Yangiliklar
Maktabgacha ta'lim agentligi
Maktabgacha ta’lim agentligida yangi tahrirdagi Konstitutsiyaning mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan o‘quv-seminar tashkil etildi

Prezidentimizning 2023-yil 8-maydagi “Yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini amalga oshirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmonida barcha bo‘g‘indagi davlat fuqarolik xizmatchilari va sud-huquq tizimi xodimlariga yangi tahrirdagi Konstitutsiyaning mazmun-mohiyatini o‘qitishni tashkil etish vazifasi belgilangan. Mazkur topshiriq ijrosi doirasida bugun Maktabgacha ta’lim agentligida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi hamda Adliya vazirligi hamkorligida o‘quv seminari tashkil etildi. Maktabgacha ta’lim agentligi direktori maslahatchisi X.Bo'riyev olib borgan seminarda Jamoat xavfsizligi universiteti professori, yuridik fanlari doktori S.Rahmonova, Toshkent davlat yuridik universiteti kafedra mudiri, yuridik fanlari doktori, dotsent F.Samig'jonov hamda IIV Akademiyasi Jazoni ijro etish faoliyati kafedrasi boshlig‘i, dotsent Z.Jabborov o‘z ma’ruzasi bilan ishtirok etib, yangi tahrirdagi Konstitutsiyamiz Yangi O‘zbekiston strategiyasini amalga oshirishning siyosiy-huquqiy asoslarini yaratgani hamda davlat va jamiyatni yanada rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini belgilab berganini ta’kidladi. Seminar yakunida yangi tahrirdagi Konstitutsiya Yangi O‘zbekiston strategiyasini amalga oshirishning siyosiy-huquqiy asoslarini yaratib, milliy davlatchilik taraqqiyotining tarixiy muhim bosqichida davlat va jamiyatni yanada rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini belgilab berganligi ta’kidlandi.

Batafsil
Maktabgacha ta'lim agentligi
Bilasizmi?

Avvalroq, bolalar rivojining  kompetensiyalari sohalarini e'lon qilgan edik, bugungi ruknimizda esa "Nutq, muloqot, o‘qish va yozish malakalari" sohasida ta’lim va tarbiya jarayoni yakunida 6-7 yoshli bolada qanday  kompetensiyalar shakllanishi lozimligi haqida ma'lumot beramiz. Bular quyidagilar: - ona tilini eshitadi va tushunadi; - ona tilida to‘g‘ri talaffuz, mos grammatik shakllar va turli gap tuzilmalaridan foydalanadi; - chet tilini o‘rganishga qiziqish bildiradi; - chet tili bo‘yicha dastlabki bilimlarini namoyish etadi; - badiiy adabiyotga qiziqish bildiradi; - so‘zning lug‘aviy ma’nosi, bo‘g‘inli va fonetik tuzilishi to‘g‘risida tasavvurga tushunchaga ega bo‘ladi; - gapning turli ma’no shakllarini mustaqil ravishda tuzadi va so‘zlab bera oladi; - ona tilida yozishning dastlabki malakalari va vositalaridan foydalanishni biladi. Eslatib o'tamiz:  Bugun sizga bolaning "Nutq, muloqot, o‘qish va yozish malakalari" sohasi kompetensiyalari haqida ma'lum qildik.  Keyingi ruknimizda esa bolaning "Bilish jarayonining rivojlanishi"  sohasi kompetensiyalari haqida ma'lumot beramiz. Kuting...    

Maktabgacha ta'lim agentligi
#Aqlvoy_oshpaz "Pomidor qoqili obinon" tayyorlash tеxnologiyasi

Hurmatli kanal kuzatuvchilari bugun sizga #Aqlvoy_oshpaz rukni orqali "Pomidor qoqili  obinon" tayyorlash  tеxnologiyasini taqdim etamiz. - Pomidor qoqilar yaxshilab yuvib tozalanadi, keyin esa bir soatcha qaynagan suvga ivitib qo‘yiladi.  - Ivitilgan qoqilarni blender yordamida bir xil aralashma hosil qilgunga qadar aralashtiriladi yoki pichoq bilan chopiladi va yuvib kubik shaklida to‘g‘ralgan pomidor bilan aralashtiriladi. - Bug‘doy unini tuz, shakar, xamirturush, qabartma kukuni, qizil bulg‘or kukuni, sariyog‘, tayyorlangan tomatli aralashma va suv bilan aralashtiriladi, ana undan keyin xamir qoriladi.  - Tayyorlanayotgan xamir 10-15 daqiqa mushtlanadi va bir soat mobaynida xona haroratida oshiriladi. - So‘ngra xamirni bo‘laklarga bo‘lib, zuvalalar yasaladi va 10- 15 daqiqa davomida tindiriladi.  - Zuvalalarga non yoki bulochka shakli beriladi, mo‘ljallangan tovaga terib chiqiladi va ustiga sutli- tuxumli aralashma surtiladi. - 200°C darajali qovurish shkafida 15-20 daqiqa davomida pishiriladi.    

Maktabgacha ta'lim agentligi
MTTlari uchun sentabr oyi yagona mavsumiy taomnoma menyusi ("Aqlvoy oshpaz" retseptlar kitobi asosida)

