʻllanilgan. Bundan norizo boʻlgan xodim viloyat fuqarolik sudiga “Ishga tiklash toʻgʻrisida”gi davo arizasi kiritgan. Biroq sud fuqaroning ushbu arizasini qanoatlantirishni rad etgan. 2021-yilning 22-iyun kuni yoritilgan munosabatni yana bir karra eʼtiboringizga havola etmoqdamiz. M U N O S A B A T Namangan viloyat Maktabgacha taʼlim boshqarmasi Axborot xizmati joriy yilning 21-iyun kuni “SizdanTelegram” ijtimoiy tarmogʻida Pop tumani Maktabgacha taʼlim boʻlimiga qarashli 13-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti faoliyatidagi kamchilik sifatida yoritilgan videoga nisbatan quyidagi MUNOSABATni bildiradi: Video havola yuzasidan joriy yilning 22-iyun kuni viloyat Maktabgacha taʼlim boshqarmasi Axborot xizmati jurnalist surishtiruvi oʻtkazdi. Unga Boshqarma va Pop tuman Maktabgacha taʼlim boʻlimi mutaxassislari, 13-sonli Davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti xodimlari, tuman IIB profilaktika noziri, katta leytinant Ilyos Mehmonov hamda tashkilot tarbiyalanuvchilarining ota-onalari – Maftuna Ermirzayeva, Dilshunos Qoʻziboyeva, Ixtiyor Qoʻrchiyev, Dildora Otaboyevalar jalb etildi. Surishtiruv chogʻida ijtimoiy tarmoqda yoritilgan vidiolavha 13-MTT hamshirasi Nigora Mamajonova tomonidan joriy yilning 15-aprel kuni yashirin tarzda, gʻayirli maqsadda yozib olinganligi aniqlandi. Bu haqda videohavola tasvirida koʻringan tarbiyachi Nazokat Parpiyeva oʻz tushuntirishlarida bayon qilib oʻtdi. Unga koʻra, Nigora Mamajonova xonaga juda ohistalik bilan kirib kelgan va ayni oʻsha paytda tarbiyalanuvchi dam olishi uchun ajratilgan oʻrinlarning birida yotgan yordamchi tarbiyachi Dilnoza Hiloliddinovaning xatti-harakatlarini yashirin tasvirga tushirgan. – Men dastlab Nigoraning xonaga kirib kelishini odatiy hol hisoblab, uning hatti-harakatiga eʼtibor bermadim, keyin uning shu xonadagi bolalarning boʻsh oʻrnida yotgan holda onlayn darslarini telefonida koʻrayotgan Dilnozaning ushbu holatini tasvirga olayotganini koʻrib qoldim va uni bunday qilmaslikka chaqirdim. Lekin Nigoraning odati shunaqa, doim biror janjalni keltirib chiqarish uchun mana shunday bahonalar oʻylab topadi. Uning bu galgi qiligʻi ham Dilnozadan “oʻch” olishga qaratilgan edi. Chunki ular muqaddam janjallashib qolishgan edi. Umuman, bu bogʻchada Nigora Mamajonova urishmagan, janjallashmagan xodimning oʻzi yoʻq, – dedi Nazokat Parpiyeva. Dilnoza Hiloliddinova toʻgʻrisidagi surishtiruvimizga koʻra, bu shaxsning muqaddam mazkur tashkilotda yordamchi tarbiyachi boʻlib ishlaganligi, ammo, hozirda tumandagi Pedagogika kolleji talabasi boʻlganligi bois, joriy yilning 1-mart kunidan ishdan chetlatilganligi maʼlum boʻldi.Hozirda tashkilot uchun begona sanaluvchi Dilnoza Hiloliddinova voqea kuni 13-sonli MTT direktori Noila Joʻrayeva tomonidan haqiqatdan ham Sanitariya meyorlari va qoidalariga zid ravishda 1 kunga oʻrindoshlik asosida ishga ruhsat berilgan. Tashkilot direktorining bu hatti-harakati uchun tegishli mutaxassislar tomonidan Boshqarma boshligʻi nomiga tushuntirish xati olindi va intizomiy chora qoʻllandi. Ayni paytda uning faoliyatida yoʻl qoʻyilgan xato va kamchiliklarning bartaraf etish choralari koʻrildi. Oʻrganish davomida tashkilotda 7 ta kuni uzaytirilgan, 4 ta qisqa muddatli guruxlar mavjudligi, ularda jami 220 nafar 3-7yoshli bola tarbiyalanayotganligi, mazkur guruhlar uchun Sanitariya meyorlari va qoidalari asosida joy ajratilganligi, kiyinish, ovqatlanish va dam olish joylari alohidaligi aniqlandi. Xususan, tashkilotda tashkil etilgan 4 ta qisqa muddatli guruh uchun 2 ta xona ajratilgan. Mazkur xonalarda ikki smenada ish tashkil etilganligi kuzatildi. Nigora Mamajonova shaxsi bilan uchrashish, u bilan suhbatlashishning imkoni boʻlmadi. Chunki u, bir necha kundan buyon sababsiz ravishda ishga kelmayotganligi, uni ishga jalb etish uchun yashash manziliga bir necha marta chaqiruv nomalari joʻnatilganligi aytildi. Pop tuman IIB profilaktika noziri, Ilyos Mehmonovga koʻra, Nigora Mamajonova ustidan IIBga kiritilgan shikoyat maxmunidagi murojaat tergovga qadar surishtiruvda koʻrib chiqilayotganligi aytildi.   Suhbatga tortilgan Maftuna Ermirzayeva, Dilshunos Qoʻziboyeva, Ixtiyor Qoʻrchiyev, Dildora Otaboyeva singari ota-onalar 13-MTTda tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlarga, xususan, sogʻlom ovqatlantirish, taʼlimiy va tarbiyaviy jarayonlarga nisbatan eʼtirozlari yoʻqligini bildirishdi.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Namanganda boshlangan uch kunlik ommaviy sayyor qabullar davom etmoqda

