Yangiliklar
Batafsil
Toshkent viloyati Qibray tumanida joylashgan “Imkon” reabilitatsiya markaziga ega davlat ko‘p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkilotiga bolalar qabuli e’lon qilindi. Joriy yilning noyabr oyi oxirida Toshkent viloyati Qibray tumanida joylashgan “Imkon” reabilitatsiya markazi (keyingi o‘rinlarda – “Imkon” markazi)ga ega yangi davlat ko‘p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkiloti alohida ta’limga muhtoj bolalar uchun o‘z eshiklarini ochdi. Bu hisob bo‘yicha O‘zbekistondagi ikkinchi markazdir. Ilk bora Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahrida “Imkon” markazi tashkil etilgan edi. To‘laqonli reabilitatsiya markazi va 150 o‘rinli bolalar bog‘chasiga ega “Imkon” markazlari maktabgacha ta’lim tizimidagi mutlaqo yangi modeldir. “Imkon” markazlari faoliyati imkoniyati cheklangan bolalarga har tomonlama yordam ko‘rsatishga qaratilgan bo‘lib, asosiy maqsadi o‘qituvchilar va tibbiyot xodimlarining ota-onalar bilan birgalikda har bir bolani rivojlantirish va reabilitatsiya qilish rejasini ishlab chiqish, uni bir muassasa doirasida amalga oshirishga ko‘maklashishdir. Bu, shubhasiz, ota-onalar va farzandlar uchun qo‘shimcha qulayliklar yaratadi, chunki ular avvallari har tomonlama yordam olish uchun shahar yoki tumanning turli hududlarida har xil mutaxassislarga murojaat qilishlari kerak edi. “Imkon” markazlari ikkita blokdan iborat: - 2 yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun (bolaga qo‘yilgan tashxisga qarab) 10 guruhdan iborat ko'p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta'lim tashkiloti; - 18 yoshgacha bo'lgan bolalar uchun reabilitatsiya markazi. “Imkon” markazi yangi keng binoda joylashgan bo‘lib, zamonaviy didaktik materiallar, tuzatish va reabilitatsiya uskunalari bilan jihozlangan. Shuningdek, binoda fizioterapiya xonasi, sport zali, bolalarning ijtimoiy moslashuvi xonasi, sensor xonasi, audiosinf, ko‘rishda nuqsoni bo‘lgan bolalar reabilitatsiya xonasi, massaj xonalari, ertak terapiyasi xonasi, shuningdek yil davomida bolalar bilan amaliyotlar o'tkaziladigan yopiq basseyn. Markaz Markaziy Osiyoda tengi yo‘q zamonaviy reabilitatsiya uskunalari bilan jihozlangan. Yetakchi xorijiy tashkilotlar ishtirokida maxsus tayyorgarlik va malaka oshirishdan o‘tgan tajribali mutaxassislar ota-onalar va ularning farzandlariga har qanday yordam ko‘rsatishga tayyor. Maktabgacha taʼlim vazirligi shuni ma’lum qiladiki, 2021-yil 3-dekabrdan boshlab ota-onalarga har haftaning juma kuni Toshkent shahar Maktabgacha ta’lim bosh boshqarmasi binosida “Imkon” ko‘p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkilotiga 2 yoshdan 6 yoshgacha bo‘lgan bolalarni tanlash bo‘yicha tibbiy-psixologik-pedagogik komissiyaning yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi. “Imkon”ga qabul qilish uchun farzandlarini imtihondan o‘tkazish istagida bo‘lgan ota-onalar juma kuni soat 09:00 dan 12:00 gacha Toshkent shahar, Yunusobod tumani, A.Temur ko‘chasi, 62-uy manziliga taklif qilinadi. Shu bilan birga, ota-onalardan ko‘p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim muassasasiga Vazirlar Mahkamasining “Maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 391-son qarori bilan tasdiqlangan “Tibbiy-psixologik-pedagogik komissiya xulosasini berish uchun asos bo‘ladigan tibbiy ko‘rsatmalar ro‘yxati”ga muvofiq ko‘rsatkichlarga ega bo‘lgan bolalarni qabul qilinishiga e’tibor qaratishlarini so‘raymiz. Ota-onalar o‘z savollari yuzasidan quyidagi telefonlar orqali bog'lanishlari mumkin: +998 71 207 08 04 (ichki 861) +998 93 565 96 85
Yer sharining yarmidan ko‘pini, to‘g‘rirog‘i 71 foizini suv va suv resurslari tashkil qiladi. Ammo barcha suv resurslaridan ham inson hayotida foydalanmaydi. Shu kabi ma'lumotlar bilan videoroligimiz orqali tanishishingiz mumkin.
2021-yil 30-noyabr kuni Maktabgacha taʼlim vazirligida “Oʻzbekiston Respublikasi va Koreya Respublikasida shaxsga yoʻnaltirilgan taʼlim va oʻyin oʻrganish amaliyoti” mavzusida onlayn seminar boʻlib oʻtdi. Ushbu seminar KOICAning Oʻzbekistondagi vakolatxonasi koʻmagida Koreya Respublikasining Sunchunxyan ilmiy-tadqiqot markazi va Sunchunxyan oliy taʼlim maktabi professor-oʻqituvchilari hamda taʼlim ekspertlari ishtirokida tashkil etildi. Seminarda Oʻzbekiston maktabgacha taʼlim sohasining 40 dan ortiq vakillari, xususan, vazirlik markaziy apparati xodimlari, hududiy boshqarma va maktabgacha taʼlim boʻlimlari masʼul xodimlari, shuningdek, direktorlar, metodistlar va pedagog xodimlar ishtirok etdi. Seminar yakunida tinglovchilarga tegishli sertifikatlar topshirildi.
