Sayt test rejimida ishlamoqda

Navoiyda “Yilning eng yaxshi tarbiyachisi-2023” kasbiy ko‘rik-tanlovi g‘oliblari va ishtirokchilari taqdirlandi

news-detail

Joriy yilning 15-sentabr kuni Navoiy shahridagi “Ma’naviyat va ma’rifat” markazida “Yilning eng yaxshi tarbiyachisi-2023” kasbiy ko‘rik-tanlovining viloyat bosqichi g‘oliblari va ishtirokchilarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirni viloyat hokimi o‘rinbosari J. Xodjayev tabrik so‘zi bilan ochib berdi.

Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i R.Hayitova maktabgacha ta’lim tizimida o‘tkazilayotgan islohotlar, ularning barchasi bolalar va pedagoglar manfaatlari yo‘lida xizmat qilishiga, maktabgacha ta'lim sifatini yaxshilashga qaratilayotganligi haqida gapirdi.

Shundan so‘ng, tanlovning g‘olib va sovrindorlari diplom va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanib, maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilari ijrosidagi sho‘x kuy, qo‘shiq va raqslar barchaga a’lo kayfiyat bag‘ishladi.

Ma'lumot uchun: “Yilning eng yaxshi tarbiyachisi-2023” kasbiy ko‘rik-tanlovining viloyat bosqichida jami 42 nafar tarbiyachilar ishtirok etdi. Ishtirokchilar tanlov nizomiga muvofiq 3 shart bo‘yicha mahoratlarini ko‘rsatib, o‘zaro bellashdi.

Yakuniy natijalatga ko‘ra, quyidagilar faxrli o‘rinlarni qo‘lga kiritdi.

“Eng yaxshi metodist” nominatsiyasida

1- o‘rin Nurota tumanidagi 13-davlat MTT metodisti Karimova Umida;

2- o‘rin Uchquduq tumanidagi 2-davlat MTT metodisti Jontemirova Umida; 

3-o‘rin Zarafshon shahridagi 13-davlat MTT metodisti Odilova Dilorom;

“Eng yaxshi fidokor tarbiyachi” nominatsiyasida

1-o‘rin Navbahor tumanidagi 1-davlat MTT tarbiyachisi Muxammadiyeva Dilbar;

2- o‘rin Navoiy shahridagi 28-davlat MTT tarbiyachisi Axmedova Nargiza; 

3- o‘rin Konimex tumanidagi 11-davlat MTT tarbiyachisi Qurbonova Mafuna;

“Eng ijodkor-ixtirochi tarbiyachi” nominatsiyasida

1- o‘rin Uchquduq tumanidagi 2-davlat MTT tarbiyachisi G‘aniyeva Dilrabo;

“Innovatsiya va axborot texnologiyalarini qo‘llaydigan eng yaxshi tarbiyachi” nominatsiyasida

1-o‘rin Uchquduq tumanidagi 14-davlat MTT tarbiyachisi Fayziyeva Maftuna;

2-o‘rin Navoiy shahridagi 30-davlat MTT tarbiyachisi Sanayeva Kamola;

3-o‘rinni G‘ozg‘on shahar 1-davlat MTT tarbiyachisi Bahodirova Nafosat;

“Eng yaxshi eko-targ‘ibotchi tarbiyachi” nominatsiyasida

1- o‘rin Qiziltepa tumanidagi 17-davlat MTT tarbiyachisi Azimova Gulmira;

2- o‘rin Uchquduq tumanidagi 12-davlat MTT tarbiyachisi Sadullayeva Zebo;

3-o‘rin Navoiy shahridagi 9-davlat MTT tarbiyachisi Usmonova Yulduz;

“Eng yaxshi ma’naviy kamolotga yetaklovchi tarbiyachi” nominatsiyasida

1-o‘rin Uchquduq tumanidagi 5-davlat MTT tarbiyachisi Mamanova Firuza; 

2-o‘rin Nurota tumanidagi 7-davlat MTT tarbiyachisi Hasanova Nurxon;

3-o‘rin Zarafshon shahridagi 20-davlat MTT tarbiyachisi Muhiddinova Oysha.