Avval xabar berganimizdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi Tursunxon Xudoybergenov rahbarligidagi ishchi guruh, shu jumladan 44 ta vazirlik, idora va muassasalar mutasaddilari, ularning viloyat va tuman tashkilotlari rahbarlari, viloyat hokimligi va sektorlar rahbarlari tomonidan Namangan viloyati shahar va tumanlarida yashovchi fuqarolar bilan bevosita uchrashish, ularning muammolarini joyida hal etish, murojaatlarini oʻrganish boʻyicha boshlangan uch kunlik ommaviy sayyor qabullar davom etmoqda.   Qabullarning ikkinchi kuni Chortoq tumanidagi Karoskon qishlogʻida joylashgan “Orom” tantanalar majmuasida tashkil etildi.   Prezident maslahatchisining oʻrinbosarlari, Respublika Oliy sudi, Bosh prokuratura va qator vazirliklar, shu jumladan Maktabgacha taʼlim vazirining oʻrinbosari Uzoqboy Begimqulov hamda Namangan viloyati Maktabgacha taʼlim boshqarmasi boshligʻi Hilola Yusupova ishtirokidagi ommaviy sayyor qabulda Norin, Uychi, Uchqoʻrgʻon, Chortoq va Yangiqoʻrgʻon tumanlari aholisi toʻliq qamrab olindi.   Unda har besh tumandan 100 nafarlab fuqaro oʻz muammosi boʻyicha murojaat qildi. Ayni paytda maktabgacha taʼlim sohasiga doir masalalar doirasida 16 nafar fuqaro Uzoqboy Begimqulov tomonidan qabul qilindi. Koʻtarilgan masalalar shu joyning oʻzida tegishli rahbarlar ishtirokida hal etildi. Respublika miqyosida hamda vaqt talab etiladigan shikoyatlar nazoratga olindi. Ularni qisqa muddatda hal etish yuzasidan koʻrsatmalar berildi.   Jumladan, shu kuni Chortoq tumanidagi Zafar Diyor nomli mahallaning “Ustazoda” koʻchasi, 92-uyda yashovchi fuqaro Oʻgʻilxon Olimova, Uychi tumanining “Ravot” mahallasi “Bogʻ” koʻcha, 6-uyda yashovchi fuqaro Muyassarxon Turanova, “Bogʻkoʻcha” MFY, “Munis” koʻchasi, 21-uyda yashovchi fuqaro Gulnora Fozilova, “Umid” MFY, “Pillakor” koʻchasi 6-uyda yashovchi fuqaro Mahfuza Karimova, Norin tumani “Yaydoq” MFY, “Namangan” koʻchasi, 19-uyda yashovchi Muqaddam Oʻlmasova maktabgacha taʼlim tashkilotlaridan oʻz ish oʻrinlarini topishdi.   Fuqarolar vazir oʻrinbosari oldiga soha yoʻnalishida oliy maʼlumot olish, oilaviy bogʻcha ochish, mavjud maktabgacha taʼlim tashkilotini rekonstruksiya qilish, shuningdek, bogʻchasiz hududlarda yangi davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari barpo etishga doir qator masalalar qoʻyishdi.   Xususan, Chortoq tumanining “Laskidon” MFY, “Birdamlik” koʻchasi, 214-uyda yashovchi Hayrixon Boboyeva vazir oʻrinbosari bilan oʻtgan yuzma-yuz muloqotda mahallada 120 oʻrinli yangi davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti qurilishi aytilgani, ammo pandemiya oqibatlari sabab bu ishda siljish boʻlmaganini aytib oʻtdi.     Vazir oʻrinbosari fuqaro tomonidan koʻtarilgan ushbu masalaning sabab-mohiyatini chuqur oʻrgandi. Masʼullardan izoh soʻradi. Yechimga doir koʻrsatmalar berdi 

Maktabgacha ta'lim agentligi
Muhim masalalar muhokama etildi

Joriy yilning 12-may kuni viloyat maktabgacha taʼlim boshqarmasida boshqarma boshligʻi rahbarligida navbatdagi kengaytirilgan yigʻilish boʻlib oʻtdi. Videokonferensaloqa (ZOOM) shaklida oʻtkazilgan yigʻilishda boshqarma boʻlim boshliqlari, barcha tuman (shahar) maktabgacha taʼlim boʻlimi mudirlari, MTT direktorlari va Navoiy pedagogika kolleji rahbariyati ishtirok etdi. Kun tartibida bir qator muhim masalalar muhokama etildi. Xususan, Navoiy viloyati Maktabgacha taʼlim tizimida 2022-yilning oʻtgan toʻrt oyi davomida amalga oshirilgan va kelgusida bajarilishi lozim boʻlgan ustuvor vazifalar, Navoiy viloyati prokuraturasining viloyat Maktabgacha taʼlim tizimi faoliyati boʻyicha oʻtkazilgan oʻrganish boʻyicha taqdimnomasi muhokamasi, Maktabgacha taʼlim boshqarmasining ishchi guruhi tomonidan Navbahor va Konimex tumanlarida va Navoiy pedagogika kollejida oʻtkazilgan oʻrganish natijalari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi “2022-2026-yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasi toʻgʻrisida”gi PF-60-son Farmonida berilgan tegishli topshiriqlar toʻgʻrisida ijrosi va boshqa masalalar ijrosi tanqidiy tahlil qilindi. Yigʻilish tanqidiy va tahliliy ruhda oʻtkazilib, uning yakunlari boʻyicha mehnat faoliyati davomida bir qator xato va kamchiliklarga hamda masʼuliyatsizlikka yoʻl qoʻygan hududiy boʻlim mudirlari va masʼullariga, shuningdek, bir qator davlat MTT direktorlariga tegishli tartibda intizomiy jazo choralari qoʻllanilishi belgilandi.   Yigʻilish soʻngida muhokama etilgan masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Bolalarning yoʻllardagi xavfsizligi har bir insonning masʼuliyatidir

