Yangiliklar
Maktabgacha taʼlim tizimi xodimlarining mehnat huquqi, huquqbuzarliklarning oldini olish, shartnomalar va murojaatlar bilan ishlash boʻyicha bilimlarini kuchaytirish maqsadida tizimda, 2022-yilning 14-iyunidan 14-iyuligacha “Huquqiy savodxonlik oyligi” oʻtkazilishi belgilab qoʻyildi. “Huquqiy savodxonlik oyligi” doirasidagi dastlabki davra suhbati Fargʻona vodiysidan boshlandi. Unda Maktabgacha taʼlim vazirligi Yuridik boshqarma boshligʻi, vazirlikning Kadrlar boshqarma boshligʻi, Fargʻona viloyat Adliya boshqarmasi masʼul xodimi, viloyat maktabgacha taʼlim boshqarmasi boshligʻi, Fargʻona, Andijon hamda Namangan viloyatlaridan tashrif buyurgan maktabgacha taʼlim tizimda faoliyat olib borayotgan 500 ga yaqin xodimlar ishtirok etdi. Davra suhbatida maktabgacha taʼlim tizimida faoliyat olib borayotgan xodimlarning huquqiy savodxonligini oshirish, shuningdek shartnomaviy munosabatlarga oid qonunchilik hujjatlari, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlari haqida aniq va batafsil maʼlumotlar berildi. Ochiq, oshkora va samimiy ruhda boʻlib oʻtgan davra suhbatida vodiy viloyatlaridagi maktabgacha taʼlim tizimida faoliyat olib borayotgan xodimlari oʻzlarini qiziqtirgan savollariga vazirlikning Yuridik hamda Kadrlar boshqarmasi boshliqlaridan javob oldilar. Davra suhbatida ommaviy axborot vositalari vakillari ham ishtirok etib, tadbir ishini kuzatib bordi.
BatafsilMaktabgacha taʼlim vazirligida konstitutsion islohotlar muhokama qilindi. Unda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi spikerining oʻrinbosari, “Milliy tiklanish” partiyasi raisi Alisher Qodirov ishtirok etdi. Muhokamada alohida qayd etilishicha, konstitutsiyaviy qonun loyihasi Konstitutsiyamizning 60 dan ortiq moddalariga 200dan ortiq tuzatishlarni nazarda tutmoqda. Konstitutsiyaga oʻzgartishlar “inson-jamiyat-davlat” prinsipiga asoslangan boʻlib, milliy konstitutsiyaviy oʻzlikni aks ettiradi va amaldagi Konstitutsiyamizning barcha boʻlimlariga tub oʻzgartishlar kiritishni nazarda tutadi. Qayd etilishicha, konstitutsiyaviy tuzatishlar, avvalambor, jamiyatning turli ijtimoiy qatlamlariga mansub boʻlgan fuqarolarning shaxsiy, ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, madaniy va ekologik huquqlari hamda manfaatlarini taʼminlashga, himoya qilishga qaratilgan toʻgʻridan-toʻgʻri ishlaydigan normalarga aylanadi. Xususan, Konstitutsiyaning 41-moddasiga qoʻshimcha sifatida maktabgacha taʼlim va tarbiya davlat nazoratida boʻlishi belgilab qoʻyilmoqda.
Joriy yilning 21-iyun kuni Qibray tumani, Nukus va Qarshi shaharlaridagi “Imkon” hamda Zarafshon shahardagi “Umid” reabilitatsiya markazlariga ega davlat koʻp tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim tashkilotlari hamda Toshkent shahri va respublikamizning barcha hududlaridagi davlat koʻp tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim tashkilotlari rahbarlari va mutaxassislarining milliy tizimini yaratish, shuningdek, imkoniyati cheklangan bolalarga erta aralashuv sohasida malaka oshirish boʻyicha vebinar treningda ishtirok etishdi. Unda xalqaro ekspertlar portugaliyalik filologiya fanlari doktori Ana Mariya Serrano, portugaliyalik tibbiyot fanlari doktori Joze Boavida Fernandesh maʼruzalari bilan ishtirok etishdi. Ushbu vebinar imkoniyati cheklangan bolalar uchun erta aralashuv boʻyicha dalillarga asoslangan amaliyot bilan bogʻliq asosiy tushunchalar va gʻoyalarni joriy etish va taqdim etishga qaratilgan bir qator vebinarlarning uchinchisidir. Ular milliy manfaatdor tomonlar va rivojlanishda kechikishlar hamda nogironligi boʻlgan yosh bolalarga, shuningdek, ularning oilalariga xizmat koʻrsatish bilan shugʻullanadigan turli amaliyotchilar oʻrtasida zamonaviy erta aralashuv amaliyoti va tizimlarining asosiy tamoyillari, shuningdek elementlari haqida xabardorlikni oshirishga qaratilgan. Vebinarlar YUNICEF mintaqaviy byurosi tomonidan erta bolalik aralashuvi boʻyicha Yevropa assotsiatsiyasi (EURLYAID) bilan hamkorlikda erta bolalikka aralashuvning zamonaviy amaliyotlari va tizimlari boʻyicha mintaqaviy va milliy ishlarni ilgari surish boʻyicha salohiyatni oshirish tashabbuslari doirasida tashkil etiladi.
2022-yil 22-iyun kuni Maktabgacha taʼlim vazirligi huzurida Jamoatchilik kengashining yigʻilishi hamda sohada amalga oshirilgan ishlar va rejalashtirilgan vazifalar yuzasidan matbuot anjumani boʻlib oʻtdi. I. Maktabgacha taʼlim tizimi boʻyicha 2017-2021-yillarda amalga oshirilgan ishlarning tahliliy maʼlumoti 2017-yilda maktabgacha taʼlim tizimiga ajratilgan mablagʻlarning (jami 2,0 trln.soʻm) YAIMdagi ulushi 0,7 foizni tashkil etgan boʻlsa,2021-yilda 7,3 trln.soʻm ajratilgan boʻlib bu koʻrsatkich 1,06 foizni tashkil etdi. Shu bilan birga, Davlat byudjeti xarajatlari tarkibidagi ulushi2017-yilda 4,46 foizni, 2021-yilda kelib 4,86 foizni tashkil etdi. 2017-2021-yillarda bolalarni maktabgacha taʼlim bilan qamrab olish darajasi ikki barobardan oshdi. Jumladan, 2017-yilda maktabgacha yoshdagi bolalarning 708 ming nafari, 2020-yilda 1 mln 700 ming nafari,(60,9 foiz) maktabgacha taʼlim bilan qamrab olingan boʻlsa, bugungi kunga qadar qoʻshimcha 257 ming nafar (+ 8,5 foiz) bola qamrab olinishi hisobiga ularning soni 1 mln 957 ming nafarga (69,4 foiz) yetdi. Respublikadagi barcha bolalar uchun bir xil boshlangʻich imkoniyatlarni yaratish yoʻlida har bir bolaning maktabga kirishidan bir yil oldin umumiy oʻrta taʼlimga majburiy bir yillik tayyorgarlikdan oʻtishga boʻlgan huquqi “Maktabgacha taʼlim va tarbiya” toʻgʻrisidagi qonun bilan kafolatlandi. Endilikda bolalar maktabga chiqishdan oldin bir yillik majburiy bepul maktabga tayyorlovdan oʻtkazilmoqda. Joriy yil yakuniga kelib qamrab olingan 6 yoshli bolalar soni 589 ming nafarga (83,8 foiz) yetdi. 2017-yildagi 5 211 ta maktabgacha taʼlim tashkilotlari soniga nisbatan besh barobarga oshib, hozirda 28 012tani (2020-yilda 18 254 ta) tashkil etmoqda. Tizimga xususiy sektorning jalb qilinishi natijasida nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari soni 250 tadan 21 600 taga yetdi. Jumladan, davlat-xususiy sherikchilik sohasidagi oilaviy maktabgacha taʼlim tashkilotlari soni 19 672 taga yetdi. Davlat-xususiy sherikchiligi asosidagi maktabgacha taʼlim tashkilotlarining 56 foiz tarbiyalanuvchilari imtiyozli shartlarda ota-ona toʻlovini amalga oshiradi. Ushbu maktabgacha taʼlim tashkilotlarini tashkil qilishga 2,2 trln. soʻm imtiyozli kredit mablagʻlari yoʻnaltirildi. Natijada maktabgacha taʼlimga jalb etilgan bolalarning 32 foizi nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida taʼlim-tarbiya olmoqda. 2018-2021-yillarga moʻljallangan Investitsiya dasturlari doirasida1 424 ta (2021-yilda 199 ta) obyektlarda qurilish-taʼmirlash ishlari amalga oshirilishi natijada bolalar uchun qoʻshimcha 73 mingdan ortiq (2021-yilda 12 395) oʻrinlar yaratildi. Ijtimoiy himoyaga muhtoj oila farzandlari uchun bepul maktabgacha taʼlimning muqobil turlari joriy etildi. Jumladan: “Aqlvoy” loyihasi doirasida respublikadagi maktabgacha taʼlim tashkilotlari mavjud boʻlmagan hamda qamrov koʻrsatkichlari past boʻlgan142 ta MFYda 7 mingga yaqin bolalarni qamrab oladigan qayta jihozlangan 65 ta avtobuslar negizida 387 ta mobil guruhlar shakllantirildi. BMTning Xalqaro bolalar fondi YUNISEF tashkiloti bilan hamkorlikda tajriba-sinov tariqasida Namangan va Xorazm viloyatlarida8 ta maktabgacha taʼlimning “Turli xil yoshdagi maktabgacha taʼlim guruhlari” (oʻyin guruhlari) muqobil shakli joriy etilib, jami 400 nafar bola qamrab olindi. Shu kunga qadar Maktabgacha taʼlim vazirligi va xorijiy hamkorlar oʻrtasida Oʻzbekiston Respublikasida maktabgacha taʼlim tizimini rivojlantirishga qaratilgan 71 ta memorandum va kelishuvlar imzolandi. Maktabgacha taʼlim sohasiga xorijiy investitsiyalarni keng jalb etish boʻyicha 141 mln (2021-yilda 43,6 mln) AQSH dollari miqdorida xalqaro kelishuvlarga erishilgan. Shuningdek, maktabgacha taʼlim tashkilotlarini yuqori malakali kadrlar bilan taʼminlash hamda sifatli taʼlim xizmatini koʻrsatish boʻyicha ham muayyan ishlar amalga oshirilmoqda. 2021-2022 oʻquv yilidan boshlab Maktabgacha taʼlim vazirligi tasarrufidagi 96 ta pedagogika kollejlarida jami 54 551 nafar talaba oʻqimoqda. Shundan, kunduzgi taʼlim shakli bilan bir qatorda 11 300 dan ziyod talabalarni qamrab olgan holda ilk bor sirtqi, kechki va dual taʼlim shakllari ham joriy etildi. 2021-2022 oʻquv yilida Toshkent shahrida Puchon universitetining (Janubiy Koreya) “Maktabgacha taʼlim” yoʻnalishida 1 198 nafar talaba, “A.I.Gersen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universiteti” Federal davlat-byudjet oliy taʼlim muassasasi filialining Maktabgacha taʼlim sohasiga oid 298 nafar talaba tahsil olmoqda. Maktabgacha taʼlim tizimidagi pedagoglar soni 2017-yilda 58 400 nafarni, 2021-yil yakunida esa 134 641 nafarni tashkil etdi. Shuningdek, oliy maʼlumotli pedagoglar salmogʻi 21,6 foizdan 33,8 foizgacha (2021-yilda +2,1 foiz) yetkazildi. 2017-2021-yillarda Maktabgacha taʼlim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish institutida 18 469 nafar rahbar, mutaxassis va pedagoglar malakasini oshirgan, 1 443 nafar nomutaxassis kadrlar qayta tayyorlash kurslaridan oʻtgan. 50 mingdan ortiq rahbar, mutaxassis va pedagoglar uchun kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirish boʻyicha qisqa muddatli kurslar tashkil qilingan. 2018-2021-yillar davomida maktabgacha taʼlim tashkilotlariga 55 ming dona “Ilk qadam” dasturi va davlat talablari, 122 ming komplekt didaktik plakat va kartochkalar, 2 mln 768 ming dona ish daftarlari, 12,5 ming komplekt mavzuli rejalashtirish toʻplami, 153 ming komplekt didaktik oʻyinlar, 475 ming dona bolalarni rivojlantiruvchi oʻyinchoqlar, 80 ming komplekt badiiy adabiyotlar, pedagoglar uchun 255 ming dona oʻquv va metodik qoʻllanmalar yetkazib berildi. Inklyuziv taʼlim tamoyillari va imkoniyati cheklangan bolalarga yordam koʻrsatishning yangi shakllari joriy etilmoqda. Jumladan, Nukus, Qarshi shaharlari va Qibray tumanida “Imkon” reabilitatsiya markaziga ega boʻlgan koʻp tarmoqli ixtisoslashtirilgan va qoʻshma turdagi maktabgacha taʼlim tashkiloti kabi yangi shakllari joriy etildi. 