2024-yil aprel oyida ilk bor Markaziy Osiyo davlatlaridan aynan Oʻzbekistonda 250ta davlat MTTlarida maktabgacha taʼlim sifati baholanadi
Bugun Maktabgacha va maktab taʼlim vazirligi Maktabgacha taʼlim agentligi Jahon banki bilan hamkorlikda MELQO xalqaro baholash vositasi asosida maktabgacha taʼlim sifatini oʻlchash boʻyicha treningga start berdi.
Mazkur treningdan maqsad – xalqaro standartlar asosida respublikaning barcha hududidan 3-7 yoshdagi maktabgacha yoshdagi bolalar bilimi va rivojlanishi boʻyicha maʼlumotlarni toʻplash uchun 90 nafar milliy maʼlumotlarni yigʻuvchi mutaxassislar va 18 nafar maktabgacha va maktab taʼlimi tizimi mutaxassislarini oʻqitish.
Trening 2024-yil 25-martdan 2-aprelga qadar oʻtkaziladi.
Treninglarni quyidagi xalqaro spikerlar oʻtkazadi:
1. Sherri Li Motte –Taʼlim fanlari doktori (DSc), Jahon bankining erta bolalar taʼlimi boʻyicha maslahatchisi
2. Djonatan Seydan– Xalqaro maslahatchi, PhD, Garvard universiteti
3. Bozmamadova Manzuna–Jahon bankining maslahatchisi