Yangiliklar
Maktabgacha ta'lim agentligi
Maktabgacha ta’lim agentligida Belarus Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi raisi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Bugun O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining birinchi o‘rinbosari – Maktabgacha ta’lim agentligi direktori A.Shin hamda O‘zbekistonning yangi Konstitusiyasi bo‘yicha referendumga kuzatuvchi sifatida yurtimizga tashrif buyurgan Belarus Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining raisi I.V.Karpenko o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv davomida ikki tomon O‘zbekistonning yangilanayotgan  Konstitusiyasi bo‘yicha o‘z fikr mulohazalarini bayon qilishdi. Shuningdek, maktabgacha ta’lim sohasida ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish haqida ham takliflar va  fikrlar bildirildi.

Batafsil
Maktabgacha ta'lim agentligi
Maktabgacha taʼlim agentligida KOICAning Oʻzbekistondagi vakolatxonasi rahbari bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi

Kuni-kecha O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining birinchi o‘rinbosari – Maktabgacha ta’lim agentligi direktori A.Shin hamda  KOICAning O‘zbekistondagi vakolatxonasi direktori Pak Sunjin xonim o‘rtasida hamkorlik uchrashuvi bo‘lib  o‘tdi. Unda Toshkent shahridagi Kompleks markaz va innovatsion davlat maktabgacha ta’lim tashkilotining barpo etilishidagi  tayyorgarlik ishlarining olib borilayotganligi muhokama etildi. Uchrashuvda Koreya tomoni barpo etilishi rejalashtirilgan obyektlarning loyiha dizaynini taqdim etdi. Ushbu loyiha  poytaxtimizning Yunusobod tumanida joylashgan bo'lib, koreyalik loyihalovchilar tomonidan loyiha maydoni, shakli va joylashuvini hisobga olgan holda ishlab chiqilgan. Shuningdek, muzokaralar davomida maktabgacha ta’lim tizimi pedagog kadrlarining malakasini oshirish bilan bog‘liq masalalar erta yoshdagi bolalarni rivojlantirish sohasidagi koreyalik mutaxassis va ekspertlar ishtirokida muhokama qilindi. Uchrashuv yakunlari bo‘yicha tomonlar o‘zaro fikr almashib, qo‘shma loyihani samarali va o‘z vaqtida amalga oshirish tarafdori ekanliklari ma’lum qilindi.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Agentlikda navbatdagi huquqiy savodxonlik soati oʻtkazildi

2023-yil 28-aprel kuni Maktabgacha taʼlim agentligi markaziy apparati xodimlari uchun navbatdagi huquqiy savodxonlik soati oʻtkazildi. Unda o‘tayotgan haftada qabul qilinib, e’lon qilingan muhim qonunchilik hujjatlari batafsil tushuntirildi. Huquqiy savodxonlik soati yakunida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi tomonidan tayyorlangan haftaning muhim voqealari hamda davlat xizmatchilari uchun dolzarb mavzular haqida maʻlumot berib boruvchi “Siyosiy-maʻrifat soati” namoyish etildi.  

Maktabgacha ta'lim agentligi
Shavkat Mirziyoyev Toshkent xalqaro investitsiya forumi doirasida Islom taraqqiyot banki prezidenti Muhammad bin Sulaymon al-Jassirni qabul qildi

Xabaringiz bor, bugun yurtimizda ikkinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumi o‘z ishini boshladi. Shavkat Mirziyoyev Toshkent xalqaro investitsiya forumi doirasida Islom taraqqiyot banki prezidenti Muhammad bin Sulaymon al-Jassirni qabul qildi. Yangi o‘rta muddatli sheriklik dasturi doirasida Bank guruhi bilan keng ko‘lamli hamkorlikni yanada kengaytirish masalalari muhokama qilindi. Forum doirasida qishloq va transport infratuzilmasini modernizatsiya qilish, maktabgacha ta’limni rivojlantirish bo‘yicha loyihalarni amalga oshirish yuzasidan umumiy qiymati 400 million dollarlik bitimlar imzolandi.  Manba: https://president.uz/oz/lists/view/6225

Maktabgacha ta'lim agentligi
Quvasoyda "Zumradoylar davrasi" ko'rik-tanlovi bo'lib o'tdi

Farg'ona viloyatining Quvasoy shahar Maktabgacha ta'lim bo'limi tasarrufidagi 21-sonli davlat maktabgacha ta'lim tashkilotida "Zumradoylar davrasi" deb nomlangan ko'rik-tanlov bo'lib o'tdi. Ko'rik-tanlovda tashkilotning maktabga tayyorlov guruh tarbiyalanuvchi qizlari 4 ta shart bo'yicha o'zaro bellashdilar. Har bir qatnashuvchi qizlarning olgan bilimlari va ishtiroklari hay'at a'zolari tomonidan baholab borildi va tanlov yakunida  ishtirokchilar turli yo'nalishlar bilan taqdirlandilar. Tanlovda ertak qahramonlarining ham qatnashishlari o'zgacha ko'tarinki kayfiyat baxsh etdi.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Viloyat hokimi viloyat hududidagi navbatdagi bog‘chaga bordi

Surxondaryo viloyati hokimi U.Qosimov Qiziriq tumanidagi ijtimoiy soha obektlaridagi sharoitlar bilan tanishdi. Jumladan, tumandagi  16-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotini ham ko‘zdan kechirdi. Viloyat hokimi ushbu bog‘chada bolalarning ta’lim-tarbiya olishlari uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishib, mavjud muammolarni o‘rgandi. Bolalarga xorijiy til va kasb-hunar o‘rgatishni turli o‘yinlar yordamida, ularning yoshiga mos keladigan metodlar qo‘llagan holda bog‘cha yoshidan boshlash lozimligi ta’kidlandi. Bu borada ushbu bog‘chada olib borilayotgan ishlar bilan tanishdi. Tashrif so‘ngida bolalar uchun turli kitoblar va o‘yinchoqlar jamlanmalari topshirildi.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Xorazmning Gurlan tumanida davlat-xususiy sheriklik asosidagi bog‘cha o‘z faoliyatini boshladi