Vazirlar Mahkamasining “Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida sogʻlom ovqatlantirish tizimini takomillashtirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2021-yil 30-iyundagi 407-son qaroriijrosini taʼminlash maqsadida Maktabgacha taʼlim vazirining «Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida sogʻlom ovqatlantirish tizimini takomillashtirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida» 2021-yil 5-iyuldagi 123-sonli buyrugʻi qabul qilinib tanlov eʼlon qilingan. Yuqorida keltirilgan topshiriqlar ijrosini taʼminlash maqsadida Maktabgacha taʼlim vazirligi tomonidan respublikada 1 576 ta davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida bolalarni ovqatlantirishni autsorsing usulida tashkil etish uchun 342 ta lotlar bo‘yicha, xususan Jizzax viloyatida 8 ta lotlar (57-64 lotlar) bo‘yicha 44 ta davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari uchun tanlov eʼlon qilingan. Tanlovda ishtirok etish uchun joriy yilning 29 oktyabr holatiga respublika bo‘yicha jami 310 nafar, xususan Jizzax viloyati bo‘yicha 15 nafar tadbirkorlar tomonidan hujjatlar kelib tushgan. Tanlov komissiyasining raisi tomonidan tanlovni o‘tkazish jarayoni Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 30 iyundagi 407-son qarori bilan tasdiqlangan Tanlov hujjatlari asosida tashkil etilishi taʼkidlab o‘tildi hamda ishtirokchilarni tanlovni o‘tkazish tartibi bilan tanishtirildi. Jizzax viloyatida tanlovga qo‘yilgan 8 ta lotlar (57-64 lotlar) bo‘yicha 44 ta davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari hamda tanlovda ishtirok etish uchun hujjat taqdim etgan 15 nafar tadbirkorlar to‘g‘risida maʼlumot berildi. Tanlov komissiyasi tomonidan Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 30 iyundagi 407-son qarori bilan tasdiqlangan Tartibining 1-ilovasi 1, 2, 3, 4, 5, 6-shakllariga muvofiq 9 ta talabgor korxonalarning tashqi konvert hujjatlari mosligi qatian oʻrganilib chiqildi. 30-Noyabr-jizzah-bayon-kochirmaСкачать
Vazirlar Mahkamasining “Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida sogʻlom ovqatlantirish tizimini takomillashtirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2021-yil 30-iyundagi 407-son qaroriijrosini taʼminlash maqsadida Maktabgacha taʼlim vazirining «Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida sogʻlom ovqatlantirish tizimini takomillashtirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida» 2021-yil 5-iyuldagi 123-sonli buyrugʻi qabul qilinib tanlov eʼlon qilingan. Yuqorida keltirilgan topshiriqlar ijrosini taʼminlash maqsadida Maktabgacha taʼlim vazirligi tomonidan respublikada 1 576 ta davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida bolalarni ovqatlantirishni autsorsing usulida tashkil etish uchun 342 ta lotlar bo‘yicha, xususan Fargʻona viloyatida 17 ta lotlar (240-256 lotlar) bo‘yicha 72 ta davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari uchun tanlov eʼlon qilingan. Tanlovda ishtirok etish uchun joriy yilning 29 oktyabr holatiga respublika bo‘yicha jami 310 nafar, xususan Fargona viloyati bo‘yicha 9 nafar tadbirkorlar tomonidan hujjatlar kelib tushgan. Tanlov komissiyasining raisi tomonidan tanlovni o‘tkazish jarayoni Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 30 iyundagi 407-son qarori bilan tasdiqlangan Tanlov hujjatlari asosida tashkil etilishi taʼkidlab o‘tildi hamda ishtirokchilarni tanlovni o‘tkazish tartibi bilan tanishtirildi. Farg‘ona viloyatida tanlovga qo‘yilgan 17 ta lotlar (240-256 lotlar) bo‘yicha 72 ta davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari hamda tanlovda ishtirok etish uchun hujjat taqdim etgan 9 nafar tadbirkorlar to‘g‘risida maʼlumot berildi. Tanlovga qo‘yilgan 250-lotga bitta, 243,244,245,246,247,253,254,255-lotlarga umuman taklif kelib tushmaganligi sababli lotlar oʻynalmadi. 30-Noyabr-Fargon-bayon-kochirmaСкачать
Vazirlar Mahkamasining “Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida sogʻlom ovqatlantirish tizimini takomillashtirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2021-yil 30-iyundagi 407-son qaroriijrosini taʼminlash maqsadida Maktabgacha taʼlim vazirining «Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida sogʻlom ovqatlantirish tizimini takomillashtirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida» 2021-yil 5-iyuldagi 123-sonli buyrugʻi qabul qilinib tanlov eʼlon qilingan. Yuqorida keltirilgan topshiriqlar ijrosini taʼminlash maqsadida Maktabgacha taʼlim vazirligi tomonidan respublikada 1 576 ta davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida bolalarni ovqatlantirishni autsorsing usulida tashkil etish uchun 342 ta lotlar bo‘yicha, xususan Toshkent shahar 55 ta lotlar (288-342 lotlar) bo‘yicha 213 ta davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari uchun tanlov eʼlon qilingan. Tanlovda ishtirok etish uchun joriy yilning 29 oktabr holatiga respublika bo‘yicha jami 310 nafar, xususan Toshkent shahar bo‘yicha 24 nafar tadbirkorlar tomonidan hujjatlar kelib tushgan. Tanlov komissiyasining raisi tomonidan tanlovni o‘tkazish jarayoni Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 30 iyundagi 407-son qarori bilan tasdiqlangan Tanlov hujjatlari asosida tashkil etilishi taʼkidlab o‘tildi hamda ishtirokchilarni tanlovni o‘tkazish tartibi bilan tanishtirildi. Toshkent shahar tanlovga qo‘yilgan 55 ta lotdan 54 ta lotga takliflar bo‘yicha 213 ta davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari hamda tanlovda ishtirok etish uchun hujjat taqdim etgan 24 nafar tadbirkorlar to‘g‘risida maʼlumot berildi. Tanlovga qo‘yilgan 304-lotga 1 ta taklif kelib tushmaganligi sababli lot oʻynalmadi. 29-Noyabr-Toshkent-shahar-kochirmaСкачать
