Sayt test rejimida ishlamoqda

Qoraqalpog'istonda mahsulotlar ombori ko'zdan kechirildi

news-detail

         Bugun O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining birinchi o'rinbosari - Maktabgacha ta'lim agentligi direktori A.Shin Qoraqalpog'iston Respublikasidagi “Mersy Corps" (Mehribonlik Korpusi)ning  “Bolalar ta’limi va ovqatlanishi uchun MakGovern-Doul xalqaro oziq ovqat dasturi” doirasida mahsulotlar saqlanayotgan omborxonasini ko‘zdan kechirdi.

         Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda Mehribonlik Korpusi bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan mazkur dasturga muvofiq Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi maktabgacha ta’lim muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash maqsadida AQSh Qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan boyitilgan kungaboqar yog‘i bilan ta’minlandi. Ayni paytda Qoraqalpog‘iston Respublikasining 30 ta MTTga 3836,9 kg (1037 kanistr) kungaboqar yog‘i yetkazib berildi. Shuningdek, Nukus shahri, Beruniy va Ellikqal’a tumanlaridagi qo‘shimcha 128 ta DMTTga 6219,7 kg (1681 ta kanistr) kungaboqar yog‘i berildi.

gl 23 10.jpg

2 23 10.jpg

 

            Shuningdek, A.Shin omborga yog‘dan tashqari yetib kelgan oziq-ovqat mahsulotlari, maishiy vositalarning sifati, hajmi, saqlanayotgan sharoitlari bilan ham tanishdi.

         Bundan tashqari, bugungi kunga qadar 30 ta DMTTda oshxona jihozlari va mebel jihozlari holati baholandi. Ovqatlanish bloklarida mavjud asbob-uskunalar va mebellar ro‘yxati tuzildi, oshxona gaz plitalari uchun mavjud yoqilg‘i turlari (elektr energiyasi, tabiiy gaz, import gaz) to‘g‘risida ma’lumotlar to’plandi. Ular asosida esa  oshxona jihozlari va mebellarini sotib olish, qayta jihozlash uchun uskunalar, texnik shartlar tasniflandi. Mazkur tasnifga asosan jihozlarning bir qismi omborga yetib kelgan bo‘lib, DMTTlariga tarqatilmoqda.

         Ayni paytda Maktabgacha ta’lim agentligi va Mehribonlik korpusi mutaxassislari davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari oshpazlarining malakasini oshirish kursini tashkil etganlar. 2023-yil oxirigacha Qoraqalpog‘iston Respublikasining 30 ta manzilli davlat ta’lim muassasalarining oshpazlari uchun malaka oshirish kursi o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

3 23 10.jpg

4 23 10.jpg

5 23 10.jpg

6 23 10.jpg

         Ma’lumot o‘rnida, Xalqaro Mehribonlik Korpusi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Maktabgacha ta’lim agentligi hamda O'zbekiston Respublikasi sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo'mitasi hamkorligida 27-iyul 2021-yilda imzolangan memorandum asosida ish yuritib kelmoqda.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Mavzuga doir
Maktabgacha ta'lim agentligi
"Mittivoy" qo'shma loyihasi doirasida uchrashuv bo'lib o'tdi

