Mintaqaviy Ta'limni Rejalashtirish Markazi direktori bilan uchrashuv

news-detail

Rasmiy tashrifning uchinchi kunida Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi delegatsiyasi vakillari Mahra Xilal Almutvey xonim bilan uchrashuv o'tkazdilar.

Toshkent shahrida YUNESKO shafeligida ikkinchi toifadagi Mintaqaviy markazni tashkil etishda MTRM'ning konsultativ yordami kun tartibining asosiy masalasiga aylandi.

Uchrashuvda Almutvey xonim 2003-yilda MTRM/RCEP tashkil etilishining tarixiy faktlari bilan o'rtoqlashdi, shuningdek tashkiliy tuzilma, moliyaviy siyosat, loyihalar portfoliosi, xalqaro sheriklik va mintaqaviy miqyosda ilgari surilgan tashabbuslar to'g'risida to'liq ma'lumot berdi. 

MTRM direktori O'zbekistonda ta'lim sohasida amalga oshirilgan islohotlarni yuqori baholadi. Toshkent deklaratsiyasining ahamiyati hamda yetakchi tamoyil va strategiyalar majmuini kasb etuvchi kichik yoshdagi bolalarning tarbiyasi va ta'limiga o'zgacha yondashish manfaatlarini ko'zlab chora-tadbirlar ko'rish majburiyati ta'kidlandi. Kichik yoshdagi bolalarga ta’lim-tarbiya berish II Jahon konferensiyasi esa O'zbekiston Respublikasi rahbariyatining ushbu sohadagi kuchli siyosiy irodasidan dalolat berishi e’tirof etildi.

Mintaqaviy Ta'limni Rejalashtirish Markazi (MTRM/RCEP) 2003-yil 17-oktabrda BIRLASHGAN ARAB AMIRLIKLARI hukumati va BMT'ning ta'lim va ilmiy madaniyat tashkiloti (YUNESKO) o'rtasida imzolangan kelishuvga binoan tashkil etilgan.

MTRM/RCEP rasmiy ochilishi 2007-yil noyabr oyida bo'lib o'tgan. 

Markazning maqsadi Fors ko'rfazi mamlakatlari hamkorlik kengashi, Shimoliy Afrika va Yaman davlatlariga alohida e'tibor qaratgan holda ta'lim vazirliklarida tarmoq miqyosidagi siyosat va ta'limni rejalashtirish salohiyatini rivojlantirishni qo'llab-quvvatlashdan iborat. 

Uchrashuv yakunida Almutvey xonim markaz bo'limlari va xodimlari faoliyati bilan tanishish maqsadida mehmonlarni markazga ekskursiya uchun taklif qildi. 

Uchrashuv yakunida tomonlar ikki tomonlama munosabatlarni qo'llab-quvvatlashga tayyor ekanliklari, shuningdek, xalqaro hamjihatlik va BRM-4 yutuqlari uchun ta'limni targ'ib qilish orqali tinchlik madaniyatini yaratishga o'z hissalarini qo'shish tarafdori bo'lishlarini bildirdilar.

photo_2024-02-16_11-42-22.jpg

photo_2024-02-16_11-42-46.jpg

photo_2024-02-16_11-42-52.jpg

photo_2024-02-16_11-43-01.jpg

photo_2024-02-16_11-43-05.jpg

Maktabgacha ta'lim agentligi
Mavzuga doir
Maktabgacha ta'lim agentligi
Kitob tumanidagi chekka hududlardan birida zamonaviy maktabgacha ta'lim tashkiloti ochildi

  Kitob tumanining chekka hududlaridan biri hisoblangan "Zarafshon" MFYda davlat xususiy sherikchilik asosida yana bir nodavlat maktabgacha ta'lim tashkiloti faoliyat boshladi.     40 yillik mehnat tajribasiga ega, "Sog‘lom turmush" medali sohibasi Munavvar Tursunova tomonidan tashkil etilgan "Boychechak" nomli 100 o'ringa mo'ljallangan mazkur muassasada bolajonlarning ta'lim-tarbiya olishi uchun barcha sharoitlar yaratilgan.        Bino ochilish marosimida Kitob tumani hokimligi, tuman prokuraturasi, mahalla faollari, nuroniylar, bolajonlar hamda ularning ota-onalari ishtirok etdi.       Tadbir qatnashchilari tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishishdi.        

Maktabgacha ta'lim agentligi
Bog'cha bolalariga quvonch ulashildi

  Davlatobod tumanida joylashgan sog'ligida nuqsoni bor bolalar tarbiyalanuvchi maxsus maktabgacha taʼlim tashkilotida "Xayr bog'cham" tadbiri o'tkazildi.       Tadbirda Namangan viloyati Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi va Davlatobod tumani YHXG xodimlari ishtirok etib, bolajonlarning quvonchiga quvonch qoʻshishdi.       Tarbiyalanuvchilar tomonidan ijro etilgan kuy va qo'shiqlar barchaga ko'tarinkilik bagʻishladi.        Tadbir yakunida YPX inspektorlari tomonidan bolajonlarga esdalik sovgʻalari topshirildi.    

Maktabgacha ta'lim agentligi
Agrippina Shin Yashnobod tumanidagi maktabgacha taʼlim tashkilotlari holatini oʻrgandi

  Shu kunlarda Davlatimiz rahbarining Yashnobod tumaniga kutilayotgan tashrifiga tayyorgarlik yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab taʻlimi vazirining birinchi oʻrinbosari, Maktabgacha taʻlim agentligi direktori Agrippina Shin tumandagi maktabgacha taʼlim tashkilotlarida boʻlib, ish jarayonlari holatini koʻzdan kechirdi.       Jumladan, tumanning “Dilbogʻ” mahallasida joylashgan 86-, 93- hamda 306-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida bolalarga berilayotgan taʼlim-tarbiya va muassasa holatini oʻrgandi.       Shuningdek, tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, yozgi sogʻlomlashtirish mavsumiga tayyorgarlik, moddiy-texnik baza kabi bir qancha yoʻnalishlarda ayni kundagi vaziyat bilan yaqindan tanishdi.       Oʻrganishlar davomida aniqlangan kamchiliklar yuzasidan tegishli mutasaddilarga aniq koʻrsatma va metodik tavsiyalar berildi.      

Вид сайта
Размер шрифта