Yangiliklar
Maktabgacha ta’lim sohasida nodavlat sektorini rivojlantirishning zamonaviy mexanizmlari, xususan davlat-xususiy sheriklikning 10 dan ortiq yangi shakllari me’yoriy-huquqiy bazasi shakllantirilgan holda, sohani rivojlantirishga qaratilgan keng imtiyozlar joriy etildi. Bugunga qadar 172 525 quvvatli 1638 ta bitimlar imzolangan bo‘lib, shundan 262 tasida kredit mablag‘lari jalb etilmagan. Qolgan 118 042 quvvatga ega 1190 ta loyihalarga 2,1 trln. so‘m miqdorida imtiyozli kreditlar ajratilgan. Shu bilan birga, mazkur loyihalarga 1,3 trln. so‘m tadbirkorlar tomonidan investisiya mablag‘lari sarflangan. Bugungi kunda 1 301 ta davlat-xususiy sheriklik asosidagi (yirik loyihalar) hamda 20 408 ta oilaviy shakldagi nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyat yuritib kelmoqda. Maktabgacha ta’lim sohasida davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish maqsadida nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga 2018-2022-yillar davomida jami 4,03 trln. so‘m miqdorida subsidiyalar ajratildi. Jumladan, 2018 yilda 60,0 mlrd. so‘m, 2019 yilda 238,4 mlrd. so‘m, 2020 yilda 300,0 mlrd. so‘m, 2021 yilda 1,30 trln. so‘m va 2022 yilda 2, 1 trln. so‘m byudjet mablag‘larini tashkil etdi. Sohaga investisiyalarni jalb etishda keng imkoniyatlardan foydalanilmoqda, xususan Saudiya Taraqqiyot Jamg‘armasi ishtirokida amalga oshirishi belgilangan loyihalar bo‘yicha 10,9 mln. AQSH dollari ekvivalentida «Maktabgacha ta’lim sohasida davlat-xususiy sheriklikni qo‘llab-quvvatlash» loyihasi qarz bitimi imzolangan. Shunga ko‘ra, Vazirlar Mahkamasining 416-sonli qarori bilan umumiy qiymati 153,4 mlrd. so‘m bo‘lgan 41 ta loyihalarni shundan 50,9 mlrd. so‘m tadbirkorlarning o‘z mablag‘lari hisobidan hamda 112,5 mlrd. so‘m ya’ni 10,9 mln. AQSH dollari ekvivalentida Saudiya Taraqqiyot Jamg‘armasi kredit mablag‘lari hisobidan moliyalashtirilish belgilandi. Yuqoridagilardan kelib chiqib, mazkur loyiha doirasida mablag‘arini tadbirkorlarga qayta kreditlash maqsadida 3 tomonlama, yani Maktabgacha ta’lim vazirligi, Moliya vazirligi hamda 9 ta tijorat banklari bilan bitimlar imzolandi. Hozirgi kunda 16 ta loyiha bo‘yicha resurs mablag‘larini olish yuzasidan tijorat banklari tomonidan STJga (invoicye) to‘lov talabnomalari yuborilgan hamda 6 ta loyihalarga 2,06 mlrd so‘m mablag‘lar tadbirkorlarning tijorat banklaridagi xisob raqamlariga kelib tushgan. Ushbu loyihani amalga oshirish natijasida 4870 nafar bolalar maktabgacha ta’lim tashkilotlariga qamrab olinadi hamda 390 ga yakin ish o‘rinlari yaratilishi ko‘zda tutilgan. Barchamizga ma’lumki, DXSH asosidagi maktabgacha ta’lim tashkilotlariga byudjet subsidiyasini ajaratish tizimi shaffofligini ta’minlash hamda korrupsiya holatlari oldini olish maqsadida tizimni raqamlashtirish ishlari olib borildi va Nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarini boshqarish axborot tizimini (NMTTBAT) joriy etildi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 14 fevraldagi 128-son qarori, 14 iyuldagi 322-son qarori va Vazirlar Mahkamasining 2 avgustdagi 426-son qarorlariga asosan ushbu dasturlangan tizim mobil ilova shaklida 2022 yil 1 apreldan boshlab Sirdaryo viloyatida hamda 2022 yilning 1 iyunidan boshlab respublikamizning barcha hududlardagi MTTlarga sinov tariqasida foydalanish uchun joriy etildi va doimiy ravishda takomillashtirilib borildi. 2022 yil 1 sentyabrdan boshlab barcha nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida (nodavlat MTTlar) joriy etildi va Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan subsidiyalar va kompensasiyalar miqdorlarini xodimlarning ishga kelib-ketishi hamda tarbiyalanuvchilarning davomatidan kelib chiqib avtomatik ravishda hisoblab chiqish boshlandi. Ya’ni tizim, nodavlat MTTlari xodimlarining ishga kelib-ketishi va tarbiyalanuvchilarning davomatini shaxsni biometrik identifikasiya qilish texnologiyasi orqali elektron hisobini yuritadi; - Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan subsidiyalar va kompensasiyalar miqdorlarini xodimlarning ishga kelib-ketishi hamda tarbiyalanuvchilarning davomatidan kelib chiqib avtomatik ravishda hisoblab chiqadi va ularni moliyalashtirish uchun elektron to‘lov hujjatlarni Moliya vazirligining axborot tizimlariga jo‘natadi; - oilaviy MTT ochish uchun tadbirkorning ERI bilan imzolangan elektron arizasini qabul qiladi, soliq va kadastr organlarning axborot tizimlaridan ma’lumotlar tekshiradi, sanitariya-epidemiologiya va yong‘in xavfsizligi organlarining elektron xulosalarini oladi hamda Maktabgacha ta’lim vazirligining xulosalari asosida elektron bitimni shakllantiradi; - hozirgi kunda NMTTBAT ning 7 ta vazirlik va idoralar axborot tizimlari bilan integrasiyasi ta’minlanib ulardagi ma’lumotlardan foydalanilmoqda. Nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarini boshqarish axborot tiziminining afzalliklari nimalardan iborat, subsidiyalar hamda barcha soliq va davlat ushlanmalarni avtomatik ravishda hisoblashi natijasida yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun subsidiyalarni hisoblash va hisobot topshirishda byurokratik ovoragarchiliklar va qog‘ozbozlik yo‘qoldi hamda buxgalter jalb etish zarurati qolmadi. Oldingi tartib bo‘yicha tadbirkor subsidiya olish uchun buyurtmanomani qog‘oz shaklida to‘ldirib, maktabgacha ta’lim bo‘limining kamida 2 ta xodimi bilan kelishib, moliya bo‘limiga taqdim etishi zarur bo‘lgan. Bundan tashqari xodimlar uchun ish haqi va ushlanadigan soliqlarni hisoblash, soliq idoralarga hisobotlarni topshirish uchun buxgalterlarni yollagan va ularga norasmiy ravishda har oyda ish haqi to‘langan. Shuningdek, ushbu tizim barcha jarayonlarni avtomatik ravishda amalga oshirilayotganligi sababli, tizimning inson omilidan xolisligi va shaffofligi ta’minlangan; nodavlat MTTlarning elektron ro‘yxati shakllantirilib, unda har bir MTTning joylashuvi (lokasiyasi), quvvati, bank ma’lumotlari, tarbiyalanuvchilar va xodimlarning F.I.Sh. hamda boshqa zarur ma’lumotlar bazasi yaratildi, ya’ni tizim orqali istalgan vaqtda davomat kuzatib boriladi; oilaviy MTTni ochish uchun ariza berish va uni ko‘rib chiqish jarayoni raqamlashtirilganligi tufayli tadbirkorlar uchun byurokratik to‘siqlar va korrupsion omillar bartaraf etildi, shuningdek, arizani ko‘rib chiqish jarayonini onlayn tarzda nazorat qilish imkoniyati yaratildi.
BatafsilO‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi hamda Yaponiyaning JICA xalqaro hamkorlik agentligi o‘rtasida qo‘shma texnik hamkorlik loyihasi kelishilganidan xabaringiz bor. Ana shu loyiha asosida Yaponiyada 2 haftalik trening bo‘lib o‘tdi. Treningda alohida taʼlimga muhtoj bolalarning korreksion pedagogikasini takomillashtirish borasida o‘quv darslari tashkil etildi. Kurs ishtirokchilari O‘zbekiston Respublikasining ko‘p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim tashkilotlari amaliyotida joriy etish maqsadida Yaponiyaning turli xil ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalarida bo‘lib, yaponiyalik mutaxassislarning tajribasini o‘rgandilar. O‘quv kursi yakunlangach, ishtirokchilarga sertifikatlar topshirildi.
Shu yilning 19-dekabrida Koreyaning “Edulik Global” kompaniyasi prezidenti va ijrochi direktori Chungrim Xon xonim O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligiga tashrif buyurib, Respublika davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida ishlovchi ingliz tili o‘qituvchilari uchun o‘quv seminari o‘tkazdi. Seminarda onlayn rejimda 1500 nafardan ortiq qatnashchi ishtirok etdi. Seminar davomida Chungrim Xon xonim ingliz tilini o‘qitishda talabalarga yo‘naltirilgan yondashuv usullari va tajribasi bilan o‘rtoqlashdi. Seminar ishtirokchilari maktabgacha yoshdagi bolalarga ingliz tilini o‘rgatishning dolzarb masalalarini faol muhokama qildilar va o‘zlarining amaliy tajribalari bilan o‘rtoqlashdilar. Muzokaralar yakunida tomonlar maktabgacha taʼlim tizimini rivojlantirish va O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi hamda Koreyaning “Edulink Global” taʼlim kompaniyasi o‘rtasida imzolangan hamkorlik memorandumi bandlarini amalga oshirishga qaratilgan qo‘shma ishlarni davom ettirish bo‘yicha kelishuvga erishdi.
Viloyat hokimi hamda koreyalik mutaxassislar o‘rtasi bo‘lib o‘tgan uchrashuvda tomonlar zamon talabiga javob beradigan, ingliz tili o‘rgatishga ixtisoslashgan yangi MTT barpo etishga kelishib olgan. "Xayrullo Bozorov boshchiligidagi Farg‘ona viloyati delegatsiyasi joriy yil mart oyida Koreyaga tashrifi doirasida Seulda Chungrim Xan bilan muzokaralar o‘tkazib, viloyat hokimligi va “Edulink Global” kompaniyasi o‘rtasida Farg‘onada maktabgacha taʼlim sohasiga investitsiya kiritish yuzasidan qiymati 2 mln. dollarlik hamkorlik memorandumi imzolangandi", - deyiladi viloyat hokimligi Axborot xizmati xabarida. Bog‘cha qurilishi kelgusi yil boshida boshlanadi. Shuningdek, koreyalik mutaxassislar bog‘chani jihozlash, pedagoglarni tayyorlashni ham zimmasiga olgan. 400 o‘rinli bo‘lishi kutilayotgan mazkur tashkilot kelgusi yilning oktyabr oyida ishga tushadi.
Kunikecha vazirlik xodimlari uchun shaxmat musobaqasi tashkil etildi. M.Toshmatov hakamligida o‘tkazilgan kichik turnirda vazirlik markaziy apparati xodimlari o‘zaro kuch sinashishdi. Shuningdek, g‘oliblar qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanishdi. Ayol xodimlar orasida g‘olib bo‘lganlar: 1-o‘rin - K.Riskulova; 2-o‘rin - Sh.Teshaboyeva; 3-o‘rin - L.Berdiyevaga. Erkak xodimlar orasida g‘olib bo‘lganlar: 1-o‘rin - I.Umarov; 2-o‘rin - F.Aminov; 3-o‘rin M.Raximovga nasib etdi. Maʼlumot uchun, ushbu turnir O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 14-yanvardagi “Shaxmatni yana-da rivojlantirish va ommaviylashtirish hamda shaxmatchilarni tayyorlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4954-son qarorida belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlash maqsadida tashkil etildi.
Xabaringiz bor, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 12 iyuldagi PQ-316-son Qarori bilan “2022-2026 yillar davomida Respublika hududida amalga oshirilishi mo‘ljallangan “Xavfsiz va ravon yo‘l” umummilliy dasturi” tasdiqlangan. Mazkur dasturning 4-bob, 5-bandi ijrosi bo‘yicha 2022 yilda "Yo‘l harakati intizomi bolalikdan boshlanadi" shiori ostida “Diqqat, yo‘lovchi!”, “Diqqat, bolalar!” nomlari bilan yo‘l harakati qoidalarini o‘rgatishga qaratilgan 168 ta profilaktik tadbirlar o‘tkazildi. Dasturga asosan, kelgusida ham mazkur tadbirlarni o‘tkazishda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi, Toshkent shahar maktabgacha taʼlim bosh boshqarmasi hamda barcha viloyatlar maktabgacha taʼlim boshqarmalari o‘zlarining hududiy IIB JXX YHXB bilan hamkorlik olib borishlari lozim.