2021-yilda barcha koʻp tarmoqli ixtisoslashtirilgan davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari reabilititsiya asbob uskunalari bilan taʼminlandi. Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti mutaxassislari bilan birgalikda bolalarni ovqatlantirish standartlari, jumladan, oziq-ovqat mahsulotlari roʻyxati hamda ovqat tayyorlash texnologiyasini koʻrib chiqilib, ushbu tamoyillarni amaliyotga tatbiq etish va bolalarning sogʻlom ovqatlanishini taʼminlash maqsadida maktabgacha taʼlim tashkilotlari uchun taomlar retsepti kitobi ishlab chiqildi. II. Maktabgacha taʼlim sohasida hal etilishi lozim boʻlgan dolzarb muammolar va ularni bartaraf etish yoʻllari. Birinchidan, respublikada 1,1 mingga yaqin MFYda maktabgacha taʼlim tashkilotlari mavjud emas. Buning uchun: - har yilgi Investitsiya va boshqa dasturlar doirasida davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarini qurish va boʻsh turgan obyektlarni rekonstruksiya qilish; - maktabgacha taʼlimning muqobil shakllarini joriy qilish; - qurilishning muqobil shakllaridan foydalanish; - yangi qurilish uchun xorijiy grant va kredit mablagʻlarini jalb qilish; - nodavlat sektorning sohadagi ulushini oshirish; - turar-joy binolarining birinchi qavatlaridan foydalangan holda yangi quvvatlarni yaratish ishlarini rivojlantirish. Ikkinchidan, maktabgacha taʼlim tashkilotlari xodimlarining oylik maoshlari pastligi kadrlar qoʻnimsizligini keltirib chiqarmoqda, shuningdek tajribali kadrlarni jalb etish imkoniyatlarini pasaytirmoqda. Maʼlumot uchun, oliy toifadagi tarbiyachining bazaviy tarif stavkasi 1,8 mln soʻmni; birinchi toifadagi 1,7 mln soʻmni; ikkinchi toifadagi 1,57 mln soʻmni va oliy maʼlumotli tarbiyachining bazaviy tarif stavkasi 1,45 mln soʻmni hamda oshxona oshpazining ish haqi miqdori 909 ming soʻmni tashkil etadi. Buning uchun: - maktabgacha taʼlim tashkiloti tarbiyachilari ish haqi miqdorini boshlangʻich sinf oʻqituvchilarining ish haqiga tenglashtirish; - maktabgacha taʼlim tizimi xodimlarining bazaviy tarif stavkalarini oshirish boʻyicha normativ-huquqiy hujjatni qabul qilish. Uchinchidan, maktabgacha taʼlim tashkilotlarida oliy maʼlumotli pedagog kadrlar ulushi atigi 33,8 foizni tashkil etadi. Oliy maʼlumotli kadrlar ulushini oshirish uchun: A.I.Gersen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universiteti Toshkent filiali va Toshkentdagi Puchon universitetida maktabgacha taʼlim yoʻnalishlarida sirtqi taʼlim shaklini kengaytirish; A.I.Gersen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universiteti bilan hamkorlikda “Komanda pedagogov pod klyuch” loyihasini amalga oshirish; maktabgacha taʼlim sohasida kadrlarni fanlararo integrativ tayyorlash, bunda maktabgacha taʼlim yoʻnalishida universal kadr tayyorlashni, yaʼni har bir bitiruvchi ham tarbiyachi, ham musiqa rahbari, ham jismoniy tarbiya yoʻriqchisi, ham xorijiy til oʻqituvchisi kompetensiyasi bilan tayyorlanishini taʼminlash boʻyicha takliflar ishlab chiqish; - Maktabgacha taʼlim tashkilotlari rahbar kadrlari zahirasini maqsadli oʻqitish kurslarini yoʻlga qoʻyish; - bakalavriatning nopedagogik taʼlim yoʻnalishlari bitirgan oliy maʼlumotli kadrlar uchun kasbiy qayta tayyorlash kurslarini, musiqa, jismoniy tarbiya, xorijiy til yoʻnalishlarini bitiruvchilari uchun pedagogik qayta tayyorlash kurslari tarmogʻini kengaytirish. Toʻrtinchidan, maktabgacha taʼlim tashkilotlari pedagog kadrlarining salohiyati past, rahbar va pedagog kadrlarning professional tayyorgarligi va mahoratini oshirib borishning samarali tizimi mavjud emas. Buning uchun: - KOICA ning “Oʻzbekistonda kadrlarni tayyorlash, oʻqitish va rivojlantirish boʻyicha Kompleks markazni tashkil etish orqali maktabgacha taʼlim tashkilotlari pedagog kadrlari salohiyatini oshirish” loyihasi doirasida tizimli ishlarni yoʻlga qoʻyish; nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlaridagi pedagog kadrlarni malakasini oshirish, shu jumladan qisqa muddatli oʻquv kurslarini tashkil etish; - pedagog kadrlarni malakasini oshirishning koʻp ballik tizimga asoslangan uzluksiz, muqobil shakllarini tajriba-sinov tariqasida joriy etish; - pedagogika kollejlari bazasida oliy taʼlim muassasalari ishtirokida tajriba-sinov tariqasida “Maktabgacha taʼlim klasteri” faoliyatini yoʻlga qoʻyish; pedagog kadrlarning kasbiy rivojlanish monitoringini olib borishning elektron axborot tizimini joriy etish.
2022-yil 21-iyun kuni Samarqand viloyati Kattaqoʻrgʻon tumanida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi tomonidan ommaviy qabul boʻlib oʻtdi.Ommaviy qabul davomida maktabgacha taʼlim tizimiga oid 11 ta murojaatlar boʻldi hamda ushbu murojaatlardan 9 nafari Kattaqoʻrgʻon tumani,1 nafari Ishtixon va 1 nafari Kattaqoʻrgʻon shahri fuqarolaridan kelib tushdi.Qilingan murojaatlarning 4 nafari oilaviy MTT tashkil etish uchun bitim imzolanishini tezlashtirish boʻlib, qolgan 3 nafariga ijobiy hal etilishi aytib oʻtildi.1 nafari DXSH asosidagi MTT tashkil etish boʻyicha qilingan murojaatchiga huquqiy tushunchalar berildi. Bundan tashqari qilingan 11 ta murojaatlarning 5 tasi ijobiy, 3 tasiga joyida huquqiy maslahat berilib, qolgan 3 ta murojaatchining masalasi rad etilish orqali hal etildi.
Toshkent viloyati Maktabgacha taʼlim boshqarmasi tashabbusi bilan maktabgacha taʼlim tashkilotlari faoliyatini boshqarish yuzasidan jamoatchilik nazoratini takomillashtirish hamda Kuzatuv kengashlari faoliyatini samarali tashkil etish maqsadida Toshkent viloyati Ohangaron shahar Maktabgacha taʼlim boʻlimi tasarrufidagi 14-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkilotida “Maktabgacha taʼlim tashkilotlari faoliyatini boshqarish yuzasidan jamoatchilik nazoratini takomillashtirishda Kuzatuv kengashlari faoliyatining oʻrni” mavzusida viloyat miqyosidagi amaliy seminar boʻlib oʻtdi. Unda viloyatning barcha tuman va shahar Maktabgacha taʼlim boʻlimlarining davlat va nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari faoliyatini muqobil oʻqitishni tashkil etish metodistlari hamda maktabgacha taʼlim tashkilotlari direktorlari ishtirok etishdi. Seminar davomida “Kuzatuv kengashi meʼyoriy hujjatlarini yuritilishi”, “Maktabgacha taʼlim tashkilotlarida tashkil etilgan pullik xizmat faoliyatlaridan tushadigan mablagʻlar hisobotini yuritilishi” kabi mavzularda mutaxassislar tomonidan tushunchalar berib oʻtildi. Maktabgacha taʼlim tashkilotlarida tashkil etilgan pullik xizmatlar faoliyati haqida soʻz ketarkan, bunda xolislik, adolat va shaffoflik prinsiplari asosida yoʻlga qoʻyilgan faoliyat yaxshi samaralar berishi xususida fikrlar bildirildi. “SWOT DARAXTI» metodikasi boʻyicha trening tashkil etilib, ishtirokchilar mavzu boʻyicha tajribalaridan kelib chiqib muammolar va uning yechimi borasida fikr-mulohazalarini bildirdilar. Seminarning ikkinchi bosqichi maktabgacha taʼlim tashkilotlarida jamoatchilik asosida tashkil etilayotgan “Konsilium markazi”ning faoliyatiga bagʻishlandi. Konsilium markazining asosiy vazifasi tarbiyalanuvchilarning ota-onalari bilan hamkorlikni kuchaytirish, oilalarda ijtimoiy-maʼnaviy muhitini yanada sogʻlomlashtirishga koʻmaklashish, ota-onalarning farzand tarbiyasidagi huquqiy, maʼnaviy-axloqiy, pedagogik, psixologik bilimlarini oshirishga qaratilgan tadbirlarni amalga oshirishdan iborat. Afsuski, kundalik hayotimizda oʻz farzandining tarbiyasiga yetarlicha eʼtibor bermayotgan ota-onalar, nosogʻlom oila muhitida yashayotgan bolalar ham uchrab turadi. Ularning ota-onalariga nisbatan taʼsir choralarini qoʻllashda jamoatchilikning oʻrni beqiyosdir. Bunday oila farzandlariga yordam koʻrsatish, maʼnaviy muhitni yaxshilashga koʻmaklashishda soha vakillarining mahalla ahli bilan hamkorlikdagi faoliyati ijobiy natijalar berishi kutilmoqda. Shu bois ham maktabgacha taʼlim tashkilotlarida “Yosh onalar maktabi”, “Buvijonlar maktabi”, “Yosh otalar maktabi” yoʻlga qoʻyilib, har ikki tomonning talab va taklifi, istak va imkoniyati, muammo va yechimlari oʻrtaga tashlanib, eng maqbul choralarni koʻrish belgilab qoʻyilgan.
Fargʻona viloyati Fargʻona shahridagi “Sharshara” mahallasida yangi MTT ochildi. Davlat xususiy sherikligi asosidagi mazkur taʼlim tashkiloti 50 oʻringa moʻljallangan boʻlib, bu yerda bolajonlarga ingliz va rus tillarida saboq beriladi.Viloyatdagi Oltiariq tumanidagi “Yangiqoʻrgʻon” MFYda “Shirintoy” nomli yangi maktabgacha taʼlim tashkiloti oʻz faoliyatini boshladi. Davlat xususiy sherikligi asosidagi mazkur taʼlim tashkiloti qurilishiga 4 mlrddan ziyod mablagʻ sarflandi. U 150 oʻrinli boʻlib, tashkilotning ishga tushirilishi natijasida 22 ta yangi ish oʻrinlari yaratildi.Viloyatning Bagʻdod tumanidagi 32-sonli DMTTning yangi 90 oʻrinli binosi foydalanishga topshirildi.Shuningdek, Navoiy shahridagi “Farovon” mahallasida yangi xususiy maktabgacha taʼlim tashkiloti ochildi. U 120 oʻringa moʻljallangan.
Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, “Maʼrifat” targʻibotchilar jamiyati hamda Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondi hamkorligida poytaxtimizdagi 482-sonli maktabgacha taʼlim tashkilotida “Zukko Bolajon” foto-albomi taqdimotiga bagʻishlangan, badiiy-musiqali bayram tadbiri oʻtkazildi. Unda Maktabgacha taʼlim vazirligining masʼullari, “Maʼrifat” targʻibotchilar jamiyati aʼzolari, poytaxtimizda joylashgan maktabgacha taʼlim tashkilotlari mudiralari, tarbiyalanuvchilari ishtirok etdi. Tadbir davomida “Zukko Bolajon!” fotoalbomi ustida yurtimizdagi taniqli olimlar, pedagog-psixologlar, ekspertlar va soha mutaxassislarini jalb etgan holda milliy anʼanalarimizga xos taʼlim-tarbiya, yoʻqolib borayotgan odob-axloq meʼyorlarini yodga soladigan 50 dan ortiq holatni oʻzida aks ettirgan ssenariy loyihalari ishlab chiqilgani va shu ssenariy asosida suratga olish ishlari tashkil etilgani aytildi. Ushbu albom mamlakatimizdagi 17 nafar fan arboblari, adabiyot, sanʼat, madaniyat namoyandalari, olimlar, shoir-yozuvchilar va sportchilar tomonidan maʼnaviy-axloqiy tarbiyani rivojlantirishga hissa qoʻshadigan xulosalar asosida toʻldirilib, 100 dan ortiq lavhalar bilan boyitildi.