Maktabgacha taʼlim vazirligi, Ichki ishlar vaziri Jamoat xavfsizligi departamenti Yoʻl harakati xavfsizligi xizmati, Xalq taʼlimi vazirligi, UNICEFning Oʻzbekistondagi vakolatxonasi hamda Sogʻliqni saqlash vazirligi global kampaniya doirasida Oʻzbekistonda yoʻl harakati xavfsizligi haftaligi boshlanganini eʼlon qildi. Jahon yoʻl harakati xavfsizligi haftaligining maqsadi koʻplab oʻlim va jarohatlanishlarga sabab boʻlayotgan yoʻl-transport hodisalari muammosiga eʼtibor qaratishdir. Bu yil global miqyosdagi kampaniya yuqori tezlikni kamaytirishga qaratilgan, chunki aynan shu holat jiddiy jarohatlar va oʻlimga olib keladigan asosiy sabablardan biridir. “Maktabgacha yoshdagi bolalar uchun, ularning atrofidagi transport visotalarini sezish qiyinroq. Ular atrofdagi vaziyatni baholay olmaydilar. Shu bois transport vositalaridan foydalanayotganda ota-onalar bolalar oʻrindiqlaridan foydalanmasliklari va bolaga xavfsizlik kamarini taqmasliklari, shuningdek, piyodalar yoʻlagida qarovsiz qoldirishi koʻpincha yoʻl-transport vositalarida bolalarning jarohatlanishi va halok boʻlishiga sabab boʻladi. Piyoda bolalar oʻzlarining eʼtiborsizligi tufayli aksariyat hollarda avtomobil gʻildiraklari ostiga tushib qolishadi, kattalar aybi bilan avtomobillarda yoʻlovchi bolalar jarohatlanib halok boʻladi”, deydi Maktabgacha taʼlim vaziri A.Shin. Oʻzbekistonda joriy yilning dastlabki uch oyida 1469 ta yoʻl-transport hodisasi qayd etilgan boʻlib, ulardan 204 tasi bolalar ishtirokida sodir boʻlgan, 39 tasi oʻlimga sabab boʻlgan. Qurbonlarning aksariyati oʻsmirlardir. Yoʻl-transport hodisalarining asosiy sabablari tezlikni oshirish (455 ta), yoʻl harakati qoidalariga rioya qilmaslik (110 ta) va zarur infratuzilmaning yoʻqligi (250 ta), jumladan, piyodalar oʻtish joyining yoʻqligi (804 ta) boʻlgan. Ayrim mamlakatlar tajribasi shuni koʻrsatadiki, oqilona sarmoya evaziga yoʻl-transport hodisalarining toʻliq oldini olish mumkin. Quyidagi chora-tadbirlar yoʻl-transport hodisalarida bolalar oʻlimini sezilarli darajada kamaytirishga koʻmak berishi mumkin: yoʻl harakatining barcha qatnashchilari, jumladan, oʻsmirlar va yoshlar uchun qonunlar ijrosini taʼminlaydigan milliy qonunchilik va siyosatni mustahkamlash; infratuzilma va avariyadan keyingi xizmatlar; maktab hududini yaxshilash dasturlari va maktab hududida yoʻl harakati qoidalarini buzganlik uchun jarimalar tizimini ishlab chiqish; yangi haydovchilarga haydovchilik guvohnomalarini berishning ishonchli tizimini ishlab chiqish va joriy etish; maktab oʻquvchilari uchun yoʻl harakati xavfsizligi boʻyicha oʻquv dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish; aholi xabardorligini oshirish boʻyicha samarali tizimini ishlab chiqish va joriy etish; fuqarolik jamiyati tashkilotlarini qoʻllab-quvvatlash.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Oʻrganish ishlari olib borildi

Maʼlumki, “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq davlat organlarida xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni taʼminlash masalalari boʻyicha maslahat kengashlarini tuzish belgilangan. Maktabgacha taʼlim vazirligida tashkil etilgan maslahat kengashi faoliyati Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qoʻmitasi huzuridagi ishchi guruh tomonidan oʻrganib chiqildi. Unda Davlat organida xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni taʼminlash masalalari boʻyicha Maslahat kengashi faoliyati yoʻlga qoʻyilganligi, Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq va imkoniyatlarning taʼminlanishi vakolatli shaxs zimmasiga yuklatilganligi, shuningdek davlat organida jins boʻyicha bevosita va bilvosita kamsitishga olib kelishi mumkin boʻlgan hollar toʻgʻrisidagi statistik maʼlumotlar va axborotlar mavjudligi, muntazam ravishda ularni yigʻish hamda tahlil qilish yoʻlga qoʻyilganligi koʻrib chiqildi. Guruhga Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qoʻmitasida doimiy ishlovchi senator Gulnora Maʼrufova rahbarlik qilmoqda.

Batafsil
Maktabgacha ta'lim agentligi
“Bolalar bogʻchasi” axborot tizimi va NMTTBATdan foydalanish o'rgatilmoqda

Joriy yilning 6-may kuni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Moliya vazirligi huzurida davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi faoliyatini tashkil etish hamda byudjet tashkilotlarida moliyaviy nazoratni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”dagi qarori ijrosini taʼminlash maqsadida, Maktabgacha taʼlim vazirining “Bolalar bogʻchasi” va “Nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarini boshqarish” axborot tizimlarini joriy etish toʻgʻrisida»gi buyrugʻi imzolandi. Unda qayd etilishicha, 10-may sanasidan boshlab “Bolalar bogʻchasi” axborot tizimi va NMTTBATni respublika miqyosida joriy qilish hamda ulardan foydalanish holatlari hududlarga chiqib oʻrgatiladi. Mazkur buyruq asosida hozirda jadal ishlar olib borilmoqda. Xususan: Andijon, Fargʻona, Namangan hududlaridagi DMTT va DXSH tashkilotlari xodimlariga “Moliya vazirligi huzurida davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi faoliyatini tashkil etish hamda byudjet tashkilotlarida moliyaviy nazoratni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”dagi qaror mazmun mohiyatini toʻgʻri yetkazish; NMTTBATdan foydalanish boʻyicha seminarlar oʻtkazish; NMTTBATni 20-mayga qadar viloyatdagi DMTT va DXSH tashkilotlarida joriy etilishini taʼminlash; NMTTBATdan foydalanish davrida kamchiliklar yuzaga kelgan taqdirda, ularni joyida bartaraf etish choralarini koʻrish;     NMTTBATni DMTT va DXSH tashkilotlarida joriy etishda hududiy boʻlinma xodimlariga tashkiliy hamda amaliy tavsiyalar berib borilmoqda.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Korrupsiyani oldini “SKAYNER”larsiz olamiz