Bugungi “Maʼrifat soati”da o‘tgan haftada bo‘lib o‘tgan muhim voqealar, imzolangan hujjatlar hamda tizim bo‘yicha yil yakunlari haqida so‘z bordi. Huquqiy savodxonlik mavzusiga bag‘ishlangan qismda PQ–440-sonli Prezident qarori, 699-, 705-son sonli Hukumat qarorlari haqida ham so‘z bordi. Shuningdek, “Maʼrifat soati”ning asosiy vaqti tizimga taalluqli qismga bag‘ishlandi. Jumladan, Ayrim nuqsonli kasalliklari bo‘lgan bolalar uchun bog‘cha puli to‘lanmasligi eslatib o‘tildi. Bular: · nutqida og‘ir nuqsoni bor (rinolaliya, duduqlanish, bolalar afaziyasi, ruhiy-nutqiy rivojlanishda orqada qolish); · eshitishdagi og‘ir nuqsonlar (II — IV darajadagi karlik); · ko‘rishda og‘ir nuqsoni bor (ko‘zi ojizlar, bir ko‘zi soqqasi yo‘qligi (anoftalm), ambliopiya va g‘ilay bo‘lgan zaif ko‘radiganlar); · tayanch-harakatlanishida nuqsoni bor; · psixik rivojlanishda orqada qolish (aqliy orqada qolish (aqliy faoliyatining orqada qolishi va aqliy zaiflikning yengil darajasi); · murakkab nuqsonlar (rivojlanishda ikki va undan ortiq nuqsonlar mavjudligi); · sil kasalligining ilk ko‘rinishi (sil kasalligi bilan kasallangan bemor bilan bir oiladan (xo‘jalikdan) bo‘lib aloqada bo‘lganlar, tubviraj), shuningdek sil kasalligidan keyingi tiklash davri. “Maʼrifat soati” so‘ngida vazirlik xodimlariga mamlakatimizda bo‘lib o‘tgan muhim voqealar tasvirlangan videorolik namoyish etildi. Maktabgacha ta'lim vazirligi Axborot xizmati
Joriy yilning 13-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda "Maktabgacha taʼlim tashkilotlari tarmog‘i kengaytirilishi hamda sohada nodavlat sektor ulushining oshirilishi munosabati bilan “Maktabgacha taʼlim va tarbiya to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuniga o‘zgartishlar kiritish haqida”gi Qonun loyihasi muhokamaga qo‘yilgan. Ushbu hujjat asosan “Maktabgacha taʼlim va tarbiya to‘g‘risida”gi qonunga oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida bolalar sonini 50 nafargacha ko‘paytirishga qaratilgan o‘zgartirishlar kiritilgan. Taʼkidlash lozimki, oilaviy bog‘chalar bolalarni 50 nafargacha olishi uchun tashkilotda yetarlicha shart-sharoit bo‘lishi lozim. Yaʼni, jihozlar yetarliligi, joyning kengligi - shular sirasiga kiradi. “Deputatlarning aytishicha, qonun loyihasining qabul qilinishi oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari faoliyatining yana-da kengaytirilishiga hamda bolalarni maktabgacha taʼlim-tarbiya bilan qamrab olish darajasini oshirishga xizmat qiladi”, - deyiladi Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Axborot xizmati xabarida. Majlisda qonun loyihasi deputatlar tomonidan qabul qilindi. Eslatma! Bolalar sonini oshirish istagida bo‘lgan oilaviy NMTT rahbarlari tizimning masʼul xodimlari bilan bog‘lanishi zarur.Maktabgacha ta'lim vazirligi Axborot xizmati
BatafsilMaktabgacha ta’lim tizimida 2017-2022 yillarning o‘tgan davri davomida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan vazirlik huzuridagi Jamoatchilik kengashi va OAV uchun ochiq muloqot ma’lumoti Aqlvoy” — barcha bolalar uchun teng ta’lim 2017-2022-yillar davomida bolalarni maktabgacha ta’lim bilan qamrab olish darajasi ikki barobarga oshirildi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 18-sentabrdagi “Mobil guruhlar bazasida maktabgacha ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha tajriba-sinov loyihasini amalga oshirish to‘g‘risida”gi 786-sonli Qaroriga asosan, Respublikaning ko‘plab hududlariga qayta jihozlangan ISUZU avtobuslari yetkazilib, “Aqlvoy” mobil maktabgacha ta’lim guruhlari shakllantirildi. O‘z navbatida, ushbu turdagi maktabgacha ta’limning muqobil innovatsion shakli maktabgacha ta’lim hamda tarbiya xizmatlarining sifati, samaradorligini oshirishga imkon berdi. “Aqlvoy” mobil bolalar bog‘chasi nafaqat bolalarga, balki ota-onalar hamda jamoatchilikka ham juda katta qulayliklar yaratdi. Bu nafaqat bolalar uchun foydali va qiziqarli ta’lim tizimi, balki arzon, iqtisodiy va samarali ekanligi ham o‘z isbotini topdi. Ayniqsa, “Aqlvoy” avtobusi ko‘pchilikka manzur bo‘lib, aholida iliq taassuroq uyg‘otdi. Qamrov ko‘rsatkichi past bo‘lgan 142 ta MFYda 7 mingga yaqin bolalarni qamrab oladigan, qayta jihozlangan 65 ta avtobuslar negizida 387 ta mobil guruhlar shakllantirilgani fikrimiz isbotidir. Bu loyiha orqali shahar bolasi ham, qishloq bolasi ham teng ta’lim olishi ko‘zda tutilgan. Bugun loyiha doirasida ularga ham zamonaviy, bolalar bilan do‘stona munosabat o‘rnata oladigan tajribali, eng yaxshi pedagoglar jalb qilingan. “Aqlvoy” loyihasi chekka hududlargacha yetib borib, u yerdagi yoshlarga sifatli ta’lim berish, bog‘chaga qamrov darajasini oshirish va zamon bilan hamnafas tarzda ta’limdagi so‘nggi texnologiyalardan unumli foydalanishni maqsad qilgan. Shuning uchun “Aqlvoy” doirasida nashr etilgan didaktik adabiyotlar, suratga olingan film-ko‘rsatuvlar imkon boricha e’tibor tortadigan, kichkintoylarga ma’naviy ozuqa beradigan shaklda tayyorlanishiga alohida e’tibor berildi. O‘ylaymizki, loyiha o‘z maqsadini oqladi. Mobil bog‘chalardan ota-onalar mamnun, bolalar baxtiyor. Kelgusida bu yo‘nalishda ham loyiha qamrovini, faoliyatini kengaytirib, yana-da ko‘p bolani qamrab olish, bog‘chadanoq bolalarga sifatli ta’lim berish maqsad qilingan. Eng so‘nggi imkonda ham umid bor! 2019-yilning aprel oyida Qoraqalpog‘iston Respublikasida O‘zbekistonda birinchi bo‘lib tarkibida alohida parvarishga muhtoj bolalar uchun «Imkon» reabilitatsiya markazi bo‘lgan ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim muassasasi ochildi. Loyihaning noyobligi shundaki, u alohida parvarishga muhtoj nogironligi bo‘lgan bolalarning ijtimoiy-madaniy rivojlanishi, ta’lim olishi va sog‘lomlashtiruvchi reabilitatsiyasini ta’minlaydi. 2021-yilda Toshkent viloyati Qibray tumanida ham “Imkon” reabilitatsiya markaziga ega yangi davlat ko‘p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkiloti alohida ta’limga muhtoj bolalar uchun o‘z eshiklarini ochdi. Bu hisob bo‘yicha O‘zbekistondagi ikkinchi markazdir. To‘laqonli reabilitatsiya markazi va 150 o‘rinli bolalar bog‘chasiga ega “Imkon” markazlari maktabgacha ta’lim tizimidagi mutlaqo yangi modeldir. “Imkon” markazlari faoliyati imkoniyati cheklangan bolalarga har tomonlama yordam ko‘rsatishga qaratilgan bo‘lib, asosiy maqsadi o‘qituvchilar va tibbiyot xodimlarining ota-onalar bilan birgalikda har bir bolani rivojlantirish va reabilitatsiya qilish rejasini ishlab chiqish, uni bir muassasa doirasida amalga oshirishga ko‘maklashishdir. Bu, shubhasiz, ota-onalar va farzandlar uchun qo‘shimcha qulayliklar yaratadi, chunki ular avvallari har tomonlama yordam olish uchun shahar yoki tumanning turli hududlarida har xil mutaxassislarga murojaat qilishlari kerak edi. “Imkon” markazlari ikkita blokdan iborat: - 2 yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun (bolaga qo‘yilgan tashxisga qarab) 10 guruhdan iborat ko'p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta'lim tashkiloti; - 18 yoshgacha bo'lgan bolalar uchun reabilitatsiya markazi. “Imkon” markazi yangi keng binoda joylashgan bo‘lib, zamonaviy didaktik materiallar, tuzatish va reabilitatsiya uskunalari bilan jihozlangan. Shuningdek, binoda fizioterapiya xonasi, sport zali, bolalarning ijtimoiy moslashuvi xonasi, sensor xonasi, audiosinf, ko‘rishda nuqsoni bo‘lgan bolalar reabilitatsiya xonasi, massaj xonalari, ertak terapiyasi xonasi, shuningdek yil davomida bolalar bilan amaliyotlar o'tkaziladigan yopiq basseyn bor. Reabilitatsiya markazining korreksion-ta’lim xonalari parafin pechi, tibbiy trenajyorlar, quruq massaj vannalari, neyro-ortopediya pnevmokostyumlari, mobil stenderlari, ortopediya velosipedlari, yotiq samokatlar, moslashuvchan kreslolar, vestibulyar apparatni rivojlantirish uskunalari, sensor integratsiyasi mahsulotlari, «Saundbim» tizimi va fizioterapiya apparatlari kabi xorijiy uskuna va inventarlar bilan jihozlangan. Davolash tadbirlari rivojlanishda buzilishlarni tuzatishga, tibbiy reabilitatsiya va ijtimoiy moslashuvga yo‘naltirilgan. Yetakchi xorijiy tashkilotlar ishtirokida maxsus tayyorgarlik va malaka oshirishdan o‘tgan tajribali mutaxassislar ota-onalar va ularning farzandlariga har qanday yordam ko‘rsatishga tayyor. Xalqaro hamkorlik: dunyo standatlari bilan yuzma-yuz! Bugun Maktabgacha taʼlim vazirligi tomonidan xorijiy mamlakatlar va xalqaro tashkilotlar bilan ikki tomonlama hamkorlik har tomonlama rivojlantirilmoqda. O‘tgan davr mobaynida Maktabgacha ta‘lim vazirligi va xorijiy hamkorlar o’rtasida O’zbekiston Respublikasida maktabgacha ta’lim tizimini rivojlantirishga qaratilgan umumiy 80 ga yaqin memorandum hamda kelishuvlar imzolandi. Maktabgacha ta’lim vazirligi tegishli sohada Koreya Respublikasi, Xitoy Xalq Respublikasi, AQSH, Rossiya Federatsiyasi, Yaponiya, Singapur, Turkiya, Belarusiya kabi davlatlar hamda Jahon banki guruhi, UNICEF, UNESCO, KOICA, JICA, TIKA, YXHT, Saudiya taraqqiyot jamg‘armasi, “Mercy Corps”, “Россотрудничество” singari ko‘plab xalqaro moliya institutlari va xalqaro tashkilotlari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ygan. Qolaversa, Turkiya hamkorlik va muvofiqlashtirish agentligi (TIKA) bilan birgalikda 2018-yilda Samarqand shahridagi 6 ta maktabgacha ta’lim tashkiloti va Samarqand viloyati Payariq tumanidagi birinchi maktabgacha ta’lim tashkilotini rekonstruksiya qilish hamda moddiy-texnik bazasini mustahkamlash bo‘yicha ishlar olib borildi. Maktabgacha ta'lim vazirligi Jahon banki bilan birgalikda qiymati 73,8 million AQSh dollariga teng bo'lgan "Kichik yoshdagi bolalarning erta rivojlanishini takomillashtirish" loyihasini amalga oshirmoqda. Loyihaning maqsadi erta yoshda ta'lim olish imkoniyatini yaxshilash va maktabgacha ta'lim muassasalarida ta'lim muhitining sifatini oshirishdir. Loyiha 2020-2024 yillarda amalga oshiriladi. Koreya Respublikasining “Booyoung Group” va “AHA” kompaniyalari tomonidan O‘zbekistondagi maktabgacha ta’lim ehtiyojlari uchun ayrim maktabgacha ta’lim tashkilotlarini jihozlash uchun raqamli o‘qituvchi pianinolar va interaktiv taxtalar shaklida moddiy-texnik vositalar hadya etildi. 2020-yil boshida “Kichik hajmdagi ijtimoiy loyihalarga beg‘araz yordam” dasturi doirasida Surxondaryo viloyati Termiz shahrida joylashgan 17 va 21-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotlariga uskunalar va inventarlar sotib olish uchun Yaponiyaning O‘zbekistondagi elchixonasidan 52,5 ming AQSH dollari miqdoridagi grant mablag‘larini yutib oldi. Koreya Respublikasining “EDULINK” kompaniyasi bilan hamkorlikda bolalar uchun maktabgacha taʼlim tashkilotlari, pedagoglar va tarbiyalanuvchilarning ota-onalari uchun “S-Board” mobil taʼlim ilovasi ishlab chiqildi. Shuningdek, Koreya xalqaro hamkorlik agentligi tomonidan maktabgacha taʼlim sohasidagi 20 nafar pedagog kadrlarning malakasini oshirish bo’yicha joriy yilning iyun oyida 2 ta haftalik kurslar tashkil etildi. 2022-yilning yanvar-sentyabr oylarida Maktabgacha taʼlim sohasiga xorijiy investitsiyalarni keng jalb etish maqsadida Xalqaro moliya institutlari bilan muzokaralar olib borildi. Xususan, Islom taraqqiyot banki, OPEK fondi va Quvayt arab iqtisodiy taraqqiyot jamg’armasi bilan umumiy qiymati 70 mln AQSH dollariga teng DXSH bitimlarini moliyalashtirishga qaratilgan loyihalarni amalga oshirish uchun loyihaoldi hujjatlar ishlab chiqilib, investorlar tomonidan maʼqullandi. Qolaversa, Koreya xalqaro hamkorlik agentligi tomonidan 11 mln AQSH dollariga teng grant loyihani amalga oshirish maqsadida Hukumat qarori loyihasi ishlab chiqildi va bu borada tegishli vazirliklar, idoralar bilan kelishildi. Hozirgi kunda, mazkur Hukumat qaror loyihasi Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun taqdim etilgan. Bundan tashqari, AQSH dasturlarini amalga oshiruvchi “Mercy Corps” xalqaro nodavlat tashkiloti bilan qiymati 21,7 mln AQSH dollarga teng bo’lgan “Taʼlim uchun oziq-ovqat” loyihasini Qoraqalpog’iston Respublikasi va Surxondaryo viloyatida amalga oshirilmoqda. Maktabgacha taʼlim sohasini yanada rivojlantirish va davlat-xususiy sheriklik asosida nodavlat MTT tarmog’ini kengaytirish maqsadida vazirlik tomonidan Osiyo taraqqiyot banki bilan 100 MTT tashkilotini yaratish loyihasini amalga oshirish bo’yicha muzokaralar olib borilmoqda. Islom taraqqiyot banki va Maktabgacha ta'lim vazirligi o'rtasida umumiy qiymati 50 million AQSh dollariga teng bo'lgan loyihani amalga oshirish to'g'risida kelishuvga erishildi. Loyiha doirasida respublikaning barcha hududlarida davlat-xususiy sheriklik asosida 200 ga yaqin nodavlat maktabgacha ta'lim tashkilotlarini tashkil etish ko'zda tutilgan. Innovatsion yondashuv har qachongidan muhim! Bugungi kunda ta’lim-tarbiya jarayonida zamonaviy ta’lim dasturlari, ilg‘or axborot va pedagogika texnologiyalarini joriy etish orqali bolalarni har tomonlama intellektual, ma’naviy-axloqiy, jismoniy rivojlantirishni ta’minlash, maktabga tayyorlash darajasini oshirish tobora dolzarblik kasb etmoqda. Maktabgacha ta’lim tizimida 2018-yilda joriy etilgan, maktabgacha ta’limni boshqarishning axborot tizimi – OpenEMIS dasturi yuqori qulaylik va sifatli faoliyatga yo‘l ochdi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Ushbu axborot tizimi ta’lim muassasalari haqida ma’lumot to‘plash va ularni taqdim qilishga mo‘ljallangan, ta’limga oid ma’lumotlarni boshqaruv tizimidir. Mazkur tizimni ishga tushirilishi bolalarni maktabgacha ta’lim tashkilotiga elektron navbat