BatafsilJoriy yilning 13-iyun kuni “Sifatli taʼlim-inson kapitalini rivojlantirishning hal qiluvchi omili” hamda “Bogʻcha xodimlarining professional tayyorgarligi va mahoratini oshirib borishda olib borilayotgan amaliy ishlar” mavzularidagi matbuot anjumani boʻlib oʻtdi. Unda qayd etilishicha, taʼlimga yoʻnaltirilgan investitsiya nafaqat mamlakatni rivojlantirishning maxsus strategiyasi, balki inson kapitali va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish istiqbollarini yaxshilashga qaratilgan ijtimoiy siyosatdir. Buning natijasida inson kapitali takomillashib, moddiy farovonlik va sogʻlom turmush tarziga erishiladi. Inson kapitali har bir insonning individual kapital shaklidir. Qobiliyat, bilim, koʻnikma va tajriba har bir yoshning shaxsiy mulkidir. Yangi Oʻzbekistonning 2022-2026-yillarga moʻljallangan taraqqiyot strategiyasi va uni 2022-yil – “Inson qadrini ulugʻlash va faol mahalla yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi ijrosini tashkil etish masalalari yuzasidan qabul qilingan yangi taraqqiyot strategiyasida yettita ustuvor yoʻnalish boʻyicha “Inson qadri uchun – 100 ta maqsad” belgilangan. Ular orasida Adolatli ijtimoiy siyosat yuritish, inson kapitalini rivojlantirishga oid vazifalar alohida oʻrin tutishi haqida ushbu matbuot anjumanida taʼkidlab oʻtildi. Prezidentning “2022 — 2026-yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasi toʻgʻrisida”gi farmonida Maktabgacha taʼlim vazirligining zimmasiga 3 ta vazifa yuklatilgan boʻlib, - xususan, 2022/2023-yillarda 6 yoshli bolalarni maktabgacha tayyorlov tizimi bilan qamrab olish darajasini 90 foizga yetkazish; - 2024/2025 oʻquv yili yakuniga qadar esa 100 foizga yetkazish; - Maktabgacha taʼlim tizimiga xususiy sektor mablagʻlarini jalb qilish orqali7 mingdan ziyod yangi nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarini barpo etish; - Bogʻcha xodimlarining professional tayyorgarligi va mahoratini oshirib borishning takomillashtirilgan tizimi joriy etish; - 2022 — 2026-yillarda 160 mingdan ziyod pedagog kadrlarning malakasini oshirish; Maktabgacha taʼlim tizimida moliyaviy jarayonlarning shaffof tarzda amalga oshirish kabi vazifalar belgilanganki, yuqoridagilarning barchasi maktabgacha taʼlim sohasidagi taʼlim tizimini rivojlantirishga qaratilgan. Jumladan, Yangi Oʻzbekistonning 2022-2026-yillarga moʻljallangan taraqqiyot strategiyasining 39-maqsadi ham aynan shu mazmunda boʻlib, “Maktabgacha taʼlim tizimida taʼlim sifatini yangi bosqichga olib chiqish” deb nomlanganligi, bugungi matbuot anjumanining nomlanishiga ahamiyat bergan holda, haqiqatda sifatli taʼlim-inson kapitalini rivojlantirishning hal qiluvchi omili hisoblanishi va bu borada Maktabgacha taʼlim vazirligi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusida belgilangan vazifalar yuzasidan toʻxtalib oʻtildi. “Albatta taʼlim sifatiga eʼtibor qaratilar ekan, birinchi navbatda bogʻcha xodimlarining professional tayyorgarligi va mahoratini oshirib borish bosh maqsad boʻlib, maktabgacha taʼlim tashkilotlarining soni ortgan sari, pedagog kadirlarga boʻlgan ehtiyoj ham oshib borayotganligi, hozirgi kunda maktabgacha taʼlim tashkilotlari xodimlarining professional tayyorgarligi va mahoratini oshirib borishning takomillashtirilgan tizimini joriy etish maqsadida maktabgacha taʼlim tashkilotlari xodimlarining malakasini oshirish shakl va metodikalari xalqaro tajribalar asosida qayta koʻrib chiqilmoqda”-dedi Maktabgacha taʼlim vazirligi masʼul xodimi. Vazirlikning masʼul xodimi soʻzida davom etib quyidagilarni maʼlum qildi: “Pedagoglarning kasbga boʻlgan qiziqishlarini qoʻllab-quvvatlash maqsadida oʻtkazib kelinayotgan oʻquv–amaliy seminarlarda taʼlim–tarbiya jarayonida zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalardan samarali foydalanish malakasini oshirish, nazariy bilimlarining amaliyot bilan mustahkamlanishi yaxshi natijalar koʻrsatmoqda. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 10-iyundagi PQ-5144-son qarori ijrosini taʼminlash maqsadida quyidagi ishlar amalga oshirildi: Jumladan: Maktabgacha taʼlim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish institutida 350 nafar trenerlar tayyorlandi. Ushbu trenerlar tomonidan 2021-yil sentyabr-dekabr oylarida oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari va davlat-xususiy sheriklik asosidagi nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarining 22 mingdan ziyod pedagoglari qisqa muddatli oʻquv kurslarda oʻqitildilar. Maktabgacha taʼlim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti tomonidan “Maktabgacha taʼlim tashkilotlari pedagoglarining kasbiy kompetensiyasi va kreativligini oshirish” mavzusida qisqa muddatli oʻquv kurslari tashkil etildi. Mazkur oʻquv kurslari uchun institut tomonidan 28 nafar hududiy boshqarmalar miqyosida, 414 nafar tuman (shahar) miqyosida trenerlar tayyorlandi. Mazkur trenerlar tomonidan 24 mingdan ziyod pedagoglar qisqa muddatli oʻquv kurslarida oʻqitildi. Shuningdek, institut tomonidan pedagogika kollejlari oʻqituvchilari uchun “Ilm yoʻli” variativ dasturi boʻyicha qisqa muddatli oʻquv kursida 300 nafar pedagogika kollejlari maxsus fan oʻqituvchilari oʻqitildilar. Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi bilan hamkorlikda davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari uchun qisqa muddatli oʻquv kurslari tashkil etildi. Mazkur oʻquv kurslariga oliy taʼlim muassasalarining 70 nafar professor-oʻqituvchilari jalb etildi. Ular tomonidan davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari 1,5 ming nafar psixologlari oʻqitildi. 2021-yilda 14029 nafar pedagog kadrlarning malakasi oshirildi, shundan 8198 nafar tarbiyachilardir. Shuningdek, pedagog kadrlar sifatini oshirish maqsadida qisqa muddat oʻquv kurslari tashkil etilib, mazkur kurslarda 50 mingdan ziyod pedagog kadrlar, shundan 22 mingdan ziyodi oilaviy NMTT pedagog kadrlari faol ishtirok etdilar. 2022-yilda 17288 nafar pedagog kadrlarning malakasini oshirish rejalashtirilgan. Ularning 8600 nafari maktabgacha taʼlim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish institutida, 7500 nafari Xalq taʼlimi vazirligi tasarrufidagi Xalq taʼlimi hodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazlarida, 1188 nafari Jisminiy tarbiya va sport mutaxassislarini ilmiy-metodik taʼminlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutida malaka oshirilishi rejalashtirilgan. 2022-yilning 1-choragida jami 4 652 nafar maktabgacha taʼlim tashkilotlari rahbar va pedagog kadrlarning malakasi oshirildi. Hozirgi kunda maktabgacha taʼlim tashkilotlari xodimlarining professional tayyorgarligi va mahoratini oshirib borishning takomillashtirilgan tizimini joriy etish maqsadida maktabgacha taʼlim tashkilotlari xodimlarining malakasini oshirish shakl va metodikalari xalqaro tajribalar asosida qayta koʻrib chiqilmoqda. Jumladan, Maktabgacha taʼlim vazirligi tassarufida 95 ta pedagogika kollejlari mavjud boʻlib, bu pedagogika kollejlari maktabgacha taʼlim sohasi uchun oʻrta boʻgʻin kadrlarini tayyorlaydi. Bugungi kunda ushbu pedagogika kollejlarida jami 53 197 nafar oʻquvchi tahsil olmoqda. Jumladan, 1-bosqichda 26155 nafar, 2-bosqichda 27042 nafar oʻquvchilar taʼlim olmoqda. Shundan kunduzgi taʼlim shaklida 41374 nafar, sirtqi taʼlim shaklida 8674 nafar, kechki taʼlim shaklida 866 nafar va dual taʼlim shaklida 2283 nafar oʻquvchilar tahsil olishmoqda. Maktabgacha taʼlim vazirligining talab va takliflari asosida kollejlarda tayyorlov yoʻnalishlari oʻquv rejalari tarkibiga “Davlat talablari va MTT oʻquv dasturi” fani, “Bolalarni maktab taʼlimiga tayyorlash”, “Rivojlanish markazlarida bolalar faoliyatni tashkil etish” oʻquv amaliyotlari kiritilganligi, Maktabgacha taʼlim tashkilotlari taʼlim-tarbiya jarayoniga tegishli boʻlgan barcha meʼyoriy-huquqiy hujjatalarni oʻrganish maxsus fanlar oʻquv dasturlariga kiritilganligi aytib oʻtildi. Matbuot anjumanida, pedagogika kollejlarida tahsil olayotgan oʻquvchilar taʼlimni bevosita maktabgacha taʼlim tashkilotlarida ishlash bilan birgalikda olib borayotganliklari, nazariya va amaliyot birligiga erishilayotganligi, bevosita ishlash jarayonida yuzaga keladigan savollarning yechimi taʼlim tashkilotining pedagoglari bilan birgalikda amalga oshirilayotganligi taʼkidlandi. Shu bilan birgalikda pedagogika kollejlariga 2021-yildan dual taʼlim tizimi joriy etilib, dual taʼlim shakli oʻquvchilari haftada 3 kun pedagogika kollejlari oʻquv jarayonlarida ishtirok etishlari va qolgan 3 kunda tegishli maktabgacha taʼlim tashkilotlarida tegishli mashgʻulotlar bilan birga mehnat faoliyatini olib borishayotganliklari haqida maʼlum qilindi. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 19-maydagi “Namangan va Fargʻona viloyatlarida tajriba-sinov tariqasida maktabgacha taʼlim tashkilotlari rahbar va pedagog kadrlari malakasini oshirish boʻyicha maktabgacha taʼlim klasterlari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” gi 268-sonli qarori asosida Namangan viloyati Namangan pedagogika kollejida va Fargʻona viloyati Qoʻqon pedagogika kollejida tajriba-sinov tariqasida Maktabgacha taʼlim klasterlari tashkil etildi. Maktabgacha taʼlim klasterlarida oʻquv mashgʻulotlari Namangan davlat universiteti, Qoʻqon universiteti, A.I.Gersen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universitetining Toshkent shahar filiali, Toshkent shahridagi Puchon universitetlarining professor-oʻqituvchilari va xalqaro konsultantlar tomonidan olib borilmoqda. Bugungi kunda mazkur klasterlarda jami 1022 nafar rahbar va pedagog kadrlarning malakasi oshirildi. Jahon bankining 1-komponent boʻyicha “Yosh bolalarning erta rivojlanishini takomillashtirish” loyihasini amalga oshirish doirasida. Taʼlim sifatini oshirish, bolaga yoʻnaltirilgan taʼlim yondashuvlarini rivojlantirishga koʻmaklashish, “Oʻzbekistonda maktabgacha taʼlimda bola tarbiyasiga yoʻnaltirilgan yondashuvni joriy etish” treningining ikkinchi moduli doirasida treninglar oʻtkazildi. Mazkur treninglarda jami 110 nafar pedagog kadrlar 4 ta guruhga boʻlinib ishtirok etishdi.” “Taʼlimni modernizatsiya qilish davom ettirilar ekan, albatta maktabgacha taʼlim tashkilotlarida bolajonlarga berilayotgan taʼlim sifatini ham tubdan isloh etish ishlari olib borilmoqda”, - deydi vazirlikning Taʼlim jarayoni sifatini taʼminlash va innovatsion pedagogik texnologiyalarni joriy etish boshqarmasi xodimi Nasiba Umirzoqova. Albatta taʼlim sifatini oshirish uchun pedagog kadrlarning sifatini oshirish bilan birgalikda zamon talablariga javob beradigan oʻquv dasturlar, qoʻllanmalar va didaktik materiallarning oʻrni beqiyosdir. Xalqaro ekspertlar ishtirokidagi eng yaxshi amaliyotlar asosida ilk marotaba shaxsga yoʻnaltirilgan va kompetensiyaviy yondashuvga asoslangan maktabgacha taʼlim yoshidagi bolalarning erta rivojlanishiga qoʻyilgan davlat talablari va “Ilk qadam” nomli davlat taʼlim dasturi ishlab chiqilib amaliyotga joriy etildi. Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalarga samarali taʼlim-tarbiya berish hamda qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida Maktabgacha taʼlim va tarbiyaning davlat standarti tasdiqlandi. “Ilk qadam” nomli davlat taʼlim dasturi asosida bolalarni maktabga tayyorlov guruhlarida taʼlim tarbiya jarayonini tashkil etish boʻyicha “Ilm yoʻli” variativ dasturi va imkoniyati cheklangan bolalarni rivojlantirish maqsadida moslashtirilgan taʼlim dasturi amaliyotga kiritildi. “Ilk qadam” dasturini amaliyotga joriy etish uchun pedagoglarga moʻljallangan 6 nomdagi oʻquv metodik taʼminot ishlab chiqildi. Shuningdek, ilk marotaba turli yoshdagi guruhlar uchun yillik mavzuviy rejalar namunasi ishlab chiqildi. Shuningdek, 2018-2021-yillar davomida maktabgacha taʼlim tashkilotlariga oʻquv metodik qoʻllanmalar va didaktik materiallar yetkazib berildi. 2021-yil davomida maktabgacha taʼlim tashkilotlariga yetkazilgan oʻquv-metodik qoʻllanmalar, didaktik plakatlar va oʻyinlar hamda oʻyinchoqlar bilan taʼminlanish darajasi davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlariga 2021-yil davomida: Pedagoglar uchun bolalar davomatini qayd etish daftarlari – 48 811 ta; Pedagoglar uchun 6149 ta “ Ish daftari” (har bir komplekt 5 ta kitobdan iborat); 6 149 ta panoramli ertaklar (har bir komplekt 6 ta kitobdan iborat); 25 000 ta pedagogik qoʻllanma va didaktik materiallar (rus va oʻzbek tillarda); 6 149 ta musiqa rahbarlari uchun qoʻllanma; 20 000 dona “Komikslar” toʻplami (har bir toʻplam 3 dona oʻzbek xalq ertaklaridan iborat); 3-7 yoshli bolalar uchun “Qizil gul”, “Oq gul”, “Sariq gul”, “Moviy gul” nomli taʼlimiy, rangli-bezakli badiiy asarlar, oʻzbek ertaklari va sheʼrlar toʻplami 20 000 nusxada (kitoblar nusxasi ilova qilinadi) ishlab chiqilib maktabgacha taʼlim tashkilotlariga taʼlim-tarbiya jarayonlarida foydalanish uchun yetkazib berildi. Maktabgacha taʼlim tashkilotlarini yuqori sifatli oʻquv didaktik materiallari bilan taʼminlanganligi 10 00 ta “Luliya aylanalari” didaktik toʻplami; 3-7 yoshli bolalar uchun diqqatni jamlash va mantiqiy fikirlarni rivojlantirishga qaratilgan 20 000 ta “SOAT” 20 000 ta elementar matematika tasavvrularini va bilimlarini rivojlantirish boʻyicha didaktik oʻyinlar va masalalar toʻplami (har bir toʻplam 40 ta plakatdan iborat) (rus va oʻzbek tillarda); 10 000 ta koʻrgazmali didaktik plakatlar toʻplami (har bir toʻplam 45 ta plakatdan iborat) (rus va oʻzbek tillarda); 10 000 ta markazlarda faoliyatni tashkil etish uchun didaktik kartochkalar toʻplami (har bir toʻplam 376 ta kartochkadan iborat) (rus va oʻzbek tillarda); oʻzida milliy siymolar, milliy ertaklar hamda multfilm qahramonlari koʻrinishlari va lavhalarini aks ettirgan 6 149 nusxada “Stol teatri” didaktik toʻplami; 3-7 yoshli bolalar uchun “Koʻngilochar” geometrik tushunchalarni hosil qilish va logikani rivojlantirishga qaratilgan grafomatorika boʻyicha 6 149 ta didaktik toʻplam; 466 032 tadan tayyorlov guruhlari tarbiyalanuvchilari uchun “Ish daftarlari”; “Matematika daftari” va “Ingliz tili daftari” ishlab chiqilib, maktabgacha taʼlim tashkilotlariga taʼlim-tarbiya jarayonlarida foydalanish uchun yetkazib berilganligi matbuot anjumanida soha mutaxassislari tomonidan taʼkidlandi. Maʼlumot uchun: Maktabgacha taʼlim tashkilotlarida 2017-yilda jami 58 400 nafar pedagog kadrlar faoliyat yuritgan. Ularning 12 623 nafari (21,6%) oliy maʼlumotli, 45 777 nafari oʻrta maxsus maʼlumotli pedagog kadrlarni tashkil etgan. Bugungi kunda 2022-yilda maktabgacha taʼlim tashkilotlarida jami 149 024 nafar pedagog kadrlar faoliyat yuritib kelmoqda. Shundan: 51 442 nafari (34,5%) oliy maʼlumotli, 97 582 nafari oʻrta maxsus maʼlumotli pedagog kadrlardir. Jumladan, davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida 112 625 nafar pedagog kadrlar faoliyat yuritib kelmoqda. Ularning 41 259 nafari (36,6%) oliy maʼlumotli, 71 366 nafari oʻrta maxsus maʼlumotli pedagog kadrlardir. Bugungi kunda 3-7 yoshli bolalarning umumiy soni 2 820 161 nafarni tashkil etib, shundan 1 957 358 nafar bola (2017-yilda – 708 247; 2018-yilda – 932 310; 2019-yilda – 1 413 290; 2020-yilda – 1 699 566; 2021-yilda – 1 895 148 nafar bola) yoki maktabgacha yoshdagi aholining 69,4 foizi maktabgacha taʼlim bilan qamrab olindi (2017-yilda – 27,7%; 2018-yilda – 37,7%; 2019-yilda – 52,3%; 2020-yilda –60,9%; 2021-yilda – 67,2%). Shu bilan birga 2022-yilning 1-iyun holatiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasida 28 012 ta maktabgacha taʼlim tashkiloti (2017-yilda – 5 211 ta; 2018-yilda – 7 104 ta; 2019-yilda – 13 530 ta; 2020-yilda – 18 254 ta; 2021-yilda – 27 609ta), shu jumladan 6 412 ta davlat va 21 600 ta (shundan 738 ta xususiy, 19 672 ta oilaviy va DXSH doirasida 1 190 ta nodavlat) nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari faoliyat koʻrsatmoqda. Yuqoridagi maʼlumotlar esa, foizlar koʻrsatgichi yildan-yilga ortib borganini koʻrsatadi. Bundan tashqari, «Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim tizimini2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida»gi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qaroriga muvofiq, 2030-yilga kelib maktabgacha taʼlimga bolalarning 80,8 foizini qamrab olish rejalashtirilgan.