04.09.2023 ERTALABKI NONUSHTA Shirqovoq (oshqovoqli guruch boʻtqasi) Pishloqli omlet Sutli kakao Pishloqli buterbrot TUSHLIK Yumoloq qiymali (frikadelki) vermeshel shoʻrva Baliq goʻshtidan bitochki Kartoshka pyuresi Shakarob salati Quruq mevalar aralashmasidan kompot Bugʻdoy noni IKKINCHI TUSHLIK Plyushka bulochka Kefir 05.09.2023 ERTALABKI NONUSHTA Tariq yormasidan boʻtqa Pishloqli omlet Bugʻdoy noni TUSHLIK Goʻsht qaynatmasida rassolnik Sabzavot qoʻshilgan goʻshtli ragu Olmali vinegret Behi kompoti Bugʻdoy noni IKKINCHI TUSHLIK Plyushka bulochka Kefir 06.09.2023 ERTALABKI NONUSHTA Suli yormasidan murabboli boʻtqa Sutli kakao Pishloqli buterbrod TUSHLIK Mampar Karam doʻlma  “Vitamin” salati Naʼmatak kompoti Bugʻdoy noni IKKINCHI TUSHLIK Kartoshka  somsa Mavsumiy meva Asal choy 07.09.2023 ERTALABKI NONUSHTA Manniy  yormasidan olma va mayizli boʻtqa Sutli kakao Sariyogʻli buterbrod TUSHLIK Qaynatma shoʻrva Bayram palovi Achchik-chuchuk salati Quruq mevalar aralashmasidan kompot Bugʻdoy noni IKKINCHI TUSHLIK Tvorogli keks Murabbo  choy 08.09.2023 ERTALABKI NONUSHTA Grechka yormasidan boʻtqa Sutli choy Pishloqli buterbrod Mavsumiy meva TUSHLIK Mastava (Sup risovыy) Mol goʻshtidan gulyash Bodiring (porsiyali) Olma kompoti Bugʻdoy noni IKKINCHI TUSHLIK Baliq goʻshtidan kotlet Sariyogʻli buterbrod Shakar choy 11.09.2023 ERTALABKI NONUSHTA Manniy yormasidan boʻtqa Pishloqli omlet Sutli kakao Bugʻdoy noni TUSHLIK Borщ Dimlangan mol goʻshtidan befstrogan Garnir qaynatilgan grechka yormasi “Vitamin” salati Behi kompoti Bugʻdoy noni IKKINCHI TUSHLIK Povidloli vatrushka Kefir 12.09.2023 ERTALABKI NONUSHTA Shirqovoq (oshqovoqli guruch boʻtqasi) Qaynatilgan sut Pishloqli buterbrod TUSHLIK Ugra oshi Baliq goʻshtidan bitochki Kartoshka pyuresi Shakarob salati Naʼmatak kompoti Bugʻdoy noni IKKINCHI TUSHLIK Shokoladli keks Mavsumiy meva Choy 13.09.2023 ERTALABKI NONUSHTA Grechka yormasidan boʻtqa Tvorogli sufle Asal choy Bugʻdoy noni TUSHLIK Qovurma shoʻrva Shavla “Vitamin” salati Olma kompoti Bugʻdoy noni IKKINCHI TUSHLIK Kartoshka va piyozli gumma (duxovkada pishirilgan) Kefir 14.09.2023 ERTALABKI NONUSHTA Suli yormasidan murabboli boʻtqa Sutli kakao Sariyogʻli buterbrod TUSHLIK Mashxoʻrda Mol goʻshtidan kotlet Garnir qaynatilgan grechka yormasi Shakarob salati Quruq mevalar aralashmasidan kompot Bugʻdoy noni IKKINCHI TUSHLIK Pishloqli rogalik Mavsumiy meva Asal choy 15.09.2023 ERTALABKI NONUSHTA Tariq boʻtqa Sutli kakao Sariyogʻli buterbrod TUSHLIK Tovuq goʻshtida ugrali shoʻrva Mayizli palov Achchik-chuchuk salati Olma kompoti Bugʻdoy noni IKKINCHI TUSHLIK Qoʻlbola-xonaki somsa (domashnayaya samsa) Murabbo  choy 18.09.2023 ERTALABKI NONUSHTA Shirqovoq (oshqovoqli guruch boʻtqasi) Pishloqli omlet Cutli kakao Pishloqli buterbrot TUSHLIK Yumoloq qiymali (frikadelki) vermeshel shoʻrva Baliq goʻshtidan bitochki Kartoshka pyuresi Shakarob salati Quruq mevalar aralashmasidan kompot Bugʻdoy noni IKKINCHI TUSHLIK Plyushka bulochka Kefir 19.09.2023 ERTALABKI NONUSHTA Tariq yormasidan boʻtqa Pishloqli omlet Bugʻdoy noni TUSHLIK Goʻsht qaynatmasida rassolnik Sabzavot qoʻshilgan goʻshtli ragu Olmali vinegret Behi kompoti Bugʻdoy noni IKKINCHI TUSHLIK Plyushka bulochka Kefir 20.09.2023 ERTALABKI NONUSHTA Suli yormasidan murabboli boʻtqa Sutli kakao Pishloqli buterbrod TUSHLIK Mampar Karam doʻlma  “Vitamin” salati Naʼmatak kompoti Bugʻdoy noni IKKINCHI TUSHLIK Kartoshka  somsa Mavsumiy meva Asal choy 21.09.2023 ERTALABKI NONUSHTA Manniy  yormasidan olma va mayizli boʻtqa Sutli kakao Sariyogʻli buterbrod TUSHLIK Qaynatma shoʻrva Bayram palovi Achchik-chuchuk salati Quruq mevalar aralashmasidan kompot Bugʻdoy noni IKKINCHI TUSHLIK Tvorogli keks Murabbo  choy 22.09.2023 ERTALABKI NONUSHTA Grechka yormasidan boʻtqa Sutli choy Pishloqli buterbrod Mavsumiy meva TUSHLIK Mastava (Sup risovыy) Mol goʻshtidan gulyash Bodiring (porsiyali) Olma kompoti Bugʻdoy noni IKKINCHI TUSHLIK Baliq goʻshtidan kotlet Sariyogʻli buterbrod Shakar choy 25.09.2023 ERTALABKI NONUSHTA Manniy yormasidan boʻtqa Pishloqli omlet Sutli kakao Bugʻdoy noni TUSHLIK Borщ Dimlangan mol goʻshtidan befstrogan Garnir qaynatilgan grechka yormasi “Vitamin” salati Behi kompoti Bugʻdoy noni IKKINCHI TUSHLIK Povidloli vatrushka Kefir 26.09.2023 ERTALABKI NONUSHTA Shirqovoq (oshqovoqli guruch boʻtqasi) Qaynatilgan sut Pishloqli buterbrod TUSHLIK Ugra oshi Baliq goʻshtidan bitochki Kartoshka pyuresi Shakarob salati Naʼmatak kompoti Bugʻdoy noni IKKINCHI TUSHLIK Shokoladli keks Mavsumiy meva Choy 27.09.2023 ERTALABKI NONUSHTA Grechka yormasidan boʻtqa Tvorogli sufle Asal choy Bugʻdoy noni TUSHLIK Qovurma shoʻrva Shavla “Vitamin” salati Olma kompoti Bugʻdoy noni IKKINCHI TUSHLIK Kartoshka va piyozli gumma (duxovkada pishirilgan) Kefir 28.09.2023 ERTALABKI NONUSHTA Suli yormasidan murabboli boʻtqa Sutli kakao Sariyogʻli buterbrod TUSHLIK Mashxoʻrda Mol goʻshtidan kotlet Garnir qaynatilgan grechka yormasi Shakarob salati Quruq mevalar aralashmasidan kompot Bugʻdoy noni IKKINCHI TUSHLIK Pishloqli rogalik Mavsumiy meva Asal choy 29.09.2023 ERTALABKI NONUSHTA Tariq boʻtqa Sutli kakao Sariyogʻli buterbrod TUSHLIK Tovuq goʻshtida ugrali shoʻrva Mayizli palov Achchik-chuchuk salati Olma kompoti Bugʻdoy noni IKKINCHI TUSHLIK Qoʻlbola-xonaki somsa (domashnaya samsa) Murabbo  choy

Maktabgacha ta'lim agentligi
"Aqlvoy-oshpaz" bog‘chalar uchun taomlar resepti kitobi haqida bilasizmi?

Bolalarning jismoniy va ruhiy jihatdan normal rivojlanishi uchun to‘g‘ri ovqatlanishni tashkil etish katta ahamiyatga ega. Bolalar ovqatlanishining fiziologik me’yorlarini to‘laqonli ta’minlash, bolaning uyg‘un o‘sishi va rivojlanishining zaruriy sharti bo‘lib, uning immunitetini va yashash muhitining zararli omillariga nisbatan moslasha olish imkoniyatlarini oshiradi.  To‘laqonli ovqatlanmaslik bolaning o‘sish va rivojlanishini kechiktiradi, organizmda moddalar almashinuvi jarayoni susayib ketadi. Me’yoridan ortiq ovqatlanish esa almashinuv jarayonlarini izdan chiqarib, ovqat hazm qilish jarayonini buzilishiga olib keladi. To‘g‘ri ovqatlantishni tashkil etishda bola organizmining yoshiga qarab osqillar, yog‘lar, uglevodlar va vitaminlarga bo‘lgan fiziologik ehtiyojlarini, shuningdek asosiy oziq moddalari o‘rtasidagi nisbatning to‘g‘ri bo‘lishini hisobga olish kerak.  Bolani sog‘lom va xavfsiz ovqatlantirish uni yoshiga mos ravishda taomnoma tuzish va ovqat tayyorlash uchun mukammal ishlab chiqilgan tyexnologik ko‘rsatmalar kerak bo‘ladi. Shunga ko‘ra, Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida sog‘lom ovqatlantirishni tashkil etish oziq-ovqat mahsulotlarining xavfsizligini ta’minlash maqsadida Maktabgacha ta’lim vazirligi va Jahon Sog‘liqni Saqlash Tashkiloti mutaxassislari bilan birgalikda mazkur tashkilotlarda bolalarni ovqatlantirish standartlari, jumladan, oziq-ovqat mahsulotlari ro‘yxati, ovqat tayyorlash texnologiyasi hamda bolalar uchun tayyorlanadigan taomlarning 200 dan ortiq reseptlar va texnologik kartalarni o‘ziga jamlagan "Aqlvoy-oshpaz"  bog‘chalar uchun taomlar resepti kitobi ishlab chiqilgan. Turli xil milliy, yevropa taomlarining, shuningdek, parhez taomlar tayyorlashning texnologik ko‘rsatmalarini jamlangan "Aqlvoy-oshpaz"  bog‘chalar uchun taomlar resepti kitobi bilan siz azizlarni tanishtirib o‘tamiz. Hurmatli ota-onalar va oshpaz opalar siz uchun yaratilgan ushbu ajoyib, rang-barang kitob, oshxonada yaxshi yordamchi bo‘ladi. Bizni kuzatishda davom eting, "Aqlvoy-oshpaz"  bog‘chalar uchun taomlar resepti kitobidagi har bir taomning tayyorlanish jarayoni bilan kelgusi sahifalarda tanishtirib boramiz.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Navoiyda “Yilning eng yaxshi tarbiyachisi-2023” kasbiy ko‘rik-tanlovi g‘oliblari va ishtirokchilari taqdirlandi