Barchamizga maʼlumki, soʻnggi yillarda sohadagi korrupsion holatlarni keskin oldini olish maqsadida raqamlashtirilgan texnologiyalarga oʻtish tizimi jadallik bilan joriy etilmoqda. Xususan, Maktabgacha taʼlim sohasida ham bir qator manzilli dasturlar va loyihalar amalga oshirilmoqda. Yaʼni, yaqin kunlarda bosqichma bosqich maktabgacha taʼlim tashkilotlariga davlat byudjetidan ajratilayotgan subsidiya va kompensatsiyalar hajmi toʻgʻri hisoblanishini taʼminlash maqsadida MTT tarbiyalanuvchilari va tarbiyachilarining davomati raqamlashtirilgan texnologiyalar orqali nazorati yoʻlga qoʻyilmoqda. Bu oʻz navbatida nimani beradi?, bogʻchalarda “oʻlik jonlarga” ish haqi toʻlash holatlarini bartaraf etishga va kunlik taomnomada berilgan mahsulotlarning sarfini aniq hisoblashga imkoniyat yaratadi. “Haqqoniy” xodimlar ish faoliyatini olib borayotganligini tasdiqlab beradi. Shu bilan birga, ortiqcha sarf-xarajatlarni oldini oladi. Bularni barchasi inson omilisiz boʻlishi koʻzda tutilgan. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 14-fevraldagi “Oʻzbekiston Respublikasi davlat byudjeti xarajatlarining samaradorligini yanada oshirish va davlat moliyaviy nazorati organlari faoliyatini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi PQ-128-son qarori hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 24-martdagi “Moliya vazirligi huzurida Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi faoliyatini tashkil etish hamda byudjet tashkilotlarida moliyaviy nazoratni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 129-son qarorida berilgan topshiriq asosida qanday maqsadli vazifalar belgilandi? Endilikda, Biometrik identifikatsiya qilish texnologiyasi orqali maktabgacha taʼlim tashkilotlari xodimlari va tarbiyalanuvchilarining davomatini yuritish tizimi ishlab chiqildi va bu tizim mobil ilova yordamida hisobi yuritiladi. Bunda bizga nimalar kerak boʻladi?, MTT uchun mobil qurilma (smartfon yoki planshet) darvoqe, bularni, zaruratdan kelib chiqib, MTT oʻzining byudjet va byudjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan belgilangan tartibda xarid qilinishini mumkinligini eslatib oʻtamiz. Shuningdek, bugungi kunda respublikada 98% davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari (2% - yangi qurilib, internetga ulash boʻyicha bu yilgi rejalarga kiritilgan hamda taʼmirlash ishlari olib borilayotgan tashkilotlar hisobiga) internet tarmogʻiga ulangan, yaʼni yangi axborot tizimidan foydalanganda xodimlar hisobidan internet uchun megabaytlar sarflanmaydi. Nodavlat sektorida esa tadbirkor tomonidan internetga ulanishlar tashkil etilishi zarur. Afsuski, “Xalq dardi” ijtimoiy tarmogʻi orqali bu holatni ommaga notoʻgʻri tushunchalar bilan olib chiqilishida, oʻzbek dialektida ishlatilmaydigan soʻz iboralarini qoʻllagan holda xabar tarqatilmoqda. Hurmatli ijtimoiy tarmoq vakillari, Sizdan maʼlumot yoki xabarni tarqatishdan oldin vazirlik Axborot xizmati yoki tegishli mutaxassislariga murojaat etishingizni soʻrab qolamiz. Bunday xabarlarni tarqatishda naf nima, ha albatta hammasi oson boʻlmaydi, chunki yillar davomida shakllanib kelgan tizim yangi shaffoflik bosqichini hazm qilishi qiyin kechadi. Asosiy maqsadimiz, Maktabgacha taʼlim tashkilotlari xodimlarining ishga kelib-ketishini hisobga olish hamda tarbiyalanuvchilarning davomatini yuritish shaxsni biometrik identifikatsiya qilish texnologiyasini amaliyotda qoʻllash orqali davlat byudjeti mablagʻlaridan samarali va oqilona foydalanish, DXSH (davlat-xususiy sheriklik) asosidagi maktabgacha taʼlim tashkilotlariga byudjet subsidiyasini ajratish tizimi shaffofligini taʼminlash, korrupsiya holatlari va qogʻozbozlikni oldi olinib (2022-yil 1-iyundan boshlab subsidiyalar hajmi avtomatik ravishda hisoblanadi, bunda qogʻoz shaklda har oylik buyurtmanomani toʻldirish hamda ularni maktabgacha taʼlim va moliya boʻlimlari bilan kelishish zarurati yoʻqoladi) tadbirkorlar va fuqarolarga qulayliklar yaratilishiga erishishdir. Eslatma: nodavlat tashkilotlarida (DHSH, shu jumladan oilaviy MTTlar) subsidiyalarni berish jarayonini raqamlashtirishda foydalaniladigan texnik jihozlarni xarid qilish, aloqa xizmatlari va axborot tizimidan foydalanish bilan bogʻliq xarajatlarni oʻz mablagʻlari hisobidan amalga oshiradi. Bu Hukumatning yuqoridagi qarorida belgilab oʻtilgan (DXSH tashkilotlari oʻz ehtiyojlari uchun qoʻllab kelayotgan mobil qurilmadan ham foydalanish imkoniyati mavjud boʻlib, alohida jihozlarni sotib olish talab etilmasligi mumkin).   Murojaatdagi taklif va maslahat yuzasidan:   Vazirliklarda, banklarda, idora va boshqa tashkilotlarda qoʻllanilayotgan Shaxsni biometrik identifikatsiya qilish qurilmalarini asosan maktab va undan katta yoshdagi shaxslarga nisbatan qoʻllash kutilgan natija beradi (maktabgacha yoshdagi bolalar ertalab turli xil kayfiyatlarda tashkilotga tashrif buyurdi, bu esa ularni aynan Shaxsni biometrik identifikatsiya qilish qurilmalarini qarashlarini tashkillashtirish qiyinchilik tugʻdiradi); Har bir tashkilotning kirish qismiga “Nazorat punkti” qurish (yengil konstruksiyadan tayyorlangan hollarda ularni sotib olish va oʻrnatish) talab etiladi; Shaxsni biometrik identifikatsiya qilish qurilmalarini tan narxi nisbatan yuqori hamda bunday moslamalarni oʻrnatish (montaj qilish) alohida mutaxassislar yordamini talab qiladi; Maktabgacha yoshdagi bolalar hamda tashkilot xodimlarining boʻylaridagi tafovut ancha katta boʻlib, tashkilotga kelgan har bir shaxsga nisbatan moslashtirib turilishi (bu qurilmani tez ishdan chiqishiga olib keladi) yoki tarbiyalanuvchilar va xodimlar uchun alohida-alohida qurilmalar oʻrnatish zarur (bu esa yana mablagʻ talab etadi). Shaxsni biometrik identifikatsiya qilish qurilmalari uchun doimiy elektr energiyasi hamda uzluksiz internet tarmogʻi talab etiladi. Mobil ilovada davomat maʼlumotlarini oʻzida saqlab, internet tarmogʻiga ulanish mavjud boʻlganida maʼlumotlarni axborot tizimiga yuboradi.

Maktabgacha ta'lim agentligi
2022–2026-yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasini «Inson qadrini ulugʻlash va faol mahalla yili»da amalga oshirishga oid Davlat dasturini ijrosini tashkil etish boʻyicha