asosida shaffoflik bilan qabul qilinishini ta’minladi. Qolaversa, u orqali tarbiyalanuvchilarning yoshi va jinsini hisobga olgan holda, hududlar va maktabgacha ta’lim tashkilotlari kesimida bolalarning qatnovi va sog‘ligini onlayn nazorat qilish imkoniyati paydo bo‘ldi. Tizimning yana bir afzalligi shundaki, unda onlayn to‘lovlar, MTT hisobini yuritish xodimlar monitoringini olib borish mumkin. Shuningdek, UNICEF bilan hamkorlikda Microsoft tizimi asosida yaratilgan, tarmoq va oflayn funksiyalar va imkoniyatlarning o‘ziga xos to‘plami mavjud bo‘lgan Learning Passport platformasi ishlab chiqildi. Learning Passport – mobil onlayn va oflayn platforma bo‘lib, sifatli ta’limga uzluksiz kirish imkonini beradi. Bu juda moslashuvchan dastur bo‘lib, u turli mamlakatlarga mavjud raqamli ta’lim platformalariga qo‘shimcha sifatida biriktirish imkonini beradi. Dunyo miqyosidagi pandemiya ta’lim jarayoniga ham o‘z ta’sirini ko‘rsatishi natijasida onlayn o‘quv dasturlariga bo‘lgan ehtiyoj ortdi. Learning Passport bu borada eng maqbul yechim sifatida qator xorij mamlakatlarida amaliyotga tadbiq etildi. O‘zbekiston ham platformani ishga tushirish arafasida. Shu bilan birga, “Ilk qadam” davlat o‘quv dasturiga ko‘ra, bolalarning musiqiy rivojlanishini rag‘batlantirish, ularga musiqiy didni singdirish, ijodiy mayl, yodda saqlash qobiliyati, ritm hissini rivojlantirish maqsadida musiqali qo‘shiqlar to‘plamini yozish loyihasi ishga tushirildi. Unga ko‘ra, qo‘shiqlar o‘zbek va rus tillarida taqdim etilib, yakuniy mahsulot qo‘shiqlar matni va notasi yozilgan suratli to‘plam, ohanglar yozilgan flesh-karta, musiqalarni eshitish uchun SD xotira kartasi bilan simsiz kolonkadan tashkil topgan. Loyiha doirasida joriy yilning birinchi choragida respublikamiz bo‘ylab maktabgacha ta’lim muassasalariga 6000 ta to‘plam, qo‘shiqlar yozilgan 2500 ta SD kartasi va 3500 dona simsiz karnay (kolonka) yetkazib berildi. Ta’lim-tarbiya jarayoni doirasida foydalanish uchun o‘quv-metodik materiallar, multimedia kontentini ishlab chiqish, maktabgacha ta’lim tizimi xodimlarining innovatsion axborot-kommunikatsiya va pedagogika texnologiyalari sohasidagi bilim va malakasini oshirish, innovatsion ta’lim muhitini tashkil etish borasida ham qator ishlar amalga oshirilmoqda. Maktabgacha yoshdagi bolalar uchun o‘qituvchilar va ta’lim sohasi ekspertlari, vazirlikning malakali mutaxassislarining maxsus metodikasi bo‘yicha “InnoKids” ma’rifiy mobil o‘yini ishlab chiqildi. Undagi rang-baranglik, qiziqarlilik va grafikaning sifati har qanday bolaning e’tiborini tortishi shubhasiz. “InnoKids” 2 yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun turli xil qiziqarli ta’limga oid va ma’rifiy o‘yinlarni o‘z ichiga oladi. O‘yinni “Google play market” hamda “App store” ilovalari orqali yuklab olish mumkin. Maktabgacha ta’lim vazirligi vakillari, Koreyaning KIRIA robot sanoatini rivojlantirish instituti, Koreya pedagoglar assotsiatsiyasi, shuningdek, FRG Korea, Dazzle Edu, Genie Robot va SK Telecom ishtirokida onlayn marosim o‘tkazilib, uning doirasida Koreya tomonidan beg‘araz yordam asosida O‘zbekistonning maktabgacha ta’lim tashkilotlariga 275 ta Albert va Genibot aqlli robotlari, shu jumladan bolalarga robototexnika va dasturlash ko‘nikmalarini o‘rgatishga mo‘ljallangan 350 ta o‘quv qo‘llanma taqdim etildi. Albert va Genibot robotlari 6 yoshdan katta tarbiyalanuvchilarga mo‘ljallangan. Birinchi bosqichda bola tayyor kodlash kartalari yordamida o‘yinchoqni harakatlanishga, ko‘zini miltiratishga, gapirishga majbur qiladi. Shu tarzda u kod bloklarining qanday ishlashini tushunib oladi. Yoshi kattaroq bolalar robotni smartfonga ulab, o‘z buyruqlari va algoritmlarini yaratishlari mumkin. “Bolalik akademiyasi”(www.bolakadem.uz)- raqamli platformasi yetakchi ta`lim sohasining ilg`or mutaxassislari O`zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta`lim vazirligi, UNICEF va “Bilim makon” Axborot va pedagogika texnologiyalari innovatsion markazi hamkorligida qulay va moslashtirilgan raqamli platforma yaratilgan. Raqamli platforma uzluksiz ta`limni qo`llab-quvvatlash, an`anaviy ta`lim tizimlariga raqamli texnologiyalarni joriy etish, O`zbekiston maktabgacha ta`lim sohasidagi pedagoglar va mutaxassislarga, shuningdek ota-onalar va maktabgacha yoshdagi bolalarga yordam berish uchun mo`ljallangan bo‘lib mazmuniy jihatdan takomillashtirilib borilmoqda. UNICEF O‘zbekistonda ota-onalar uchun 6 yoshgacha bo‘lgan bolalar salomatligi va rivojlanishining barcha jihatlari bo‘yicha mutaxassislar maslahati bilan ta’minlab beruvchi Bebbo mobil ilovasini ishga tushirdi. Ilovada emlashlar, tibbiy ko‘riklar va bola hayotining boshqa muhim bosqichlarini ham qayd etib borish mumkin. Mazkur bepul ilova ota-onalarni bolaning sog‘lig‘i va rivojlanishi bo‘yicha ovqatlanish va ko‘krak suti bilan boqishdan boshlab erta yoshdan ta’lim va o‘yinning ahamiyati, sezgir ota-onalik, himoya va xavfsizlik kabi keng ko‘lamli masalalar bo‘yicha mutaxassislar maslahati bilan ta’minlaydi. Shuningdek, ilova ota-onalar va g‘amxo‘rlik qiluvchilar uchun o‘z farovonligini ta’minlash bo‘yicha ham aniq ko‘rsatmalarni o‘z ichiga oladi. Investitsiya — nurli kelajak uchun! Davlatimiz rahbarining “2017-2021 yillarda maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ushbu tizim faoliyatini yangi bosqichga ko‘tarish, sohani bugungi kun talablari darajasida modernizatsiya qilishga xizmat qilayotgani shubhasiz. Xususan, 2017-yilda respublika bo‘yicha jami 265,2 mlrd.so‘mlik 303 ta maktabgacha ta’lim obyektlari foydalanishga tayyor holda topshirilgan. 2017-2022 yillarda jami 1926 ta maktabgacha ta’lim tashkilotlarida qurilish va rekonstruksiya qilish ishlari amalga oshirilib, jami 5 828,5 mlrd.so‘mlik kapital qo‘yilmalar o‘zlashtirildi. Ushbu tadbirlarni amalga oshirish natijasida, jami 236 621 o‘rinli (quvvat) maktabgacha ta’lim obyektlari foydalanishga tayyor holda topshirildi va qo‘shimcha 91 448 yangi quvvat yaratildi. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qamrov darajasi past bo‘lgan tumanlarda maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarmog‘ini kengaytirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-5144-sonli qarori doirasida 50 ta maktabgacha ta’lim tashkilotlari obyektlarini qurish va buning natijasida 7 500 yangi quvvat yaratish ustida ish olib borilmoqda. Shu bilan birga, 2022-yilda “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlari doirasida respublika miqyosida jami 142 ta obyektda qurilish, rekonstruksiya va mukammal ta’mirlash ishlari (30 ta yangi qurilish, 65 ta rekonstruksiya va 47 ta mukammal ta’mirlash) qizg’in ketmoqda, natijada esa 19 135 quvvat yaratilishi ko’zda tutilgan. Qolaversa, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yangi O’zbekiston” massivlarini qurish va hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-32-sonli Farmoni ijrosini ta’minlash doirasida 2022-yilda 24 ta maktabgacha ta’lim obyektini qurish va bu orqali 6420 quvvat yaratishga erishilmoqda. Sifat — bosh mezon! Farzandlarimizning sog‘lom va rivojlangan shaxs bo‘lib shakllanishi, kelajagi porloq, mustaqil fikrli inson bo‘lib voyaga yetishi uchun Maktabgacha ta’limning o‘rni beqiyos. Maktabgacha ta’lim uzluksiz ta’limning boshlang‘ich qismi sifatida bolaning o‘qishga bo‘lgan ishtiyoqini uyg‘otadi, tizimli o‘qitishga tayyorlab boradi. Shunday ekan, bu tizim faoliyatini yanada kuchaytirish, maktabgacha ta’lim muassasalarida har tomonlama qulay shart-sharoitlar yaratish, ularga maktabgacha yoshdagi bolalarni keng jalb etish farzandlarimizning barkamol va yetuk shaxs bo‘lib shakllanishida muhim o‘rin tutadi. Yurtimizda bu borada xayrli ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, “Maktabgacha ta’lim va tarbiya to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni ijrosini ta’minlashga doir chora-tadbirlarni amalga oshirish, shuningdek, maktabgacha ta’lim tizimining normativ-huquqiy bazasini takomillashtirish maqsadida 2020-yil 22-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Maktabgacha ta’lim va tarbiyaning davlat standartini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 802-sonli qarori qabul qilindi. Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalarni rivojlantirish bo‘yicha davlat talablariga muvofiq va xalqaro standartlar asosida “Ilk qadam” davlat o‘quv dasturi ishlab chiqildi. Mazkur dastur doirasida har bir maktabgacha taʼlim tashkilotida 5 ta rivojlanish markazlari tashkil etilgan bo‘lib, bolalar qurish va matematika, sanʼat, ilm-fan va tabiat, til va nutq, syujetli-rolli o‘yinlar kabi yo‘nalishlarda tahsil olishmoqda. UNICEF va Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi bilan birgalikda ta’lim jarayoni sifatini baholashni o‘lchash tizimi ishlab chiqildi va asosiy indikatorlar, o‘lchash vositalari tasdiqlandi. Maktabgacha yoshdagi bolalar uchun badiiy o‘quv rangli bukletlar yaratish konsepsiyasi hamda u asosida kitoblar yaratilgani bu sohada katta qadam bo‘ldi. “Maktabgacha yoshdagi bolalarda ilk tasavvurlarini shakllantirish” nomli maktabgacha ta’lim tashkilot pedagoglari uchun o‘quv-uslubiy qo‘llanmasi tayyorlanib, nashrga tavsiya etildi. O’zbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligiga Gretsiyaning “MM-publication” nashriyoti bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan 20 ming nusxa darsliklarni maktabgacha taʼlim tashkilotlarida ingliz tilini o’rganish uchun “Hi Kids! For Uzbekistan” to’plami (“Hi Kids! Student’s book”, “Hi Kids! Workbook” va “Hi Kids! Teacher’s book”) taqdim etildi va ularni samarli qo‘llash yuzasidan xalqaro mutaxassislar tomonidan seminar-treninglar o‘tkazildi. Xalqaro tashkilotlarni ham sohaga jalb qilish bo‘yicha harakat qilinmoqda. Jahon bankining bolalarning barvaqt rivojlanishiga ko‘maklashish loyihasini tayyorlash dasturi bo‘yicha MELQO barvaqt ta’lim sifati va natijalarini baholash xalqaro tizimi vositalaridan foydalangan holda ta’lim jarayoni sifatini o‘lchash bo‘yicha harakatlar rejasi tasdiqlandi. Pedagogika — san’at, haqiqiy pedagog san’atkordir Ma’lumki, vazirlik tizimida ta’lim sifatini oshirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini oshirish va pedagoglarga amaliy-uslubiy yordam ko‘rsatish asosiy masalalardan biri hisoblanadi. Shu maqsadda 2021-2022 o‘quv yilidan boshlab pedagogika kollejlarida amaliyotga yo‘naltirilgan ta’lim dasturlarini tatbiq etish maqsadida muassasadagi ta’lim yo‘nalishlari mahalliy hokimliklar bilan hamkorlikda dual ta’lim tizimi joriy etiladigan mutaxassisliklar ruyxati shakllantirilib, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligiga taqdim etildi. Sir emas, yurtimizda yoshlar tarbiyasi, ularning bilim olishi va malakali kadr bo‘lib voyaga yetishlariga katta e’tibor qaratilmoqda. Fikrimiz isbotini barcha ta’lim bosqichlari, jumladan, Maktabgacha ta’lim vazirligi va uning qoshidagi tashkilotlar faoliyatida ko‘rishimiz mumkin. Maktabgacha ta’lim tizimidagi ta’lim-tarbiya jarayonining sifatini oshirish maqsadida maktabgacha ta’lim tashkiloti direktorlari va mutaxassislarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutida 2019-yilda respublikaning har bir viloyatidan tanlangan 339 nafar pedagog uchun qisqa muddatli malaka oshirish kurslari tashkil etildi. Ushbu kurslarning asosiy maqsadi pedagoglarning davlat talablari va “Ilk qadam” o‘quv dasturi to‘g‘risidagi bilimlarini, shuningdek maktabgacha ta’lim tashkilotlarida metodik ishlarni tashkil etish ko‘nikmalarini shakllantirish edi. 2020-yilda Toshkent, Jizzax, Qashqadaryo va Xorazm viloyatlaridagi maktabgacha ta’lim tashkilotlari pedagoglari uchun davlat talablari va “Ilk qadam” davlat o‘quv dasturini maktabgacha ta’lim tashkilotlarining o‘quv-tarbiya jarayoniga joriy etish bo‘yicha o‘quv seminar-treninglar o‘tkazildi. Ushbu seminar-treninglarda davlat va nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarining 2000 dan ortiq pedagogi qatnashdi. Qolaversa, Maktabgacha ta’lim vazirligi tomonidan UNICEF bilan birgalikda qator seminar-treninglar tashkil etildi va o‘tkazildi, ularda “Ilk qadam” davlat o‘quv dasturini hamda O‘zbekiston Respublikasining ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘yiladigan Davlat talablarini joriy etish bo‘yicha 31 ta milliy usta-murabbiylar tayyorlandi. Shu bilan birga, 2020-yilda Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi malaka oshirish markazlarida tashkil etilgan malaka oshirish kurslarida 5801 nafar pedagog malaka oshirdi. Jami “Maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachisi” yo‘nalishi bo‘yicha pedagogik bo‘lmagan oliy ma’lumotli 305 nafar mutaxassis qayta tayyorlash kurslaridan o‘tdi. Maktabgacha ta’lim vazirligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi bilan birgalikda Maktabgacha ta’lim tizimini rivojlantirish konsepsiyasiga muvofiq bakalavr va magistr darajalariga ega kadrlarga ehtiyoj aniqlandi. Birgalikda olib borilgan ishlar natijasida “Maktabgacha ta’lim” yo‘nalishi bo‘yicha oliy ta’lim muassasalariga qabul kvotasi 2,5 baravar oshirildi (2017-2018 o‘quv yilida kvotalarning umumiy soni 2345 ta, 2019-2020 o‘quv yilida 5880 ta, 2020-2021 o‘quv yilida 5625 ta, 2022-2023 o‘quv yilida 5263 tani tashkil etdi). Toshkent shahridagi Janubiy Koreyaning Puchon universitetida “Maktabgacha ta’lim”, “Arxitektura”, “Koreys tili va menejment”, “Dietologiya va nutritsiologiya” “Axborot texnologiyalari”, “Elektron biznes”, “Multimediya va o‘yin kontenti” yo‘nalishlarida jami 1 090 nafar talaba tahsil olmoqda. Qolaversa, 2021-yilning noyabr oyida Toshkent shahrida A.Gersen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universitetining filiali ro‘yxatdan o‘tkazildi. Mazkur filial maktabgacha ta’lim, tuzatish pedagogikasi, psixologiya va boshqa sohalarda mutaxassislar tayyorlaydi. Filialda o‘qitish bakalavriat va magistrlik dasturlari bo‘yicha, shuningdek kunduzgi shaklda kasbiy qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarida, keyinchalik esa kunduzgi va kunduzgi-sirtqi shakllarda tashkil etadi. Bugungi kunga qadar jami 13 326 nafar (77,1%) rahbar va pedagog kadrlarning malakasi oshirildi. Ularning 5 890 nafari Maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish institutida, 5 181 nafari Xalq ta’limi vazirligi tasarrufidagi Pedagoglarni yangi metodikalarga o‘rgatish milliy markazlarida, 851 nafari Sportni rivojlantirish vazirligi tasarrufidagi Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti va uning filiallarida malaka oshirishdi. Shu bilan birga, Maktabgacha ta’lim vazirligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi bilan birgalikda 2019-2022-yillarda oliy ma’lumotli pedagog kadrlar attestatsiyadan o‘tkazilib kelinmoqda. Attestatsiya natijalariga ko‘ra maktabgacha ta’lim tashkilotlarining 5540 nafar oliy ma’lumotli pedagog xodimlarida malaka toifalari mavjud. Sog‘lom bola — sog‘lom kelajak garovi Hayotimizda bolalar kulgusi bizni hamisha quvontiradi, farzandlar baxtli hayotning bosh sababchilaridir. Barcha bolalarni, shu jumladan, alohida ta'limga muhtoj bolalarni erta rivojlanishidagi ta’lim-tarbiyaga bo’lgan ehtiyojlarini ta'minlash maktabgacha ta’lim tizimining ustuvor yo’nalishlaridan biridir. 