Vazirlar Mahkamasining “Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida sogʻlom ovqatlantirish tizimini takomillashtirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2021-yil 30-iyundagi 407-son qaroriijrosini taʼminlash maqsadida Maktabgacha taʼlim vazirining «Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida sogʻlom ovqatlantirish tizimini takomillashtirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida» 2021-yil 5-iyuldagi 123-sonli buyrugʻi qabul qilinib tanlov eʼlon qilingan. Yuqorida keltirilgan topshiriqlar ijrosini taʼminlash maqsadida Maktabgacha taʼlim vazirligi tomonidan respublikada 1 576 ta davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida bolalarni ovqatlantirishni autsorsing usulida tashkil etish uchun 342 ta lotlar bo‘yicha, xususan Namangan viloyatida 18 ta lotlar (113-130 lotlar) bo‘yicha 91 ta davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari uchun tanlov eʼlon qilingan. Tanlovda ishtirok etish uchun joriy yilning 29 oktyabr holatiga respublika bo‘yicha jami 310 nafar, xususan Namangan viloyati bo‘yicha 23 nafar tadbirkorlar tomonidan hujjatlar kelib tushgan. Tanlov komissiyasining raisi tomonidan tanlovni o‘tkazish jarayoni Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 30 iyundagi 407-son qarori bilan tasdiqlangan Tanlov hujjatlari asosida tashkil etilishi taʼkidlab o‘tildi hamda ishtirokchilarni tanlovni o‘tkazish tartibi bilan tanishtirildi. Namangan viloyatida tanlovga qo‘yilgan 18 ta lotlar (113-130 lotlar) bo‘yicha 91 ta davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari hamda tanlovda ishtirok etish uchun hujjat taqdim etgan 23 nafar tadbirkorlar to‘g‘risida maʼlumot berildi. Tanlovga qo‘yilgan 115,116-lotlarga umuman taklif kelib tushmaganligi sababli lotlar oʻynalmadi. 29-Noyabr-Namangan-bayon-kochirmaСкачать
BatafsilBugun Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha taʼlim vazirligi binosida OАV vakillari uchun “Maktabgacha taʼlim sohasidagi islohotlar samarasi 4 yil ichida” mavzusida ochiq muloqot hamda 9-dekabr “Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni” munosabati bilan vazirlikda “Ochiq eshiklar kuni” tashkil etildi. Unda maktabgacha taʼlim sohasida 2017-2021 yillar davomida amalga oshirilayotgan islohotlar, sohaga kiritilgan innovatsion pedagogik texnologiyalar, qamrovni oshirish yuzasidan olib borilayotgan samarali ishlarning natijalari nodavlat sektorining ulushi, bir yillik majburiy maktabgacha tayyorlovning maqsadi va natijadorligi hamda hamkorlik doirasida olib borilayotgan islohotlar yuzasidan ommaviy axborot vositalariga bayonot berildi. Oʻzbekistonda 35 mln. aholi istiqomat qilib, shundan 2,8 mln.ni 3 yoshdan 7 yoshgacha boʻlgan bolalar boʻlib, bunda aholining yillik oʻsishi 800 ming bolaga toʻgʻri keladi, mamlakatimizda 3-7 yoshdagi bolalarni maktabgacha taʼlim tashkilotlariga qamrab olish borasida keng koʻlamli ishlar amalga oshirilayotganligi taʼkidlandi. Bugungi kunda 3-7 yoshli bolalarning umumiy sonidan (2,8 mln.) 1 829 328 bola (2017 yilda – 708 247; 2018 yilda – 932 310; 2019 yilda – 1 413 290; 2020 yilda – 1 699 566 bola) yoki maktabgacha yoshdagi aholining 64,9 foizi maktabgacha taʼlim bilan qamrab olindi (2017 yilda – 27,7%; 2018 yilda – 37,7%; 2019 yilda – 52,3%; 2020 yilda –60,9%). Shu bilan birga 2021 yil 3 chorak yakuniga koʻra Oʻzbekiston Respublikasida 24 922 ta maktabgacha taʼlim tashkiloti (2017 yilda – 5 211 ta; 2018 yilda – 7 104 ta; 2019 yilda – 13 530 ta; 2020 yilda – 18 254 ta), shu jumladan 6 382 ta davlat va 18 540 ta nodavlat, shu jumladan 803 ta xususiy, 16 646 ta oilaviy va DXSH doirasida 1 091 ta nodavlat MTT faoliyat koʻrsatmoqda. Yuqoridagi maʼlumotlar esa, foizlar koʻrsatkichi yildan-yilga ortib borganini koʻrsatadi. Bundan tashqari, “Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qaroriga muvofiq, 2030 yilga kelib maktabgacha taʼlimga bolalarning 80,8 foizini qamrab olish rejalashtirilgan. Ochiq muloqotda Korrupsiya agentligining vakili Mamanov Sardorjon ishtirok etib, Maktabgacha taʼlim vazirligi bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan ishlar haqida maʼlumot berdi. Tadbir yakunida OAV vakillari oʻzlarini qiziqtirgan savollarga vazirlik masʼullaridan javoblar olishdi. Maktabgacha taʼlim vazirligi Axborot xizmati
Joriy yilning 20-noyabr kuni soat 07:00larda Fargʻona viloyati, Qoʻshtepa tumanidagi “Qoʻrgʻoncha” mahallasi Paxtaobod koʻchasida joylashgan 27-maktabgacha taʼlim tashkiloti binosida bir nafar fuqaroning jasadi topilganligi haqida xabarlar tarqalmoqda. Mazkur holat Fargʻona viloyati maktabgacha taʼlim boshqarmasi rahbariyati tomonidan toʻliq nazoratga olinganligini, ayni kunlarda Qoʻshtepa tumani hokimining qarori bilan mazkur baxtsiz hodisa sabablari maxsus ishchi guruh tomonidan oʻrganilayotganini, oʻrganish xulosalari tayyor boʻlsa bu haqda qoʻshimcha maʼlumot berilishini maʼlum qilamiz. Shu oʻrinda, barcha ommaviy axborot vositalari va blogerlardan vafot etgan shaxs hamda uning qanday lavozimda faoliyat olib borganligi haqidagi taxminiy, tasdiqlanmagan maʼlumotlarni ijtimoiy tarmoqlarda tarqatmasliklarini soʻraymiz. Maʼlumot uchun, ushbu shaxs Qoʻshtepa tumanidagi “Qoʻrgʻoncha” mahallasida joylashgan 27-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkilotida mavsumiy oʻt yoquvchi vazifasida faoliyat yuritgan. Ishchi guruh xulosasi tayyor boʻlsa bu haqda albatta rasmiy sahifalarimizda qoʻshimcha xabar beramiz. Maktabgacha taʼlim vazirligi Axborot xizmati
Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi tomonidan davlat koʻp tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim tashkilotlarini jihozlash dasturi doirasida Respublikada barcha davlat koʻp tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim tashkilotlarini zarur zamonaviy jihozlar bilan jihozlash bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda. Ushbu turdagi maktabgacha taʼlim tashkilotlarining faoliyati nogiron bolalarni, shu jumladan eshitish qobiliyati zaif bolalarni oʻqitish, tarbiyalash va reabilitatsiya qilish uchun shart-sharoitlarni yaratishga qaratilgan. Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi hamda “Zamin” xalqaro jamoat fondi tomonidan bolalarning yoshligidanoq eshitish nuqsonlarini oʻz vaqtida tuzatish, eshitish nuqsonlari boʻlgan bolalarni davlat koʻp tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim tashkilotlarida oʻqitish va tarbiyalash uchun maqbul shart-sharoitlarni taʼminlash zarurligini inobatga olgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Tibbiy va ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi va Maktabgacha taʼlim vazirligi hamkorligida “Eshitmoqchiman!” loyihasi amalga oshirilmoqda. Xususan, 2021-yil 23 va 24-noyabr kunlari 442-sonli, 46-sonli, 404-sonli davlat koʻp tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim muassasalari tarbiyalanuvchilarini zamonaviy eshitish apparatlari bilan taʼminlash chora-tadbirlari koʻrilmoqda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Tibbiy-ijtimoiy xizmat koʻrsatishni rivojlantirish agentligi tomonidan “Zamin” xalqaro jamoat fondi koʻmagida yangi avlod eshitish apparatlari xarid qilindi. Shuningdek, ayni paytda Maktabgacha taʼlim vazirligi tomonidan “Zamin” xalqaro jamoat fondi koʻmagida davlat koʻp tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim tashkilotlarining audio sinflarini (FM tizimlari) jihozlash uchun ilgʻor yuqori texnologiyali uskunalar xarid qilish jarayoni amalga oshirilmoqda.
