Sayt test rejimida ishlamoqda

“IMKON” VA YANA BIR MTTGA TASHRIF

news-detail

Qoraqalpog‘istonga tashrif davomida A.Shin “Imkon” Orolbo‘yi mintaqasi bolalari uchun reabilitatsiya markaziga ega davlat ko‘p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkilotiga tashrif buyurdi.

Barcha guruhlarga kirib, bolalarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar, reabilitatsiya kurslari bilan yaqindan tanishdi.

Hozirgi kunda maktabgacha ta’lim tashkilotida 10 ta guruh: 6 ta guruhda tayanch-harakat tizimi, 1 ta guruhda psixik rivojlanishi va 2 ta guruhda eshitishida, 1 ta guruhda ko‘rishida nuqsonlari bo‘lgan 123 nafar bola ta’lim-tarbiya olib sog‘lomlashtirilmoqda. Hozirgi kungacha jami 625 nafar bola bog‘chada ta’lim-tarbiya oldi va shu vaqtgacha 69815 muolaja (reabilitatsiya kurslari) qilindi. Ulardan 121 bolada ijobiy o‘zgarishlar qayd etildi. Bitiruvchilardan 41 nafari maktab-internatlarga, 59 nafar bola umumta’lim maktablariga, 44 nafari uy ta’limiga olinib, 71 nafari davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga o‘tkazildi. Shuningdek, reabilitatsiya markaziga 2 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan bolalar tibbiy-psixologik-pedagogik komissiya yo‘llanmasi asosida qatnab davolanadi, shu vaqtgacha 3355 nafar bolalar va o‘smirlar reabilitatsiya markaziga mazkur yo‘llanma bilan ro‘yxatdan o‘tgan, 78160 muolaja (reabilitatsiya kurslarini) olishgan.

O‘tgan davr mobaynida jami 97 nafar qatnab davolanuvchi bolalarda ijobiy o‘zgarishlar qayd etilgan.

Tashrif mobaynida, A.Shin shuningdek tarbiyalanuvchilar ishtirokida musiqiy-ko‘ngilochar dasturning ham mehmoni bo‘ldi.

imk1.jpg

imk2.jpg

imk3.jpg

imk4.jpg

imk5.jpg

imk6.jpg

imk7.jpg

imk8.jpg

imk10.jpg

imk9.jpg

 

Navbatdagi tashrif obyekti Qoraqalpog’iston davlat universiteti qoshida tashkil etilayotgan 120 o‘rinli maktabgacha ta’lim tashkiloti bo‘ldi. A.Shin mazkur MTT bo‘yicha o‘z tavsiyalarini berib o‘tdi.

Xususan, bino devorlarini milliy an’analarimizni aks ettiradigan dizaynda bezash, MTTning har bir burchagi bola uchun xavfsiz qilish, uning faolligini hisobga olgan holda yumshoq yostiqchalarni ko‘paytirish bo‘yicha mas’ullarga topshiriqlar berdi. Televizorlar tepada ekanligi ham agentlik direktorining e’tiboridan chetda qolmadi, ularni bolalar ko‘ra oladigan darajada pastga tushirish lozimligini aytdi. Shuningdek, bola o‘tiradigan o‘rindiq uning yoshiga mos ravishda bo‘lishi kerakligi ham e’tirof etildi.

 uni 1.jpg

uni 2.jpg

uni3.jpg

uni4.jpg

uni5.jpg

uni6.jpg

uni8.jpg

uni9.jpg

Maktabgacha ta'lim agentligi
Mavzuga doir
Maktabgacha ta'lim agentligi
"Mittivoy" qo'shma loyihasi doirasida uchrashuv bo'lib o'tdi

