Hurmatli kanal kuzatuvchilari bugun sizga #Aqlvoy_oshpaz rukni orqali "Pomidor qoqili obinon" tayyorlash tеxnologiyasini taqdim etamiz.
- Pomidor qoqilar yaxshilab yuvib tozalanadi, keyin esa bir soatcha qaynagan suvga ivitib qo‘yiladi.
- Ivitilgan qoqilarni blender yordamida bir xil aralashma hosil qilgunga qadar aralashtiriladi yoki pichoq bilan chopiladi va yuvib kubik shaklida to‘g‘ralgan pomidor bilan aralashtiriladi.
- Bug‘doy unini tuz, shakar, xamirturush, qabartma kukuni, qizil bulg‘or kukuni, sariyog‘, tayyorlangan tomatli aralashma va suv bilan aralashtiriladi, ana undan keyin xamir qoriladi.
- Tayyorlanayotgan xamir 10-15 daqiqa mushtlanadi va bir soat mobaynida xona haroratida oshiriladi.
- So‘ngra xamirni bo‘laklarga bo‘lib, zuvalalar yasaladi va 10- 15 daqiqa davomida tindiriladi.
- Zuvalalarga non yoki bulochka shakli beriladi, mo‘ljallangan tovaga terib chiqiladi va ustiga sutli- tuxumli aralashma surtiladi.
- 200°C darajali qovurish shkafida 15-20 daqiqa davomida pishiriladi.