"Aqlvoy-oshpaz" bog‘chalar uchun taomlar resepti kitobi haqida bilasizmi?

news-detail

Bolalarning jismoniy va ruhiy jihatdan normal rivojlanishi uchun to‘g‘ri ovqatlanishni tashkil etish katta ahamiyatga ega.

Bolalar ovqatlanishining fiziologik me’yorlarini to‘laqonli ta’minlash, bolaning uyg‘un o‘sishi va rivojlanishining zaruriy sharti bo‘lib, uning immunitetini va yashash muhitining zararli omillariga nisbatan moslasha olish imkoniyatlarini oshiradi.

 To‘laqonli ovqatlanmaslik bolaning o‘sish va rivojlanishini kechiktiradi, organizmda moddalar almashinuvi jarayoni susayib ketadi.

Me’yoridan ortiq ovqatlanish esa almashinuv jarayonlarini izdan chiqarib, ovqat hazm qilish jarayonini buzilishiga olib keladi.

To‘g‘ri ovqatlantishni tashkil etishda bola organizmining yoshiga qarab osqillar, yog‘lar, uglevodlar va vitaminlarga bo‘lgan fiziologik ehtiyojlarini, shuningdek asosiy oziq moddalari o‘rtasidagi nisbatning to‘g‘ri bo‘lishini hisobga olish kerak.

 Bolani sog‘lom va xavfsiz ovqatlantirish uni yoshiga mos ravishda taomnoma tuzish va ovqat tayyorlash uchun mukammal ishlab chiqilgan tyexnologik ko‘rsatmalar kerak bo‘ladi.

Shunga ko‘ra, Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida sog‘lom ovqatlantirishni tashkil etish oziq-ovqat mahsulotlarining xavfsizligini ta’minlash maqsadida Maktabgacha ta’lim vazirligi va Jahon Sog‘liqni Saqlash Tashkiloti mutaxassislari bilan birgalikda mazkur tashkilotlarda bolalarni ovqatlantirish standartlari, jumladan, oziq-ovqat mahsulotlari ro‘yxati, ovqat tayyorlash texnologiyasi hamda bolalar uchun tayyorlanadigan taomlarning 200 dan ortiq reseptlar va texnologik kartalarni o‘ziga jamlagan "Aqlvoy-oshpaz"  bog‘chalar uchun taomlar resepti kitobi ishlab chiqilgan.

Turli xil milliy, yevropa taomlarining, shuningdek, parhez taomlar tayyorlashning texnologik ko‘rsatmalarini jamlangan "Aqlvoy-oshpaz"  bog‘chalar uchun taomlar resepti kitobi bilan siz azizlarni tanishtirib o‘tamiz.

Hurmatli ota-onalar va oshpaz opalar siz uchun yaratilgan ushbu ajoyib, rang-barang kitob, oshxonada yaxshi yordamchi bo‘ladi.

Bizni kuzatishda davom eting, "Aqlvoy-oshpaz"  bog‘chalar uchun taomlar resepti kitobidagi har bir taomning tayyorlanish jarayoni bilan kelgusi sahifalarda tanishtirib boramiz.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Mavzuga doir
Maktabgacha ta'lim agentligi
Kitob tumanidagi chekka hududlardan birida zamonaviy maktabgacha ta'lim tashkiloti ochildi

  Kitob tumanining chekka hududlaridan biri hisoblangan "Zarafshon" MFYda davlat xususiy sherikchilik asosida yana bir nodavlat maktabgacha ta'lim tashkiloti faoliyat boshladi.     40 yillik mehnat tajribasiga ega, "Sog‘lom turmush" medali sohibasi Munavvar Tursunova tomonidan tashkil etilgan "Boychechak" nomli 100 o'ringa mo'ljallangan mazkur muassasada bolajonlarning ta'lim-tarbiya olishi uchun barcha sharoitlar yaratilgan.        Bino ochilish marosimida Kitob tumani hokimligi, tuman prokuraturasi, mahalla faollari, nuroniylar, bolajonlar hamda ularning ota-onalari ishtirok etdi.       Tadbir qatnashchilari tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishishdi.        

Maktabgacha ta'lim agentligi
Bog'cha bolalariga quvonch ulashildi

  Davlatobod tumanida joylashgan sog'ligida nuqsoni bor bolalar tarbiyalanuvchi maxsus maktabgacha taʼlim tashkilotida "Xayr bog'cham" tadbiri o'tkazildi.       Tadbirda Namangan viloyati Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi va Davlatobod tumani YHXG xodimlari ishtirok etib, bolajonlarning quvonchiga quvonch qoʻshishdi.       Tarbiyalanuvchilar tomonidan ijro etilgan kuy va qo'shiqlar barchaga ko'tarinkilik bagʻishladi.        Tadbir yakunida YPX inspektorlari tomonidan bolajonlarga esdalik sovgʻalari topshirildi.    

Maktabgacha ta'lim agentligi
Agrippina Shin Yashnobod tumanidagi maktabgacha taʼlim tashkilotlari holatini oʻrgandi

  Shu kunlarda Davlatimiz rahbarining Yashnobod tumaniga kutilayotgan tashrifiga tayyorgarlik yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab taʻlimi vazirining birinchi oʻrinbosari, Maktabgacha taʻlim agentligi direktori Agrippina Shin tumandagi maktabgacha taʼlim tashkilotlarida boʻlib, ish jarayonlari holatini koʻzdan kechirdi.       Jumladan, tumanning “Dilbogʻ” mahallasida joylashgan 86-, 93- hamda 306-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida bolalarga berilayotgan taʼlim-tarbiya va muassasa holatini oʻrgandi.       Shuningdek, tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, yozgi sogʻlomlashtirish mavsumiga tayyorgarlik, moddiy-texnik baza kabi bir qancha yoʻnalishlarda ayni kundagi vaziyat bilan yaqindan tanishdi.       Oʻrganishlar davomida aniqlangan kamchiliklar yuzasidan tegishli mutasaddilarga aniq koʻrsatma va metodik tavsiyalar berildi.      

Вид сайта
Размер шрифта