Ijtimoiy tarmoqlarda Yakkasaroy tumanidagi 100-sonli MTTni rekonstruksiya qilish kechikayotgani haqida xabarlar tarqaldi. Ushbu holat boʻyicha quyidagilarni maʼlum qilamiz: Mazkur obyektlar hududida qurilishi belgilangan yangi binolar oʻrnida jami 32 dona mevali va manzarali daraxtlar mavjudligi aniqlangan. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 17 yanvardagi 43-sonli qarorining 39 bandiga asosan davlat byudjetidan moliyalashtiriladigan maktabgacha taʼlim, umumiy oʻrta va oʻrta maxsus taʼlimi hamda kasb-hunar taʼlimi muassasalarida daraxtlar va butalarni kesish yoki sanitariya maqsadida kesish ishlari mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan amalga oshirilishi koʻrsatib oʻtilgan. Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 30 oktyabrdagi PF 5863-son farmoni hamda joriy yilning avgust oyida oʻtkazilgan videoselektor yigʻilishida berilgan topshirigʻiga koʻra, daraxtlarni kesishga moratoriy 2024 yilga qadar uzaytirishi va javobgarlik keskin kuchaytirilishi hamda viloyat markazlarida ekologiya politsiyasi tashkil etilishi maʼlum qilindi. Ushbu daraxtlarni boshqa joyga koʻchirish va kesish boʻyicha Toshkent shahar hokimligiga hamda Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasining Toshkent shahar boshqarmasiga bir necha marotaba yozma murojaat etilishiga qaramasdan amaliy yordam koʻrsatilmagan. Bundan tashqari MTT binosi yaroqsiz holda boʻlganligi sababli toʻliq buzish(snos) ishlari Maktabgacha taʼlim boshqarmasi tomonidan belgilangan muddatdan 3 oyga kechiktirib bajarilgan. Natijada qurilish-montaj ishlari ishlab chiqilgan tarmoq jadvaliga nisbatan kechiktirib boshlangan.
Vazirlar Mahkamasining “Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida sogʻlom ovqatlantirish tizimini takomillashtirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2021-yil 30-iyundagi 407-son qaroriijrosini taʼminlash maqsadida Maktabgacha taʼlim vazirining «Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida sogʻlom ovqatlantirish tizimini takomillashtirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida» 2021-yil 5-iyuldagi 123-sonli buyrugʻi qabul qilinib tanlov eʼlon qilingan. Yuqorida keltirilgan topshiriqlar ijrosini taʼminlash maqsadida Maktabgacha taʼlim vazirligi tomonidan respublikada 1 576 ta davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida bolalarni ovqatlantirishni autsorsing usulida tashkil etish uchun 342 ta lotlar bo‘yicha, xususan Andijon viloyatida 32 ta lotlar (9-40 lotlar) bo‘yicha 150 ta davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari uchun tanlov eʼlon qilingan. Tanlovda ishtirok etish uchun joriy yilning 29 oktabr holatiga respublika bo‘yicha jami 310 nafar, xususan Andijon viloyati bo‘yicha 30 nafar tadbirkorlar tomonidan hujjatlar kelib tushgan. Tanlov komissiyasining raisi tomonidan tanlovni o‘tkazish jarayoni Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 30 iyundagi 407-son qarori bilan tasdiqlangan Tanlov hujjatlari asosida tashkil etilishi taʼkidlab o‘tildi hamda ishtirokchilarni tanlovni o‘tkazish tartibi bilan tanishtirildi. Andijon viloyatida tanlovga qo‘yilgan 32 ta lotlar (9-40 lotlar) bo‘yicha 150 ta davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari hamda tanlovda ishtirok etish uchun hujjat taqdim etgan 30 nafar tadbirkorlar to‘g‘risida maʼlumot berildi. Tanlovga qo‘yilgan 17,18,23-lotga 1 ta, 15,16,24,31,32-lotga umuman taklif kelib tushmaganligi sababli lotlar oʻynalmadi. 23-noyabr-Andizhon-bayon-ko'chirmaСкачать
Vazirlar Mahkamasining “Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida sogʻlom ovqatlantirish tizimini takomillashtirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2021-yil 30-iyundagi 407-son qaroriijrosini taʼminlash maqsadida Maktabgacha taʼlim vazirining «Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida sogʻlom ovqatlantirish tizimini takomillashtirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida» 2021-yil 5-iyuldagi 123-sonli buyrugʻi qabul qilinib tanlov eʼlon qilingan. Yuqorida keltirilgan topshiriqlar ijrosini taʼminlash maqsadida Maktabgacha taʼlim vazirligi tomonidan respublikada 1 576 ta davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida bolalarni ovqatlantirishni autsorsing usulida tashkil etish uchun 342 ta lotlar bo‘yicha, xususan Toshkent viloyatida 27 ta lotlar (213-239 lotlar) bo‘yicha 146 ta davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari uchun tanlov eʼlon qilingan. Tanlovda ishtirok etish uchun joriy yilning 29 oktabr holatiga respublika bo‘yicha jami 310 nafar, xususan Toshkent viloyati bo‘yicha 16 nafar tadbirkorlar tomonidan hujjatlar kelib tushgan. Tanlov komissiyasining raisi tomonidan tanlovni o‘tkazish jarayoni Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 30 iyundagi 407-son qarori bilan tasdiqlangan Tanlov hujjatlari asosida tashkil etilishi taʼkidlab o‘tildi hamda ishtirokchilarni tanlovni o‘tkazish tartibi bilan tanishtirildi. Toshkent viloyatida tanlovga qo‘yilgan 27 ta lotlar (213-239 lotlar) bo‘yicha 146 ta davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari hamda tanlovda ishtirok etish uchun hujjat taqdim etgan 16 nafar tadbirkorlar to‘g‘risida maʼlumot berildi. Tanlovga qo‘yilgan 218,224-lotga 1 ta, 213,215,217,221,222,223,226,227,-lotga umuman taklif kelib tushmaganligi sababli lotlar oʻynalmadi. 22_Noyabr_Toshkent_viloyat_bayon_ko'chirma-2Скачать
