TAYYORLASH TЕXNOLOGIYASI
Mayiz qaynoq suvda yumshatiladi va yuviladi. Suli yormasi qaynab turgan suvga solinadi va yarim tayyor holga kelgunga qadar aralashtirilib pishiriladi. So‘ngra sut, tuz, shakar, qo‘shiladi va past olovda miltillatib qaynatiladi. Me’yorida tayyorlangan mayiz, sariyog‘ solinib, quyuqlashgunga qadar aralashtirib turgan holda pishiriladi.
Shundan so‘ng qozonning qopqog‘ini yopib, past olovda bug‘lanib pishguncha qoldiriladi. Bo‘tqaning tarqatishdagi maqbul harorati +50°C.
SIFATIGA QO‘YILADIGAN TALABLAR
Tashqi ko‘rinishi: yorma donalari to‘lishib pishgan, yaxshi qaynatilgan, bo‘tqaga yog‘ va mayiz qo‘shilgan. Rangi: qaymoqrang. Ta’m va hidi: ishlatilgan masalliqlarga xos, bеgona ta’m va hidsiz. Tarkibi: bir xil, yopishqoq, yormalari va mayizi – yumshoq. Bir bolaga mo‘ljallangan tayyor taom vazni:1-3 yoshga 150 gr, 3-7 yoshga 180 gr.ni tashkil etadi.
MASALLIQLAR
Mahsulotlar va yarim tayyor mahsulotlar nomi 1-3 yoshga / 3-7 yoshga
Suli yormasi 17/20
Suv 48/64
Sut 75/100
Sariyog‘ 1,7/2,2
Mayiz 7,5/9
Shakar 3/4
Tuz 0,75/0,9