Kuni-kecha Xorazm viloyatining Gurlan tumani, “Gulshan” MFY hududida joylashgan “Lolaxon-Zuhraxon” MCHJga qarashli 120 o‘rin quvvatga ega davlat-xususiy sheriklik asosidagi nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti foydalanishga topshirildi. Tashkilotining ochilish marosimiga O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati raisi T.Norboyeva ishtirok etdi. Ushbu maktabgacha ta’lim tashkilotiga 120 nafar tarbiyalanuvchilarni qamrab olish orqali Gurlan tumanida maktabgacha ta’limga qamrov darajasini 87,4 foizdan 88,4 foizga (1 %) oshirishga erishildi. Shuningdek, 20 dan ortiq yangi ish o‘rinlari yaratildi. Ma’lumot uchun: Bugungi kunda Gurlan tumanida 3-7 yoshdagi bolalar soni 11 862 nafarni tashkil qilib, shundan 10 373 nafar bolalar (87,4 %) 38 ta davlat, 171 ta oilaviy va 4 ta davlat-xususiy sheriklik asosidagi maktabgacha ta’lim tashkilotlariga qamrab olingan.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Koreya Respublikasi delegatsiyasi bilan uchrashuv

Maktabgacha ta’lim agentligida, O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining birinchi o‘rinbosari - Maktabgacha ta’lim agentligi direktori A.Shin hamda "Edulink Global" prezidenti va ijrochi direktori Chungrim Xan xonim o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv davomida O'zbekiston  Respublikasi maktabgacha ta'lim tizimini raqamlashtirishga qaratilgan "S-board" dasturini amalga oshirishning dolzarb masalalari muhokama qilindi. Uchrashuv doirasida Chungrim Xan xonim Koreya tomoni Maktabgacha ta'lim agentligi bilan O'zbekiston Respublikasi maktabgacha ta'lim tizimiga yangi ilg'or innovatsion g'oyalar, ishlanmalar va texnologiyalarni joriy etishning turli yo'nalishlari bo'yicha o'zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirishga intilayotganini ta'kidlab o'tdi. Muzokaralar yakunida tomonlar maktabgacha ta'lim tizimini rivojlantirishga qaratilgan hamkorlikdagi ishlarni davom ettirish va O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim vazirligi va Koreyaning "Edulink Global" ta' lim kompaniyasi o'rtasida imzolangan hamkorlik to'g'risidagi memorandum bandlarini amalga oshirishni jadallashtirish zarurligi to'g'risida kelishuvga erishdilar.  

Batafsil
Maktabgacha ta'lim agentligi
Davriy moliyaviy hisobotlar 2023-yil I chorak

Молиявий ҳисобот 2023 й 1-чорак.pdf Дебитор маълумотлари.pdf Кредитор маълумотлари.pdf

Maktabgacha ta'lim agentligi
Maktabgacha ta'lim agentligi va O'zbekistondagi KOICA vakillari o'rtasida uchrashuv bo'lib o'tdi.

Joriy yilning 18-aprel kuni Maktabgacha ta'lim agentligida O'zbekistondagi KOICA vakillari va loyiha boshqaruvi bo'yicha koreys maslahatchilari bilan uchrashuv bo'lib o'tdi. Uchrashuvning maqsadi - "Toshkent shahrida koreys modeli bo'yicha kadrlar tayyorlash, o'qitish va rivojlantirish bo'yicha Kompleks markaz hamda Innovatsion davlat maktabgacha ta'lim tashkilotini qurish" loyihasini amalga oshirish masalalarini muhokama qilish bo'ldi. Uchrashuv davomida Koreya tomoni Maktabgacha ta'lim agentligi rahbariyatini qurilishi rejalashtirilgan obyektlar uchun qo'llanilishi mumkin bo'lgan dizayn variantlari bilan tanishtirdi. Mazkur loyiha doirasida O'zbekiston va Koreyaning ixtisoslashgan mutaxassislaridan iborat maktabgacha ta'lim Kengashini shakllantirish zarurligi alohida qayd etildi.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Rasmiy munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahri Yangihayot tumanidagi 122-sonli MTTda tarbiyalanayotgan tarbiyalanuvchining ehtiyotsizlik oqibatida jarohatlangani haqida murojaat tarqaldi. Maktabgacha ta’lim agentligi mas’ul vakillaridan iborat ishchi guruh murojaat yuzasidan ushbu MTTda o'rganish o'tkazdi. O'tkazilgan o'rganish natijalariga ko'ra, to'plangan hujjatlar huquq-tartibot organlari va tegishli tashkilotlarga qonuniy baho berish uchun yuborildi. Natijasi bo'yicha qo'shimcha batafsil ma’lum qilinadi.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Bog'chada ochiq faoliyat tashkil etildi.

Farg'ona tumanidagi 40-sonli davlat maktabgacha ta'lim tashkilotida tarbiyalanuvchilar uchun koinot sirlari haqida tushunchalarni  shakllantirish ularning rang-tasvir olamini yanada rivojlantirish maqsadida ochiq faoliyat tashkil etildi. Eslatib o'tamiz, "Ilk qadam" davlat o'quv dasturidagi oy mavzusiga ko'ra, аprel oyi  "Yer sayyorasi umumiy uyimiz" hisoblanib, shu mavzu doirasida tarbiyalanuvchilarga oy davomida  boshlang'ich bilimlar berilib boriladi.