2019-yil 13-mayda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori bilan tasdiqlangan umumiy turdagi maktabgacha ta’lim tashkiloti to‘g‘risidagi Nizomga inklyuziv guruhlar faoliyatini tashkil etish, umumiy guruhlardagi nutqida nuqsoni bo‘lgan tarbiyalanuvchilarga korreksion-pedagogik yordam ko‘rsatish maqsadida pedagog-defektolog faoliyatini tashkil etish yuzasidan o’zgartish va qo’shimchalar kiritildi, Reabilitatsiya markaziga ega bo‘lgan davlat ixtisoslashtirilgan ko‘p tarmoqli maktabgacha ta’lim tashkilotining faoliyatini tartibga solishga oid bo‘lgan nizomni tasdiqlandi hamda bolalarni ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkilotiga qabul qilish tizimini takomillashtirildi. Shu bilan birga, mazkur qarorga asosan rivojlanishida jismoniy yoki psixik nuqsonlari bo‘lgan bolalarni ko‘p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkilotlari hamda qo‘shma tipdagi maktabgacha ta’lim muassasalariga yo‘llash bo‘yicha Tibbiy-psixologik-pedagogik komissiyaning faoliyati takomillashtirildi. Bugun respublika bo‘yicha malakali pedagogik va tibbiyot mutaxassislar bilan ta’minlangan 14 ta hududiy Tibbiy-psixologik-pedagogik komissiya faoliyat ko‘rsatmoqda. Shuningdek, bolalarni reabilitatsiya qilish va ularning abilitatsiya bo‘yicha sifatli xizmatlardan foydalanishini ta’minlash, ularning jamiyatga moslashish darajasini oshirish maqsadida yangi avlod maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyati ham yo‘lga qo‘yilmoqda. 2022-yil holatiga ko‘ra, respublikada rivojlanishida jismoniy yoki psixik buzilishlari bo‘lgan bolalarga mo‘ljallangan ko‘p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkilotlari soni 74 tani tashkil etdi. Bu 2018-yilning shu davriga nisbatan 60,6% ga kamayganligini ko‘rsatmoqda. Alohida ta’limga muhtoj bolalarning ta’lim olishlari uchun kerakli shart-sharoitlar yaratish va ularga sifatli korreksion-pedagogik, reabilitatsion yordam ko‘rsatish maqsadida Maktabgacha ta’lim vazirligi tashabbusi bilan tashkil etilgan va maktabgacha ta’limni rivojlantirish Fondi orqali moliyalashtiriladigan “Davlat ko‘p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkilotlarini korreksion, pedagogik va reabilitatsiya uskunalari bilan jihozlash dastur”i amalga oshirilmoqda. Dasturning birinchi va ikkinchi bosqichlari doirasida Toshkent shahridagi ko'p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta'lim tashkilotlari jihozlangan. Dasturning uchinchi bosqichi doirasida Qoraqalpog'iston Respublikasi va O'zbekiston Respublikasi viloyatlarining barcha ko'p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta'lim tashkilotlari maxsus jihozlarga ega bo'ldilar. 2021-yildan boshlab, Xalqaro bolalarni himoya qilish kunida, "Kelajakka yashil qadam" shiori ostida velomarafon o'tkazish an'anaga aylandi, unda olti yoshgacha bo'lgan bolalar begovellarda o‘zaro raqobatlashadilar. Bunday bolalar velomarafoni birinchi marta O'zbekistonda o'tkazildi va xalqaro tajriba shuni ko'rsatadiki, bu Markaziy Osiyoda ham ilk tadbir. Ko‘p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkilotlarda sifatli maktabgacha ta’lim berish asoslaridan biri malakali pedagog kadrlar va ularning professionalizmi hisoblanadi. Bu borada Toshkent shahrida tashkil etilgan “A.I.Gersen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universiteti” Federal davlat-budjet oliy ta’lim muassasasi filiali tomonidan maktabgacha ta’lim tashkilotlarda, shu jumladan ko‘p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkilotlarda faoliyat ko‘rsatayotgan pedagog-defektologlar uchun 16 va 72 soatli malaka oshirish kurslari tashkil etildi va ularda joriy yilning aprel oyiga qadar 122 nafar pedagog-defektolog malakasini oshirdi. Shuningdek, Rossiya, Qozog‘iston va Belorussiya davlatlari mutaxassislari ishtirokida Koxlear implantatsiya operatsiyasini o‘tkazgan bolalarni reabilitatsiyasini yaxshilash bo‘yicha Respublika ixtisoslashtirilgan Pediatriya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi va Samarqand davlat tibbiyot institutiti qoshida respublikadagi davlat ko‘p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkilotlarida faoliyat ko‘rsatayotgan 20 nafar mutaxassislar malakasini oshirdi. O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) o‘rtasidagi o‘zaro hamkorligi doirasida Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA)ning O‘zbekistondagi vakolatxonasi, Maktabgacha ta’lim vazirligi va O‘zbekiston Xalq ta’limi vazirligi tomonidan "O‘zbekistonda maktabgacha va boshlang‘ich maktab ta’limida imkoniyati cheklangan bolalar ehtiyojlariga javob berish uchun o’qituvchilar salohiyatini mustahkamlash" bo‘yicha hamkorlik bayonnomasi 2021-yilning 11-iyun kuni imzolandi. Og‘ir eshitishida nuqsoni bo‘lgan bolalarga maqsadli yordam ko‘rsatish maqsadida Respublika Pediatriya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi mutaxassislarini jalb qilgan holda Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar davlat ko‘p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilarini chuqur tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib, zamonaviy eshitish apparatlari berildi. Maktabgacha ta’lim vazirligi va JICAning hamkorligida "O‘zbekistonda maktabgacha ta’limda inklyuziv ta’lim amaliyotini mustahkamlash” qo‘shma loyihasi olib borilmoqda. Maktabgacha ta’lim vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi qoshida ToshVMOI bilan birgalikda va UNICЕF ko‘magida "Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tibbiy xizmatni tashkil etish bo‘yicha” rus va o’zbek tilida qo‘llanma ishlab chiqildi va 10 000 nusxada chop etildi. Sog‘liq sari foydali taom bilan Yurtimizda yoshlar siyosati hamisha e’tibor markazida turadigan sohalardan biri hisoblanadi. Shunday ekan, ham jismonan ham ma’nan yetuk, sog‘lom va barkamol avlodni tarbiyalash, Vataniga xizmat qiladigan kadrlarni yetishtirish dolzarb vazifadir. Bu borada kalavaning uchi maktabgacha ta’lim tashkilotlariga borib taqaladi. Maktabgacha ta’lim vazirligi tomonidan bu yo‘nalishda ham bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. Bu borada mavjud amaliyotni qayta ko‘rib chiqish va tahlil qilish, qolaversa zamonaviy xalqaro ma’lumotlarga muvofiq tavsiyalar ishlab chiqish yo‘lga qo‘yilgan. Maktabgacha ta’lim vazirligi Sanitariya-epidemiologiya farovonligi va aholi salomatligi xizmati bilan birgalikda Jahon Sog‘liqni saqlash tashkiloti tavsiyalarini hisobga olgan holda, Rossiyadan xalqaro maslahatchi mutxassislar jalb qilinib, “O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilarining xavfsiz va sifatli ovqatlanishiga qo‘yiladigan gigiyenik talablar” sanitariya qoida va me’yorlari ishlab chiqilgan. Jumladan, ovqatlanish normalari, mahsulotlarni almashtirish normalari, oshxonalarni jihozlash normalari hamda ovqatlanish xavfsizligi talablari qayta ko‘rib chiqildi. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ovqatlanish jarayonini tashkil etilishining darajasini aniqlash maqsadida tahlillar o‘tkazildi. Maktabgacha ta’lim vazirligi Jahon Sog‘liqni saqlash tashkiloti mutaxassislari bilan birgalikda bolalarni ovqatlantirish standartlari, jumladan oziq-ovqat mahsulotlari ro‘yxati hamda ovqat tayyorlash texnologiyasi qayta ko‘rib chiqildi. Maktabgacha ta’lim tashkilotlaridagi taom tayyorlash texnikasi va retseptlar o‘rganib chiqildi, me’yorlar, bolalarning oziq moddalar va zarur energiya manbalari, oqsillar, yog‘lar, uglevodlar, vitaminlar va mineral moddalarga ehtiyojlari, asosiy oziq-ovqat mahsulotlari, ularning sifat xarakteristikalari, sifatsiz holda bo‘lishidagi belgilari, ularni tashishga, qabul qilishga, saqlashga, xavfsizligiga, xom mahsulotlarga, ularning tarkibiga, markirovkasiga, taomnoma tuzishga qo‘yiladigan barcha talablar ishlab chiqilib, amaliyotga tatbiq etish va bolalarning sog‘lom ovqatlanishini ta’minlash maqsadida maktabgacha ta’lim tashkilotlari uchun “Bog‘chalar uchun taomlar retsepti “Aqlvoy oshpaz” kitobi” nashr etildi. Bugun davlat maktabgacha ta’lim muassasalarida sog‘lom ovqatlantirish tizimini yanada takomillashtirish hamda ko‘rsatiladigan xizmatlar sifatini yaxshilashga oid bo‘lgan qator me’yoriy-huquqiy hujjatlar ishlab chiqilib, tasdiqlanmoqda. Jumladan, 2021-yil 30-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida sog‘lom ovqatlantirish tizimini takomillashtirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilingan. Mazkur qaror davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilarini sog‘lom ovqatlantirish darajasini ko‘tarish, autsorsing usulida sog‘lom ovqatlantirishni tashkil etish bo‘yicha o‘tkaziladigan tanlovlarni oshkora o‘tkazish, iqtisodiy mablag‘larning samarali sarflanishini ta’minlash, maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ovqatlantirishni tashkil etishning zamonaviy moliyaviy tizimini yaratishga qaratilgan. O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi, Sanitariya-epidemiologiya farovonligi va aholi salomatligi xizmati, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan hamkorlikda 2021-2023-yillarda maktabgacha ta’lim tashkilotlarining oshxonalari faoliyatini sanitariya va gigiyena talablariga asosan takomillashtirishga qaratilgan chora-tadbirlar rejasi tasdiqlandi. “Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalar uchun mavsumiy taomnoma”lar hamda maktabgacha ta’lim vazirligi tizimidagi davlat-xususiy sheriklik va oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida sog‘lom ovqatlantirishni tashkil etish bo‘yicha yo‘riqnoma ishlab chiqildi. Kelajak egalarining sog‘lom va barkamol bo‘lib voyaga yetishi MTTlardagi muhitga chambarchas bog‘liqdir. Buning uchun yurtimizda barcha sharoitlar hozirlangan. Muammolar o‘z vaqtida o‘rganilib, joyida hal etilmoqda. Zero, bu bolajonlar sog‘lom bo‘lsa, ertamiz ham shunchalik porloq bo‘ladi. Huquqiy savodxonlik O‘tgan davr mobaynida maktabgacha ta’lim tizimining normativ-huquqiy bazasini takomillashtirish borasida bir qator ishlar amalga oshirildi. Bu amallar esa tizimni yanada rivojlantirish uchun mustahkam poydevor hisoblanadi. Jumladan, vazirlik tashkil etilgandan buyon faoliyatimizning barcha yo‘nalishlari bo‘yicha 108 ta normativ-huquqiy hujjat qabul qilindi. 