2022-yil 9-iyun kuni Toshkent shahridagi maktabgacha taʼlim tashkilotlarining tuman masʼul hamshiralari uchun trening oʻtkazildi. Maktabgacha taʼlim tashkilotlarida tibbiy xizmatni tashkil etish sifatini oshirish maqsadida Toshkent pediatriya instituti va ToshVMOI mutaxassislari bilan birgalikda YUNISEF koʻmagida maktabgacha hamshiralarni tayyorlashning elektron platformasi ishlab tushirilgan edi. “Maktabgacha ta ʼ lim tashkilotlarida tibbiy xizmatni tashkil etish boʻyicha koʻllanmalari” 10 000 nusxada qayta ishlab chiqildi. Shuningdek, “Maktabgacha taʼlim tashkilotlarida tibbiy xizmatni tashkil etish boʻyicha koʻrsatmalar” materiallari asosida onlayn platforma orqali hamshiralarni oʻqitish uchun videomateriallar yaratildi. Toshkent shahri maktabgacha taʼlim tashkilotlari hamshiralarini onlayn oʻqitish boʻyicha birinchi kurs oʻtkazilib, ularning 70 foizi sertifikat bilan oʻquv va test sinovlarini muvaffaqiyatli yakunladilar. Kelgusida Oʻzbekiston Respublikasining barcha viloyatlaridagi maktabgacha taʼlim tashkilotlarida faoliyat koʻrsatayotgan barcha hamshiralarning malakasini bosqichma-bosqich oshirib borish rejalashtirilgan.
Maktabgacha taʼlim sohasi uzluksiz taʼlim tizimining birlamchi boʻgʻini hisoblanib, u har tomonlama sogʻlom va barkamol bola shaxsini tarbiyalash va ularni maktabga tayyorlashda gʻoyat muhim ahamiyat kasb etadi. Mamlakatimizda yoshlarning kelajagiga qaratilayotgan eʼtibor, taʼlim tizimida istiqbolli dasturlar asosida olib borilayotgan amaliy ishlar Vatan, jamiyat taraqqiyoti yoʻlida mustahkam poydevor boʻlib xizmat qiladi. Maktabgacha taʼlim tashkilotlari maktab yoshigacha boʻlgan bolalarning savodini chiqarish, ularda Vatanni sevish, u bilan gʻururlanish hissini uygʻotish, dunyoqarashini kengaytirish imkonini beradi. Zamonaviy bogʻchalarda taʼlim-tarbiya olayotgan oʻgʻil-qizlar jamiyatga munosib inson boʻlib ulgʻayishadi. Payariq tumanida 2019-yil davlat xususiy sherikchilik asosida «Manzurabonu» va “Davlatbek koʻzmunchogʻi” nomli nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari tashkil etilib, bolajonlarni maktab taʼlimiga qamrab olgan edi. Har ikkala bogʻchada ham 150 nafardan jami 300 nafar jajjilar zamonaviy shart-sharoitlarda taʼlim-tarbiya olishyapti. Mashgʻulot xonalari, oshxona yangicha uslubda jihozlangan. Bu yerda bolajonlarning dastlabki bilim va koʻnikmalarini shakllantirish uchun barcha zarur qulayliklar yoʻlga qoʻyilgan. Guruhlar kuzatuv kameralari bilan taʼminlangan. Yurtimizda yoshlarning kelajagiga qaratilayotgan eʼtibor, taʼlim tizimida istiqbolli dasturlar asosida olib borilayotgan amaliy ishlar Vatan, jamiyat taraqqiyoti yoʻlida mustahkam poydevor boʻlib xizmat qiladi. Bu yerda istiqomat qiluvchilarning quvonchi cheksiz. Chunki qishloqda shahardagidan qolishmaydigan bogʻcha bor. Mashgʻulotlar va tarbiyaviy ishlar zamon talablari asosida, innovatsion texnologiyalardan samarali foydalangan holda mazmunli va qiziqarli tarzda tashkil etiladi. Albatta, kelajagimiz egalari boʻlgan yosh avlod kamolotiga bogʻcha yoshidanoq eʼtibor qaratish, ular taʼlim-tarbiya olayotgan maskanda yetarli shart-sharoitlarni yaratish davr talabi. Yangi maktabgacha taʼlim tashkilotida 50 nafar ish oʻrin yaratib, shundan 22 nafar ishsiz ayollar doimiy ish bilan taʼminlandi. Bolaning kun davomidagi hayoti u tarbiyalanayotgan bogʻcha dargohi, bu yerdagi muhit bilan chambarchas bogʻliqdir. Ayniqsa, qishloq joylarda yangi barpo etilayotgan bolalar bogʻchalari jahon andozalariga mos ravishda barpo etilishiga alohida ahamiyat qaratilmoqda. Bir soʻz bilan aytganda, yangi bogʻchalar dilbandlarimiz kamolotiga xizmat qiladi. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning 2020-yil 27-avgustda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining yigirma toʻqqiz yilligi munosabati bilan fan, taʼlim, adabiyot, madaniyat, sanʼat va ommaviy axborot vositalari sohalari xodimlaridan bir guruhini mukofotlash toʻgʻrisida”gi Farmoni eʼlon qilindi. Ana shunday sharafga loyiq koʻrilganlar orasida “Sogʻlom turmush” medali bilan Payariq tumanidagi «Manzurabonu» nodavlat maktabgacha taʼlim muassasasi rahbari Barno Tuganovaning ham borligi butun samarqandliklarni ham benihoyat shodlantirib yubordi. Ha, bugun Barno opaning isteʼdodi, yutuqlari, latofati dillarni quvontiryapti, koʻngillarda havas uygʻotmoqda. Albatta, bunday mukofot oʻz-oʻzidan boʻlgani yoʻq. Buning zamirida tinimsiz mehnat, masʼuliyat yotibdi. Barno opa bolajonlar bilan ishlashdek masʼuliyatli vazifani bajarish uchun koʻp oʻqigan, koʻp narsani biladi. Ishining murakkabligidan, qiyinchiligidan choʻchiydiganlardan emas. Bu borada el xizmatidan charchamaydi. 2019-yilda «Manzurabonu» nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotini ishga tushirgan boʻlsa, 2020-yilda “Guliston” mahallasidan “Davlatbek koʻz munchoq” nodavlat maktabgacha taʼlim muassasasini foydalanishga topshirdi. Bugun bu maskanlarda 250 nafar bolajonlar, 48 nafar tarbiyachilar koʻmagida miriqib taʼlim-tarbiya olishmoqda. Mabodo yoʻlingiz mazkur maktabgacha taʼlim muassasalari tomon tushib qolsa, albatta bu maskanlarga tashrif buyuring. Bu yerdagi obodonchilik ishlari, tarbiyachiyu bolajonlarning muomala madaniyatiga siz ham qoyil qolasiz. Bugun davr ayollarimizning oldiga ham qator dolzarb vazifalarni qoʻymoqda. Bu vazifalarni zamon talabiga mos ravishda amalga oshirish har bir munis ayollarimizdan shijoat, yangicha yondashuvlar bilan ishlash talab etiladi. Barno opa kabi fidoyi va jonkuyar, davr bilan hamnafas ayollarimiz bor ekan boshlagan ishlarimiz salmogʻi yanada oshib boraveradi.
