Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA) O‘zbekistondagi vakolatxonasi direktori bilan uchrashuvda qo‘shma loyihalarni amalga oshirish jarayoni muhokama qilindi.
19-sentabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining birinchi oʻrinbosari – Maktabgacha taʼlim agentligi direktori A.Shinning Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA) vakolatxonasi direktori janob Shin Myong Sop bilan uchrashuvi boʻlib oʻtdi.
Uchrashuvda tomonlar qo‘shma loyihalarni amalga oshirishning jarayonlarini muhokama qildilar.
Koreya tomoni “Toshkent shahrida Pedagogik kadrlarni tayyorlash, o‘qitish va malakasini oshirish integratsiyalashgan markazi va Koreya modeli bo‘yicha innovatsion maktabgacha ta’lim tashkilotini qurish” loyihasi doirasida binolarni loyihalash yakunlanganini ma’lum qildi.
Shuningdek, maktabgacha ta’lim sifatini oshirish yo‘lida qo‘shma loyihani muvaffaqiyatli amalga oshirish yo‘lidagi hamkorlikni yangi jihatlarda yanada rivojlantirish zarurligi ham muhokama qilindi.
Uchrashuv yakunida O‘zbekiston tomoni loyihaning har ikki davlat uchun muhimligini qayd etib, KOICA vakolatxonasiga o‘z majburiyatlarini sifatli va o‘z vaqtida bajarganligi uchun minnatdorchilik bildirdi.