3 ta Qonun, 2 ta Prezident farmoni, 20 ta Prezident qarori, 51 ta Vazirlar Mahkamasi qarori, 8 ta Vazirlar Mahkamasi farmoyishi, 23 ta boshqa idoraviy va normativ-huquqiy hujjatlar shular jumlasidandir. Boshqa vazirlik va idoralar tomonidan tayyorlangan 2017-yilda 84 ta, 2018-yilda 164 ta, 2019-yil 183 ta va 2020-yilda 268 ta, 2021-2022-yillarda 279 ta normativ-huquqiy hujjatlarning loyihalari Vazirlik tomonidan huquqiy ekspertizadan o‘tkazilib, vazirlikning taklif va tavsiyalari berilgan. Shuningdek, maktabgacha ta’lim tashkilotlarida har haftaning payshanba kunlari “Mening huquq va majburiyatlarim” kuni etib belgilangan va maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilarga huquqning ilk tushunchalarini o‘rgatish yo‘lga qo‘yilgan. Shu bilan birga, 2019-yil 14- dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining yigirma beshinchi yalpi majlisida “Maktabgacha ta’lim va tarbiya to‘g‘risida”gi Qonun ma’qullandi, 2019-yil 16-dekabr kuni Qonun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan imzolandi. Albatta, bugun mazkur masalaga har qachongidan ham kuchli e’tibor qaratilayotgani ayni haqiqat. Prezidentimiz rahnamoligida mamlakatimizda ta’limni tubdan isloh qilishning muhim bosqichlari amalga oshirilib, mohiyatan hech qaysi bir davlatda mavjud bo‘lmagan uzluksiz ta’lim tizimi shakllantirildi. Ya’ni yosh avlodning maktabgacha ta’lim muassasalaridan to oliy ta’limgacha bo‘lgan uzluksiz bilim olishlari, kasb o‘rganishi uchun shart-sharoitlar yaratish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishiga aylangani ham quvonarli holdir. Maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilariga kundalik turmushda xavfsizlik qoidalarini o‘rgatish bo‘yicha “Amir va Shirin” nomli ko‘rgazmali qo‘llanmalar tayyorlangan. Vazirlik tomonidan “Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida huquqiy tarbiya va bola huquqlari” moduli bo‘yicha o‘quv kurslari dasturi tasdiqlangan bo‘lib, bugungi kunda dastur doirasida maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyachilari o‘qitib kelinmoqda. Moliyaviy islohotlar taraqqiyot omili Maktabgacha ta’lim tizimi uzluksiz ta’limining bosh bo‘g‘ini bo‘lgani uchun, bu sohaga yetarlicha e’tibor qaratilib, yoshlar masalasi davlat siyosati darajasida ko‘rib chiqilayotganiga guvoh bo‘lyapmiz. Bugun maktabgacha ta’lim muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, ularni malakali pedagog kadrlar bilan ta’minlash, bolalarni maktab ta’limiga tayyorlash darajasini tubdan yaxshilash, ta’lim-tarbiya jarayoniga zamonaviy ta’lim dasturlari va texnologiyalarini tatbiq etish, ertamiz egalarini har tomonlama intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy rivojlantirish uchun zarur moliyaviy shart-sharoitlar yaratish maqsadida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, 2018-yil maktabgacha ta’lim tizimiga jami 4,3 trillion so‘m, shundan, joriy xarajatlarga 3,0 trillion so‘m, Investitsiya xarajatlariga 1,3 trillion so‘m; 2019-yilda jami 6,3 trillion so‘m, shundan, joriy xarajatlarga 4,6 trillion so‘m, Investitsiya xarajatlariga 1,7 trillion so‘m; 2020-yilda jami 6,0 trillion so‘m, shundan, joriy xarajatlarga 4,8 trillion so‘m, Investitsiya xarajatlariga 1,2 trillion so‘m mablag‘ ajratildi. 2021-yilda esa bu ko‘rsatkich jami 8,8 trillion so‘mni tashkil etgan bo‘lsa, shundan, joriy xarajatlarga 7,8 trillion so‘m, Investitsiya xarajatlariga 1,0 trillion so‘m ajratilgan. Joriy yilda mazkur ko’rsatkich yanada oshirilib, tizimga jami 9,5 trillion so‘m, shundan, joriy xarajatlarga 8,7 trillion so‘m, Investitsiya xarajatlariga 800 milliard so‘m mablag‘ ajratildi. 2018-2022-yillarda maktabgacha ta’lim joriy xarajatlari uchun ajratilgan mablag‘lar tarkibi tahlil qilinganda, xarajatlarning o‘rtacha 45% ish haqi va ish haqidan ajratmalarga, 55% boshqa (IV guruh) xarajatlarga yo‘naltirilgan (IV guruh xarajatlardan o‘rta hisobda 25-40% oziq-ovqat xarajatlari). Bugun Maktabgacha ta’lim muassasalari tarmog‘ini kengaytirish, soha xodimlarini moddiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash maqsadida hukumatimiz tomonidan g‘amxo‘rlik qilinayotgani bizga kuch-g‘ayrat beradi, mehnat unumdorligimizni oshiradi. Fikrimiz isboti o‘laroq, Maktabgacha ta’limga ajratilgan mablag‘lar doirasida: •2018-yil 1-martdan boshlab – direktorlar, tarbiyachilar, metodistlar, o‘qituvchilar, defektologlar, psixologlar, musiqa rahbarlari va tarbiyachining yordamchilarining bazaviy tarif stavkasi – 30 foizga; 2018-yil 1-sentabrdan boshlab: • oliy ma’lumotli tayyorgarlik guruhi tarbiyachisi, o‘qituvchi, defektolog, psixolog bazaviy tarif stavkasi – 30 foizga; • pedagogik ma’lumotli tarbiyachi yordamchisi bazaviy tarif stavkasi – 20 foizga; • direktor bazaviy tarif stavkasi – 10 foizga oshirilgan. Bundan tashqari, mamlakatda mehnatga haq to‘lash eng kam miqdorlari oshirilgan hollarda maktabgacha ta’lim xodimlari lavozim maoshlari ham mutanosib ravishda oshirib borilgan. 2017-yildan boshlab ko‘rilganda: • maktabgacha ta’lim tashkiloti direktori lavozim maoshi 3 baravarga; • o‘qituvchilar, psixologlar, oliy ma’lumotli tayyorgarlik guruhi tarbiyachilari lavozim maoshi 4 baravarga; • metodist, tarbiyachi va boshqa pedagog xodimlar lavozim maoshi 2,8 baravarga oshirildi. Qolaversa, aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash maqsadida maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ota-onalar to‘lovi bo‘yicha bir qator imtiyozlar joriy etilgan. Xususan: • davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlaridagi bolalar umumiy sonining 15 foizi doirasida “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi orqali kam ta’minlangan deb e’tirof etilgan oilalar farzandlari hamda jismoniy va psixik rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalar to‘lovdan ozod qilinadi; • boquvchisini yo‘qotgan oila farzandlari bola ta’minoti uchun ota-ona to‘lovidan ozod etiladi; • davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga bir oiladan ikki va undan ortiq bola qatnaganda ularning har biriga belgilangan to‘lov miqdorining 71% miqdorda to‘lov to‘laydi; • respublikaning 72 ta tumanida ota-onalar to‘lovi 2 baravar kamaytirilgan holda to‘lanadi; • davlat maktabgacha ta’lim tashkilotining joylashuviga qarab (viloyat markazi, tuman markazi, boshqa hududlar) 3-60% arzonlashtirilgan to‘lovlar joriy etilgan; • davlat-xususiy sherikchilik asosidagi maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalar umumiy sonining 15-35% miqdorida, oilaviy maktabgacha ta’lim tashkilotlarida esa 70% miqdorida ijtimoiy ko‘makka muhtoj oilalar farzandlari uchun shu hududdagi davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti uchun belgilangan to‘lov miqdoridan oshmagan holda ota-ona to‘lovi joriy etilgan. Mazkur imtiyozlar to‘liqligicha budjet mablag‘lari hisobidan qoplanib, ushbu maqsadlar uchun 2018-yilda 382,0 milliard so‘m, 2019-yilda 574,7 milliard so‘m, 2020-yilda 374,1 milliard so‘m, 2021-yilda 974,3 milliard so‘m mablag‘ ajratilgan. Shuningdek, davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarining moddiy-texnik ta’minotini yaxshilash maqsadida har yili budjet mablag‘lari hisobidan zamonaviy mebel va jihozlar, o‘quv qurollari xarid qilinib, joylarga yetkazib berilmoqda. Jumladan, Investitsiya dasturlari doirasida qurilish-ta’mirlash ishlari amalga oshirilgan davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarini jihozlash uchun 2018-yilda 44,1 milliard so‘m, 2019-yilda 80,0 milliard so‘mlik zamonaviy mebel va jihozlar xarid qilinib, joylarga yetkazib berildi, 2020-yilda esa 91,0 milliard so‘mlik mebel va jihozlar joylarga yetkazib berildi. 2021-yilda Investitsiya dasturi doirasida qurilish-taʼmirlash ishlari o’tkazilgan davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari 46,9 mlrd. so’mlik, bolalarni boshlang’ich taʼlimga majburiy bir yillik tayyorlov guruhlari 23 mlrd. so’mlik, jami 69,9 mlrd. so’mlik zamonaviy mebel va jihozlar bilan taʼminlandi. 2022-yilda jami 127,3 mlrd. so‘mlik, jumladan Investitsiya dasturi doirasida qurilish-taʼmirlash ishlari o’tkazilgan davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarini jihozlash uchun 109,1 mlrd. so‘mlik, bolalarni boshlang’ich ta’limga majburiy tayyorlash guruhlarini jihozlash uchun 18,2 mlrd. so‘mlik shartnomalar imzolangan bo‘lib, hozirda uchbu mebel va jihozlarni joylarga yetkazish ishlari davom etmoqda. Bundan tashqari, davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarini mantiqiy o‘yin va o‘yinchoqlar, o‘quv-didaktik materiallar bilan ta’minlashga 2018-yilda 16,5 milliard so‘m, 2019-yilda 20,0 milliard so‘m mablag‘ sarflandi, 2020-yilda 17,8 milliard so‘mlik mantiqiy o‘yin va o‘yinchoqlar, o‘quv-didaktik materiallar xarid qilindi. 2021-yilda davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari 17,5 mlrd. so’mlik, bolalarni boshlang’ich taʼlimga majburiy bir yillik tayyorlov guruhlari 2,8 mlrd. so’mlik, nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari 39,1 mlrd. so’mlik, jami 59,4 mlrd. so’mlik o’quv-didaktik materiallar, mantiqiy o‘yin va o’yinchoqlar bilan ta’minlandi. 2022-yilda davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarinin o’quv-metodik va didaktik materiallar, mantiqiy o’yin va o’yinchoqlar bilan taʼminlash uchun 24,6 mlrd. so‘mlik shartnomalar imzolangan bo‘lib, hozirda joylarga yetkazish ishlari davom etmoqda. Axborot texnologiyalari har sohaning doimiy hamrohi Bugun globallashuv asrida yashayapmiz. Har bir soha innovatsiyani talab qiladi. Bu borada vazirlik tizida ham qator ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, Prezidentimizning 2020-yil 5-oktyabrdagi “Raqamli O’zbekiston – 2030 strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PF-6079-sonli farmonining ijrosi taʼminlandi. Jumladan, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan hamkorlikda Respublikada faoliyat yuritayotgan 6 236 ta (98 %) maktabgacha taʼlim tashkilotlari yuqori tezlikdagi internet tarmog’iga ulandi. Yangi tashkil qilingan hamda taʼmirlash ishlari yakunlangan DMTT lar ro’yxati shakllantirilib, faoliyati tahlil qilib borilmoqda. Maktabgacha ta'lim tashkilotlarini zamonaviy AKT texnologiyalari bilan ta'minlash va ularning moddiy-texnik bazasini yaxshilash maqsadida maktabgacha ta'lim tashkilotlariga 1-bosqichda 2023, 2-bosqichda 4940 ta kompyuter va yana shuncha miqdordagi printer qurilmalari yetkazib berildi. Bundan tashqari, aholiga qulaylik yaratish maqsadida maktabgacha ta'lim tashkilotlari uchun onlayn to'lov xizmati ishga tushirildi. Shu bilan birga, maxsus tizimlar va Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali to'lovlarni amalga oshirish yo'lga qo'yildi. Natijada, ota-onalar maktabgacha ta'lim tashkilotlarining hisob-kitoblarini masofadan, onlayn tarzda to'lash imkoniyatiga ega bo'ldilar. Maktabgacha taʼlim vazirligining korporativ elektron pochtasi http://mail.mpe.uz/ ishga tushirildi va vazirlik, xududiy bo’linmalar hamda MTT xodimlari undan foydalanishi yo’lga qo’yildi. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "O‘zbekiston respublikasi davlat budjeti xarajatlarining samaradorligini yanada oshirish va davlat moliyaviy nazorati organlari faoliyatini takomillashtirish to'g'risida" gi 128-sonli Prezident Qaroriga muvofiq, "Bolalar bog’chasi" axborot tizimida shakllangan ma'lumotlar asosida soha xodimlariga oylik ish haqi va unga tenglashtirilgan to'lovlarni avtomatlashtirilgan hisoblash tizimi joriy etilmoqda. Maktabgacha taʼlim tashkilotlarida bolalarni tashkilotlarda qabul qilishda shaffoflikni taʼminlash borasida maktabgacha taʼlimni boshqarishning avtomatlashtirilgan tizimida o’rganishlar olib borildi. Ushbu masala bo’yicha vazirlik markaziy apparatida fuqarolarning yozma va og’zaki murojaatlari qabul qilindi. Fuqarolar murojaatlari asosida tizimda aniqlangan kamchiliklar qisqa muddatda bartaraf etilmoqda. O‘zbekistonda 2021-yilning mart oyidan bolalar uchun mo‘ljallangan ta’lim va ko‘ngilochar "Aqlvoy" telekanali faoliyat boshladi. Mazkur kanalning asosiy shiori: “Bu sening vaqting!”. Ya’ni kashfiyotlar vaqti, mo‘jizalar vaqti, yangi narsalarni o‘rganish vaqti. Kanal Rossiya, AQSh, Janubiy Koreya, Xitoy kabi o‘nlab mamlakatlarda taniqli jahon studiyalari tomonidan yaratilgan eng yaxshi animatsion seriallar va dasturlarni namoyish etib boradi. Asosiy auditoriyasi 3 yoshdan 9 yoshgacha bo‘lgan bolalardir. Kelajak uchun ko'plab rejalarimiz bor. Bularning barchasi zamon bilan hamnafas tarzda bosqichma-bosqich, tizimli ravishda amalga oshirilmoqda. Davlat-xususiy sherikchiligi davr talabi Maktabgacha taʼlim sohasida nodavlat sektorni rivojlantirishning zamonaviy mexanizmlari, xususan davlat-xususiy sheriklikning 10 dan ortiq yangi shakllari joriy etildi. Maktabgacha taʼlim sohasida davlat-xususiy sheriklikning me’yoriy-huquqiy bazasi shakllantirilib, sohani rivojlantirishga qaratilgan keng imtiyozlar yaratildi. Oʻtgan yillar davomida davlat-xususiy sheriklik asosida 147 317 quvvatga ega nodavlat bogʻchalarni tashkil etish uchun 3,7 trln. soʻmlik loyihalarni (shundan 1,1 trln. soʻm tadbirkorlar mablagʻlari va 2,6 trln. soʻm imtiyozli kredit hisobidan) amalga oshirish bo‘yicha 1419 nafar tadbirkorlar bilan bitimlar imzolangan. Bugunga qadar 103 954 quvvatga ega 1097 ta loyihalarni imtiyozli kreditlar bilan moliyalashtirish uchun 2,1 trln. soʻm miqdoridagi resurs mablagʻlari yoʻnaltirildi. Shundan, 1263 ta loyihalar boʻyicha qurilish ishlari yakunlangan boʻlib, 135915 quvvatga ega nodavlat bogʻchalari oʻz faoliyatini boshlagan. Shuningdek, 2018-2022-yillarda 20242 ta oilaviy bogʻchalar tashkil etilib, qoʻshimcha 502631 quvvat yaratildi. Jumladan, vazirlik tomonidan oʻtgan yillar davomida davlat-xususiy sheriklik asosida 21 505 ta MTT, 638546 qoʻshimcha quvvat va 55 mingdan ortiq yangi ish oʻrinlari yaratildi. Natijada, nodavlat sektorning ulushi 2017-yilga nisbatan 0,01 foizdan 34 foizga oshirilishiga erishildi. Davlat xususiy sheriklik asosida faoliyatini boshlagan bogʻchalarga 603389 nafar bolalar qamrab olingan boʻlib, shundan 337898 nafari (56%) ijtimoiy koʻmakka muhtoj oila farzandlari hisoblanadi. Maktabgacha ta'lim vazirligi tomonidan O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 10-iyundagi 5144-sonli "Qamrov darajasi past bo‘lgan tumanlarda maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarmog‘ini kengaytirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida" gi qaroriga muvofiq 2021-2022-yillarda respublikada umumiy quvvati 11 275 o'rinli 100 ta maktabgacha ta'lim tashkilotlari faoliyatini davlat-xususiy sheriklik asosida yo'lga qo'yish belgilandi. Bugungi kunga qadar 11975 o'ringa mo'ljallangan 100 ta loyiha to'liq imzolangan va Moliya vazirligi, hududlarga biriktirilgan banklarga moliyalashtirish uchun tavsiya etilgan. Shuningdek, ushbu qarorga muvofiq jami 54825 o'rinli 2033 ta oilaviy maktabgacha ta'lim tashkilotlari tashkil etildi va 4150 ta yangi ish o'rinlari yaratildi.