Birinchi o'rinni qo'lga kiritgan ishtirokchilar tanlovning respublika bosqichida qatnashadi.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Mavzuga doir
Maktabgacha ta'lim agentligi
#Aqlvoy_oshpaz QURITILGAN MЕVALAR BILAN GURUCHLI BO‘TQA

TAYYORLASH  TЕXNOLOGIYASI Mayiz yoki bargaklar saralanadi, yuvilib, qaynoq suv bilan chayiladi va 20-30 daqiqa davomida to‘liq shishib chiqqunga qadar suvda qoldiriladi va sovitiladi. Guruchni saralab, avval iliq, keyin issiq suvda yuviladi. Tayyorlangan guruchni qaynab turgan tuzli suvga solib, yarim tayyor bo‘lguncha pishiriladi, ortiqcha suvi to‘kib tashlanadi va me’yordagi qaynatilgan sut qo‘shiladi. Tuz va shakar hamda tayyorlangan mayiz yoki bargak qo‘shiladi va vaqti-vaqti bilan aralashtirib turgan holda quyuqlashguncha qaynatiladi. So‘ngra qozonning qopqog‘i yopilib, taom maromiga yetilib pishgunga qadar past olovda ushlab turiladi. Tarqatilishidan oldin sariyog‘ qo‘shiladi. Taom likopchada tortiladi. Bo‘tqaning tarqatishdagi maqbul harorati +50°C. SIFATIGA QO‘YILADIGAN TALABLAR  Tashqi ko‘rinishi: yorma donalari to‘lishib pishgan, yaxshi qaynatilgan. Rangi: mayiz yoki bargak bilan aralashtirilgan och qaymoqrang yoki kulrang – oq rangda. Ta’m va hidi: mayiz yoki bargak bilan birga qaynatilgan guruchga xos. Tarkibi: bir xil, yopishqoq, donlari yumshoq. Bir bolaga mo‘ljallangan tayyor taom vazni:1-3 yoshga 150 gr, 3-7 yoshga 180 gr.ni tashkil etadi.  MASALLIQLAR  Mahsulotlar va yarim tayyor mahsulotlar nomi 1-3 yoshga / 3-7 yoshga  Guruch 22,5/27 Suv 56/68 Sut 56/68 Mayiz yoki bargak 7,5/99 Sariyog‘ 3,8/4,5 Shakar 3,8/4,5 Tuz 0,8/0,9

Maktabgacha ta'lim agentligi
#Ustozlar_ardoqda

Ayni kunlarda 1-oktabr "O'qituvchi va murabbiylar" kuni munosabati bilan hududlarda tadbirlar bo'lib o'tmoqda.  Xuddi shunday tadbirlardan biri Surxondaryo viloyatining Termiz shahridagi 16-sonli davlat maktabgacha ta'lim tashkilotida bo'lib o'tdi. 1-oktabr "O'qituvchi va murabbiylar" kuni munosabati bilan Termiz davlat pedagogika instituti, Maktabgacha ta'lim  fakulteti hamda Termiz shahar 16-sonli davlat maktabgacha ta'lim tashkiloti hamkorligida "Muallim-qalb me'mori" mavzusida tadbir tashkil etildi. Tadbirda bolajonlar tomonidan tayyorlangan bayram dasturi namoyish etildi va yig'ilganlarga xushkayfiyat bag'ishladi.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Respublikadagi 100 ta davlat MTTlarining taʼlim-tarbiya jarayonidagi sifati baholanadi

Ayni kunlarda Toshkent shahrida Maktabgacha ta’lim agentligi hamda Jahon banki bilan hamkorlikda erta yoshdagi bolalarning taʼlim sifati va natijalarini baholash boʻyicha xalqaro MELQO (measuring early learning quality outcomes) baholash tizimi asosida joriy etilgan “Bolalarni erta yoshdan rivojlanishi va maktabgacha taʼlim sifatini baholash tizimi” orqali respublikaning 100 ta davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida taʼlim-tarbiya jarayoni sifatini baholash hamda ma’lumotlarni jamlash va ularni tahlil qilish bo‘ycha trenerlarni tayyorlashga qaratilgan seminar-trening bo‘lib o‘tmoqda. Seminar-treningda xorijiy trenerlar o'z ma'ruzalari bilan ishtirok etishmoqda. Seminar-trening yakunlangach ishtirokchilar joriy yilning oktabr oyida maʼlumot yigʻish uchun hududlarga xizmat safariga yuborilib, olingan bilimlarning amaliyotga qo‘llanilishi rejalashtirilmoqda.

Вид сайта
Размер шрифта