Vazirlar Mahkamasining “Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida sogʻlom ovqatlantirish tizimini takomillashtirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2021-yil 30-iyundagi 407-son qaroriijrosini taʼminlash maqsadida Maktabgacha taʼlim vazirining «Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida sogʻlom ovqatlantirish tizimini takomillashtirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida» 2021-yil 5-iyuldagi 123-sonli buyrugʻi qabul qilinib tanlov eʼlon qilingan. Yuqorida keltirilgan topshiriqlar ijrosini taʼminlash maqsadida Maktabgacha taʼlim vazirligi tomonidan respublikada 1 576 ta davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida bolalarni ovqatlantirishni autsorsing usulida tashkil etish uchun 342 ta lotlar bo‘yicha, xususan Toshkent viloyatida 27 ta lotlar (213-239 lotlar) bo‘yicha 146 ta davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari uchun tanlov eʼlon qilingan. Tanlovda ishtirok etish uchun joriy yilning 29 oktabr holatiga respublika bo‘yicha jami 310 nafar, xususan Toshkent viloyati bo‘yicha 16 nafar tadbirkorlar tomonidan hujjatlar kelib tushgan. Tanlov komissiyasining raisi tomonidan tanlovni o‘tkazish jarayoni Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 30 iyundagi 407-son qarori bilan tasdiqlangan Tanlov hujjatlari asosida tashkil etilishi taʼkidlab o‘tildi hamda ishtirokchilarni tanlovni o‘tkazish tartibi bilan tanishtirildi. Toshkent viloyatida tanlovga qo‘yilgan 27 ta lotlar (213-239 lotlar) bo‘yicha 146 ta davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari hamda tanlovda ishtirok etish uchun hujjat taqdim etgan 16 nafar tadbirkorlar to‘g‘risida maʼlumot berildi. Tanlovga qo‘yilgan 218,224-lotga 1 ta, 213,215,217,221,222,223,226,227,-lotga umuman taklif kelib tushmaganligi sababli lotlar oʻynalmadi. 22_Noyabr_Toshkent_viloyat_bayon_ko'chirmaСкачать
Batafsil2021-yil 22-noyabrdan 10-dekabrgacha Toshkent shahridagi Puchon Universiteti qabul komissiyasi sirtqi bo’limga abituriyentlar qabulini o’tkazadi. №Fakultet nomiShartnoma summasiO’qish muddatiTa’lim tili1Maktabgacha ta’lim1 100 $3 yilrus/ o’zbek2Arxitektura1 400 $4 yilrus/ o’zbek3Biznes boshqaruvi1 400 $4 yilingliz Qabul shartlari: Sirtqi bo’limida kirish imtihonlari o’tkazilmaydi. Reyting attestat/diplom baholariga qarab tuziladi. Bir xil baholar yig'ilgan holatda, ustunlik ko’proq ish tajribasiga ega bo'lgan nomzodlarga beriladi. Kerakli hujjatlar: Pasport nusxasi;O'rta ma'lumot to'g'risidagi attestat/diplom nusxasi;Attestat/diplom baholar ilovasi nusxasi; Ish beruvchining tavsiyanomasi (tashkilot blankida, matn erkin shaklda);Mehnat faoliyati to'g'risidagi ЕНСТ (YMMT) dan ko'chirma;3x4 rasm;100.000 so’m ro’yxatdan o’tish to’lovi. Muhim: Hujjatlardan tashqari abituriyentlar tegishli sohada kamida uch yillik ish tajribasiga ega bo‘lishlari kerak. Hujjatlarni qabul qilish shartlari: 1) o’rta ma’lumotning mavjudligi; 2) tanlangan yo’nalish bo’yicha ish tajribasining mavjudligi; 3) tanlangan yo’nalish bo’yicha joriy bandlik. Hujjatlarni topshirish tartibi: Hujjatlarni topshirish offline va online tarzda amalga oshiriladi. Hujjatlarni offline topshirish uchun ushbu manzilga kelishingiz mumkin: Toshkent, Chilonzor tumani, 17-mavze, Qatortol-2 ko’chasi, 38А uy (sobiq Y.Rajabiy nomidagi pedagogika kolleji, mo’ljal: shahar bojxonasi, Singapur menejmentni rivojlantirish instituti). Qabul vaqti: dushanba - shanba, 10:00 - 17:00. Hujjatlarni online topshirish uchun: universitet saytida (www.bucheon.uz) telefon raqamni tasdiqlash;shaxsiy kabinetda ariza to’ldirish va barcha kerakli hujjatlarni yuklash;ro’yxatdan o’tish to’lovini bank, “Apelsin” ilovasi orqali yoki Universitetda amalga oshirish;shaxsiy kabinetga to’lov kvitansiyani joylashtirish. Universitet xodimlari muvaffaqiyatli ro'yxatdan o'tganligi to'g'risida abituriyentga xabar beradi. Arizalarni online yuborish jarayoni 24 soat ishlaydi. Yuborilgan hujjatlarni ko'rib chiqish dushanbadan shanbagacha, soat 10:00 dan 17:00 gacha amalga oshiriladi. Darslarning o’tkazilish tartibi: Darslar yanvar va iyun oylarida offline tarzda o’tadi (3 haftadan, dushanbadan jumagacha). O’qishni tugatish va diplom. Sirtqi bo‘limda o‘qishni muvaffaqiyatli tamomlagan talabalarga Toshkent shahridagi Puchon Universitetining bakalavr diplomi beriladi. Savollar bo’yicha qabul komissiyasiga murojaat qiling: +998781504002, +998951963601.