Joriy yilning 15-sentabr kuni Navoiy shahridagi “Ma’naviyat va ma’rifat” markazida “Yilning eng yaxshi tarbiyachisi-2023” kasbiy ko‘rik-tanlovining viloyat bosqichi g‘oliblari va ishtirokchilarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbirni viloyat hokimi o‘rinbosari J. Xodjayev tabrik so‘zi bilan ochib berdi. Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i R.Hayitova maktabgacha ta’lim tizimida o‘tkazilayotgan islohotlar, ularning barchasi bolalar va pedagoglar manfaatlari yo‘lida xizmat qilishiga, maktabgacha ta'lim sifatini yaxshilashga qaratilayotganligi haqida gapirdi. Shundan so‘ng, tanlovning g‘olib va sovrindorlari diplom va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanib, maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilari ijrosidagi sho‘x kuy, qo‘shiq va raqslar barchaga a’lo kayfiyat bag‘ishladi. Ma'lumot uchun: “Yilning eng yaxshi tarbiyachisi-2023” kasbiy ko‘rik-tanlovining viloyat bosqichida jami 42 nafar tarbiyachilar ishtirok etdi. Ishtirokchilar tanlov nizomiga muvofiq 3 shart bo‘yicha mahoratlarini ko‘rsatib, o‘zaro bellashdi. Yakuniy natijalatga ko‘ra, quyidagilar faxrli o‘rinlarni qo‘lga kiritdi. “Eng yaxshi metodist” nominatsiyasida 1- o‘rin Nurota tumanidagi 13-davlat MTT metodisti Karimova Umida; 2- o‘rin Uchquduq tumanidagi 2-davlat MTT metodisti Jontemirova Umida;  3-o‘rin Zarafshon shahridagi 13-davlat MTT metodisti Odilova Dilorom; “Eng yaxshi fidokor tarbiyachi” nominatsiyasida 1-o‘rin Navbahor tumanidagi 1-davlat MTT tarbiyachisi Muxammadiyeva Dilbar; 2- o‘rin Navoiy shahridagi 28-davlat MTT tarbiyachisi Axmedova Nargiza;  3- o‘rin Konimex tumanidagi 11-davlat MTT tarbiyachisi Qurbonova Mafuna; “Eng ijodkor-ixtirochi tarbiyachi” nominatsiyasida 1- o‘rin Uchquduq tumanidagi 2-davlat MTT tarbiyachisi G‘aniyeva Dilrabo; “Innovatsiya va axborot texnologiyalarini qo‘llaydigan eng yaxshi tarbiyachi” nominatsiyasida 1-o‘rin Uchquduq tumanidagi 14-davlat MTT tarbiyachisi Fayziyeva Maftuna; 2-o‘rin Navoiy shahridagi 30-davlat MTT tarbiyachisi Sanayeva Kamola; 3-o‘rinni G‘ozg‘on shahar 1-davlat MTT tarbiyachisi Bahodirova Nafosat; “Eng yaxshi eko-targ‘ibotchi tarbiyachi” nominatsiyasida 1- o‘rin Qiziltepa tumanidagi 17-davlat MTT tarbiyachisi Azimova Gulmira; 2- o‘rin Uchquduq tumanidagi 12-davlat MTT tarbiyachisi Sadullayeva Zebo; 3-o‘rin Navoiy shahridagi 9-davlat MTT tarbiyachisi Usmonova Yulduz; “Eng yaxshi ma’naviy kamolotga yetaklovchi tarbiyachi” nominatsiyasida 1-o‘rin Uchquduq tumanidagi 5-davlat MTT tarbiyachisi Mamanova Firuza;  2-o‘rin Nurota tumanidagi 7-davlat MTT tarbiyachisi Hasanova Nurxon; 3-o‘rin Zarafshon shahridagi 20-davlat MTT tarbiyachisi Muhiddinova Oysha. Birinchi o'rinni qo'lga kiritgan ishtirokchilar tanlovning respublika bosqichida qatnashadi.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Ko'chma anjuman o'z ishini boshladi

Maktabgacha ta’lim agentligi tasarrufidagi pedagogika kollejlarida ta’lim jarayonida innovatsion yondashuvlar va ilg‘or xorijiy tajribalar o‘rgangan holda zamonaviy yondashuvlar asosida maktabgacha ta’lim sohasi uchun kompetentlik mutaxassislar tayyorlash mexanizmini ishlab chiqish hamda pedagogika kollejlari rahbar va pedagog kadrlarining sohaga oid savodxonligini oshirish maqsadida joriy yilning 23-30 sentabr kunlari ko’chma anjuman bo’lib o’tadi.  Ko’chma anjuman: 2023-yil 23-sentabr kuni - Xiva pedagogika kollejida; 2023-yil 25-sentabr kuni - Kattaqo‘rg‘on shahar pedagogika kollejida; 2023-yil 27-sentabr kuni - Shaxrisabz pedagogika kollejida; 2023-yil 29-sentabr kuni - Qo‘qon pedagogika kollejida; 2023-yil 30-sentabr kuni- O‘rtachirchiq pedagogika kollejida bo'lib o'tadi.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Toshkentda maktabgacha ta’lim tizimida bolalarning ilk yoshidan savodxonlik, ratsional ovqatlanish, gigiyena va sog‘lom turmush tarzi ko‘nikmalarini shakllantirishda kompetensiyaviy yondashuvni joriy etish mavzusidagi trening o'z ishini boshladi

Bugun Maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish institutida O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim tizimida bolalarning ilk yoshidan savodxonlik, ratsional ovqatlanish, gigiyena va sog‘lom turmush tarzi ko‘nikmalarini shakllantirishda kompetensiyaviy yondashuvni joriy etish mavzusidagi trening o'z ishini boshladi. Unga ko'ra, trening kursining kun tartibi quyidagi mavzularni o'z ichiga oladi: 1-kun mavzusi: Katta yoshdagi auditoriyani o‘qitish, treningni samarali o‘tkazish va maktabgacha ta’lim pedagoglari uchun mentorlik (murabbiylik) qilish; 2-kun mavzusi: Pedagoglarga "Ilk Qadam" davlat o‘quv dasturi asoslarini o‘qitish; 3-kun mavzusi: Pedagoglarga maktabgacha yoshdagi bolalarda ilk yoshidansavodxonlikni rivojlantirish metodlarini o'rgatish; 4-kun mavzusi: Pedagoglarga maktabgacha yoshdagi bolalarning sog’lom jismoniyrivojlanishi va sog’lom turmush tarzi uchun ratsional ovqatlanish tamoyillarini o‘rgatish; 5-kun mavzusi: Maktabgacha yoshdagi bolalar sog’lom turmush tarzi amaliyoti vagigiyena ko‘nikmalarini rivojlantirish tamoyillarini pedagoglarga o‘rgatish; 6-kun mavzusi: Birinchi yordam ko‘rsatish. Treningdan ko‘zlangan asosiy maqsad: Maktabgacha yoshdagi bo‘lgan bolalarning nutq, muloqot, o‘qish va yozishmalakalarini rivojlantirish pedagogik metodikalarni, bolalarning ratsionalovqatlanish,va sog‘lom turmush tarzi ko‘nikmalarini oshirish yondashuvlarni, bolashaxsiga yo‘naltirilgan differentsial yondashuv asosida ta’lim-tarbiya berish bo‘yichatrenerlarning nazariy va amaliy kompetensiyalarni oshirish va ularni mustaqil samaralitrening va murabbiylik o‘tkazishga tayyorlashdan iboratdir. Eslatib o'tamiz: Loyiha  AQSh Qishloq xo‘jaligi vazirligi,  Maktabgacha va maktab ta’lim vazirligi huzuridagi Maktabgacha ta’lim agentligi hamda O‘zbekistondagi Mehribonlik Korpusi bilan hamkorlikda olib borilmoqda.