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirining birinchi o'rinbosari – Maktabgacha ta'lim agentligi direktori A.Shin A.I.Gersen nomidagi RDPU  rektorining baynalminallashtirish bo'yicha maslahatchisi, pedagogika fanlari doktori,  professor Y.A.Komarova bilan uchrashdi. Tomonlar 2020-yil dekabr oyida tegishli "Yo'l xaritasi" imzolanishi bilan boshlangan "Mittivoy"  qo'shma loyihasining hozirgi holati va istiqbollarini muhokama qildilar. Eslatib o'tamiz, loyihaning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: - O'zbekiston Respublikasi maktabgacha ta'lim tashkilotlari mutaxassislarining vakolatlari darajasini o'rganish bo'yicha nazorat-o'lchov tadbirlarini o'tkazish; - O'zbekiston Respublikasi maktabgacha ta'lim tashkilotlari mutaxassislari uchun qayta tayyorlash dasturlarini ishlab chiqish; - O'zbekiston Respublikasi maktabgacha ta'lim tashkilotlari tarbiyachilari va pedagoglari uchun metodik qo'llanmalar ishlab chiqish. A.I.Gersen nomidagi RDPU vakillari bilan uchrashuv an'anaviy tarzda ishonchli, ochiq va do'stona muhitda o'tdi. Muzokaralar yakunida tomonlar yana bir bor maktabgacha ta'lim sohasida hamkorlikni rivojlantirish va mustahkamlashni davom ettirish bo'yicha o'z majburiyatlarini bayon qilishdi. Ma'lumot uchun: 2020-yil 26-dekabrda "Mittivoy" qo'shma loyihasini amalga oshirish bo'yicha "Yo'l xaritasi" tasdiqlandi, unda A.I.Gersen nomidagi RDPU mutaxassislari tomonidan O'zbekiston Respublikasi maktabgacha ta'lim tashkilotlari uchun pedagog kadrlar tayyorlash bo'yicha tomonlar faoliyatining asosiy yo'nalishlari belgilandi. 2021-yildan 2023-yilgacha maktabgacha ta'lim tashkilotlarining 1500 dan ortiq pedagog kadrlari ushbu loyiha doirasida tashkil etilgan turli o'quv dasturlari bo'yicha o'qitildi.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Qirg'iziston Respublikasi ta'lim va fan vazirining MTTga tashrifi

 "Bolalar va yoshlar harakatda — Markaziy Osiyoda iqlim o'zgarishi" Xalqaro forumi doirasida Qirg'iziston Respublikasi ta'lim va fan vaziri Dogdurkul Kendirboyeva Toshkent shahri Mirobod tumanidagi 34-sonli DMTTga tashrif buyurdi. Ma'lumot uchun: "Bolalar va yoshlar harakatda — Markaziy Osiyoda iqlim o'zgarishi" Xalqaro forumi 9-noyabr kuni Toshkentda bo'lib o'tdi. U Butunjahon bolalar kuni va BMTning 2023-yilgi iqlim o'zgarishi bo'yicha konferensiyasiga (COP 28) bag'ishlangan. Forum bolalar va yoshlarning iqlim o'zgarishining salbiy ta'siriga qarshi kurashdagi roli, shu jumladan ekologik ta'limni targ'ib qilishning ahamiyatiga bag'ishlangan. Tashrif doirasida Qirg'iziston tomoni maktabgacha ta'lim tashkiloti faoliyati bilan tanishdi, xususan, maktabgacha yoshdagi bolalarni o'qitish dasturlari, bolalar taomlanishini tashkil etish, shuningdek, tizimda kadrlar tayyorlash bo'yicha ma'lumotlar taqdim etildi. Maktabgacha va maktab ta'limi vazirining birinchi o'rinbosari - O'zbekiston Respublikasi maktabgacha ta'lim agentligi direktori A.V.Shin bilan uchrashuv davomida tomonlar idoralar o'rtasida tajriba almashish bo'yicha keyingi chora-tadbirlarni muhokama qildilar. Vazir D.Kendirboyeva O'zbekistonning maktabgacha ta'lim tizimini qamrab olish, kadrlar tayyorlash, raqamlashtirish borasidagi tajribasini Qirg'izistonda eng yaxshi amaliyotlar namunasi sifatida o'rganish va joriy etish zarurligini ta'kidlab o'tdi. Tashrif yakunida tomonlar yuqoridagi yo'nalishlar bo'yicha hamkorlikni yanada oshirishga kelishib oldilar.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Qisqa muddatli malaka oshirish kurslari davom etmoqda

Ayni kunlarda respublika bo'ylab maktabgacha taʼlim tashkilotlarining pedagog xodimlari uchun qisqa muddatli malaka oshirish kurslarining navbatdagi bosqichi davom etmoqda. Eslatib o'tamiz, maktabgacha taʼlim tashkilotlarining pedagog xodimlari uchun qisqa muddatli malaka oshirish kursining 2-bosqichida respublika bo‘ylab 700 nafar master-trenerlarning o‘qitilishi rejalashtirilgan. Ushbu qisqa muddatli malaka oshirish kursining 1-bosqichida 30 nafar master-trenerlar o‘qitilgan edi.

Вид сайта
Размер шрифта