Maktabgacha taʼlim tizimida samarali faoliyat olib borayotgan rahbarva pedagog kadrlarni moddiy va maʼnaviy jihatdan qoʻllab-quvvatlash, ularning jamiyat hayotida ijtimoiy mavqeini oshirish hamda yuqori malakali mutaxassislarni sohaga jalb qilishni ragʻbatlantirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi tomonidan vazirlikning koʻkrak nishoni nomini, tavsifini, guvohnomasini va koʻkrak nishoni dizaynini yaratish boʻyicha tanlov eʼlon qilinadi. Tanlovda barcha ijodkor dizaynerlar va jamoatchilik ishtirok etishi mumkin. Tanlovga ishlar 2022-yilning 7-iyunidan 17-iyuniga qadar quyidagi shart va talablarga qatʼiy rioya etgan holda qabul qilinadi: – koʻkrak nishoni nomi, guvohnomasi va qisqacha tavsifi kreativ, maktabgacha taʼlim sohasining aniq maqsadini mujassam eta olgan, jozibador va jarangdor boʻlishi eʼtiborga olinadi. – koʻkrak nishoni dizaynida esa maktabgacha taʼlim gʻoyasi, koʻkrak nishonining old va orqa tomonlarining aks ettirilishi, dizayn muallifning oʻzi tomonidan bajarilgan boʻlishi va boshqa ijodkorlarning ishini takrorlamasligi, grafik dasturlar orqali yaratilishi (CorelDraw, Adobe Photoshop yoki Adobe Illustrator), va bunda dizaynning har bir elementi aniq chizilgan boʻlishi shart. Tanlovda yuqoridagi ikki yoʻnalish boʻyicha 1 nafardan gʻolib aniqlanadi va ularning har biri 10 000 000 (oʻn million soʻm) pul miqdorida taqdirlanadi. Ijodiy ishlar 2022-yilning 7-iyunidan 17-iyuniga qadar @mtv_tanlov_bot telegram boti, devon@mpe.uzva mdo@exat.uz elektron pochta yoki Maktabgacha taʼlim vazirligining quyidagi manziliga muallifning FISH, Shaxsni tasdiqlovchi hujjat (fuqarolik pasporti yoki ID kartasi) seriyasi va raqami, manzili, telefon raqami hamda elektron pochta manzili aniq koʻrsatilgan holda yuborilishi lozim: 100070, Toshkent shahri, Mirobod tumani, Amir Temur koʻchasi,17-uy. Тел: 97 604 43 89, 99 720 13 24 Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirliginingkoʻkrak nishoni nomi, uning koʻrinishi dizayni, tavsifi va guvohnomasini yaratish boʻyicha tanlovning oʻtkazilishiga oid QOIDALAR 1. Tanlovning maqsadi 1.1. Ushbu qoidalar Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligining (keyingi oʻrinlarda — Vazirlik) koʻkrak nishoni nomi, uning koʻrinishi dizayni, tavsifi va guvohnomasini yaratish boʻyicha tanlovni (keyingi oʻrinlarda — Tanlov) tashkil etish va oʻtkazishni tartibga soladi. 1.2. Tanlov Vazirlik tomonidan Koʻkrak nishoni nomi, uning koʻrinishi dizayni, tavsifi va guvohnomasini yaratish boʻyicha keng jamoatchilik va soha mutaxassislarning fikrini inobatga olgan holda yaratish maqsadida oʻtkazilmoqda. 1.3. Tanlov doirasida koʻkrak nishoni nomi, uning koʻrinishi dizayni, tavsifi va guvohnomasini yaratish boʻyicha eng yaxshi takliflar tanlab olinadi. 2. Tanlov ishtirokchilari 2.1. Tanlovda vazirlik tizimidagi tashkilotlar xodimlari, Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari, chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar ishtirok etishlari mumkin. 3. Tanlovning texnik shartlari 3.1. Tanlovda ishtirok etish istagini bildirgan har bir nomzod tomonidan koʻkrak nishoni nomi, uning koʻrinishi dizayni, tavsifi va guvohnomasi (rangli koʻrinishda) boʻyicha aniq takliflarini vazirlik elektron manziliga yuborishlari shart. 3.2. Koʻkrak nishoni nomi, uning koʻrinishi dizayni, tavsifiva guvohnomasiga quyiladigan talablar: koʻkrak nishoni nomi, uning koʻrinishi dizayni, tavsifi va guvohnomasi maktabgacha taʼlim sohasining aniq maqsadini mujassam eta olgan, jozibador va jarangdor boʻlishi; koʻkrak nishoni dizaynida esa, maktabgacha taʼlim gʻoyasi, koʻkrak nishonining old va orqa tomonlarining aks ettirilishi, dizayn muallifning oʻzi tomonidan bajarilgan boʻlishi va boshqa ijodkorlarning ishini takrorlamasligi, grafik dasturlar orqali yaratilishi (CorelDraw, Adobe Photoshop yoki Adobe Illustrator)va bunda dizaynning har bir elementi aniq chizilishi; koʻkrak nishoni nomlanishida “fidoiy” va “aʼlochi” soʻzlaridan foydalanmaslikka alohida eʼtibor qaratish lozim. 4. Arizalarni taqdim etish 4.1. Tanlovda ishtirok etish istagi bildirgan nomzodlar quyidagilarni: ariza (ilovaga muvofiq); tanlov boʻyicha aniq takliflar vazirlikning devon@mpe.uz va mdo@exat.uz elektron pochtasiga yoki 100070, Toshkent shahri, Mirobod tumani, Amir Temur koʻchasi, 17-uy manziliga yuborilishi lozim. 5. Koʻkrak nishoni nomi, uning koʻrinishi dizayni, tavsifiva guvohnomasi namunasini baholash mezonlari 5.1. Koʻkrak nishoni nomi, uning koʻrinishi dizayni, tavsifi va guvohnomasi namunasini baholash mezonlari: oʻziga xoslik (unikal) va original; koʻkrak nishon nomi jozibador va jarangdor boʻlganligi; koʻkrak nishonida maktabgacha taʼlim sohasining aniq maqsadini mujassam eta olganligi va uning batafsil tavsifi. 6. Baholash 6.1. Yuborilgan takliflar vazirlik tomonidan tuzilgan tashkiliy qoʻmita tomonidan baholanadi. 6.2. Tashkiliy qoʻmita vazirlik xodimlaridan va soha mutaxassislaridan (kelishuvga koʻra) tashkil topgan boʻladi. 6.3. Tashkiliy qoʻmita quyidagilarni amalga oshiradi: ishtirokchilardan arizalar va tanlov ishlarini yigʻish; tanlovga taqdim etilgan ishlar, materiallar va hujjatlarni tekshirish ishlarini tashkil etish; tanlovni oʻtkazish tartibi va shartlariga rioya etilishi ustidan nazoratni taʼminlash; baholash uchun har bir tanlov ishiga individual yondashish; mazkur qoidalarning 3-bandida koʻrsatilgan Tanlov shartlariga mos kelmagan ishlarni muallifni ogohlantirmasdan Tanlovda ishtirok etishdan chetlashtirish. 6.4. Tanlovning tashkiliy qoʻmitasi tanlov ishlarini jamoatchilik eʼtiboriga taqdim etish va tanlov jarayonini ommaviy axborot vositalarida yoritish maqsadida muallifni xabardor qilmasdan va ularga haq toʻlamasdan har qanday tanlov ishlarini toʻliq yoki qisman nashr etish huquqiga ega. 7.Tanlovni oʻtkazish shartlari va tartibi 7.1. Tanlov ikki bosqichda oʻtkaziladi: 1-bosqich: saralash bosqichi; 2-bosqich: yakuniy bosqich. 7.2. Saralash bosqichida Tanlov tashkiliy qoʻmitasi ishlarni texnik talablarga mosligini tekshirib, yakuniy bosqichga oʻtkazish uchun munosib ishlar boʻyicha taklif kiritadi. 7.3. Eng yaxshi ishlar vazirlikning Axborot xizmatidan foydalangan holda koʻkrak nishoni nomi va uning koʻrinishi, tavsifi, guvohnomasi loyihasi uchun kontrafaksiyaga tekshiriladi. 7.4. Kontrafaksiyaga yoʻl qoʻygan ishlar Tanlovdan chetlashtiriladi. 7.5. Tanlov ishlari 2022-yil 7-iyundan 17-iyungacha (shu kuni ham) qabul qilinadi. 7.6. 2022-yil 14-iyundan keyin kelib tushgan ariza va ishlar Tanlovda ishtirok etishiga ruxsat berilmaydi. 7.7. Tanlovda ishtirok etish Tanlov shartlari bilan tanishib chiqqanlikva ularga toʻliq rioya etilishiga rozilikni anglatadi. 7.8. Gʻoliblarni tanlash quyidagi tartibda amalga oshiriladi: tanlov ishlari 2022-yil 19-iyundan 29-iyungacha tashkiliy qoʻmita tomonidan baholanadi va eng yaxshi ish aniqlanadi; mazkur qoidalarning 3-bandida koʻrsatilgan tanlov shartlariga mos kelmaydigan tanlov ishlari tashkiliy qoʻmita tomonidan koʻrib chiqilmaydi; tashkiliy qoʻmitaning baholash natijalariga koʻra, ijobiy xulosa berilgan ishlar orasidan tanlov gʻolibi aniqlanadi; tanlov jarayonlari va natijalari boʻyicha shikoyatlar/appelyatsiyalar qabul qilinmaydi; agar gʻolib aniqlanmasa, tashkiliy qoʻmita tanlovni bekor qilish toʻgʻrisida qaror qabul qilish huquqiga ega. Tanlov gʻolibi vazirlik rasmiy veb-sayti va ijtimoiy sahifalarida eʼlon qilinadi. 7.9. Gʻoliblar quyidagi tartibda taqdirlanadi: koʻkrak nishoni nomi uchun 10 000 000 (oʻn million) soʻm; koʻkrak nishoni koʻrinishi dizayni, tavsifi va guvohnomasi uchun 10 000 000 (oʻn million) soʻm. 8. Mualliflik huquqlari 8.1. Oʻzbekiston Respublikasining “Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar toʻgʻrisida”gi Qonunga rioya etilishiga, tanlovda ishtirok etish uchun oʻz ishini topshirgan ishtirokchi shaxsan javobgardir. 8.2. Mazkur qonunga asosan, tanlov doirasida ishtirokchilarning “Koʻkrak nishoni nomi, uning koʻrinishi dizayni, tavsifi va guvohnomasi” loyihasidan uning roziligisiz Vazirlik tomonidan foydalanishi (kontrafaksiyaga tekshirishi, keng jamoatchilik eʼtiboriga taqdim etishi va bosma OAVda chop etishi) mumkin. 8.3. Tanlovda muallif tomonidan boshqa shaxslarning yaratgan ishlari bilan yoki ulardan foydalangan holda ishtirok etishiga yoʻl qoʻyilmaydi va uningoʻz shrifti (yangi element) bilan yaratilgan ishlar qabul qilinadi. 8.4. Vazirlik tomonidan “Koʻkrak nishoni nomi, uning koʻrinishi dizayni, tavsifi va guvohnomasi” rasman qabul qilinayotganda “Koʻkrak nishoni nomi, uning koʻrinishi dizayni, tavsifi va guvohnomasi” loyihasiga oʻzgartishlarva qoʻshimchalar kiritilishi mumkin. 8.5. Mazkur tanlov natijasiga koʻra, gʻolib dep topilgan “Koʻkrak nishoni nomi, uning koʻrinishi dizayni, tavsifi va guvohnomasi” loyihasining barcha huquqlari Vazirlikka oʻtadi va mutlaq huquq Vazirlikka tegishli boʻladi.
Kuni kecha Namangan viloyati Namangan shahridagi Barkamol avlod sport majmuasida start olgan velomarafon Namanganda 1-iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kunini boshlab berdi. Maktabgacha taʼlim vazirligi hamda Namangan viloyat Maktabgacha taʼlim boshqarmasi tashabbusi bilan amalga oshirilgan “Baxtli bolalik” velomarafoni koʻtarinki ruhda boʻlib oʻtdi. Tadbirni Oʻzbekiston Respublikasi madhiyasining yangroq va jarangdor sadosi ochib berdi. Velomarafon qatnashchisi boʻlgan 58 nafar jajji velosportchiga tadbir nishonlari, shuningdek, bayram sovgʻalari topshirildi. Tarbiyalanuvchilar tomonidan taqdim etilgan badiiy dastur bayram shukuhining unutilmas onlari boʻlib qoldi.
Joriy yilning 2-3-iyun kunlari Sirdaryo viloyatida “Maktabgacha taʼlim tizimida Kuzatuv kengashi faoliyatini samarali tashkil etish” mavzusidagi Respublika seminari boʻlib oʻtdi. Birinchi kuni Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Toshkent shahri va viloyatlardan tashrif buyurgan seminar ishtirokchilari kutib olindi. Ikkinchi kuni ishtirokchilar Guliston tumanida “Maktabgacha taʼlim tashkilotlari faoliyatini boshqarish yuzasidan jamoatchilik nazoratini takomillashtirishda Kuzatuv kengashlari faoliyatining oʻrni” haqidagi maʼlumotlar bilan tanishish maqsadida “Terakzor” MFYdagi 15-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkilotiga tashrif buyurdi. Tashkilot Kuzatuv kengashining amaldagi faoliyati (meʼyoriy ish hujjatining yuritilishi, amaliy jarayonlar, taqdimotlar, treninglar, davra suhbatlari) haqida ishtirokchilarga maʼlumot berildi. Dastlab ishtirokchilar ushbu tashkilotda Kuzatuv kengashi tomonidan yaratilgan «Eko bogʻ» va bolalarga yaratilgan sharoitlar bilan tanishdilar. Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi vakillari tadbirni ochib berishdi. Soʻngra mehmonlarga Kuzatuv kengashi faoliyatiga oid taqdimot namoyish etildi. Shuningdek, shubalarga boʻlinib, amaliy faoliyat jarayonlari kuzatildi. 1-shubada Maktabgacha taʼlim tashkilotida Kuzatuv kengashi faoliyatini tashkil etishning dastlabki bosqichlari, 2-shubada Kuzatuv kengashining davlat maktabgacha taʼlim tashkilotining moddiy texnik bazasini mustahkamlashdagi roli, 3-shubada esa Kuzatuv kengashining asosiy faoliyat bosqichlari toʻgʻrisida maʼlumotlar berildi. Ushbu jarayonlar yakunida ishtirokchilar fikr-mulohazalari tinglandi hamda oʻzaro tajriba almashildi. Ikkinchi yoʻnalish Guliston tumanidagi “Beshbuloq” MFY dagi 13-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkilotida “kuzatuv kengashi va jamoat tashkilotlari hamkorligida bolalarga milliy urf-odatlar, anʼanalar va qadriyatlarni singdirish borasida amalga oshirilgan ishlar” mavzusidagi seminarga tashrif buyurildi. Dastlab 13-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti “Koʻzmunchoq” nomli milliy musiqiy dastasining musiqiy dasturi namoyish etildi. Seminar davomida Guliston shahridagi 15-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkilotida Kuzatuv kengashi bilan hamkorlikda tashkil etilgan “Pedagog ustaxonasi” faoliyati va pullik taʼlim-tarbiya xizmatlari koʻrsatilishi toʻgʻrisidagi ish-tajribalarni oʻrganish maqsadida ushbu tashkilotga tashrif buyurildi. Shuningdek, ushbu tashkilotda Kuzatuv kengashi bilan hamkorlikda tashkil etilgan pedagog ustaxona faoliyati va pullik taʼlim-tarbiya xizmatlari koʻrsatish boʻyicha taqdimot koʻrsatildi. Bundan tashqari tashkilotning Kuzatuv kengashi bilan hamkorlikda tashkil etilgan pullik taʼlim-tarbiya xizmatlarining yoʻlga qoʻyilganligi boʻyicha amaliy mashgʻulotlar kuzatildi. “Pedagog ustaxonasi” faoliyatiga oid master-klass oʻtkazildi. Tadbir soʻnggida tarbiyalanuvchilar ijrosida “Ozod yurtim kelajagi” nomli musiqiy dastur namoyish etildi.Press reliz Sirdaryo Respublika seminari.docx
1-iyun - Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan Bogʻot, Shovot, Xiva tumanlarida va Urganch shahrida bittadan davlat xususiy sherikchiligi asosidagi maktabgacha taʼlim tashkilotlari faoliyati yoʻlga qoʻyildi. Gurlan tumanidagi «Oyilma» mahallasida esa 120 oʻringa moʻljallangan davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti “Obod qishloq” davlat dasturi doirasida 2 yarim milliard soʻm mablagʻ evaziga yangidan qurildi. Urganch shahridagi 38-sonli mahallada ham yana bir «Shaxzoda» nomi bilan yangi DXSH asosidagi nodavlat MTT 100 nafar bola quvvatida faoliyat yurita boshladi. Loyihaning jami qiymati 3 mlrd 100 million soʻm boʻlib, shundan tadbirkorga 2 mlrd 300 million soʻm kredit ajratildi. Ushbu nodavlat bogʻchaning ochilishi natijasida Urganch shahridagi bolalarning maktabgacha taʼlimga qamrovi 100 foizga yetdi. Xiva tumanida yana bir yangi foydalanishga topshirildi. “Indavak” mahallasidagi bolalarning endilikda 295 nafari maktabgacha taʼlimga qamrab olindi. Buning hisobiga tumanda bolalar qamrovi 61.3 foizga yetdi. Yangi ochilgan davlat xususiy sherikligi asosidagi ushbu maktabgacha taʼlim tashkiloti 100 nafar bolajon uchun xizmat qiladi. Loyihaning jami qiymati 3 mlrd 446 million soʻm boʻlib, shundan tadbirkorga 2 mlrd 300 million soʻm kredit ajratildi.