Batafsil
Maktabgacha ta'lim agentligi
Surxondaryoda "Ko'p tilli muqobil guruhlarda pedagogik yondashuvlar" mavzusidagi o'quv-treningga start berildi

O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Maktabgacha ta'lim agentligi tomonidan Birlashgan Millatlar Tashkilotining Xalqaro bolalar jamg‘armasi (UNICEF) hamkorligida Yevropa ittifoqining moliyaviy ko‘magi asosida "Surxondaryo viloyatida inklyuziv ta'lim, ijtimoiy xizmatlar va huquqiy yordamdan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish" loyihasini amalga oshirish yuzasidan 10-14-sentyabr kunlari Termiz shahrida "Ko'p tilli muqobil guruhlarda pedagogik yondashuvlar" mavzusidagi o'quv-amaliy treningga start berildi.  Ushbu treninglar UNICEF hamda Yevropa ittifoqi hamkorligida viloyatdagi afg'on bolalari va ehtiyojmand oilalar farzandlariga maktabgacha ta'lim uchun keng imkoniyatlar yaratish maqsadida inklyuziv ko'p tilli ta'limga yo'naltirilgan muqobil guruhlarda ta'lim-tarbiya jarayonini tashkil etishda maktabgacha ta'lim tashkilotlari pedagoglarining kasbiy salohiyatini oshirishga qaratilgan bo'lib, Yevropa Ittifoqining moliyaviy ko‘magida amalga oshirilmoqda.  5 kun davom etadigan trening jarayonlarida viloyatdagi inklyuziv ko'p tilli ta'limga yo'naltirilgan muqobil guruhlar mavjud bo'lgan maktabgacha ta'lim tashkilotlarining pedagoglari ishtirok etib, malakali xorijlik trenerdan yangi bilimlarni o'rganish barobarida qizg'in va noodatiy tarzda kechgan mashg'ulotlar orqali o'zaro tajriba almashishmoqda. Eslatib o'tamiz: Ushbu loyiha 2022-yilning sentyabr oyida o'z faoliyatini boshlagan edi.  Loyiha haqida batafsil ma'lumotlar - bu yerda: https://t.me/mdokanal/9178 

Maktabgacha ta'lim agentligi
Yangi 2023-2024-o‘quv yilining ilk oyi “O‘zbekiston – mening Vatanim” mavzusida olib borilmoqda

Avvalroq xabar berganimizdek, yurtimizdagi barcha maktabgacha ta’lim tashkilotlarida yangi 2023-2024-o‘quv yili boshlangan. O‘quv yili davomida Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tashkil etilgan ta’limiy-tarbiyaviy faoliyat “Ilk qadam” davlat oʻquv dasturiga mufoviq olib boriladi. Shunga ko‘ra, sentyabr oyi “O‘zbekiston– mening Vatanim” deb nomlanib, oy davomida yosh kesimida hafta mavzulariga bo‘lingan: 1-hafta 3-4 yoshli guruhlarga - Men va bolalar bog‘chasi mavzusi  4-5 yoshli  guruhlarga - Men va bolalar bog‘chasi mavzusi 5-6 yoshli guruhlarga - Mening jonajon O‘zbekistonim mavzusi 6-7 yoshli guruhlarga - Mening jonajon O‘zbekistonim mavzusi 2-hafta 3-4 yoshli guruhlarga - Mening shahrim mavzusi  4-5 yoshli  guruhlarga - Mening shahrim – mening mahallam mavzusi 5-6 yoshli guruhlarga - Mening shahrim – mening mahallam mavzusi 6-7 yoshli guruhlarga - Mening shahrim – mening mahallam mavzusi 3-hafta 3-4 yoshli guruhlarga - Men va bizning oilamiz mavzusi  4-5 yoshli  guruhlarga - Men va bizning oilamiz mavzusi 5-6 yoshli guruhlarga - Men va bizning oilamiz mavzusi 6-7 yoshli guruhlarga - Men va bizning oilamiz mavzusi 4-hafta 3-4 yoshli guruhlarga - Men va mening do‘stlarim mavzusi  4-5 yoshli  guruhlarga - Men va mening do‘stlarim mavzusi 5-6 yoshli guruhlarga - Men va mening do‘stlarim mavzusi 6-7 yoshli guruhlarga - Men va mening do‘stlarim mavzusi Eslatma: Pedagoglarimiz barcha mavzularga oid yordamchi ta’lim resursi sifatida "Bolalik akademiyasi" ta’lim platformasidan foydalanishlari mumkin.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Hududlarda “Yilning eng yaxshi tarbiyachisi” kasbiy ko‘rik-tanlovi davom etmoqda

Avval xabar berilganidek, hududlarda “Yilning eng yaxshi tarbiyachisi” kasbiy ko‘rik-tanlovi bo‘lib o‘tmoqda. Ayni kunlarda hududlarda ushbu tanlovning ikkinchi sharti – video-portfolio tayyorlash bo‘yicha bahslar olib borilmoqda. Ushbu shart 20 ballik mezonda baholanib, unda quyidagi talablar yetakchi o‘rin tutadi: metodist faoliyati va tarbiyachi nominatsiyasiga moslik; rasm va lavhalarning mazmundorligi; mavzuni ochishda o‘ziga xos bo‘lgan yangi g‘oyani qo‘llash;  vaqt taqsimotiga rioya etish va uzviylikni ta’minlash;  axborot mazmuni, ovoz hamda vidoeffektlarning o‘zaro monandligi  alohida e’tiborga olinadi. Hozirga qadar 40 yoki undan ortiq ball to‘plagan ishtirokchi bosqichning kelgusi shartida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritadi.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Navoiyning Karmana tumanida davlat maktabgacha ta’lim tashkilotining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi

Mustaqillik tantanalari arafasida Karmana tumanida Investisiya dasturi asosida qayta rekonstruksiya qilingan 120 o‘rinli 20-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda ishtirok etgan mahalla faollari, keng jamoatchilik vakillari, nuroniylar ta’lim dargohida bolajonlarning sifatli ta’lim-tarbiya olishlari uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishishdi. Tarbiyalanuvchilar tomonidan ijro etilgan kuy va qo‘shiqlar ishtirokchilarga a’lo kayfiyat baxsh etdi.

Maktabgacha ta'lim agentligi
DAYJEST #OAV_biz_haqimizda #Media_hisobot

Quyida joriy yilning avgust oyi davomida maktabgacha ta’lim tizimiga oid OAVda e'lon qilingan materiallar bilan tanishing:  TV O'zbekiston 24 tv - Studiya 24 |Farrux Boboyev - Maktabgacha ta’lim agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari bilan suhbat  (https://t.me/mtrkuzofficial/161887)O'zbekiston 24 tv - Studiya 24 | Abdug‘ulom Hakimov - Maktabgacha ta’lim agentligi bo‘lim boshlig‘i bilan suhbat  (https://t.me/mtrkuzofficial/161959)O'zbekiston 24 tv - Maxsus_reportaj/ https://t.me/mdokanal/9155  O'zbekiston 24 tv - https://t.me/mdokanal/9165  O'zbekiston 24 tv - https://t.me/mtrkuzofficial/162204  O'zbekiston 24 tv - https://t.me/mtrkuzofficial/162057  O'zbekiston 24 tv - https://t.me/mtrkuzofficial/162059  O'zbekiston 24 tv - https://t.me/mtrkuzofficial/164060  O'zbekiston 24 tv - https://t.me/mtrkuzofficial/163014  O'zbekiston 24 tv - https://t.me/mtrkuzofficial/162952  O'zbekiston 24 tv - https://t.me/mtrkuzofficial/160095  O'zbekiston 24 tv - https://t.me/mtrkuzofficial/15980  O'zbekiston 24 tv - https://t.me/mtrkuzofficial/160796  Sevimli - Zamon tv| Bog'chaga boradigan bola boshqacha bo'ladi (https://t.me/zamon_lavhalar/16266)Sevimli - Zamon tv|https://t.me/zamon_lavhalar/16113 Mening yurtim - Hudud tv| Maktabgacha ta’lim qamrovi kengaydi  (https://t.me/hududtv/23112)Mening yurtim - Hudud tv|https://t.me/hududtv/23018  Renessans - tv / Qancha bolalar MTTlarga qamrab olingan?  (https://t.me/sayyor1/1404)Renessans - tv / https://t.me/ovoza_news/6988  Uzreport tv - https://youtu.be/LiI7ftgLapI?si=DGMD3cKw9lXlTSw7   Uzreport tv - https://www.youtube.com/live/PWFLrEwUXHI?feature=share  Yoshlar tv - https://t.me/Yangidavr_rasmiy/14595 Dunyo bo'ylab tv - https://youtu.be/JaTxJbdaCj0  SAYTLAR Kun.uz sayti - Bog‘cha puli: ota-onalar to‘laydigan “badal” xarajatlarni qoplaydimi?  (https://t.me/kunuzofficial/138267)Uza.uz sayti - https://uza.uz/uz/posts/puchon-universitetida-ozbekiston-bilan-ozaro-hamkorlikni-mustahkamlash-boyicha-global-forum-otkazildi_514176  Uza.uz sayti - https://uza.uz/posts/508793  Daryo.uz sayti - O‘zbekistonda xususiy va davlat bog‘chalari soni maʼlum qilindi  (https://daryo.uz/2023/08/16/davlat-bogchalari-kopmi-yoki-xususiy-ozbekistondagi-mttlar-soni-malum-qilindi)Daryo.uz sayti - https://t.me/Daryo/94938  https://t.me/qalampir/106580  Bolalarolami.uz sayti - https://t.me/bolalarolamiuz/1756  Plov.press sayti - https://plov.press/news/nauka_obrazovanie/bolee_polumilliona_detey_poydut_v_shkolu_v_predstoyashchem_uchebnom_godu/  RADIO Radioeshittirish - https://t.me/mdokanal/9141  Radioeshittirish - https://t.me/mdokanal/9153  BOSMA NASHR "Правда востока" gazetasi  - https://yuz.uz/ru/newspaper,   "Правда востока" gazetasi  - https://t.me/mdokanal/9152  "Правда востока" gazetasi  - https://yuz.uz/ru/news/podveden-itogi-deyatelnosti-sistem-doshkolnogo-obrazovaniya-v-uzbekistane-za-pervoe-polugodie-2023-goda-  "Yangi O'zbekiston" gazetasi  - https://t.me/yuz_official/38900  "Ташкентская правда" gazetasi  - https://t.me/mdokanal/9059     