Bugun Maktabgacha taʼlim vazirligi binosida yil yakuni bo‘yicha ochiq muloqot tashkil etilib, jamoatchilik kengashiga hisobot berildi. Mazkur tadbirda nafaqat bu yil yakunlari, balki so'ngi 5 yillikning yakuni bo‘yicha ham so‘z bordi. Ochiq muloqotda Maktabgacha taʼlim vaziri Agrippina Shin, Maktabgacha taʼlim vazirligi huzuridagi Jamoatchilik kengashi raisi Sherzodxon Qudratxo‘ja hamda o‘rinbosari Husan Ermatov va Eʼtibor Sultanova, shuningdek, Bosh prokuraturaning masʼul xodimi Karimjon Musashayxov hamda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining masʼul xodimi Sardor Mamanov ishtirok etishdi. Qariyb 50 dan ortiq mahalliy va xalqaro OAVdan vakillar qatnashgan tadbirda quyidagi mavzular ham muhokama qilindi: · Maktabgacha taʼlim tizimidagi muammolar va ularning yechimlari borasida amalga oshirilayotgan ishlar bo‘yicha. · Maktabgacha taʼlim tizimiga xususiy sektor mablag‘larini jalb qilish orqali yangi nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarini tashkil etish holati. · "Maktabgacha taʼlim sohasi korrupsiyadan holi" mavzusida sohaga oid tartib taomillar va amalga oshirilayotgan islohotlar haqida ("Ochiq eshiklar" kuni). · Maktabgacha taʼlim tashkiloti (bog‘cha) xodimlarining professional tayyorgarligi va mahoratini oshirib borishning takomillashtirilgan tizimini joriy etish. · Maktabgacha taʼlim sohasida xalqaro hamkorlik bilan birgalikda amalga oshirilayotgan ishlar va natijalar. · "Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili"da amalga oshirilgan Davlat dasturining ijrosi yuzasidan. Tadbir yakunida jurnalistlar hamda blogerlar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob olishdi. Shuningdek, Maktabgacha taʼlim vazirligi huzuridagi Jamoatchilik kengashi tomonidan tizimda 2023-yilda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar yuzasidan rejalar tuzib olindi.
Shuni maʼlum qilamizki, ushbu holat 2022 yil 10 dekabr kuni Mirishkor tumani Maktabgacha taʼlim bo‘limi tasarrufidagi 12-Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotida bo‘lib o‘tgan. O‘sha kuni tashkilotga munosib nomzod saylash uchun Kuzatuv kengashi boshchiligida, ota-onalar ishtiroki bilan, yig‘ilish tashkil etilgan. Maʼlumot uchun, ayni vaqtda direktor vazifasini vaqtinchalik bajaruvchi M. T. hamda 9-umumiy o‘rta taʼlim maktabi o‘qituvchisi A. U.ning nomzodi Kuzatuv kengashi tomonidan ko‘rib chiqilishi kerak edi. Yig‘ilish boshlanishidan avval direktorlik lavozimiga o‘z nomzodini qo‘ygan A. U. 12-DMTT sobiq direktori Sh. M.ning oldiga kelib, sababsiz ravishda haqorat qiladi. Natijada, Sh. M.ning qon bosimi ko‘tarilib ketib, sog‘ligi yomonlashadi. Zudlik bilan yetib kelgan tez yordam xizmati xodimlari tomonidan Sh. M.ga birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatiladi. Voqea davomida tashkilot rahbarligiga o‘z nomzodini qo‘ygan A. U.ning ham sog‘ligi yomonlashadi va yerga yiqiladi. Buni qo‘l telefoni bilan videoga olgan A. U.ning singlisi videozapisni ijtimoiy tarmoqlarga tarqatib yuboradi. Janjal vaqtida huquq tartibot organi xodimlariga xabar qilingan va ichki ishlar xodimlari o‘sha vaqtning o‘zida voqea joyiga yetib kelib, holat yuzasidan tergov-surishtiruv ishlarini boshlangan. Yaʼni, kuzatuv kengashi yig‘ilishida U. A.ning akasi M. A. va N. A. (U.A.ning ukasi, shuningdek, M.A.ning ham ukasi)ning turmush o‘rtog‘i Sh. M.(tashkilotning sobiq rahbari) bilan, oilaviy nizo sabab, tortishib qolgan. Hozirda ushbu holat bo‘yicha tergov harakatlari boshlangan. Bu bo‘yicha to‘liq maʼlumot taqdim qilinadi. Shuningdek, holat Qashqadaryo viloyati Maktabgacha taʼlim boshqarmasi tomonidan nazoratga olingan. Maktabgacha ta'lim vazirligi Axborot xizmati
Gersen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universitetida ikkita — “O‘zbek madaniyat markazi” va “Yangi jamoat maydoni” mazmunidagi yangi loyihalar taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Mazkur tadbirda O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha taʼlim vaziri Agrippina Shin boshchiligidagi O'zbekiston delegatsiyasi hamda Rossiya Federatsiyasi taʼlim vaziri Sergey Kravtsov va Sankt-Peterburg vitse-gubernatori Irina Potexina ishtirok etishdi. Yig‘inda A. I. Gersen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universiteti rahbariyati "Yangi jamoat maydoni"ning ochilishida hamkorlikning hissasi katta ekanligini taʼkidlagan. Marosimda so‘zga chiqqan Rossiya Federatsiyasi taʼlim vaziri Sergey Kravtsov Ta'lim maskanini ushbu kun bilan bilan tabriklar ekan, so‘ngi yillarda malakali pedagoglarga talab tobora oshib borayotganini urg‘ulagan. O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vaziri Agrippina Shin ham tadbirda yig‘ilganlar, universitet rahbariyati hamda bu ishga bosh qo‘shgan barcha xodimlarni chin qalbdan qutladi. Shuningdek, kelgusida mazkur ta'lim markazi bilan bo'ladigan hamkorliklar natijasida yaxshi natijalarga erishish mumkinligini ta'kidladi. Irina Potexina ham shunday muhim kun bilan barchani qutlar ekan, "A.I. Gersen nomidagi universitet pedagog bo‘laman degan barcha nomzodlar uchun asosiy taʼlim markaziga aylanadi", - deya ishonch bildirdi.
Ijtimoiy tarmoqlarda “Bolalar bog‘chasi” axborot tizimiga oid ko'plab murojaatlar e'lon qilinmoqda. Quyida “Bolalar bog‘chasi” axborot tizimiga oid zaruriy ma'lumotlarni ko'rsatib o'tamiz: Maktabgacha ta’limni boshqarishning “Bolalar bog‘chasi” axborot tizimida ota-onalar yoki ularni o‘rnini bosuvchi shaxslar tomonidan farzandlarini ushbu tashkilotga joylashtirish uchun berilgan arizalar “Ilovalar ro‘yxati”da, elektron navbat asosida shakllangan yo‘llanmalar ro‘yxatini “Qabul” bo‘limida joylashadi. Tashkilot rahbari tomonidan “Qabul” bo‘limidagi bolalarni 15-ish kuni mobaydida tashkilotga qabul qilinganlik to‘g‘risida buyruq ma’lumotlarini axborot tizimiga kiritgan holda tarbiyalanuvchilar safiga qo‘shish mumkin bo‘ladi. Yuqoridagi amallar bajarilgan hollarda ushbu bolalar tashkilotga qabul qilingan hisoblanadi hamda ularni ro‘yxatini “Tarbiyalanuvchilar” bo‘limida ko‘rish mumkin. “Bolalar bog‘chasi” axborot tizimida tarbiyalanuvchi tashkilotga qabul qilingan kundan boshlab 1 ish kuni o‘tgandan keyin tarbiyalanuvchilar safidan chiqarish imkoniyati mavjud. Bunda, tashkilot rahbari tomonidan tarbiyalanuvchini tashkilotdan chiqarish to‘g‘risida buyruq ma’lumotlarini axborot tizimiga kiritgan holda amalga oshiradi. Tashkilotdan chiqarish uchun ota-ona tomonidan berilgan ariza asos bo'ladi.