Vazirlar Mahkamasining “Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida sogʻlom ovqatlantirish tizimini takomillashtirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2021-yil 30-iyundagi 407-son qaroriijrosini taʼminlash maqsadida Maktabgacha taʼlim vazirining «Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida sogʻlom ovqatlantirish tizimini takomillashtirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida» 2021-yil 5-iyuldagi 123-sonli buyrugʻi qabul qilinib tanlov eʼlon qilingan. Yuqorida keltirilgan topshiriqlar ijrosini taʼminlash maqsadida Maktabgacha taʼlim vazirligi tomonidan respublikada 1 576 ta davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida bolalarni ovqatlantirishni autsorsing usulida tashkil etish uchun 342 ta lotlar bo‘yicha, xususan Qashqadaryo viloyatida 29 ta lotlar (65-93 lotlar) bo‘yicha 158 ta davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari uchun tanlov eʼlon qilingan. Tanlovda ishtirok etish uchun joriy yilning 29 oktabr holatiga respublika bo‘yicha jami 310 nafar, xususan Qashqadaryo viloyati bo‘yicha 25 nafar tadbirkorlar tomonidan hujjatlar kelib tushgan. Tanlov komissiyasining raisi tomonidan tanlovni o‘tkazish jarayoni Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 30 iyundagi 407-son qarori bilan tasdiqlangan Tanlov hujjatlari asosida tashkil etilishi taʼkidlab o‘tildi hamda ishtirokchilarni tanlovni o‘tkazish tartibi bilan tanishtirildi. Qashqadaryo viloyatida tanlovga qo‘yilgan 29 ta lotlar (65-93 lotlar) bo‘yicha 158 ta davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari hamda tanlovda ishtirok etish uchun hujjat taqdim etgan 25 nafar tadbirkorlar to‘g‘risida maʼlumot berildi. Tanlov komissiyasi tomonidan Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 30 iyundagi 407-son qarori bilan tasdiqlangan Tartibining 1-ilovasi 1, 2, 3, 4, 5, 6-shakllariga muvofiq 25 ta talabgor korxonalarning tashqi konvert hujjatlari mosligi qatian oʻrganilib chiqildi. 19-Noyabr-qashқadaryo-bayon-ko'chirmaСкачать
Tender № 2021/2 Mahsulot nomi: Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari uchun gilamlar. Xarid qilinadigan mahsulot nomi, tenderning maksimal qiymati va garov summasi quyidagicha: Xarid qilinadigan mahsulot nomiSoniTenderning maksimal qiymatiGarov maksimal summasii( 0,5% )Gilamlar (butun Respublika bo’ylab)Xarid qilinadigan tovarlar ro’yxati4 484 976 000,022 424 880,0 Tender oʻtkazilish manzili: Oʻzbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Mirobod tumani, Amir Temur xiyoboni, 17-uy, tel.: (90) 126-52-21 Qatnashuvchilarga qoʻyiladigan talablar: Mahsulot yetkazib berish tajribasiga ega boʻlgan ishlab chiqaruvchilar (yetkazib beruvchilar) tenderda ishtirok etishlari mumkin. Tenderning ishchi organi: “VALSTATЕX” MCHJ. Ishchi organ xodimi bilan aloqa raqami: I. M. Mavlyanova, tel.: (+998 93) 399-33-53 e-mail: info@valstatex.uz. Tender hujjatlari boʻyicha toʻliq maʼlumotlarni http://xarid.uz/fillingform. portali orqali olishingiz mumkin. Takliflarni taqdim etishning oxirgi muddati va sanasi: Tender takliflari ishchi organi tomonidan maxsus axborot portalida koʻrsatilgan muddatga qadar qabul qilinadi. Tender eʼlon qilingandan soʻng ishtirokchi bir donadan tovar naʼmunasi topshirishi kerak. Namuna topshiri manzili: Toshkent shahar, Yashnabod tumani, Oqdaryo koʻchasi 122 uy. Belgilangan muddatga qadar namunalarni topshirmagan ishtirokchilar tenderdan chetlashtiriladi (diskvalifikatsiya) qilinadi. Tender taklifini loyihalashga qoʻyiladigan talablar: - tender ishtirokchisi faqat bitta tender taklifini taqdim etishi mumkin; - tender taklifiga kiritilgan barcha hujjatlar rus yoki oʻzbek tillarida tayyorlanishi kerak; - tender taklifi quyidagi manzil boʻyicha taqdim etiladi: 100015, Toshkent shahar, Mirobod tumani, Nukus koʻchasi, 89-uy, “VALSTATEX” MChJ. Qabul uchun masʼul Mavlyanov I.M., tel.: (+998 93) 399-33-53. Tender hujjatlarining elektron versiyasi maxsus axborot portalida joylashtirilgan.
Vazirlar Mahkamasining “Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida sogʻlom ovqatlantirish tizimini takomillashtirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2021-yil 30-iyundagi 407-son qaroriijrosini taʼminlash maqsadida Maktabgacha taʼlim vazirining «Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida sogʻlom ovqatlantirish tizimini takomillashtirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida» 2021-yil 5-iyuldagi 123-sonli buyrugʻi qabul qilinib tanlov eʼlon qilingan. Yuqorida keltirilgan topshiriqlar ijrosini taʼminlash maqsadida Maktabgacha taʼlim vazirligi tomonidan respublikada 1 576 ta davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida bolalarni ovqatlantirishni autsorsing usulida tashkil etish uchun 342 ta lotlar bo‘yicha, xususan Xorazm viloyatida 31 ta lotlar (257-287 lotlar) bo‘yicha 138 ta davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari uchun tanlov eʼlon qilingan. Tanlovda ishtirok etish uchun joriy yilning 29 oktabr holatiga respublika bo‘yicha jami 310 nafar, xususan Xorazm viloyati bo‘yicha 36 nafar tadbirkorlar tomonidan hujjatlar kelib tushgan. Tanlov komissiyasining raisi tomonidan tanlovni o‘tkazish jarayoni Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 30 iyundagi 407-son qarori bilan tasdiqlangan Tanlov hujjatlari asosida tashkil etilishi taʼkidlab o‘tildi hamda ishtirokchilarni tanlovni o‘tkazish tartibi bilan tanishtirildi. Xorazm viloyatida tanlovga qo‘yilgan 31 ta lotdan 31 ta lotga takliflar bo‘yicha 138 ta davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari hamda tanlovda ishtirok etish uchun hujjat taqdim etgan 36 nafar tadbirkorlar to‘g‘risida maʼlumot berildi. Tanlovga qo‘yilgan 259, 261, 272, 280-lotga 1 tadan taklif kelib tushganligi sababli lotlar oʻynalmadi. 18-noyabr-xorazm-bayon-ko'chirmaСкачать
Vazirlar Mahkamasining “Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida sogʻlom ovqatlantirish tizimini takomillashtirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2021-yil 30-iyundagi 407-son qaroriijrosini taʼminlash maqsadida Maktabgacha taʼlim vazirining «Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida sogʻlom ovqatlantirish tizimini takomillashtirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida» 2021-yil 5-iyuldagi 123-sonli buyrugʻi qabul qilinib tanlov eʼlon qilingan. Yuqorida keltirilgan topshiriqlar ijrosini taʼminlash maqsadida Maktabgacha taʼlim vazirligi tomonidan respublikada 1 576 ta davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida bolalarni ovqatlantirishni autsorsing usulida tashkil etish uchun 342 ta lotlar boʻyicha, xususan Sirdaryo viloyatida 33 ta lotlar (180-212 lotlar) boʻyicha 165 ta davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari uchun tanlov eʼlon qilingan. Tanlovda ishtirok etish uchun joriy yilning 29 oktabr holatiga respublika boʻyicha jami 310 nafar, xususan Sirdaryo viloyati boʻyicha 14 nafar tadbirkorlar tomonidan hujjatlar kelib tushgan. Tanlov komissiyasining raisi tomonidan tanlovni oʻtkazish jarayoni Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 30-iyundagi 407-son qarori bilan tasdiqlangan Tanlov hujjatlari asosida tashkil etilishi taʼkidlab oʻtildi hamda ishtirokchilarni tanlovni oʻtkazish tartibi bilan tanishtirildi. Sirdaryo viloyatida tanlovga qoʻyilgan 33 ta lotga takliflar boʻyicha 165 ta davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari hamda tanlovda ishtirok etish uchun hujjat taqdim etgan 14 nafar tadbirkorlar toʻgʻrisida maʼlumot berildi. Tanlov komissiyasi tomonidan Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 30-iyundagi 407-son qarori bilan tasdiqlangan Tartibining 1-ilovasi 1, 2, 3, 4, 5, 6-shakllariga muvofiq 14 ta talabgor korxonalarning tashqi konvert hujjatlari mosligi qatian oʻrganilib chiqildi. 17-Noyabr-Sirdaryo-bayon-kўchirmaСкачать
2021-yilning 17-noyabr kuni ikkinchi Rossiya-O‘zbekiston ta’lim forumi doirasida vazir o‘rinbosari U.Sh.Begimqulov boshchiligidagi O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi delegatsiyasi Rossiya D.I.Mendeleev nomidagi texnologiya universiteti qoshidagi kimyo bolalar texnoparkiga tashrif buyurdi. Ushbu universitet rektori I.V.Vorotyntsev ekskursiya o'tkazdi va bolalarni kimyo bo'yicha asosiy bilimlar bilan tanishtirish uchun innovatsion yondashuvlarni taqdim etdi. Rektor va yosh olimlar bilan uchrashuvda tomonlar Hamkorlik shartnomasini tuzishga tayyor ekanliklarini, shuningdek, Maktabgacha ta’lim vazirligi ishtirokida loyiha ishlab chiqishdan manfaatdor ekanliklarini bildirishdi.