Maktabgacha ta'lim agentligi
“Yilning eng yaxshi tarbiyachisi-2023” kasbiy ko‘rik-tanlovining hududiy bosqichlari bo‘lib o‘tmoqda

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Maktabgacha ta’lim agentligining tegishli buyrug‘iga ko‘ra, “Yilning eng yaxshi tarbiyachisi-2023” kasbiy ko‘rik-tanlovini avgust-sentyabr oylarida o‘tkazish rejalashtirilgan. Shunga ko‘ra avgust oyi davomida kasbiy ko‘rik-tanlovning tuman (shahar) bosqichi o‘tkazilib, unda jami 9 146 nafar davlat maktabgacha talim tashkilotlarida  faoliyat yuritayotgan  yuqori malakali metodist va tarbiyachilar ishtirok etishib, shundan 912 nafari viloyat bosqichiga yo‘llanma olishdi. Tanlov jarayonida ishtirokchilar quyidagi 3 ta:  1-shart: test 2-shart: video-portfolio tayyorlash 3-shart: ochiq mashg‘ulot ishlanmasini tayyorlash shartlar asosida o‘z mahoratlarini sinovdan o‘tkazishmoqda. Yakuniy natijalarga ko‘ra, belgilangan quyidagi 6 ta: Eng yaxshi metodist Eng yaxshi fidokor tarbiyachi Eng yaxshi ijodkor-ixtirochi tarbiyachi Innovasion va axborot texnologiyalarini qo‘llaydigan eng yaxshi tarbiyachi Eng yaxshi eko-targ‘ibotchi tarbiyachi Eng yaxshi ma’naviy kamolotga yetaklovchi tarbiyachi nominatsiyalarida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan metodist va  tarbiyachilarga tanlovning respublika bosqichida ishtirok etishlari uchun yo‘llanma beriladi. Davlat maktabgacha talim tashkilotlarida  faoliyat yuritayotgan  yuqori malakali metodist va tarbiyachilarning pedagogik mahoratini va ijodiy qobilyatini rivojlantirish, ilg‘or tajribalarini keng ommalashtirish, kasbiy faoliyatlarida ijodkorlik va sog‘lom raqobat muhitini yaratish maqsadida tashkil etilgan mazkur tanlov barcha hududlarda yuqori saviyada bo‘lib o‘tmoqda. Ma'lumot uchun: “Yilning eng yaxshi tarbiyachisi-2023” kasbiy ko‘rik-tanlovining respublika bosqichi joriy yil sentyabr oyining so'nggi o'n kunligida o'tkazilishi rejalashtirilgan bo‘lib, g‘oliblar 1-oktyabr "Ustoz va murabbiylar kuni"  bayrami arafasida  taqdirlanadi.     

Maktabgacha ta'lim agentligi
Qashqadaryoda mustaqillik tantanalari arafasida yangi bog‘chalar faoliyati yo‘lga qo‘yildi

Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumanidagi "Mevazor", “Tepar”, "Bog‘ishamol" MFYlarda mamlakatimiz mustaqilligining 32 yilligi bayrami munosabati bilan yangi maktabgacha ta’lim tashkilotlari qurib bitkazildi va zamonaviy jihozlar bilan ta’minlanib, ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.  "Mevazor" MFYdagi tashkilot 120 o‘rindan iborat bo‘lib, 3 milliard 357 million so‘m evaziga barpo etilgan.  “Tepar” MFY hududidagi bolalar bog‘chasida olib borilgan kapital ta’mirlash ishlari natijasida MTT binosi zamonaviy ko‘rinish kasb etdi. Qurilish-ta’mirlash ishlariga 3 milliard 756 million so‘m mablag‘ sarflandi.  Shuningdek, "Bog‘ishamol" MFYda qurilgan 90 o‘rinli bog‘cha ham foydalanishga topshirildi.

Batafsil
Maktabgacha ta'lim agentligi
BUXORO VILOYATIDAGI BARCHA MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARIDA “SALOM BOGʻCHA!” TADBIRLARI BO‘LIB O‘TDI

Bugun, 4-sentabr kuni viloyatimizdagi mavjud maktabgacha ta’lim tashkilotlarida “Yangi hayot uchun, yangi O‘zbekiston uchun!” shiori ostida “Salom bog‘cha” tadbirlari ham bo‘lib o‘tdi.  Mustaqilligimizning 32 yillik sanasi uyg‘unligida bayromana tarzda tashkil etilgan ushbu tadbirlarda maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilari keng jalb etilishiga alohida ahamiyat qaratildi.  Shuningdek, "O‘zbekiston - mening Vatanim" mavzusida ochiq mashg‘ulotlar ham tashkil etilmoqda.  Ma’lumot uchun: Ayni paytda viloyatda 1 912 ta maktabgacha ta’lim tashkiloti bo‘lib, ularga 125 675 nafar 3-7 yoshli bolalar qamrab olingan.  Bu  maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarning 82,2 foizini tashkil etadi.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Yurtimizdagi barcha maktabgacha ta’lim tashkilotlarida yangi o‘quv yili boshlandi

Maktabgacha ta’lim tashkiloti – bolalarga ta’lim-tarbiya berish bilan birga, milliy va umumbashariy bayramlarni tashkil etish orqali ular ongida milliy-an’anaviy qadriyatlarni shakllantirish imkonini ham beradi. Shu kabi tadbirlardan biri - mustaqillik bayramidir. Bugun Toshkent shahridagi maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tashkil etilgan ta’limiy-tarbiyaviy faoliyat va “Salom bogʻcha” tadbirlarida Maktabgacha ta’lim agentligi rahbarlari bilan bir qatorda xodimlar ham ishtirok etdi. Mustaqillik saboqlari “Ilk qadam” davlat oʻquv dasturiga mufoviq, sentabr oyida belgilangan “Oʻzbekiston – mening vatanim” mavzusidan kelib chiqqan holda tashkil etildi.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Ta’lim maskanlarida mustaqillik saboqlari o‘tkazildi

Mamlakatimizdagi barcha ta’lim tashkilotlarida bo‘lgani kabi maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ham yozgi sog‘lomlashtirish davri o‘z nihoyasiga yetib, yangi o‘quv yili boshlandi. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida davlatimiz mustaqilligining 32 yilligi munosabati bilan "Yangi hayot uchun, Yangi O‘zbekiston uchun!" degan bosh g‘oyani o‘zida mujassam etgan ta’limiy-tarbiyaviy faoliyat va “Salom bog‘cha” tadbirlari tashkil etildi. Yurtimizda yil sayin mustahkamlanib borayotgan bir ajoyib an’anaga ko‘ra, tizim rahbarlarining shaxsan o‘zlari ta’lim maskanlariga yangi o‘quv yilining birinchi mehmoni sifatida tashrif buyurib, mustaqillik haqidagi saboqlarni berishadi. An’anaga muvofiq O‘zbekiston Respublikasining Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining birinchi o‘rinbosari – Maktabgacha ta’lim agentligi direktori A.Shin avval Toshkent shahar Mirobod tumanidagi 389-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotiga,  so‘ngra Toshkent shahridagi A.I. Gersen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universiteti filialiga tashrif buyurdi. Mustaqillik saboqlari yakunida tinglovchilarga yurtimizda hukm surayotgan tinch va osuda hayotni asrash, uning mustaqilligi va barqarorligiga munosib hissamizni qo‘shish – har birimizning, shu aziz Vatanda yashayotgan barcha fuqarolarning eng asosiy vazifalaridan bo‘lib qolmog‘i lozimligi ta’kidlandi.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Xalqaro hamkorlik doirasida tanlangan maktabgacha ta’lim tashkilotlarida inklyuziv ta’lim, ijtimoiy xizmatlar va huquqiy yordamdan keng foydalanishni ta’minlash loyihasi haqida