Kuni kecha, 2022–2026-yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasini “Inson qadrini ulugʻlash va faol mahalla yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturini ijrosini tashkil etish boʻyicha brifing boʻlib oʻtdi. Barchaga maʼlumki, bugungi kunda respublikada jami – 588 695 nafar 6 yoshli bolalar  maktabga tayyorlov tizimi bilan qamrab olingan. Ularning 162 208 nafari Majburiy bepul bir yillik boshlangʻich taʼlimga tayyorlov guruhlariga, 357 699 nafari toʻliq kunlik tayyorlov guruhlariga, 68 788 nafari qisqa muddatli tayyorlov guruhlariga jalb etilishi natijasida qamrov darajasi 83,8 foizga yetkazildi. Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasini “Inson qadrini ulugʻlash va faol mahalla yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturining 38-maqsadga muvofiq, Maktabgacha taʼlimdagi qamrov darajasini hozirgi 67 foizdan kamida 80 foizga yetkazish belgilangan. Ushbu maqsadning 200-bandida 2022-yil yakuniga qadar 6 yoshli bolalarni maktabgacha tayyorlov tizimi bilan qamrab olish darajasini 90 foizga yetkazish koʻzda tutilgan. Bunda Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida qoʻyidagi guruhlar tashkil qilinadi: toʻliq kunlik guruhlar; 1-chorakda 11 347 ta 2-chorakda 11 372 ta 3-chorakda 11 409 ta 4 chorakda 11 474 ta qisqa muddatli guruhlar; 1-chorakda 6 250 ta 2-chorakda 6 303 ta 3-chorakda 6 483 ta 4 chorakda 6 615 ta majburiy bepul tayyorlov guruhlari. 1-chorakda 5 441 ta 2-chorakda 5 826 ta 3-chorakda 6 354 ta 4 chorakda 6 723 ta Xabaringiz bor, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Qamrov darajasi past boʻlgan tumanlarda maktabgacha taʼlim tashkilotlari tarmogʻini kengaytirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori doirasida 53 ta tumanda imzolanishi belgilangan 100 ta loyihadan 89 tasi bilan bitimlar imzolandi, bunda 9 ta loyiha kredit mablagʻlarini jalb qilmagan holda amalga oshirilmoqda, loyihaga oʻz ulushini kiritilgan 74 ta bitim boʻyicha -160,4 mlrd. soʻm kredit ajratish yuzasidan Moliya vazirligiga tavsiya berilgan. Bugungi kunda umumiy quvvati 21 950 oʻrin quvvatga ega 747 ta oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari bilan bitimlar imzolandi. Davlat dasturining 201-bandiga muvofiq, Maktabgacha taʼlim tizimiga xususiy sektor mablagʻlarini jalb qilish orqali yangi nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari tashkil etiladi. 2022-yilda davlat-xususiy sherikchiligi asosidagi 1300 ta nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarini hamda oilaviy maktabgacha taʼlim tashkilotlarini tashkil etiladi. Vazirligimiz tomonidan maktabgacha taʼlim tizimi xodimlarini malakasini oshirish toifalarga ajratgan holda har bir toifa uchun oʻquv rejalari, ularning ichidagi modullarning mazmuni Janubiy Koreya, Singapur, Fransiya va Rossiya davlatlarining tajribalarini inobatga olgan holda oʻquv dasturlari, oʻquv uslubiy majmualari muvofiqlashtirildi. Hozirgi davrda Maktabgacha taʼlim vazirligi Gersen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universiteti Toshkent shahridagi filiali bilan hamkorlikda tashkil etilgan, klaster usulida tajriba-sinov uchun qisqa muddatli kurslar uchun Sillabuslar va oʻquv uslubiy majmualari ishlab chiqildi. Shu bilan birga malaka oshirish kurslari faqat anʼanaviy tarzda oʻtkazilmasdan, malaka oshirish va qayta tayyorlash kurslari masofaviy shaklda (my.mdomoi.uz platformasi orqali) oʻtkazilishi joriy etildi. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Fargʻona va Namangan viloyatlarida tajriba-sinov tariqasida maktabgacha taʼlim tashkilotlari rahbar va pedagog kadrlarini malakasini oshirish boʻyicha Maktabgacha taʼlim klasterlari faoliyatini yoʻlga qoʻyish toʻgʻrisida”gi qaror loyihasi ishlab chiqilib, tegishli vazirlik va idoralari bilan kelishgan holda vazirlikning xati asosida Vazirlar Mahkamasiga kiritildi. Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziriligi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasining “Maktabgacha taʼlim tashkilotlari rahbar va pedagog kadrlarining kasbiy bilimi, koʻnikmalari va mahoratini uzluksiz rivojlantirib borishning yangi tizimini tajriba-sinovdan oʻtkazish toʻgʻrisida” qoʻshma qarori bilan “Maktabgacha taʼlim klasterlarida maktabgacha taʼlim tashkilotlari rahbar va pedagog kadrlarining malakasini oshirish boʻyicha muvaqqat tartibi” tasdiqlandi. Davlat dasturining 39-maqsadi Maktabgacha taʼlim tizimida taʼlim sifatini yangi bosqichga olib chiqishga bagʻishlangan. Xususan, dasturning 202-bandida 3 ta vazifa belgilangan. Jumladan, bogʻcha xodimlarining professional tayyorgarligi va mahoratini oshirib borishning takomillashtirilgan tizimini joriy etish ham qayd etib oʻtilgan. Unga koʻra, maktabgacha taʼlim tizimi xodimlarining malakasini oshirish shakl va metodikalarini xalqaro tajriba asosida qayta koʻrib chiqiladi. Shuningdek, hududlarda davlat va nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari rahbar va pedagog kadrlarining kredit-modul tizimiga asoslangan uzluksiz malaka oshirish tizimi joriy etiladi. Shu bilan birga, maktabgacha taʼlim tizimi boshqaruv kadrlari zaxirasini maqsadli oʻqitish tizimini yoʻlga qoʻyish ham ushbu bandda sanab oʻtilgan. 40-maqsadda esa Maktabgacha taʼlim tizimida byudjet mablagʻlarining maqsadli va samarali sarflanishini taʼminlash belgilangan.   Xususan, dasturning 203-bandiga koʻra, Maktabgacha taʼlim tizimida moliyaviy jarayonlarning shaffof tarzda amalga oshirilishi uchun zarur sharoitlar yaratiladi. Ushbu band ijrosini amalga oshirish uchun maktabgacha taʼlim tashkilotlarida zamonaviy raqamli texnologiyalar va idoralararo elektron hamkorlik yoʻlga qoʻyiladi. Shu bilan birga Toshkent shahar, Bektemir tumanidagi davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida yagona axborot tizimi tajriba-sinov tariqasida joriy etiladi.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Videokonferensiya boʻlib oʻtdi

