Avval xabar berganimizdek, maktabgacha taʼlim tashkilotlarining pedagog xodimlari uchun 40 soatga moʻljallangan qisqa muddatli malaka oshirish kursining 2-bosqichi o'z ishini boshlagan edi.
Bugun joylarda qisqa muddatli malaka oshirish kursining navbatdagi kun treninglari o'z ishini davom ettirmoqda.
Sessiyalar davomida,
Muzyorar (icebreaker)ni amalda qoʻllash va bugungi kun maqsadlarini belgilash;
Taʼlimda zinama-zina (skaffolding) metodi;
Ilk Qadam va oʻyin pedagogikasi;
Oʻyinga asoslangan taʼlim madaniyatini ijobiy shakllantirish;
Oʻyinga asoslangan taʼlim uchun zamin yaratish;
Modellashtirilgan ta’lim. (Men qilaman, biz qilamiz, siz qilasiz);
Ta’limdagi fikr-mulohazalar va yakuniy xulosalar kabi mavzular o'tilmoqda.
Eslatib o'tamiz, maktabgacha taʼlim tashkilotlarining pedagog xodimlari uchun 40 soatga moʻljallangan qisqa muddatli malaka oshirish kursining 2-bosqichida respublika bo‘ylab 700 nafar master-trenerlarning o‘qitilishi rejalashtirilgan.