Maktabgacha ta'lim agentligi
QORAKO'L TUMANIDA BIR YO'LA 2 TA MAKTABGACHA TA'LIM TASHKILOTI FOYDALANISHGA TOPSHIRILDI

Kuni-kecha, Buxoro viloyati Qorako'l tumanida bir yo'la 2 ta maktabgacha ta'lim tashkiloti foydalanishga topshirildi. Binolarni foydalanishga topshirish marosimlarida  O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senatining Byudjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qo‘mitasi raisi E.Gadoyev hamda tuman hokimligi va   keng jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi. Tumandagi Mirzaqal’a mahallasida 120 o‘ringa mo‘ljallangan 42-sonli DMTT  yangidan barpo etildi,  unda zamon talablari darajasida  tibbiyot xonasi, oshxona, universal zal, yotoqxonalar hamda yozgi ayvonchalar bolajonlar uchun xizmat qilishga shay holatga keltirilgan. Quvonarlisi, ushbu ta’lim tashkilotning ish boshlashi bilan 25 ta yangi ish o‘rni yaratildi. Shu kunning o‘zida tumandagi 15-sonli DMTTning ham ochilish marosimi bo'lib o'tdi. Qulonchilik mahallasidagi bolajonlar quvonchiga quvonch qo‘shgan ushbu maktabgacha ta’lim tashkiloti o‘tgan yilgi “Tashabbusli budjet” loyihasi doirasida ajratilgan  mablag‘ hisobiga mukammal ta’mirlandi.  Avval 90 o‘rinli bo‘lgan eski bog‘cha mukammal ta’mirdan so‘ng 120 o‘rinli zamonaviy tashkilotga aylanib, guruhlar soni ham 3 tadan 4 taga yetkazildi. Shunday qilib tumanda faoliyat olib borayotgan davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari soni 42 taga yetdi. Xususiy maktabgacha ta’lim muassasalari soni bilan qo‘shib aytganda bu raqam 132 taga yetadi. Bugungi kunda yana 4 ta maktabgacha ta’lim tashkilotlarida qurilish ishlari olib borilmoqda.  Eslatib o‘tamiz, bundan 5-6 yil avval tumanda maktabgacha ta’lim tashkilotlariga bolalarning qamrov darajasi bor-yo‘g‘i 18% ni tashkil qilgan bo‘lsa, bugungi kunda ushbu ko‘rsatgich 67 foizga yetdi. Joriy yil yakuni bilan bolalar qamrovini 80 foizdan oshirish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Maktabgacha ta’lim agentligi va YUNISEF vakillari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Bugun Maktabgacha ta’lim agentligi va YUNISEF xalqaro bolalar jamg‘armasi vakillari o‘rtasida  uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv davomida tomonlar 2023-2025-yillarga mo‘ljallangan hamkorlik ishlari muhokama etildi. Shuningdek, YUNISEF tashkiloti bilan maktabgacha ta’lim tizimi sifatini oshirishga qaratilgan yangi tashabbuslarni ishlab chiqish bo‘yicha kelishib olindi.  Mazkur yo‘nalishdagi uchrashuvlar Maktabgacha ta’lim agentligi va YUNISEF tashkiloti o‘rtasida muntazam o‘tkazilishi  bo‘yicha kelishib olindi.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Toshkent pedagogika kollejida "Ochiq dars" bo‘ldi

Kuni kecha Toshkent pedagogika kollejida  “Maktabgacha ta’lim pedagogika” si fanidan ochiq dars bo‘lib o‘tdi. Unda agentlik xodimlari hamda kollej pedagoglari ishtirok etishdi. Ochiq dars mavzusi  “Bola huquqlari to‘g‘risidagi konvensiya” bo‘lib, unda bo‘lajak pedagoglar, ya’ni kollej o‘quvchilari bola huquqlari va uni MTT faoliyatida qo‘llash, voyaga yetmagan bolalarning huquqiy manfaatlari qonun hamda xalqaro konvensiya bilan mustahkamlanganligi kabi bilimlarga ega bo‘lishdi. Ochiq dars yakunida erishilgan natijalar va dars jarayonidagi kamchiliklar haqida dars kuzatuvchilari tomonidan fikr va tavsiyalar berildi. Ma’lumot uchun:  Ta’lim muassasasida hozirgi vaqtda 931 nafar o‘quvchi  5 ta kasb bo‘yicha kunduzgi, sirtqi, kechki, dual ta’lim shakllarida   ta’lim olishmoqda.

Batafsil
Maktabgacha ta'lim agentligi
Agentlikda navbatdagi huquqiy savodxonlik soati oʻtkazildi.

2023-yil 14-aprel kuni Maktabgacha taʼlim agentligi markaziy apparati xodimlari uchun navbatdagi huquqiy savodxonlik soati oʻtkazildi. Unda o‘tayotgan haftada qabul qilinib, e’lon qilingan muhim qonunchilik hujjatlari batafsil tushuntirildi. Huquqiy savodxonlik soati yakunida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi tomonidan tayyorlangan haftaning muhim voqealari hamda davlat xizmatchilari uchun dolzarb mavzular haqida maʻlumot berib boruvchi “Siyosiy-maʻrifat soati” namoyish etildi.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Samarqanddagi bog'chada "Ilg'angan nigoh" mavzusida seminar bo'lib o'tdi.