O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim vazirligining ishchi guruhi Surxondaryo viloyatining Qumqo‘rg‘on tumanidagi maktabgacha ta'lim tashkilotlari faoliyatlari bilan tanishdi. Ishchi guruh tumaning "Bilimdon bolajon" nomli ONMTT tashkilotida tarbiyachilari uchun tashkil etilgan o‘quv-seminarda ishtirok etdi. Bundan tashqari Investitsiya dasturi asosida ta'mirlangan 21-sonli DMTTda yaratilgan sharoitlarni ko‘zdan kechirdi.
BatafsilVazirlar Mahkamasining “Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida sogʻlom ovqatlantirish tizimini takomillashtirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2021-yil 30-iyundagi 407-son qaroriijrosini taʼminlash maqsadida Maktabgacha taʼlim vazirining «Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida sogʻlom ovqatlantirish tizimini takomillashtirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida» 2021-yil 5-iyuldagi 123-sonli buyrugʻi qabul qilinib tanlov eʼlon qilingan. Yuqorida keltirilgan topshiriqlar ijrosini taʼminlash maqsadida Maktabgacha taʼlim vazirligi tomonidan respublikada 1 576 ta davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida bolalarni ovqatlantirishni autsorsing usulida tashkil etish uchun 342 ta lotlar bo‘yicha, xususan Samarqand viloyatida 39 ta lotlar (131-169 lotlar) bo‘yicha 215 ta davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari uchun tanlov eʼlon qilingan. Tanlovda ishtirok etish uchun joriy yilning 29 oktabr holatiga respublika bo‘yicha jami 310 nafar, xususan Samarqand viloyati bo‘yicha 52 nafar tadbirkorlar tomonidan hujjatlar kelib tushgan. Tanlov komissiyasining raisi tomonidan tanlovni o‘tkazish jarayoni Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 30 iyundagi 407-son qarori bilan tasdiqlangan Tanlov hujjatlari asosida tashkil etilishi taʼkidlab o‘tildi hamda ishtirokchilarni tanlovni o‘tkazish tartibi bilan tanishtirildi. Samarqand viloyatida tanlovga qo‘yilgan 39 ta lotdan 35 ta lotga takliflar bo‘yicha 205 ta davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari hamda tanlovda ishtirok etish uchun hujjat taqdim etgan 52 nafar tadbirkorlar to‘g‘risida maʼlumot berildi. Tanlovga qo‘yilgan 149,153-lotga 1 ta, 165,166,168,169-lotga umuman taklif kelib tushmaganligi sababli lotlar oʻynalmadi. 15_Noyabr_Samarkand_bandan_kўchirma_Скачать
Yunusovlar oilasi tomonidan 6 milliard soʼm mablagʼga qurib bitkazilgan ushbu tashkilotda 200 dan ziyod bola qamrab olingan boʼlib, 50 ta yangi ish oʼrni ham yaratildi. Fargʼona viloyatida 5 yil oldin atigi 23 foiz bolajonlar maktabgacha taʼlim tashkilotlariga qamrab olingan boʼlsa, hozirda bu koʼrsatkich mamlakatimizda maktabgacha taʼlim tizimini rivojlantirish borasida olib borilayotgan islohotlar natijasida 80 foizga yetdi.
Maktabgacha ta'lim vazirligi ishchi guruhi Navoiy shahri, Qiziltepa va Karmana tumanlarida bo'lib, davlat va nodavlat MTTlari faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Obyektlarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi, oshxonada oziq-ovqat sifati, sanuzel va qishki basseynlarning holatini ko'zdan kechirildi.
Investitsiya dasturi asosida 8-sonli va “Obod qishloq” davlat dasturi asosida 31-sonli maktabgacha taʼlim tashkilotlarining qurilish ishlari yakunlanib foydalanishga topshirildi.Ochilish tadbirlarida Ellikqalʼa tumani hokimi S.Avezov, Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha taʼlim vazirligidan B.Qadirov, M.Akbarov, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirining birinchi oʻrinbosari T.Bayjanov va tegishli tashkilot, muassasa rahbarlari ishtirok qildilar.Tadbirda soʻzga chiqqanlar mamlakatimizda bolajonlarni har tomonlama barkamol insonlar boʻlib ulgʻayishida tinmay gʻamxoʻrlik koʻrsatib kelayotgan Prezidentimizga samimiy minnatdorchilik izhor etdilar.