O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Maktabgacha ta’lim agentligi tomonidan Birlashgan Millatlar Tashkilotining Xalqaro bolalar fondi (YUNISEF) hamda Yevropa Ittifoqi hamkorligida “Surxondaryo viloyatida inklyuziv ta'lim, ijtimoiy xizmatlar va huquqiy yordamdan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish” loyihasi amalga oshirilib kelinmoqda. Loyihani amalga oshirishda tashkil etiladigan 10 ta innovatsion inklyuziv koʻp tilli taʼlimga yoʻnaltirilgan muqobil qisqa muddatli maktabgacha taʼlim guruhlarning faoliyati uchun hududiy hokimiyat organlari tomonidan joylar bilan taʼminlash va xodimlarga mahalliy byudjet hisobidan ish haqini toʻlash hamda Xalqaro bolalar fondi (YUNISEF) tomonidan ajratilgan mablagʻlar hisobidan ushbu guruhlarni tashkil etish uchun ajratilgan boʻsh xonalarni taʼmirlash, ularni kerakli boʻlgan jihozlar, oʻquv-didaktik material va oʻyinchoqlar bilan taʼminlash hamda ushbu guruhlarda faoliyat yuritadigan pedagog xodimlarini oʻqitish koʻzda tutilgan. Shuningdek, loyiha Birlashgan Millatlar Tashkilotining Xalqaro bolalar fondi (YUNISEF) hamda Yevropa Ittifoqi hamkorligida Surxondaryo viloyatidagi afg‘on bolalari va ehtiyojmand oilalar farzandlariga maktabgacha ta’lim uchun teng imkoniyatlar yaratish maqsadida inklyuziv ko‘p tilli ta’limga yo‘naltirilgan muqobil guruhlarda ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etishda maktabgacha ta'lim tashkilotlari pedagoglarining kasbiy salohiyatini oshirishga qaratilgan bo‘lib, loyihada belgilangan mezonlar asosida Termiz shahri, Termiz va Muzrabot tumanlardagi maktabgacha taʼlim tashkilotlarida Innovatsion inklyuziv koʻp tilli taʼlimga yoʻnaltirilgan muqobil qisqa muddatli maktabgacha taʼlim guruhlari tashkil etilgan. O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Maktabgacha ta’lim agentligi tomonidan Birlashgan Millatlar Tashkilotining Xalqaro bolalar fondi (YUNISEF) hamda Yevropa Ittifoqi hamkorligida “Surxondaryo viloyatida inklyuziv ta'lim, ijtimoiy xizmatlar va huquqiy yordamdan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish” loyihasini amalga oshirish yuzasidan 2023-yilning 10 -14-sentyabr kunlari Termiz shahrida “Ko‘p tilli muqobil guruhlarda pedagogik yondashuvlar” mavzusida o‘quv-amaliy trening o'tkazilishi rejalashtirilgan. Eslatib o‘tamiz, joriy yilning aprel-may oyi davomida UNICEFning Oʻzbekistondagi vakolatxonasi  ta’lim bo‘limi xodimlari, xalqaro ekspert Tereza Gonsales va Maktabgacha taʼlim agentligi vakili ishtirokida Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasida hamkorlik uchrashuvi bo‘lib o‘tgan edi. Uchrashuv davomida viloyatda loyiha bo‘yicha tanlangan maktabgacha ta’lim tashkilotlarida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan amaliy ishlar muhokama qilinib, istiqboldagi rejalar kelishib olinib, xalqaro ekspert Tereza Gonsales va Maktabgacha taʼlim agentligi vakili ishtirokida Surxondaryo viloyatidagi maktabgacha ta'lim tashklilotlariga tashrif buyurilib ko‘zdan kechirildi. Tashrif  doirasida loyiha bo‘yicha tanlangan maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktor va metodistlari, hamda tarbiyachilari bilan suhbat o'tkazilib,  ota-onalar va mahalla vakillari, jumladan afg‘on jamoatchiligi vakillari bilan uchrashuvlar bo'lib o'tgan edi. Shiningdek, uchrashuvda yig’ilganlarga viloyatda Afg‘onistonlik maktabgacha yoshdagi bolalarni qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshiriladigan ishlar, kelgusidagi rejalar yuzasidan ma’lumot berilib, ustuvor vazifalar belgilangan.  Ma’lumot uchun, loyiha 2022-yil 8-sentyabr kuni Surxondaryo viloyatida loyihaning boshlanishiga bag‘ishlangan tadbirda YUNISEFning O‘zbekistondagi vakolatxonasi, Yevropa Ittifoqi,  Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi, Surxondaryo viloyat hokimligi hamkorligida viloyatda inklyuziv ta’lim, ijtimoiy xizmatlar va huquqiy yordamdan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish dasturiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.  Unga ko‘ra loyiha 2023-yilning yakuniga qadar davom etadi. Loyiha doirasida mahallalardagi bolalar, yoshlar, oilalar uchun ko‘rsatiladigan ijtimoiy xizmatlarni takomillashtirish maqsad qilingan. Ijtimoiy xizmat xodimlarining salohiyatini kuchaytirishga ham alohida e’tibor qaratiladi. YUNISEF  (https://t.me/unicefuzbekistan) faoliyatida dunyo bolalarining huquq va farovonligi ta’minlashni o‘z oldiga maqsad qilgan. Ushbu majburiyatni amaliy harakatlarga aylantirish uchun jahonning 190 mamlakati va hududlarida faoliyat olib boradi. Bu bilan ijtimoiy jihatdan yakkalab qo‘yilgan, alohida etibor va yordamga muhtoj bolalarning manfaatlarini ilgari suradi.    

Maktabgacha ta'lim agentligi
O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o‘ttiz ikki yilligi munosabati bilan Maktabgacha ta’lim agentligida tadbir bo‘lib o‘tdi

Bugun agentlik binosida davlat mustaqilligining 32 yilligi munosabati bilan «Yangi hayot uchun, Yangi O‘zbekiston uchun!» degan bosh g‘oyani o‘zida mujassam etgan tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbir avvalida O‘zbekiston Respublikasining Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining birinchi o‘rinbosari – Maktabgacha ta’lim agentligi direktori A.Shin so‘zga chiqib, “Mamlakatimizning o‘ttiz ikki yillik tarixiga nazar tashlaydigan bo‘lsak, qisqa davr ichida, ayniqsa uning oxirgi olti yilligida mamlakatimiz ijtimoiy-iqtisodiy hamda siyosiy hayotida tub islohotlar va burilishlar davri bo‘layotganligini sezmoqdamiz. Xususan ta’lim-tarbiya sohasida samarali ishlar amalga oshirilmoqdaki, kelajak avlodni yetuk barkamol shaxs qilib voyaga yetkazish maqsad qilingan. Mana shu qisqa davr mobaynida mamlakatimizning bosib o‘tgan murakkab yo‘lini, uning erishgan muvaffaqiyatlariyu, rivojlanishning sekinlashish davrini eslashimiz va bunda taraqqiyotimiz davomida amalga oshirilgan ishlarga, erishilgan natijalarga xolisona baho berishimiz, ushbu natijalar mohiyati va ahamiyatini keng jamoatchilikka yetkazishimiz  va kelajak avlodlarga xaqqoniy qilib yetkazishimiz kerak” – deya ta’kidladi.  Shuningdek, A.Shin “Yurtimizga halqimizga barchamizga mustaqillik muborak bo‘lsin” – deya o‘z so‘zini yakunladi. Shundan so‘ng Maktabgacha ta’lim agentligi direktori maslahatchisi X.Buriyev so‘zga chiqdi va quyidagilarni ma’lum qildi:  O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o‘ttiz ikki yillik bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida"gi qaroriga muvofiq bugun mamlakatimizda Vatanimizning ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy-ma’rifiy hayotida butunlay yangi davrni boshlab bergan unutilmas tarixiy voqea — O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o‘ttiz ikki yillik sanasi «Yangi hayot uchun, Yangi O‘zbekiston uchun!» degan g‘oya negizida baland ruh va ko‘tarinki kayfiyat bilan nishonlanmoqda. Aynan 1991 yil 31 avgust kuni xalqimiz o‘z Vatani, taqdiri va kelajagiga o‘zi egalik qilish huquqini qo‘lga kiritdi. Dunyo xaritasida “O‘zbekiston Respublikasi” degan yangi suveren va mustaqil davlat paydo bo‘ldi. O‘tgan tarixan qisqa vaqt davomida elimizning fidokorona mehnati va qat’iyati bilan milliy o‘zligimiz, qadimiy tariximiz, boy madaniyatimiz, ezgu qadriyat va an’analarimiz qayta tiklandi, davlat va jamiyat hayotining tub asoslari o‘zgarib, mamlakatimiz dunyo hamjamiyatida o‘zining munosib o‘rniga ega bo‘ldi. Qarorda keng ko‘lamli islohotlarimizni izchil davom ettirish, barcha soha va tarmoqlar rivojini yangi bosqichga olib chiqish maqsadida bugungi kunda yurtimizda millati, tili va dinidan qat’i nazar, har bir fuqaro erkin va farovon yashaydigan yangi jamiyat va davlat barpo etilayotganligi alohida qayd qilingan. Chindan ham bugungi kunda mamlakatimiz siyosiy hayotidagi muhim voqealar, xususan, yangilangan Konstitusiyamizning qabul qilinishi el-yurtimiz Yangi O‘zbekistonni, Uchinchi Renessans poydevorini yaratishga qaratilgan islohotlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlab kelayotganini yana bir bor yaqqol tasdiqladi. Tadbir yakunida yurtimizda hukm surayotgan tinch va osuda hayotni asrash, uning mustaqilligi va barqarorligiga munosib hissamizni qo‘shish – har birimizning, shu aziz Vatanda yashayotgan barcha fuqarolarning, davlat yoki jamoat tashkilotida ishlashi, tadbirkor yoki boshqa kasb egasi bo‘lishidan qat’iy nazar, eng asosiy vazifalaridan bo‘lib qolmog‘i lozimligi ta’kidlandi.