2022-yil 6-may kuni Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi va uning tizimidagi tashkilotlarida yuridik va jismoniy shaxslar bilan ishlash masalalariga oid videokonferensiya boʻlib oʻtdi. Tadbirda Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi rahbariyati va markaziy apparat vakillari, respublikaning barcha viloyat boshqarmalari, shahar va tumanlar boʻlimlari rahbarlari hamda jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari bilan ishlash uchun masʼul xodimlar ishtirok etdilar.    Tadbirda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi masʼul xodimlari S.Xodjayev va J.Mavlonov tomonidan murojaatlar bilan ishlashga oid meʼyoriy-huquqiy asoslar hamda maktabgacha taʼlim tizimida murojaatlar bilan ishlashni oʻrganish jarayonida aniqlangan muammo va kamchiliklar toʻgʻrisida axborot berildi. Maʼlumot uchun, 2021-yilda Maktabgacha taʼlim vazirligiga jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan murojaatlarning umumiy soni 5764 tani tashkil etadi. 2021-yilda 2020-yilning shu davriga nisbatan murojaatlar soni 1874 taga oshgan. 2020-yilda kelib tushgan murojaatlarning 51,2 foizi qanoatlantirilgan boʻlsa, 2022-yilda bu koʻrsatkich 52,3 foizni tashkil etdi.   2021-yilda eng koʻp murojaatlar Toshkent shahridan 868 ta, Samarqand viloyatidan 554 ta, Toshkent viloyatidan 490 ta, Buxoro viloyatidan 479 ta, Namangan viloyatidan 457 ta, Qashqadaryo viloyatidan 457 ta va Jizzax viloyatidan 404 tadan kelib tushgan.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Rasmiy munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda tuman maktabgacha taʼlim boʼlimlari faoliyatini tugatish toʼgʼrisidagi xabarlar tarqalmoqda. Ushbu holat yuzasidan Maktabgacha taʼlim vazirligi quyidagilarni maʼlum qiladi.  Maktabgacha taʼlim vazirligiga Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi tomonidan tuman maktabgacha taʼlim boʼlimlari faoliyatini tugatish hamda boshqa masalalarni nazarda tutuvchi qaror loyihasini ishlab chiqish topshirigʼi berildi. Ayni paytda, Vazirlik har tomonlama tahlil oʼtkazish va tuman maktabgacha taʼlim boʼlimlarini optimallashtirish boʼyicha masʼul boshqarma va idoralardan, jumladan, hududiy boshqarmalardan takliflarni yigʼish, shuningdek, Moliya vazirligi bilan hamkorlikda barcha mexanizmlarni batafsil ishlab chiqishni rejalashtirilgan. Bugungi kunda qaror loyihasi ishlab chiqilish jarayonining endi boshlanganligini inobatga olib, tuman maktabgacha taʼlim boʼlimlari qanday oʼzgarishi toʼgʼrisida maʼlumot mavjud emas.  Shu bilan birga, Vazirlik tuman boʼlimlarini optimallashtirishda barcha xodimlarning, butun tizimning manfaatlari, shuningdek, har bir hududning alohida oʼziga xos xususiyatlari inobatga olinishini kafolatlaydi. Ushbu yoʼnalishdagi ilgʼor jahon tajribasi ham qaror loyihasini ishlab chiquvchilar tomonidan hisobga olinadi. Bundan tashqari, amaliyotda, har qanday takliflar hududlardan birida tajriba-sinov tariqasida oʼtkazilgandan keyin respublika miqyosida joriy etiladi. Tuman boʼlimlarini optimallashtirish natijasida joylarda yanada samarali boshqaruv tizimi tuzilib, pirovardida maktabgacha taʼlim tizimida sifatni oshirish va korruptsiya omillarini kamaytirishga qaratiladi. Bu qadam 2022-2026-yillarga moʼljallangan yangi Oʼzbekistonning taraqqiyot strategiyasi va 2017-yilda qabul qilingan Maʼmuriy islohotlar konsepsiyasiga muvofiq boʼlib maʼmuriy islohotlarning bir qismi hisoblanadi. Tuman maktabgacha taʼlim boʼlimlari faoliyatini optimallashtirish masalasi Taraqqiyot strategiyasida belgilab berilgan va davlat organlari faoliyatini tubdan oʼzgartirishga, kadrlar va moddiy resurslardan oqilona foydalanish hamda professional, adolatli va yuqori samarali davlat boshqaruvi tizimini joriy etishga qaratilgan maqsadlarga toʼliq muvofiqligini alohida taʼkidlash lozim.  Belgilangan maqsadlar davlat organlarining hududiy masalalarni hal etishda masʼuliyatini kuchaytirish, maʼmuriy boshqaruv jarayonlari sifatini oshirish, boshqaruv apparatini qisqartirish va ish jarayonlarini optimallashtirish, barcha darajalarda samarali ishlarni tashkil etish va ochiqlikni taʼminlashni nazarda tutadi.   Mavjud tuman maktabgacha taʼlim boʼlimlari oʼrniga paydo boʼlishi mumkin boʼlgan har qanday mahalliy boshqaruv shakllarining ish mexanizmlari, tuzilishi va vazifalari toʼgʼrisida aniqroq tushunchaga ega boʼlmaguncha, shoshilinch xulosalar qilmaslikka yana bir bor chaqiramiz.

Maktabgacha ta'lim agentligi
“Tabiat bolalar nigohida” mavzusidagi rasmlar tanlovi gʻoliblarni taqdirlash hamda tashkil etilgan respublika koʻrgazmasining ochilish marosimi haqida

“Oʻzbekistonda iqlim oʻzgarishi oqibatlarini yumshatish boʻyicha qisqa (2021-2023-yillar) va oʻrta muddatli (2023-2025-yillar) chora-tadbirlarni amalga oshirish rejasi”ning 44-bandiga muvofiq “Xalqaro Yer sayyorasi kuni munosabati bilan maktabgacha taʼlim tashkilotlarining tarbiyalanuvchilari oʻrtasida “Tabiat bolalar nigohida” mavzusida bolalar rasmlari tanlovi va Respublika koʻrgazmasini tashkil etish” vazifasi belgilangan. Mazkur band ijrosini ta’minlash maqsadida “Tabiat bolalar nigohida” mavzusida bolalar rasmlari tanlovining maktabgacha ta’lim tashkiloti, tuman (shahar), viloyat bosqichlari oʻtkazilib, hududiy boʻlinmalar bosqichida gʻolib deb topilgan rasmlar Respublika bosqichiga taqdim etilgan. Joriy yilning 29-aprel kuni Mirobod tumanida joylashgan 34-sonli Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida “Tabiat bolalar nigohida” mavzusidagi rasmlar tanlovi gʻoliblarni taqdirlash hamda tashkil etilgan “Tabiat bolalar nigohida” respublika koʻrgazmasining ochilish marosimi bo’lib o’tdi. Mazkur tanlov Maktabgacha ta’lim vazirligining tashabbusi bilan hududlarda, “Xalqaro Yer kuni” munosabati bilan maktabgacha taʼlim tashkilotlarining tarbiyalanuvchilari oʻrtasida oʻtkazildi. Tanlov va koʻrgazmaning: davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti 1-bosqichi 10-20-mart kunlari; tuman (shahar) 2-bosqichi 20-30-mart kunlari; hududiy boshqarma 3-bosqichi 1-10-aprel kunlari oʻtkazildi. Tanlov va koʻrgazmaning Respublika bosqichida 14 ta hududdan 3 tadan yuborilgan umumiy 42 ta rasmlar ishtirok etadi. Shu yilning 27-aprel kuni Respublika bosqichiga taqdim etilgan 14 ta hududdan yuborilgan jami 42 ta rasmlar turli vazirlik va idoralar xodimlaridan iborat komissiya aʼzolari tomnidan baholandi hamda I, II, III oʻrin va nominatsiyalar gʻoliblari aniqlandi. Jumladan: I oʻrin - Dadamirzayev Gʻanimirza, Namangan viloyati Toʻraqoʻrgʻon tumani, 9-son DMTT II oʻrin - Saloxiddinova Xurshida, Samarqand viloyati Kattaqoʻrgʻon tumani,5-son DMTT II oʻrin - Xudayberganova Ziyoda, Xorazm viloyati Yangibozor tumani, 17-son DMTT III oʻrin - Tavakallova Shaxnoza, Buxoro viloyati Romitan tuumani, 29-son DMTT III oʻrin - Roʻzimov Shaxzodbek, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ellikqal’a tumani, 3-son DMTT III oʻrin - Abdusalomova Dilnozaxon, Toshkent shahri Uchtepa tumani, 360-son DMTT Oʻrin olgan va nominatsiyalar gʻoliblari vazirlikning diplom, faxriy yorliq va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi. Nominatsiyalar g'oliblari.docx

