Kuz fasli – to‘kinlik, qut-baraka, pishiqchilik fasli hisoblanadi. Mehrgon esa — kuzgi teng kunlikda nishonlanadigan hosil bayramidir. Bu bayram o‘zida kuz faslining butun tarovati, ziynati, fazilatini namoyon etadi.
Ayni kunlarda hududlardagi barcha maktabgacha ta’lim tashkilotlarida “Mehrjon “ bayrami keng nishonlanmoqda.
Bunda bolajonlar o‘z tarbiyachilari boshchiligida jannatmakon yurtimiz, ona zaminimiz, mehnatkash xalqimizni madh etuvchi kuy-qo‘shiqlar ijro etish, milliy xalq o‘yinlari va sahna ko‘rinishlarini namoyish etish, mevalar, sabzavotlarning rasmlarini chizish, maketlarini tayyorlash, ulardan bejirim shakllar yaratish orqali Ona tabiatning moʻjizalari va Oltin kuz faslining fazilati haqida aniq tasavvur va bilimlarga ega bo‘lib boryaptilar
Tadbirlar davomida tashkilot tarbiyalanuvchilari tomonidan ijro etilgan ona-diyorimizni, oltin kuzni taʼriflovchi sheʼrlar, kuy-qoʼshiq va hikmatli soʼzlar, raqslar tadbir ishtirokchilariga manzur boʼldi.
Xalqimizdagi bag‘rikenglik, mehmondo‘stlik, mehr-shafqat, saxovatlilik kabi go‘zal fazilatlarning davom etishida ushbu bayramning hissasi katta.