Toshkent shahridagi Puchon universitetida Koreya Respublikasidagi Puchon universiteti o‘rtasida o'zaro anglashuv memorandumida nazarda tutilgan Maktabgacha ta’lim agentligi tasarrufidagi pedagogika kollejlari bilan "2+2" ta'lim dasturini amalga oshirish maqsadida pedagogika kollejlari direktorlari uchun o‘quv-seminar bo'lib o'tdi.
Seminar davomida Maktabgacha ta’lim agentligining boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari F.G‘affarov hamda Toshkent shahridagi Puchon universiteti rektori V.V.Namlar tomonidan ushbu ta'lim dasturini joriy etishning maqsad va vazifalarini hamda bu borada pedagogika kollejlari bilan hamkorlikda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar to‘g‘risida ma’lumot berildi. Shuningdek, Toshkent shahridagi Puchon universiteti professor-o‘qituvchilari hamda pedagogika kollej direktorlari tomonidan "2+2" o'quv dasturining taqdimoti namoyon etilib, loyihaning maktabgacha ta'lim tizimi uchun kadrlar tayyorlash imkoniyatlarini batafsil ochib berildi.
Tashrif davomida mehmonlarga universitet faoliyati bilan tanishish, Koreya Respublikasidan taklif etilgan xorijiy mutaxassislar va professor-o‘qituvchilarning dars mashg‘ulotlarini kuzatishdi.
Uchrashuv yakunida tomonlar "2+2" ta'lim dasturini amalga oshirishga qaratilgan qo'shma harakatlar to‘g‘risida kelishib oldilar.