Samarqand shahar 60-DKTIMTTda "Ilg'angan nigoh" mavzusida seminar bo'lib o'tdi.  Seminarda autizm belgilari va xususiyatlari haqida, Autizm sabablari va statistik ma'lumotlar haqida shifokorlar tomonidan taqdimot qilindi. Hozirgi kunda Samarqand shahar 60-DKTIMTTda 110 nafar tarbiyalanuvchilardan 20 nafari  Autik spektrli bolalardir. Ular bilan olib boriladigan yangi texnologiyalar: ABA, XENLI, DENVER, FLOUR TIME kabi terapiyalarning qo'llanishi, ish tajribalari haqida tashkilot defektologlari ma'lumot berishdi. Hozirgi zamon asr muammosi bo'lib borayotgan autizm spektrli bolalar bilan olib boriladigan korreksion ishlar borasida savol-javoblar bo'ldi.  Seminar yakunida ishtirok etgan mehmonlar o'z fikr-mulohazalarini bildirib, tashkil etilgan seminardan yangi bilim, nazariy va amaliy tajribalar olganliklarini bildirishdi.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Buxoroda yangi maktabgacha ta'lim tashkiloti o'z faoliyatini boshladi

Bolalik - beg‘ubor fasl. Unda kelgusi hayot uchun muhim zahiralar yaratiladi. Bu davrda inson umri davomida olajak bilim va ko‘nikmalarning salmoqli qismi olinadi. Agarda bu uchun muhim sharoitlar yaratilgan bo‘lsa. Kuni kecha Buxoro viloyati, Shofirkon tumanining Denov MFYda 34-sonli DMTT zamonaviy talablar asosida yangidan rekonstruksiya qilinib, foydalanishga topshirildi.  Ushbu tantana qishloq  ahli uchun haqiqiy bayramga aylandi. Tadbirda so‘zga chiqqan tuman hokimi  N.Rahmonov maktabgacha taʼlim yo‘nalishida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar, foydalanishga topshirilayotgan zamonaviy maktabgacha taʼlim tashkilotlarining ahamiyatiga to‘xtalib, mazkur taʼlim maskani hududdagi qamrovning ortishi, bolajonlarning har tomonlama komil inson bo‘lib voyaga yetishlarida “maktab” bo‘lishini taʼkidladi.  Mazkur MTT 150 o‘ringa mo‘ljallangan bo‘lib, ‘'Obod mahalla‘'  dasturi asosida yo‘naltirilgan 2 milliard 322 ming so‘m mablag‘ evaziga “Shofirkon Jo‘ynav Qurilish” MCHJ bunyodkorlari tomonidan 4 oy davomida rekonstruktsiya qilindi.  Zamon talablariga to‘la javob beradigan mazkur tashkilotda bolajonlar uchun barcha sharoitlar yetarli.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Agentlikda navbatdagi huquqiy savodxonlik soati o‘tkazildi

