14-DMTT ma’muriyati va ota-onalar kuzatuv kengashi ishtirokida yig‘ilish o‘tkazilib, ta’lim tashkilotida telefondan umuman foydalanmaslik taklifi ma’qullangan.
Bu borada Vazirlar Mahkamasining 2012-yil ”O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalarida mobil telefonlardan foydalanishni tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida belgilab qo‘yilgan.
Ta’lim tashkilotiga kirib kelishda har bir xodim, mehmonlar va boshqa shaxslar telefonlarini chaqiruv ovozini to‘liq o‘chirib qo‘yishi “ovozsiz” rejimga o‘tkazishi shart.
Tarbiyachi o‘z telefoni bilan soat 7.00 dan 8.30 gacha va soat 16.30 dan so‘ng
ota-onalar bilan bog‘lanishiga ruxsat beriladi.
Endi soat 8.50 dan 16.30 gacha Tarbiyachilarga mashg‘ulotlar vaqtida telefon orqali so‘zlashish hamda SMS (MMS) va boshqa turdagi xabarlarni jo‘natish taqiqlanadi.
Biroq, tarbiyachilar mashg‘ulotlar va tadbirlar oralig‘ida faqat asosli va kechiktirib bo‘lmaydigan zarur holatlarda ota-onasi, yaqin qarindoshlari, bilan zudlik bilan bog‘lanish maqsadida DMTTdagi maxsus oddiy telefondan foydalanishlari mumkin.
Ota-onalar telegram guruhida mashg’ulotlardan fotolavhalar jo‘natish, uslubchi va hamshira zimmasiga yuklatildi.
Ta’lim taskilotining boshqa xodimlari ham ish vaqtida telefondan foydalanish huquqiga ega emasligi yig‘ilishda bir ovozdan tasdiqlandi.