Batafsil2022-yil 30-may kuni Samarqand shahrida O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi YXHTning O‘zbekistondagi loyihalari koordinatori ofisi, Sport vazirligi, Velosport federatsiyasi bilan hamkorlikda 6 yoshli bolalar o‘rtasida II velomarafon o‘tkazildi. Ta’kidlash joizki, bolalar va o‘smirlarni ekologik, jismoniy tarbiya va sportga ommaviy jalb qilish masalalari O‘zbekiston Respublikasi hukumatining doimiy e’tiborida bo‘lib kelmoqda. 2021-yilda maktabgacha taʼlim tizimiga ekologik taʼlim-tarbiyani hamda bolalar uchun begovel haydash metodikasini joriy etish boʻyicha loyiha ishga tushirildi, bu esa maktabgacha yoshdagi bolalarning ekologik taʼlim va begovel haydash texnikasi boʻyicha bilimlarini oshirish imkonini berdi. Buning uchun 13 ta pilot davlat maktabgacha ta'lim tashkiloti 400 ta begovel bilan ta’minlandi. 2021-yil 1-iyun kuni Toshkent shahridagi markaziy ekobog‘da birinchi bolalar velomarafoni bo‘lib o‘tdi, unda 6 yoshli 65 nafar bola, shuningdek, o‘qituvchilar, velosportchilar ishtirok etdi. 2022-yilda loyiha doirasida 20 ta davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti tanlab olinib, ularga 500 ta begovel taqdim etildi. Bolalar velomarafonining asosiy maqsadi atrof-muhitni muhofaza qilish va yashil transport turidan foydalanish sohasida barqaror ko‘nikmalarni rivojlantirish, shuningdek, maktabgacha yoshdagi bolalar o‘rtasida velosportni ommalashtirish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish va xulq-atvor madaniyatini oshirish, yo‘l harakati xavfsizligi qoidalariga rioya qilishga o‘rgatishdan iborat. Velomarafonda ishtirok etgan bolalar esdalik medallari, sovg‘alar bilan taqdirlandilar, shuningdek, ular uchun ko‘ngilochar dastur tashkil etilib, san’atkorlar bilan birgalikda turli tanlov va o‘yinlarda ishtirok etildi.
Bugun Samarqand viloyatida 2022-yil 30-may kuni “Samarqandda soʻnggi besh yil ichida maktabgacha taʼlim sohasidagi islohotlar va natijalarni baholash” mavzusida matbuot anjumani oʻtkazildi. Unga koʻra, 2017-yilda maktabgacha taʼlim sohasi alohida tizim sifatida tashkil qilinib, tizim yangicha mazmunda, sezilarli ravishda har tomonlama rivojlanib, “Bironta bola eʼtibordan chetda qolmasligi kerak” degan prinsip asosida maktabgacha taʼlim tizimida natijaviy islohotlar amalga oshirilmoqda. Zamonaviy taʼlim metodlarini keng joriy qilish, mavjud davlat bogʻchalarining moddiy-texnik bazasi mustahkamlash, nodavlat, davlat-xususiy sherikchilik va oilaviy shakldagi nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarini tashkil etish orqali maktabgacha yoshdagi bolalar qamrovini oshirishga zamin yaratildi. Xususan, 2017-yilda viloyat boʻyicha jami 564 ta MTTga 63 621 nafar bola (3-7 yoshdagi bolalarning 20,9 foizi) qamrab olingan boʻlsa, 2022-yilning bugungi kuniga kelib, 3 498 ta MTTga 230 268 nafar bola (67,5 foiz) qamrab olindi. MTTlar soni tahlil qilinganda, 2017-yilga nisbatan davlat bogʻchalari 152 taga, xususiy bogʻchalar 54 taga, davlat-xususiy sherikchilik asosidagi bogʻchalar 115 taga hamda oilaviy nodavlat bogʻchalar 2 613 taga, jami 2 934 ta (oʻsish 6,2 baravar) tashkil etilgan va ularga 166 647 nafar (46,7 foizga) bolalarni MTTga qamrab olish koʻrsatkichi oshgan. Ilk marotaba Davlat-xususiy sheriklik mexanizmi joriy etilib, 2018-2022-yillar davomida Maktabgacha taʼlim vazirligi bilan quvvati 15 488 oʻrinli umumiy loyiha qiymati 324,7 mlrd.soʻmlik (shundan 225,6 mlrd.soʻmlik imtiyozli kredit hisobidan, 99,6 mlrd. soʻmlik tadbirkorlarning oʻz mablagʻi hisobidan) jami 165 ta bitim imzolandi. Tuzilgan bitimlarga asosan 144 ta loyihalarga imtiyozli kredit ajratilishi belgilangan boʻlsa, qolgan 21 ta loyihalar tadbirkorlarning oʻz mablagʻlari asosida foydalanishga topshirilishi belgilangan. Ushbu loyihalarni moliyalashtirish maqsadida 102 ta loyihaga 168 mlrd. 591 mln.soʻm imtiyozli kredit mablagʻlari ajratildi. Faoliyat yuritib turgan 20 ta davlat-xususiy sheriklik asosidagi maktabgacha taʼlim tashkilotlari bilan qoʻshimcha kelishuv asosida 1 085 oʻrinli yangi quvvat yaratildi. Bundan tashqari, Maktabgacha taʼlim vazirligi bilan faoliyat yuritib turgan 178 ta 25 oʻrinli oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari bilan qoʻshimcha kelishuv asosida quvvat oshirilishi evaziga qoʻshimcha 4 450 oʻrin yaratildi. Bolalarning ilk rivojlanishiga xizmat qiladigan maktabgacha taʼlimning muqobil shakllarini yanada kengaytirish maqsadida bogʻcha yoshidagi bolalar qamrovi darajasi past boʻlgan Nurobod, Qoʻshrabot, Pastdargʻom va Urgut tumanlarida «Aqlvoy» loyihasi doirasida 5 ta “ISUZU” rusumli avtobusi negizida 30 ta mobil guruhlariga 480 nafar 3-7 yoshli bolalar maktabgacha taʼlimga qamrab olindi. 2022-yil uchun asosiy ustuvor vazifalar va tashabbuslar: Birinchidan, 3-7 yoshli bolalar qamrovini quyida amalga oshiriladigan tadbirlar orqali 72,7 foizga yetkazish koʻzda tutilgan: 380 ta, shundan 46 ta davlat, 6 ta xususiy, 18 ta davlat-xususiy sheriklik asosidagi va 310 ta oilaviy nodavlat MTTlarni tashkil etish orqali 14 648 nafar bolalarni qamrab olish; 219 ta bir yillik bepul majburiy maktabga tayyorlov guruhlarini tashkil etish va ularga 6 570 nafar 6 yoshli bolalarni qamrab olish; Olis va chekka hududlarda «Aqlvoy» loyihasi doirasida 36 ta mobil guruhlarni tashkil etish va ularga 576 nafar bolalarni qamrab olish; Mahalliy byudjet mablagʻlari hisobidan 65 ta boʻsh guruh xonalarni taʼmirlash hisobiga 1 460 oʻrinli yangi quvvat yaratish. Natijada, qoʻshimcha 23 254 nafar 3-7 yoshli bolalarni qamrab olish va qamrov darajasini 5.7 foizga oshirish. Ikkinchidan, “Investitsiya” dasturi asosida jami 79,8 mlrd soʻmlik 20 ta 2 970 oʻrinli (shundan, 920 oʻrni yangidan yaratiladigan qoʻshimcha quvvat) davlat MTTlarini oʻz muddatlarida sifatli rekonstruksiya qilinishini tashkil etish. Uchinchidan, “Obod” mahalla va “Obod” qishloq dasturlaridagi MTTlarini ham oʻz muddatlarida taʼmirlanishini va foydalanishga topshirilishini tashkil etish. Toʻrtinchidan, 6 yoshli bolalar qamrovini 90 foizga yetkazish. Beshinchidan, 532 ta davlat MTTlarida tarbiyalanuvchilarni “Autsorsing” usulida ovqatlantirilishini tashkil etish. Oltinchidan, 1 212 nafar rahbar va pedagoglarni malakasini oshirish, oliy taʼlim va pedagogika kolleji bitiruvchilarini tizimga ishga joylashishiga koʻmaklashish. Yettinchidan, pedagogika kollejda yangi oʻquv yili qabulini sifatli tashkil etish. Sakkizinchidan, boʻsh oʻrinlarni malakali va mutaxassis kadrlar bilan toʻldirib borish. Toʻqqizinchidan, yangidan tashkil etiladigan 380 ta MTTlari va boshqa manbalar hisobiga jami 2 220 tadan ortiq yangi ish oʻrinlarini tashkil etish orqali, aholi, xususan ayollar bandligiga koʻmaklashishdan iboratdir.
Toshkent viloyati Piskent tumanida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 28-dekabrdagi “2021-2023-yillarda Oʻzbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4936-son Qarori ijrosi yuzasidan bir qator maktabgacha taʼlim tashkilotlari yangidan qurildi va mavjudlari taʼmirlandi. Xuddi shunday yangi qurilgan davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlaridan biri tumanning olis “Chimqoʻrgʻon” mahalla fuqarolar yigʻini hududida joylashgan 120 oʻrinli 18-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkilotining tantanali ochilish marosimi boʻlib oʻtdi. Foydalanishga topshirilgan mazkur maktabgacha taʼlim tashkiloti zamonaviy jihozlar bilan taʼminlangan va bolajonlarni oʻz bagʻriga qabul qilib olgan (tashkilotda 4 ta guruh boʻlib,1 ta katta guruh, 1 ta oʻrta guruh, 1 ta kichik guruh va 1 ta maktabga tayyorlov guruhlari mavjud). Maʼlumot uchun: Piskent tumanida hozirgi kunda 19 ta davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti, 2 ta xususiy maktabgacha taʼlim tashkiloti, 2 ta davlat xususiy sherikchiligi asosidagi maktabgacha taʼlim tashkiloti va 23 ta oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari boʻlib, jami 46 ta maktabgacha taʼlim tashkilotlari faoliyat yuritib kelmoqda. Bugungi kunda tumanda 3-7 yoshli maktabgacha bolalar soni 6 859 nafarni tashkil etib, mazkur maktabgacha taʼlim tashkilotlari tomonidan tuman miqyosida 4 232 nafar tarbiyalanuvchilar qamrab olingan boʻlib, 61.7 foiz koʻrsatkichni tashkil etadi.
https://etender.uzex.uz/lots/2/0 ushbu saytda Maktabgacha ta'lim vazirligining qator lotlari joylashtirilgan. Tanlov va tenderlarda ishtirok eting.
Maktabgacha taʼlim vazirligining Yuridik boshqarmasi tomonidan navbatdagi huquqiy savodxonlik darsi oʻtkazildi. Unda barcha vazirlik markaziy apparati masʼul xodimlari ishtirok etdi. Unda qayd etilishicha, oʻtayotgan haftada bir nechta qonunchilik hujjatlari qabul qilindi. Jumladan, "Namangan va Fargʻona viloyatlarida tajriba-sinov tariqasida maktabgacha taʼlim tashkilotlari rahbar va pedagog kadrlari malakasini oshirish boʻyicha maktabgacha taʼlim klasterlari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi hukumat qarori imzolandi. Yuridik boshqarma boshligʻi mazkur qaror bzasidan atroflicha maʼlumot berdi. Shu bilan birga, Oʻzbekiston Respublikasining “Maktabgacha taʼlim va tarbiya toʻgʻrisida”gi Qonunining navbatdagi 3-bobi maktabgacha taʼlim va tarbiya tizimi, maktabgacha taʼlim tashkilotlarining turlari haqida ham maʼlumot berildi. Shuningdek, huquqiy savodxonlik darsida app.ijro.uz va project.gov.uz tizimlari orqali hujjat loyihalarini kelishish tartibi boʻyicha toʻxtalib oʻtildi.