2023-yil 7-aprel kuni Maktabgacha taʼlim agentligi markaziy apparati xodimlari uchun navbatdagi huquqiy savodxonlik soati oʻtkazildi. Unda quyidagi qonunchilik hujjatlarining mazmun-mohiyati batafsil tushuntirildi. O‘tayotgan haftada ham muhim qonunchilik hujjatlari qabul qilindi va e’lon qilindi. Jumladan, 1. “Suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish bo‘yicha kechiktirib bo‘lmaydigan chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ–107-son, 01.04.2023 y.) qabul qilindi. Qarorga ko‘ra, 2023-yil 1-apreldan tijorat banklari kreditlarining garov ta’minoti 2,5 milliard so‘mdan ortiq bo‘lmagan miqdorda Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi kafilligi asosida ta’minlanadi. 2024-yil 1-martgacha Qashqadaryo viloyati Kasbi tumanida barcha suv kirish nuqtalari boshqaruvini raqamlashtirish va suvni foydalanuvchilarga yetkazib berish bo‘yicha tajriba-sinov loyihasi amalga oshiriladi. Suv yetkazib beruvchi tashkilotlar va suv iste’molchilari o‘rtasida rasmiylashtirilgan dalolatnomalarni har oy yakuni bilan elektron shaklda to‘ldirish hamda elektron raqamli imzolar orqali tasdiqlash imkonini beruvchi “Suv hisobi” axborot tizimi yaratiladi. 2025-yil 1-yanvardan quyidagi tartib joriy etiladi: respublikaning barcha hududlarida “Suv hisobi” AT joriy qilinadi; “Suv hisobi” AT orqali taqdim etilgan ma’lumotlar asosida soliq organlari tomonidan soliq hisobotlarini avtomatik shakllantirib berish amaliyoti joriy etiladi. 2023-yil avgustgacha 2022-yilda suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy qilgan hamda subsidiya mablag‘larining 50 foizini olgan qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilariga tizimlarning ishlatilishiga qarab belgilangan subsidiya miqdorining qolgan 50 foizi tuman ishchi guruhi xulosasi asosida ajratiladi. 2023-yil 1-maygacha suv resurslaridan samarasiz foydalanish va suv xo‘jaligi ob’yektlarining gidrotexnik inshootlaridan noqonuniy foydalanish yuzasidan javobgarlikni kuchaytirish bo‘yicha taklif ishlab chiqiladi. 2. “Iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishda ilmiy yondashuvlarni kengaytirish va boshqaruv kadrlarini tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ–108-son, 04.04.2023 y.) qabul qilindi. Qarorga ko‘ra, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti hamda Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi tashkil qilindi. Shuningdek, Institut tarkibida hududlarda yer resurslaridan unumli foydalanish va ularni optimal taqsimlash orqali bandlikni ta’minlash, aholi daromadlarini oshirish yuzasidan muammolarni o‘rganish va amaliy takliflar tayyorlashga yo‘naltirilgan yuridik shaxs bo‘lmagan “Yer islohotlari markazi”; Oliy maktab tuzilmasida yuridik shaxs bo‘lmagan “Yashil iqtisodiyotni ilgari surish va joriy etish” loyiha ofisi va Biznes inkubator va startap loyihalar bilan ishlash markazi tashkil etildi. Shuningdek, bizning xodimlarimizning ayrimlari Oliy maktabda magistratura yo‘nalishlarida ta’lim olayotganlarini inobatga olib, Oliy maktabning yangi asosiy vazifalaridan kelib chiqib himoya ishiga mavzularini tanlashlarini tavsiya etgan bo‘lar edik. 3. “Aholini sifatli iste’mol tovarlari bilan ta’minlashga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ–110-son, 04.04.2023 y.) qabul qilindi. Qarorga ko‘ra: iste’molchilar hayoti yoki sog‘lig‘i xavfsizligi talablariga javob bermaydigan mahsulotlarning noqonuniy muomalasi bilan bog‘liq qilmish uchun javobgarlik kuchaytiriladi; etil spirti, alkogol va tamaki mahsulotlarining noqonuniy muomalasi bilan bog‘liq qilmish uchun javobgarlik ijtimoiy xavflilik darajasidan kelib chiqib o‘rnatiladi; sanitariya qonunchiligi va veterinariya, veterinariya-sanitariya qoidalarini buzganlik uchun belgilangan ma’muriy javobgarlik kuchaytiriladi; o‘zganing tovar belgisidan, xizmat ko‘rsatish belgisidan, geografik ko‘rsatkichidan, tovar kelib chiqqan joy nomidan, adashtirib yuborish darajasida ular bilan o‘xshash bo‘lgan belgidan yoki firma nomidan qonunga xilof ravishda foydalanganlik uchun javobgarlik kuchaytiriladi; belgilangan talablar va shartlarning qo‘pol ravishda buzilishi oqibatida lisenziyasi bekor qilingan yoki xabardor qilish tartibida faoliyatni (harakatlarni) amalga oshirishi tugatilgan tadbirkorlarga quyidagi ro‘yxatda keltirilgan faoliyat turlari bilan shug‘ullanishiga cheklovlar belgilanadi. 4. “2023-yilda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish, qayta ishlashni kengaytirish va qo‘llab-quvvatlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ–113-son, 05.04.2023 y.) qabul qilindi. Qarorga ko‘ra, 2023-yil 1-iyungacha paxta, g‘alla, meva-sabzavotlar yetishtirish uchun imtiyozli kredit ajratish jarayonlari raqamlashtiriladi, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtiruvchilarga “Agroplatforma” axborot tizimi joriy etiladi. 2023-yilda har bir viloyatda o‘rtacha 250-300 gektardan namunaviy bog‘-tokzorlar barpo etiladi. Qoraqalpog‘iston Respublikasida chorvaga ozuqa yetishtirish uchun beriladigan yerlar maydoni 2 gektardan 5 gektarga oshiriladi. 5. Hukumat qarori (142-son, 04.04.2023 y.) bilan Bino (inshoot) va xonalarning yong‘in xavfsizligi talablariga muvofiqligi to‘g‘risida xulosa berish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti tasdiqlandi. Reglamentga ko‘ra, bino (inshoot) va xonalarning yong‘in xavfsizligi talablariga muvofiqligi to‘g‘risida xulosa Favqulodda vaziyatlar vazirligining davlat yong‘in nazorati organlari tomonidan davlat xizmatlari markazlari yoki YAIDXP (my.gov.uz) orqali beriladi. Shunga ko‘ra, ariza beruvchi (jismoniy yoki yuridik shaxs) DXMga o‘zi kelib yoki YAIDXP orqali ro‘yxatdan o‘tgan holda murojaat qiladi. So‘rovnoma kelib tushgach, vakolatli organ bino va xonalarni 10 ish kuni ichida normativ-huquqiy hujjatlarga va texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga asosan joyiga chiqqan holda ko‘rib chiqadi. Davlat xizmati ko‘rsatilgani uchun BHMning 10 foizi (30 ming so‘m) miqdorida yig‘im undiriladi. YAIDXP orqali murojaat etilganda mazkur miqdor 27 ming so‘mni tashkil etadi. Jismoniy shaxslar YAIDXP orqali murojaat etgan taqdirda, so‘rovnomani elektron raqamli imzo bilan tasdiqlash talab etilmaydi. Shuningdek, qaror bilan Radiotexnik inshootlarni o‘rnatish va ulardan foydalanish uchun sanitariya pasportini berish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti tasdiqlandi. Bunda radiotexnik inshootning sanitariya pasporti aholi yashash joylari istiqbolli rivojlantirilishi hamda sanitariya muhofaza zonasi o‘zgarishi inobatga olingan holda 3 yil muddatga beriladi. So‘rovnoma kelib tushgach, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi va uning hududiy boshqarmalari 14 kun muddatda radiotexnik inshootlarning sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga muvofiqligini joyiga chiqqan holda ko‘rib chiqadi. Davlat xizmati ko‘rsatilgani uchun BHMning 2 baravari (600 ming so‘m) miqdorida yig‘im undiriladi. 2023-yil 1-apreldan nimalar o‘zgaradi? Pensiyalar va nafaqalar miqdori oshadi; Majburiy attestasiyaga jalb etilmaydigan pedagog kadrlar ro‘yxati kengaytiriladi; Pensiya oluvchilar Toshkent metropolitenidan kun davomida bepul foydalanadi; Parrandachilik bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlarga imtiyozli kreditlar beriladi; Aholiga quyosh panellari orqali ishlab chiqarilgan elektr energiyasi uchun subsidiya beriladi; Avtotransportlar harakatlanishining eng yuqori tezligi soatiga 60 kilometrgacha pasaytiriladi; Xo‘jalik jamiyatlari kuzatuv kengashining qimmatli qog‘ozlarni chiqarish bo‘yicha qarorlari muhim fakt sifatida oshkor qilinadi; Ayrim tadbirkorlarga mol-mulkni sug‘urta qilish xarajatlarining bir qismi qoplab beriladi; Ayrim kasalliklarda nogironlik fuqarolarning ishtirokisiz belgilanadi; Ko‘p kvartirali uylarning noturar qavatlarida maktabgacha ta’lim tashkilotlarini tashkil etishga ruxsat beriladi; Professional ta’lim muassasasi pedagoglarining bazaviy tarif stavkalari oshiriladi; Halok bo‘lgan harbiy xizmatchilar oila a’zolari ijtimoiy qo‘llab-quvvatlanadi; Yangi qurilgan ko‘p qavatli ishlab chiqarish binolari uchun mol-mulk solig‘i pasaytiruvchi koeffisiyentda to‘lanadi; Qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalarini o‘rnatgan shaxslar mol-mulk va yer solig‘idan ozod etiladi; Ayrim qishloq xo‘jaligi texnikalari bojxona to‘lovlari va utilizasiya yig‘imidan ozod qilinadi. Huquqiy savodxonlik soati yakunida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi tomonidan tayyorlangan haftaning muhim voqealari hamda davlat xizmatchilari uchun dolzarb mavzular haqida maʻlumot berib boruvchi “Siyosiy-maʻrifat soati” namoyish etildi.  