Maktabgacha ta’lim vazirligi tomonidan 01.12.2022 yildagi “Jamiyat” gazetasi №47 sonida berilgan maqolada keltirilgan masalalar yuzasidan quyidagilar maʼlum qilinadi: Barchamizga ma’lumki, Maktabgacha taʼlim sohasida davlat-xususiy sheriklik munosabatlarini zamonaviy raqamli texnologiyalar yordamida soddalashtirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 2-avgustdagi 426-son qarori qabul qilingan. Mazkur qarorga muvofiq, 2022-yil 1-sentabrdan boshlab davlat-xususiy sheriklik asosida faoliyat yuritayotgan maktabgacha taʼlim tashkilotlarida, shu jumladan, oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida davlat budjeti mablagʻlari hisobidan subsidiyalar xodimlarning ishga kelib-ketishi hamda tarbiyalanuvchilarning davomatidan kelib chiqib Maktabgacha taʼlim vazirligining Nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarini boshqarish axborot tizimida (NMTTBAT) avtomatik ravishda hisoblab chiqilmoqda. Bunda, xodim va tarbiyalanuvchilarning davomati shaxsni biometrik identifikasiya qilish texnologiyasi orqali maxsus mobil ilova yordamida yuritilishi koʻzda tutilgan. Xodim va tarbiyalanuvchilarning davomatini yuritishda bolaning rasmi tizimga biriktiriladi hamda ushbu biriktirilgan rasm orqali kunlik davomat olib boriladi. Afsuski, kunlik davomat uchun asos hisoblangan tarbiyalanuvchilarning rasmlar sifatiga e’tibor qaratadigan bo‘lsak, aksariyat hollarda uxlayotgan bolani yoki yon tomonga qarab turgan bolalarning rasmlar tizimga kiritilgan. Hammaga ayonki, kiritilgan rasmlar asosida NMTTBAT mobil ilovasi orqali shaxsni biometrik identifikatsiya qilish uchun bolaning raqamli modeli yaratiladi. Yaratilgan model asosida esa kunlik davomat yuritilib boriladi, sifatsiz kiritilgan rasmlar o‘z navbatida bolalarni tanib olish imkoniyati pasayishiga olib keladi. Bunday hollarda bolalarning rasmlarini tizimga qayta kirish tavsiyasi tadbirkorlarga bir necha marotaba berilgan va bu haqda Maktabgacha ta’lim vazirligi binosida 50 dan ortiq OAV xodimlari ishtirokida 2022-yil 14-dekabr kuni o‘tkazilgan Matbuot anjumanida batafsil axborot berilgan. Habaringiz bor, shaxsni biometrik identifikatsiya qilish texnologiyasidan foydalanilgan tizimlar uchun, ushbu tizimga moslashtirilgan alohida texnik qurilmalar talab qilinadi. DXSH asosidagi va nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari rahbariga (tadbirkorlar) maksimal darajada qulaylik yaratish hamda ortiqcha sarf-harajatlarga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida ular tomonidan o‘z ehtiyojlari uchun qo‘llab kelinayotgan mobil telefonlardan foydalanishni ko‘zda tutgan holda mobil ilova yaratildi. NMTTBAT va uning mobil ilovasi zamonaviy axborot tizimi boʻlib, unda shaxsni biometrik identifikatsiya qilish texnologiyasi qoʻllanilanganligi sababli, mobil ilovadan toʻlaqonli foydalanish uchun mobil telefonning texnik imkoniyatlariga bog‘liq. Bu eng so‘nggi rusumdagi mobil telefon bo‘lishi zarur degani emas, mobil telefonning texnik imkoniyatlari qancha yuqori bo‘lsa, shaxsni biometrik identifikatsiya qilish shuncha aniq bo‘ladi. Mobil telefonning texnik imkoniyatlariga minimal talab sifatida 8mp kamera belgilangan. Misol uchun 2017-yilda sotuvi boshlangan Xiaomi Redmi 4X mobil telefonini kamerasi 13 mpx, 2018-yilda sotuvi boshlangan Samsung Galaxy A6 mobil telefonini kamerasi 16 mpx. Shuningdek, davomatni mobil ilova orqali offline rejimda (internet tarmog‘iga ulanmagan holda) ham yuritish imkoniyati yaratildi, bunda ma’lumotlar mobil telefon internetga ulangan (imkoniyat mavjud bo’lgan paytda) vaqtda axborot tizimiga uzatish imkoniyati mavjud. Davomat ma’lumotlari to‘g‘ridan-tog‘ri NMTTBATga yuboriladi hamda bu jarayonlar maktabgacha ta’lim bo‘limlari ishtirokisiz va inson omilisiz amalga oshiriladi. NMTTBAT Davlat byudjeti mablagʻlari hisobidan subsidiyalar va kompensatsiyalar miqdorlarini xodimlarning ishga kelib-ketishi hamda tarbiyalanuvchilarning davomatidan kelib chiqib avtomatik ravishda hisoblab chiqadi va ularni moliyalashtirish uchun elektron toʻlov hujjatlarni Moliya vazirligining axborot tizimlariga joʻnatadi. Subsidiyalar va kompensatsiyalar miqdorlari avtomatik ravishda hisoblanishi natijasida tadbirkorlar tomonidan har oy buyurtmanoma hisobotlari topshirishdagi byurokratik ovoragarchiliklar va qogʻozbozlik yoʻqoldi. Oldingi tartib boʻyicha tadbirkor subsidiya olish uchun har oy buyurtmanomani qogʻoz shaklida toʻldirib, maktabgacha taʼlim boʻlimining kamida 3 ta xodimi bilan kelishib, moliya boʻlimiga taqdim etishi zarur boʻlgan. Bundan tashqari xodimlar uchun ish haqi va ushlanadigan soliqlarni hisoblash, soliq idoralarga hisobotlarni topshirish uchun asosan buxgalterlarni yoʻllagan va ularga norasmiy ravishda har oyda ish haqi toʻlagan. Shuningdek, Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 28-martdagi 244-sonli qarori bilan bolalarni maktabgacha taʼlim tashkilotlariga qabul qilish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamenti tasdiqlangan. Ushbu reglament bilan davlat-xususiy sheriklikka asoslangan nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga tashkilot quvvati va tarbiyalanuvchilar to‘g‘risidagi ma’lumotlarning doimiy ravishda, shuningdek, tashkilotning bo‘sh o‘rni haqidagi ma’lumotlarning guruh ochilgan yoki yopilgan, guruh quvvati yoki ta’lim turi o‘zgargan, bola qabul qilingan va tashkilotdan chiqarilgan yoki boshqa guruhga o‘tkazilgan, shu jumladan ijtimoiy ko‘makka muhtoj oilalar va maxsus kontingent uchun ajratilgan kvotalar joylariga qabul qilingan bolalar haqidagi ma’lumotlarni bir ish kuni ichida Maktabgacha ta’lim vazirligining axborot tizimiga kiritib borish vazifasi yuklatilgan. Shu bilan birga, oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari quvvat sonining 70 foiz, DXSH asosidagi boshqa maktabgacha ta’lim tashkilotlari turi va bitimidan kelib chiqqan holda 25 va 35 foiz (davlat ulushi) tarbiyalanuvchilarni ijtimoiy ko‘makka muhtoj va maxsus kontingentga kiritilgan oilalarning farzandlarini Davlat xizmatlari markazlari yoki elektron tarzda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali olingan yo‘llanmalar asosida qabul qilishi belgilangan. Bunda, ushbu bolalar uchun ota-onalar to‘lovi shu joydagi davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari uchun belgilangan hajmlardan oshmaydigan miqdorda o‘rnatiladi. Tadbirkor o‘z ulushi hisobidan maktabgacha ta’lim tashkilotiga qabul qilgan tarbiyalanuvchilarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri (yo‘llanmasiz) axborot tizimiga kiritishi va ota-onalar to‘lov miqdorini mustaqil ravishda belgilashi mumkin. Ma’lumot o‘rnida aytib o‘tish joizki, mazkur tizim ishga tushurilganidan so‘ng, tadbirkorlarga ortiqcha qog‘ozbozlikni hamda vaqtdan unumli foydalanish imkonini berganligi mazmunida, mamlakatimizda maktabgacha ta’lim xizmatlarini ko‘rsatib kelayotgan yuzlab tabdirkorlar tomonidan vazirlik nomiga minnatdorchilik xatlari kelib tushmoqda.
Xabaringiz bor, har juma tongida vazirlik va davlat idoralarida “Maʼrifat soati” o‘tkaziladi. Unda ortda qolgan haftada qabul qilingan normativ hujjatlar va qonunlarga izohlar berib o‘tiladi. Bugungi huquqiy savodxonlik soatida ham qabul qilingan hujjatlar bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borildi. Yig‘ilishda 28.11.2022 y. da qabul qilingan O‘RQ–803-sonli Qonuni hamda PF–257-sonli Prezident Farmoni haqida so‘z bordi. Jumladan PF–257-sonli Prezident Farmoniga ko‘ra, Bosh prokuratura Akademiyasi negizida O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi tashkil etilishi, unda jinoyatlarni tergov qilish sohasida kadrlarni amaliyot bilan uzviy bog‘liqligini taʼminlagan holda yagona yondashuv asosida tayyorlashga qaratilgan uzluksiz o‘quv tizimi yo‘lga qo‘yilishi eslatib o‘tildi. Shuningdek, Vakolatli davlat organlari xodimlari uchun Akademiyada tegishli o‘quv dasturlari bo‘yicha kasbiy qayta tayyorlash va malaka oshirishning majburiy tartibi joriy qilinishi ham taʼkidlandi. “Maʼrifat soati” davomida 677–, 679– hamda 681–sonli Hukumat Qaroriga ham sharhlar berib o‘tildi. Yig‘in so‘ngida masʼul shaxslar tomonidan 1-dekabrdan boshlab qonunchilikda nimalar o‘zgarishi haqidagi yangiliklar aytildi.
BatafsilEshitish qobiliyatida nuqsoni bor bo‘lgan bolalarning 60 % ini muolajalar ko‘magida davolash mumkin, ammo qolgan 40 % bolaning eshitish qobiliyati maxsus apparatlar(eshitish vositalari va koxlear implantlar) yordamida sekin-astalik bilan tiklanib boradi. Oktyabr-noyabr oylarida Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi va “Zamin” xalqaro jamoat fondi tomonidan “Men ham eshitishni xohlayman!” loyihasi doirasida Maktabgacha taʼlim hamda Sog‘liqni saqlash vazirliklari bilan hamkorlikda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Jizzax, Sirdaryo, Toshkent, Xorazm, Samarqand, Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlari hamda Toshkent shahridagi ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim tashkilotlarida tarbiyalanayotgan jami 115 nafar eshitishida nuqsoni bor bo‘lgan bolaga 228 ta yangi avlod simsiz eshitish apparatlari tarqatildi. Eshitishda nuqsoni bo‘lgan bolalar bilan ishlashda maxsus o‘quv jihozlari va texnik vositalardan foydalanish bolaning shaxsiyatiga ijobiy taʼsir ko‘rsatadi va bunday apparatlar ularning eshitishdagi nuqsonini davolashda samarali hisoblanadi. Shuningdek, bunday maxsus apparatlar tarbiyachi hamda pedagoglarga bola bilan ishlash, bolaning esa, hech qanday to‘siqsiz, jamiyatda o‘z o‘rnini topib ketishiga yordam beradi.
Issiq kunlar tugab, endilikda sovuq havo oqimi yurtimizga kerib kelmoqda. Albatta, bu jarayonga tayyorgarlik bundan buyon eng muhim jihat hisoblanadi. Ayniqsa endilikda maktabgacha taʼlim tashkilotlarida xonalarning iliqligi, oziq-ovqat zaxiralarining sifatli saqlanishi uchun yaratilgan shart-sharoitlar eng eʼtibor berilishi lozim bo‘lgan jihatga aylanadi. Maktabgacha taʼlim vazirligi ana shularni inobatga olgan holda mas'ul xodimlarini nazorat va tekshiruv uchun viloyatlar bo‘ylab safarbar etdi. Maʼlumot uchun, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik jarayonlarini o‘rganish ishlari Sirdaryo, Farg‘ona, Toshkent, Xorazm, Andijon, Namangan, Surxondaryo viloyatlari hamda Toshkent shahrida, Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududida faoliyat yuritayotgan davlat va nodavlat MMTlarida olib borildi.
O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi, “Zamin” xalqaro jamoat fondi hamda Tibbiy va ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi hamkorligida imzolangan “Taʼlim muassasalarini zamonaviy yordamchi uskunalar bilan jihozlash” loyihasi doirasida mahorat saboqlari o‘tkazilmoqda. Jumladan, kunikecha Toshkent shahrida faoliyat yuritayotgan 321-, 404-, 442-, 574-son davlat ko‘p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim tashkilotlari pedagog xodimlari uchun ana shunday tushuntirish ishlari olib borildi. Eshitish qobiliyatini yo‘qotgan yoki eshitishi sust bo‘lgan bolalar bilan tuzatish-pedagogik ishlarini olib borish, ular bilan barcha sog‘lom bolalar qatori muloqotga kirishish maqsadida mazkur tashkilotlar simsiz FM qurilmalari bilan taʼminlandi. Endilikda bu maskanlarda eshitishida nuqsoni bor bo‘lgan bolalar uchun hech qanday to‘siqsiz taʼlim-tarbiya berib boriladi. Ushbu yangi avlod eshitish qurilmalari tarbiyachiga ham o‘quv jarayonini oson boshqarish imkonini beradi. Shu bilan birga, bolalar uchun katta hajmdagi maʼlumotlarni o‘zlashtirish osonroq kechdi.
“Pedagog kadrlarni tayyorlash, o‘qitish va malakasini oshirish kompleks markazi hamda innovatsion maktabgacha taʼlim tashkilotini qurish” grant loyihasini amalga oshirishga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida Maktabgacha taʼlim vazirligi rahbariyati hamda Koreya Xalqaro Hamkorlik Agentligi(KOICA) vakillari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Mazkur yig‘inda “Dosung Architests” loyiha tashkiloti vakillari ham qatnashishdi. Uchrashuvda loyihadan oldingi tayyorgarlik masalalari muhokama qilindi, shuningdek, komponentlarni amalga oshirish mexanizmlari ustida ham suhbat olib borildi. Uchrashuv yakunlari bo‘yicha tomonlar ushbu loyihani samarali amalga oshirishga har tomonlama hissa qo‘shishga tayyor ekanliklarini yana bir bor taʼkidladilar.
“Koreya-O‘zbekiston” biznes assotsiatsiyasining (KUBA) koreyalik ishbilarmon doira vakillaridan iborat delegatsiya direktorlar kengashi raisi Kim Chang Keon boshchiligida Sirdaryo viloyatida bo‘lishdi. Xabarga ko‘ra, hamkorlik viloyatda shahar infratuzilmasini rivojlantirish hamda maktabgacha taʼlim sohasida boshlangan muzokaralarni davom ettirish uchun qulay imkoniyat yaratadi. Samimiy va ishchanlik ruhida kechgan muloqot davomida aniq loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha kelishuvlarga erishilgan. Xususan, tez orada Guliston shahrida qator afzalliklarga ega, qiymati 50 mln. AQSH dollariga teng bo‘lgan “Aqlli shahar” barpo etish boshlanadi.Hamkorlik shartlarida “EduLink Global” kompaniyasi tomonidan “Guliston New City” loyihasi doirasida Janubiy Koreya tajribasi asosidagi maktabgacha taʼlim tashkiloti qurilishi ham nazarda tutilgan.Uchrashuvdan so‘ng mehmonlar amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan loyihalarning hudud infratuzilmasi bilan tanishgan.
Qo‘qon Universitetida O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligining tashabbusi bilan "Korrupsiyaga qarshi kurashishning xalqaro va milliy huquqiy asoslari" mavzusidagi ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi. Konferensiya ishida Farg‘ona, Andijon hamda Namangan viloyatidan tashrif buyurgan maktabgacha taʼlim boshqarmasi masʼul xodimlari, bo‘lim boshliqlari va MTTlari direktorlari ishtirok etishdi. Ilmiy-amaliy konferensiyada Maktabgacha taʼlim vazirligi Yuridik boshqarma boshlig‘i Xurshid Buriyevning "Huquqbuzarliklarni oldini olish, korrupsiyaga qarshi kurashish va javobgarlik masalalari" mavzusidagi, Maktabgacha taʼlim vazirligi Korrupsiyaga qarshi kurashish va kompleans nazoratini amalga oshirish boshqarmasi boshlig‘i Oybek Turdiyevning "Maktabgacha taʼlim tizimida korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar, huquqbuzarliklarni oldini olish, korrupsiyaga qarshi kurashish va javobgarlik masalalari" mavzusidagi, Maktabgacha taʼlim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti kafedra mudiri Shuhrat Otaqulovning "Davlat fuqarolik xizmatchilarining odob axloq qoidalari" mavzusidagi maʼruzalarini tinglandi. Konferensiya yakunida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollar, faoliyatida duch kelayotgan ayrim masalalar yuzasidan masʼul xodimlardan huquqiy tushunchalar oldi.
Jumladan, Qoraqalpog'iston Respublikasining Mo'ynoq hamda Shumanay tumanlarida yangi bog'chalar ochildi. Ma'lumot uchun, davlatimiz rahbarining topshirig'i bilan Orolboʼyi hududlarini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini jadallashtirish maqsadida Qoraqalpogʼistonning shimoliy tumanlari bittadan viloyatga biriktirilishi belgilangan. Shunga binoan, Mo'ynoq tumani Toshkent viloyatiga, Shumanay tumani esa Xorazm viloyatiga biriktirilgan edi. Viloyat boshqarmalari faolligi bilan Qoraqalpog'iston Respublikasining chekka tumanlarida ham bog'cha qamrovi oshib bormoqda. Shuningdek, Sirdaryo, Toshkent, Surxondaryo va Navoiy viloyatlarida ham yangi oilaviy nodavlat hamda davlat MTTlari faoliyati yo'lga qo'yildi.