Ijtimoiy tarmoqlarda Namangan viloyati Toʻraqoʻrgʻon tumani Maktabgacha taʼlim boʻlimi yuzasidan eʼtirozli xabarlar tarqaldi. Holat yuzasidan quyidagilarni maʼlum qilamiz. Viloyatda jami 596 ta davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari faoliyat yuritadi. Shundan 467 tasi namunaviy tipda qurilgan binolarda 129 tasi moslashtirilgan binolarda faoliyat yuritadi. 2017 2021-yillar davomida 224 ta (26 ta yangi qurilish, 124 ta kapital rekonstruksiya,69 ta kapital taʼmir va 5 ta joriy taʼmir) davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari taʼmirlandi. Maktabgacha taʼlim tashkilotlarini taʼmirlash uchun 562.4 mlrd.soʻm (shundan, 430.56 mlrd soʻm respublika, 110.84 mlrd.soʻm mahalliy byudjet hamda 21,0 mlrd.soʻm homiylik) mablagʻlar sarflangan. 224 ta maktabgacha taʼlim tashkilotlaridan 143 tasi Investitsiya dasturi, 61 tasi “Obod qishloq” va“Obod mahalla” dasturi, 14 tasi “Obod markaz” dasturi asosida hamda 6 tasi homiylik mablagʻlari hisobidan taʼmirlandi. Jumladan, 2017-2021-yillar davomida 204 ta davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida Investitsiya va boshqa dasturlar asosida qurilish montaj ishlari bajarilgan. Investitsiya dasturi asosida 128 ta inqirozga qarshi kurashish mablagʻlari hisobidan 4 ta jami 132 ta inshootlarda qurilish-montaj ishlari olib borilgan. Shundan, 2017-yilda 27 ta shundan 7 ta rekonstruksiya, 20 ta kapital taʼmirlash (ajratilgan mablagʻ 23.2 mlrd.soʻm); 2018 yilda 30 ta shundan 1 ta yangi qurilish, 29 ta rekonstruksiya (ajratilgan mablagʻ 95,8 mlrd.soʻm); 2019 yilda 34 ta shundan 34 ta rekonstruksiya (ajratilgan mablagʻ 99,2 mlrd.soʻm) ishlari bajarilgan. 2020 yilda 25 ta shundan, 3 ta yangi qurilish, 22 ta rekonstruksiya (ajratilgan mablagʻ 94,8 mlrd.soʻm ) hamda “Inqirozga qarshi kurashish jamgʻarmasi” mablagʻlari hisobidan 4 ta rekonstruksiya (ajratilgan mablagʻ 11,32 mlrd.soʻm ) ishlari bajarilgan. 2021 yilda 12 ta shundan, 3 ta yangi qurilish, 7 ta rekonstruksiya (ajratilgan mablagʻ 45,2 mlrd.soʻm) ishlari bajarilgan. Bundan tashqari, Muhtaram Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyevning 2021-yil 18-19-fevral kunlari Namangan viloyatiga tashriflari davomida berilgan topshiriqlariga koʻra Namangan shahrida 10 ta, Mingbuloq tumanida 1 ta yangi davlat maktabgacha taʼlim tashkilotini qurib foydalanishga topshirildi 52,1 mlrd.soʻm mablagʻlar sarflandi. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil11-avgustdagi 118-sonli Rayosat majlisi bayoniga asosan Toʻraqoʻrgʻon tuman “Langarbobo” MFY hududidagi 150 oʻrinli 47-sonli maktabgacha taʼlim tashkilotini rekonstruksiya qilish belgilangan. Hozirda qurilish-montaj ishlari yakuniga yetkazilmoqda. Shuningdek, viloyatda 6 ta davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari homiylik mablagʻlari hisobidan yangi qurildi va kapital rekonstruksiya qilindi. Toʻraqoʻrgʻon tumani Axsi qishlogʻida bugungi kunda 4 ta (16-DMTT,31-DMTT, 35-DMTT, 49-DMTT) hamda 7 ta oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari faoliyat olib boradi. Mazkur hududdagi 31-sonli DMTT 2020-yilda «Inqirozga qarshi kurashish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan (Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 4-apreldagi 41-son) 120 oʻringa mukammal qayta qurish ishlari bajarilgan. Mazkur ishlar uchun 2,9 mlrd.soʻm mablagʻlar sarflangan. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 22-yanvardagi“2022-2024-yillarda Oʻzbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-98-sonli qaroriga asosan 2022-yilda Toʻraqoʻrgʻon tumani “Axsi” MFYdagi 49-sonli DMTTni 120 oʻringa mukammal qayta qurish belgilangan. Belgilangan tartibda oʻtkazilgan tender natijalariga koʻra pudratchi tashkilot "BINOKOR IMKON DIZAYN«MCHJ 4,04 mlrd.soʻmga gʻolib deb topilgan. Bugungi kunda, buyurmachi va pudratchi oʻrtasida shartnoma imzolanib qurilish ishlari boshlandi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 7-aprelda “Tuman va shahar byudjetlari mablagʻlarini jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarga yoʻnaltirish jarayonlarida fuqarolarni ishtirokini yanada qoʻllab-quvvatlash toʻgʻrisida”gi PQ-197-son qaroriga koʻra, 2022-yilning birinchi choragida oʻtkazilgan tashabbusli byudjetlashtirish jarayoni (OPEN BYUDJET) natijalari boʻyicha fuqarolar tomonidan ilgari surilgan “Toʻraqoʻrgʻon tumani 16-sonli DMTni joriy taʼmirlash, eshik derazalarni akfa romlariga almashtirish, bino oldi tomonga koridor qilish” tashabbuslari gʻolib deb topilgan va ushbu loyihalarni amalga oshirish uchun 999,9 mln.soʻm byudjet mablagʻlari ajratilishi belgilangan. Bugungi kunda Toʻraqoʻrgʻon tumani maktabgacha taʼlim boʻlimi tomonidan qurilish-montaj ishlari bajarish uchun tanlov savdolari asosida loyihachi tashkilotlar tanlab olinib, loyiha-smeta hujjatlari ishlab chiqildi va davlat ekspertiza xulosasi olinmoqda.
Maktabgacha taʼlim vazirligi Xalq qabulxonasiga kelib tushayotgan murojaatlar doimiy oʻz vaqtida qabul qilinib, zudlik bilan yechimi topilmoqda. Xususan, 2018-yil – 1321 ta murojaat 2019-yil – 3373 ta murojaat 2020-yil – 2501 ta murojaat 2021-yil - 4302 ta murojaat 2022-yil 25-may kuniga qadar -1667 ta murojaat kelib tushgan. Ularning asosiy qismini DXSH asosida NMTT tashkil etish boʻyicha bitim imzolash,imtiyozli kredit ajratish, farzandlarini DMTTga joylashtirish hamda yangi davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarini qurib berish toʻgʻrisidagi murojaatlar tashkil qilmoqda. Ushbu davr mobaynida kelib tushgan barcha murojaatlar oʻrnatilgan tartibda koʻrib chiqilib, javob xatlari berib kelinmoqda.
BatafsilKuni kecha, 24-may kuni Toshkent shahridagi Puchon universitetida “Toshkent shahridagi Puchon universiteti faoliyatini tashkil etish boʻyicha birgalikdagi harakatlarning asosiy tamoyillari toʻgʻrisida”gi memorandumni imzolash marosimi boʻlib oʻtdi. Marosimda Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vaziri A.Shin, vazirning oʻrinbosari N.Muslitdinov, Koreya Respublikasining Puchon universiteti rektori Xan Djong Sok, shuningdek, Koreya Respublikasining Puchon universiteti va Toshkent shahridagi Puchon universiteti rahbariyati va xodimlari ishtirok etdi. Memorandumning asosiy maqsadi Maktabgacha taʼlim vazirligi hamda universitetning maktabgacha taʼlim, arxitektura, menejment va boshqa ommabop yoʻnalishlar boʻyicha yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlashdagi hamkorligini yangi bosqichga olib chiqishdan iborat. Shu bilan birga, hujjatga muvofiq, universitet faoliyatining asosiy ustuvor yoʻnalishlari, xususan: - maktabgacha taʼlim sohasida xalqaro standartlar darajasida taʼlim va tayyorgarlik dasturini taʼminlash; - mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish istiqbollari va Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirish strategiyasi vazifalariga muvofiq maktabgacha taʼlim, shuningdek, arxitektura, menejment, koreys tili va boshqa ommabop mutaxassisliklar boʻyicha pedagog kadrlarning malakasini oshirish; - zamonaviy taʼlim texnologiyalari asosida oʻquv jarayonini tashkil etishda ilgʻor xorijiy tajribani joriy etish; - taʼlim dasturini oʻzlashtirish uchun oʻquv profili va individual traektoriyani tanlash imkoniyatini taʼminlash.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi fan, taʼlim, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasining ishchi guruhi Surxondaryo viloyati maktabgacha va xalq taʼlimi tizimida sifat samaradorligini yangi bosqichga olib chiqish hamda vakant boʻlgan xalq taʼlimi boʻlim mudirlari va maktab direktorlik lavozimlarni toʻldirish boʻyicha hududlarda amalga oshirilgan ishlar yuzasidan oʻrganishlarni boshladi. Xususan, joriy yilning 23-may kuni viloyatimizning Sariosiyo va Denov tumanlarida nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarining faoliyati, ularda amalga oshirilayotgan taʼlimning sifat samaradorligi,sogʻlom ovqatlantirish tartibi bilan tanishdi. Jumladan, Sariosiyo tumanida “Erkatoylar”va «Zolushka» nomli oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida olib borilayotgan taʼlim jarayonlari, tarbiyalanuvchilarga yaratilgan shart-sharoitlar, ularning intellektual salohiyatini rivojlantirish maqsadida tashkil etilgan toʻgaraklar faoliyati oʻrganildi. Denov tumanidagi “Kinderland kids” nomli davlat xususiy sherikchilik asosidagi nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotida tarbiyachilarning “Ilk qadam” davlat oʻquv dasturining mazmun-mohiyati, tarqatma materiallardan unumli foydalanish, ijodkorlik va markazlar faoliyatini muvofiqlashtirish, ish hujjatlarini yuritish holatlari koʻrib chiqildi. Oʻrganish jarayonida tadbirkorlarning nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarini tashkil etishdagi muammolari tinglandi hamda ularning taklif-mulohazalari ishchi guruh tomonidan qabul qilindi. Shuningdek, ishchi guruh Surxondaryo viloyati Boysun va Sherobod tumanlarida nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarining faoliyati, ularda amalga oshirilayotgan taʼlimning sifat samaradorligi,sogʻlom ovqatlantirish tartibi bilan tanishdi. Jumladan, Sherobod tumanida 19-sonli davlat va 86-sonli oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida olib borilayotgan taʼlim jarayonlari, tarbiyalanuvchilarga yaratilgan shart-sharoitlar, ularning intelektual salohiyatini rivojlantirish maqsadida tashkil etilgan toʻgaraklar faoliyati koʻrib chiqildi. Boysun tumanidagi “Kinder baby” nomli davlat xususiy sherikchilik asosidagi nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotida tarbiyachilarning “Ilk qadam” davlat oʻquv dasturining mazmun-mohiyati, tarqatma materiallardan unumli foydalanish, ijodkorlik va markazlar faoliyatini muvofiqlashtirish, ish hujjatlarini yuritish holatlari oʻrganildi.
Xabar qilganimizdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi masʼul xodimlari boshchiligidagi 20 dan ziyod vazirlik va idoralar rahbarlari hamda mutasaddilari Toshkent viloyatining shahar va tumanlarida yashovchi fuqarolar bilan bevosita uchrashish, ularning muammolarini joyida hal etish, murojaatlarini oʻrganish boʻyicha boshlangan olti kunlik ommaviy sayyor qabullarning soʻnggi oltinchi kuni boʻlib oʻtmoqda. Ayni paytda Boʻstonliq tumani “Xoʻjakent” mahalla fuqarolar yigʻini hududida joylashgan “Xoʻjakent” pansionatida ommaviy sayyor qabullar boʻlib oʻtmoqda. Unda Boʻstonliq, Qibray tumanlari va Chirchiq shahardan murojaatchilar kelishgan. Sayyor qabulda Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirining oʻrinbosari Uzoqboy Begimqulov Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligining Taʼlim sifatini taʼminlash va innovatsion texnologiyalarni joriy etish boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari N.Ubaydullayeva, Davlat-xususiy sherikchiligi asosidagi loyihalarni monitoring qilish boʻlimi bosh mutaxassisi S.Xadjiyev, Toshkent viloyati Maktabgacha taʼlim boshqarmasi boshligʻi S.Baratova hamda maktabgacha taʼlim tizimi mutasaddilari fuqarolarni qabul qilishmoqda. Hozirgi vaqtgacha maktabgacha taʼlim sohasiga doir masalalar doirasida 7 nafardan oshiq fuqarolar mutasaddilar tomonidan qabul qilindi. Koʻtarilgan masalalar shu joyning oʻzida tegishli rahbarlar ishtirokida hal etilmoqda. Oʻrganish talab etiladigan masalalar tegishli masʼullar nazoratiga yoʻnaltirilib, muddati belgilab olindi. Qabulda Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirining oʻrinbosari Uzoqboy Begimqulov ham ishtirok etib, murojaatchilar bilan yuzma-yuz muloqot qilmoqda hamda koʻtarilgan masalalar ijobiy yechimi yuzasidan tezkor choralar koʻriladigan boʻldi. Respublika miqyosida hal boʻladigan arzlar ham nazoratga olinib, qisqa vaqtda hal etish boʻyicha koʻrsatmalar berildi. Bu kabi ommaviy sayyor qabullar davomida Davlatimiz rahbari tomonidan odamlarning murojaatlariga quloq tutish har bir mutasaddi rahbarning oldida turgan eng muhim vazifalardan biri sifatida qoʻyilayotganida chuqur maʼno va xalqning turmushini yaxshilashga qaratilgan ezgu maqsad mujassam ekanligi oʻz ifodasini topmoqda.
Fargʻona viloyati Soʻx tumani “Sohibkor” mahalla fuqarolar yigʻinida yangi davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti foydalanishga topshirildi. Qayd etish lozim, faoliyatini boshlagan yangi davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti tumandagi 1-sektor binosining boʻsh turgan xonalarida tashkil etildi. Maʼlumotlarga koʻra, ayni kunda mazkur maskanda 120 nafar bolajonlar tarbiya olishmoqda. Shuningdek, muassasada 30 oʻrinli qisqa muddatli guruhlar ham faoliyat yuritib kelmoqda. Taʼlim tashkilotining ish boshlashi esa hududdagi 26 nafar xotin-qizlarining bandligini taʼminlashga xizmat qildi. Shu bilan birga, Rishton tumani Choʻngʻara qishlogʻida zamonaviy koʻrinishda qayta barpo etilgan maktabgacha taʼlim tashkiloti bugun tantanali tadbir bilan foydalanishga topshirildi.Barcha qulayliklarga ega zamonaviy maktabgacha taʼlim tashkiloti 90 oʻringa moʻljallangan. Oʻzbekiston Prezidentining tegishli qarori asosida mazkur muassasa rekonstruksiyasi uchun 2 milliard 641 million soʻm mablagʻ sarflandi.
