Rasmiy munosabat

news-detail

 

 MA’LUMOTNOMA

         2024-yil 22-fevral payshanba kuni soat 13:00 lar atrofida KPP dan telefon qilib, bir Bloger rasmga olib yurganligi to‘g‘risida xabar berildi.

         Zudlik bilan Nazorat tahlil va murojaatlar bilan ishlash bo‘limi mas’ul xodimlari B. Dadabayev va Z. Mamasidikovlar tashqariga chiqishganda o‘zini bloger deb tanishtirgan Farg‘ona viloyati Dang‘ara tumanida yashovchi, Agentlikka bir necha marotaba murojaat etib kelayotgan  fuqaro M. Usmonov ekanligi ma’lum bo‘ldi.

         M. Usmonov Fuqarolarni qabul qilish xonasiga taklif etilib, u bilan suhbat o‘tkazildi.

         Suhbat davomida M. Usmonov Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi Dang‘ara tuman bo‘limi  sobiq rahbari G. Rahmonova bugungi kunda shu tuman bo‘limida ishlayotganligini, uning xaydovchisi 2 marotaba spirtli ichimlik ichib avtomashinani boshqargani uchun unga tegishli choralar ko‘rilganligini, G. Rahmonovani ishdan olib tashlash masalasida oxirigacha kurashishini ma’lum qildi.

         M. Usmonovning ishtirokida Farg‘ona viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Sh. Dolinov bilan 91. 660-87-78 raqamli telefon orqali bog‘lanib, vaziyat tushuntirildi.

         Sh. Dolinov bugungi kunda mehnat ta’tilida ekanligini, ishga chiqqanida fuqaro M. Usmonovni shaxsan qabul qilishini ma’lum qildi, M. Usmonov uning qabuliga borishga rozilik bildirdi.

         Suhbat davomida M. Usmonov ayrim xodimlarni ish faoliyati yuzasidan sudga murojaat etganligini, lekin sud tomonidan aniq choralar ko‘rilmayotganligini ma’lum qildi. Unga bizda sud ishiga aralashish vakolati yo‘qligi ma’lum qilindi.

         M. Usmonov Maktabgacha va maktab ta’lim vizirining birinchi o‘rinbosari, Agentlik direktori A. Shin qabuliga kirishni so‘radi.

    Unga A. Shinning qabuli haftaning chorshanba kuni ekanligi, u tomondan ko‘tarilgan masalalar yuzasidan viloyat boshqarmasi boshlig‘iga telefon qilinganligini, boshqarma boshlig‘i uni qabul qilishini aytganligi, masala o‘rnatilgan tartibda hal etilmasa murojaat mazmuniga qarab Agentlik rahbariyati qabuli tashkil etilishi tushuntirildi.

         Fuqaro M. Usmonov tushungaligin ma’lum qilib, xayrlashib ketdi.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Mavzuga doir
Maktabgacha ta'lim agentligi
Kitob tumanidagi chekka hududlardan birida zamonaviy maktabgacha ta'lim tashkiloti ochildi

  Kitob tumanining chekka hududlaridan biri hisoblangan "Zarafshon" MFYda davlat xususiy sherikchilik asosida yana bir nodavlat maktabgacha ta'lim tashkiloti faoliyat boshladi.     40 yillik mehnat tajribasiga ega, "Sog‘lom turmush" medali sohibasi Munavvar Tursunova tomonidan tashkil etilgan "Boychechak" nomli 100 o'ringa mo'ljallangan mazkur muassasada bolajonlarning ta'lim-tarbiya olishi uchun barcha sharoitlar yaratilgan.        Bino ochilish marosimida Kitob tumani hokimligi, tuman prokuraturasi, mahalla faollari, nuroniylar, bolajonlar hamda ularning ota-onalari ishtirok etdi.       Tadbir qatnashchilari tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishishdi.        

Maktabgacha ta'lim agentligi
Bog'cha bolalariga quvonch ulashildi

  Davlatobod tumanida joylashgan sog'ligida nuqsoni bor bolalar tarbiyalanuvchi maxsus maktabgacha taʼlim tashkilotida "Xayr bog'cham" tadbiri o'tkazildi.       Tadbirda Namangan viloyati Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi va Davlatobod tumani YHXG xodimlari ishtirok etib, bolajonlarning quvonchiga quvonch qoʻshishdi.       Tarbiyalanuvchilar tomonidan ijro etilgan kuy va qo'shiqlar barchaga ko'tarinkilik bagʻishladi.        Tadbir yakunida YPX inspektorlari tomonidan bolajonlarga esdalik sovgʻalari topshirildi.    

Maktabgacha ta'lim agentligi
Agrippina Shin Yashnobod tumanidagi maktabgacha taʼlim tashkilotlari holatini oʻrgandi

  Shu kunlarda Davlatimiz rahbarining Yashnobod tumaniga kutilayotgan tashrifiga tayyorgarlik yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab taʻlimi vazirining birinchi oʻrinbosari, Maktabgacha taʻlim agentligi direktori Agrippina Shin tumandagi maktabgacha taʼlim tashkilotlarida boʻlib, ish jarayonlari holatini koʻzdan kechirdi.       Jumladan, tumanning “Dilbogʻ” mahallasida joylashgan 86-, 93- hamda 306-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida bolalarga berilayotgan taʼlim-tarbiya va muassasa holatini oʻrgandi.       Shuningdek, tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, yozgi sogʻlomlashtirish mavsumiga tayyorgarlik, moddiy-texnik baza kabi bir qancha yoʻnalishlarda ayni kundagi vaziyat bilan yaqindan tanishdi.       Oʻrganishlar davomida aniqlangan kamchiliklar yuzasidan tegishli mutasaddilarga aniq koʻrsatma va metodik tavsiyalar berildi.      

Вид сайта
Размер шрифта