Maktabgacha ta'lim agentligi
Toshkent shahridagi Puchon universitetida tashkil etilgan “Mehnat yarmarkasi” haqida

2021-2022 oʻquv yilida Toshkent shahridagi Puchon universiteti bitiruvchilarining bandligini taʼminlash hamda ish beruvchilar bilan ochiq muloqot jarayonida hamkorlikni yoʻlga qoʻyish maqsadida joriy yilning 29-aprel kuni universitetda «Mehnat yarmarkasi " boʻlib oʻtdi. 2022-yil fevral oyidan boshlab universitetda Karyera markazi faoliyat koʻrsatib, bevosita taʼlim muassasasi bitiruvchilarini ish bilan taʼminlash boʻyicha ish olib bormoqda. Mazkur tadbirdan koʻzlangan asosiy maqsad bitiruvchilarning bandligini taʼminlash, turli korxona va tashkilotlarda ishlab chiqarish amaliyotini oʻtishi uchun sharoit yaratishdan iborat. Yarmarkada Toshkent shahridagi maktabgacha taʼlim tuman boʻlimlari, nodavlat maktabgacha taʼlim muassasalari va boshqa yirik korxonalar vakillari ishtirok etdi: Erudite Education, Bek kichkintoy, GES Kids, Vosiq international school and kindergarden, Fortuna, Montessori, Lider, Erkatoy Kichkintoy,Zvezdopad znaniy/Happy bee, Sehriyo, HIBBA-VILLA KIDS, Texnopark, Enter Engineering, ApexLife. Tadbir doirasida 2021-2022-oʻquv yili bitiruvchilariga potensial ish beruvchilar bilan bevosita muloqot qilish, oʻzini ifoda etinsh va keyingi ishga joylashish uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishish imkoniyati yaratib berildi.   Umid qilamizki, ushbu tadbir talabalarga potensial ish beruvchilar bilan biznes aloqalarini oʻrnatishga yordam beradi.

Batafsil
Maktabgacha ta'lim agentligi
“Tabiat bolalar nigohida” mavzusida maktabgacha yoshdagi bolalar tomonidan chizilgan rasmlar tanlovining Respublika bosqichi oʻtkazildi

Maktabgacha taʼlim vazirligi tashabbusi bilan “Xalqaro Yer kuni” munosabati bilan “Tabiat bolalar nigohida” mavzusida maktabgacha yoshdagi bolalar tomonidan chizilgan rasmlar tanlovi oʻtkazildi, shuningdek respublika koʻrgazmasini tashkil etilishi rejalashtirilmoqda. “Xalqaro Yer kuni” munosabati bilan maktabgacha taʼlim tashkilotlarining tarbiyalanuvchilari oʻrtasida “Tabiat bolalar nigohida” mavzusida maktabgacha yoshdagi bolalar tomonidan chizilgan rasmlar tanlovlarini oʻtkazish hamda respublika koʻrgazmasini tashkil etish toʻgʻrisida»gi Nizom tasdiqlandi. Mazkur Nizomga asosan tanlov va koʻrgazmaning: • davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti 1-bosqichi 10-20-mart kunlari; • tuman (shahar) 2-bosqichi 20-30-mart kunlari; • hududiy boshqarma 3-bosqichi 1-10-aprel kunlari oʻtkazildi. Tanlov va koʻrgazmaning Respublika bosqichida 14 ta hududdan 3 tadan yuborilgan umumiy 42 ta rasmlar ishtirok etdi. Joriy yilning 27-aprel kuni Respublika bosqichiga taqdim etilgan rasmlarni saralash hamda I, II, III oʻrin gʻoliblarini aniqlandi. 29-aprel kuni Respublika koʻrgazmasini oʻtkazish rejalashtirilgan. Tanlov va Respublika koʻrgazmasi uchun “Tabiat bolalar nigohida” mavzusida maktabgacha yoshdagi bolalar tomonidan chizilgan rasmlar Komissiya aʼzolariga har bir rasm shaffofligini taʼminlash maqsadida raqamli indeks qoʻyilib, saralash uchun taqdim etildi.   Gʻolib va ishtirokchilar vazirlikning esdalik sovgʻalari bilan taqdirlanadi.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Taʼlim klasterining navbatdagi malaka oshirish kurslari tashkil etildi

Namangan pedagogika kollejida tashkil etilgan maktabgacha taʼlim klasterining navbatdagi malaka oshirish kurslari tinglovchilari rejaga muvofiq oʻz faoliyatini boshladi. Rejaga koʻra jami 50 nafar pedagog (shundan 1 nafari oldingi bosqichda oʻzlashtira olmaganligi hisobiga bu bosqichda 51 nafarni tashkil etadi.) MTTlarining tarbiyachilardir.   Har bir tinglovchiga my.mdomoi.uz platformasi orqali ID kodlari, login parollarini olish ishlari olib borilmoqda va bu boʻyicha maktabgacha taʼlim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti tomonidan login parollari olish bilan bir qatorda eng soddalashtirilgan bitiruv malakaviy taqdimotlari mavzularining tarqatib berilmoqda.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Qoʻqon pedagogika kollejida tashkil etilgan Maktabgacha taʼlim klasterida navbatdagi malaka oshirish kurslari yakunlandi

Qoʻqon pedagogika kollejida tashkil etilgan Maktabgacha taʼlim klasterining navbatdagi bosqichi oʻz faoliyatini boshladi. Rejaga koʻra jami 60 nafar pedagog xodimlar, shundan 58 nafari MTT tarbiyachilari ishtirok etishdi. Joriy yilning 18-apreldan 23-aprel kunigacha Qoʻqon universiteti hamda Qoʻqon davlat pedagogika institutidan professor oʻqituvchilar tasdiqlangan modullar boʻyicha maʼruza mashgʻulotlarini oʻtishdi. Tarbiyachilar 19-aprel kuni kirish testlarini topshirishdi. Oʻtilgan modullar boʻyicha test topshiriqlari shaxsiy platformalariga joylashtirilib borildi. Bitiruv loyihaviy malaka ishlari boʻyicha mavzular berilib, rahbarlar biriktirildi. 23-aprel kuni tarbiyachilar chiqish testini topshirib VLI mavzusi boʻyicha himoyaga qilishdi.