Ilmiy kuzatish va tadqiqotlar inson oʻz umri davomida oladigan barcha maʼlumotning 70 foizini 5 yoshgacha boʻlgan davrda faol qabul qilishini, bolaning ongi, asosan, 5 – 7 yoshda shakllanishini koʻrsatgan. Bu esa jamiyatga kirib kelayotgan shaxsning maʼnaviy-ruhiy olami, dunyoqarashi, bilimu salohiyati uning maktab yoshigacha boʻlgan yillarda olgan taʼlim-tarbiyasiga uzviy bogʻliqligidan dalolat beradi.Shundan kelib chiqib, aytish mumkinki, bola kamolotining ilk kurtaklari nafaqat oilada, balki maktabgacha taʼlim tashkilotlarida namoyon boʻladi. Ushbu tashkilotlarda taʼlim-tarbiyaviy ishlar sifati hamda samaradorligi, ularda yaratilgan zamonaviy imkoniyat va sogʻlom muhit murgʻak farzandlarimiz taqdirida gʻoyat muhim oʻrin egallaydi.Maktabgacha taʼlim tashkilotining davlat oʻquv dasturi Oʻzbekiston Respublikasining ilk va maktabgacha yoshdagi bolalarni rivojlanishiga qoʻyiladigan Davlat talablariga muvofiq ishlab chiqilgan meʼyoriy-huquqiy hujjat boʻlib, unda maktabgacha taʼlim tashkilotining maqsad va vazifalari, oʻquv-tarbiyaviy faoliyatining asosiy gʻoyalari ifodalangan, shuningdek, bolani taʼlimning keyingi bosqichiga oʻtishidagi asosiy kompetensiyalari belgilangan. Xuddi shu maqsadlarni samarali amalga oshirish yoʻlida vazirlik oʻz tashabbusi bilan maktabgacha taʼlim tashkilotlari uchun oʻquv-metodik va didaktik adabiyotlar tayyorlashni takomillashtirish boʻyicha mexanizmlarni joriy etdi.2021-yilda Maktabgacha taʼlim vazirligi tomonidan pedagoglar uchun bolalar davomatini qayd etish daftari, “Ish daftari”, shuningdek, bolajonlar uchun oʻzbek ertaklari va sheʼrlari toʻplamlari ham nashr ettirildi.Xususan, nashr etilayotgan metodik adabiyotlar va qoʻllanmalar soni quyidagicha:– Pedagoglar uchun bolalar davomatini qayd etish daftari (tabel, filtr patronaj) – 48 811 ta;– Pedagoglar uchun “Ish daftari” komplekt 5 kitobdan iborat – 6149 ta;– Panoramali ertaklar (komplekt 6 kitobdan iborat) – 6 149 ta;– Pedagogik qoʻllanma va didaktik materiallar – 25 000 ta (rus va oʻzbek tillarda);– Musiqa pedagoglar uchun qoʻllanma – 6149 ta.Ushbu davrda vazirlik tomonidan 3 dona oʻzbek xalq ertaklaridan iborat toʻplam ham 20 000 nusxada chop etilib, bolajonlarga yetkazilgan.Xususan, kichik guruh bolalari uchun taʼlimiy, rangli-bezakli badiiy “Qizil gul” kitobi bosmadan chiqqan. “Oq gul” kitobi esa oʻrta guruh bolalari uchun moʻljallangan boʻlib, taʼlimiy, rangli-bezakli badiiy asarlar toʻplami hisoblanadi. Shuningdek, hozirda “Sariq gul” kitobini katta guruh bolalari sevib mutolaa qilishmoqda. Maktabga tayyorlov guruhi bolalari “Moviy gul” kitobidan foydalanishmoqda. Natijada bolalarda kitobga boʻlgan qiziqish ortib, kelgusidan kitobxonlik darajasi oshishiga sabab boʻlishi mumkin.Maktabgacha taʼlim tashkilotlarini yuqori sifatli oʻquv didaktik materiallari bilan taʼminlanish darajasiga ham eʼtibor qaratsak:– “Lulliya aylanalari” didaktik toʻplami – 10 000 ta;– 3-7 yoshli bolalar uchun diqqatni jamlash va mantiqiy fikrlar uchun rivojlanish soati – 20 000 ta;– 40 ta toʻplamdan iborat boʻlgan Elementar matematik tasavvurlarini va bilimlarini rivojlantirish boʻyicha didaktik oʻyinlar va masalalar toʻplami – 20 000 ta (rus va oʻzbek tillarda);– Koʻrgazmali didaktik plakatlar toʻplami;– 45 ta plakatdan iborat toʻplam – 10 000 ta (rus va oʻzbek tillarda);– Markazlarda faoliyatni tashkil etish uchun didaktik kartochkalar toʻplami. Toʻplam 376 ta kartochkadan iborat – 10 000 ta (rus va oʻzbek tillarda);– Nutqni rivojlantirish uchun moʻljallangan figuralar va maskalar toʻplami;– Stol teatri – 6 149 ta; – “Koʻngilochar” Geometrik tushunchalarni hosil qilish va logikani rivojlantirishga qaratilgan grafomatorika boʻyicha didaktik toʻplam 3-7 yoshli bolalar uchun – 6 149 ta;– Tayyorlov guruhlari tarbiyalanuvchilarining ish daftarlari – 466032 ta;– Tarbiyalanuvchilar uchun matematika daftari – 466032 ta;– 6-7 yoshli bolalar uchun ingliz tili daftari – 466032 ta nusxada nashr ettirilmoqda.Eng quvonarlisi yuqorida nomlari keltirilgan didaktik materiallarning barchasi davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari uchun mutlaqo bepul tarqatilmoqda. Albatta ushbu didaktik materiallar kelajak avlodning mustahkam bilim egasi boʻlib kamol topishi yoʻlida olib borilayotganligi ezgu maqsad boʻlib oʻz samarasini berishi shubhasizdir.Maktabgacha taʼlim vazirligi Axborot xizmati
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini “korrupsiyadan xoli qonunchilik” tamoyili asosida ishlab chiqish tartibi joriy etildi.Ilmiy tashkilotlar va oliy taʼlim muassasalari vakillari hamda jismoniy shaxslar — mustaqil ekspertlarga normativ-huquqiy hujjatlar va ularning loyihalarini korrupsiyaga qarshi ilmiy va mustaqil ekspertizadan oʻtkazish huquqi beriladi.Qarorga muvofiq:amaldagi normativ-huquqiy hujjatlar bosqichma-bosqich toʻliq korrupsiyaga qarshi ekspertizadan oʻtkaziladi;Adliya vazirligi korrupsiyaga qarshi ekspertiza boʻyicha davlat organlari va tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtiradi va uslubiy yordam koʻrsatadi;korrupsiyaga qarshi ilmiy va mustaqil ekspertizadan oʻtkazish boʻyicha eng yaxshi takliflarning davlat granti tanlovlari oʻtkaziladi;Vazirlar Mahkamasi tomonidan har yili 20-yanvarga qadar amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarni korrupsiyaga qarshi ekspertizadan oʻtkazish rejasi, yil davomida belgilangan sohalar doirasida aniqlangan korrupsiyaviy omillarni bartaraf etish boʻyicha “Yoʻl xarita” tasdiqlanadi;normativ-huquqiy hujjatlar va ularning loyihalarida aniqlangan korrupsiyaviy omillar tegishli davlat organlari va tashkilotlari faoliyatini baholashning asosiy mezonlaridan biri etib belgilanadi.Qurilish, sogʻliqni saqlash, oliy taʼlim va davlat xaridlari sohalarini tartibga soluvchi 75 ta qonunchilik hujjatidagi 302 ta korrupsiyaviy omillar bartaraf qilinadi.Ilmiy va mustaqil ekspertizadan oʻtkazish natijalari boʻyicha xulosalar tegishli davlat organlari va tashkilotlari tomonidan majburiy koʻrib chiqiladi.Davlat organlari va tashkilotlari yuridik xizmat xodimlarining normativ-huquqiy hujjatlar va ularning loyihalarini korrupsiyaga qarshi ekspertizadan oʻtkazish faoliyati har olti oy yakunida baholanadi.