Maktabgacha ta'lim agentligi
#OAV_BIZ_HAQIMIZDA #PRAVDA_VOSTOKA

Bilim yuksak qadrlanadigan davlat hamisha o‘z maqsadiga erishadiBatafsil: № 167 от 21 августа Правда Востока.pdf

Maktabgacha ta'lim agentligi
Yagona mavsumiy taomnoma: “Yozgi taomnoma”ning 5-kuni Tayyorlash texnologiyasi: “Aqlvoy-Oshpaz, bog‘chalar uchun taomlar resepti” to‘plamidan

ERTALABKI NONUSHTA Manniy  yormasidan olma va mayizli bo‘tqa   Sutli kakao   Pishloqli buterbrod   TUSHLIK Qovurma sho‘rva   Karam do‘lma   "Vitamin" salati    Na’matak kompoti   Bug‘doy noni   IKKINCHI TUSHLIK Qo‘lbola-xonaki somsa  Asal choy Ma’lumot uchun: “Yagona mavsumiy taomnoma” O‘zbekiston Respublikasi Bosh davlat sanitariya vrachining 2021-yil 17-iyuldagi qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tarbiyalanayotgan bolalarni xavfsiz va sifatli ovqatlanishni tashkil etilishiga oid gigiyenik talablar” (SanQvaM 0016-21-son) hamda “Aqlvoy-Oshpaz, bog‘chalar uchun taomlar resepti” to‘plamidan foydalangan holda tuzilgan.    

Batafsil
Maktabgacha ta'lim agentligi
#Faxr #II_darajali_Soglom_avlod_uchun_ordeni #Shuhrat_medali

Kuni-kecha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining  "O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining o‘ttiz ikki yilligi munosabati bilan fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash, adabiyot, madaniyat, san’at sohalari va ommaviy axborot vositalari xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida"gi Farmoniga ko‘ra,  maktabgacha ta’lim tizimida faoliyat yuritayotgan xodimlar davlat mukofoti bilan quyidagilar: Tadjibayeva To‘lqinoy Obidjonovna - Oltiariq tumanidagi 19-maktabgacha ta’lim tashkiloti uslubchisi, Farg‘ona viloyati II darajali "Sog‘lom avlod uchun" ordeni bilan; Xudoyberdiyeva Gulbahor Saydahmatovna - Arnasoy tumanidagi 5-maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachisi, Jizzax viloyati "Shuhrat" medali bilan taqdirlandilar.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Andijonda chet tillari instituti talabalari maktabgacha ta'lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilarining xorijiy tillarni o'rganishiga mas'ul etib belgilandi

Andijon viloyati hokimi tashabbusi bilan talabalar nafaqat yetarli ko'nikma, tajriba balki mehnatiga yarasha qo'shimcha haq ham olishmoqda. Viloyat hokimi tashabbusi bilan barcha ta'lim tashkilotlarida  ta'limning barcha bog'iniga alohida e'tibor doimiy qaratilmoqda. Viloyat hokimi tomonidan viloyatdagi maktabgacha ta'lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilarining xorijiy tillarni o'rganishini rivojlantirishga qaratilgan tashabbus sabab bugungi kunda Andijon davlat chet tillari instituti Maktabgacha va boshlang'ich ta'limda xorijiy til (ingliz tili) yo'nalishi talabalari bilan bir qancha amaliy ishlar olib borilmoqda. Jumladan, ular viloyatdagi maktabgacha ta'lim tashkilotlariga biriktirilib, o'sha tashkilotlarda o'z malakaviy amaliyotlarini o'tash bilan bir qatorda turli pulli xizmat orqali qo'shimcha haq olmoqdalar.  

Maktabgacha ta'lim agentligi
PEDAGOGIKA KOLLEJLARIGA O‘QISHGA MARHAMAT!

Kelajakda o‘z sohangizning yetuk mutaxassisi, ta’lim sohasining zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini tadbiq qilgan va olgan nazariy bilimlarini bevosita ish joyining o‘zida amaliyot bilan o‘zaro integratsiyasini ta’minlangan holda amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘lishni xoxlaysizmi, unda Sizni respublikamizning pedagogika kollejlariga o‘qishga taklif etamiz. Respublikadagi pedagogika yo‘nalishida kadrlar tayyorlaydigan kollejlarida maktabgacha ta’lim tizimi uchun yuqori malakali, zamonaviy fikrlaydigan, ta’lim va tarbiyaning ilg‘or texnologiyalarini o‘zlashtirgan pedagog kadrlar va mutaxassislarni tayyorlash hamda ular bilan maktabgacha ta’lim tashkilotlarini ta’minlash maqsadida malakali kadrlarga bo‘lgan o‘sib boruvchi ehtiyojlarini qoplash uchun zamonaviy texnika va texnologik tendensiyalarni hisobga olib ehtiyoj yuqori bo‘lgan va turdosh mutaxassisliklar bo‘yicha kadrlar tayyorlanadi. 2023/2024 o‘quv yili uchun Maktabgacha ta’lim agentligi tasarrufidagi 91 ta pedagogika kollejlariga abiturientlarning hujjatlarini qabul qilish joriy yilning  10 sentabrga qadar davom etadi. Pedagogika kollejlariga ta’limning kunduzgi, sirtqi, kechki va dual shakllari bo‘yicha quyidagi kasblar bo‘yicha hujjatlar qabul qilinadi: 1.  Maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyachisi; 2.  Maktabgacha ta’lim tashkilotlari yordamchi tarbiyachisi; 3.  Ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim muassasalarida tarbiyachi; 4.  Maktabgacha ta’lim tashkilotlari maishiy masalalar menejeri; 5.  Jismoniy tarbiya va sport; 6.  Kutubxonashunoslik; 7.  Musiqa rahbari; 8.  Oshpaz. Abiturientlar hujjatlarini elektron  my.uzbmb.uz orqali onlayn qabul qilinadi.  Bundan tashqari 2023/2024 o‘quv yilidan boshlab pedagogika kollejlarining maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyachisi kasbi bo‘yicha dual ta’lim shakllariga qabul qilingan o‘quvchilar o‘qishni tamomlab maktabgacha ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha  professor-o‘qituvchilarining 30 foizini Koreya Respublikasining Puchon universitetidan yuborilgan yuqori malakali mutaxassislar tashkil topgan Toshkentdagi Puchon universitetiga kirish imtihonlarisiz suhbat orqali 2-kursdan o‘qishini davom ettirishga ega bo‘ladi. Hali bu hammasi emas mazkur “2+2” ta’lim dasturi doirasida o‘qishini tamomlagan bitiruvchilar maktabgacha ta’lim sohasida o‘z karerasini muvaffaqiyatli boshlash uchun Koreya Respublikasining Puchon universitetida 1 yil o‘qishini davom ettirish imkoniyati ham mavjud.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Osiyo-Tinch okeani xalqaro hamjihatlik ta'lim markazi (ingl. APCEIU) direktori bilan uchrashuv