Maktabgacha ta'lim agentligi
KOICAning O‘zbekistondagi vakolatxonasi direktori bilan uchrashuv

2023-yilning 4-aprel kuni Maktabgacha ta’lim agentligida, O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining birinchi o‘rinbosari - Maktabgacha ta’lim agentligi direktori A.Shin hamda KOICAning O‘zbekistondagi vakolatxonasi direktori Pak Sunjin xonim o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv davomida tomonlar maktabgacha ta’lim sohasidagi hamkorlikning hozirgi holati va istiqbollarini, shuningdek, Toshkent shahrida pedagog kadrlarni tayyorlash, o‘qitish va rivojlantirish bo‘yicha Kompleks markaz hamda Innovatsion maktabgacha ta’lim tashkilotini qurishga qaratilgan qo‘shma loyihani amalga oshirish bilan bog‘liq keng ko‘lamli masalalarni muhokama qildilar. Koreya delegatsiyasi rahbari o‘zining kirish nutqida so‘nggi yillarda O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarga, jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti rahnamoligida amalga oshirilayotgan yosh bolalarni erta rivojlantirish sohasiga yuksak baho berdi. Koreya tomoni maktabgacha ta’lim sohasida o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish salohiyatini oshirishga intilayotgani ta’kidlandi. Shu bilan birga, Pak Sunjin xonim KOICA ning O‘zbekistondagi vakolatxonasi amalga oshirilayotgan loyiha doirasida, jumladan, maktabgacha ta’lim sifatini oshirish va pedagogning kasbiy vakolatlarini rivojlantirishga qaratilgan yangi komponentlarni joriy etish orqali muloqot va hamkorlik yo‘nalishlarini kengaytirish uchun ochiq ekanini ta’kidladi. Tomonlar qo‘shma loyiha doirasida barpo etilayotgan pedagog kadrlarni tayyorlash, o‘qitish va rivojlantirish Kompleks markazi hamda Innovatsion maktabgacha ta’lim tashkiloti respublikaning maktabgacha ta’lim tizimiga ilg‘or xorijiy tajribani moslashtirish va joriy etish hamda maktabgacha ta’lim tizimini yagona uzluksiz ta’lim tizimining eng muhim bo‘g‘ini sifatida yanada takomillashtirishning yana bir vositasi bo‘lishiga kelishib oldilar. KOICAning O‘zbekistondagi vakolatxonasi direktorining ta’kidlashicha, nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari sonini ko‘paytirish bo‘yicha Agentlikning muvaffaqiyatli faoliyati alohida e’tiborga loyiqdir. Shu nuqtai nazardan, xalqaro nodavlat tashkilot vakili tomonidan O‘zbekiston tomoniga ushbu yo‘nalishni rivojlantirishga har tomonlama ko‘maklashishga tayyorligi bildirildi. Muzokaralar yakuniga ko‘ra tomonlar O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim tizimini rivojlantirish bo‘yicha birgalikdagi ishlarni davom ettirish va Toshkent shahrida pedagog kadrlarni tayyorlash, o‘qitish va rivojlantirish bo‘yicha Kompleks markaz hamda Innovatsion maktabgacha ta’lim tashkilotini barpo etishga qaratilgan loyihani amalga oshirish jarayonini jadallashtirish zarurligi to‘g‘risida kelishuvga erishdilar.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Nukusda sog‘lom ovqatlantirishni tashkil etish yuzasidan seminar o‘tkazildi

Kuni kecha Nukus shahrida Maktabgacha ta’lim agentligining mas’ul xodimi S.Mirzakarimov  ishtirokida maktabgacha ta’lim tashkilotlarida sog‘lom ovqatlantirishni sifatli tashkil etish maqsadida seminar o‘tkazildi. Seminarda Nukus shahridagi maktabgacha ta’lim tashkiloti rahbarlari ishtirok etishdi. Seminar davomida sog‘lom ovqatlantirishni tashkil etishda SanPin me’yorlariga doimiy rioya qilish talabi qo‘yildi.  Shu kunning o‘zida, agentlik mas’ul xodimi S.Mirzakarimov  Qoraqalpog‘iston Respublikasi maktabgacha ta’lim tashkilotlariga xizmat ko‘rsatuvchi ausorserlar uchun ham seminar o‘tkazdi.  Seminar davomida,  maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tarbiyalanuvchilarni sog‘lom ovqatlantirish tizimini yanada yaxshilash, tadbirkorlik sub’yektlari tomonidan oshxonalarga  investisiyalar kiritish hamda zamonaviy texnika texnologiyalardan foydalangan holda sifatli taomlar tayyorlash yuzasidan suhbatlashib, o‘z takliflari va talablarini  ma’lum qildi.