Namangan tumani Maktabgacha taʼlim boʻlimi tasarrufidagi maktabgacha taʼlim tashkilotlari pedagog-tarbiyachilar oʻrtasida “Oʻyinchoqlar ustasi” koʻrik-tanlovini oʻtkazildi.Tadbir jarayonida 35 ta maktabgacha taʼlim tashkilotlarining direktorlari va tarbiyachilari ishtirok etishdi.Jarayonda hayʼat aʼzolariga har bir maktabgacha taʼlim tashkiloti tarbiyachilari oʻzlarining ijodiy ishlari, oʻzlari tomonidan tayyorlab kelingan taʼlimiy, tarbiyaviy, rivojlantiruvchi va didaktik koʻrgazmalar, qoʻl mehnati va applikatsiya ishlari va maketlardan mashgʻulotlar jarayonida qanday foydalanishini yoritib berishdi.Tadbir soʻngida faxrli oʻrin olgan maktabgacha taʼlim tashkilotlari direktorlariga va tarbiyachilarga faxriy yorliq va esdalik sovgʻalar topshirildi. Shuningdek, tumandagi 25-sonli DMTT da tarbiyachilar oʻrtasida “Mohir qoʻllar” koʻrik tanlovi oʻtkazildi. Tadbirda tarbiyachilar oʻzlari yasagan qoʻl mehnatlari bilan ishtirok etishdi. Gʻoliblarni faxriy yorliq va sovgʻalar bilan taqdirlandilar. Shu bilan birga, tumandagi 30-DMTTda may oyining 1-haftasi “Men va mening uyim” mavzusida mashgʻulotlar oʻtkazildi.
Oʻzbekiston respublikasida taʼlim sohasida keng islohotlar amalga oshirilmoqda. Respublikada joriy etilgan taʼlim tizimi, uning turlari va shakllari orqali har bir fuqaroning taʼlim olishdagi konstitutsiyaviy huquqlari amalga oshirib kelinmoqda. Davlatimiz tomonidan ilmiy sohadagi rivojlanishlar keng qoʻllab-quvvatlanmoqda. Ayniqsa bu oʻrinda yosh avlodni kichik yoshdan boshlab sogʻlom va har tomonlama yetuk qilib voyaga yetkazish, taʼlim-tarbiya jarayoniga samarali taʼlim-tarbiya shakllarini hamda usullarini joriy etish va shu orqali bolalarni rivojlantirish borasidagi ishlar muhim ahamiyat kasb etadi. “Taʼlim toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston respublikasi qonunining 8 –moddasida: - Maktabgacha taʼlim va tarbiya bolalarni oʻqitish va tarbiyalashga, ularni intellektual, maʼnaviy-axloqiy, etik va estetik va jismoniy jihatdan rivojlantirishga, shuningdek bolalarni umumiy oʻrta taʼlimga tayyorlashga qaratilgan taʼlim turidir. - Maktabgacha taʼlim-tarbiya olti yoshdan yetti yoshgacha boʻlgan bolalarni boshlangʻich taʼlimga bir yillik tayyorlashni nazarda tutadi - deb koʻrsatilgan. Maktabgacha taʼlimda bolani har tomonlama rivojlantirish, uning umumiy taʼlimda erishiladigan sezilarli yutuqlariga asos boʻladi. Bolaning erta rivojlanishi uning kelgusida shaxs sifatida shakllanishida hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi. Shu maqsadda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 8-dekabrdagi “Boshlangʻich taʼlimga bolalarni majburiy bir yillik tayyorlashga bosqichma-bosqich oʻtish boʻyicha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 999-sonli qarorini ijro etish doirasida davlat oʻz zimmasiga 6-7 yoshli bolalarning maktabga toʻlovsiz majburiy bir yillik tayyorgarligi boʻyicha majburiyatini oldi. 6-7 yoshli bolalar uchun moʻljallangan majburiy boshlangʻich taʼlimga bir yillik tayyorlash guruhlari, bolalarini toʻliq kunli maktabgacha taʼlim tashkilotiga berish imkoniyatiga ega boʻlmagan yoki muayyan sabablarga koʻra, bolasini maktabgacha taʼlim tashkilotlariga bermagan ota-onalarning talab-ehtiyojlarini qondirishiga va istisnosiz barcha bolalarning taʼlim olish va rivojlanishga teng imkoniyatga ega boʻlishini taʼminlashga qaratilgan. Davlat tomonidan taʼlimga berilgan eʼtibor va bu sohadagi yuksalishlar ota-onalar tomonidan eʼtirof etilib, farzand taʼlim-tarbiyasiga nisbatan ularni bu boradagi masʼuliyatini kuchaytirmoqda. Ota-onalarimiz tomonidan bolaning ushbu yosh davrida farzandlari tezroq mustaqil oʻqishni va yozishni bilishni istashlari haqida xohish-istaklarni bildiradilar. Shu oʻrinda taʼkidlash lozimki, maktabgacha yoshdagi bolalarni maktab taʼlimiga tayyorlash - dolzarb masala. Olimlar tomonidan olib borilgan tadqiqotlar shuni koʻrsatadiki, bola yosh rivojlanish bosqichlarida uning jismoniy, maʼnaviy, imkoniyatlarini hisobga olmasdan turib, uni intensiv mashgʻulotlar bilan maktab taʼlimiga tayyorlovga oʻrgatish mumkin emas. Bolalarni maktabga tayyorlash uchun maktab taʼlimining shakl va metodlarini qoʻllamaslik kerak. Bolalarning yoshga bogʻliq psixofiziologiyasi, ushbu yoshdagi bolalarning intellektual rivojlanishi uchun maqbul sharoitlar yaratish, maktabgacha taʼlimga oid ish shakllari, didaktik oʻyinlardan, koʻrgazmali-predmetli mashgʻulotlardan, bolalarning amaliy va tasviriy faoliyatining turli shakllaridan keng foydalangan holda tarbiyaviy ishlar usullari qoʻllagan holda amalga oshirilish zarur. Bunday shakllar va usullar yosh bolaning fikrlash va faoliyatining oʻziga xos xususiyatlariga mos keladi, uning bilim faoliyatini ragʻbatlantiradi va intellektual rivojlanishga hissa qoʻshadi. Maktabgacha taʼlim vazirligi tomonidan xalqaro tajribalar hisobga olinib, 6-7 yoshli bolalarni har tomonlama rivojlantirish, ularga taʼlim-tarbiya berish va maktab taʼlimiga tayyorlash maqsadida “Ilm yoʻli” variativ dasturi ishlab chiqildi. Ushbu dastur 6-7 yoshli bolalar uchun moʻljallangan majburiy boshlangʻich taʼlimga bir yillik tayyorlash guruhlari maktabgacha taʼlimga qoʻyiladigan Davlat talablariga muvofiq, bolaning rivojlanishidagi 5 muhim soha : bolalarning jismoniy rivojlanish va sogʻlom turmush tarzini shakllantirish; ijtimoiy-hissiy rivojlanish; nutq, muloqot, oʻqish va yozish malakalari; bilish jarayonining rivojlanishi; ijodiy rivojlanish sohalarini har tomonlama uygʻun rivojlanishini taʼminlashga moʻljallangan boʻlib, bunda bola taʼlimiy faoliyatning yetakchi ishtirokchisi sifatida namoyon boʻladi. Dastur talablari bolani har tomonlama rivojlantirib, maktab taʼlimiga tayyorlaydi, unda turli xil koʻnikmalarni shakllantirishda xizmat qiladi. Bu yoshda bolani savodxonligi boʻyicha olib boriladigan taʼlimiy jarayonlar bolalarda nutq, muloqot, oʻqish va yozish malakalarini rivojlantirish sohasi va bola rivojlanishining barcha sohalari bilan chambarchas bogʻliq holda amalga oshiriladi. Bolaning soʻz boyligi oshadi, nutqqa nisbatan qiziqish uygʻonadi, unda mazmunli gapirish, boshlangʻich til boʻyicha maʼlumotga ega boʻlish, badiiy adabiyotga muhabbat shakllanadi. Jamoada oʻzini tutish, savollarga javob berish, kattalar bilan muloqotga kirishish va ular oldida soʻzlash, shaxsiy qarorlarini qabul qilish, boshqalarga namuna boʻlish, qiyin vaziyatlarda amaliy yechim topish uchun intilish koʻnikmalari rivojlanadi. Bolada qoʻl barmoqlari mayda motorikasi rivojlantirilib, yozuv malakalari shakllanadi. Ular qogʻozda toʻgʻri chiziqlar, soʻzlar va qisqa gaplarni yozadi, yozuv qatorini aniqlay oladi, qoʻlni uzmasdan nuqta chiziqlarni birlashtirib rasm chizish malakalari shakllanadi. Bolani bu yosh davrida ogʻzaki nutq asosiy oʻrinni egallaydi. Nutq rang-barang ifodali tovushlar yigʻindisidir. U bolani ertaga maktabda muvaffaqiyatli oʻqishi uchun zamin yaratadi. “Soʻz boyligi - deb taʼkidlagan edi Q.Shodiyeva - bolaga barcha mashgʻulotlarda beriladigan bilimlarni tez va puxta oʻzlashtirib olish va bu bilim, tushunchalarni nutq orqali ifodalash imkonini beradi”. Bola nutqining rivojlanishi bevosita uning lugʻatiga bogʻliq. Albatta shuni taʼkidlash lozimki, bolaning lugʻat boyligi bola dunyoni anglashi orqali ifodalanadi. Bola maʼlumotlarni atrof-muhitni kuzatish, ota-onalar, kattalar, tarbiyachilar, oʻrtoqlari, kitoblar, filmlar, mashgʻulot va oʻyinlar orqali oladi. Bularning barchasida bolaga maʼlumotlar ogʻzaki nutq orqali beriladi. Buning natijasida bolaning lugʻat boyligi oshib borishi, u soʻzlar, ularning maʼnosi, ularni qoʻllab, gaplarni grammatik jihatdan toʻgʻri tuzishni, toʻgʻri tovush talaffuzini amalga oshirishi zarur. Bolaga bu maʼlum qiyinchiliklarni tugʻdiradi. Bu jarayon boladan aqliy faollikni talab etadi. Bunda tarbiyachilar tomonidan bolani nutqini rivojlantirish va uni savodxonligini amalga oshirish boʻyicha tizimli taʼlim-tarbiyaviy ishlar amalga oshirilishi zarur. Bu jarayonlar Ilk qadam oʻquv dasturi va Ilm yoʻli variativ oʻquv dasturi asosida maktabgacha taʼlim tashkilotlarida va majburiy tayyorlov guruhlarida nutq oʻstirish mashgʻulotlari, rivojlanish markazlari, sayr, ekskursiyalar orqali mustahkamlanadi. Tarbiyachilar tomonidan bolalarni oʻqish va yozish malakalarini shakllantirish maktabgacha yoshga doir maxsus metodikalar orqali olib boriladi. Maktabgacha yoshdagi bolalarda maktab taʼlimiga tayyorlash hamda unda savodxonligini rivojlantirish quyidagi talablarga boʻysunadi. - bolani rivojlantirishga qaratilgan qulay, doʻstona, xavfsiz muhitni yaratish. Bolalar jamoasida doʻstona munosabatni qadrlash. Bolaga yoʻnaltirilgan taʼlimga yondashuv asosida taʼlim -tarbiya berish, uzoq davom etadigan mashgʻulotlar bilan emas, balki bolada qiziqishni uygʻotadigan, uni hayratlantiradigan oʻyinlardan iborat taʼlimiy jarayonlarni tashkil etish. Oʻyindan asosiy taʼlimiy faoliyat sifatida foydalanish. Didaktik vositalarni keng qoʻllash. - bolaning yosh xususiyatlarini hisobga olgan holda, ularning xotirasi, diqqati, nutqi, tafakkurini inobatga olish. Bolada oʻqishga nisbatan xohish, istak, qiziqish uygʻotish. Kattalar tomonidan bolaga bosim oʻtkazish, uning erishgan natijalaridan qoniqmaganlikni bildirish man etiladi. - olib boriladigan taʼlim va tarbiyaviy jarayonlar ketma-ketlikda, oddiydan murakkablashib borishi zarur. - tizimli ravishda bolada kichik yosh davridan boshlab soʻzlarni toʻgʻri talaffuzini rivojlantirish. Tarbiyachi oʻz nutqiga nisbatan talabchan boʻlishi. - bolalarda oʻz nutqida toʻgʻri talaffuz, qulay grammatik shakllar va xilma-xil gap konstruksiyalaridan va yozishning dastlabki malakalari va vositalaridan foydalana olishga boʻlgan ishonchni hosil qilish. Umuman xulosa qilib shuni aytishimiz kerakki, bolalarni 6-7 yoshda maktab taʼlimiga tayyorlash, ularda ertaga maktab dasturlarini yaxshi oʻzlashtirishlari, shuningdek ularning intilishlari, qobiliyatlarini namoyon qilishga imkoniyat yaratadi. Bolalarni maktabga tayyorlashda, maktabgacha yoshdagi bolalik inson tafakkuri va umuman inson shaxsini shakllantirish jarayonida alohida rol oʻynaydi, jamiyatimizning ongli avlodini tarbiyalashga xizmat qiladi. M.X.Tadjiyeva Toshkent pedagogika kolleji direktori