#Aqlvoy_oshpaz TVOROGDAN TAYYORLANGAN MAYIZLI PUDING

news-detail

TAYYORLASH TЕXNOLOGIYASI

Tuxumni avval 1% li, so‘ngra 0,5% li iliq (harorati 30°C gacha) bo‘lgan kalsiyli yoki osh soda eritmasida yuviladi, keyin oqar suvda chayiladi.

Qaynoq suvda (porsiyaga 10 ml hisobida) manniy yormasi dimlab qo‘yiladi, keyin esa sovitiladi.

Mayiz saralanadi, yaxshilab yuviladi, so‘ngra ustiga suv quyib to‘lishib shishgunga qadar ivitib qo‘yiladi va oxirida yaxshilab quritiladi.

Tvorog uqalanadi, shakar bilan aralashtirilgan tuxum sarig‘i, tayyorlab olingan manniy yormasi, yumshatib olingan yog‘ning bir qismi, tuz hamda ivitilib yaxshilab quritilgan mayiz qo‘shiladi.

Barcha masalliqlar aralashtiriladi. Tuxumning oqi yumshoq va chidamli ko‘pik holatiga kelgunga qadar ko‘pirtiriladi hamda tayyorlangan tvorogli massaga qo‘shib ehtiyotkorlik bilan aralashtiriladi.

Hosil bo‘lgan massani 3-4 sm qalinlikda, yog‘langan hamda talqon sepilgan qovurish shkafi tovasi yoki maxsus qolipli idishga joylashtiriladi. Ustini tekislab, smetana surtiladi va harorati 200°C bo‘lgan qovurish shkafida 25-30 daqiqa davomida qizg‘ish qatlam hosil bo‘lgunga qadar pishirib olinadi.

Tayyor puding porsiyalab kesib chiqiladi. Tarqatilishida smetanali sous, yoki murabbo bilan beriladi. Tarqatishdagi maqbul harorati +50°C.

SIFATIGA QO‘YILADIGAN TALABLAR

Tashqi ko‘rinishi: qovurish shkafida tayyorlangan taom to‘rtburchak, uchburchak yoki boshqa shaklda bo‘lishi mumkin, bir xilda qizargan, tayyorlanish usuliga ko‘ra ustidan sous, yoki murabbo quyilgan.

Rangi: puding sirti – och jigarrang, kеsilganda – och sariq yoki mayizli och qaymoq rangda.

Ta’m va hidi: tvorogli taomlarga xos.

Tarkibi: bir xil, yumshoq, zich, manniy yormasi qumoqlarisiz, qizartirib pishirilgan sirti biroz qattiqroq.

Bir bolaga mo‘ljallangan tayyor taom vazni:1-3 yoshga 75 gr, 3-7 yoshga 100 gr.ni tashkil etadi.

MASALLIQLAR

Mahsulotlar va yarim tayyor mahsulotlar nomi gramm hisobida: (1-3 yoshga / 3-7 yoshga)

Tvorog 45/60

Manniy yormasi 6/8

Shakar 5/6,7

Tovuq tuxumi 22,1-19/29,5-25,3

Mayiz 4/5,3

Smеtana 2/2,7

Vanilin 0,1/0,13

Qabartma kukuni 1/1,3

Sariyog‘ 4,9/6,6

Murabbo yoki jеm bilan 75/10 100/15

Quyultirilgan sut bilan 75/10 100/15

Smеtanali sous bilan 75/7,5 100/10

Sutli shirin sous bilan 75/30 100/40

Maktabgacha ta'lim agentligi
Mavzuga doir
Maktabgacha ta'lim agentligi
Kitob tumanidagi chekka hududlardan birida zamonaviy maktabgacha ta'lim tashkiloti ochildi

  Kitob tumanining chekka hududlaridan biri hisoblangan "Zarafshon" MFYda davlat xususiy sherikchilik asosida yana bir nodavlat maktabgacha ta'lim tashkiloti faoliyat boshladi.     40 yillik mehnat tajribasiga ega, "Sog‘lom turmush" medali sohibasi Munavvar Tursunova tomonidan tashkil etilgan "Boychechak" nomli 100 o'ringa mo'ljallangan mazkur muassasada bolajonlarning ta'lim-tarbiya olishi uchun barcha sharoitlar yaratilgan.        Bino ochilish marosimida Kitob tumani hokimligi, tuman prokuraturasi, mahalla faollari, nuroniylar, bolajonlar hamda ularning ota-onalari ishtirok etdi.       Tadbir qatnashchilari tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishishdi.        

Maktabgacha ta'lim agentligi
Bog'cha bolalariga quvonch ulashildi

  Davlatobod tumanida joylashgan sog'ligida nuqsoni bor bolalar tarbiyalanuvchi maxsus maktabgacha taʼlim tashkilotida "Xayr bog'cham" tadbiri o'tkazildi.       Tadbirda Namangan viloyati Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi va Davlatobod tumani YHXG xodimlari ishtirok etib, bolajonlarning quvonchiga quvonch qoʻshishdi.       Tarbiyalanuvchilar tomonidan ijro etilgan kuy va qo'shiqlar barchaga ko'tarinkilik bagʻishladi.        Tadbir yakunida YPX inspektorlari tomonidan bolajonlarga esdalik sovgʻalari topshirildi.    

Maktabgacha ta'lim agentligi
Agrippina Shin Yashnobod tumanidagi maktabgacha taʼlim tashkilotlari holatini oʻrgandi

  Shu kunlarda Davlatimiz rahbarining Yashnobod tumaniga kutilayotgan tashrifiga tayyorgarlik yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab taʻlimi vazirining birinchi oʻrinbosari, Maktabgacha taʻlim agentligi direktori Agrippina Shin tumandagi maktabgacha taʼlim tashkilotlarida boʻlib, ish jarayonlari holatini koʻzdan kechirdi.       Jumladan, tumanning “Dilbogʻ” mahallasida joylashgan 86-, 93- hamda 306-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida bolalarga berilayotgan taʼlim-tarbiya va muassasa holatini oʻrgandi.       Shuningdek, tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, yozgi sogʻlomlashtirish mavsumiga tayyorgarlik, moddiy-texnik baza kabi bir qancha yoʻnalishlarda ayni kundagi vaziyat bilan yaqindan tanishdi.       Oʻrganishlar davomida aniqlangan kamchiliklar yuzasidan tegishli mutasaddilarga aniq koʻrsatma va metodik tavsiyalar berildi.      

Вид сайта
Размер шрифта