O‘zbekistan Respublikasida maktabgacha ta’lim tizimini takomillashtirish, qo‘shma ta’lim dasturlarini amalga oshirish, maktabgacha ta’limda innovatsion yondashuvlarni joriy etish, ta’lim-tarbiya jarayoni sifatini yaxshilash va O‘zbekiston Respublikasida yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash asosida ko‘maklashish maqsadida Koreya Respublikasining Seul shahrida Puchon Universiteti va “Toshkent shahridagi Puchon Universiteti” nodavlat ta’lim tashkiloti qo‘shma korxonasi bilan “O‘zaro anglashuv Memorandumi” imzolangan bo‘lib, mazkur Memorandumdagi hamkorlik yo‘nalishlaridan biri agentlik tasarrufidagi pedagogika kollejlari bitiruvchilarini Toshkent shahridagi Puchon universitetining 2-bosqichida o‘qishini davom ettirishni nazarda tutuvchi “2+2” ta’lim dasturi doirasida qo‘shma loyihani amalga oshirishdir.
Maktabgacha ta’lim agentligi tomonidan maktabgacha ta’lim tizimi uchun yuqori malakali, zamonaviy fikrlaydigan, ta’lim va tarbiyaning ilg‘or texnologiyalarini o‘zlashtirgan pedagog kadrlar va mutaxassislar tayyorlash hamda ular bilan maktabgacha ta’lim tashkilotlarini ta’minlashga qaratilgan bir qator amaliy ishlar davomi sifatida agentlik tasarrufidagi pedagogika kollejlarda joriy etilgan dual ta’lim tizimi o‘zining ijobiy samarasi berayotganligi sababali, maktabgacha ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bitiruvchilarni Toshkent shahridagi Puchon universiteti bilan qo‘shma ta’lim dasturlari asosida o‘qitish bo‘yicha muzokaralar olib borildi.
Natijaga ko‘ra, pedagogika kollejlarida ta’limni o‘z yo‘nalishiga mos tashkilotda mehnat qilish bilan birgalikda olib borish imkoniyatini beruvchi hamda ta’limning uzviyligini ta’minlaydigan, o‘quv-tarbiyaviy jarayonni tashkil etadigan ilg‘or xorijiy tajribani joriy etish va oliy ma’lumotli yuqori malakali raqobatbardosh kadrlar tayyorlashdan iborat.
Shu bilan birga, pedagogika kollejlarida faoliyat olib borayotgan maxsus fan o‘qituvchilari xorijiy mutaxassislarni jalb etgan holda ularning kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirish maqsadida malaka oshirish kurslarini tashkil etishga kelishib olindi.