Batafsil“Standartlashtirish to‘g‘risida”gi Qonun (O‘RQ–800, 03.11.2022 y.) Prezident tomonidan imzolandi Qonunga ko‘ra, O‘zbekistonning milliy standartlashtirish tizimini quyidagilar tashkil etadi: Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi; Standartlashtirish bo‘yicha milliy organ; davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari; standartlashtirish bo‘yicha texnik qo‘mitalar. Standartlashtirishning asosiy vazifalaridan biri fuqarolarning hayotini, sog‘lig‘ini va mol-mulkini hamda atrof-muhitni muhofaza qilishdan iborat. Standartlashtirish rejasi quyidagi muddatli istiqbol uchun qabul qilinishi mumkin: qisqa (1 yilgacha); o‘rta (1 yildan 5 yilgacha); uzoq (5 yildan 10 yilgacha). Standartlarning yagona axborot bazasi Standartlashtirish bo‘yicha milliy organ tomonidan shakllantiriladi va yuritiladi. Standartlarning toifalari jumlasiga quyidagilar kiradi: milliy standartlar; xalqaro (mintaqaviy) standartlar; xorijiy mamlakatlarning standartlari. standartlashtirish (2).pptQonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran 12 oy o‘tgach kuchga kiradi.
Navbatdagi juma tongida Vazirlik xodimlariga ortda qolgan haftada imzolangan hujjatlar sharhlab berildi. Jumladan, 18.11.2022 y. da qabul qilingan PQ–427-sonli Prezident Qarori haqida tahlil berilar ekan O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi tizimida Bolalarni sog‘lomlashtirish va aholi salomatligini tiklashga ko‘maklashish jamg‘armasi hamda Bolalarning dam olishini va sog‘lomlashtirilishini tashkil etish departamenti tuzilishi eslatildi. Shuningdek, mazkur hujjatning 2023-yil 1-yanvardan kuchga kiradigan bandlari ham taʼkidlab o‘tildi. Bular Mahalliy byudjetlar daromadlarining prognozdan oshirib bajarilgan qismining 10 foizi har chorakda Jamg‘armaga yo‘naltiriladi; Davlat organlari va tashkilotlari o‘z xodimlarining farzandlari uchun sotib olingan oromgohlar yo‘llanmalari narxining 50 foizigacha, ammo har bir yo‘llanma uchun BHMning 1 baravaridan (300 ming so‘mdan) oshmagan qismiish beruvchilar tomonidan kompensatsiya qilib berilishi mumkin. Bolalarning dam olishlarini tizimli tashkil etishva sog‘lomlashtirish masalalari bo‘yicha respublika komissiyasi tashkil etiladi. Bundan tashqari, 17.11.2022 y. da qabul qilingan PQ–425-sonli Prezident Qaroridagi baʼzi bandlar ham Vazirlik xodimlariga yana bir qayta eslatib o‘tildi. Xususan, hujjatga binoan, 2023-yil 1-yanvardan tegishli davlat dasturlari va loyihalari doirasida obyektlarningbosh loyiha-qidiruv va bosh qurilish-pudrat tashkilotlari “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimida elektron tender (tanlov) savdolari orqali aniqlanishi aytib o‘tildi. Yig‘in so‘nida Maktabgacha taʼlim vazirining 2022-yil 18-noyabrdagi “Korrupsiyaga qarshi kurashish oyligini tashkil etish to‘g‘risida”gi 260-sonli buyrug‘i ham tanishtirib o‘tildi. Mazkur buyruq, Vazirlar Mahkamasining 2022-yil16-maydagi “2022-2023 yillarda jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturini tasdiqlash to‘g‘risida” 259-son qarori ijrosini taʼminlash maqsadida qabul qilingan.Maktabgacha ta'lim vazirligi Axborot xizmati
Hindistonlik Ritu xonim “Kichik yoshdagi bolalarni tarbiyalash va taʼlim berishga bag‘ishlangan II Butunjahon konferensiyasi” kunlarida Mirobod tumanidagi 482-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkilotiga tashrif buyurib, u yerdagi shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdi. Mutaxassis O‘zbekistonda bog‘cha yoshidagi bolalar uchun yaratilgan sharoitlar haqida so‘zlash jarayonida tumandagi 482-sonli bog‘chada kichkintoylarga qo‘shimcha mashg‘ulotlar sifatida kulolchilik, zardo‘zlik sir-asrorlari o‘rgatib borilishini ko‘rib, nihoyatda hayratlanganini yashirmagan. “Juda xushmanzara bog‘cha ekan, taʼlim ham yuqori standartlarda tashkil etilganiga guvoh bo‘ldim. O‘zbekistonda ko‘rganlarimni Hindistonga borganimda rahbariyatimga aytib, O‘zbekiston tajribasini Hindistonda ham tatbiq qilishni o‘z oldimga maqsad qildim”, – degan xorijlik mehmon.
Vazirlik idoralarida xodimlari uchun har juma tongida “Maʼrifat soati” o‘tkazilishidan xabaringiz bor. Mazkur yig‘inda vazirlik xodimlari, idora mutasaddilariga o‘tgan muddat davomida imzolangan qonunlar yana bir qayta eslatib, sharhlab beriladi. Bugungi juma kungi “Huquqiy savodxonlik” soati mavzusi davlatimiz suverenitetligining ramzlaridan biri O‘zbekiston Respublikasi davlat bayrog‘i qabul qilingan kun, 18-noyabr sanasi bo‘ldi. O‘zbekiston Respublikasi davlat bayrog‘i O‘zbekiston gerbi va O‘zbekiston madhiyasi kabi O‘zbekiston Respublikasining rasmiy davlat ramzi sanaladi. Maʼlumot uchun, 1991 yil 31 avgustda O‘zbekiston Respublikasi o‘z mustaqilligini eʼlon qilganidan so‘ng, 1991 yilning 18 noyabrida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining VIII sessiyasida O‘zbekiston Respublikasi davlat bayrog‘i to‘g‘risidagi qonun qabul qilingan. O‘zbekiston Respublikasining bayrog‘i to‘g‘ri to‘rtburchak shakldagi matoda aks etgan bo‘lib, uchta asosiy gorizontal rangdor bo‘laklarga bo‘lingan. Ular: yorqin moviy, oq, yorqin yashil. Bu bo‘laklar orasini ikkita qizil rangdagi gorizontal chiziqlar ajratib turadi. Respublika davlat bayrog‘i mamlakat hududida ilgari mavjud bo‘lgan g‘oyat qudratli saltanatlar bayroqlariga xos bo‘lib, Respublika tabiatiga xos xususiyatlarni, xalqning milliy va madaniy o‘zligini aks ettiradi. Shuningdek, “Huquqiy savodxonlik” soatida o‘tgan haftada davlatimiz hayotida bo‘lib o‘tgan muhim voqealarning qisqacha sharhlari ham namoyish etildi.
2022-yil 16 noyabr, Toshkent. 14–16-noyabr kunlari O‘zbekiston poytaxtida bo‘lib o‘tgan Kichik yoshdagi bolalarga g‘amxo‘rlik va ta’lim berish bo‘yicha butunjahon konferensiyaning so‘nggi kunida 150 ga yaqin davlat vakillari UNESCOning Toshkent deklaratsiyasini qabul qilishdi. Avvalroq O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev konferensiya delegatlariga aytgan qutlov nutqida shunday degan edi: “Bugungi konferensiya qizg‘in muhokama va fikr almashish ruhida o‘tib, yangi g‘oya va tashabbuslar, aniq takliflar va tavsiyalar ishlab chiqilishiga ishonchim komil. Konferensiya yakunida qabul qilinadigan Toshkent deklaratsiyasi bu boradagi birgalikdagi sa’y-harakatlarimiz uchun asos bo‘lib xizmat qilishi shubhasiz”. Toshkent deklaratsiyasi 2030-yilgacha bo‘lgan davrda maktabgacha ta’limining xalqaro kun tartibini belgilashga qaratilgan. Ushbu hujjat konferensiya doirasidagi maslahatlashuv jarayoni orqali tayyorlangan va imzolangandan so‘ng BMTning oltita rasmiy tiliga tarjima qilinadi va UNESCOga a‘zo davlatlarga tarqatiladi. “O‘zbekistonda UNESCOning 2022-yilni ta’limga safarbarlik yiliga aylantirish haqidagi qat’iy qaroridan kelib chiqib, dunyoga kuchli xabar yuborish imkoniyati mavjud. Toshkentda istiqomat qiluvchi jamiyatni – o‘z farzandlari haqida qayg‘uruvchi, ularga to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatuvchi va ularga munosib e’tibor qaratuvchi jamiyat modelini belgilashimiz kerak”, — dedi voqeani sharhlar ekan UNESCOning Bosh direktori Odri Azule. Kichik yoshdagi bolalarni tarbiyalash va taʼlim berish tizimini global oʻzgartirish strategiyasining bir qismi sifatida Toshkent deklaratsiyasida bir qator yetakchi tamoyillar belgilandi: oʻquv dasturlari va pedagogikaning sifati va dolzarbligini oshirish; barcha bolalar uchun teng va inklyuziv ta’lim xizmatlarini ta’minlash va favqulodda vaziyatlarda kichik yoshdagi bolalarni tarbiyalash va taʼlim berishga kirish huquqlarini himoya qilish va kafolatlash. Bu va boshqa qator vazifalar zamirida pedagog kadrlarni rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash, innovatsiyalarni keng joriy etish, sohani davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash kabi fundamental omillar mujassam. UNESCOning Toshkent deklaratsiyasining 2030-yilgacha boʻlgan Kichik yoshdagi bolalarni tarbiyalash va taʼlim berishni rivojlantirishning asosiy yoʻnalishlari – BMT Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishning muhim bosqichini belgilab bergan qoidalari imzolangan paytdan boshlab xalqaro tashkilotlar va ishtirokchi davlatlarning tegishli vazirliklari uchun qoʻllanmaga aylandi. Jahon hamjamiyatining 4.2-bandini amalga oshirishda shunday deyilgan: “2030 yilgacha barcha qizlar va o‘g‘il bolalar boshlang‘ich ta’limga tayyor bo‘lishlari uchun sifatli maktabgacha ta’limni rivojlantirish, parvarish qilish va kichik yoshdagi bolalar sifatli ta’lim tizimidan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘lishlari joizdir”.
Ma’ruzachi: Shahnoza Mirziyoyeva, O‘zbekiston Maktabgacha ta’lim vazirining strategik rivojlanish masalalari bo‘yicha maslahatchisi: – Bugun anjumanning barcha ishtirokchilarini qutlashdan xursandman. Dunyodagi har bir bola o'rganish huquqiga ega, dunyodagi har bir bola o'rganishi kerak, dunyodagi har bir bola ta'lim olish imkoniyatiga muhtoj. UNICEFning 2019-yildagi maʼlumotlariga koʻra, dunyo boʻylab 175 milliondan ortiq yosh bola taʼlim tizimidan tashqarida qolmoqda, yaʼni rivojlanayotgan mamlakatlarda kichik yoshdagi har besh bolaning toʻrttasi maktabgacha taʼlim olish imkoniga ega emas. O‘ylab ko‘ring. Bular millionlab yo‘qotilgan imkoniyatlardir: maktabgacha ta'lim olmasdan, bola muhim fundamental yordamni yo'qotadi. O‘zbekistonda 2017-yilda bor-yo‘g‘i 700 ming bola bog‘chaga borsa, bugungi kunda bu ko‘rsatkich ikki millionga yetdi, biroq borish qiyin bo‘lgan joylar yoki bolalar soni to‘laqonli bolalar bog‘chasi qurishga imkon bermayotgan hududlar bor. Bu hududlarda bolalar hech qachon maktabgacha ta'lim olishmagan va olish imkoniga ega bo'lmagan. Biz bu muammoni kattalar hal qilishlari kerakligini tushunamiz. O‘zbekiston bolalari hayotida “Aqlvoy” mana shunday paydo bo‘ldi: 2019-yilda biz “soyabon” ostida bir vaqtning o‘zida bir nechta yo‘nalishlarni birlashtirgan katta loyiha bilan chiqdik: bular interaktiv darslar bo‘lib, ularda personajlar, multfilmlar orqali bolalar raqamlarni, harflarni, shaharlarning nomlarini o'rganadilar. Bu bosh qahramon Aqlvoy ishtirokidagi o‘quv multfilmlari turkumi, shuningdek, Aqlvoy oshpaz bolalar uchun taomlar kitobi hamda eng yirigi va eng muhimi mamlakat bo‘ylab bolalar uchun haftasiga uch marta uch soatdan tashrif buyurib, o'yin orqali ularga sifatli maktabgacha ta'lim beradigan Aqlvoy Avtobus mobil bog‘chalaridir. Aqlvoy - sevimli qahramon bo'lib, intiqlik bilan kutiladi; telekanal tahririyatiga muntazam ravishda bolalar tomonidan ular chin dildan ishonadigan va uchrashishni intiqlik bilan kutadigan super qahramonga atalgan ajoyib xatlar keladi. Mobil bog‘chalar chekka hududlardagi bolalarga sifatli ta’lim olish imkoniyatini beruvchi innovatsion yechimdir. Ushbu yechim an'anaviy bog'chaga qaraganda ancha tezroq va 80% arzonroq yangi joylarni yaratishga imkon beradi. Biz metodika ishlab chiqib, yangi avtobus jihozladik va sinov rejimida birinchi mobil bog‘chamizni ishga tushirdik. Ota-onalarning yuzlab mulohazalari va istaklari biz uchun ushbu qaror dolzarbligining isboti bo'ldi. Bugungi kunga qadar O‘zbekistondagi 142 mahallaga 65 ta mobil bog‘cha kelib, bolalarga ta’lim-tarbiya bermoqda. Ularning har biriga turli yosh guruhlarida ishlash uchun maxsus tayyorgarlikdan o'tadigan alohida o'qituvchi tayinlanadi. Bolalar bog'chasi dasturi zamonaviy tendensiyalarga moslashtirilgan: o'yin orqali o'rganish, ijtimoiy va hissiy rivojlanish, ko'p tarmoqli yondashuv. Har bir hududning til xususiyatlari hisobga olinadi va bularning barchasi ota-onalar uchun mutlaqo bepul. Muammoning yechimini biz kattalar shunday ko‘ramiz! Sizlarni Aqlvoyimiz haqida, mahalliy Mikki Maus va bolalarimiz bunga qanday qarashlari haqida qisqacha hujjatli filmni tomosha qilishga taklif qilaman. (film) O'qish qiyin bo'lgan hududlardagi bolalarga ta'limni "olib kelish" uchun ular o'qishni boshlashlarini kutishlari shart emas, biz Aqlvoy bolalar bog'chasiga qatnaydigan minglab bolalarning ota-onalari ishonchini qozonishga muvaffaq bo'ldik. Biz hamfikrlarimiz borligidan xursandmiz, biz ushbu loyihani amalga oshirishning har bir bosqichida o'z tajribamizni baham ko'rishga tayyormiz va bu bilan to'xtab qolmaymiz: axir, dunyodagi har bir bola o'rganishga haqli! E'tiboringiz uchun tashakkur.