Janubiy Koreyaga rasmiy tashrifning so'nggi kunida A.Shin Osiyo-Tinch okeani xalqaro hamjihatlik ta'lim markazi (ingl. APCEIU) direktori janob Lim Xyon Muk bilan uchrashdi. Kun tartibidagi asosiy masala Toshkent shahrida YUNESKO shafeligida ikkinchi toifali mintaqaviy markaz tashkil etishda  APCEIUning konsultativ ko'magi haqida bo'ldi. Uchrashuv davomida janob Lim 2000-yilda  APCEIU tashkil etilish tarixi bilan o‘rtoqlashdi, shuningdek, tashkiliy tuzilma, moliyaviy siyosat, loyihalar, xalqaro hamkorlik va global miqyosda ilgari surilgan tashabbuslar haqida to‘liq ma’lumot berdi. APCEIU direktori O‘zbekistonda maktabgacha ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarni yuqori baholadi. U, ayniqsa, Toshkent deklaratsiyasining muhimligini va u kichik yoshdagi bolalarga g‘amxo‘rlik va ta’limni isloh qilish yo‘lida ko‘rsatma va strategiyalar to‘plami ekanligini, Kichik yoshdagi bolalarga ta’lim-tarbiya berish bo‘yicha II Butunjahon konferensiyasi esa O'zbekiston Respublikasining kuchli siyosiy irodasiga dalil ekanini alohida ta’kidladi.  APCEIU YUNESKOning dunyodagi yetakchi mintaqaviy markazlaridan biri hisoblanadi. Osiyo-Tinch okeani tashabbuslari va boshqa mintaqaviy, xalqaro va global ta'lim sa'y-harakatlari o'rtasidagi hamkorlik aloqalarini targ'ib qilish va mustahkamlash,  xalqaro hamjihatlik va global fuqarolik sohasida falsafa, o'qitish usullari va o'quv dasturlari bilan bog'liq tadqiqot va ishlanmalarni amalga oshirish bo'yicha 23 yildan ortiq tajribaga ega. Uchrashuv so‘ngida janob Lim Xyon Muk markaz bo‘limlari va xodimlari faoliyati bilan yaqindan tanishtirish maqsadida mehmonlarni markaz bo‘ylab ekskursiyaga taklif qildi. Uchrashuv yakunlari boʻyicha tomonlar ikki tomonlama munosabatlarni, shu jumladan, taʼlimni rivojlantirish va BRM-4ga erishishga hissa qoʻshish tashabbusini qoʻllab-quvvatlashga tayyor ekanliklarini bildirdilar.  

Maktabgacha ta'lim agentligi
Maktabgacha talim tashkiloti: Mening ilk kitob javonim...

Xabaringiz bor, O‘zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 32 yilligi munosabati bilan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, Oliy Majlis huzuridagi nodavlat va notijorat tashkilotlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi, “Ma’rifat” targ‘ibotchilar jamiyati va qator tashkilotlar hamkorligida joriy yilining 23-30-avgust kunlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida “Yangi hayot uchun Yangi O‘zbekiston uchun” shiori ostida “Ma’naviyat festivali” o‘tkazilmoqda. Bugun Andijon viloyati Andijon tumanidagi 28-DMTT da "Mening ilk kitob javonim" loyihasi boʻlib oʻtdi. Unda filologiya fanlari nomzodi Olim Toshboyev, Oʻzbekiston davlat sanʼat va madaniyat instituti oʻqituvchisi, kino va teatr aktyori Dilmurod Uzoqov ishtirok etdi. Soʻnggi yillarda davlatimiz tomonidan har bir bolaning sifatli taʼlim olishiga hamda ularning oʻz potensiali va rivojlanishini toʻliq amalga oshirishiga katta ahamiyat berib kelinmoqda. Ushbu moʻjaz kutubxonalar, maktabgacha talim tashkilotlarida 3-6 yoshdagi bolalarning sifatli maktabgacha talim va tarbiya olish imkoniyatlarini kuchaytirish, shuningdek, ota-onalar, aholi va jamoatchilikning bolalarga erta talim berish va oilada erta kitob oʻqishni tashkil etishning ahamiyati toʻgʻrisida xabardor qilish maqsadida tashkil etilmoqda.  Kichik kitob javonlari o‘zbek xalq ertaklari, rivoyatlar, hikoyalar va bolalar uchun sheriy to‘plamlar bilan ta'minlandi.  Bularning barchasi haqiqiy kutubxonaning modeli sifatida bolalar uchun maxsus tashkil etilgan bo‘lib, kelgusida maktabgacha yoshdagi bolada kutubxonaga borish ehtiyojini tarbiyalash va axborot resurslaridan foydalanish bo‘yicha dastlabki ko‘nikmalarni berishi nazarda tutilgan. Bu kabi saʼy-harakatlar albatta, kelajakda bolajonlarning vatanga sadoqat va muhabbat ruhida tarbiyalashga, ularning har tomonlama mukammal shaxs boʻlib yetishishlari, yurtimiz bayrogʻini yukasakga koʻtarishlariga xizmat qiladi.  

Maktabgacha ta'lim agentligi
Xalqaro forumda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining birinchi o‘rinbosari – O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim agentligi direktori nutq so'zladi

Joriy yilning 24 avgust kuni Puchon shahrida "Puchon universiteti - O'zbekiston bilan o'zaro hamkorlikni kengaytirish hamda birgalikda yuksalish uchun salohiyatni mustahkamlash boʻyicha Global forum” o'tkazildi. Tadbirda 100 dan ortiq oliy ta’lim muassasalari rahbarlari, ishlab chiqarish korxonalari vakillari, gubernatorlar hamda mahalliy hokimlar ishtirok etdi. Forumda Puchon universiteti prezidenti Xan Chon Sok, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining birinchi o‘rinbosari – O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim agentligi direktori Agrippina Shin , Kyongido provinsiyasining 1-vitse-gubernatori – O Byon Gvon, Puchon shahri meri - Song Je Xvan, Chaseng tibbiyot fondi raisi -Shin Min Sik  tabrik so'zlari bilan chiqish qildilar. A.Shin o‘z nutqida so‘nggi 6 yil davomida maktabgacha ta’lim sohasida erishilgan yutuqlar haqida so'zladi hamda O‘zbekiston Respublikasi va Koreya Respublikasining bu boradagi muvaffaqiyatli hamkorligiga aniq misollar keltirdi. Shu bilan birga, Agentlik direktori forum ishtirokchilariga Toshkent shahridagi Puchon universiteti innovatsion tipdagi universitetga aylangani va kadrlar, ilmiy-uslubiy va axborot-texnologiya vositalari orqali pedagoglar ta’limi milliy tizimini rivojlantirishni ta’minlashga qaratilgan faoliyati haqida ma’lumot berdi.  A.Shin o‘z nutqida, shuningdek, 2022-yil 14-16-noyabrda Toshkent shahrida “Kichik yoshdagi bolalarga ta'lim-tarbiya berish bo‘yicha ikkinchi jahon konferensiyasi” bo‘lib o‘tganligi, uning maqsadi barcha bolalarning ta'lim olishga bo'lgan huquqlarini tasdiqlash, kichik yoshdagi bolalarga sifatli ta'lim va tarbiya berish, shuningdek, uni uzluksiz ta'lim va rivojlanishning muhim asosi sifatida e'tirof etish, kichik bolalar bilan bog'liq Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishda a'zo mamlakatlarning yutuqlarini baholash, ilg'or tajriba va innovatsiyalar almashinuvi, ustuvor vazifalar va strategiyalarni aniqlash,  erta bolalik ta'limiga investitsiyalarni ko'paytirishdan iborat ekanligini ta’kidladi. O‘z so‘zini yakunlar ekan, A.Shin ikki davlatning muvaffaqiyatli kelajagi faqat strategik sheriklik va ittifoq ruhidagi  yaqin hamkorlik asosida bo‘lishi mumkinligiga ishonch bildirdi.

Вид сайта
Размер шрифта