Kuni-kecha viloyatning Denov, Sherobod, Jarqo‘rg‘on tumanlarida jami 6 ta maktabgacha ta’lim tashkilotlari foydalanishga topshirilib, jami 575 o'ringa ega quvvat yaratildi.
Jumladan,
Denov tumanidagi Surxondiyor va Lag‘monota mahallalarida 150, Sina va Chorgul mahallalarida 90 o‘rinli maktabgacha ta’lim tashkilotlari;
Sherobod tumanidagi Bahor mahallasidagi 90 o‘rinli, Do‘stlik mahallasidagi 75 o‘rinli, Istiqbol mahallasidagi 100 o‘rinli maktabgacha ta’lim tashkilotlari;
Jarqo’rgon tumani "Yangi turmush" mahallasida 70 o‘rinli maktabgacha ta’lim tashkiloti foydalanishga topshirildi.
Ochilish marosimi tadbiriga tashrif buyurgan mehmonlar bolajonlar uchun yaratilgan barcha zamonaviy shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishtirildi. Zamonaviy maxsus mebellar, yangi to‘shaklar bilan jihozlangan yotoqxonalar, maxsus kutubxona bolajonlarning doimiy xizmatida bo‘ladi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Surxondaryo viloyatda 452 ta davlat, 164 ta davlat-xususiy sheriklik asosidagi, 1 ming 979 ta oilaviy va 10 ta xususiy maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyat yuritmoqda.