Maktabgacha ta'lim agentligi
“Sport - sogʻlik garovi” shiori ostida sport musobaqasi tashkil etildi

Barkamol avlodni sogʻlom voyaga yetkazish hamda ular oʻrtasida sportni targʻib qilish maqsadida maktabgacha taʼlim tizimida ham qator ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, Toshkent shahar Chilonzor tumanidagi maktabgacha taʼlim tashkilotlari oʻrtasida “Sport - sogʻlik garovi” shiori ostida sport musobaqasi tashkil etildi.   Musobaqa soʻnggida faol ishtirok etgan bolajonlar taqdirlandi.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Taʼziya

Kecha soat 14-00dan 15-00ga qadar boʻlgan oraliqdagi vaqtda Andijon viloyati, Oltinkoʻl tumanidagi 31-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkilotida tarbiyalanayotgan 4 yoshli Lutfullayev Xushnudbek maktabgacha taʼlim tashkilotining kun tartibidagi uyqu vaqtida uxlayotganda olamdan oʻtgan. Tashkilot hamshirasining maʼlum qilishicha, ertalabki qabul jarayonida tarbiyalanuvchi Lutfullayev Xushnudbekda hech qanday kasallik alomatlari kuzatilmagan. Kun tartibidagi uyqu vaqtida har doimgidek bolalar uyquga yotqizilgan va tarbiyachi tomonidan tarbiyalanuvchilarni uyqudan uygʻotilganda bola oʻrnidan turmagan va darhol tez yordamga murojaat qilingan hamda tibbiyot xodimlari tomonidan tarbiyalanuvchi tibbiy nazoratdan oʻtkazilgan. Natijada bola uyqu vaqtida olamdan oʻtganligi maʼlum boʻlgan. Hozirgi kunda huquq-tartibot organlari tomonidan surishtiruv, ekspertiza ishlari olib borilmoqda. Ekspertiza xulosalari aniqlangach batafsil maʼlumot berilishini hamda holat Maktabgacha taʼlim vazirligi tomonidan nazoratga olinganligini maʼlum qilamiz. Xushnudbekning oila aʼzolariga sabr tilagan holda oʻz taʼziyamizni izhor etamiz!   Maktabgacha taʼlim vazirligi Axborot xizmati

Maktabgacha ta'lim agentligi
Qibraydagi “Imkon”ga A.I.Gersen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universiteti rahbariyati tashrif buyurdi

Avvalroq xabar berganimizdek, Oʻzbekistonga A.I.Gersen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universiteti rahbariyati tashrif buyurgan. Bugun mehmonlar Maktabgacha taʼlim vazirligi tasarrufidagi Toshkent viloyatining Qibray tumanida joylashgan “Imkon” reabilitatsiya markaziga ega boʻlgan koʻptarmoqli ixtisoslashtirilgan davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti faoliyati bilan tanishishdi. Toshkent viloyatining Qibray tumanida joylashgan “Imkon” reabilitatsiya markaziga ega boʻlgan koʻptarmoqli ixtisoslashtirilgan davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti 150 quvvatga ega boʻlib, bugungi kunda 100 nafarga yaqin - nutqida ogʻir nuqsonlari boʻlgan bolalar, eshitishida ogʻir nuqsonlari boʻlgan bolalar, koʻrishida ogʻir nuqsonlar boʻlgan bolalar, psixik rivojlanishda kechikayotgan bolalar, aqli zaif boʻlgan bolalar, tayanch harakatida nuqsoni boʻlgan bolalarda sogʻlomlashtirish ishlari hamda taʼlim-tarbiya ishlari olib borilmoqda. Ushbu MTTda 2 yoshdan 7 yoshgacha boʻlgan maxsus ehtiyojli bolalar hafta davomida 5 kun, 24 soat davomida shifokorlarning doimiy nazorati ostida sogʻlomlashtirish ishlari hamda “Ilk qadam” davlat oʻquv dasturi boʻyicha taʼlim-tarbiya olishmoqda.Bugungi kunda 150 nafar tarbiyalanuchilarga moʻljallangan “Imkon” reabilitatsiya markazi ega boʻlgan koʻptarmoqli ixtisoslashtirilgan davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti Nukus shahri (Qoraqalpogʻiston Respublikasi) va Toshkent viloyatining Qibray tumanida zamonaviy talablar asosida qurilib faoliyatini boshlagan. Mehmonlar tashkilotga tashrif davomida tashkilot xodimlari bilan muloqotda boʻlishib, ularning mutaxassisligi va taʼlim olgan oliygohlari bilan qiziqishdi. Bu kabi samimiy muloqotdan maqsad, kelajakda koʻptarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim tashkilotlari uchun pedagog kadrlar hamda defektolog, logoped kabi mutaxassislarning koʻlamini kengaytirish boʻlsa ne ajab. Maʼlumot uchun: Ushbu tashkilotda pedagoglar jamoasi 15 nafar tarbiyachi, 16 nafar tarbiyachi yordamchisi, 13 nafar defektolog, 1 nafar psixolog, musiqa xodimi va jismoniy tarbiya oʻqituvchisidan iborat.Mehmonlarning fikricha, Oʻzbekistonda imkoniyati cheklangan shaxslarning jamiyatda oʻz oʻrniga ega boʻlishi uchun, maktabgacha taʼlim tizimidanoq samarali ishlar boshlangan. Bu albatta quvonarli ekanligini taʼkidlashdi. Maʼlumot oʻrnida shuni taʼkidlash lozimki, hozirgi kunda Oʻzbekistonda yangi avlod maktabgacha taʼlim tashkilotlari hamda koʻp tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim tashkilotlari tizimida rivojlanishida orqada qolgan bolalar uchun qulay va xavfsiz muhitni yaratish boʻyicha barcha shart-sharoitlar yaratilgan. Zamonaviy jamiyatning muhim vazifalaridan biri-bu alohida ehtiyojli bolalarga gʻamxoʻrlik qilish va ularga birinchi navbatda inklyuziv taʼlimni joriy etish orqali sifatli taʼlim olishlari uchun zarur shart-sharoitlarni yaratishdir.   Maktabgacha taʼlim vazirligi Axborot xizmati

Вид сайта
Размер шрифта