Maktabgacha ta'lim agentligi

Batafsil
Maktabgacha ta'lim agentligi
Vazirlik rahbariyati Xivadagi matematikaga ixtisoslashtirilgan bog‘chada hamda Xiva Pedagogika kollejida bo‘ldi

Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri H.Umarova va birinchi o‘rinbosari - Maktabgacha ta’lim agentligi direktori A.Shin Xiva shahridagi 15-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti va Xiva Pedagogika kollejiga bordi. Vazirlik rahbariyati Xiva shahridagi buyuk matematik, olim Muhammad Al-Xorazmiy  nomiga atalgan 360 quvvatga ega 15-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida bo‘lib , u yerdagi   tarbiyalanuvchilarning mukammal ta’lim-tarbiya olishlari hamda  matematika fanini mukammalroq o‘rganishi uchun rejaviy mashg‘ulotlardan tashqari fanga yo‘naltirilgan hamda gimnastika, raqs, karate, kurash kabi to‘garaklarning faoliyati bilan tanishdi.  Maktabgacha ta’lim agentligi o‘rinbosari N.Muslitdinov tomonidan Nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarini boshqarish axborot tizimi http://nodavlat-bogcha.uz haqida ma’lumot berilib, uning afzalliklari va qulayliklari tushuntirildi. Shundan so‘ng, vazirlik  rahbariyati Xiva Pedagogika kollejida bo‘lib, u yerda o‘quvchilarning ta’lim olishida yaratilgan sharoitlar va DMTT tasarrufidagi majburiy bepul tayyorlov guruhlarini ko‘zdan kechirishdi.  Shuningdek, kollej xodimlari va o‘quvchilarning ovqatlanishi uchun ochilayotgan 200 o‘rinli yangi oshxonaning ochilish marosimida ishtirok etishdi. Ma’lumot uchun:  Xiva shahrida jami 88ta  maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyat yuritib, shahardagi 7 mingdan ziyod 3-7 yoshli bolalarning barchasi MTTlarga qamrab olingan. Bugungi kunda Xorazm viloyatida jami 4 ta: Xiva, Hazorasp, Yangibozor, Xonqa pedagogika kollejlari mavjud bo‘lib, ularda jami 3 911 nafar o‘quvchilar  tahsil olishmoqda.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Qonliko‘lda - Pedagogika kollej rahbar va pedagoglariga didaktik materiallardan unumli foydalanish bo‘yicha seminar o‘tkazildi

Ayni kunda Maktabgacha ta’lim agentligining mas’ul xodimlari tomonidan  Qoraqalpog‘iston Respublikasi maktabgacha ta’lim tizimidagi tashkilot pedagoglari uchun seminar va master klasslar o‘tkazilmoqda. Navbatdagi seminarda Qonliko‘l tumanidagi MTT pedagoglari shuningdek, To‘rtko‘l, Beruniy, Xo‘jayli, Chimbay, Taxiatosh, Qonliko‘ldagi kollej  rahbar - pedagoglari ishtirok etishdi. Seminar davomida "Ilk qadam" dasturida keltirilgan faoliyat markazlariga doir ko‘plab savollarga mutaxassis tomonidan javoblar berildi.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Didaktik materiallardan unumli foydalanish - maqsadga erishilgan mashgʻulotdir

Nukusda shahar maktabgacha ta’lim tashkiloti pedagoglari uchun  didaktik  materiallardan unumli  foydalanish yuzasidan Maktabgacha ta’lim agentligining mas’ul xodimi tomonidan seminar o‘tkazildi.  Seminar davomida takomillashtirilgan "Ilk qadam" dasturida keltirilgan bolalarni har tomonlama rivojlantirish muhitini MTT guruhlarida tashkil etish hamda kichik yoshdagi bolalarning rivojlanishini toʻgʻri  tashkil etish maqsadida pedagog tomonidan yuritilishi belgilangan rivojlantiruvchi xaritani yuritish yuzasidan qoʻshimchalar ham tushuncha berildi. Shuningdek, har bir metodik qoʻllanmada kiritilgan elektron QR kodlardan qanday tartibda foydalanish haqida ham master-klass koʻrsatildi. Ushbu master-klass pedagoglar tomonidan katta qiziqish bilan kutib olindi.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Koreya delegatsiyasi bilan uchrashuv bo'lib o'tdi

O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim agentligida O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab ta’limi vazirining birinchi o‘rinbosari – Maktabgacha ta‘lim agentligi direktori Agrippina Vasilevna Shinning Puchon universiteti Prezidenti janob Xan Chong Sok boshchiligidagi Koreya delegatsiyasi a’zolari bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda maktabgacha ta’lim sohasidagi hamkorlik istiqbollari, shuningdek, Toshkent shahridagi Puchon universiteti faoliyati bilan bog‘liq keng ko‘lamli tashkiliy masalalar muhokama qilindi. Janob Xаn o'zining kirish nutqida Koreya tomoni maktabgacha ta'lim sohasida o'zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirishda salohiyatni oshirishga intilayotganini alohida ta'kidladi, shuningdek, Puchon universitetining so'nggi yutuqlari va rivojlanish istiqbollari haqida qisqacha ma'lumot berdi hamda Maktabgacha ta'lim agentligi rahbariyatiga O'zbekiston-Koreya munosabatlarini rivojlantirishga qo'shgan bebaho hissasi va Toshkent shahridagi Puchon Universitetini har tomonlama qo'llab-quvvatlagani uchun minnatdorchilik bildirdi. Shu bilan birga, Koreya delegatsiyasi rahbari so'nggi yillarda O'zbekiston Respublikasi Prezidenti rahbarligi va jiddiy e'tibori ostida amalga oshirilayotgan keng ko'lamli islohotlarning asosiy natijalariga yuqori baho berdi. Uchrashuv doirasida janob Xan Toshkent shahridagi Puchon universitetini mustahkamlashga qaratilgan qo'shma chora-tadbirlarni amalga oshirishga tayyorligini bildirdi, shu jumladan: – boshqaruvchi kadrlar tayyorlash fakulteti va boshlang'ich sinf o'qituvchilarini tayyorlash fakultetining ochilishi; – Maktabgacha ta'lim tizimiga tegishli va respublika, viloyat markazlarida joylashgan 14 ta pedagogika kolleji negizida Puchon universitetining mintaqaviy bo'linmalarining ochilishi;  –  pedagog kadrlarning uzluksiz kasbiy o'sishi va malakasini oshirishni ta'minlash; – koreys mutaxassislarini tegishli dasturlar va metodik qo'llanmalarni ishlab chiqishga jalb qilish orqali ta'limning yuqori sifatda bo'lishini ta'minlash; – innovatsion o'qitish usullarini joriy etish; – universitet tomonidan amalga oshirilayotgan ta'lim jarayonini oshirishga qaratilgan dasturlar monitoringi va tahlilini kuchaytirish; – istiqbolli va iqtidorli talabalar ishtirokida mustaqil tayyorgarlik ko'rish va mentorlik guruhlarini tashkil etishga qaratilgan qo'shimcha dasturlarni ishlab chiqish orqali talabalarning potentsial bilimlarini oshirish. Tomonlar Koreya tomonining innovatsion takliflarini O'zbekiston Respublikasi maktabgacha ta'lim tizimi ehtiyojlariga moslashtirish sohasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish zarurligi to'g'risida kelishib oldilar. O'zbekiston Respublikasi rahbariyatining ta'lim masalalariga e'tibori ortib borayotgan bir sharoitda Koreya tomoni ushbu sohada belgilangan maqsad va vazifalarni samarali amalga oshirishda respublikaga har tomonlama ko'mak berishi alohida ta'kidlab o'tildi. Uchrashuv yakuniga ko'ra, tomonlar O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim agentligi va Puchon universiteti o'rtasida maktabgacha ta'lim sohasida faol muloqotni ta'minlash uchun muntazam ikki tomonlama uchrashuvlar o'tkazish amaliyotini davom ettirish zarurligi to'g'risida o'zaro kelishuvga erishdilar.    