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirining birinchi o'rinbosari – Maktabgacha ta'lim agentligi direktori A.Shin A.I.Gersen nomidagi RDPU  rektorining baynalminallashtirish bo'yicha maslahatchisi, pedagogika fanlari doktori,  professor Y.A.Komarova bilan uchrashdi. Tomonlar 2020-yil dekabr oyida tegishli "Yo'l xaritasi" imzolanishi bilan boshlangan "Mittivoy"  qo'shma loyihasining hozirgi holati va istiqbollarini muhokama qildilar. Eslatib o'tamiz, loyihaning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: - O'zbekiston Respublikasi maktabgacha ta'lim tashkilotlari mutaxassislarining vakolatlari darajasini o'rganish bo'yicha nazorat-o'lchov tadbirlarini o'tkazish; - O'zbekiston Respublikasi maktabgacha ta'lim tashkilotlari mutaxassislari uchun qayta tayyorlash dasturlarini ishlab chiqish; - O'zbekiston Respublikasi maktabgacha ta'lim tashkilotlari tarbiyachilari va pedagoglari uchun metodik qo'llanmalar ishlab chiqish. A.I.Gersen nomidagi RDPU vakillari bilan uchrashuv an'anaviy tarzda ishonchli, ochiq va do'stona muhitda o'tdi. Muzokaralar yakunida tomonlar yana bir bor maktabgacha ta'lim sohasida hamkorlikni rivojlantirish va mustahkamlashni davom ettirish bo'yicha o'z majburiyatlarini bayon qilishdi. Ma'lumot uchun: 2020-yil 26-dekabrda "Mittivoy" qo'shma loyihasini amalga oshirish bo'yicha "Yo'l xaritasi" tasdiqlandi, unda A.I.Gersen nomidagi RDPU mutaxassislari tomonidan O'zbekiston Respublikasi maktabgacha ta'lim tashkilotlari uchun pedagog kadrlar tayyorlash bo'yicha tomonlar faoliyatining asosiy yo'nalishlari belgilandi. 2021-yildan 2023-yilgacha maktabgacha ta'lim tashkilotlarining 1500 dan ortiq pedagog kadrlari ushbu loyiha doirasida tashkil etilgan turli o'quv dasturlari bo'yicha o'qitildi.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Qirg'iziston Respublikasi ta'lim va fan vazirining MTTga tashrifi

 "Bolalar va yoshlar harakatda — Markaziy Osiyoda iqlim o'zgarishi" Xalqaro forumi doirasida Qirg'iziston Respublikasi ta'lim va fan vaziri Dogdurkul Kendirboyeva Toshkent shahri Mirobod tumanidagi 34-sonli DMTTga tashrif buyurdi. Ma'lumot uchun: "Bolalar va yoshlar harakatda — Markaziy Osiyoda iqlim o'zgarishi" Xalqaro forumi 9-noyabr kuni Toshkentda bo'lib o'tdi. U Butunjahon bolalar kuni va BMTning 2023-yilgi iqlim o'zgarishi bo'yicha konferensiyasiga (COP 28) bag'ishlangan. Forum bolalar va yoshlarning iqlim o'zgarishining salbiy ta'siriga qarshi kurashdagi roli, shu jumladan ekologik ta'limni targ'ib qilishning ahamiyatiga bag'ishlangan. Tashrif doirasida Qirg'iziston tomoni maktabgacha ta'lim tashkiloti faoliyati bilan tanishdi, xususan, maktabgacha yoshdagi bolalarni o'qitish dasturlari, bolalar taomlanishini tashkil etish, shuningdek, tizimda kadrlar tayyorlash bo'yicha ma'lumotlar taqdim etildi. Maktabgacha va maktab ta'limi vazirining birinchi o'rinbosari - O'zbekiston Respublikasi maktabgacha ta'lim agentligi direktori A.V.Shin bilan uchrashuv davomida tomonlar idoralar o'rtasida tajriba almashish bo'yicha keyingi chora-tadbirlarni muhokama qildilar. Vazir D.Kendirboyeva O'zbekistonning maktabgacha ta'lim tizimini qamrab olish, kadrlar tayyorlash, raqamlashtirish borasidagi tajribasini Qirg'izistonda eng yaxshi amaliyotlar namunasi sifatida o'rganish va joriy etish zarurligini ta'kidlab o'tdi. Tashrif yakunida tomonlar yuqoridagi yo'nalishlar bo'yicha hamkorlikni yanada oshirishga kelishib oldilar.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Qisqa muddatli malaka oshirish kurslari davom etmoqda

Ayni kunlarda respublika bo'ylab maktabgacha taʼlim tashkilotlarining pedagog xodimlari uchun qisqa muddatli malaka oshirish kurslarining navbatdagi bosqichi davom etmoqda. Eslatib o'tamiz, maktabgacha taʼlim tashkilotlarining pedagog xodimlari uchun qisqa muddatli malaka oshirish kursining 2-bosqichida respublika bo‘ylab 700 nafar master-trenerlarning o‘qitilishi rejalashtirilgan. Ushbu qisqa muddatli malaka oshirish kursining 1-bosqichida 30 nafar master-trenerlar o‘qitilgan edi.

Вид сайта
Размер шрифта