Maktabgacha ta'lim agentligi
Agentlikda ertalabki badantarbiya mashg‘ulotlari bo‘lib o‘tdi

Mutaxassislarning fikriga ko‘ra, inson hayoti davomida jismoniy tarbiya va ommaviy sport bilan muntazam shug‘ullanishi hamda sog‘lom turmush tarzi bo‘yicha hayotiy ko‘nikmalarni shakllantirishi orqali kasallikka qarshi kuchli immun tizimining paydo bo‘lishiga sababchi bo‘lar ekan. Qator kuzatishlar va tajribalarda yuqoridagi fikrlar  o‘z tasdig‘ini topgan. Shuning uchun mutaxassislar ertalabki badantarbiya hamda ommaviy sport bilan muntazam shug‘ullanishni tavsiya etishadi.  Yuqoridagi tavsiyalarni inobatga olgan holda, shuningdek,  Maktabgacha ta’lim agentligi xodimlarining salomatligi va jismoniy faolligini oshirish maqsadida, badantarbiya mashg‘ulotlari o‘tkazilib kelinmoqda. Xuddi shunday jismoniy tarbiya tadbirlaridan biri bugun agentlik binosida bo‘lib o‘tdi. Unda barcha xodimlar faol ishtirok etishdi.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Sankt-Peterburg davlat universiteti delegatsiyasi bilan uchrashuv

17-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining birinchi o‘rinbosari Agrippina Vasilevna Shin hamda Sankt-Peterburg davlat universiteti xalqaro aloqalar bo‘yicha prorektori Sergey Vladimirovich Andryushin va Toshkentdagi Sankt-Peterburg davlat universiteti filiali rahbari o‘rinbosari Rubsov Artem Sergeevichlar o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Muzokaralar chog‘ida, 2022-yil O‘zbekiston delegatsiyasining Rossiya Federatsiyasiga tashrifi davomida imzolangan hamkorlik memorandumi doirasida, O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim agentligi va Sankt-Peterburg davlat universiteti o‘rtasidagi hamkorlikning hozirgi holati hamda uni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi. S.V.Andryushin o‘z nutqida  Sankt-Peterburg universiteti O‘zbekiston Respublikasi bilan ikki tomonlama hamkorlikning turli yo‘nalishlarida, jumladan, maktabgacha ta’lim sohasidagi o‘zaro hamkorlikni yo'lga qo'yishga intilishini ma’lum qildi. Shu nuqtai nazardan, zamonaviy O‘zbekiston taraqqiyotining ajralmas qismi bo‘lgan maktabgacha yoshdagi bolalarni erta rivojlantirish muhimligi ta’kidlandi. SPbDU Prorektori yig‘ilish doirasida tomonlar o‘rtasida imzolangan Memorandum bandlarini amalga oshirish mexanizmlarini joriy etish maqsadida, “Yo‘l xaritasi”ni belgilash va ishlab chiqish bo‘yicha qo‘shma ishchi guruh tuzish imkoniyatini ko‘rib chiqishni taklif qildi. Shu bilan birga, S.V.Andryushin Rossiya tomoni Sankt-Peterburg shahridagi universitet hududida o‘zbek mutafakkiri va olimi Mirzo Ulug‘bek haykali o‘rnatilishiga, shuningdek, O‘zbekiston tomonidan Sankt-Peterburg davlat universitetida O‘zbek madaniyati markazining ochilishida har tomonlama yordam berishga tayyorligini yana bir bor ta’kidladi. S.V.Anryushin, shuningdek, Sankt-Peterburg universiteti rahbariyatining O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim agentligi bilan quyidagi sohalarda hamkorlikni kengaytirish imkoniyatlarini ko‘rib chiqishga tayyorligini bildirdi: a) maktabgacha ta’lim tizimining ilmiy salohiyatini oshirish; b) inklyuziv ta'limni rivojlantirishga qaratilgan qo'shma loyihalarni amalga oshirish; v) hamshiralik ishi rivojlanishining individual modullari va dasturlarini ishlab chiqish; d) maktabgacha ta'lim tizimida ishlovchi hamshiralarning malakasini oshirish. Muzokaralar natijasida, tomonlar O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab ta’limi tizimini rivojlantirish bo'yicha birgalikdagi ishlarni davom ettirish lozimligi haqida kelishib olishdi.

Вид сайта
Размер шрифта